Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining
Qarori
“SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI QOʻLLASHDA SUD AMALIYOTIDA VUJUDGA KELADIGAN AYRIM MASALALAR HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishga doir qonunlarga ijro ishi yuritishni takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi munosabati bilan mazkur qonun normalarining sud amaliyotida bir xil qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 17, 47-moddalariga muvofiq, Oliy sud Plenumi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Sudlarning eʼtibori sud hujjatlarining ijrosini taʼminlash fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etishiga qaratilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasi, Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon — FPK) 16 va 370-moddalari, Xoʻjalik protsessual kodeksining (bundan buyon — XPK) 14 va 209-moddalariga muvofiq, sud hokimiyati chiqargan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.
Sud hujjati ijroga qaratilishining muhim sharti uning qonuniy kuchga kirishi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Binobarin, sud hujjati qonuniy kuchga kirgan va shu asosda ijro varaqalari berilgandan soʻng kelib tushgan apellyatsiya shikoyati (protesti)ning muddati tiklanib, ish yurituvga qabul qilinsa, sudning muddatni tiklash va apellyatsiya shikoyat (protest)ini qabul qilish haqidagi ajrimida sud qarorining ijrosini toʻxtatish masalasi ham FPK 3486-moddasi 3-bandi, XPK 182-moddasi qoidalariga mos holda hal qilinmogʻi lozim.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 17/288-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Shuni nazarda tutish lozimki, sud qonun boʻyicha quyidagi hollarda har bir qaror boʻyicha bitta ijro varaqa berish lozimligi toʻgʻrisidagi qoidadan chekinishi mumkin, agar:
sud hujjati bir necha undiruvchi foydasiga chiqarilgan boʻlsa;
sud hujjatida bir necha qarzdordan undiruv nazarda tutilgan boʻlsa;
sud hujjati turli joylarda ijro etilishi lozim boʻlsa.
Agar, sherik javobgarlardan undirish nazarda tutilayotgan boʻlsa, har bir ijro varaqasida undiruvning umumiy summasi koʻrsatilishi va sherik javobgar ekanligi koʻrsatilgan holda javobgarlarning hammasi sanab oʻtilishi kerak.
4. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida (bundan buyon — Qonun) sud hujjatini ijroga qaratishning umumiy tartibi belgilangan boʻlib, unga koʻra ijro varaqasi, odatda, undiruvchiga berilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
FPK 371-moddasiga muvofiq, ijro varaqasi sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan soʻng undiruvchiga beriladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 17/288-sonli qarori tahririda)
Sud ayrim fuqarolik ishlari yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qarori boʻyicha ijro varaqani undiruvchining iltimosiga asosan ijro qilish uchun bevosita ijro organiga yuborishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud qarorlarining davlat daromadiga, budjetga oʻzga mablagʻlar undiriladigan toʻlovlar yuzasidan berilgan ijro hujjatlari sud tomonidan bevosita sud ijrochilar boʻlimlariga yuboriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 17/288-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshisi bilan toʻldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Ijro varaqasining asli yoʻqotilgan taqdirda, qaror chiqargan sud, FPK 374-moddasi va XPK 216-moddasi talablariga muvofiq, ijro varaqasining dublikatini berishi mumkin. Bunda sudlar ijro varaqa dublikatini berishni Qonunning 43-moddasida nazarda tutilgan yoʻqotilgan ijro ishi yuritilishi tiklanishidan farqlashlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Chet davlat hududida ijro etilishi lozim boʻlgan sud qarori boʻyicha ijro varaqasining dublikatini berish xalqaro va ikki davlat oʻrtasida tuzilgan kelishuvlarda nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 17/288-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
5.1. Sudlarga tushuntirilsinki, yoʻqotilgan ijro ishi yuritilishi sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, ijro ishi yuritilishi taraflarining, sud ijrochisining, prokurorning, shuningdek, ijro hujjati bergan sud yoki boshqa organning tashabbusiga binoan tiklanishi mumkin. Sudlar tomonidan bu haqdagi ariza Qonunning 43-moddasida belgilangan qoidalari asosida koʻrib chiqiladi.
