Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.05.2014 21.04.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2099
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining qarori, 21.04.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2099
Кучга кириш санаси
01.05.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.05.2014
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov agentlik tarmogʻi orqali jismoniy shaxslarning toʻlovlarini qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 21-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2099]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat soliq qoʻmitasi va Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2014-yil 28-apreldagi 317 V/1, 2014/18, 80-mh-sonli “Toʻlov agentlik tarmogʻi orqali jismoniy shaxslarning toʻlovlarini qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2099-1, 07.05.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Naqd pul muomalasini takomillashtirish va bankdan tashqari aylanmani qisqartirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 15-apreldagi PQ-57-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-y., 3-4-son, 145-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 9-10-son, 146-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toʻlov agentlik tarmogʻi orqali jismoniy shaxslarning toʻlovlarini qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2009-yil 15-avgustdagi 311-V, 2009-26 va 252-sonli “Toʻlov agentlik tarmogʻi orqali jismoniy shaxslarning toʻlovlarini qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2002, 2009-yil 30-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 36-son, 398-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 26-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8/2-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 26-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-7-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori X. MUHITDINOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 26-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-8/704-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat soliq qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2010-yil 26-fevraldagi 8/2, 2010-7, 17-8/704-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov agentlik tarmogʻi orqali jismoniy shaxslarning toʻlovlarini qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Naqd pul muomalasini takomillashtirish va bankdan tashqari aylanmani qisqartirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 15-apreldagi PQ-57-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-y., 3-4-son, 145-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 9-10-son, 146-modda) muvofiq toʻlov agentlik tarmogʻi orqali jismoniy shaxslarning yetkazib beruvchilar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari hamda boshqalar oldidagi pul majburiyatlarini bajarish uchun jismoniy shaxslardan toʻlovlarni qabul qilish faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan jismoniy shaxslarga toʻgʻridan toʻgʻritovarlarni sotish va xizmatlar (ishlar)ni koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yuridik shaxslar oʻrtasida, yuridik shaxslar bilan yakka tartibdagi tadbirkorlar oʻrtasida va yakka tartibdagi tadbirkorlar oʻrtasida toʻlovlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari foydasiga toʻlovlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga muvofiq tashkil etilgan toʻlov agentlik tarmogʻi orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) naqd pulsiz shakldagi, shu jumladan chakana toʻlovlar tizimi orqali toʻlovlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) tijorat banklari va tijorat banklarida ochilgan hisobvaraqlar orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlarga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh agent — yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida oʻzining toʻlov punktlari yoki toʻlov agentlarining toʻlov punktlari orqali yetkazib beruvchilar koʻrsatgan xizmatlar uchun oʻzining dasturiy-apparat majmuidan foydalangan holda jismoniy shaxslardan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha vositachilik xizmatlarini koʻrsatuvchi toʻlov agentlik tarmogʻini tashkil etgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib beruvchi — sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar (bundan keyingi oʻrinlarda xizmatlar deb yuritiladi) uchun jismoniy shaxslardan pul mablagʻlarini qabul qiluvchi, bosh agent bilan shartnomaga ega boʻlgan yuridik shaxs, kredit tashkilotlari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafillik badali — shartnoma bajarilishini taʼminlash maqsadida toʻlov agenti tomonidan bosh agentga va bosh agent tomonidan yetkazib beruvchiga oʻtkaziladigan, toʻlovlarni amalga oshirish uchun zakalat hisoblangan pul mablagʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus hisobvaraq — bosh agent yoki toʻlov agentiga xizmat koʻrsatuvchi bankda toʻlov agentlik tarmogʻi orqali toʻlovlarni amalga oshirish maqsadida mazkur Nizomda