04.03.2002 yildagi 103-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.12.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “XOʻJALIK YURITUVCHI SUBYEKTLAR FAOLIYATINING SHARTNOMAVIY-HUQUQIY BAZASI TOʻGʻRISIDA”GI QONUNINI XOʻJALIK SUDLARI AMALIYOTIDA QOʻLLASHNING AYRIM MASALALARI HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonuni (keyingi matnlarda — Qonun) bozor iqtisodiyoti sharoitida xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida vujudga kelayotgan mazmunan yangi iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishda hamda shartnoma intizomini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, shartnomalar tuzish tajribasiga yetarlicha ega boʻlmagan kichik va oʻrta biznes subyektlari, xususiy tadbirkorlarning iqtisodiy aloqalarini mustahkamlash, turli xil taʼminotchi, tayyorlovchi monopol korxona va tashkilotlar bilan shartnomaviy munosabatlarda ularning huquq hamda manfaatlarini himoya qilishda ushbu Qonunning tutgan oʻrni beqiyosdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudlari faoliyatida koʻp uchraydigan shartnomaviy munosabatlardan kelib chiquvchi nizolarning qonuniy hal etilishini taʼminlashda mazkur Qonun asosiy huquqiy manbalardan biri sifatida xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, ushbu Qonunni xoʻjalik sudlarining amaliyotida qoʻllashda ayrim muammolar ham uchramoqda.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning sud amaliyotida bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, Oliy xoʻjalik sudi Plenumi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 47-moddasiga asosan quyidagi tushuntirishlarni berishga qaror qiladi:
(kirish qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 13-martdagi 277-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xoʻjalik sudlari Qonunni qoʻllashda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, tegishli qonunlar, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa qonun hujjatlariga rioya qilishlari lozim.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 13-martdagi 277-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sudlar shartnoma tuzish, uni oʻzgartirish va bekor qilish bilan bogʻliq nizolarni hal etishda Qonunning 10 — 15-moddalari, Fuqarolik kodeksining 364—385-moddalariga muvofiq, shartnoma tuzish haqidagi tarafning taklifi (oferta)ga javob toʻliq va pisandasiz boʻlgandagina aksept hisoblanishiga eʼtibor berishlari kerak. Agarda ikkinchi taraf ofertani baʼzi bir eʼtirozlar bilan yoki qisman qabul qilsa, u holda bu aksept boʻlmaydi va qarshi taklif bildirilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ofertani akseptlash uchun belgilangan muddatda uni olgan shaxsning koʻrsatilgan shartnoma shartlarini bajarish yuzasidan qilgan harakatlari (tovarlarni joʻnatishi, xizmat koʻrsatishi, ishlarni bajarishi, muayyan summani toʻlashi va hokazolar), agarda qonun va ofertada boshqacha tartib koʻrsatilmagan boʻlsa, aksept hisoblanadi. Agar shartnoma tuzish haqidagi taklifni olgan shaxs belgilangan muddat davomida shartnomada nazarda tutilgan shartlarni qisman bajargan (tovarlarni qisman joʻnatgan, pul summasini qisman toʻlagan) boʻlsa, uning harakati aksept deb baholanadi. Bunday holatlarda sudlar taraflar oʻrtasida shartnomaning barcha muhim shartlari boʻyicha kelishuvga erishilgan boʻlsa, xoʻjalik shartnomasini tuzilgan deb hisoblab, unga tegishli baho berishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qonunning 11-moddasi va Fuqarolik kodeksining 108-moddasiga koʻra, xoʻjalik shartnomalari yozma shaklda tuziladi. Shartnomaning yozma shakliga rioya etmaslik (ogʻzaki kelishuv) uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi (qonunda koʻrsatilgan hollar bundan mustasno). Biroq, sudlar shartnomaning yozma shakliga rioya etmaslik oqibatida nizo kelib chiqqan taqdirda, taraflarni bitimning tuzilganligi, mazmuni va bajarilganligini guvohlarning koʻrsatmalari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum etsa-da, yozma va boshqa dalillar bilan tasdiqlash huquqini saqlab qolishiga eʼtibor bermoqlari lozim.
