Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.07.2023 17.07.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2122
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 17.07.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2122
Кучга кириш санаси
27.07.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.07.2023
Hujjat 27.07.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UTILIZATSIYA QILINGAN TABIIY (MAShʼAL) GAZ BOʻYIChA YER QAʼRIDAN FOYDALANGANLIK UChUN SOLIQNI TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 17-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2122]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 48-sonli ““Utilizatsiya qilingan tabiiy (mashʼal) gaz boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2122-2, 24.07.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 560-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Utilizatsiya qilingan tabiiy (mashʼal) gaz boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 21-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 21-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 21-iyundagi 49, 2010-25-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Utilizatsiya qilingan tabiiy (mashʼal) gaz boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorining 14 ilovasiga (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2009-yil, 52-son, 560-modda) muvofiq utilizatsiya qilingan tabiiy (mashʼal) gaz boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom utilizatsiya qilingan tabiiy (mashʼal) gazni hamda uni sotishni amalga oshiruvchi barcha tashkilotlarga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Utilizatsiya qilingan tabiiy (mashʼal) gaz boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash, toʻlash va hisobot topshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yer qaʼridan foydalanganlik soliqni soliq solish obyekti qatlamdagi bosimni saqlab turish va (yoki) uglevodorodlarni tugal texnologik jarayon doirasida ajratib olish uchun mahsuldor qatlamga qayta haydab kiritiladigan tabiiy (mashʼal) gaz hajmidan tashqari utilizatsiya qilingan tabiiy (mashʼal) gaz hajmi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Utilizatsiya qilingan tabiiy (mashʼal) gaz boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni soliq solinadigan bazasi utilizatsiya qilingan tabiiy (mashʼal) gaz hajmi hajmining hisobot davri uchun oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosida hisoblab chiqilgan qiymati qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Utilizatsiya qilingan tabiiy (mashʼal) gaz boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi va ushbu soliqni toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, 12 songa 1 ilova) belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 29-dekabrdagi 111, 2007-66-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida” (roʻyxat raqami 1760, 2008-yil 21-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 3-4 son, 15-modda) yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitob ilovasida “qazib olish hajmi, t., kub. m.” ustunida utilizatsiya qilingan tabiiy (mashʼal) gaz hajmi koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Utilizatsiya tabiiy (mashʼal) gazni amalga oshiruvchi tashkilotlar utilizatsiya qilingan tabiiy (mashʼal) gaz boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning toʻgʻri hisoblanishi va toʻlanishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Utilizatsiya qilingan tabiiy (mashʼal) gaz boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning toʻgʻri hisoblanishi va toʻlanishi nazorati davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 240-modda; 2016-y., 24-son, 301-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)