Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi plenumining
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda iqtisodiy protsessual qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiy sudlarning qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda yagona sud amaliyotini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 47-moddasiga asoslanib, quyidagi tushuntirishlarni berishga qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 328-moddasining birinchi qismiga binoan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisida ariza faqat ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoki prokuror tomonidan berilishi mumkin. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquqiy vorislari (IPK 46-moddasi), shuningdek sud jarimasi solingan shaxslar (IPK , 58 69 va 98-moddalari) ham shunday huquqqa egadirlar.
Ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslar, ularning qonuniy huquq va majburiyatlariga daxldor sud hujjatlari qabul qilingan taqdirda, shu asosda yangi ochilgan holatlar boʻyicha ariza berishga haqli emas, bunday holatda ular faqat shu sud hujjatlariga nisbatan apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida shikoyat berishlari mumkin. Bunday shaxslar yangi ochilgan holatlar boʻyicha ariza bilan murojaat etganida arizani qabul qilish IPK 291-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda rad etiladi, agar ariza ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, ariza boʻyicha ish yuritish IPK 296-moddasi birinchi qismining 3-bandiga mos holda tugatiladi.
Iqtisodiy sudlar oʻzlari qabul qilgan sud hujjatlarini oʻz tashabbuslari bilan yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishi mumkin emas.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. IPKning 324-moddasida koʻrsatilganidek, sudning hujjati yangi ochilgan holatlar boʻyicha faqat u qonuniy kuchga kirganidan keyingina qayta koʻrilishi mumkin. Bu qoida darhol ijro etiladigan sud hujjatlariga ham taalluqlidir.
Qonuniy kuchga kirmagan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqida ariza bilan murojaat etilganda, arizani qabul qilish IPK 154-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda rad etiladi, agar ariza ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, ariza boʻyicha ish yuritish IPK 110-moddasining 1-bandiga mos holda tugatiladi.
Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan soʻng shunday ariza bilan qaytadan murojaat etish, arizani umumiy tartibda koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Yangi ochilgan holatlar boʻyicha sud hujjatlarini qayta koʻrish masalasini hal etishda iqtisodiy sudlarining birinchi, apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalari IPKning 327-moddasida koʻrsatilgan bunday qayta koʻrish asoslarining roʻyxati qatʼiy ekanligidan kelib chiqishlari lozim.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
4. Yangi ochilgan holatlar deganda, ochilgan faktik holatlar aslida mavjud boʻlib, biroq sudning ishni koʻrish vaqtida hisobga olishi mumkin boʻlmagan, arizachiga va sudga nomaʼlum boʻlgan yoki maʼlum boʻlishi mumkin boʻlmagan, sud hujjatlari qabul qilingandan keyingina maʼlum boʻlgan holatlarni tushunish lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar faktik holatlar sud hujjati qabul qilingandan soʻng vujudga kelgan boʻlsa, bu holat sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish uchun asos boʻla olmaydi, chunki bu IPK 327-moddasining 1-bandi mazmuniga zid boʻladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yangi ochilgan holatlar mavjud boʻlmasdan, ishni kassatsiya yoki nazorat tartibida koʻrib chiqish asoslari mavjud boʻlgan holatda ishni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish mumkin emas. Bunday hollarda iqtisodiy sud koʻrsatib oʻtilgan holatlar mavjud emasligiga asoslanib, ishni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishni rad etishi lozim.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Sud hujjati qabul qilingandan keyin vujudga kelgan yangi holatlar ishni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrib chiqish uchun emas, balki yangi daʼvo bilan murojaat etish uchun asos boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Iqtisodiy sudlari shuni eʼtiborga olishlari lozimki, sud hujjatini qayta koʻrib chiqish uchun asos boʻlayotgan holatlar jiddiy boʻlishi, yaʼni sud hujjatini qabul qilishda iqtisodiy sud xulosasiga taʼsir koʻrsatadigan darajada boʻlishi lozim. Bu holat iqtisodiy sudi tomonidan avvalda tekshirish predmeti boʻlgan faktga nisbatan yangi dalillar emas, balki aynan yuridik faktlarning oʻzi boʻlishi lozim.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Sud tomonidan ishni koʻrib chiqishda tekshirish predmeti boʻlmagan hamda mavjudligi arizachiga maʼlum boʻlmagan va maʼlum boʻlishi mumkin boʻlmagan yuridik faktni belgilovchi yangi dalillar yangi ochilgan holatlar deb eʼtirof etilishi mumkin. Agar ishni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish davomida sud keltirilgan dalillar arizachiga maʼlum boʻlgan yoki maʼlum boʻlishi lozim boʻlganligini aniqlasa, yangi ochilgan holatlar boʻyicha keltirilgan arizani qanoatlantirish rad etilishi lozim, chunki IPKning 68-moddasiga muvofiq, ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs oʻz talab va eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak (tortishuv prinsipi).
