09.09.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1855
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi xuzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining buyrugʻi, 09.09.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1855
Кучга кириш санаси
19.09.2008
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZI BOSH DIREKTORINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FOND BOZORIDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHGA OʻRNATILGAN TALABLAR TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 9-sentabrda 1855-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”, “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”, “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”, “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil 39-son, 387-modda) bilan tasdiqlangan 2006-2007-yillarda qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish Dasturining 4.1-bandiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2014-yil 21-avgustdagi 2014-24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1855-1, 28.08.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 35-son, 450-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fond bozorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga oʻrnatilgan talablar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi bosh direktori K. TOLIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 1-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-13-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2008-yil 1-avgustdagi 2008-13-sonli buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond bozorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga oʻrnatilgan talablar toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom fond bozorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga, qimmatli qogʻozlar bozorida foydalanilayotgan texnologiyalarni unifikatsiyalash va standartlashtirishga boʻlgan talablarni oʻrnatadi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 21-maydagi 21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1855-2, 04.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2026-y., 10/26/1855-2/0564-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotlarni kriptografik muhofaza qilish (bundan keyingi oʻrinlarda kriptografik muhofaza qilish deb yuritiladi) — kriptografik oʻzgartirishlar algoritmi (kriptoalgoritmlar) yordamida amalga oshiriluvchi axborotlarning butligini, ochiqligi va maxfiyligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar majmuasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotlarning konvertatsiyasi — axborotlarning elektron hujjat (maʼlumotlar shakli) bir shaklidan boshqa shakliga oʻzgarishi;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2014-yil 21-avgustdagi 2014-24-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1855-1, 28.08.2014-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 35-son, 450-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiyalar operatori (bundan buyon matnda operator deb yuritiladi) — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida telekommunikatsiyalar infratuzilmasiga ega boʻlgan, uning ishlashini, rivojlanishini taʼminlovchi va telekommunikatsiyalar xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 21-maydagi 21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1855-2, 04.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2026-y., 10/26/1855-2/0564-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiyalar xizmatlari — foydalanuvchilarga operator va telekommunikatsiyalar xizmatlari provayderi tomonidan telekommunikatsiyalar asosida taqdim etiladigan xizmatlar;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 21-maydagi 21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1855-2, 04.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2026-y., 10/26/1855-2/0564-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiyalar xizmatlari provayderi (bundan buyon matnda provayder deb yuritiladi) — foydalanuvchilarga operatorlar tarmogʻi orqali tijorat asosida telekommunikatsiyalar xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 21-maydagi 21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1855-2, 04.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2026-y., 10/26/1855-2/0564-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik jarayonlar — qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining faoliyatini taʼminlovchi uslublar, usullar, ish tartibi, operatsiya va tartib-taomillarning ketma-ketligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizim ishtirokchilari — elektron hujjat aylanishi (bundan keyingi oʻrinlarda EHA deb yuritiladi) va elektron raqamli kalit sertifikatidan foydalangan holda qonunchilik va mazkur Nizom talablariga muvofiq oʻzaro elektron aloqani amalga oshiruvchi qimmatli qogʻozlar bozorining ishtirokchilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fond bozorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (bundan keyingi oʻrinlarda fond bozorida AKT deb yuritiladi) — qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari faoliyatining texnologik jarayonlariga muvofiq elektron hujjatlarni saqlash, oʻzgartirish, himoya qilish, qayta ishlash, joʻnatish va qabul qilishni taʼminlovchi dasturlar va texnik vositalar majmuasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fond bozorida elektron hujjat aylanishi tizimi (bundan keyingi oʻrinlarda Tizim deb yuritiladi) — bozor ishtirokchilari oʻrtasida elektron hujjatlarni almashish uchun qoʻllaniladigan elektron hujjatlarni shakllantirish, joʻnatish va qabul qilish, qayta ishlash va saqlashga imkon yaratadigan qimmatli qogʻozlar bozori har bir ishtirokchisining dasturiy-texnik vositalari majmuasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron raqamli imzo (bundan buyon matnda ERI deb yuritiladi) — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini ERIning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgarishlar natijasida hosil qilingan hamda ERIning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik mavjud emasligini aniqlash va ERI kalitining egasini identifikatsiya qilish imkonini beradigan imzo;