belgilangan tartibda ochiladigan bank hisobvaragʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terminal — bosh agentning dasturiy-apparat majmuidan (bundan keyingi oʻrinlarda dasturiy-apparat majmui deb yuritiladi) foydalangan holda, jismoniy shaxslarning toʻlovlarini amalga oshirish uchun statsionar yoki mobil qurilma (tarmoqqa simsiz bogʻlanuvchi va mustaqil energiya bilan taʼminlanuvchi portativ-koʻchma qurilma), shu bilan birga, oʻz-oʻziga xizmat qilish qurilmasi (toʻlov agenti ishtiroki bilan yoki uning ishtirokisiz toʻlovlarni qabul qiluvchi oʻz-oʻziga xizmat qilish kioskalari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov agentlik tarmogʻi — yetkazib beruvchilar uchun jismoniy shaxslarning toʻlovlarini qabul qilish faoliyatini yurituvchi bosh agent va toʻlov agentlarini qamrab oluvchi tizim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov agenti — jismoniy shaxslardan toʻlovlarni statsionar yoki mobil tarzda qabul qilish boʻyicha faoliyatni bosh agent bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiruvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovchi — yetkazib beruvchining oldidagi pul majburiyatlarini bajarish maqsadida, shu jumladan, yetkazib beruvchining xizmatlariga oldindan toʻlovni amalga oshirish uchun bosh agent yoki toʻlov agentiga pul mablagʻlarini toʻlovchi jismoniy shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toʻlovchilardan toʻlovlarni qabul qilish naqd pulda yoki jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari asosida bosh agent yoki toʻlov agenti tomonidan faqat bosh agentning dasturiy-apparat majmuidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet provayderlari va aloqa operatorlarining ekspress toʻlov kartochkalari toʻlov agentlik tarmogʻi orqali qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Bosh agentni roʻyxatga olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yuridik shaxsni bosh agent sifatida roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan keyingi oʻrinlarda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yuridik shaxsni bosh agent sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun eng kam oylik ish haqining 140 ming barobari miqdorida haq undiriladi. Ustav fondida davlat ulushi 25 foizdan ortiq boʻlgan yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtishda toʻlovdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markaziy bankda bosh agent sifatida roʻyxatga olingunga qadar yuridik shaxs:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 200 000 yevro ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda shakllantirilgan ustav fondiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) toʻlovlarni yigʻish boʻyicha xizmat koʻrsatish yuzasidan mobil aloqa va telefon tarmogʻi operatorlari, aholiga elektr energiyasini va tabiiy gazni yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan imzolangan dastlabki shartnomalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi hududida mavjud boʻlgan dasturiy-apparat majmuiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) dasturiy-apparat majmuining texnik topshirigʻida belgilangan dasturiy apparat majmuining funksional imkoniyatlariga va talablariga mos kelishi yuzasidan Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining texnik xulosasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) dasturiy-apparat majmuida toʻlov agentlarining ishlashi uchun tayyorlov oʻquv dasturiga va tegishli sertifikat berish tizimiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) dasturiy-apparat majmuining turli xil hujjat aylanishida elektron raqamli imzolarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Oʻzbekiston Respublikasining butun hududi boʻyicha 15 mingdan kam boʻlmagan miqdordagi toʻlov agentlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatga olingan oʻzining tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisiga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Nizomning 6-bandi talablariga javob beruvchi yuridik shaxs Markaziy bankka bosh agent sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazish uchun tegishli toʻlovning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi bank toʻlov hujjati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari va davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondi shakllantirilganligini tasdiqlovchi hujjat va hisobot davri uchun buxgalteriya balansining nusxasi (yangi tashkil etilgan tashkilotlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib beruvchilar bilan imzolangan dastlabki shartnomalar nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturiy-apparat majmuining texnik topshirigʻida belgilangan dasturiy apparat majmuining funksional imkoniyatlariga va talablariga mos kelishi yuzasidan Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining texnik xulosasi nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturiy-apparat majmuida ishlashga oʻqitish boʻyicha qoʻllanmasi va toʻlov agentiga oʻqishdan oʻtganligi toʻgʻrisida beriladigan sertifikatning namunasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududi boʻyicha 15 mingdan kam boʻlmagan miqdordagi toʻlov agentlari bilan imzolangan dastlabki shartnomalar nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi tomonidan berilgan tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi guvohnomasining nusxasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda koʻrsatilgan hujjatlardan birining yoʻqligi arizani qaytarish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Talab etiladigan hujjatlar ilova qilingan ariza qabul qilingan kundan boshlab 30 ish kunidan kechiktirmasdan roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qaror yoki asoslantirilgan rad javobi qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgandan keyin, roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan sanadan 3 oy oʻtgandan soʻng yuridik shaxs Markaziy bankka qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Markaziy bank qaror qabul qilingandan soʻng 3 ish kuni mobaynida yuridik shaxsni qabul qilingan qaror haqida yozma ravishda xabardor qiladi. Roʻyxatdan oʻtkazish rad qilingan taqdirda toʻlangan toʻlov summasi 5 ish kuni mobaynida qaytarib berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda Markaziy bank bosh agentni roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Bosh agent bilan toʻlov agenti oʻrtasidagi shartnomalarni tuzish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Toʻlovchilardan toʻlovlarni qabul qilish uchun bosh agent toʻlov agenti bilan shartnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bosh agent bilan toʻlov agenti oʻrtasida tuziladigan shartnomada shartnoma predmeti, tomonlarning oʻzaro munosabatlari, kafillik badalining aniq miqdori, hisob-kitob va toʻlovlarni qabul qilish tartibi, yetkazib beruvchilar roʻyxati, toʻlov agenti toʻlovlarni qabul qilish huquqiga ega boʻlgan xizmat turlari, mukofot puli miqdori, taraflarning javobgarligi, nizolarni hal etish tartibi, shartnomaning amal qilish muddati, bosh agentning tovar va xizmat koʻrsatish belgisidan hamda bosh agentning dasturiy-apparat majmuidan foydalanish tartibi, toʻlovlarni qabul qilish punktini joylashtirish tartibi, shuningdek qonun hujjatlari talablaridan kelib chiqib boshqa shartlar belgilangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bosh agent bilan toʻlov agenti oʻrtasida shartnoma tuzishda toʻlov agenti quyidagi hujjatlarning nusxasini taqdim etishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) toʻlov agentining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnomani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) toʻlov agenti rahbarining (yakka tartibdagi tadbirkorning) pasportini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) toʻlovlarni qabul qilish punkti sifatida foydalaniladigan joyga nisbatan mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) toʻlov agentining bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasini davlat soliq xizmati organidan roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Nizomning 12-bandida belgilangan hujjatlarni taqdim etmagan toʻlov agenti bilan shartnoma tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari va ularning filiallari toʻlov agenti sifatida faoliyat koʻrsatganda mazkur Nizomning 12-bandi “b”, “g” va “d” kichik bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bosh agent toʻlov agenti bilan shartnoma tuzgandan soʻng 3 ish kuni ichida toʻlov agenti toʻgʻrisida quyidagilarni oʻz ichiga olgan elektron maʼlumotni Markaziy bankka taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov agentining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov agentining soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat koʻrsatayotgan (joylashgan) manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va kodi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov agentining xizmat koʻrsatuvchi bankida ochilgan asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Markaziy bank bosh agent tomonidan toʻlov agentlari toʻgʻrisida taqdim etilgan elektron maʼlumotlar asosida toʻlov agentlarining reyestrini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Toʻlovlarning amalga oshirilishi uchun toʻlov agentining dasturiy-apparat majmuida autentifikatsiyasi bosh agent bilan toʻlov agenti oʻrtasida tuzilgan shartnomada koʻzda tutilgan login va parol berish yoʻli bilan hamda boshqa xavfsiz foydalanish vositalari orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh agent bilan shartnoma tuzgan toʻlov agentlari dasturiy-apparat majmuida ishlashi uchun elektron raqamli imzo kalitlariga ega boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Toʻlovlarni amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Toʻlovchilardan toʻlovlarni qabul qilish usullari va imkoniyatlari yetkazib beruvchi bilan bosh agent oʻrtasida tuzilgan shartnomada belgilanadi. Bunda, toʻlovni qabul qilish shartlari va toʻlovchining asosiy identifikatsiya maʼlumotlari aniq va toʻliq qayd etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Toʻlov agenti