Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.05.2010 30.08.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2002
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining qarori, 30.08.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2002
Кучга кириш санаси
09.09.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.05.2010
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOʻLOV AGENTLIK TARMOGʻI ORQALI JISMONIY ShAXSLARNING TOʻLOVLARINI QABUL QILISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 30-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2002]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat soliq qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2010-yil 26-fevraldagi 8/2, 2010-7, 17-8/704-sonli “Toʻlov agentlik tarmogʻi orqali jismoniy shaxslarning toʻlovlarini qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2099, 21.04.2010-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Naqd pul muomalasini takomillashtirish va bankdan tashqari aylanmani qisqartirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 15-apreldagi PQ-57-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 39-son, 296-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 9-10-son, 146-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toʻlov agentlik tarmogʻi orqali jismoniy shaxslarning toʻlovlarini qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 15-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
311-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 15-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 15-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
252-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat soliq qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2009-yil 15-avgustdagi 311-V, 2009-26, 252-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov agentlik tarmogʻi orqali jismoniy shaxslarning toʻlovlarini qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Naqd pul muomalasini takomillashtirish va bankdan tashqari aylanmani qisqartirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 15-apreldagi PQ-57-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 39-son, 296-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 9-10-son, 146-modda) muvofiq toʻlov agentlik tarmogʻi orqali jismoniy shaxslarning toʻlovlarini qabul qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom quyidagi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan bevosita jismoniy shaxslarga tovarlarni sotish (ishlarni bajarish, xizmatlarni koʻrsatish) boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yuridik shaxslar va/yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari foydasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) naqd pulsiz tartibdagi, jismoniy shaxslar tomonidan bank plastik kartalaridan foydalanish bundan mustasno, shuningdek, “Elektron toʻlovlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 51-son, 373-modda) muvofiq chakana savdo tizimidagi hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlarga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh agent — yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida oʻzining toʻlov punktlari yoki toʻlov agentlari va subagentlarning toʻlov punktlari orqali yetkazib beruvchilar koʻrsatgan xizmatlar uchun dasturiy-apparat majmuidan foydalangan holda jismoniy shaxslardan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha vositachilik xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafillik badali — shartnoma bajarilishini taʼminlash maqsadida toʻlov agenti/subagenti tomonidan bosh agentga va bosh agent tomonidan yetkazib beruvchiga oʻtkaziladigan, toʻlovlarni amalga oshirish uchun zakalat hisoblangan pul mablagʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib beruvchi — sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar (bundan keyingi oʻrinlarda xizmatlar deb yuritiladi) uchun jismoniy shaxslardan pul mablagʻlarini qabul qiluvchi, bosh agent bilan shartnomaga ega boʻlgan yuridik shaxs, kredit tashkilotlari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terminal — bosh agentning dasturiy-apparat majmuidan (bundan keyingi oʻrinlarda dasturiy-apparat majmumi deb yuritiladi) foydalangan holda, jismoniy shaxslarning toʻlovlarini amalga oshirish uchun statsionar yoki mobil qurilma (tarmoqqa simsiz bogʻlanuvchi va mustaqil energiya bilan taʼminlanuvchi portativ-koʻchma qurilma), shu bilan birga, oʻz-oʻziga xizmat qilish qurilmasi (toʻlov agenti/subagent ishtiroki bilan yoki uning ishtirokisiz toʻlovlarni qabul qiluvchi oʻz-oʻziga xizmat qilish kioskalari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov agentlik tarmogʻi — oʻzaro tuzilgan shartnomalar asosida faoliyat yurituvchi bosh agent, toʻlov agentlari va subagentlarni qamrab oluvchi tizim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov agenti/subagent — jismoniy shaxslardan toʻlovlarni statsionar yoki mobil tarzda qabul qilish boʻyicha faoliyatni bosh agent bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiruvchi yuridik shaxs va/yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovchi — yetkazib beruvchining oldidagi pul majburiyatlarini bajarish maqsadida, shu jumladan yetkazib beruvchining xizmatlariga oldindan toʻlovni amalga oshirish uchun bosh agent yoki toʻlov agenti/subagentga pul mablagʻlarini toʻlovchi jismoniy shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toʻlovchilarning yetkazib beruvchilar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari hamda boshqalar oldidagi pul majburiyatlarini bajarish uchun toʻlovchilardan toʻlovlarni qabul qilish bosh agent yoki toʻlov agenti/subagent tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Bosh agentni roʻyxatga olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yuridik shaxsni bosh agent sifatida roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan keyingi oʻrinlarda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yuridik shaxsni bosh agent sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun eng kam oylik ish haqining 140 ming barobari miqdorida haq undiriladi. Ustav fondida davlat ulushi 25 foizdan ortiq boʻlgan yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtishda toʻlovdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markaziy bankda bosh agent sifatida roʻyxatga olingunga qadar yuridik shaxs:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 200 000 yevro ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda shakllantirilgan ustav fondiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Toʻlovlarni yigʻish boʻyicha xizmat koʻrsatish yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyali aloqa operatorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar telefon tarmogʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga elektr energiyasini va tabiiy gazni yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan imzolangan dastlabki shartnomalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan berilgan litsenziyaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) keyinchalik tegishli sertifikat berish bilan dasturiy-apparat majmuida toʻlov agentlari/subagentlarni ishlashi uchun tayyorlov oʻquv dasturiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) dasturiy-apparat majmuining axborot va boshqa xavfsizlik, barqarorlik va uzluksizlik talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining ekspert xulosasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Oʻzbekiston Respublikasi hududida mavjud boʻlgan dasturiy-apparat majmuiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) dasturiy-apparat majmuining turli xil hujjat aylanishida elektron raqamli imzolarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) Oʻzbekiston Respublikasining butun hududi boʻyicha 15 mingdan kam boʻlmagan miqdordagi toʻlov agentlari/subagentlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatga olingan oʻzining mahsulot belgisi va xizmat koʻrsatish belgisiga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Nizomning 6-bandi talablariga javob beruvchi yuridik shaxs Markaziy bankka bosh agent sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza (bundan keyingi oʻrinlarda ariza deb yuritiladi) taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazish uchun tegishli toʻlovni amalga oshirilganligini tasdiqlovchi bank toʻlov hujjati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari va davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondi shakllantirilganligini tasdiqlovchi hujjat va hisobot davri uchun buxgalteriya balansining nusxasi (yangi tashkil etilgan tashkilotlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib beruvchilar bilan imzolangan dastlabki shartnomalar nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan berilgan litsenziyaning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh agentning dasturiy-apparat majmuida ishlashga oʻqitish boʻyicha qoʻllanmasi va toʻlov agenti/subagentga oʻqishdan oʻtganligi toʻgʻrisida beriladigan sertifikatning namunasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturiy-apparat majmuining axborot va boshqa xavfsizlik, barqarorlik va uzluksizlik talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining ekspert xulosasi nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov agenti/subagentlarning nomiga roʻyxatga olingan qogʻoz