24.08.1995 yildagi 339-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

OʻZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi Qonunini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalari tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublika vazirliklari, idoralari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari, ommaviy axborot vositalari lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosidagi barcha turdagi yozishmalarda, matbuotda, ish yuritishda ushbu qoidalarni joriy qilish yuzasidan tegishli tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Davlat matbuot qoʻmitasi uch oy muddat ichida maktablar uchun qoʻllanma sifatida oʻzbek tilining imlo lugʻatini, kishi ismlari va joy nomlari lugʻatlarini tayyorlasinlar va nashr etish choralarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va fan hamda Ijtimoiy masalalar va madaniyat boʻlimlariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 24-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
339-son

Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 24-avgustdagi 339-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HARFLAR IMLOSI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Unlilar imlosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. A a harfi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) aka, alanga, aloqa, ogʻa; sentabr, noyabr kabi soʻzlarda old qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) bahor, zamon; savol, gavda; vasvasa kabi soʻzlarning oldingi boʻgʻinida, vaqt, vahm kabi soʻzlarda a aytiladi va yoziladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O o harfi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ona, omon, quyosh, fido, baho, xola, lotin; mukofot, mahorat kabi soʻzlarda orqa qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) boks, poyezd, tonna, talon; agronom, mikrofon; direktor, termos kabi oʻzlashma soʻzlardagi unlini ifodalash uchun yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. I i harfi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ish, iz, qil; xirmon, ilhom, ikki, ixtisos, shoyi, tulki; volida, piramida; bilan, biroq, sira, qishloq, chiroq kabi soʻzlarda old qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) oʻtin, oʻrik, boʻlim kabi oldingi boʻgʻinida oʻ unlisi keladigan soʻzlarning keyingi boʻgʻinida i aytiladi va yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. U u harfi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) uy, kun; buzoq, buloq, Buxoro; butun, uchuq, usul, yulduz; mafkura; koʻzgu, uyqu; aluminiy, yubiley kabi soʻzlarda orqa qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) qovun, sovun, tovush, yovuz, qirgʻovul, chirmovuq kabi soʻzlarning oldingi boʻgʻinida o unlisi kelsa, keyingi yopiq boʻgʻin boshidagi v undoshidan keyin u aytiladi va yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻ oʻ harfi oʻt, oʻq, oʻzbek, oʻsimlik, doʻppi, boʻtakoʻz, semizoʻt, gulkoʻrpa, nooʻrin kabi soʻzlarda orqa qator oʻrta-keng unlini ifodalash uchun yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. E e harfi ekin, esla, evara, ekran, eksport; kel, zehn; kecha, behi; telefon, teatr; poyezd, atelye; eʼlon, neʼmat, sheʼr kabi soʻzlarda old qator oʻrta-keng unlini ifodalash uchun yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yonma-yon keladigan unlilar imlosi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) unlilar orasiga baʼzan y undoshi qoʻshib aytilsa ham, yozilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ia: material, milliard, radiator; tabiat, shariat kabi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) io: biologiya, million, stadion, radio kabi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ai: mozaika, ukrain, said, maishat kabi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oi: alkoloid, ellipsoid, doim, shoir, oila kabi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) yea: teatr, okean, laureat kabi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ae, oe unlilari soʻz ichida kelganda ikkinchi unli y aytilsa ham, asliga muvofiq e yoziladi: aerostat, poema kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa hollarda yonma-yon kelgan unlilar odatda aynan aytiladi va yoziladi: