Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2018 23.12.2005 yildagi 136-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2018
Hujjat 23.12.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 30-dekabrdagi 189-sonli qarori asosida kiritilgan oʻzgarishlar bilan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum taʼkidlaydiki, respublikada bozor iqtisodiyotining rivojlanishi, mulkchilik shakllarining oʻzgarishi, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va xorijiy sarmoyadorlar oʻrtasida iqtisodiy aloqalarning kengayishi xoʻjalik nizolari sonining koʻpayishiga olib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatlarining qonuniyligini kassatsiya tartibida tekshirish xoʻjalik yurituvchi subyektlar va tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya etish usullaridan biridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud amaliyotining tahlili sudlarning hal qiluv qarori, qarori va ajrimlari ustidan berilayotgan kassatsiya shikoyatlari va protestlarini rasmiylashtirishda, ish yuritishga qabul qilish, koʻrib chiqib hal qilishda protsessual huquq normalarining har doim ham bir xilda qoʻllanilishi taʼminlanmayotganligini koʻrsatmokda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi) bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 47-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xoʻjalik sudlariga tushuntirilsinki, xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari, qarorlari, ajrimlarini kassatsiya instansiyasida koʻrish qonunni toʻgʻri, bir xilda qoʻllash va xoʻjalik sudlari tomonidan yoʻl qoʻyilgan xatolarni tuzatishda katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun kassatsiya instansiyasi sudining eʼtiborini xoʻjalik ishlarini kassatsiya tartibida koʻrishning qonun bilan belgilangan tartibiga qatʼiy rioya qilishga, kassatsiya shikoyati (protesti)dagi vajlarni har tomonlama tekshirishga va sud xulosalarining aniqlangan holatlarga va qonunga mos boʻlishi lozimligiga qaratish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. XPKning 173-moddasiga muvofiq, xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori hamda apellatsiya instansiyasining qarori ustidan ishda ishtirok etuvchi shaxslar kassatsiya shikoyati berishga, prokuror esa, ishda ishtirok etishidan qatʼi nazar, kassatsiya protesti keltirishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudi ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida hal qiluv qarori, qaror qabul qilgan hollarda bu shaxslar ham XPK 188-moddasi uchinchi qismining 5-bandiga muvofiq bunday hal qiluv qarori, qaror ustidan XPKda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining kassatsiya instansiyasi, XPKning 174-moddasiga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlarining birinchi va apellatsiya instansiyalarida qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari va qarorlarning qonuniyligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining birinchi instansiyada qabul qilingan hal qiluv qarorlarining qonuniyligini kassatsiya tartibida ushbu sudning Rayosati tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. XPKning 175-moddasiga muvofiq kassatsiya shikoyati (protesti) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudiga hal qiluv qarori, qaror qabul qilgan xoʻjalik sudi orqali beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarori, qaror qabul qilgan xoʻjalik sudi, agarda XPKning 180-moddasida nazarda tutilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari mavjud boʻlmasa, besh kunlik muddatda kassatsiya shikoyatini (protestini) ish bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudiga yuboradi. Bunday asoslar mavjud boʻlgan taqdirda birinchi instansiya sudining sudyasi kassatsiya shikoyatini (protestini) XPK 180-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga asosan qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. XPKning 176-moddasiga muvofiq, kassatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori, qaror qonuniy kuchga kirgandan soʻng bir oy mobaynida berilishi mumkin. Hal qiluv qarori, qaror ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) muddati u qabul qilingan sananing ertasidan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPKning 149 va 150-moddalariga muvofiq qabul qilingan qoʻshimcha hal qiluv qarorlari, qarorlar ham kassatsiya tartibida alohida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarorining, qarorning bir qismiga nisbatan ham berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni XPKning 177-moddasi talablariga mos boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyati uni berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan shikoyatga uning hal qiluv qarori, qaror ustidan shikoyat qilish vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kassatsiya shikoyatini qabul qilish paytida sudyada taʼsis hujjatlariga muvofiq shikoyatni imzolagan shaxsning uni imzolashga haqli ekanligiga shubha tugʻilsa, sudya kassatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qiladi va arizachiga uning shikoyatni imzolashga vakolatini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etishni taklif qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmaganda kassatsiya instansiyasi sudi XPK 88-moddasining 3-bandiga mos holda kassatsiya shikoyatini koʻrmasdan qoldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sudlar shuni eʼtiborga olishlari kerakki, XPK 