koʻrinishidagi elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlarining reyestridan koʻchirma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangan 15 mingdan kam boʻlmagan toʻlov agenti/subagent mavjudligi haqidagi oxirgi auditorlik tekshiruvi hisobotidan koʻchirma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi tomonidan berilgan mahsulot belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi guvohnomasining nusxasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda koʻrsatilgan hujjatlardan birining yoʻqligi arizani qaytarish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Talab etiladigan hujjatlar ilova qilingan ariza qabul qilingan kundan boshlab 30 ish kunidan kechiktirmasdan roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qaror yoki asoslantirilgan rad javobi qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgandan keyin, roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan sanadan 3 oy oʻtgandan soʻng yuridik shaxs Markaziy bankka qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Markaziy bank qaror qabul qilingandan soʻng 3 kun mobaynida yuridik shaxsni qabul qilingan qaror haqida yozma ravishda xabardor qiladi. Roʻyxatdan oʻtkazish rad qilingan taqdirda toʻlangan toʻlov summasi besh bank kuni mobaynida qaytarib berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda Markaziy bank bosh agentni roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Bosh agent bilan toʻlov agenti/subagent oʻrtasidagi shartnomalarni tuzish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Toʻlovchilardan toʻlovlarni qabul qilish uchun bosh agent toʻlov agenti bilan shartnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Toʻlov agenti subagentlar bilan shartnomalar tuzish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bosh agent bilan toʻlov agenti, shuningdek, toʻlov agenti bilan subagent oʻrtasida tuziladigan shartnomada shartnoma predmeti, tomonlarning oʻzaro munosabatlari va hisob-kitob tartibi, toʻlovlarni qabul qilish tartibi, yetkazib beruvchilar roʻyxati, toʻlov agenti/subagent toʻlovlarni qabul qilish huquqiga ega boʻlgan xizmat turlari, mukofot puli miqdori, taraflarning javobgarligi, nizolarni hal etish tartibi, shartnomaning amal qilish muddati, bosh agent mahsulot belgisidan va xizmat koʻrsatish belgisidan foydalanish tartibi, toʻlovlarni qabul qilish punktini joylashtirish tartibi, shuningdek, boshqa shartlar belgilangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bosh agent bilan toʻlov agenti, shuningdek, toʻlov agenti bilan subagent oʻrtasida shartnoma tuzishda toʻlov agenti va subagent quyidagi hujjatlarning nusxasini taqdim etishlari shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) toʻlov agenti/subagentning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnomani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) toʻlov agenti/subagent rahbarining (yakka tartibdagi tadbirkorning) pasportini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) toʻlovlarni qabul qilish punkti sifatida foydalaniladigan joyning ijara shartnomasini yoki toʻlov agenti/subagentning joyga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) toʻlovlarni kiritish uchun maxsus hisobvaraq ochish toʻgʻrisidagi xizmat koʻrsatuvchi bank bilan tuzilgan shartnomani.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Nizomning 13-bandida belgilangan hujjatlarni taqdim etmagan toʻlov agenti/subagent bilan shartnoma tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Toʻlov agenti/subagent toʻlovchilardan toʻlovlarni toʻlov agenti/subagentning hisobvaragʻidan bosh agent/toʻlov agenti hisobvaragʻiga oʻtkazilgan kafillik badali miqdorida qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Toʻlovlarni amalga oshirilishi uchun toʻlov agenti/subagentning dasturiy-apparat majmuida autentifikatsiyasi bosh agent bilan toʻlov agenti/subagent oʻrtasida imzolangan shartnomada koʻzda tutilgan login va parol berish yoʻli bilan hamda boshqa xavfsiz foydalanish vositalari orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Toʻlovlarni amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Toʻlovchilardan toʻlovlarni qabul qilish usullari va imkoniyatlari yetkazib beruvchi bilan bosh agent oʻrtasida tuzilgan shartnomada belgilanadi. Bunda, toʻlovni qabul qilish shartlari va toʻlovchining asosiy identifikatsiya maʼlumotlari aniq va toʻliq qayd etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Toʻlovchining yetkazib beruvchi oldidagi pul majburiyati toʻlov amalga oshirilgandan soʻng toʻlovchiga beriladigan chek olingan vaqtdan bajarilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Toʻlovni qabul qilish xizmatini koʻrsatishda toʻlovchidan