toʻlovchilardan toʻlovlarni oʻzining maxsus hisobvaragʻidan bosh agentning maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazilgan kafillik badali miqdorida qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Toʻlovchining yetkazib beruvchi oldidagi pul majburiyati toʻlov amalga oshirilgandan soʻng toʻlovchiga beriladigan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasining va dasturiy-apparat majmuining cheklari yoki toʻlovlar plastik kartochkalar asosida qabul qilinganda hisob-kitob terminalining va dasturiy-apparat majmuining cheklari olingan vaqtdan bajarilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh agent toʻlov agentlik tarmogʻi orqali toʻlov amalga oshirilganda toʻlovchiga dasturiy-apparat majmuidan avtomatik tarzda qogʻozda chek chiqarib berilishini tashkil etilishi uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Toʻlovni qabul qilish xizmatini koʻrsatishda toʻlovchidan bosh agent yoki toʻlov agenti tomonidan belgilangan tariflarga muvofiq mukofot puli olinishi mumkin. Bunda, tariflar barchaning tanishishi mumkin boʻlgan joyga joylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh agent yoki toʻlov agenti oʻz xizmatlari uchun olinadigan mukofot pulidan ortiq miqdorda qoʻshimcha mablagʻ (ustama narx) belgilashga va toʻlovchidan undirishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovchining huquqlari buzilgan taqdirda, bosh agent yoki toʻlov agenti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Toʻlov xato amalga oshirilganida bosh agent yoki toʻlov agenti amalga oshirilgan toʻlovni bekor qilishi lozim. Toʻlovning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjat taqdim etilganda, toʻlov bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan toʻlovni bekor qilish tartibi bosh agent tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qabul qilingan toʻlovlar haqidagi maʼlumotlar dasturiy-apparat majmuida va yetkazib beruvchining elektron moslamalarida qonun hujjatlarida belgilangan muddat davomida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mobil qurilmalardan foydalanuvchi bosh agent yoki toʻlov agenti potensial toʻlovchining manziliga tashrif buyurgan holda toʻlovlarni qabul qilish xizmatini koʻrsatish huquqiga ega. Bunda, toʻlov soʻzsiz mobil qurilmadan foydalanib, aniq vaqt rejimida chek bergan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Toʻlov amalga oshirilgandan keyin toʻlovchilarga beriladigan cheklar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Toʻlov muvaffaqiyatli amalga oshirilgandan soʻng toʻlovchiga fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasining va dasturiy-apparat majmuining cheklari yoki toʻlovlar plastik kartochkalar asosida qabul qilinganda hisob-kitob terminalining va dasturiy-apparat majmuining cheklari berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Bosh agent yoki toʻlov agenti tomonidan pul mablagʻlari qabul qilingandan soʻng toʻlovchiga mazkur Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan cheklarni bermaslik, ularning qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishiga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Dasturiy-apparat majmuining chekida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bosh agentning nomi yoki bosh agentning roʻyxatga olingan tovar (xizmat koʻrsatish) belgisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bosh agent yoki toʻlov agentining STIRi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yetkazib beruvchining nomi va toʻlangan xizmat turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) dasturiy-apparat majmuida roʻyxatga olingan toʻlov agenti terminalining raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) toʻlovchining identifikatsiya maʼlumotlari (telefon raqami, shaxsiy hisobvaraq raqami va hokazo);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) toʻlovni amalga oshirish sanasi va vaqti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) qabul qilingan pul mablagʻlarining umumiy miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) mukofot puli undirilganda, toʻlovchi tomonidan toʻlanadigan miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) toʻlovni amalga oshirish shartlari (aniq vaqt rejimida yoki kechiktirilgan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) xizmatlar mohiyatidan kelib chiqadigan boshqa muhim maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Toʻlov amalga oshirilgandan soʻng toʻlovchiga beriladigan dasturiy-apparat majmuining cheki fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasining yoki toʻlovlar plastik kartochkalar asosida qabul qilinganda hisob-kitob terminalining cheki bilan birgalikda taqdim etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Oʻz-oʻziga xizmat qilish qurilmasi orqali toʻlovni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Dasturiy-apparat majmuiga bogʻlangan oʻz-oʻziga xizmat qilish qurilmasi orqali toʻlovchi tomonidan toʻlov amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Oʻz-oʻziga xizmat qilish qurilmasi va uning joylashuvi