O‘zbekiston Respublikasining qonuni
LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O‘ZBEK ALIFBOSINI JORIY ETISH TO‘G‘RISIDA
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanib va o‘zbek yozuvining lotin alifbosiga o‘tilgan 1929 — 1940-yillardagi ijobiy tajribasidan kelib chiqib, keng jamoatchilik vakillari bildirgan istak-xohishlarini inobatga olgan holda respublikaning har taraflama kamol topishini va jahon kommunikatsiya tizimiga kirishini jadallashtiruvchi qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.
1-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan, quyidagi 26 harf va 3 ta harflar birikmasidan iborat o‘zbek alifbosi joriy etilsin.
(1-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 71-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 119-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Lotincha | Kirilcha | Lotincha | Kirilcha | ||||
Harflar | Harflar |
| |||||
Bosma | Yozma | Talaffuz | Harflar | Bosma | Yozma | Talaffuz | |
Aa | Aa | a | Aa | Rr | Rr | re | Rr |
Bb | Bb | be | Bb | Ss | Ss | es | Cc |
Dd | Dd | de | Dd | Tt | Tt | te | Tt |
Ee | Ee | e | Ee | Uu | Uu | u | Uu |
Ff | Ff | ef | Ff | Vv | Vv | ve | Vv |
Gg | Gg | ge | Gg | Xx | Xx | xa | Xx |
Hh | Hh | he | Hh | Yy | Yy | ye | Ye |
Ii | Ii | i | Ii | Zz | Zz | ze | Zz |
Jj | Jj | Je (Jõra) | Jj (Jo‘ra) | Ch ch | Ch ch | che | Chch |
Kk | Kk | ka | Kk | G`g` | G`g` | g`a | G‘g‘ |
| Ll | Ll | el | Ll | Ng ng | Ng ng | ng | Ng ng |
| Mm | Mm | em | Mm | O`o` | O`o` | o`(o`rdak) | O‘o‘ (o‘rdak) |
| Nn | Nn | en | Nn | Sh sh | Sh sh | she | Shsh |
| Oo | Oo | o (ota) | Oo (ota) | ||||
| Pp | Pp | pe | Pp | ||||
| Qq | Qq | qa | Qq | (`) — tutuq belgisi (apostrof) | |||
(lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 71-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 119-modda)
2-modda.
Lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosini joriy etish bilan birga O‘zbekiston xalqining milliy iftixori bo‘lmish bebaho ma’naviy meros bitilgan arab alifbosini va kirillitsani o‘rganish va ulardan foydalanish uchun zarur sharoitlar saqlab qolinadi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 2-sentabr,
931-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 331-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 119-modda)