manfaat, kauchuk, aorta, saodat, burjua, shuaro, inshoot, sanoat, vakuum, muammo, matbuot, tabiiy, rioya va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undoshlar imlosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. V b harfi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) bobo, bahor, bir, majbur, zarb kabi soʻzlarda jarangli portlovchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) kitob, yuzlab, kelib kabi soʻzlar oxirida p aytilsa ham, b yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) qibla, tobla kabi soʻzlarda baʼzan v aytilsa ham, b yoziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. P p harfi paxta, pichoq, opa, tepa, tup, yop kabi soʻzlarda jarangsiz portlovchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. V v harfi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ov, suv, kuyov; ovoz, savol; volida, vatan kabi soʻzlarda ovozdor sirgʻaluvchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) avtobus, avtomat kabi oʻzlashma soʻzlarda v baʼzan f aytilsa ham, v yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. F f harfi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) fan, feʼl, futbol, fizika; asfalt, juft; insof, isrof kabi soʻzlarda jarangsiz sirgʻaluvchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) fasl, fayz, Fotima, fursat kabi soʻzlarda f tovushi baʼzan r aytilsa ham, asliga muvofiq f yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. M m harfi moy, muborak, tomon, ilhom kabi soʻzlarda ovozdor lab-lab burun undoshini ifodalash uchun yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. D d harfi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) dala, odat, bunyod, modda, jiddiy kabi soʻzlarda til oldi jarangli portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) obod, savod, marvarid; zavod, pud, sud; badqovoq, badxoʻr kabi soʻzlarda t aytilsa ham, d yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. T t harfi tong, tun; butun, oʻtin, oʻt, kut kabi soʻzlarda til oldi jarangsiz portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Z z harfi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) zar, zamon, toza, oʻzbek, yoz, gʻoz kabi soʻzlarda til oldi jarangli sirgʻaluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) iztirob, izquvar, boʻzchi, tuzsiz kabi soʻzlarda jarangsiz undoshdan oldin s aytilsa ham, z yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. S s harfi sogʻ, somon, oson, asos, olmos kabi soʻzlarda til oldi jarangsiz sirgʻaluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sh sh harflar birikmasi shahar, shisha, shodlik; ishq, pishiq; bosh, tosh kabi soʻzlarda til oldi jarangsiz sirgʻaluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sh harflari ikki tovushni ifodalasa, ular orasiga ʼ tutuq belgisi qoʻyiladi: Isʼhoq, asʼhob kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. J j harfi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) jon, jahon, jiyda, tijorat; rivoj, vaj kabi soʻzlarda til oldi jarangli qorishiq undoshni ifodalash uchun yoziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) jurnal, projektor; gijda, ajdar; garaj, tiraj kabi oʻzlashma soʻzlarda til oldi jarangli sirgʻaluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ch ch harflar birikmasi choy, chevar, chiroyli, chaman; achchiq, uchun, bichiqchi; kuch, kech kabi soʻzlarda til oldi jarangsiz qorishiq undoshni ifodalash uchun yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. R r harfi rahmat, rohat, orom, doira, bor, diyor kabi soʻzlarda til oldi ovozdor titroq, undoshni ifodalash uchun yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. L l harfi lola, loyiq, laʼl, iloj, mahal kabi soʻzlarda sirgʻaluvchi ovozdor yon undoshni ifodalash uchun yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. N n harfi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) non, nomus; ona, tana; bilan, tomon kabi soʻzlarda til oldi ovozdor burun undoshini ifodalash uchun yoziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) shanba, yonbosh, jonbozlik; yonma-yon, koʻrinmaslik kabi soʻzlarda n tovushi baʼzan m aytilsa xam, n yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. G g harfi: gul, goʻzal; ega, gugurt; teg, eg kabi soʻzlarda til oldi jarangli portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. K k harfi koʻl, koʻylak; uka, moki; tok, bilak kabi soʻzlarda til orqa jarangsiz portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Y y harfi yoʻl, yigit, yetti, yaxshi, yoz, yulduz; tuya, dunyo, tayyor; soy, tuy kabi soʻzlarda til oʻrta sirgʻaluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ng ng harflar birikmasi yangi, koʻngil, dengiz, singil, keling, bordingiz; tong, ming, teng kabi soʻzlarda til orqa ovozdor burun tovushini ifodalash uchun yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Q q harfi qizil, qimiz, qirq, haqiqiy, aql kabi soʻzlarda chuqur til orqa jarangsiz portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Gʻ gʻ harfi gʻoz, bagʻir, togʻ kabi soʻzlarda chuqur til orqa jarangli sirgʻaluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. X x harfi xabar, xoʻroz, xohish, xushnud, baxt, axborot, mix kabi soʻzlarda chuqur til orqa jarangsiz sirgʻaluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. H h harfi hosil, hamma, bahor; isloh, nikoh kabi soʻzlarda jarangsiz sirgʻaluvchi boʻgʻiz undoshini ifodalash uchun yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Yonma-yon keladigan undoshlarning imlosi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) baland, Samarqand, poyezd; doʻst, past, artist, gʻisht kabi soʻzlarda d, t tovushi baʼzan aytilmasa ham, yoziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) metall, kilogramm, kilovatt, kongress kabi oʻzlashma soʻzlar oxirida bir undosh aytilsa ham, ikki harf yoziladi. Lekin bunday soʻzga xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qism qoʻshilsa, soʻz oxiridagi bir harf yozilmaydi: metall + lar = metallar, kilogramm + mi = kilogrammi kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. ʼ — tutuq belgisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) aʼlo, baʼzan, maʼyus, taʼzim; raʼy, taʼb; eʼlon, eʼtibor, eʼtiqod, meʼmor, neʼmat, sheʼr, feʼl; Nuʼmon, shuʼla kabi oʻzlashma soʻzlarda unlidan keyin shu unli tovushning choʻziqroq aytilishini ifodalash uchun qoʻyiladi; moʻjiza, moʻtadil, moʻtabar kabi soʻzlarda oʻ unlisi choʻziqroq aytilsa ham, tutuq belgisi qoʻyilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) inʼom, sanʼat, qatʼiy, masʼul kabi oʻzlashma soʻzlarda unlidan oldin shu unli oldingi undosh tovushdan ajratib aytilishini ifodalash uchun qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asos va qoʻshimchalar imlosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Qoʻshimcha qoʻshilishi bilan soʻz oxiridagi unli oʻzgaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) a unlisi bilan tugagan feʼllarga -v, -q, -qi qoʻshimchasi qoʻshilganda a unlisi o aytiladi va shunday yoziladi: sayla — saylov, sina — sinov, aya — ayovsiz; soʻra — soʻroq, boʻya — boʻyoq; oʻyna — oʻynoqi, saura — sayroqi kabi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) i unlisi bilan tugagan koʻpchilik feʼllarga -v, -q qoʻshimchasi qoʻshilganda bu unli u aytiladi va shunday yoziladi: oʻqi — oʻquvchi, qazi — qazuvchi, sovi — sovuq kabi. Lekin i unlisi bilan tugagan ayrim feʼllarga -q qoʻshimchasi qoʻshilganda bu unli i aytiladi va shunday yoziladi: ogʻri — ogʻriq, qavi — qaviq kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eslatma:

1) undosh bilan tugagan barcha feʼllarga -uv qoʻshiladi: ol — oluv, yoz — yozuv kabi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) undosh bilan tugab, tarkibida u unlisi bor feʼlga -uq qoʻshiladi: uz — uzuq, yut — yutuq kabi. Lekin uyushiq, burushiq, uchuriq, bulduriq (shuningdek bulduriq) kabi soʻzlarning uchinchi boʻgʻinida i aytiladi va shunday yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. k, q undoshi bilan tugagan koʻp boʻgʻinli soʻzlarga, shuningdek, bek, yoʻq kabi ayrim bir boʻgʻinli soʻzlarga egalik qoʻshimchasi qoʻshilganda k undoshi g undoshiga, q undoshi gʻ undoshiga aylanadi va shunday yoziladi: tilak — tilaging, yurak — yuragim, kubok — kubogi, bek — begi; tayoq — tayogʻi, qoshiq — qoshigʻi, yaxshiroq — yaxshirogʻi, yoʻq — yoʻgʻi kabi. Lekin koʻp boʻgʻinli oʻzlashma soʻzlarga, bir boʻgʻinli koʻpchilik soʻzlarga egalik qoʻshimchasi qoʻshilganda k, q tovushi aslicha aytiladi va yoziladi: ishtirok — ishtiroki, ocherk — ocherki, erk — erki, huquq — huquqim, ravnaq — ravnaqi, yuq — yuqi kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Quyidagi qoʻshimchalar qoʻshilishi bilan soʻzning tarkibida tovush tushadi yoki ortadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) oʻrin, qorin, burun, oʻgʻil, boʻyin, koʻngil kabi baʼzi soʻzlarga egalik qoʻshimchasi qoʻshilganda, qayir, ayir kabi feʼllarga nisbat shaklini yasovchi -il qoʻshimchasi qoʻshilganda, ikki, olti, yetti soʻzlariga -ov, -ala qoʻshimchalari qoʻshilganda ikkinchi boʻgʻindagi unli aytilmaydi va yozilmaydi: oʻrin — oʻrnim, qorin — qorni, burun — burning, oʻgʻil — oʻgʻling, koʻngil — koʻngli, yarim — yarmi; qayir — qayril, ulugʻ — ulgʻay, sariq — sargʻay, ikki — ikkov, ikki — ikkala, yetti — yettov kabi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) u, bu, shu, oʻsha olmoshlariga -da, -dan, -day, -dagi, -ga, -gacha, -cha qoʻshimchalari qoʻshilganda n tovushi qoʻshib aytiladi va shunday yoziladi: unda, bunday, shunda, oʻshancha kabi; bu olmoshlarga egalik qoʻshimchalari quyidagicha qoʻshiladi; buningiz, oʻshanisi kabi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) o, o, u, e unlilari bilan tugaydigan soʻzlarga egalik qoʻshimchalari quyidagicha qoʻshiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) koʻpchilik soʻzlarga egalik qoʻshimchalari -m, -ng, -si; -miz, -ngiz, -si (yoki -lari) shaklida tovush orttirmay qoʻshiladi: bobom, bobong, bobosi, bobomiz, bobongiz, bobosi (yoki bobolari); orzum, orzung, orzusi; orzumiz, orzungiz, orzusi kabi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) parvo, obroʻ, mavqe, mavzu, avzo soʻzlariga I, II shaxs egalik qoʻshimchalari qoʻshilganda bir u tovushi qoʻshib aytiladi va shunday yoziladi: parvoyim, parvoying; parvoyimiz, parvoyingiz; obroʻyim, obroʻying; obroʻyimiz, obroʻyingiz kabi; III shaxs egalik qoʻshimchasi parvo, avzo, obroʻ, mavqe soʻzlariga -yi shaklida, xudo, mavzu soʻzlariga esa -si shaklida qoʻshiladi: avzoyi, mavzusi kabi (dohiy kabi u undoshi bilan tugagan soʻzga xam III shaxsda -si qoʻshiladi: dohiysi kabi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) men, sen olmoshlariga -ni, -ning, -niki qoʻshimchalari qoʻshilganda qoʻshimchadagi n tovushi aytilmaydi va yozilmaydi: meni, mening, meniki; seni, sening, seniki kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Quyidagi qoʻshimchalarning birinchi tovushi ikki xil aytilsa ham, bir xil yoziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) -bon, -boz qoʻshimchalari baʼzan -von, -voz aytilsa ham, hamma vaqt -bon, -boz yoziladi darvozabon, masxaraboz kabi. Lekin -vachcha qoʻshimchasi hamma vaqt shunday aytiladi va yoziladi: amakivachcha, xolavachcha kabi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) oʻrin kelishigi va chiqish kelishigi qoʻshimchasining, oʻtgan zamon yasovchisi va III shaxs koʻrsatkichi -di qoʻshimchasining boshidagi undosh baʼzan t aytilsa ham, hamma vaqt d yoziladi; ishda, misdan, ketdi, kelmabdi kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Quyidagi qoʻshimchalarning bosh tovushi ikki yoki uch xil aytiladi va shunday yoziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) taqlid soʻzlardan feʼl yasovchi -illa (chirilla, taqilla) qoʻshimchasi soʻz tarkibida v yoki u tovushi boʻlganda -ulla aytiladi va shunday yoziladi: shovulla, lovulla, gurulla kabi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) nisbat shaklini yasovchi -dir qoʻshimchasi jarangli undosh bilan tugagan bir boʻgʻinli soʻzlarga (kel soʻzidan boshqa), shuningdek, z undoshi bilan tugagan orttirma nisbat yasovchisidan keyin qoʻshiladi: quvdir, egdir, kuldir, yondir; oʻtkazdir, tomizdir kabi. Qolgan barcha hollarda bu qoʻshimcha -tir aytiladi va shunday yoziladi: tiktir, kestir, uyaltir, chaqirtir kabi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) joʻnalish kelishigi qoʻshimchasi -ga, chegara bildiruvchi -gacha, ravishdosh shaklini yasovchi -gach, -guncha, -gani, -gudek, sifatdosh shaklini yasovchi -gan, buyruq maylining ikkinchi shaxs koʻrsatkichi -gin, shuningdek -gina qoʻshimchasi uch xil aytiladi va shunday yoziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) k undoshi bilan tugagan soʻzlarga qoʻshilganda bu qoʻshimchalarning bosh tovushi k aytiladi va shunday yoziladi: tokka, yoʻlakkacha, koʻnikkach, zerikkuncha, toʻkkani, kechikkudek, bukkan, ekkin, kichikkina kabi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) q undoshi bilan tugagan soʻzlarga qoʻshilganda bu qoʻshimchalarning bosh tovushi q aytiladi va shunday yoziladi: chopiqqa, qishloqqacha, yoqqach, chiqquncha, chiniqqani, qoʻrqqudek, achchiqqina kabi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qolgan barcha hollarda, soʻz qanday tovush bilan tugashidan va bu qoʻshimchalarning bosh tovushi k yoki q aytilishidan qatʼi nazar, g yoziladi: bargga, pedagogga, bugʻga, sogʻga, ogʻgan, sigʻguncha kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshib yozish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Xona, nota, poya, bop, xush, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab kabi soʻzlar yordamida yasalgan qoʻshma ot va qoʻshma sifatlar qoʻshib yoziladi: qabulxona, tabriknoma, taklifnoma, bedapoya, ommabop, xushxabar, hamsuhbat, orombaxsh, kamquvvat, bugʻdoyrang, umumxalq, sovuqmijoz, devsifat, suvtalab kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. -(a)r (inkor shakli — -mas) qoʻshimchasi bilan tugaydigan qoʻshma ot va qoʻshma sifatlar qoʻshib yoziladi: oʻrinbosar, otboqar, choʻlquvar, ishyoqmas, qushqoʻnmas kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Takror taqlid soʻzlarga qoʻshimcha qoʻshish bilan yasalgan ot va feʼllar qoʻshib yoziladi: pirpirak (pir-pir+ak), bizbizak (biz-biz+ak), hayhayla (hay-hay+la), gijgijla (gij-gij+la) kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Narsani (predmetni) boshqa biror narsaga nisbatlash (qiyoslash), oʻxshatish yoʻli bilan bildiruvchi qoʻshma ot va qoʻshma sifatlar qoʻshib yoziladi: karnaygul, qoʻziqorin, otquloq, oybolta, devqomat, sheryurak, bodomqovoq, qirgʻiykoʻz kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Narsani uning rangi, mazasi, oʻzidagi biror narsasi va shu kabi belgilari asosida bildiruvchi qoʻshma otlar qoʻshib yoziladi: olaqargʻa, qizilishton, achchiqtosh, mingoyoq kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Narsaning biror maqsad, ish uchun moʻljallanganligini bildiruvchi qoʻshma otlar qoʻshib yoziladi: kirsovun, qiymataxta, tokqaychi, oshrayhon, molqoʻra, nosqovoq, koʻzoynak kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Narsani joyga nisbat berish asosida bildiruvchi qoʻshma otlar qoʻshib yoziladi: togʻolcha, choʻlyalpiz, suvilon, qashqargul kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Marosim, afsona kabilarni bildiruvchi qoʻshma otlar qoʻshib yoziladi: kiryuvdi, kelintushdi, qoryogʻdi, Urtoʻqmoq, Ochildasturxon kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Qaratuvchili birikmaning bir soʻzga aylanishi bilan yuzaga kelgan qoʻshma otlar qoʻshib yoziladi: mingboshi, soʻzboshi, olmaqoqi kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Ikkinchi qismi turdosh ot bilan yoki obod soʻzi bilan ifodalangan joy nomlari qoʻshib yoziladi: Yangiyoʻl, Toʻrtkoʻl, Mirzachoʻl, Sirdaryo, Kosonsoy, Yangiobod, Xalqobod kabi. Lekin ikkinchi qismi atoqli ot boʻlgan joy nomlari ajratib yoziladi: Oʻrta Osiyo, Koʻhna Urganch, Oʻrta Chirchiq kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Rus tilidan aynan oʻzlashtirilgan yoki soʻzma-soʻz tarjima qilish yoʻli bilan hosil qilingan qoʻshma soʻzlar qoʻshib yoziladi: kinoteatr, radiostansiya, fotoapparat, elektrotexnika; telekoʻrsatuv, yarimavtomat, bayramoldi, suvosti kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Qisqartmalarning barcha turlari va ularga qoʻshiladigan qoʻshimchalar qoʻshib yoziladi: SamDU, ToshDUning kabi. Lekin yonma-yon kelgan ikki qisqartma ajratib yoziladi: OʻzXDP MK (Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi) kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Bir tovush ikki va undan ortiq tovush tarzida aytilsa, bunday holat harfni takror yozish bilan koʻrsatiladi: yoʻoʻq, nimaa, himm, ufff kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiziqcha bilan yozish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Juft soʻz va takror soʻz qismlari chiziqcha bilan yoziladi: el-yurt, mehr-shafqat, qovun-tarvuz, omon-eson, kecha-kunduz, yozin-qishin, asta-sekin, uch-toʻrt, oʻn-oʻn beshta (10-15 