180-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari qatʼiy boʻlib, ularni kengaytirilgan tarzda talqin qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir vaqtning oʻzida bir necha ishlar boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, qarorlar, shuningdek qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) XPKning 173-moddasi mazmuniga koʻra koʻrmasdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyati (protesti) xoʻjalik sudiga oʻtkazib yuborilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddatini tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan apellatsiya shikoyati (protesti) berilgandan keyin kelib tushgan va bu iltimosnoma qanoatlantirilgan hollarda kassatsiya shikoyati (protesti) XPKning 173-moddasiga muvofiq koʻrmasdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatining (protestining) qaytarilishi yoki koʻrmasdan qoldirilishi shikoyat beruvchining keyinchalik xoʻjalik sudiga oʻz huquqlarining buzilganligi yuzasidan, agar apellatsiya instansiyasida qaror, ajrim qabul qilingandan soʻng uni berishga asoslar mavjud boʻlsa, yana kassatsiya shikoyati (protesti) bilan murojaat etishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish yoki koʻrmasdan qoldirish haqidagi birinchi instansiya sudi sudyasining ajrimi ustidan bir oy muddat ichida kassatsiya instansiyasi sudiga shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.1. Shikoyat (protest) qilish muddati oʻtkazilib berilgan kassatsiya shikoyatiga (protestiga) oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi iltimosnoma ilova qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnomada kassatsiya shikoyatini bergan shaxs tomonidan havola qilinayotgan muddatni oʻtkazib yuborganlik sabablari koʻrsatilishi va asoslantirilishi lozim. Iltimosnoma shikoyatda (protestda) yoki alohida arizada bayon qilinishi mumkin va shikoyat (protest) bilan bir vaqtda taqdim qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat (protest) berish muddatini tiklash haqidagi iltimosnoma kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan yakka tartibda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilinmasdan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatini (protestini) oʻz vaqtida berishga haqiqatda toʻsqinlik qilgan holatlar kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatining oʻtkazib yuborilishiga uzrli sabablar deb hisoblanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyati (protesti) berish uchun oʻtib ketgan muddatni tiklash haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha ajrim chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish haqidagi ajrimda bayon etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPKning 99-moddasiga muvofiq oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi ajrim ustidan shikoyat (protest) qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisida kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish haqidagi ajrimda bayon qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.2. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilganidan soʻng, shikoyat bergan (protest keltirgan) shaxs, XPK 180-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan hollarda va tartibda, xoʻjalik sudiga kassatsiya shikoyati (protesti) bilan umumiy tartibda hal qiluv qarori, qaror qonuniy kuchga kirgandan soʻng bir oy ichida murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kassatsiya shikoyati hal qiluv qarori, qaror ustidan shikoyat qilishga huquqi boʻlmagan shaxs tomonidan berilganda yoki kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida shikoyat berilmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilganda birinchi instansiyasi sudining sudyasi XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda shikoyatni (protestni) qabul qilishni rad etadi. Agar koʻrsatilgan holatlar kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingandan keyin aniqlansa, shikoyat (protest) boʻyicha kassatsiya instansiyasida ish yuritish XPK 86-moddasining 1-bandiga mos holda tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasida oldin mazmunan koʻrilgan ish boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarori, qaror ustidan berilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilish XPK 117-moddasi birinchi qismining 2-bandiga mos holda rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimni kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi chiqaradi (XPKning 181-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish vaqti va joyi koʻrsatiladi. Ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, kassatsiya protestini keltirgan prokurorga, shuningdek XPK 188-moddasi uchinchi qismining 5-bandiga muvofiq shikoyat bergan shaxsga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingandan soʻng barcha sud hujjatlari hayʼat tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. XPKning 182-moddasiga muvofiq, kassatsiya instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, shuningdek XPK 188-moddasi uchinchi qismining 5-bandiga muvofiq kassatsiya shikoyatini bergan shaxslarning iltimosiga koʻra, agar ariza beruvchi shunday choralarni koʻrmaslik hal qiluv qarori, qarorning qaytarma ijrosini qiyinlashtirishi yoki bajarib boʻlmaydigan qilib qoʻyishi mumkinligini isbotlasa, kassatsiya instansiyasida ish yuritish tugagunga qadar birinchi va apellatsiya instansiyalarida qabul qilingan hal qiluv qarori, qarorning