Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.11.2015 28.04.2000 yildagi 2/84-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.11.2015
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TADBIRKORLIK FAOLIYATI BILAN BOGʻLIQ QONUNChILIKNI QOʻLLASh SUD AMALIYoTI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi qoʻshma Plenumining 2002-yil 25-oktabrdagi 21/108-sonli qaroriga asosan kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun shart-sharoit yaratish, ularning ishchanlik faolligini oshirish, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bu sohada qonunchilikni toʻgʻri tatbiq etish va ularga qatʼiy rioya qilinishi bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammo, sudlar qonunlarga zid boʻlgan hamda tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini cheklaydigan idoraviy meʼyoriy hujjatlar, nizom va koʻrsatmalarni qonunchilikdan ustun koʻrish, shuningdek mansabdor shaxslarning tadbirkorlar faoliyatiga asossiz aralashuvi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, yakka tartibdagi tadbirkorlarni roʻyxatga olishni qonunsiz rad etish, tadbirkorlarning ariza va shikoyatlarini oʻz muddatida koʻrmaslik va ular boʻyicha qaror qabul qilmaslik holatlariga yetarli darajada munosabat bildirmayaptilar.
(kirish qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 3-oktabrdagi 18/267-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan ishlarni oʻrganish natijalari oʻzganing mulkini talon-toroj etishni, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilishni notoʻgʻri tavsiflash holatlari mavjudligini koʻrsatadi. Qonunsiz kreditlar berish va ularni oʻz muddatida qaytarmaganlik haqidagi ishlar boʻyicha yagona sud amaliyoti mavjud emas, samarali ehtiyot chorasi hisoblanuvchi majburiyatni taʼminlovchi uslub hisoblangan garovning ahamiyatini yetarli inobatga olmayaptilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etkazilgan zararning qoplanganligi javobgarlikni yengillashtiruvchi alohida holat ekanligi qator ishlar boʻyicha jazo tayinlashda inobatga olinmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 17 va 47-moddalariga asosan, Oliy sud Plenumi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning eʼtibori tadbirkorlik sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikni buzish bozor munosabatlarining, qonuniy tadbirkorlik faoliyatining, xususan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, yakka tartibdagi tadbirkorlikning ravnaqiga toʻsqinlik qilishini inobatga olgan holda qonunchilik talablariga aniq rioya etish zarurligiga qaratilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 3-oktabrdagi 18/267-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sudlarga tushuntirilsinki, qonunlarga zid boʻlgan idoraviy meʼyoriy hujjatlar, nizom va koʻrsatmalar nizolarni hal qilishda tatbiq etilishi va ayblovning asosiga qoʻyilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga binoan mamlakat iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Mulk huquqi, mutloq huquq boʻlib, uni buzadigan har qanday xatti-harakatlarning taqiqlanishini taqozo etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatda mulk huquqini eʼzozlash vaziyati vujudga keltirilishi, unga nisbatan sodir etiladigan har qanday tajovuz muqarrar javobgarlik va jazoga sazovorlikni keltirib chiqarishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasiga muvofiq mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish boʻyicha subyektiv huquq faqat shu mulkning egasiga taalluqli. Fuqarolik kodeksining 182-moddasiga koʻra boshqa asoslar bilan bir qatorda tadbirkorlik faoliyati ham mulk huquqining vujudga kelish asoslaridan hisoblanadi. Mulk huquqini amalga oshirishga har qanday, qonunga asoslanmagan aralashuv bu huquqni qoʻpol buzish sanaladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari, masalan, fermerning, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan boshqa shaxsning mulkini qonunga xilof ravishda tasarruf qilishda ifodalanuvchi qilmishlari, agarda mulkdorning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish jinoyatining tarkibini tashkil etadi. Ziyonning jiddiyligi haqidagi xulosa sud tomonidan har bir muayyan ish boʻyicha asoslantirilmogʻi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, oʻz mulkiga nisbatan qonunsiz xatti-harakat sodir etilgan