ta), bilinar-bilinmas, bordi-keldi, kuydi-pishdi, don-dun, oz-moz, mayda-chuyda, aldab-suldab, oʻylab-netib, soʻramay-netmay, kiyim-kechak, adi-badi, ikir-chikir, duk-duk, taq-tuq, qop-qop, ming-ming (ming-minglab), bitta-bitta (bitta-bittalab), baland-baland, chopa-chopa, ishlay-ishlay, yaqin-yaqinlargacha, hamma-hammasi, uy-uyiga, ich-ichidan kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eslatma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) juft soʻzdan qoʻshimcha yordamida yasalgan soʻzlar ham chiziqcha bilan yoziladi: baxt-saodatli, xayr-xoʻshlashmoq kabi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) juft soʻz qismlari orasida -u (-yu) bogʻlovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qoʻyiladi va juft soʻz qismlari ajratib yoziladi: doʻst-u dushman (doʻst-dushman), kecha-yu kunduz (kecha-kunduz) kabi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) yetakchi va koʻmakchi feʼl bir xil shaklda boʻlsa, chiziqcha bilan yoziladi: yozdi-oldi, borasan-qoʻyasan, uxlabman-qolibman kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Belgini kuchaytiruvchi qip-qizil, yam-yashil, dum-dumaloq, kuppa-kunduzi, toʻppa-toʻgʻri, bab-baravar kabi soʻz shakllari chiziqcha bilan yoziladi (lekin oppoq soʻzi qoʻshib yoziladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Soʻzning -ma, ba- yordamida birlashgan qismlari chiziqcha bilan yoziladi: koʻchama-koʻcha, uyma-uy, rang-barang, dam-badam kabi. Lekin mustaqil ishlatilmaydigan qism qatnashsa, bunday soʻzlar qoʻshib yoziladi. roʻbaroʻ, darbadar kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Rus tilidan aynan yoki soʻzma-soʻz tarjima qilish yoʻli bilan olingan soʻzlar asliga muvofiq chiziqcha bilan yoziladi: unter-ofitser, kilovatt-soat kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. -chi, -a (ya), -ku, -u (-yu), -da, -e, -ey (-yey) yuklamalari chiziqcha bilan yoziladi: sen-chi, boraylik-chi, sen-a, kutaman-a, bola-ya, mingta-ya, keldi-ku, kelgan-u, yaxshi-yu, yaxshi-da, qoʻy-e, yashang-e, oʻgʻlim-ey, keldi-yey kabi. Ammo -mi, -oq (-yoq), -ov (-yov), -gina (-kina, -qina) yuklamalari oʻzidan oldin kelgan soʻzga qoʻshib yoziladi: keldimi?, keliboq, oʻziyoq, koʻrganov, koʻrdiyov, mengina, qoʻshiqqina kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Tartib son arab raqamlari bilan yozilsa, -nchi qoʻshimchasi oʻrniga chiziqcha (-) qoʻyiladi: 7-sinf, 5-“A” sinfi, 3-, 7-, 8-sinf oʻquvchilari, 60-yillar, 1991-yilning 1-sentabri kabi. Tartib sonni koʻrsatuvchi rim raqamlaridan keyin chiziqcha yozilmaydi: XX asr, X sinf kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratib yozish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Qoʻshma feʼlning qismlari ajratib yoziladi: sarf qil, taʼsir et, tamom boʻl, sotib ol, olib kel , olib chiq, miq etma kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Koʻmakchi feʼl va toʻliqsiz feʼl mustaqil feʼldan ajratib yoziladi: aytib ber, olib koʻr, soʻrab qoʻy, koʻra qol, bera boshla, yiqila yozdi; ketgan edi, ketgan ekan, ketgan emish kabi. Lekin mustaqil feʼl bilan yordamchi feʼl orasida tovush oʻzgarishi boʻlsa, bunday qismlar qoʻshib yoziladi: aytaver (ayta ber), boroladi (bora oladi), bilarkan (bilar ekan) kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Koʻmakchilar ajratib yoziladi: shu bilan, soat sayin, borgan sari, bu qadar, kun boʻyi kabi Lekin bilan koʻmakchining -la shakli, uchun qoʻshimchasining -chun shakli chiziqcha bilan yoziladi: sen-la, sen-chun kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Hamma, har, hech, bir, qay, u, bu, shu, oʻsha soʻzlari oʻzidan keyingi yoki oldingi soʻzdan ajratib yoziladi: hamma vaqt, har kim, hech qaysi, qay kuni, u yerda, shu yoqdan, oʻsha yoqqa kabi. Lekin birpas, biroz, biratoʻla, birvarakayiga, birmuncha, buyon soʻzlari qoʻshib yoziladi. Shuningdek, qay soʻzi yoq, yer soʻzlari bilan ishlatilganda bir y tovushi tushsa, bu soʻzlar qoʻshib yoziladi: qayoqqa, qayerda kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Sifat oldidan kelib, belgining ortiq yoki kamligini bildiradigan toʻq, jiqqa, tim, liq, lang, och kabi soʻzlar ajratib yoziladi: toʻq qizil, jiqqa hoʻl, tim qora, liq toʻla, lang ochiq, och sariq kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Murakkab son qismlari ajratib yoziladi oʻn bir, besh yuz, qirq