ijrosini toʻxtatib qoʻyishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnoma kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnomani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha ajrim chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. XPKning 183-moddasiga muvofiq, kassatsiya instansiyasida ish XPKning 22-bobida nazarda tutilgan xususiyatlar bilan xoʻjalik sudining birinchi instansiyasida ish koʻrish qoidalari boʻyicha koʻrib chiqiladi. Bunda faqat birinchi instansiya uchun belgilangan qoidalar qoʻllanilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasida, xususan, nizolarni hal etish uchun hakamlik sudlariga topshirish (XPKning 25-moddasi), ishga daxldor boʻlmagan tarafni almashtirish (XPKning 38-moddasi), daʼvoning asoslari va predmetini oʻzgartirish, daʼvo talablari miqdorini oʻzgartirish, daʼvodan toʻliq yoki qisman voz kechish (XPKning 40-moddasi), ishga nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslarning kirishishi (XPKning 41-moddasi), ishga nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslarning kirishishi (ularni ishda ishtirok etishga jalb qilish) (XPKning 42-moddasi), bir nechta daʼvo talablarini birlashtirish va ajratish (XPKning 115-moddasi), qarshi daʼvo taqdim etish (XPKning 120-moddasi) haqidagi qoidalar qoʻllanilmaydi. Shuningdek, ishni oʻzining ishtirokisiz koʻrib chiqishga rozilik bermagan daʼvogarning ishtirokisiz nizoning hal etilishiga yoʻl qoʻyilmasligi (XPK 130-moddasining uchinchi qismi) haqidagi qoida ham qoʻllanilmaydi. Bundan kelib chiqadiki, ishda ishtirok etuvchi shaxslar kassatsiya instansiyasining sud majlisida ishtirok etmagan hollarda, agar ular tegishli tartibda ishni muhokama etish vaqti va joyi haqida xabardor qilingan boʻlsalar, ish ularning ishtirokisiz koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kassatsiya shikoyati (protesti) xoʻjalik sudi tomonidan ish yuritishga qabul qilingan boʻlib, kassatsiya shikoyatini bergan shaxs qaror qabul qilingunga qadar undan voz kechsa, protest keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror sud majlisi boshlanishidan oldin protestni chaqirib olsa va XPKning 184-moddasiga koʻra sud tomonidan kassatsiya shikoyatidan voz kechish qabul qilinsa, agar hal qiluv qaroriga, qarorga nisbatan ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan shikoyat berilmagan boʻlsa, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatadi va bu haqda ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha kassatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatish ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga kassatsiya shikoyati (protesti) bilan murojaat qilishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agar kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingandan soʻng birinchi yoki apellatsiya instansiyasining hal qiluv qarorini, qarorini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisida ariza berilsa, shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritish XPK 82-moddasi birinchi qismining 1-bandiga binoan toʻxtatib qoʻyiladi, ish esa XPKning 24-bobi tartibida koʻrish uchun tegishli instansiyaga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kassatsiya shikoyati (protesti) xoʻjalik sudiga hal qiluv qarorini, qarorni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza berilgandan keyin kelib tushgan boʻlsa, birinchi navbatda ariza koʻrib chiqiladi. Bunday arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sud hujjati qabul qilingandan keyin, agar kassatsiya shikoyati bergan shaxs shikoyatdan voz kechmagan, prokuror tomonidan esa protest chaqirib olinmagan boʻlsa, ish kassatsiya shikoyati (protesti) bilan birga kassatsiya instansiyasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kassatsiya instansiyasi sudi ishni koʻrib chiqishda sud tomonidan ish uchun ahamiyatli holatlarning toʻliq tekshirilganligini, sud aniqlangan deb topgan holatlarning isbotlanganligini, moddiy va protsessual huquq normalari toʻgʻri qoʻllanganligini tekshiradi. Bunda sud kassatsiya shikoyatida bayon etilgan vajlar bilan cheklanmasligi kerak. Shuningdek, sud hal qiluv qarori, qaror ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlariga taʼsir etmaganligini ham tekshiradi, chunki XPK 188-moddasi uchinchi qismining 5-bandiga muvofiq koʻrsatib oʻtilgan qonun buzilishi hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Shuni eʼtiborga olish kerakki, XPKning 187-moddasida sanab oʻtilgan kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari qatʼiy boʻlib, ularni kengaytirilgan tarzda talqin qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kassatsiya instansiyasi sudi ish holatlari taqdim etilgan dalillarni har tomonlama, toʻliq va xolisona oʻrganish asosida aniqlanganligini, sudning xulosalari bu holatlarga mosligini, biroq sud tomonidan moddiy huquq normalarini qoʻllashda xatoga yoʻl qoʻyilganligini aniqlasa, unda kassatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorining, qarorning asoslantiruvchi qismini oʻzgartiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kassatsiya instansiyasi sudi ish holatlari taqdim etilgan dalillarni har tomonlama, toʻliq va xolisona oʻrganish asosida aniqlanganligini, ammo sudning xulosalari bu holatlarga mos emasligini aniqlasa, kassatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini, qarorni bekor qiladi va yangi qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi va apellatsiya instansiyalarida koʻrishda ishning holatlari toʻliq aniqlanmaganligini va shu munosabat bilan hal qiluv qarori, qaror yetarlicha asoslanmaganligini yoki sud ishda ishtirok etishga jalb etilmagan shaxslarning huquq hamda majburiyatlari toʻgʻrisida sud hujjati qabul qilganligini aniqlasa, kassatsiya instansiyasi sudi sud hujjatini bekor qiladi va ishni yangidan koʻrish uchun hal qiluv qarori, qaror bekor qilingan xoʻjalik sudi instansiyasiga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. XPK 188-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, protsessual huquq normalari buzilgan yoki notoʻgʻri qoʻllanilgan hollarda, agar bu qonun buzilishi notoʻgʻri hal qiluv qarorining, qarorning qabul qilinishiga olib kelgan yoxud olib kelishi mumkin boʻlsa, hal qiluv qarori, qaror bekor qilinadi yoki oʻzgartiriladi. Bunday oqibatlarning mavjudligi har bir aniq holatda kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kassatsiya instansiyasi sudining qarori XPKning 189-moddasi talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining qarorida kassatsiya shikoyatida (protestida) bayon qilingan barcha vajlarga baho berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ishni kassatsiya instansiyasida koʻrgan xoʻjalik sudining qarorida bayon qilingan koʻrsatmalari, XPKning 190-moddasi talablariga muvofiq, shu ishni yangidan koʻrayotgan sud uchun majburiydir. Ushbu koʻrsatmalarni bajarmaslik ish holatlarining toʻliq aniqlanmaganligiga olib kelgan boʻlsa, ishni yangidan koʻrishda qabul qilingan hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga asos boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga kassatsiya instansiyasi hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilish paytida u yoki bu dalilning ishonchli yoki ishonchsizligi, bir dalilning boshqalaridan ustunligi, ishni yangidan koʻrishda qanday qaror qabul qilinishi lozimligi toʻgʻrisidagi masalalarni oldindan hal qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi ishni yangidan koʻrish uchun yuborishda sudlarga bajarib boʻlmaydigan koʻrsatmalarni berishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ishni kassatsiya tartibida koʻrishda tashkilot, davlat organi yoki boshqa organ, mansabdor shaxs yoxud fuqaroning faoliyatida qonun hujjatlarining buzilishi aniqlangan taqdirda kassatsiya instansiyasi sudi XPKning 152-moddasiga asosan xususiy ajrim chiqarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat alomatlari aniqlanganda kassatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishi qoʻzgʻatishga yoki jinoyat ishini qoʻzgʻatish masalasini hal qilish uchun zarur hujjatlarni prokuratura organlariga yuborishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Hal qiluv qarori, qaror bekor qilinganda va ish yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilganda, Oliy xoʻjalik sudi ishning murakkabligi yoki boshqa asoslarga koʻra uni birinchi instansiya boʻyicha oʻzining ish yuritishiga qabul qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xoʻjalik sudining shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin boʻlgan ajrimlari ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) XPKda nazarda tutilgan hollarda beriladi (keltiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 191-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, xoʻjalik sudining ajrimlariga nisbatan berilgan kassatsiya shikoyatlari (protestlari) xoʻjalik sudining hal qiluv qarori va qarori ustidan beriladigan kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) qabul qilish va koʻrib chiqish uchun belgilangan tartib asosida qabul qilinadi va koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrimlarga nisbatan kassatsiya shikoyatlari (protestlari) apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati oʻtgandan soʻng bir oy davomida yoki apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan qaror qabul qilingandan keyin bir oy davomida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kassatsiya instansiyasi sudi XPK 149-moddasining birinchi qismiga muvofiq qoʻshimcha qaror qabul qilishga hamda XPKning 150-moddasiga muvofiq oʻzi qabul qilgan qarorni tushuntirib berishga, yoʻl qoʻyilgan yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Sud xarajatlarini taqsimlash kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan XPKning 95-moddasida belgilangan qoidalarga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyati uni bergan shaxsga qaytarilgan holda toʻlangan davlat boji XPK 93-moddasining uchinchi qismiga muvofiq qaytarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatidan voz kechilganligi munosabati bilan ish yuritish tugatilgan holda sud xarajatlari kassatsiya shikoyati bergan shaxsning zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kassatsiya instansiyasi qarorining ijrosini kechiktirish yoki uni boʻlib-boʻlib ijro etish masalalari ishni birinchi instansiyada koʻrib chiqqan xoʻjalik sudi tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oliy xoʻjalik sudining sudlov hayʼatlariga kassatsiya tartibida ishlarni koʻrish amaliyotini doimiy ravishda oʻrganish va umumlashtirish, bu hujjatlardan xoʻjalik sudlarining ish faoliyatida yoʻl qoʻyilgan xatolarni bartaraf etishda hamda kassatsiya instansiyasi faoliyatini yanada yaxshilash maqsadida keng foydalanish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 23-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
136-son