mulkdorda moddiy zararni, shu jumladan boy berilgan foydani hamda maʼnaviy zararni aybdor shaxsdan undirib olish huquqi paydo boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼnaviy zarar qoplanishi lozim boʻlgan mulkiy ziyonga bogʻliq boʻlmagan holda toʻlanadi. Maʼnaviy zararning miqdori har bir muayyan holatda sud tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida” gi 1998-yil 24-dekabrdagi Qonun nazorat qiluvchi organlarning xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga aralashmasligini kafolatlashiga, tekshirishlarni oʻtkazish asoslarini, davriyligini, muddatlarini belgilashiga eʼtibor qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qonunning 9-moddasiga muvofiq huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun faqat qoʻzgʻatilgan jinoyat ishining mavjudligigina asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatida qonunchilik buzilganligini aniqlasalar, ular oʻzlariga berilgan vakolat doirasida va faqat muayyan kamchilikni bartaraf etish bilan bevosita bogʻliq chora-tadbirlarnigina koʻrishlari mumkin. Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik holati mavjudligidan tadbirkorlik subyektlarining boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklash uchun asos sifatida foydalanishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan, sudlar bu masala boʻyicha qonunchilikning buzilishiga oʻz munosabatlarini lozim darajada bildirishlari kerak. Tadbirkorning faoliyatiga gʻaraz yoki boshqa past niyatda aralashuv holati aniqlangan taqdirda aybdorlarning harakatlari Jinoyat kodeksining boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddalari bilan tavsiflanmogʻi lozim. Sud, shuningdek protsess ishtirokchilariga tadbirkorda aybdordan barcha, masalan uning faoliyatiga noqonuniy aralashuv natijasida ishlab chiqarishning toʻxtaganligi sababli kelib chiqqan zararlarni undirib olish huquqi mavjudligini tushuntirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar nazarda tutishlari lozimki, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 39-moddasida tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish cheklangan, yaʼni ushbu Qonun talabiga koʻra, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan nazorat qiluvchi organlar tomonidan rejali tartibda koʻpi bilan yiliga bir marta amalga oshirilishi mumkin, bundan xususiy korxonalar va koʻrsatilgan moddaning ikkinchi — oltinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan normalar va qoidalarga oʻz vaqtida hamda toʻla hajmda rioya qiluvchi tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan koʻpi bilan ikki yilda bir marta amalga oshirilishi mumkin, ushbu moddada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy korxonalar faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan koʻpi bilan ikki yilda bir marta, belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 3-oktabrdagi 18/267-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan almashtirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 18-moddasida tadbirkorlik faoliyati erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlari belgilangan. Chunonchi, tadbirkorlar oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishlari, davlat organlari, jamoat birlashmalarining gʻayriqonuniy qarorlari, mansabdor shaxslarning harakat (harakatsizlik)lari ustidan sudga shikoyat qilishlari mumkin. Bunday shikoyatlarni koʻrishda, sudlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 19-iyuldagi “Fuqarolarning huquqlarini va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan keltirilgan shikoyatlarni sudlarda koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida”gi 18-sonli qaroriga amal qilmoqlari zarur.