qonun hujjatlarida belgilangan barcha xavfsizlik talablariga javob berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Oʻz-oʻziga xizmat qilish qurilmasi boshqa terminallar kabi mazkur Nizom bilan belgilangan talablarga javob beradigan tegishli cheklarni chiqarib berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Oʻz-oʻziga xizmat qilish qurilmasini joylashtirish uchun bosh agent yoki toʻlov agenti oʻz-oʻziga xizmat qilish qurilmasini ushbu joyda oʻrnatish huquqi bilan bogʻliq boʻlgan barcha kerakli hujjatlarga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Bosh agent yoki toʻlov agenti oʻz-oʻziga xizmat qilish qurilmasiga xizmat koʻrsatish boʻyicha kuzatuvchi va profilaktik-texnika ishlarini olib boruvchi javobgar shaxsni tayinlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Bosh agent yoki toʻlov agenti oʻz-oʻziga xizmat qilish qurilmasida yigʻilgan naqd pul mablagʻlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda inkassatsiya qilinishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Oʻz-oʻziga xizmat qilish qurilmasida yigʻilgan naqd pul mablagʻlarini inkassatsiya qilish tartibini buzganlik uchun bosh agent yoki toʻlov agenti qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Oʻz-oʻziga xizmat qilish qurilmasi toʻlovchiga yetkazib beruvchilarning xizmati uchun toʻlovni amalga oshirish maqsadida oʻz-oʻziga xizmat qilish qurilmasidan foydalanish boʻyicha qisqa yoʻriqnoma (maʼlumot) bilan tanishish imkoniyatini berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Oʻz-oʻziga xizmat qilish qurilmasi toʻlovchi uchun toʻlov amalga oshirilayotgan yetkazib beruvchi xizmati boʻyicha kerakli maʼlumotlarni (yetkazib beruvchilar roʻyxati, mukofot puli miqdori va shu kabilar), shu jumladan, qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa maʼlumotni (axborot xabarlari va boshqalarni) oʻz ichiga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Toʻlov agenti tomonidan toʻlovni amalga oshirish uchun kafillik badalini maxsus hisobvaraqqa oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Toʻlovlarni qabul qilish xizmatini koʻrsatish va shartnoma shartlarini bajarish maqsadida toʻlov agenti bosh agentga, shuningdek bosh agent yetkazib beruvchiga kafillik badalini oʻzining maxsus hisobvaragʻidan oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Kafillik badalining miqdori bosh agent bilan yetkazib beruvchilar, shuningdek bosh agent bilan toʻlov agenti oʻrtasida tuziladigan shartnomalarda aniq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Kafillik badalini birinchi marotaba toʻlashda bosh agent yoki toʻlov agenti oʻzining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻidan shartnomada koʻrsatilgan kafillik badali miqdoridagi mablagʻni toʻlov topshiriqnomasi asosida oʻzining maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazadi va ushbu maxsus hisobvaragʻidan mablagʻni yetkazib beruvchiga yoki bosh agentga toʻlov topshiriqnomasi asosida toʻlab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Keyinchalik kafillik badali miqdorini oʻzgartirish tomonlar oʻrtasida tuzilgan shartnomaga tegishli oʻzgartirishlarni kiritish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kafillik badali miqdori oshirilganda bosh agent yoki toʻlov agenti birinchi (oldingi) toʻlangan kafillik badalining koʻpaygan summasi miqdoridagi mablagʻni toʻlov topshiriqnomasi asosida asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻidan oʻzining maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa holatlarda bosh agent yoki toʻlov agentining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻidan ularning maxsus hisobvaragʻiga kafillik badalini toʻldirish uchun pul mablagʻlari oʻtkazilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Kafillik badali yetkazib beruvchi tomonidan bosh agentdan yoki bosh agent tomonidan toʻlov agentidan Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Kafillik badali uchun yetkazib beruvchi va bosh agent tomonidan foizlar hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Kafillik badalining foydalanilmagan qismi bosh agentga yoki toʻlov agentiga tegishli shartnomaga oʻzgartirish kiritilganda yoki bekor qilingan hollarda qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Maxsus hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari hisobini yuritish va ularni ishlatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Bosh agent yoki toʻlov agentiga xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan 22604 — “Mijozlarning boshqa depozitlari — Jamgʻarma — Maqsadli” hisobvaragʻida (keyingi oʻrinlarda maxsus hisobvaraq deb yuritiladi) 111 va 555 tartib raqamlari bilan tugagan ikkita hisobvaraq ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111 tartib raqami bilan tugagan maxsus hisobvaraqqa faqat inkassatsiya xizmati orqali topshirilgan naqd pul tushumlari va 555 tartib raqami bilan tugagan maxsus hisobvaraqqa faqat jismoniy shaxslarning bank plastik kartochkalaridan naqdsiz kelib tushgan pul mablagʻlari kirim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari yoki ularning filiallari toʻlov agenti sifatida faoliyat koʻrsatganda bosh agentning 555 tartib raqami bilan tugagan maxsus hisobvaragʻiga tijorat bankining debitor qarzdorligi hisobidan 19900 — “Boshqa aktivlar” hisobvaragʻidan oʻtkazilgan mablagʻlar kirim qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Maxsus hisobvaraqlar ochish uchun bosh agent yoki toʻlov agenti xizmat koʻrsatuvchi bankka pul tushumini inkassatsiya qilish toʻgʻrisidagi shartnomani va bosh agent Markaziy bankda roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma nusxasini hamda toʻlov agenti bosh agent bilan tuzilgan shartnoma nusxasini taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Bosh agent yoki toʻlov agenti inkassatsiya xaltalariga savdo tushumini solishda yuk xati va ilova qaydnomasining orqa tomoniga quyidagi yozuvni kiritadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bosh agent yoki toʻlov agentining toʻlovchilardan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha naqd pul tushumi ____________ soʻmni tashkil etadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Bosh agent yoki toʻlov agentining toʻlovchilardan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha inkassatsiya qilingan naqd pul tushumi 19903 — “Inkassatsiya qilingan pul tushumlari va cheklar” hisobvaragʻi orqali 111 tartib raqami bilan tugagan maxsus hisobvaragʻiga bank tomonidan memorial order asosida quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali oʻtkazib beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dt — 19903 — “Inkassatsiya qilingan pul tushumlari va cheklar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kt — 22604 — “Mijozlarning boshqa depozitlari — Jamgʻarma — Maqsadli” (111 tartib raqami bilan tugagan maxsus hisobvaraq).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Boshqa bank mijozi boʻlgan bosh agent yoki toʻlov agentining toʻlovchilardan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha inkassatsiya qilingan naqd pul tushumi banklar tomonidan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan 29804 — “Boshqa banklar mijozlarining inkassatsiya qilingan pul tushumlari va cheklari” hisobvaragʻi orqali ularga xizmat koʻrsatuvchi bankda ochilgan va 111 tartib raqami bilan tugagan maxsus hisobvaragʻiga memorial order asosida quyidagi ikkita buxgalteriya oʻtkazmasi orqali oʻtkazib beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dt — 19903 — “Inkassatsiya qilingan pul tushumlari va cheklar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kt — 29804 — “Boshqa banklar mijozlarining inkassatsiya qilingan pul tushumlari va cheklari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dt — 29804 — “Boshqa banklar mijozlarining inkassatsiya qilingan pul tushumlari va cheklari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kt — 22604 — “Mijozlarning boshqa depozitlari — Jamgʻarma — Maqsadli” (bosh agent yoki toʻlov agentiga xizmat koʻrsatuvchi bankda ochilgan 111 tartib raqami bilan tugagan maxsus hisobvaraq).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Bosh agent yoki toʻlov agentining 555 tartib raqami bilan tugagan maxsus hisobvaragʻiga jismoniy shaxslarning bank plastik kartochkalaridan kelib tushadigan mablagʻlarni kiritish uchun 555 tartib raqami bilan tugagan 29814 — “Mijozning hisobvaragʻiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan, terminallar orqali kelib tushgan tushumlar” hisobvaragʻi ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
555 tartib raqami bilan tugagan 29814 — “Mijozning hisobvaragʻiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan, terminallar orqali kelib tushgan tushumlar” hisobvaragʻi orqali banklar jismoniy shaxslarning bank plastik kartochkalaridan kelib tushgan mablagʻlarni mijozlari yoki boshqa bank mijozlari boʻlgan bosh agent yoki toʻlov agentining 555 tartib raqami bilan tugagan maxsus hisobvaragʻiga quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari orqali memorial order asosida oʻtkazib beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dt — 29814 — “Mijozning hisobvaragʻiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan, terminallar orqali kelib tushgan tushumlar” (555 tartib raqami bilan tugagan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kt — 22604 — “Mijozlarning boshqa depozitlari — Jamgʻarma — Maqsadli” (555 tartib raqami bilan tugagan maxsus hisobvaraq).