(3-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 13-martdagi 277-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shartnomaning tuzilganligi, mazmuni va bajarilganligini tasdiqlash uchun taqdim etilgan dalillar (yuk xati, tovar-transport hujjati, ishonchnoma, dalolatnoma va hokazolar)ga har tomonlama baho berib, shartnomaning yozma shakliga rioya qilinmasdan (ogʻzaki kelishuv asosida) bajarilgan majburiyatlar boʻyicha kelib chiqqan nizolarni Qonunda belgilangan tartibda hal etmoqlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sudlar FKning 363-moddasi talablaridan kelib chiqib, shartnomani tuzishga xizmat qilgan barcha holatlar, jumladan, shartnoma tuzish oldidan olib borilgan munozaralar, yozishmalar, oʻzaro munosabatlarda shakllangan amaliyot, ish muomalasi odatlari, taraflarning oʻzlarini tutishlarini oʻrganishlari va baho berishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shartnoma tuzilib, amalda boʻlish davrida unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishiga faqat taraflarning roziligi bilangina yoʻl qoʻyiladi, shartnomaga bir tomonlama oʻzgartirish kiritilishi mumkin emas (qonun hujjatlarida yoki shartnomada koʻrsatilgan hollar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shartnoma tuzish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrayotganda XPKning 141-moddasiga muvofiq shartnoma tuzish yoki uni oʻzgartirish vaqtida kelib chiqqan nizo boʻyicha hal qiluv qarorining xulosa qismida shartnomaning har bir nizoli sharti boʻyicha qabul qilingan qaror koʻrsatilishi, shartnoma tuzishga majburlash toʻgʻrisidagi nizo boʻyicha esa taraflar qanday shartlarda shartnoma tuzishga majburligi holati aniq ifodalanishi lozimligini nazarda tutishlari kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xoʻjalik shartnomalarini haqiqiy emas deb topish, bekor qilish haqidagi nizolarni hal etishda sudlar Qonunning 10-moddasida koʻrsatilgan shartlar koʻzda tutilgan yoki tutilmaganligiga alohida eʼtibor qaratib, bu shartlarning koʻrsatilmasligi shartnoma shartlari bir taraf tomonidan bajarilmagan hollarda uni javobgarlikka tortish uchun huquqiy asoslarni qoʻllashda majburiyatni bajargan insofli tarafni himoya qilish vositalarining kamayishiga olib kelishini inobatga olishlari hamda bunday shartnomani tuzgan mansabdor shaxslarning tegishli ravishda javobgarlikka tortilishiga asos boʻlishini eʼtiborga olishlari zarur. Ammo, bu shartlarning shartnomalarda koʻrsatilmasligi shartnomani haqiqiy emas, deb topishga asos boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomada qonun hujjatlarida koʻrsatilgan yoki taraflardan birining talabiga koʻra kelishib olinishi zarur boʻlgan barcha shartlar, yaʼni asosiy shartlar koʻrsatilmagan boʻlsa va ularni belgilash uchun imkoniyat boʻlmasa, shartnoma tuzilgan, deb hisoblanmaydi. Bunday holda kelib chiqqan nizolar boʻyicha sudlar shartnomaning yozma shakliga rioya qilinmasdan (ogʻzaki kelishuv asosida) majburiyatlar bajarilishiga oid qoidalarni qoʻllashga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. FKning 356-moddasiga binoan, haq toʻlash nazarda tutilgan shartnomalarda baho koʻrsatilmagan va shartnoma shartlari boʻyicha uni belgilash imkoni boʻlmagan hollarda sudlar shartnomani bajarmaganlik uchun oʻxshash vaziyatlarda odatda shunday tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun oʻsha joyda mavjud boʻlgan oʻrtacha bozor bahosi boʻyicha haq toʻlanishini belgilashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shartnomada majburiyatni bajarish muddati koʻrsatilmagan yoki muddat talab qilib olish payti bilan belgilangan boʻlsa, u holda FKning 242-moddasiga muvofiq, qarzdor bunday majburiyatni kreditor talab qilgan kundan boshlab yetti kunlik muddatda bajarishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xoʻjalik shartnomalarini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi nizolarning sudga taalluqliligi masalasini hal etish va sudda koʻrishda qonunda toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilgan hollarda bitimning qonun talab qiladigan shakliga rioya etmaslik haqidagi (FK 115-moddasi), yanglishish taʼsirida tuzilgan (FK 122-moddasi), aldash, zoʻrlik, qoʻrqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi yoki ogʻir holatlar yuz berishi taʼsirida tuzilgan (FKning 123-moddasi), qalbaki va koʻzboʻyamachilik uchun tuzilgan (FKning 124-moddasi) bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar xoʻjalik shartnomalariga nisbatan ham tatbiq etilishiga eʼtibor qaratilmogʻi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik kodeksining 116-moddasiga koʻra, qonun hujjatlarining talablariga muvofiq kelmaydigan mazmundagi bitim, shuningdek, huquq-tartibot yoki axloq asoslariga atayin qarshi maqsadda tuzilgan bitim oʻz-oʻzidan haqiqiy emasdir. Bunday bitimlar FKning 114-moddasiga binoan, haqiqiy emasligi bilan bogʻliq oqibatlardan tashqari, boshqa hech qanday yuridik oqibatlarga olib kelmaydi va u tuzilgan paytidan boshlab haqiqiy hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, shartnoma shartlarini belgilash va ularga qoʻshimchalar kiritish mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari yoki boshqa idoralarning tazyiqi bilan majburan amalga oshirilgan boʻlsa, bunday shartnoma sud tomonidan FKning 