(1-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 21-maydagi 21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1855-2, 04.06.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2026-y., 10/26/1855-2/0564-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hujjat— elektron shaklda qayd etilgan, ERI bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega boʻlgan axborot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hujjat maʼlumotlarining shakllari (bundan keyingi oʻrinlarda maʼlumotlar shakllari deb yuritiladi) — qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun elektron hujjatlarda mujassamlashgan axborotlarning majburiy standartlashgan tarkiblari va turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hujjatning shakli — elektron hujjatning EHA toʻgʻrisidagi qonunchilik yoki Tizim ishtirokchilarining kelishuvlari bilan oʻrnatilgan, majburiy standartlashgan rekvizitlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qimmatli qogʻozlar bozorida bozor ishtirokchilari tomonidan faoliyat yuritilganda uning ishtirokchilari oʻrtasidagi EHA qonunchilik hujjatlari va ushbu Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tizim ishtirokchilari tomonidan fond bozorida AKTdan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qimmatli qogʻozlarni chiqarish, joylashtirish, ularning muomalada boʻlishi, haqini toʻlash va bekor qilish vaqtida foydalaniladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlarning birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorida qimmatli qogʻozlarga doir bitimlarni tuzish hamda roʻyxatdan oʻtkazish ularni yozma ravishda (qogʻozda) rasmiylashtirish zaruratisiz, elektron shaklda amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2014-yil 21-avgustdagi 2014-24-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1855-1, 28.08.2014-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 35-son, 450-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Fond bozorida AKTga qoʻyiladigan umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tizim ishtirokchilarining fond bozorida AKTlari elektron hujjatlarining but saqlanishini, oʻzgartirilishini, muhofaza qilishini, qayta ishlanishini, joʻnatilishi va qabul qilinishini, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hujjatlarning, ular joʻnatilgan va qabul qilingan sana va vaqtlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan rekvizitlarning takroriy nusxasi koʻchirilishi va arxivda saqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizim ishtirokchilari oʻrtasidagi qogʻoz shaklidagi hujjat almashinishini qisqartirish hamda inson omilining axborotlarni qayta ishlash sifati va tezkorligiga boʻlgan salbiy taʼsirini kamaytirish maqsadida qogʻoz va elektron hujjatlarning qoʻl ishini minimallashtirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotlarni kiritish/chiqarishni takrorlovchi operatsiyalarni istisno etishni, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va axborot tizimlarining integratsiyalashuvi mumkinligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hujjatlarning maxfiyligiga, butligiga va ularga mualliflik qilishga qoʻyilgan talablarga rioya etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda oʻrnatilgan talablarga muvofiq ERIning haqqoniyligini, shuningdek, qabul qiluvchi tomonidan elektron hujjatni qayta ishlash paytida joʻnatuvchining ERI kaliti sertifikati amal qilayotganini tekshirish mumkinligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hujjatlarning tranzit oʻtkazilishidan, u amalga oshiriladigan tranzit amalga oshiriladigan tizimda ishtirokchilar tomonidan ochilmasligi va koʻrilmasligi sharti bilan (yopiq konvert faqat uning egasi tomonidan ochilishi mumkin) foydalanishni taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tizim ishtirokchilari tomonidan elektron hujjatlarni muhofaza qilish uchun foydalanilayotgan fond bozoridagi AKTlari qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda sertifikatlangan boʻlishi va foydalanish hujjatlariga muvofiq ishlatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Axborot xavfsizligiga qoʻyilgan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Elektron hujjatlarning chiqib ketishi, oʻgʻirlanishi, yoʻqotilishi, buzilishi, ularga cheklovlarning oʻrnatilishi va qalbakilashtirilishining hamda elektron hujjatlarga ruxsatsiz kirish va ulardan nusxa koʻchirishning oldini olishni oʻz ichiga oluvchi Tizim ishtirokchisining axborot xavfsizligi Tizim ishtirokchisining dasturiy-texnik chora-tadbirlari bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot xavfsizligi shuningdek, boshqa mavjud vositalar bilan ham qonunchilik va ushbu Nizom talablarini inobatga olgan holda, Tizim ishtirokchisining ichki qoidalariga muvofiq taʼminlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tizim ishtirokchilari qonunchilik va ushbu Nizom talablarini inobatga olgan holda, belgilangan qoidalarning buzilishini va uning uchun javobgarlikka tortilishni oldini olishni nazarda tutuvchi axborot xavfsizligi va Tizimdan foydalanishning ichki qoidalarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Dasturiy-texnik chora-tadbirlar quyidagilarni taʼminlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizim ishtirokchisi-tashkilot xodimlarining mazkur tashkilot xodimlarining lavozim yoʻriqnomalaridan kelib chiqqan holda, dasturiy resurslarga cheklangan kirishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fond bozorida AKTlaridan foydalanishda Tizim ishtirokchisi boʻlgan tashkilotlarning barcha harakatlarini antivirus bilan muhofaza qilish va bayonnoma yurgizishni.