28.10.1998 yildagi 456-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TEMIR YOʻLLARNI REKONSTRUKSIYA QILISH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl sektorida islohotlarni chuqurlashtirish va temir yoʻllarning eng ustuvor uchastkalarini rekonstruksiya qilish maqsadida, Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni mustahkamlashning muhimligini eʼtiborga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Osiyo taraqqiyot banki Direktorlar Kengashi “Temir yoʻllarni rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga oʻzgaruvchan stavka boʻyicha va qaytarish muddati 25 yil boʻlgan, shu jumladan, besh yil imtiyozli muddatga 70 mln AQSH dollari miqdorida qarz berilishini maʼqullaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Osiyo taraqqiyot bankining qarzini Qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq va Osiyo taraqqiyot banki bilan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi oʻrtasidagi Loyiha bitimi asosida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga qayta kreditlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz mablagʻlari, ular boʻyicha foizlar va vositachilik haqi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi hisobiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qarzni qaytarish jadvali ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnida berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Qarz bitimini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi oʻrtasidagi qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisiga “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi Loyiha bitimini imzolash vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Koʻrsatib oʻtilgan loyihani samarali amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi huzurida 6 kishidan iborat (yordamchi xodimlardan tashqari) Loyihani amalga oshirish guruhi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani amalga oshirish guruhi xarajatlari va uning faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash loyiha mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi Qarz bitimi boʻyicha yuridik xulosani ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va Osiyo taraqqiyot bankiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Qarz bitimiga va Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat aksiyadorlik kompaniyasi loyiha mablagʻlari hisobiga sotib olinadigan tovarlar, bajariladigan ishlar yoki koʻrsatiladigan xizmatlarga boj toʻlovlari toʻlashdan ozod qilinadi (bojxona rasmiylashtiruvi uchun boj yigʻimlaridan tashqari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy tashkilotlarning vakillariga “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat aksiyadorlik kompaniyasining buyurtmanomalariga koʻra haq undirmasdan vizalar, zarurat boʻlganda koʻp martalik vizalar berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining buyurtmanomalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyida roʻyxatdan oʻtkazganlik va roʻyxatdan oʻtkazish uzaytirilganligi uchun davlat boji toʻlashdan ozod qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari L.A. Axmetov va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 28-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
456-son