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 3-oktabrdagi 18/267-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Nazorat qiluvchi organlar va ularning mansabdor shaxslari, auditorlar (auditorlik tashkilotlari) tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish va taftish qilish munosabati bilan oʻzlariga maʼlum boʻlgan, tijorat siri hisoblanuvchi maʼlumotlarni uning egasi ruxsatisiz oshkor etganliklari tufayli yetkazilgan zarar uchun Fuqarolik kodeksiga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 191-moddasi boʻyicha javobgar boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining obyektiv ifodalangan intellektual faoliyat natijalariga boʻlgan mutloq huquqi-intellektual mulki qonun bilan qoʻriqlanadi va davlat tomonidan himoya qilinadi. Mutloq huquq obyekti boʻlgan intellektual mulkdan boshqa shaxslar faqat huquq egasining roziligi bilangina foydalanishlari mumkin. Shuning uchun, intellektual mulkdan har qanday qonunsiz foydalanish bu huquqning qoʻpol buzilishi hisoblanadi. Jumladan, tadbirkorlik subyektlarining intellektual faoliyati natijalarini oʻzlashtirib olish Jinoyat kodeksining 149-moddasi bilan tavsiflanishi mumkin. Agar intellektual mulk obyektlari moddiy qimmatlikka ega boʻlsa, aybdorning qilmishlari talon-toroj sifatida baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Eʼtibor qaratilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida tadbirkorlik faoliyati subyektining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini sud orqali himoya qilish belgilangan. Sudlar sud muhokamasi chogʻida sudni va ishda ishtirok etuvchi shaxslarni tijorat siri bilan tanishtirishga tijorat sirining mulkdori yoki konfident daʼvogar yoki javobgar sifatida ishtirok etayotgan nizoning mazmuniga bevosita taalluqli boʻlgan qismi boʻyicha yoʻl qoʻyilishi, sudning tijorat siridan cheklanmagan holda foydalanishga faqat Oʻzbekiston Respublikasining “Tijorat siri toʻgʻrisida”gi Qonuni 17-moddasida belgilangan hollarda ruxsat berilishiga eʼtibor qaratilishi lozim.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 3-oktabrdagi 18/267-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatining subyekti oʻz shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlarga raddiya berilishini talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda, tadbirkorlik faoliyati subyektining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlar ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan boʻlsa, aynan shu ommaviy axborot vositalarida raddiya berilishi lozim. Basharti, bunday maʼlumot tashkilotdan olingan hujjatda mavjud boʻlsa, bunday hujjat almashtirilishi yoki chaqirib olinishi kerak. Boshqa hollarda raddiya berish tartibi sud tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, sudning qarori bajarilmasa, sud qoidabuzarga qonunda belgilangan miqdorda va tartibda undiriladigan jarima solishga haqlidir. Jarimaning toʻlanishi qoidabuzarni sudning hal qiluv qarorida nazarda tutilgan harakatni bajarish majburiyatidan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, sudning qarori asosida aybdor shaxsdan ham moddiy va ham maʼnaviy zarar undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tadbirkorlik sohasidagi fuqarolik va xoʻjalik nizolarini, shuningdek jinoyat ishlarini koʻrayotganda sudlar har bir fuqaroning tadbirkorlik bilan shugʻullanish huquqini qatʼiy belgilab beruvchi qonunlarga rioya qilinishiga alohida eʼtibor qaratishlari kerak. Qonuniy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan mansabdor shaxslarning harakatlari tegishligicha huquqiy baholanishi zarur. Bunday gʻayriqonuniy harakatlarga, jumladan yakka tartibdagi tadbirkorni roʻyxatdan oʻtkazishni noqonuniy rad qilish, yoki roʻyxatga olishdan bosh tortish, muayyan faoliyat bilan shugʻullanish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) berishni rad qilish yoki uni berishdan bosh tortish, bank krediti berishni asossiz rad qilish va boshqalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aybdor shaxslarning qayd etilgan qilmishlari ish holatlariga va kelib chiqqan oqibatlariga qarab mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish, hokimiyat harakatsizligi yoxud sovuqqonlik deb, basharti gʻarazli sabablar ham aniqlangan boʻlsa pora berishga tamagirlik qilish sifatida ham tavsiflanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar, shu jumladan chet el fuqarolari yoki yuridik shaxslari, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tadbirkorlik faoliyati subyektlaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik deganda qonunchilikka muvofiq daromad (foyda) olishga qaratilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) yoʻli bilan tavakkal qilib va oʻz mulkiy javobgarligi ostida amalga oshiriladigan tashabbuskor faoliyatni tushunish kerak.