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. IPK 327-moddasining 2 va 3-bandlariga binoan ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoxud uning vakilining yoki sudyaning jinoiy harakatlari, shuningdek guvohning bila turib yolgʻon guvohlik berganligi, ekspertning bila turib yolgʻon xulosa berganligi va tarjimonning bila turib notoʻgʻri tarjima qilganligi, ular ishtirokida koʻrilgan boshqa ishlarda emas, balki aynan ushbu ishni koʻrishda sodir etilgan boʻlsa, yangi ochilgan holatlar boʻyicha ishni qayta koʻrish uchun asos boʻlishi mumkin. Ushbu bandlarda koʻrsatilgan holatlar sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasida belgilangan asoslar boʻyicha shaxsning jinoyat sodir etilishida ayblilik toʻgʻrisidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini qoʻzgʻatish rad etilgan yoki jinoyat ishi tugatilgan taqdirda, iqtisodiy sudning hujjati IPK 327-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan asos boʻyicha qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Boshqa ish boʻyicha iqtisodiy sudning, fuqarolik ishlari boʻyicha sudning, jinoyat ishlari boʻyicha sudning yoki maʼmuriy sudning yoxud boshqa organning hujjati bekor qilinganligi iqtisodiy sud hujjatini yangi ochilgan holat boʻyicha qayta koʻrish uchun asos boʻlishi mumkin (IPK 327-moddasining 4-bandi), basharti, agar bekor qilingan hujjat iqtisodiy sudning qayta koʻrib chiqilayotgan hujjatiga haqiqatan ham asos qilib olingan boʻlsa.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi ariza ushbu sud hujjatini qabul qilgan iqtisodiy sudga, agar sud hujjati apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudi tomonidan oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan hamda yangi sud hujjati qabul qilingan boʻlsa, ariza iqtisodiy sudning sud hujjati oʻzgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan instansiyasiga beriladi. Ushbu tartib buzilgan holda berilgan ariza IPK 331-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda qaytariladi. Agar koʻrsatilgan holat ariza ish yuritishga qabul qilinganidan soʻng aniqlansa, ariza boʻyicha ish yuritish IPK 110-moddasining 1-bandiga mos holda tugatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
IPK 328-moddasining birinchi — uchinchi qismlari, shuningdek 329-moddasi talablariga rioya etilgan holda berilgan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi ariza ishni koʻrish joyi va vaqti koʻrsatilgan ajrim chiqarish yoʻli bilan ish yuritishga qabul qilinadi. IPK 328-moddasining birinchi qismida belgilangan ariza berishning bir oylik muddati protsessual muddat boʻlib, agar ariza qayta koʻrish uchun asos boʻladigan holatlar ochilgan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay berilgan boʻlsa va sud muddatni oʻtkazib yuborish sabablarini uzrli deb topsa, ushbu muddat tiklanishi mumkin.
Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish haqida arizani qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatilishi lozim. Iltimosnoma qanoatlantirilgan va oʻtkazib yuborilgan muddat tiklanganda bu haqida qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi.
IPK 328-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq sud hujjati qonuniy kuchga kirgan paytdan eʼtiboran uch yil oʻtgach berilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi. Sud hujjati qonuniy kuchga kirgan paytdan eʼtiboran uch yil oʻtgandan keyin berilgan arizani qabul qilish IPK 314-moddasining 2-bandiga asosan rad etiladi. Agar koʻrsatilgan holat ariza ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, IPK 110-moddasining 1-bandiga mos holda ariza boʻyicha ish yuritish tugatiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
10. Sudlarga tushuntirilsinki, sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi arizani qabul qilishda shuni nazarda tutish kerakki, arizada yangi ochilgan holatlarning mavjudligini tasdiqlovchi asoslar mavjud boʻlishi lozim. Arizaga zaruriy boʻlgan dalillar, xususan, koʻrsatilgan holatlar sanasini aniqlash imkonini beruvchi hujjatlar ilova qilinishi kerak. Bunday holatlarning aniqlanganlik kuni boʻlib, shu holatlarning arizachiga maʼlum boʻlgan yoki maʼlum boʻlishi mumkin boʻlgan kun hisoblanadi. Agar yangi ochilgan holatlar hukm, sudning hal qiluv qarori, boshqa organning qarori bilan bogʻliq boʻlsa, unda yangi ochilgan holat sud hujjatlarini qabul qilish uchun asos boʻlgan holatga mazmunan qarama-qarshi hujjatlarning qonuniy kuchga kirgan kuni yoki hukm, hal qiluv qarori va qarorning qonuniy kuchga kirganligi arizachiga maʼlum boʻlgan yoki maʼlum boʻlishi mumkin boʻlgan kun shu holat aniqlangan kun hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Sudlar shuni alohida eʼtiborga olishi lozimki, IPK 326-moddasining birinchi qismiga koʻra, sud hujjati yangi ochilgan holat boʻyicha shu hujjatni qabul qilgan iqtisodiy sud tomonidan qayta koʻriladi.