ming olti yuz bir, bir ming yetti yuz sakson beshinchi kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Yildan yilga, tomdan tomga kabi birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qismi joʻnalish kelishigida boʻlgan birikmalar ajratib yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Belgining ortiq darajasini bildiruvchi koʻpdan koʻp, tekindan tekin, yangidan yangi, ochiqdan ochiq, qizigandan qizidi kabilar ajratib yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Izofali birikmalar ajratib yoziladi. Bunda izofa undosh bilan tugagan soʻzlarga i shaklida, unli bilan tugagan soʻzlarga yi shaklida qoʻshiladi: dardi bedavo, nuqtayi nazar, tarjimayi hol kabi. Lekin izofa yozilmaydigan soʻzlar, shuningdek, qismlaridan biri yoki har ikkisi oʻzbek tilida mustaqil ishlatilmaydigan soʻzlar qoʻshib yoziladi: gulbeor (guli beor), dardisar kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh harflar imlosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Kishining ismi, ota ismi, familiyasi, taxallusi, ramziy atoqli oti bosh harf bilan boshlanadi: Dilbar, Oʻrinova, Muhabbat Majidovna, Azamat Shuhrat oʻgʻli, Hamza Hakimzoda, Muhammadsharif Soʻfizoda, Mannon Otaboy, Navoiy, Furqat; Yelpigʻichxon, Salomjon Alikov kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Joy nomlari bosh harf bilan boshlanadi: Andijon, Yangiyoʻl (shaharlar), Naymancha, Buloqboshi (qishloqlar), Bodomzor, Chigʻatoy (mahallalar), Zavraq (dara), Yarqoq (yaylov), Qoratogʻ, Pomir (togʻlar), Oqtepa, Uchtepa (tepalar), Zarafshon, Sirdaryo (daryolar), Yoyilma (kanal); Turkiya, Hindiston (mamlakatlar) kabi. Bunday atoqli ot tarkibidagi sifatlovchi ham bosh harf bilan yoziladi: Shimoliy Kavkaz, Markaziy Qizilqum kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Yulduz va sayyoralar, boshqa xil osmon jismlarining atoqli oti bosh harf bilan boshlanadi: Hulkar, Qavs, Mirrix (yulduz va sayyoralar nomi), Tinchlik dengizi (Oydagi relyef nomi) kabi. Yer, quyosh, oy turdosh otlari sayyora nomi boʻlib kelgandagina bosh harf bilan yoziladi: Yer Quyosh atrofida, Oy Yer atrofida aylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Madaniy-maishiy va savdo korxonalariga, adabiyot va sanʼat asarlariga, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlariga, shuningdek, transport vositalari, sport inshootlariga qoʻyilgan nomlar bosh harf bilan boshlanadi: “Tong” (mehmonxona), “Saodat” (firma), “Navroʻz” (xayriya jamgʻarmasi), “Kamalak” (matbaa birlashmasi), “Gʻuncha” (bogʻcha), “Botanika” (sanatoriy), “Paxtakor” (stadion), “Qutlugʻ qon” (roman), “Dilorom” (opera), “Tanovar” (kuy), “Ozodlik” (haykal), “Jasorat” (yodgorlik), “Sino” (sovitgich) kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Muhim tarixiy sana va bayramlarning nomlari tarkibidagi birinchi soʻz bosh harf bilan boshlanadi: Mustaqillik kuni, Xotira kuni, Ramazon hayiti, Navroʻz bayrami kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Davlatlarning, davlat oliy tashkilotlari va mansablarining, xalqaro tashkilotlarning nomidagi har bir soʻz bosh harf bilan boshlanadi: Oʻzbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Misr Arab Respublikasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudining Raisi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon Tinchlik Kengashi kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa tarkibli nomlarda oliy mansabni bildiruvchi birinchi soʻzgina bosh harf bilan boshlanadi: Bosh vazirning oʻrinbosari, Mudofaa vaziri, Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar nomi tarkibidagi birinchi soʻz bosh harf bilan boshlanadi: Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Tilshunoslik instituti kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Davlatning oliy darajali mukofoti nomi tarkibidagi har bir soʻz bosh harf bilan boshlanadi: “Oʻzbekiston Qahramoni” (unvon), “Oltin Yulduz” (medal). Boshqa mukofotlar, faxriy unvonlar, nishonlar nomidagi birinchi soʻzgina bosh harf bilan boshlanadi: “Sogʻlom avlod uchun” (orden), “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi” (faxriy unvon), “Matbaa aʼlochisi” (nishon) kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Gapning birinchi soʻzi bosh harf bilan boshlanadi. Yer tagidan Muqaddasga bir qarab oldim (O. Yoqubov).