(5.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 17/288-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
6. Sudlarning eʼtibori qonunda (FPK 375-moddasi, XPK 212-moddasi) ijro hujjatining mazmuniga nisbatan qatʼiy talablar belgilanganligiga qaratilsin. Ijro varaqasi sud hujjatining qaror qismiga soʻzma-soʻz monand boʻlishi va undiruvchi hamda qarzdorga oid toʻliq maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, manzili, yuridik shaxslarga nisbatan esa uning aniq nomlanishi)ni oʻzida aks ettirgan boʻlishi shart. Bunday talablar bajarilmagan taqdirda sud ijrochisi ijro varaqani kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytarishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Javobgarni muayyan harakatlar sodir etishga majburlovchi qaror chiqarilganda, sud ijro varaqasida, agar javobgar belgilangan vaqt ichida qarorni bajarmasa, daʼvogar mazkur harakatlarni oʻzi sodir etib, qilingan xarajatlarni javobgardan undirib olishga haqli ekanligini koʻrsatishi mumkin. Agar mazkur harakatlar faqat javobgar tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlsa, sud qaror ijro etilishi shart boʻlgan muddatni koʻrsatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudlar chet davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ajrimiga asosan beriladigan ijro varaqasida chet davlat sudining qarori qonuniy kuchga kirgan sanasini koʻrsatishlari lozim.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 17/288-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
7. FPKning 379-moddasi va XPKning 215-moddasida ijro varaqasini ijroga topshirishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash tartibi belgilangan.
Keyingi tahrirga qarang.
Muddatning oʻtkazib yuborilganligi sud tomonidan uzrli deb topilsa, u tiklanishi mumkin.
Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi arizani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha ajrim chiqarilib, u undiruvchi va qarzdorga yuboriladi. Arizani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha xoʻjalik sudining ajrimi ustidan shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi, fuqarolik ishlari boʻyicha sudining oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash rad qilinganligi haqidagi ajrimi ustidan esa xususiy shikoyat yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Ijro hujjati talablarida noaniqliklar mavjud boʻlgan yoki u bilan sud hujjati orasida tafovut aniqlangan holda sud ijrochisi, Qonunning 31-moddasiga muvofiq, ijro hujjatini bergan sudga sud hujjatini tushuntirish, mazkur hujjatlarda yoʻl qoʻyilgan yozuv, bosma va arifmetik xatolarni bartaraf etish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilishga haqli. Sud ijrochisining arizasida sud hujjatining qonuniyligi masalasida mushohada yuritilishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud bunday arizani u kelib tushgan kundan boshlab oʻn kunlik muddat ichida FPK 215-moddasi, XPK 150-moddasida belgilangan tartibda koʻrib chiqib, natijasi boʻyicha ajrim chiqaradi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 17/288-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Arizani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha xoʻjalik sudining ajrimi ustidan shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi, fuqarolik ishlari boʻyicha sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 17/288-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Sud tomonidan faqat ijro etilmagan sud hujjati yoki uning ijro etilmagan qismi yuzasidan tushuntirish beriladi.
9. Qaror chiqargan sud, FPK 216-moddasi, XPK 217-moddasiga muvofiq, sud ijrochisi, undiruvchi yoki qarzdorning arizasiga asosan sud qarori ijrosini kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib ijro etishga, shuningdek uning ijro usuli va tartibini oʻzgartirishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Ish boʻyicha qoʻshimcha hal qiluv qarori chiqarish, tushunarsiz boʻlganda hal qiluv qarorini tushuntirish, uning ijrosini kechiktirish va boʻlib-boʻlib ijro etish, ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirishda sudlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi 13-sonli qarorining 15—18-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi 161-sonli qarorining 10, 13, 14-bandlari tushuntirishlariga, Qonun hamda mazkur Plenum qarori talablariga asoslanishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Sud ijrochisi ijro hujjatini sud, boshqa organ yoki undiruvchidan ijro qilish uchun qabul qilib olishi va ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatishi shart.
Agar ijro hujjati ijroga topshirish muddati oʻtib ketganidan keyin yuborilgan boʻlsa yoki ijro hujjati Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmasa, sud ijrochisi ijro hujjatini qaytarib yuborish haqida qaror chiqaradi.