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tizim ishtirokchilari kriptografik muhofaza qilishni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirishadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. EHAning texnologik jarayoni va elektron hujjatlar hamda maʼlumotlarning shakllari boʻyicha fond bozorida AKTlariga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tizim ishtirokchilarining elektron hujjatlar bilan oʻzaro almashishi telekommunikatsiya xizmatlari vositasida yoki qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa usullar bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tizim ishtirokchilari ochiq ERI kaliti sertifikatlarini ixtiyoriy oʻzaro qulay usullarda bir-birlari bilan almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizim ishtirokchilari elektron hujjatlarni almashish jarayonida roʻyxatga olish Markazi tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatga olingan holda berilgan ERI ochiq kalitlar sertifikatlariga ega boʻlgan ERI kalitidan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Elektron hujjat bevosita uni joʻnatuvchi yoki axborot vositalari tomonidan yuborilgan boʻlsagina joʻnatilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron hujjat elektron hujjat tizimining tegishli ishtirokchisiga kelib tushgan paytidan boshlab, qabul qilingan deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tizim ishtirokchilari EHAdan foydalanish yoʻli bilan ular tomonidan qimmatli qogʻozlarning birja va uyushgan birjadan tashqari savdolariga xizmat koʻrsatilayotganida, qimmatli qogʻozlar bilan boʻladigan operatsiyalarni amalga oshirishning tarkibi va muddatlari tartibini oʻrnatadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2014-yil 21-avgustdagi 2014-24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1855-1, 28.08.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 35-son, 450-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qimmatli qogʻozlar bozorida foydalanilayotgan texnologiyalarni birxillashtirish va standartlashtirish maqsadida Tizim ishtirokchilarining fond bozoridagi AKTlari har bir Tizim ishtirokchisi tomonidan foydalaniladigan axborotlarning Tizim ishtirokchisi tomonidan olingan maʼlumot va elektron hujjatlarni toʻgʻri qabul qilish va qayta ishlash maqsadida maʼlumotlarning va elektron hujjatlarning belgilangan shakllariga konvertatsiya qilinishini taʼminlab berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tizimdagi elektron hujjatning shakli qonunchilikda belgilangan yoki Tizim ishtirokchilari oʻrtasida kelishilgan holda yagona, standartlashgan va barcha Tizim ishtirokchilari uchun umumiy boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tizim ishtirokchilari qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun Tizim ishtirokchilari oʻrtasida kelishilgan holda maʼlumotlar shakliga konvertatsiya qilinadigan, axborotlarni oʻzida qamrab olgan elektron hujjatlar bilan almashadilar.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2014-yil 21-avgustdagi 2014-24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1855-1, 28.08.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 35-son, 450-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Olingan axborotlarning Tizim ishtirokchilariga qabul qilishga imkon beruvchi maʼlumotlar shakllari qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun minimal zarur axborotni oʻzida mujassamlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qimmatli qogʻozlarning davlat Markaziy depozitariysi maʼlumotlar shakllarini bepul ishlab chiqishni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Tizim ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tizim ishtirokchilari quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari va mazkur Nizomda belgilangan tartib va hollarda elektron hujjatlarni joʻnatish va qabul qilish;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlardan ularga joʻnatilgan elektron hujjatlarni olganliklarini tasdiqlashlarini soʻrash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizim ishtirokchilari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tizim ishtirokchilari quyidagilarga majburdirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimning uzluksiz faoliyatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot xavfsizligi va Tizimdan foydalanishning ichki qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash (faqat Tizim ishtirokchisi yuridik shaxs boʻlgan holda);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hujjatlarni tuzishni va joʻnatishni qonunchilik hujjatlari hamda ushbu Nizom talablariga muvofiq ravishda qatʼiy taʼminlash;
(20-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil ravishda ERI sertifikatini olish, shuningdek, fond bozorida AKTlarining EHAdan foydalaniladigan zarur ish holatini qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hujjatlarda koʻrsatilgan buyurtma va/yoki topshiriqlarni fond bozorining texnologik jarayonlariga muvofiq, qonunchilik talablarini inobatga olgan holda qabul qilish/joʻnatish, topshirish/ijro etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizim ishtirokchilari qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Roʻyxatga olish Markazi tomonidan ERI ochiq kaliti sertifikatining amal qilishini toʻxtatganida yoki bekor qilganida, tizim ishtirokchisi bu haqda uni kechiktirmagan holda, tegishli tizim ishtirokchilariga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Elektron hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda Tizim ishtirokchilari tomonidan saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Tizim ishtirokchilarining javobgarliklari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. ERIdan foydalanish vakolatiga ega boʻlmagan va undan shaxsiy yoxud uchinchi shaxs manfaatlari yoʻlida foydalangan Tizim ishtirokchisi va ishtirokchi tashkilot xodimlari qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tizim ishtirokchisi uning oʻzi tomonidan Tizimda istalgan harakatlarni amalga oshirishga vakolat bergan shaxsning uning nomidan bajargan barcha harakatlariga javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tizim ishtirokchilari telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanganda elektron hujjatlarni joʻnatish/qabul qilishda operator va/yoki provayder aybi bilan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaqtinchalik kech qolishlarga javobgar emaslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. EHA toʻgʻrisidagi qonunlar va ushbu Nizomga xilof ish tutgan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tizim ishtirokchilari oʻrtasidagi nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ushbu Nizom Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 5-avgust
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULASHOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 1-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 37-38-son, 386-modda; 2014-y., 35-son, 450-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 05.06.2026-y., 10/26/1855-2/0564-son)