LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2016-yil 4-yanvardagi O‘RQ-399-son O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2017-yilning 1-iyulidan o‘z kuchini yo‘qotadi.
“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-222-son Qonunini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 6-avgustdagi 404-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika dorixona muassasalarida dori-darmonlar va tibbiy buyumlar sotish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan va yoxud muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan dori-darmonlar va tibbiy buyumlarni sotish;
dorixona muassasalari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslardan muvofiqlik sertifikatlari bo‘lmagan dori-darmonlar va tibbiy buyumlarni qabul qilib olish;
qalbakilashtirilgan va ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini sotish taqiqlanadi”.
“5. Dori-darmonlarni litsenziyalarsiz sotish, shuningdek qalbakilashtirilgan va ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini sotish bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar”.