O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY XO‘JALIK SUDI PLENUMINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh VA O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB TOPISh TO‘G‘RISIDA
“Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining Plenumi qaror qiladi:
I. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2003-yil 28-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bog‘liq normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 110-sonli qaroriga quyidagi o‘zgartish kiritilsin:
4-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “huquqni keltirib chiqaruvchi bitim” so‘zlari “huquqni keltirib chiqaruvchi majburiyat” so‘zlari bilan almashtirilsin.
II. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi “Kassatsiya instansiyasida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi 136-sonli qaroriga quyidagi o‘zgartish kiritilsin:
1) rus tilidagi matnining kirish qismidagi “(novaya redaksiya)” so‘zlari chiqarib tashlansin;
2) kirish qismining uchinchi xatboshisidagi “kassatsiya shikoyati” so‘zlari “kassatsiya shikoyatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
III. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi ““Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 142-sonli qaroriga quyidagi o‘zgartish kiritilsin:
1) rus tilidagi matni 8-bandining ikkinchi xatboshisidagi “zatrebuyet” so‘zi “istrebuyet” so‘zi bilan almashtirilsin;
2) 32-bandining beshinchi xatboshisidagi “Agar qarzdor tomonidan kelishuv bitimining shartlari bajarilmagan bo‘lsa,” so‘zlari “Qarzdor tomonidan kelishuv bitimining shartlari bajarilmagan holda,” so‘zlari bilan almashtirilsin.
IV. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 176-sonli qaroriga quyidagi o‘zgartish kiritilsin:
rus tilidagi matni IV-bandining ikkinchi xatboshisidagi “ot 15-iyunya 2007 goda № 163 “O nekotorix voprosax primeneniya xozyaystvennimi sudami grajdanskogo zakonodatelstva, reguliruyuщix otvetstvennost za neispolneniye ili nenadlejaщeye ispolneniye obyazatelstv” so‘zlari “ot 15-iyunya 2007 goda № 163 “O nekotorix voprosax primeneniya aktov grajdanskogo zakonodatelstva ob imuщestvennoy otvetstvennosti za neispolneniye ili nenadlejaщeye ispolneniye obyazatelstv” so‘zlari bilan almashtirilsin.
V. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 1996-yil 1-martdagi “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni ko‘rishda respublika xo‘jalik sudlari tomonidan qonunchilikni tatbiq etish amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 53-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Toshkent sh.,
2008-yil 30-oktabr,
189-son