Sud ijrochisining har qanday ijro hujjatini qaytarib yuborish haqidagi qarori ustidan sud hujjati boʻyicha qaror chiqargan yoki ijro joyidagi tegishli sudga, boshqa organlarning hujjati boʻyicha esa FPK 27-bobida belgilangan tartibda umumiy yurisdiksiya sudiga shikoyat berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Sudlarga tushuntirilsinki, Qonunning 34-moddasi birinchi qismiga muvofiq:
agar sud tomonidan aniqlangan huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻysa, qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb eʼlon qilinganda yoki bedarak yoʻqolgan deb topilganda;
qarzdor muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
qonun hujjatlarida nizolashishga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, qarzdor ijro hujjati yuzasidan sud tartibida nizolashganda;
Keyingi tahrirga qarang.
maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega organlarning qarorlari (mansabdor shaxslarning harakatlari) ustidan sudga shikoyat berilganda;
ijro hujjati boʻyicha undiruv qaratilgan mol-mulkni roʻyxatdan chiqarish (xatlashdan ozod qilish) toʻgʻrisida sudga daʼvo ariza berilganda ijro ishini yuritish toʻxtatib turilishi shart.
Shuni nazarda tutish lozimki, Qonunning 35-moddasi birinchi qismiga koʻra:
qarzdor yoki undiruvchi ijro hujjatini bergan tegishli sudga yoki boshqa organga ijro hujjatini kechiktirib yoki boʻlib — boʻlib ijro etish, ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilganda;
qarzdor uzoq muddatli xizmat safarida boʻlganda yoki statsionar davolash muassasasida davolanayotganda;
sud ijrochisining harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat berilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
roʻyxatga olingan mol-mulkni baholash natijalari yuzasidan nizolashilganda;
undiruvchi iltimos qilgan hollarda sud tomonidan ijro ishini yuritish toʻxtatib turilishi mumkin.
Sudlar ijro ish yuritishning toʻxtatilishi kelgusida ijro hujjatining ijrosini qiyinlashtirishi yoki uni bajarib boʻlmaydigan qilib qoʻyishini yuzaga keltirmasligi lozimligini nazarda tutishlari kerak.
Ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish haqidagi ariza sud tomonidan ariza tushgan kundan boshlab 10 kunlik muddat ichida taraflar chaqirtirilmasdan va sud muhokamasi oʻtkazilmasdan koʻrib chiqiladi.
Qonun 36-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, ijro ishi yuritishni toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar bartaraf qilinganidan keyin ijro ishi yuritish uni toʻxtatib turgan sud yoki sud ijrochisi tomonidan undiruvchining arizasiga yoki sud ijrochisining tashabbusiga koʻra tiklanadi.
Sudlarning eʼtibori, agar ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish haqidagi sudning ajrimida toʻxtatishning muddati koʻrsatilmagan boʻlsa, sudlar ijro ishi yuritishni tiklashga haqli ekanligiga qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Sudlar Qonunning 34-moddasi birinchi qismi 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda ijro ishi yuritilishining toʻxtatilishi sud ijrochisining murojaati asosida, Qonunning 35-moddasi birinchi qismi 1, 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan hollarda esa, sud tomonidan ijroni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib ijro qilish toʻgʻrisidagi arizani yoxud sud ijrochisining harakatlari ustidan berilgan shikoyatni yoki baholash natijalaridan norozilik haqidagi arizani ish yurituvga qabul qilish bilan bir vaqtning oʻzida amalga oshirilishini, ajrimda ijro ishi yuritilishi toʻxtatilishi haqida koʻrsatilishini eʼtiborga olishlari zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Qonunning 34 va 35-moddalarida koʻrsatilgan, ijro ishi yuritishni sud qaysi vaziyatda toʻxtatishi shart va haqli boʻlgan holatlar roʻyxati tugal hisoblanadi.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonunining 63-moddasiga koʻra, ijro hujjati ijrosini toʻxtatish uchun xoʻjalik sudining arizani ish yuritishga qabul qilish va qarzdorga nisbatan bankrotlik ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ajrimi ham asos hisoblanishi eʼtiborga olinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Sud hujjati ijrosini nazorat tartibida toʻxtatib turish huquqi faqat muayyan mansabdor shaxslarga berilganligi tufayli (FPK 352, JPK 517-moddalari) mazkur shaxslar muayyan ishni chaqirib olish masalasini hal qilish chogʻida sud hujjati ijrosini toʻxtatib turish masalasini xam hal etishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonuniy kuchga kirgan xoʻjalik sudlari hujjatlarining ijrosi, XPKning 193-moddasida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan protest keltirilgan taqdirdagina, ish nazorat tartibida koʻrilgunga qadar sud tomonidan toʻxtatib turilishi mumkin.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 17/288-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
14. Shuni nazarda tutish lozimki, ijro ishini yuritish quyidagi holatlarda sud hujjatiga asosan sud ijrochisi tomonidan tugatiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
undiruvchi undiruvdan voz kechganda, agar voz kechish sud tomonidan qabul qilingan boʻlsa;
undiruvchi va qarzdor oʻrtasida sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimi tuzilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
jarima tariqasidagi jinoiy jazoni boshqa jazo turiga almashtirish yoxud jarima tariqasidagi jinoiy jazodan amnistiya aktiga asosan ozod qilish toʻgʻrisida sud tomonidan ajrim chiqarilganda;
ijro hujjatini berishga asos boʻlgan sud hujjati yoki boshqa organning hujjati bekor qilinganda yoxud qonunga muvofiq ijro hujjati hisoblangan hujjat bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda.