123-moddasiga muvofiq, haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa hollarda, jumladan, shartnomalarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq xoʻjaligida hisob-kitoblar oʻz vaqtida oʻtkazilishi uchun korxona, tashkilotlar rahbarlarining masʼuliyatini oshirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 1995-yil 12-maydagi Farmonining 1-bandida koʻzda tutilgan mahsulot berish, xizmatlar koʻrsatish uchun oldindan kamida 15 foiz toʻlov toʻlash, “Budjet bilan hisob-kitoblar uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarning masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1996-yil 9-avgustdagi Farmonining 4, 5-bandlarida belgilangan barter shartnomalari tuzilishini taʼqiqlash, mahsulot (ishlar, xizmatlar) uchun toʻlovlarni uchinchi shaxslar hisobidan undirishga yoʻl qoʻyilmasligi haqidagi talablarga rioya etilmasdan tuzilganligi aniqlansa, sudlar nizoni mazmunan koʻrib chiqib, qonun hujjatlari talablarini buzishga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarning jinoiy, moddiy, maʼmuriy yoki intizomiy javobgarligi masalasini hal etishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qonun 21-moddasining ikkinchi qismiga koʻra taraflar xoʻjalik shartnomalarini tuzish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlar yuridik xizmatining yoki jalb etilgan advokatlarning yozma xulosasini olishga haqli.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 30-sentabrdagi 286-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Umumiy qoidaga koʻra, qonun hujjatlari va shartnomada boshqacha tartibda javobgarlik nazarda tutilmagan boʻlsa, shartnoma shartlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik (shartnoma intizomini buzganlik) uchun Qonunning 25 — 32-moddalariga asosan javobgarlik qoʻllaniladi. Agar xoʻjalik shartnomasida shartnoma intizomini buzish bilan bogʻliq holatlar uchun javobgarlik belgilangan boʻlsa, taraflarning javobgarligi shartnomaga asosan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shartnomada shartnoma intizomini buzish bilan bogʻliq ayrim holatlar uchun javobgarlik koʻzda tutilgan boʻlsa, faqat shu holatlar uchun javobgarlik shartnomaga asosan qoʻllaniladi. Shartnomada koʻzda tutilmagan shartnoma intizomini buzish holatlari uchun esa javobgarlik Qonunning 5-bobi tegishli moddalariga asosan qoʻllanilishi lozim. Xususan, shartnomada tovarni oʻz vaqtida yetkazib bermaganlik uchun javobgarlik koʻzda tutilgani holda sifati, assortimenti, navi lozim darajada boʻlmagan tovarlarni yetkazib berganlik, toʻlov, tovar-transport hujjatlarini yuborishni kechiktirganlik, akkreditivdan foydalanmaganlik va boshqa holatlar uchun shartnomada javobgarlik belgilanmagan boʻlsa, shartnomada koʻzda tutilgan shartnoma intizomini buzganlik uchun javobgarlik shartnoma asosida, koʻzda tutilmagan shartnoma intizomini buzish holatlari uchun esa javobgarlik Qonunning 26, 29 va 30-moddalariga asosan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun, agar qonun hujjatlari yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, javobgarlik qarzdorning aybi boʻlsagina qoʻllaniladi. Qarzdor majburiyatni lozim darajada bajarishi uchun oʻziga bogʻliq boʻlgan hamma choralarni koʻrganligini isbotlasa, u javobgarlikdan ozod qilinadi (FKning 333-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma tuzilganligi va uning mazmuni dalillar bilan isbotlangan hollarda sudlar kreditorning talabi bilan qonuniy neustoykani (FKning 263-moddasi) hamda majburiyatlar bajarilmaganligi yoxud lozim darajada bajarilmaganligi tufayli yetkazilgan zararni (FKning 324-moddasi) undirib berishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik choralarini qoʻllashda neustoyka avvalo, majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik oqibatida yetkazilgan zararni qoplash uchun qoʻllanilishiga ahamiyat bermoqlari lozim. Shu sababli, bu toifadagi ishlarni koʻrishda shartnoma majburiyatlarini buzganlik oqibatida kreditorga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash choralarini koʻrishlari, zarur hollarda taraflarning iltimosnomalari bilan sud ekspertizasi tayinlashlari va natijalari boʻyicha yetkazilgan zarar va neustoykaning mutanosibligidan kelib chiqqan holda, neustoyka miqdorini aniqlash va qoʻllash masalasini hal etishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qonun 32-moddasining 1-qismini qoʻllashda sudlar qarzdorning haqiqatda tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini toʻlashdan bosh tortganligi holatlarini (jumladan, toʻlash imkoniyati boʻla turib, toʻlovni amalga oshirmaganligi, qarzini tan olmaganligi, kreditorlik-debitorlik qarzlari haqida solishtirish dalolatnomalari tuzishdan boʻyin tovlaganligi, oʻzini ataylab toʻlovga qobiliyatsiz qilib koʻrsatganligi va h.k) dalillar asosida aniqlashi lozim. Agar qarzdorning tovar (ishlar, xizmatlar) haqini toʻlash uchun iqtisodiy imkoni boʻlmasa, lekin u qarzni tan olib, uni toʻlashga harakat qilayotgan boʻlsa, sudlar uning xatti-harakatlarini toʻlovdan bosh tortish, deb baholamasliklari zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdorning tovar (ishlar, xizmatlar) haqini toʻlashdan bosh tortganligi isbotlangan hollarda sudlar u toʻlashdan bosh tortgan summaning 15 foizi miqdorida jarima undirishga haqli boʻladi.
