Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.08.2019 12.08.2010 yildagi PQ-1388-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.08.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon shahrida futbol boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi PF-5787-sonli “Jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barkamol avlodni tarbiyalash, qobiliyatli yoshlarni sportga faol jalb etish, milliy futbolimizni yanada qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, yosh futbolchilarni tanlab olish va ularda professional ishtiyoq, mahorat hamda koʻnikmalarni chuqur rivojlantirishni taʼminlash, shuningdek, ulardan futbol boʻyicha mamlakat klublari va terma jamoalariga ishonchli zaxirani shakllantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Oʻzbekiston Futbol federatsiyasining Andijon shahrida “Shoʻrbuloq sport sogʻlomlashtirish” masʼuliyati cheklangan jamiyati sport majmuasi negizida Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internatni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon shahridagi futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internat qobiliyatli yosh futbolchilarni tanlab oluvchi va tayyorlovchi, maktabdan tashqari sport-taʼlim muassasasi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internat oʻquvchilarining taʼlim olishi yaqin atrofdagi umumtaʼlim maktabida umumtaʼlim dasturi boʻyicha amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internatning umumiy kontingenti 120 nafar oʻquvchini tashkil etadi, ular tomonidan toʻrt yillik boshlangʻich taʼlim yakunlangach har yili tanlov asosida 24 nafar qobiliyatli oʻquvchilar qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internatda oʻqish muddati 5 yilni tashkil etadi, oʻqish yakunlanganidan soʻng ularga tegishli sertifikat beriladi va avvalambor olimpiya zaxirasi kollejlarida keyingi maxsus, kasb-hunar taʼlimi berilishi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Andijon shahridagi futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internatning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda futbol boʻyicha xorijiy murabbiylar va mutaxassislarni taklif qilgan holda futbol sohasida eng yangi ilmiy-metodik tavsiyalar asosida yosh futbolchilarni tayyorlash borasida oʻquv-mashq jarayonlarini yuqori darajada tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning nazariy tayyorgarligi va texnik-taktik koʻnikmalarini takomillashtirish, professional fazilatlarini rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy futbolni rivojlantirish xalqaro talablariga muvofiq holda Oʻzbekiston yoshlar (oʻsmirlar) terma jamoalarini tayyorlash darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro futbol federatsiyasi trenerlarini oʻqitish dasturlaridan foydalangan holda futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internat trenerlari malakasini tizimli asosda oshirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchi-futbolchilar va trenerlar tarkibining professional mahoratini oshirish uchun xorijiy futbol maktablari, akademiyalari va klublari bilan tajriba almashish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, Andijon shahridagi futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internatini moliyalash quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Andijon viloyati hokimligi, “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bir oy muddatda “Shoʻrbuloq sport sogʻlomlashtirish” masʼuliyati cheklangan jamiyati sport majmuasining yer maydoni, bino va inshootlari, boshqa mol-mulki belgilangan tartibda futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internat balansiga bepul berilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internat oʻquvchilarini yashash uchun anjomlar, oziq-ovqat, shuningdek, sport ekipirovkasi va formasi bilan taʼminlash normativlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur boʻlgan oʻquv-mashq, sport va xoʻjalik uskunalari, anjomlar, zamonaviy kompyuter texnikasi, texnika va transport vositalari, shuningdek, futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internat uchun boshqa mol-mulklar roʻyxatini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internatning ustavi, maktabning tuzilmasi, oʻquvchilarni tanlab olish tartibi belgilangan tartibda tasdiqlanishini, shuningdek, uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-2011 oʻquv yili boshlangunga qadar — yosh futbolchilarni tayyorlashning ilgʻor xalqaro tajribasini hisobga oladigan oʻquvchilar tayyorlash dasturi tasdiqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internatning yuqori malakali mutaxassislar bilan butlanishini, zarur oʻquv-metodik adabiyotlar tanlab olingan holda oʻquv xonalari jihozlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internat oʻquvchilarini tayyorlash sifati ustidan muntazam monitoring olib borilishini, zarurat boʻlganda ularni tayyorlash jarayoniga tegishli tuzatishlar kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internatga tizimli asosda tashkiliy va oʻquv-metodik yordam, shuningdek, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashda koʻmak bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-2011 oʻquv yili boshlangunga qadar oʻz mablagʻlari hamda homiylarning jalb etiladigan mablagʻlari hisobidan futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internatni belgilangan tartibda zarur oʻquv-mashq va sport uskunalari, mebel va anjomlar, zamonaviy kompyuter texnikasi, texnika va transport vositalari, shuningdek, boshqa mol-mulk bilan jihozlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2010-yilning IV choragida Xalqaro futbol federatsiyasi trenerlarini oʻqitish dasturlaridan foydalangan holda futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internat trenerlarining malakasini oshirish kurslari tashkil etilishini, shuningdek, Federatsiyaning kadr va ilmiy-metodik salohiyati futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internatning oʻquv-mashq jarayoniga jalb etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2010-yilgi Davlat budjeti parametrlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin, 2011-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida ushbu qarorni amalga oshirish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarga taʼlim uchun ajratiladigan mablagʻlar doirasida zarur budjet mablagʻlari ajratilishini nazarda tutsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2010 — 2015-yillarda Andijon viloyati turarjoy massivlari uchun kommunal infratuzilmani ildam rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2010-yil 18-iyundagi PQ-1355-son qarorining 9-bandi, shuningdek, qarorga 1-ilovaning I boʻlimi 15-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan, deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 12-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1388-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 32-son, 269-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda)