Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
UTILIZATSIYA QILINGAN TABIIY (MAShʼAL) GAZ BOʻYIChA YER QAʼRIDAN FOYDALANGANLIK UChUN SOLIQNI TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 17-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2122]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 48-sonli ““Utilizatsiya qilingan tabiiy (mashʼal) gaz boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2122-2, 24.07.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 560-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Utilizatsiya qilingan tabiiy (mashʼal) gaz boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.
2010-yil 21-iyun
49-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.
2010-yil 21-iyun
2010-25-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 21-iyundagi 49, 2010-25-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Utilizatsiya qilingan tabiiy (mashʼal) gaz boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorining 14 ilovasiga (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2009-yil, 52-son, 560-modda) muvofiq utilizatsiya qilingan tabiiy (mashʼal) gaz boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom utilizatsiya qilingan tabiiy (mashʼal) gazni hamda uni sotishni amalga oshiruvchi barcha tashkilotlarga tatbiq etiladi.
II. Utilizatsiya qilingan tabiiy (mashʼal) gaz boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash, toʻlash va hisobot topshirish tartibi
2. Yer qaʼridan foydalanganlik soliqni soliq solish obyekti qatlamdagi bosimni saqlab turish va (yoki) uglevodorodlarni tugal texnologik jarayon doirasida ajratib olish uchun mahsuldor qatlamga qayta haydab kiritiladigan tabiiy (mashʼal) gaz hajmidan tashqari utilizatsiya qilingan tabiiy (mashʼal) gaz hajmi hisoblanadi.
3. Utilizatsiya qilingan tabiiy (mashʼal) gaz boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni soliq solinadigan bazasi utilizatsiya qilingan tabiiy (mashʼal) gaz hajmi hajmining hisobot davri uchun oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosida hisoblab chiqilgan qiymati qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblanadi.
4. Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
5. Utilizatsiya qilingan tabiiy (mashʼal) gaz boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi va ushbu soliqni toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, 12 songa 1 ilova) belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) bilan tasdiqlangan Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobining “Qazib olish hajmi, t., kub. m.” ustunida utilizatsiya qilingan tabiiy (mashʼal) gaz hajmi koʻrsatiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 6-iyundagi 43, 2016-22-sonli (roʻyxat raqami 2122-1, 14.06.2016-y.) qarori tahririda— OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 301-modda)
III. Yakuniy qoidalar
7. Utilizatsiya tabiiy (mashʼal) gazni amalga oshiruvchi tashkilotlar utilizatsiya qilingan tabiiy (mashʼal) gaz boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning toʻgʻri hisoblanishi va toʻlanishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
8. Utilizatsiya qilingan tabiiy (mashʼal) gaz boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning toʻgʻri hisoblanishi va toʻlanishi nazorati davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 240-modda; 2016-y., 24-son, 301-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)