bosh agent yoki toʻlov agenti/subagent tomonidan belgilangan tariflarga muvofiq mukofot puli olinishi mumkin. Bunda, tariflar barchaning tanishishi mumkin boʻlgan joyga joylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh agent yoki toʻlov agenti/subagent oʻz xizmatlari uchun olinadigan mukofot pulidan ortiq miqdorda qoʻshimcha mablagʻ (ustama narx) belgilashga va toʻlovchidan undirishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovchining huquqlari buzilgan taqdirda, bosh agent yoki toʻlov agenti/subagent qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Toʻlov xato amalga oshirilganida bosh agent yoki toʻlov agenti/subagent amalga oshirilgan toʻlovni bekor qilishi lozim. Toʻlovni amalga oshirilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjat taqdim etilganda, toʻlov bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan toʻlovni bekor qilish tartibi bosh agent tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qabul qilingan toʻlovlar haqidagi maʼlumotlar dasturiy-apparat majmuida va yetkazib beruvchining elektron moslamalarida qonun hujjatlarida belgilangan muddat davomida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mobil qurilmalardan foydalanuvchi bosh agent yoki toʻlov agenti/subagent potensial toʻlovchining manziliga tashrif buyurgan holda toʻlovlarni qabul qilish xizmatini koʻrsatish huquqiga ega. Bunda, toʻlov soʻzsiz mobil qurilmadan foydalanib, aniq vaqt rejimida chek bergan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Toʻlov amalga oshirilgandan keyin toʻlovchilarga beriladigan cheklar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Toʻlov muvaffaqiyatli amalga oshirilgandan soʻng toʻlovchiga chek berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Bosh agent yoki toʻlov agenti/subagent tomonidan pul mablagʻlari qabul qilingandan soʻng toʻlovchiga chek bermaslik, bosh agent yoki toʻlov agenti/subagent qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Chekda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bosh agentning nomi yoki bosh agentning roʻyxatga olingan mahsulot belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bosh agent yoki toʻlov agenti/subagentning STIRi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yetkazib beruvchining nomi va toʻlangan xizmat turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) dasturiy-apparat majmuida roʻyxatga olingan toʻlov agenti/subagent terminalining raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) toʻlovchining identifikatsiya maʼlumotlari (telefon raqami, shaxsiy hisobvaraq raqami va hokazo);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) toʻlovni amalga oshirish sanasi va vaqti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) qabul qilingan pul mablagʻlarining umumiy miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) mukofot puli undirilganda, toʻlovchi tomonidan toʻlanadigan miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) toʻlovni amalga oshirish shartlari (aniq vaqt rejimida yoki kechiktirilgan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) xizmatlar mohiyatidan kelib chiqadigan boshqa muhim maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Toʻlov amalga oshirilgandan soʻng toʻlovchiga beriladigan cheklar xizmatlar toʻlovini tasdiqlovchi hujjatlarga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Oʻz-oʻziga xizmat qilish qurilmasi orqali toʻlovni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Dasturiy-apparat majmuiga bogʻlangan oʻz-oʻziga xizmat qilish qurilmasi orqali toʻlovchi tomonidan toʻlov amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Oʻz-oʻziga xizmat qilish qurilmasi va uning joylashuvi qonun hujjatlarida belgilangan barcha xavfsizlik talablariga javob berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Oʻz-oʻziga xizmat qilish qurilmasi boshqa terminallar kabi mazkur Nizom bilan belgilangan talablarga javob beradigan tegishli cheklarni chiqarib berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Oʻz-oʻziga xizmat qilish qurilmasini joylashtirish uchun bosh agent yoki toʻlov agenti/subagent oʻz-oʻziga xizmat qilish qurilmasini ushbu joyda oʻrnatish huquqi bilan bogʻliq boʻlgan barcha kerakli hujjatlarga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Bosh agent yoki toʻlov agenti/subagent oʻz-oʻziga xizmat qilish qurilmasiga xizmat koʻrsatish boʻyicha kuzatuvchi va profilaktik-texnika ishlarini olib boruvchi javobgar shaxsni tayinlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Bosh agent yoki toʻlov agenti/subagent oʻz-oʻziga xizmat qilish qurilmasida yigʻilgan naqd pul mablagʻlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda inkassatsiya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Oʻz-oʻziga xizmat qilish qurilmasida yigʻilgan naqd pul mablagʻlarini inkassatsiya qilish tartibini buzganlik uchun bosh agent yoki toʻlov agenti/subagent qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Oʻz-oʻziga xizmat qilish qurilmasi toʻlovchiga yetkazib beruvchilarning xizmati uchun toʻlovni amalga oshirish maqsadida oʻz-oʻziga xizmat qilish qurilmasidan foydalanish boʻyicha qisqa yoʻriqnoma/maʼlumot bilan tanishish imkoniyatini berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Oʻz-oʻziga xizmat qilish qurilmasi toʻlovchi uchun toʻlov amalga oshirilayotgan yetkazib beruvchi xizmati boʻyicha kerakli maʼlumotlarni (yetkazib beruvchilar roʻyxati, mukofot puli miqdori va shu kabilar), shu jumladan, qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa har qanday maʼlumotni (axborot xabarlari va boshqalarni) oʻz ichiga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Toʻlov agenti/subagentlar tomonidan toʻlovni amalga oshirish uchun kafillik badalini maxsus hisobvaraqqa oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Toʻlovlarni qabul qilish xizmatni koʻrsatish va shartnoma shartlarini bajarish maqsadida toʻlov agenti/subagent bosh agentga, bosh agent yetkazib beruvchiga kafillik badalini oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Kafillik badalining boshlangʻich miqdori bosh agent bilan yetkazib beruvchilar, shuningdek, bosh agent bilan toʻlov agenti, toʻlov agenti bilan subagent oʻrtasida tuziladigan shartnomalarda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Keyinchalik kafillik badali miqdori bir kundan kam boʻlmagan muddat davomida qabul qilingan toʻlovlar hajmi hisobidan tomonlarning oʻzaro kelishuviga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Kafillik badali yetkazib beruvchi tomonidan bosh agentdan yoki bosh agent tomonidan toʻlov agentidan, toʻlov agenti tomonidan esa subagentdan Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Kafillik badali uchun yetkazib beruvchi va bosh agent yoki toʻlov agenti tomonidan foizlar hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Toʻlov agenti kafillik badali sifatida pul mablagʻlarini bosh agent hisobvaragʻiga, subagent toʻlov agenti hisobvaragʻiga oʻzining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻidan oʻz vaqtida oʻtkazib berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Kafillik badalining foydalanilmay qolgan mablagʻlari bosh agentga yoki toʻlov agenti/subagentga tegishli shartnoma oʻz kuchini yoʻqotgan yoki bekor qilingan hollarda qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Bank hisovaraqlaridagi pul mablagʻlari hisobini yuritish va ularni ishlatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Bosh agent yoki toʻlov agenti/subagentning arizasiga asosan xizmat koʻrsatuvchi bank 22604 balans hisobvaragʻida “Mijozlarning boshqa depozitlari — Jamgʻarma — Maqsadli” maxsus hisobvaraq ochadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Maxsus hisobvaraq ochish uchun bosh agent yoki toʻlov agenti/subagent xizmat koʻrsatuvchi bankka pul tushumini inkassatsiya qilish toʻgʻrisidagi shartnomani taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Bosh agent yoki toʻlov agenti/subagentning maxsus hisobvaragʻi ular tomonidan naqd pul mablagʻlarini inkassatsiya xizmati orqali topshirish yoʻli bilan toʻldirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Bosh agent yoki toʻlov agenti/subagent inkassatsiya xaltalariga savdo tushumini solishda yuk xati va ilova qaydnomasining orqa tomoniga quyidagi yozuvni kiritadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bosh agent yoki toʻlov agenti/subagentning toʻlovchilardan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha naqd pul tushumi ____________ soʻmni tashkil etadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Bosh agent yoki toʻlov agenti/subagentining inkassatsiya qilingan tushumi 19903 — “Inkassatsiya qilingan pul tushumlari va cheklar” hisobvaragʻi orqali 22604 — “Mijozlarning boshqa depozitlari — Jamgʻarma — Maqsadli” hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi. Boshqa bank mijozining inkassatsiya qilingan naqd pul tushumini oʻtkazish uchun 29804 — “Boshqa banklar mijozlarining inkassatsiya qilingan pul tushumlari va cheklari” hisobvaragʻi ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Jismoniy shaxslarning bank plastik kartochkalaridan kelib tushgan mablagʻlarni kiritish uchun 555 bilan tugagan 29814 — “Mijozning hisobvaragʻiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan, terminallar orqali kelib tushgan tushumlar” hisobvaragʻi ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Banklar oʻz navbatida keyingi ish kunidan