Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.12.2017 25.05.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2106
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.12.2017
Hujjat 04.06.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 25-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2106]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 15-dekabrdagi 129-sonli “Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2106-3 22.12.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 16-fevraldagi “Respublika dorixona muassasalarida dori-darmon va tibbiy buyumlar sotish qoidalariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi 18-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 6-7 son, 50-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan 2000-yil 12-dekabrda tasdiqlangan Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 997, 2000-yil 29-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 24-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir A. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 26-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2010-yil 26-martdagi 95-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻRIQNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 120-modda) va “Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 355-modda) qonunlariga muvofiq qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Yoʻriqnoma giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilishga taalluqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagilar qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar (keyingi oʻrinlarda yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar deb yuritiladi) sifatida eʼtirof etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va “in bulk” mahsulotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan va (yoki) muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning gʻayriqonuniy nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish korxonasi oʻrami butunligi buzilgan hamda haqiqiyligini aniqlash mumkin boʻlmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II-bob. Yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar yoqib yuborish, sindirish, ezish, toʻkish va koʻmish usullari bilan yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilishga ruxsat Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda Bosh boshqarma deb yuritiladi) tomonidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yoʻq qilishga ruxsat olish uchun tegishli dori vositasi va tibbiy buyumlar egasi boʻlgan tashkilot rahbari yoʻq qilinishi lozim boʻlgan yaroqsiz dori vositasi yoki tibbiy buyumlarning nomi, seriya raqami, oʻramlar soni (miqdori), ishlab chiqaruvchi tashkilotning nomi, ishlab chiqarilgan davlat, mahsulotning egasi va yoʻq qilish sababini koʻrsatgan holda Bosh boshqarmaga ushbu Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga vakolatli akkreditatsiyalangan laboratoriyalarning va ekspertiza oʻtkazgan tashkilotning dori vositalari va tibbiy buyumlarning sifatini belgilangan talablarga javob bermasligi va ularni yaroqsiz deb topish toʻgʻrisidagi xulosasining nusxasi ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bosh boshqarma ariza kelib tushgandan soʻng oʻn besh ish kuni davomida taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilishga ruxsat beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish uchun ushbu dori vositalari va tibbiy buyumlar egasi boʻlgan tashkilot rahbarining ushbu Yoʻriqnomaning 2-ilovasida keltirilgan shakldagi buyrugʻi bilan besh kishidan kam boʻlmagan tarkibda yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi. Komissiya tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va hududiy sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi vakillarining boʻlishi majburiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Komissiya Bosh boshqarmadan yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilishga olingan ruxsat asosida ushbu Yoʻriqnomaning 3-ilovasida keltirilgan shaklda oʻzining qarorini qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning qarorida yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish sanasi, vaqti, joyi hamda yoʻq qilinayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning atrof-muhit uchun bezararligi, ularning fizik-kimyoviy mutanosibligi eʼtiborga olingan holda yoʻq qilish usullari belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Komissiyaning qarori ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi va uning aʼzolarini kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganida kuchga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yoʻq qilinishi lozim boʻlgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilingunga qadar saqlash uchun tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan moddiy javobgar shaxs tayinlanadi. Buyruqda saqlashga qoldirilgan yoʻq qilinishi lozim boʻlgan dori vositalari hamda tibbiy buyumlarning nomlari va seriyalari, oʻramlari soni (miqdori) koʻrsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish Komissiya aʼzolari ishtirokida, mahsulot egasi yoki uning vakili tomonidan amalga oshiriladi. Yoʻq qilish jarayoni fotosuratga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar belgilangan tartibda yoʻq qilinganidan soʻng, Komissiya tomonidan ikki nusxada ushbu Yoʻriqnomaning 4-ilovasida keltirilgan shaklda dalolatnoma tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Dalolatnoma quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarini yoʻq qilish sanasi, vaqti va joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar nomi (seriya raqami, yaroqlilik muddati, oʻramlari soni (miqdori), ishlab chiqaruvchining nomi koʻrsatilgan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaroqsiz dori vositalari va tibbiyot buyumlarining egasi (moddiy-javobgar shaxs);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻq qilish usuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarini yoʻq qilishda ishtirok etgan Komissiya aʼzolari (familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi va lavozimi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Dalolatnoma Komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarning egasi hisoblangan tashkilot rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Dalolatnomaning bir nusxasi yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar egasi boʻlgan tashkilotda saqlanadi, ikkinchi nusxasi yoʻllanma xat, buyruq va Komissiya qaroridan koʻchirma, shuningdek fotomateriallar bilan birgalikda Bosh boshqarmaga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yoʻq qilingan yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Bosh boshqarma tomonidan tahlil qilib boriladi va zarur hollarda tegishli vakolatli organlarga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agar tergov ishlari yoki sud muhokamasi uchun dori vositalari va tibbiy buyum namunalari olingan boʻlsa, ular saqlash muddatidan qatʼi nazar, ish yakuniga etmagunga qadar yoʻq qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi N. UMAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 25-mart
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎

_‎‎___________________________ga‎

‎

‎‎___________________________dan

‎

‎‎(tashkilotning nomi, rahbarning F.I.O.)