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eslatma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) koʻchirma gapdan keyin kelgan muallif gapining birinchi soʻzi (agar u atoqli ot boʻlmasa) kichik harf bilan yoziladi: “Bu men”, — qoʻrqibgina javob berdi koʻlaga (O.Yoqubov);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) xatboshiga gapning sanaluvchi qismlari chiqarilganda bunday qismlar oldidan chiziq qoʻyiladi va ular kichik harf bilan yoziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrishga tayyorlash vaqtida tegishli organ (mansabdor shaxs) quyidagi masalalarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— mazkur ishni koʻrib chiqish uning huquq doirasiga kirish-kirmasligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi protokol va ishga oid boshqa materiallar toʻgʻri tuzilgan-tuzilmaganligini... hal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) gapning qismlari qavsli raqam yoki qavsli harf qoʻyib sanalsa, bunday qismlar ham kichik harf bilan yoziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi oʻzbek adabiy tilining lugʻat boyligi asosan besh manba negizida tarkib topgan: 1) umumturkiy soʻzlar, 2) oʻzbekcha soʻzlar, 3) tojik tilidan kirgan soʻzlar, 4) arab tilidan kirgan soʻzlar, 5) rus tilidan kirgan soʻzlar (“Oʻzbek tili” darsligidan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Tarkibli nomlarning bosh harfidan iborat qisqartmalar, atoqli ot boʻlmagan baʼzi birikmalarning qisqartmalari bosh harf bilan yoziladi: AQSH (Amerika Qo'shma Shtatlari), BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti), AES (atom elektr stansiyasi) kabi. Qisqartma tarkibida boʻgʻinga teng qism boʻlsa, uning birinchi harfigina bosh harf bilan yoziladi: ToshDTU (Toshkent davlat texnika universiteti) kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchirish qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Koʻp boʻgʻinli soʻzning oldingi satrga sigʻmay qolgan qismi keyingi satrga boʻgʻinlab koʻchiriladi toʻq-son, si-fatli, sifat-li, pax-takor, paxta-kor kabi. Tutuq belgisi oldingi boʻgʻinda qoldiriladi. vaʼ-da, maʼ-rifat, mashʼ-al, inʼ-om kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Soʻzning bosh yoki oxirgi boʻgʻini bir harfdan iborat boʻlsa, ular quyidagicha koʻchiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) soʻz boshidagi bir harfdan iborat boʻgʻin yolgʻiz oʻzi oldingi satrda qoldirilmaydi: a-badiy emas, aba-diy, e-shikdan emas, yeshik-dan kabi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) soʻz oxiridagi bir harfdan iborat boʻgʻin yolgʻiz oʻzi keyingi satrga koʻchirilmaydi: mudofa-a emas, mudo-faa, matba-a emas, mat-baa kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Oʻzlashma soʻzlarning boʻgʻinlari chegarasida kelgan ikki yoki undan ortiq undosh quyidagicha koʻchiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda koʻchiriladi dia-gramma, mono-grafiya kabi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga koʻchiriladi: silin-drik kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Bir tovushni koʻrsatuvchi harflar birikmasi (sh, ch, ng) birgalikda koʻchiriladi: pe-shayvon, pe-shona, mai-shat, pi-choq, bi-chiq-chi, si-ngil, de-ngiz kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Bosh harflardan yoki boʻgʻinga teng qism va bosh harfdan iborat qisqartmalar, shuningdek koʻp xonali raqamlar satrdan satrga boʻlib koʻchirilmaydi. AQSH, BMT, ToshDU, 16, 245, 1994, XIX kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Harfdan iborat shartli belgi oʻzi tegishli raqamdan ajratib koʻchirilmaydi: 5-“A” sinfi, V “V” guruhi, 110 gr, 15 ga, 105 m, 25 sm, 90 mm kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Atoqli ot tarkibiga kiradigan raqam nomdan ajratilgan holda keyingi satrga koʻchirilmaydi: “Navroʻz—92” (festival), “Oʻqituvchi—91” (koʻrik tanlov), “Andijon—9”, “Termiz—16” (gʻoʻza navlari), “Boing—767” (samolyot), “Foton—774” (televizor) kabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. A.J. Jabborov, A.D. Abduvaliyev kabilarda ismning va ota ismining birinchi harfiga teng qisqartmalar familiyadan ajratib koʻchirilmaydi. Shuningdek, v.b. (va boshqalar), sh.k. (shu kabilar) singari harfiy oldingi soʻzdan ajratib koʻchirilmaydi.