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Kafillik badali toʻlov agenti tomonidan tegishliligi boʻyicha uning 111 va 555 tartib raqamlari bilan tugagan maxsus hisobvaraqlaridan bosh agentga ochilgan 111 va 555 tartib raqamlari bilan tugagan maxsus hisobvaraqlarga mos ravishda toʻlov topshiriqnomasi asosida oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Kafillik badalini toʻldirish bosh agent yoki toʻlov agentining 111 va 555 tartib raqamlari bilan tugagan maxsus hisobvaragʻidagi mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh agent oʻzining 111 va 555 tartib raqami bilan tugagan maxsus hisobvaraqlaridan kafillik badalini yetkazib beruvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Xizmat koʻrsatuvchi banklar bosh agent yoki toʻlov agentining maxsus hisobvaraqlariga faqat inkassatsiya xizmati orqali topshirilgan naqd pul mablagʻlarini va jismoniy shaxslarning bank plastik kartochkalaridan kelib tushgan mablagʻlarini kiritilishiga javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh agent yoki toʻlov agentining maxsus hisobvaragʻidan uning toʻlov topshiriqnomasiga asosan mablagʻlar asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga oʻtkazib berilishi mumkin. Bunda ushbu mablagʻlar bosh agent yoki toʻlov agentining maxsus hisobvaraqlarini toʻldirish uchun qaytarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Bosh agent toʻlov agentlik tarmogʻi orqali amalga oshirilgan toʻlovlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni yetkazib beruvchilar hamda toʻlov agentlari qirqimida har oyning birinchi sanasida Markaziy bankka taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlarning shakllari va uzatish tartibini Markaziy bank belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank bosh agent tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni tahlil qiladi va toʻlov agentlik tarmogʻi orqali amalda oʻtkazilgan toʻlovlar va taqdim etilgan maʼlumotlar oʻrtasida nomuvofiqlik yuzaga kelganda tegishli chora koʻrish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga axborot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Toʻlov agentlik tarmogʻini dasturiy va texnik taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Toʻlov agentlik tarmogʻi yetkazib beruvchining tizimiga ulanish va toʻlovchilarning toʻlovlari haqidagi maʼlumotlarni uzatish imkonini beruvchi dasturiy-apparat majmuidan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Toʻlov bosh agentning yetkazib beruvchi va bosh agent, bosh agent va toʻlov agenti oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida belgilangan qoidalarga muvofiq umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmogʻidan foydalangan holda, toʻlovchilarning toʻlovlarini qabul qilish boʻyicha yetkazib beruvchi, bosh agent, toʻlov agentining birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Etkazib beruvchi va bosh agent dasturiy-apparat majmui orqali toʻlov agentining toʻlovlari oʻtishida ishning uzluksizligi, barqarorligi va axborot xavfsizligini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Dasturiy-apparat majmuida uzilishlar yoki ishlarning yomonlashuvi yuz bergan taqdirda, yetkazib beruvchi va bosh agent shartnomada belgilangan muddatda va shaklda bir-birlariga bu haqda xabar berishlari lozim. Bunday holatlar yuz berganda, bosh agent shartnomada belgilangan muddatda va shaklda toʻlov agentini joriy nuqsonlar haqida xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Toʻlov agenti dasturiy-apparat majmuiga bosh agentning roziligisiz oʻzgartirishlar kiritishga va undan foydalanishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Qabul qilinayotgan toʻlovlarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida toʻlov agenti bosh agent tomonidan berilgan dasturiy-apparat majmuiga ulanish imkoniyatining har qanday vositalarini uchinchi shaxslarga taqdim etmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. Toʻlov agentlik tarmogʻining xavfsizligini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Bosh agent yoki toʻlov agenti, shuningdek yetkazib beruvchi dasturiy-apparat majmuida xavfsizlik va axborot muhofazasini taʼminlash boʻyicha, shu jumladan, har qanday qurilmalarga ruxsatsiz kirish, ularga oʻzgartirish kiritish, ularning yoʻqolishi, yoʻq qilinishi va blokirovka qilinishining oldini oluvchi talablarni ishlab chiqishi va rioya etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Bosh agent yoki toʻlov agenti, shuningdek yetkazib beruvchi dasturiy-apparat majmuida xavfsizlik va axborot muhofazasini taʼminlashning qoʻshimcha vositalari va usullarini oʻrnatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Davlat soliq xizmati organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlov agentlik tarmogʻi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi va ular tomonidan naqd pul tushumining bank kassalariga inkassatsiya xizmati orqali topshirilishini monitoring qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64.Davlat soliq xizmati organlari bosh agent va toʻlov agentining faoliyatini tekshirish paytida toʻlovchilardan qabul qilingan naqd pul tushumini haqiqatda bank kassalariga topshirilgan naqd pul tushumi bilan solishtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining soʻroviga asosan Markaziy bank toʻlov agentlarining reyestrini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Mazkur Nizomga muvofiq oʻz faoliyatini amalga oshiradigan tomonlar oʻrtasida yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi J. ISMAILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 13-aprel
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 13-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 16-son, 128-modda)