Ijro ishini yuritish quyidagi hollarda sud tomonidan tugatiladi:
undiruvchi yoki qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb eʼlon qilinganda, bedarak yoʻqolgan deb topilganda, agar sud hujjati yoxud boshqa organ hujjatida belgilangan talablar yoki majburiyatlar huquqiy vorisga yoki bedarak yoʻqolgan shaxs mol-mulkining ishonchli boshqaruvchisiga oʻtishi mumkin boʻlmasa;
— muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki bunday harakatlarni amalga oshirishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatini ijro etish imkoniyati yoʻqolgan boʻlsa.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 17/288-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 17/288-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
17. Qonunning 88-moddasiga muvofiq, sud ijrochisining xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud ijrochisining qonuniy kuchga kirgan sud hujjatining ijrosi boʻyicha chora koʻrmaganligi yoki boshqa gʻayriqonuniy harakatlarni sodir etganligi sudga beriladigan shikoyatning obyekti boʻlishi mumkin.
Shikoyat qilish FPK va XPKning 15-boblarida nazarda tutilgan talablarga rioya qilingan holda ariza (shikoyat) berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, qayd etilgan arizalar (shikoyatlar) ayrim xususiyatlari inobatga olingan holda, maʼmuriy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal qilish tartibida koʻrib chiqilishi kerak.
Ariza (shikoyat)ni koʻrishga tayyorlashda sudya zarur boʻlgan ijro ish yurituvi hujjatlarini talab qilib oladi.
Sud muhokamasi vaqti va joyi toʻgʻrisida arizachi, shuningdek xatti-harakati (harakatsizligi) nizolashilayotgan organ (mansabdor shaxs)ga xabar beriladi.
Tegishli tartibda xabardor qilingan ushbu shaxslar yoki vakillarining kelmasligi, agar sud ularning ishtirokini majbur deb topmagan boʻlsa, ishni koʻrish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud, shikoyatni asosli ekanligini aniqlasa, xatti-harakat (harakatsizlik)ni noqonuniy, qarorni esa haqiqiy emas deb topadi. Bildirilgan talab asossiz boʻlsa, sud uni qanoatlantirishni rad qiladi.
(17-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 3-oktabrdagi 18/267-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Kelib tushgan ariza (shikoyat) toʻliq yoki qisman qanoatlantirilganda sudning qarorida yoʻl qoʻyilgan huquq buzilish holatini bartaraf etish uchun bajarilishi lozim boʻlgan aniq harakatlar koʻrsatilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Sudlarning eʼtibori FPK va XPKning 40-moddalari talablariga muvofiq, taraflar protsessning istalgan bosqichida, shuningdek ijro bosqichida kelishuv bitimi tuzish orqali ishni yakunlashga haqli ekanligiga qaratilsin.