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 3-oktabrdagi 18/267-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkor tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda, mustaqil ravishda, xodimlarni yollash huquqisiz, oʻziga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yoʻl qoʻyadigan oʻzga ashyoviy huquq asosida amalga oshiruvchi jismoniy shaxsdir.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 3-oktabrdagi 18/267-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgandan keyingina birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tuziladigan oddiy shirkat shartnomasining taraflari boʻlishi mumkin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 3-oktabrdagi 18/267-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon etilganlarga asosan inobatga olish lozimki, Jinoyat kodeksining 41-moddasiga muvofiq ijtimoiy foydali maqsadga erishish uchun kasb yoki xoʻjalik faoliyatiga bogʻliq asosli tavakkalchilik qilib, huquqlar va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazish jinoyat deb topilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xoʻjalik shartnomasi tadbirkorlik subyektlari oʻzaro munosabatlarining huquqiy shaklining asosini tashkil etadi. Taraflardan biri shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, aybdor taraf boshqa tarafga yetkazilgan zararni toʻlaydi, Fuqarolik kodeksida, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi 1998-yil 29-avgustdagi Qonunda, boshqa qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan tartibda oʻzgacha tarzda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaviy-huquqiy masalalarga daxldor ishlarni koʻrayotganda “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga amal qilinishi va xoʻjalik shartnomasi taraflarining huquqlari foydalanilganmi yoki yoʻqmi aniqlanishi lozim: jumladan, xoʻjalik shartnomalarini tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilish munosabati bilan zarur boʻlgan maʼlumotlar va boshqa hujjatlarni soʻrash va olish; xoʻjalik shartnomalarini tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan ekspertlarning yozma xulosalarini soʻrash va olish, mutaxassislar bilan maslahatlashish; boshqa tarafning iqtisodiy ahvoli, nufuzi va ishchanlik jihatlari xususidagi maʼlumotlarni toʻplash; xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qonunda nazarda tutilgan vositalari va usullarini qoʻllash; shuningdek, tuzilgan xoʻjalik shartnomalari boʻyicha taraflar oʻz zimmalariga olgan majburiyatlarni oʻz vaqtida va tegishli tartibda bajarilishi yuzasidan mazkur Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilganligini, xususan, huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan mazkur huquq va manfaatlarni buzgan xoʻjalik yurituvchi subyektga nisbatan talabnoma bildirish tartibi va muddatlariga rioya etilganligini; oʻziga talabnoma bildirilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan uni koʻrish tartibi va muddatlariga rioya etilganligini; taraf rad (qisman rad) javobini olgan yoki talabnomaga belgilangan muddatda javob olmagan taqdirda xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi berish hamda sud buyrugʻini olish uchun ariza taqdim etish tartibi va muddatlariga rioya etilganligini va shu kabilarni tekshirish lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaviy majburiyatlar bajarilmaganligi, pul mablagʻlari yoki oʻzga mulklarning maqsadsiz foydalanilganligi holatining oʻzigina, Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilmagan va shunday xatti-harakatlarni sodir etishga nisbatan toʻgʻri qasd boʻlmagan taqdirda, jinoyat tarkibini tashkil etmaydi. Bunda aybdor shaxslar fuqaroviy, maʼmuriy yoki intizomiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tadbirkorlik faoliyati subyektiga kreditlar berishda bank muassasalari va boshqa kredit muassasalari yoki sugʻurta tashkilotlari kafolat boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov qobiliyatiga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar esa kredit oluvchilar boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyekti kredit shartnomalarini taʼminlash maqsadida oʻzining mulkidan, shuningdek, narsalaridan va mulkiy huquqlaridan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu toifadagi ishlarni hal qilishda kredit shartnomasi shakliga, majburiyatlarni bajarish sharoitlariga rioya qilinganligini tekshirish lozim, tijorat banklari tomonidan kreditlar berishda kredit oluvchi boshqa hujjatlar qatorida pul tushumi haqidagi maʼlumot