(12-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun 32-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan penya ishlar va xizmatlar haqini oʻz vaqtida toʻlamaganlik hollarida ham qoʻllaniladi. Penyaning miqdori shartnoma bahosiga emas, balki bajarilmagan majburiyatlar qismi (toʻlanmagan yoki kechiktirilgan toʻlov summasi, bajarilmagan ishlar, xizmatlar summasi)ga nisbatan foiz miqdorida hisoblanadi.
(12-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sudlar neustoyka (penya, jarima) miqdorini aniqlashda shartnomaning qaysi bandi talablari qanchalik darajada buzilganligi, taraflar taqdim etayotgan hisob-kitoblarda qaysi davr uchun va qancha miqdorda javobgarlik koʻzda tutilayotganligini, u qaysi qonun yoki shartnomaning bandiga asosan belgilanganligini asoslantirishlari, zarur hollarda neustoykaning hisob-kitobini qayta hisoblab chiqishlari, taraflarning talabi bilan mutaxassislarni hisob-kitoblarni aniqlash uchun jalb etishlari, ekspertiza tayinlashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qonunning 34-moddasiga binoan neustoykaning undirilishi shartnoma talablarini buzgan tarafni majburiyatlarni lozim darajada bajarmaslik oqibatida yetkazgan zararini qoplashdan ozod etmaydi. Ikkinchi taraf koʻrgan zararga shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi munosabati bilan qilingan xarajatlar, mol-mulk yoʻqolishi yoki shikastlanishi, shuningdek, ikkinchi taraf shartnoma majburiyatlarini bajarganida olishi mumkin boʻlgan, lekin ololmay qolgan daromadlar ham kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xoʻjalik ishlarini koʻrishda sudlar shartnomalarning yuzaki, bir tomonlama, aksariyat hollarda tayyorlovchi, taʼminotchi, xizmat koʻrsatuvchi monopol tashkilotlar foydasiga va aksincha, tadbirkorlik subyektlarining zarariga tuzilayotganligi holatlariga huquqiy baho berishlari lozim. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 4-martdagi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan shartnomalarni tuzish va bajarishda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan rahbar va masʼul mutaxassislarning javobgarligi masalasini hal etishlari lozim. Bunda sudlar yetkazilgan zararni qoplash, aybdor shaxslarning moddiy javobgarligi masalalariga alohida ahamiyat bermoqlari zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sudlar Qonunning 8, 9-moddalariga asosan mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining shartnoma munosabatlari sohasidagi vakolatlarini qay darajada amalga oshirayotganliklariga baho berish bilan birga ular tomonidan ushbu meʼyor talablari bajarilmagan taqdirda, Qonunda belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga shartnoma intizomi buzilishi holatlarini bartaraf etish haqida taqdimnomalar kiritish va ularning mansabdor shaxslariga nisbatan esa taʼsir choralarini qoʻllashga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Shartnomaviy munosabatlardan kelib chiquvchi nizolarni koʻrishga tayyorlashda, neustoyka, zararni aniqlash va qoʻllash, shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini qoʻllashda sudlar Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlikni belgilovchi fuqarolik qonun hujjatlarni qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 163-sonli va Oliy sud Plenumi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi “Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq qonunchilikni qoʻllash sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 2/84-sonli qarorlari talablariga ham amal qilishlari lozim.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 13-martdagi 277-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 4-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103-son