Ijro bosqichida sud hujjati boʻyicha tuzilgan kelishuv bitimi ijro hujjatini bergan yoki ijro amalga oshirilayotgan joydagi tegishli sud tomonidan, boshqa organlar hujjatlari boʻyicha esa sud ijrochisi joylashgan joydagi umumyurisdiksiya sudlari tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Xoʻjalik sudining qarzdorni bankrot deb topish va tugatish ish yurituvini ochish toʻgʻrisidagi qarori qarzdor va uning mulki joylashgan joydagi sud ijrochisiga yuborilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Sud ijrochisi xoʻjalik sudining qarzdorni bankrot deb topish va tugatish ish yurituvini ochish toʻgʻrisidagi qarorini olgan paytdan boshlab ijro ishi yuritishni tugatadi. Mulk huquqini tan olish, maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish, mulkni oʻzganing qonunsiz egaligidan talab qilib olish, asossiz ravishda orttirilgan boylikni undirish, bitimlarni haqiqiy emas deb topish va ularning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash haqidagi ijro ishi yurituvlari bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritishni tugatish bilan bir vaqtda sud ijrochisi ijro ishi yuritish davomida oʻzi tomonidan qarzdorning mol-mulkiga qoʻyilgan taqiqlar va ijro bilan bogʻliq boʻlgan boshqa cheklovlarni bekor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tugatishga doir ish yuritish jarayonida qarzdorning barcha majburiyatlari amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilganligi bois, ish yuritish tugatilgan ijro hujjatlari, ijro ishi yuritishni tugatish haqidagi sud ijrochisining qarori nusxasi bilan birgalikda, uch ish kuni ichida tugatuvchiga yuboriladi. Qonunning 62-moddasi uchinchi qismiga muvofiq, sud ijrochisi ijro hujjatini yuborilganligi haqida undiruvchiga maʼlum qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Yuridik shaxsning qarzlari boʻyicha, shu jumladan uning mol-mulki ijro hujjatidagi talablarni ijro etish uchun yetarli boʻlmaganda, undiruv sud hujjati asosida, qonunda belgilangan shartlarda va tartibda, ushbu yuridik shaxs mulkdorlari, muassislari va aʼzolari (ishtirokchilari)ning pul mablagʻlariga hamda boshqa mol-mulkiga qaratilishi mumkin:
Bunda, qarzdor boshqa shaxslar bilan umumiy mulk huquqi asosida tegishli mol-mulkka ega boʻlsa, undiruv uning qonunga muvofiq aniqlanadigan ulushiga qaratiladi.
21. Oʻzbekiston Respublikasi FK 284-moddasiga muvofiq, garovga qoʻyilgan mol-mulkka mulk huquqi yoki uni xoʻjalik asosida yuritish huquqi bu mol-mulkni haq olib yoki haq olmasdan boshqa shaxsga berish natijasida yoxud universal huquqiy vorislik tartibida garovga qoʻyuvchidan boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda garov huquqi oʻz kuchida qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Shu munosabat bilan sud ijrochisi sud tomonidan undiruv qaratilgan garovdagi mulk boshqa shaxsga sotilganligini asos qilib, ijro ishi yurituvini tugatishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Qonunning 81-moddasiga muvofiq, ijro hujjati topshirilgan bank yoki boshqa kredit tashkiloti pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatini ijro etmaganligi uchun ularga xoʻjalik sudi tomonidan undirilishi lozim boʻlgan summaning ellik foizigacha miqdorda jarima solinadi.
Jarimani bank yoki boshqa kredit tashkilotlariga nisbatan qoʻllash haqida xoʻjalik sudiga berilgan ariza sud tomonidan alohida daʼvo tartibida koʻrilishi lozim.
Bunday ariza sud ijrochisi tomonidan ham, undiruvchi (tadbirkorlik subyekti) tomonidan xam berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Agar qarzdor — jismoniy shaxs tomonidan sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi talablar ijro etilmasa, sud ijrochisi undiruvchining arizasi yoki oʻz tashabbusi bilan qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishini cheklash toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqli.
Agar ijro hujjati sud hujjati asosida berilmagan boʻlsa, chiqib ketishni cheklash undiruvchi yoki sud ijrochisining arizasiga asosan umumyurisdiksiya sudlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Umumiy yurisdiksiya va xoʻjalik sudlariga sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishga doir qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyotini vaqti-vaqti bilan umumlashtirish, ularning ijrosiga toʻsqinlik etuvchi holatlarni aniqlash, shuningdek yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishi hollarini bartaraf etish yuzasidan choralar koʻrish vazifasi topshirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Toshkent sh.,
2009-yil 10-aprel,
06/196-son