albatta koʻrsatilgan biznes rejani, boshqa kreditorlardan olingan zayom mablagʻlar haqida va boshqa banklar depozitida saqlanayotgan erkin mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilishi haqidagi talablarga rioya qilingan yoki qilinmaganligi aniqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlangan holatlardan kelib chiqib, banklar va boshqa kredit tashkilotlarning mansabdor shaxslarining jinoiy javobgarligi masalasini, bunga asoslar mavjud boʻlganda, muhokama qilish lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 744-moddasiga muvofiq bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor)ning ikkinchi taraf (qarz oluvchi)ga shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablagʻlarini berishi kredit hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mansabdor shaxsning kreditni oʻz vaqtida qaytarishdan qasddan boʻyin tovlashi, talon-toroj qilish alomatlari boʻlmagan taqdirda, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish sifatida, basharti bu harakatlar alohida shaxslar tomonidan sodir etilsa Jinoyat kodeksining 170-moddasi bilan tavsiflanmogʻi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talon-toroj qilish alomatlari boʻlmay turib noqonuniy kreditlar berish Jinoyat kodeksining 205-moddasi bilan tavsiflanishi zarur. Kreditni qaytarishdan qasddan boʻyin tovlash yoki noqonuniy kredit berganlik, shuningdek kredit berishni noqonuniy rad qilganlik uchun jinoiy javobgarlik fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilgan taqdirdagina kelib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar inobatga olishlari kerakki, amaldagi qonunchilikka koʻra tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarning rahbarlari ham mansabdor shaxslar toifasiga kiradilar. Shuning uchun, mazkur mansabdor shaxslar tomonidan bankka yoki boshqa kredit muassasasiga xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xoʻjalik ahvoli toʻgʻrisida bila turib yolgʻon maʼlumotlarni taqdim qilish yoʻli bilan kredit yoxud kredit olish uchun imtiyozlarning olinishi, kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish yoki tekinga olish maqsadi boʻlmagan taqdirda, agar bu xatti-harakatlar oqibatida davlat yoki jamiyat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilgan boʻlsa, Jinoyat kodeksining 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan tavsiflanishi kerak. Basharti, koʻrsatib oʻtilgan xatti-harakatlar yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan sodir etilgan boʻlsa, u Jinoyat kodeksining 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Soxta tadbirkorlik nafaqat iqtisodiyot asoslariga, balki tadbirkorlik faoliyati gʻoyasining oʻziga ham tajovuz qiladi, odamlarning bozorga va uning boshqacha xoʻjalik yuritish usullaridan afzalligiga boʻlgan ishonchiga putur yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soxta tadbirkorlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda shaxsning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirmay turib noqonuniy kreditlar olish, soliqlardan ozod boʻlish, egallashga huquqi boʻlmagan boshqa mulkiy foyda koʻrish maqsadini koʻzlaganligi hisobga olinishi lozim. Bunday maqsadning aniqlanishi shaxsning xatti-harakatlarini Jinoyat kodeksining 179-moddasi hamda talon-toroj etishga suiqasd qilish va soliq toʻlovlari toʻlashdan boʻyin tovlash va h.k. uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari majmui bilan tavsiflashga asos boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Soxta bankrotlik tadbirkorning oʻz majburiyatlarini iqtisodiy jihatdan bajara olmasligi haqida bila turib, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan eʼlon berishi oqibatida kreditorlarga koʻp miqdorda zarar yetkazilishida namoyon boʻladi. Koʻp miqdordagi zararning mavjud emasligi fuqaroviy-huquqiy javobgarlikka asos boʻladi. Shu munosabat bilan, soxta bankrotlikka doir ishlarni koʻrishda ishning barcha holatlarini sinchkovlik bilan, har tomonlama, toʻla va xolisona tekshirib chiqish va bunday qalloblikning haqiqiy tashkilotchilarini aniqlash shart, zeroki mazkur tashkilotlarga ularni tashkil etishga aloqasi boʻlmagan shaxslar, yaʼni soxta shaxslar ham rasman rahbarlik qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tadbirkorni raqobatchi tomonidan obroʻsizlantirish, yaʼni bosma yoki boshqacha usulda