Birinchi instansiya sudining sud hujjatini, agar u apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalarida oʻzgartirilmagan yoki yangi qaror qabul qilinmagan boʻlsa, faqat shu sud instansiyasi qayta koʻrib chiqishga haqli. Basharti birinchi instansiya sudining sud hujjatlari oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan boʻlsa, yangi ochilgan holatlar boʻyicha apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalarining qarorlari, ajrimlari IPK 326-moddasining ikkinchi qismiga binoan sud hujjatini oʻzgartirgan yoki bekor qilgan instansiya tomonidan qayta koʻrib chiqiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Sud hujjati bekor qilinib, ish yangidan koʻrilayotganda sud tarkibi toʻgʻrisidagi masalani hal qilish zaruriyati tugʻilsa, sudlar IPK 19-moddasi qoidalaridan kelib chiqishlari lozim.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
13. IPKning 332-moddasiga koʻra, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani iqtisodiy sud ariza tushgan kundan boshlab bir oylik muddatda sud majlisida koʻrib chiqadi. Arizachi va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida IPKning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudlarning eʼtibori sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi ariza bilan murojaat etgan shaxs arizasidan voz kechishi mumkinligiga qaratilsin.
Arizadan voz kechish qabul qilingan taqdirda sud IPK 110-moddasining 6-bandiga mos holda ariza boʻyicha ish yuritishni tugatadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. IPKning 333-moddasiga binoan iqtisodiy sud sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi arizani koʻrib chiqib, uni qanoatlantiradi va sud hujjatini bekor qiladi yoki arizani qanoatlantirishni rad etadi va bu haqda ajrim chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha chiqarilgan ajrim ustidan umumiy tartibda shikoyat (protest) berilishi mumkin. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan chiqarilgan ajrim ustidan nazorat shikoyati berilishi mumkin. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha nazorat instansiyasi sudi tomonidan chiqarilgan ajrim ustidan nazorat tartibidagi shikoyat (protest) umumiy tartibda berilishi mumkin, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining ajrimlari bundan mustasno.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Shuni nazarda tutish lozimki, IPK 333-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq sud hujjati yangi ochilgan holatlar boʻyicha bekor qilingan taqdirda, ilgari oʻzi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilgan sudning oʻzi ishni IPKda belgilangan umumiy tartibda koʻradi. Bunday holatda ishni koʻrishda IPKning tegishlicha birinchi, apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalari sudida ish yuritishni tartibga soladigan qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yangi ochilgan holat boʻyicha sud hujjati bekor qilingan taqdirda, iqtisodiy sud, imkoniyat mavjud boʻlganda hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning protsessual huquqlarini qatʼiy taʼminlagan, yaʼni ularni sud majlisi vaqti va joyi haqida tegishli tartibda xabardor qilgan holda, dastlabki sud qarorini bekor qilish haqida ajrim chiqarilgandan soʻng bevosita shu sud majlisida ishni mazmunan koʻrib chiqishga haqlidir.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Ish kassatsiya yoki nazorat instansiyalari yurituvida boʻlgan vaqtda yangi ochilgan holat boʻyicha ishni qayta koʻrib chiqish haqida ariza kelib tushsa, bu instansiyalar arizalarni koʻrib chiqishni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish natijalari olingunga qadar toʻxtatib turadilar va ishni sud hujjatini qayta koʻrish haqida ariza tushgan iqtisodiy sudga yuboradilar.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Amaldagi qonunchilikka binoan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrib chiqish haqidagi ariza, shuningdek arizani qaytarish yoki qanoatlantirishni rad etish haqidagi ajrimlar ustidan beriladigan shikoyatlarga davlat boji toʻlanmaydi, pochta xarajatlari hamda sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlari bundan mustasno.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli qarori tahririda)
Toshkent sh.,
2003-yil 25-iyul,
111-son