kechiktirmasdan 29804 yoki 29814 hisobvaraqlariga oʻtkazilgan mablagʻlarni bosh agent yoki toʻlov agenti/subagentning 22604 — “Mijozlarning boshqa depozitlari — Jamgʻarma — Maqsadli” hisobvaragʻiga memorial order bilan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Kafillik badalini toʻldirish bosh agent yoki toʻlov agenti/subagentning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻidan faqatgina 22604 maxsus hisobvaragʻidan oʻtkazilgan mablagʻ doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Xizmat koʻrsatuvchi banklar bosh agent yoki toʻlov agenti/subagentning maxsus hisobvaragʻiga faqatgina bosh agent va toʻlov agenti/subagent tomonidan toʻlovlarni amalga oshirish xizmatini koʻrsatish boʻyicha qabul qilingan naqd pul mablagʻlarining kiritilishini taʼminlashga javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Bosh agent har oyning oʻninchi sanasidan kechiktirmasdan Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalariga toʻlov agentlik tarmogʻi orqali amalga oshirilgan toʻlovlar toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Toʻlov agentlik tarmogʻini dasturiy va texnik taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Toʻlov agentlik tarmogʻi yetkazib beruvchining tizimiga ulanish va toʻlovchilarning toʻlovlari haqidagi maʼlumotlarni uzatish imkonini beruvchi dasturiy-apparat majmuidan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Toʻlov bosh agentning yetkazib beruvchi va bosh agent, bosh agent va toʻlov agenti, toʻlov agenti va subagent oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida belgilangan qoidalarga muvofiq umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmogʻidan foydalangan holda, toʻlovchilarning toʻlovlarini qabul qilish boʻyicha yetkazib beruvchi, bosh agent, toʻlov agenti/subagentning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Etkazib beruvchi va bosh agent dasturiy-apparat majmui orqali toʻlov agenti/subagentning toʻlovlari oʻtishida ishning uzluksizligi va barqarorligini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Dasturiy-apparat majmuida uzilishlar yoki ishlarning yomonlashuvi yuz bergan taqdirda, yetkazib beruvchi va bosh agent shartnomada belgilangan muddatda va shaklda bir-birlariga bu haqda xabar berishlari lozim. Bunday holatlar yuz berganda, bosh agent shartnomada belgilangan muddatda va shaklda toʻlov agenti/subagentni joriy nuqsonlar haqida xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Toʻlov agenti/subagent dasturiy-apparat majmuiga bosh agentning roziligisiz oʻzgartirishlar kiritishga va undan foydalanishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Qabul qilinayotgan toʻlovlarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida toʻlov agenti/subagent bosh agent tomonidan berilgan dasturiy-apparat majmuiga ulanish imkoniyatining har qanday vositalarini uchinchi shaxslarga taqdim etmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. Toʻlov agentlik tarmogʻining xavfsizligini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Bosh agent yoki toʻlov agenti/subagent, shuningdek, yetkazib beruvchining dasturiy-apparat majmuida xavfsizlik va axborot muhofazasini taʼminlash boʻyicha, shu jumladan, har qanday qurilmalarga ruxsatsiz kirish, ularga oʻzgartirish kiritish, ularning yoʻqolishi, yoʻq qilinishi va blokirovka qilinishining oldini oluvchi talablarni ishlab chiqishi va rioya etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Bosh agent yoki toʻlov agenti/subagent, shuningdek, yetkazib beruvchiga dasturiy-apparat majmuida xavfsizlik va axborot muhofazasini taʼminlashning qoʻshimcha vositalari va usullarini oʻrnatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Toʻlovchilardan toʻlovlarni qabul qilish xizmatini koʻrsatish boʻyicha faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar mazkur Nizom kuchga kirgandan keyin bir oy muddat ichida Markaziy bankda bosh agent sifatida roʻyxatdan oʻtishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Davlat soliq xizmati organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlov agentlik tarmogʻi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi va ular tomonidan naqd pul tushumini bank kassalariga inkassatsiya xizmati orqali topshirilishini monitoring qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari bosh agent, toʻlov agenti/subagentning faoliyatini tekshirish paytida toʻlovchilardan qabul qilingan naqd pul tushumini haqiqatda bank kassalariga topshirilgan naqd pul tushumi bilan solishtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Mazkur Nizomga muvofiq oʻz faoliyatini amalga oshiradigan tomonlar oʻrtasida yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 36-son, 398-modda)