Ushbu Qonunning maqsadi elektron hujjat aylanishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining elektron hujjat aylanishi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Elektron hujjat aylanishi sohasidagi davlat siyosati elektron hujjat aylanishi keng qo‘llanilishini ta’minlashga, elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, elektron hujjatdan foydalanish standartlari, normalari va qoidalarini ishlab chiqishga qaratilgan.
Elektron hujjat aylanishi elektron hujjatlarni axborot tizimi orqali jo‘natish va qabul qilib olish jarayonlari yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
Elektron hujjat aylanishidan bitimlar tuzish (shu jumladan shartnomalar tuzish), hisob-kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa axborotni uzatishda foydalanish mumkin.
Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot elektron hujjatdir.
Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi.
Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak.
elektron hujjatni jo‘natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki elektron hujjatni jo‘natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda yoki elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining kelishuvi bilan elektron hujjatning boshqa rekvizitlari ham belgilanishi mumkin.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Elektron hujjatning bir xil har qaysi aynan nusxasi, basharti u belgilangan tartibda haqiqiy deb tasdiqlangan bo‘lsa, asl nusxadir.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Elektron hujjatni jo‘natuvchi va elektron hujjatni qabul qilib oluvchi elektron hujjat aylanishining ishtirokchilaridir.
Elektron hujjat rekvizitlarida nomi ko‘rsatilgan hamda elektron hujjatni qabul qilib oluvchiga elektron hujjatni jo‘natayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs elektron hujjatni jo‘natuvchidir.
Elektron hujjatni jo‘natuvchi tomonidan elektron hujjat qaysi yuridik yoki jismoniy shaxsga yo‘llangan bo‘lsa, shu shaxs elektron hujjatni qabul qilib oluvchidir.
Elektron hujjat aylanishi bilan bog‘liq xizmatlarni shartnoma asosida ko‘rsatuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs axborot vositachisidir.
Axborot vositachisi, agar elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari bilan tuzilgan shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, elektron hujjatlar mazmunini yoki ulardan foydalanish tartibini o‘zgartirishga haqli emas.
Elektron hujjat, agar u bevosita elektron hujjatni jo‘natuvchi yoki uning axborot vositachisi tomonidan jo‘natilgan bo‘lsa, jo‘natilgan deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, elektron hujjatni jo‘natuvchi tomonidan uning bekor qilinishi mumkin bo‘lmagan jo‘natilish vaqti elektron hujjatni jo‘natish vaqti deb hisoblanadi.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
elektron hujjatni qabul qilib oluvchi tomonidan ko‘rsatilgan axborot tizimi orqali elektron manzil bo‘yicha elektron hujjat kelib tushgan vaqt elektron hujjat qabul qilib olingan vaqt deb hisoblanadi;
elektron hujjat, agar elektron hujjatning qabul qilib olinishini ta’minlagan axborot tizimi hatto boshqa erda joylashgan bo‘lsa ham, elektron hujjatni qabul qilib oluvchi turgan joyda qabul qilib olingan deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Elektron hujjatlar elektron hujjat aylanishi ishtirokchilari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda saqlanishi kerak.
(16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Elektron hujjatlarni saqlash chog‘ida ulardan erkin foydalanish va ularning qog‘oz nusxalarini taqdim etish imkoniyati ta’minlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Elektron hujjatni saqlash muddati, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, shunga o‘xshash maqsadga mo‘ljallangan qog‘oz hujjat uchun belgilangan muddatdan kam bo‘lmasligi kerak.
(16-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Elektron hujjat aylanishida elektron hujjatlarni muhofaza qilish elektron hujjat aylanishining ishtirokchilariga yoki boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(17-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2007-yil 4-iyuldagi 2007-44, 17-8/1985-son qarori bilan tasdiqlangan Moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarini elektron shaklda taqdim etishda axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari uchun yo‘riqnoma, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-maydagi 126-son “Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi apparatida, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida yagona himoyalangan elektron pochtani va elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etish hamda ulardan foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(19-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)