koʻpaytirilgan matnlarda yoki ommaviy axborot vositalari orqali tadbirkorning ishbilarmonlik nufuziga putur yetkazish maqsadida bila turib yolgʻon, noaniq yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarni tarqatish, faqat yolgʻon, noaniq yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar muayyan auditoriyaga moʻljallangan taqdirdagina Jinoyat kodeksining 192-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibini tashkil etadi. Shuning uchun ayni bir shaxsga yolgʻon maʼlumotlarni berish, garchi ular bosma holda boʻlsa ham, mazkur jinoyat tarkibini bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu oʻrinda eʼtiborga olish zarurki, yolgʻon, noaniq yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarni bir shaxs tayyorlab, aslida boshqa shaxs oshkor qilgan (masalan, televideniye boʻyicha yoki gazetada chop etish orqali) taqdirda, agar ijrochi oʻzi tomonidan tarqatilayotgan maʼlumotlarning yolgʻonligini koʻra bilgan boʻlsa, qilmish mazkur jinoyatda ishtirokchilik sifatida tavsiflanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash haqidagi ishlarni koʻrishda xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan munosabatda boʻlish oqibatida hisobni yoki hisobotni chalkashtirib yuborish, foydani hisoblashda xatoga yoʻl qoʻyish holatlarining oʻzigina Jinoyat kodeksining 184-moddasi bilan tavsiflanishi mumkin emasligi eʼtiborga olinishi lozim, chunki soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash faqat qasddan sodir etiladi. Tergov organlari va sudlar har bir ish boʻyicha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlayotgan shaxsning qasdi va gʻarazli niyatlarini aniqlashga majburdirlar.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 3-oktabrdagi 18/267-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash — bu soliq organlariga taqdim etiladigan hisobot hujjatlarida haqiqiy maʼlumotnomalarni qasddan koʻrsatmaslik yoki ularga bila turib soliqning miqdori toʻgʻrisida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan, uni pasaytirish va yoki kamaytirish tomonga oʻzgartirilgan maʼlumotlarni kiritishda ifodalanadi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 3-oktabrdagi 18/267-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda hisobot kichik va oʻrta korxonalar, mikrofirmalar tomonidan soliq organlariga har chorakda taqdim etilishi lozim boʻlsa, oylik soliqlarni yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash, misol uchun mansabga sovuqqonlik bilan qarash oqibatida, hisobot davri kelgunga qadar moliyaviy sanksiyani hisobga olgan holda keyinchalik ularni toʻlagan taqdirda ham Jinoyat kodeksining 184-moddasi bilan tavsiflanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Jinoyat kodeksining 184-moddasi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 1999-yil 20-avgustdagi Qonuniga muvofiq qasddan yashirilgan, kamaytirib koʻrsatilgan foydalar (daromadlar) boʻyicha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻliq toʻlangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanmasligi haqidagi koʻrsatma bilan toʻldirilganligini sudlar eʼtiborga olishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Sudlarga tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq ishlarning xususiyatini hisobga olgan holda, ishning barcha holatlarini yanada toʻliq va har tomonlama aniqlash maqsadida zarur hollarda, sud muhokamasiga tadbirkorlik faoliyatiga oid qonunchilik sohasida tegishli bilimga ega boʻlgan mutaxassislarni jalb qilish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tadbirkorlik sohasidagi fuqarolik va xoʻjalik nizolari, shuningdek jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda sudlar qonunbuzarliklar va jinoyatlarning sodir etilishiga imkon bergan barcha sabab va shart-sharoitlarni aniqlashlari va ularga lozim darajada munosabat bildirishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi, viloyat va Toshkent shahar sudlari mazkur toifadagi ishlar yuzasidan qonunchilikning toʻgʻri va bir xilda tatbiq etilishini taʼminlashlari, sud amaliyotini doimiy tahlil qilib borishlari, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrishlari lozim.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 3-oktabrdagi 18/267-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 28-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2/84-son