‎

‎‎______________________________

‎

‎‎(tashkilotning manzili)

‎‎‎Ariza
‎

‎‎__________________________________________________________________

‎‎(yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchi davlat, tashkilot nomi)

‎__________________________________________________________________

‎‎(mahsulot egasi va yoʻq qilish sabablari)

‎__________________________________________________________________

(yoʻq qilinayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning nomi, seriya raqami, oʻramlar soni (miqdori) koʻrsatilgan holda)

‎__________________________________________________________________
‎_________________________ yoʻq qilish uchun ruxsat berishingizni soʻrayman.
‎Ilova: (yoʻq qilishga asos boʻlgan hujjatlar)
‎
‎
M.Oʻ.‎ ‎‎____________________________________________
‎

(tashkilot rahbari imzosi)

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎_____________________________ ning qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari

(tashkilotning nomi)‎

‎ ‎

va tibbiy buyumlarini yoʻq qilish toʻgʻrisidagi

‎‎___-son BUYRUGʻI
‎

‎ ‎ 20__ y. “__” __________
‎
‎1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasining 20__ y. “___” ____________ dagi ____ -sonli ruxsatnomasiga muvofiq _________________
‎__________________________________________________________________

(dori vositasi (tibbiy buyum) nomi, seriyasi)

‎________________ sababli _____ miqdordagi qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari (tibbiy buyumlar)ni yoʻq qilish uchun quyidagi tarkibda Komissiya tuzilsin:

‎____________________________________________‎

‎— rais‎

‎(F.I.O., ish joyi, lavozimi)

‎
‎‎____________________________________________

— aʼzo‎

(F.I.O., ish joyi, lavozimi)

‎
____________________________________________

‎2. Mazkur buyruq nazorati ______________ ga yuklatilsin (oʻz zimmamda qoldiraman).

‎Tashkilot rahbari imzosi‎‎
‎
Buyruq nusxasi asliga toʻgʻri ekanligini tasdiqlash ‎
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish komissiyasining qarori
‎

‎‎20___ y. ___ ___________

____-son
‎
‎‎

‎Kun tartibi ______________________________yoʻq qilish usulini belgilash

‎‎Qatnashdilar: ______________________________________________________

(F.I.O.)

Kun tartibi boʻyicha muhokama:‎‎ ‎
‎1. Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar haqida mahsulot egasining maʼlumoti;
‎2. Komissiya ekspertizasi xulosasi;
3. Taklif. ‎ ‎ ‎
‎
‎Qaror qilindi: ____________________________________________________

‎(yoʻq qilish sanasi, vaqti, joyi hamda yoʻq qilinayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning atrof-muhit uchun bezararligi, ularning fizik-kimyoviy mutanosibligi eʼtiborga olingan holda yoʻq qilish usullari koʻrsatiladi)

‎____________________________________‎‎________

‎_____________________‎

‎(F.I.O., lavozimi, ish joyi)

(imzo)‎

____________________________________________‎

_____________________‎

‎(F.I.O., lavozimi, ish joyi)

(imzo)‎

‎____________________________________________

_____________________‎

‎(F.I.O., lavozimi, ish joyi)

(imzo)‎

____________________________________________

_____________________‎

‎(F.I.O., lavozimi, ish joyi)

(imzo)‎

____________________________________________

_____________________‎

‎(F.I.O., lavozimi, ish joyi)

(imzo)‎

M.Oʻ.‎ ‎ ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎ ‎

“Tasdiqlayman”‎

‎ ‎ _____________________‎
‎ ‎

(muassasa nomi)‎

‎ ‎ _____________________‎
‎ ‎

(muassasa rahbari F.I.O.)‎

‎ ‎ ___ __________ 20___ y.‎

‎YOʻQ QILISh DALOLATNOMASI
‎

Ushbu dalolatnoma 20___ y. ____ ______________ soat _____ da quyidagi Komissiya aʼzolari tomonidan qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilinganligi haqida tuzildi.
‎__________________________________________________________________

(yoʻq qilinayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning nomi, seriya raqami, oʻramlar soni (miqdori))

__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎‎Haqiqatda ______________________usulda yoʻq qilindi.
‎‎
‎‎Yoʻq qilish joyi va sanasi___________________________________
Yoʻq qilishda ishtirok etdilar:
‎‎____________________________________________

_____________________‎

(F.I.O., lavozimi, ish joyi)

(imzo)‎

‎‎____________________________________________

_____________________‎

(F.I.O., lavozimi, ish joyi)

(imzo)‎

____________________________________________

_____________________‎

(F.I.O., lavozimi, ish joyi)

(imzo)‎

____________________________________________

_____________________‎

(F.I.O., lavozimi, ish joyi)

(imzo)‎

____________________________________________

_____________________‎

(F.I.O., lavozimi, ish joyi)

(imzo)‎

M.Oʻ.‎ ‎ ‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 21-son, 165-modda; 2014-y., 39-son, 492-modda; 2016-y., 1-son, 10-modda)