Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.01.2019 30.03.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2090
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.01.2019
Hujjat 28.08.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 30-martda 2090-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-sonli “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113, 04.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 42-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 3-oktabrdagi 229-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-4, 3.10.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 439-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni 10 kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) 2010-yil aprel-may oylarida notariuslar bilan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani qoʻllash masalalariga bagʻishlangan seminarlar oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur buyruq 2010-yil 1-iyundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur buyruq kuchga kirgan kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼatining 1997-yil 28-apreldagi 33/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi davlat notarial idoralarining notariuslari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida qoʻllanma” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir R. MUHITDINOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 30-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2010-yil 30-martdagi 64-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻRIQNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 42-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq davlat notarial idoralari notariuslari (bundan keyingi oʻrinlarda notariuslar deb yuritiladi) tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 3-oktabrdagi 229-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-4, 3.10.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 439-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining (bundan keyingi oʻrinlarda Qonun deb yuritiladi) 23-moddasiga muvofiq notariuslar quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vasiyatnomalarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnomalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlab qoʻyadi va taqiqni bekor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarning bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk ochiq savdoda sotib olinganligi haqida guvohnoma beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning arizalarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul toʻlash uchun cheklarni taqdim etadi va cheklar boʻyicha pul toʻlanmaganligini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro xatlarini yozadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veksellarning protestlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dengiz protestlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini hamda reyestrlardan koʻchirmalarni beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar qonunlarda nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(1-bandning yigirma toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qonunning 5-moddasiga asosan notarius oʻz faoliyatida mustaqil boʻlib, bu faoliyatni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Notariusning va amalga oshirilayotgan notarial harakatlardan xizmat vazifasini bajarish munosabati bilan xabardor boʻlib qolgan shaxslarning oʻzlariga maʼlum boʻlgan axborotlarni oshkor qilishi, shu jumladan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin ham oshkor qilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra bitim, ariza yoki boshqa hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganida, bitim, ariza yoki boshqa hujjatni uning topshirigʻiga koʻra imzolagan fuqaro, hujjatni tarjima qilib bergan tarjimon (surdo tarjimon) va boshqalar ham oʻzlariga maʼlum boʻlgan axborotlarni oshkor qilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (hujjatlar) bu harakatlar kimning nomidan yoki kimning topshirigʻi bilan amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning oʻzigagina berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (maʼlumotlar) sud, prokuratura, tergov organlarining talabiga binoan ular yuritayotgan ishlar munosabati bilan beriladi. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (maʼlumotlar) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etiladi. Fuqarolar mulkiga oʻtayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi maʼlumotnomalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda soliq organiga taqdim etiladi. Vasiyatnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar vasiyat qiluvchining vafotidan keyingina beriladi. Bitim predmeti boʻlgan obyektni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash yoki xatlov mavjud emasligi toʻgʻrisidagi kredit axboroti kredit byurosiga hamda bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyektini boshqa shaxsga oʻtkazishning taqiqlanmaganligi va mazkur koʻchmas mulk obyektining xatlanmaganligi toʻgʻrisidagi axborot rieltorlik tashkilotiga ularning soʻroviga koʻra taqdim etiladi. Hujjatlarni berish toʻgʻrisidagi talablar qaror yoki ajrim shaklida yoxud protsessual qonunlarda belgilangan boshqa tartibda rasmiylashtirilgan boʻlishi shart.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat notarial idorasidan talab qilib olingan hujjatlar albatta qaytarilishi shart.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiyatnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlar vasiyat qiluvchining vafotidan keyin vasiyat va qonun boʻyicha merosxoʻrlariga yoki ularning qonuniy vakillariga oʻlim haqidagi guvohnoma yoki oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirma taqdim etilganidan keyin beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan shaxslar amalga oshirilgan notarial harakatlarning maxfiyligini buzgan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qonunning 17-moddasiga muvofiq notarius quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga murojaat qilgan barcha shaxslar uchun Qonunda nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish, notarial harakatni amalga oshirish joyi qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan hollar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim va arizalarning loyihalarini tuzish, hujjatlarning nusxalarini va ulardan koʻchirmalarni tayyorlash, shuningdek notarial harakatlarning amalga oshirilishiga doir masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni talab qilib olish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlarni soʻrash hamda olish;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) muvofiq beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar nomidan tegishli davlat organlariga mol-mulkka boʻlgan huquqlarni va hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshirish uchun, shuningdek hujjatlarning chet elda amal qilishi uchun mazkur organlar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlarni olgan holda hujjatlarni legallashtirish uchun murojaat qilish.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) muvofiq oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qonunning 18-moddasiga muvofiq notariusning majburiyatlari quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarga oʻz huquqlarini amalga oshirishda va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda koʻmaklashish, ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlar taqdim etgan bitimlar loyihalarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirib berish, ushbu bitimlar mazmuni tomonlarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik jihatdan bexabarlik jismoniy va yuridik shaxslar zarariga foydalanilmasligi uchun amalga oshirilayotgan notarial harakatlarning oqibatlari haqida ularni ogohlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga mos kelmaydigan notarial harakatni amalga oshirishni rad etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial harakatlarni amalga oshirish vaqtida fuqarolar yoki mansabdor shaxslar tomonidan qonun hujjatlari buzilganligini aniqlagan taqdirda, zarur chora-tadbirlar koʻrilishi uchun tegishli tashkilotlarga yoki prokurorga bu haqda xabar qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda uch yilda kamida bir marta oʻz kasbiy malakasini oshirishi;
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 9-iyundagi 155-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-8, 09.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 24-son, 294-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda koʻchmas mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash va ijara haqining miqdori toʻgʻrisidagi, meros yoki hadya tartibida fuqarolar mulkiga oʻtayotgan mol-mulkning qiymati haqidagi maʼlumotnomalarni davlat soliq xizmati organiga taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud, prokuratura, tergov organlari talabiga binoan mazkur organlarning yurituvida boʻlgan ishlar bilan bogʻliq notarial harakatlarni amalga oshirganlik toʻgʻrisida maʼlumotnomalar (maʼlumotlar) berishi;
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) muvofiq yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim predmeti boʻlgan obyektni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash yoki xatlov mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni (maʼlumotlarni) kredit byurolarining soʻroviga koʻra taqdim etish;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 21-maydagi 113-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-5, 21.05.2012-y.) asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 239-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni (maʼlumotlarni) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius oʻziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni toʻliq va har tomonlama oʻrganishi, zarurat tugʻilganda ularni qayta tekshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qonunning 11-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Rasmiylashtirilgan hujjat matni fuqarolarning talabiga binoan notarius tomonidan rus tilida yoki imkon boʻlsa, boshqa maqbul tilda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar notarial harakat murojaat qilgan shaxs tushunmagan yoki yaxshi bilmagan tilda bajarilsa, unda hujjat matni notarius yoki murojaat qilgan shaxs tanigan tarjimon tomonidan ogʻzaki tarjima qilinishi mumkin. Bu haqda hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga kim tomonidan tarjima qilinganligi va matn mazmuni tushuntirilganligi haqida notarius tomonidan yozib qoʻyilishi, imzolanishi va muhr qoʻyilishi kerak. Bunday holda murojaat qilgan shaxs oʻzi biladigan tilda ismi, familiyasi, otasining ismini toʻliq yozib, imzo qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II-bob. Notarial harakatlarni amalga oshirishning umumiy qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Har bir fuqaro yoki yuridik shaxs notarial harakatlarni amalga oshirish uchun xohlagan notariusga murojaat qilishga haqlidir, Qonunning 37, 44, 51, 52, 59, 62, 63, 74, 82 va 93-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Notarial harakatlar davlat notarial idoralarining binolarida amalga oshiriladi. Fuqaro kasalligi, nogironligi tufayli yoki boshqa sabablarga koʻra davlat notarial idorasiga bora olmaydigan ayrim hollarda yoki yuridik shaxs tomonidan taklif qilinganda, notarial harakatlar davlat notarial idorasi binosidan tashqarida, yaʼni mazkur fuqaro yoki yuridik shaxs yoxud uning vakili joylashgan joyda amalga oshirilishi mumkin.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatlar davlat notarial idorasi binosidan tashqarida bajarilsa, hujjatning tasdiqlovchi yozuvida va notarial harakatlarni roʻyxatga olish reyestrida (bundan keyingi oʻrinlarda reyestr deb yuritiladi) notarial harakat amalga oshirilgan joyning manzili koʻrsatiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Notarial harakatlar haq toʻlanganidan soʻng zarur boʻlgan barcha hujjatlar taqdim etilgan kuni amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatni amalga oshirish qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilib olish yoki hujjatlarni ekspertizaga yuborish zarur boʻlganida kechiktirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatlarni amalga oshirish, basharti qonunga binoan manfaatdor shaxslardan ushbu harakatlarni amalga oshirishga eʼtiroz bor-yoʻqligini soʻrash zarur boʻlganda, kechiktirilishi mumkin. Notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish muddati bir oydan oshmasligi lozim. Notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxsning talabiga koʻra unga notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish haqidagi qaror beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manfaatdor shaxs tasdiqlashni soʻrayotgan huquq yoki fakt ustida daʼvolashish uchun sudga murojaat qilish istagidagi boshqa manfaatdor shaxsning arizasiga koʻra notarial harakatni amalga oshirish koʻpi bilan oʻn kun muddatga kechiktirilishi mumkin. Agar bu muddat ichida ariza tushganligi haqida suddan maʼlumot olinmasa, notarial harakat amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir manfaatdor shaxs tasdiqlashni soʻrayotgan huquq yoki fakt ustida daʼvolashayotgan boshqa manfaatdor shaxsdan ariza tushganligi toʻgʻrisida suddan maʼlumot olingan taqdirda notarial harakatni amalga oshirish mazkur ish sudda hal boʻlguniga qadar toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarida notarial harakatlarni amalga oshirishni kechiktirish va toʻxtatib turishning boshqa asoslari ham belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Notarius notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qiluvchilarning (ularning qonuniy vakillarining, shuningdek vasiy va homiylarining) va yuridik shaxs vakillarining shaxsini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qiluvchi fuqarolarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston fuqarolarining shaxsi — milliy pasport;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 yoshga toʻlmagan fuqarolarning shaxsi — tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilarning shaxsi — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qoʻmondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy fuqarolarning shaxsi — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy fuqarolar tegishli ichki ishlar organlari tomonidan roʻyxatga olinishi lozim) yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoxud diplomatik pasporti yoki Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroligi boʻlmagan shaxs uchun Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bitimlar tasdiqlab berilayotganida ularda ishtirok etayotgan fuqarolarning muomala layoqati belgilangan tartibda aniqlanadi va yuridik shaxslarning huquq layoqati tekshiriladi. Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda uning vakolati ham tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius tomonidan fuqarolarning muomala layoqati ular bilan shaxsiy muloqot davomida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yuridik shaxsning huquq layoqati u tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (bundan keyingi oʻrinlarda Fuqarolik kodeksi deb yuritiladi) 43-moddasiga muvofiq quyidagi hujjatlar yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari boʻlib hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼsis shartnomasi va ustav;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼsis shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsning huquq layoqatini, uning organlarining yoki vakillarining vakolatini tekshirishda, uning tashkiliy-huquqiy shakliga eʼtibor berish zarur.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) asosan ikkinchi — yettinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Notarial tasdiqlanadigan bitim, ariza va boshqa hujjatlar notarius ishtirokida imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi, savodsizligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra bitim, ariza yoki boshqa hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmasa, bitim, ariza yoki boshqa hujjatni uning topshirigʻiga koʻra uning oʻzi va notarius hozirligida boshqa fuqaro imzolashi mumkin, bunda notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga yozib qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaro savodsiz, koʻzi ojiz boʻlsa yoki qandaydir sabablar tufayli koʻzi yaxshi koʻra olmasa, shuningdek kasalligi tufayli bitim, ariza va boshqa hujjatlarni oʻqiy olmasa, notarius unga hujjat matnini ovoz chiqarib oʻqib beradi va bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir) boʻlgan shaxs murojaat qilsa hamda u savodsiz boʻlsa, notarial harakatni amalga oshirish paytida u bilan muomala qila oladigan va bitim, ariza yoki boshqa hujjatning mazmunini uning xohish-irodasiga muvofiq ekanligini oʻz imzosi bilan tasdiqlovchi surdo tarjimon hozir boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir) boʻlgan hamda muomala layoqatiga ega boʻlgan savodli fuqaro notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilsa, bitim, ariza yoki boshqa hujjat uning oʻzi tomonidan va surdo tarjimon tomonidan imzolanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir) boʻlgan, muomala layoqatiga ega boʻlgan, biroq surdo tarjimon bilan muloqot qila olmaydigan savodli fuqaro oʻz imzosi bilan bitim, ariza yoki boshqa hujjatning mazmunini oʻzining xohish-irodasiga muvofiq ekanligini notarius bilan yozma ravishda bildiradigan boʻlsa, notarial harakatlarni amalga oshirishda surdo tarjimonning ishtiroki shart emas. Ushbu yozishmalar bitim, ariza yoki boshqa hujjatlar bilan birga tikib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar notarius tegishli tillarni bilmasa, hujjat tarjimon tomonidan tarjima qilinadi va notarius uning hujjatga qoʻygan imzosining haqiqiyligini shahodatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius, basharti tegishli tillarni bilsa, bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimon yoki surdo tarjimon hujjat tarjimasini notoʻgʻri yoki yolgʻon tarjima qilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishlari haqida notarius tomonidan ogohlantiriladi va bu haqda hujjat matnida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qonunning 17-moddasiga muvofiq notarius jismoniy va yuridik shaxslardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni talab qilganda, notarius koʻrsatgan muddatda taqdim etilishi kerak. Bu muddat bir oydan koʻp boʻlmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlarni soʻrab olishga haqli.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151. Notarial harakatlarni amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlaridan davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda mavjud boʻlgan hujjatlarni va axborotlarni, shu jumladan soliq qarzdorligi yoki kommunal toʻlovlar boʻyicha qarzlarning mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarning, tadbirkorlik subyekti taʼsis hujjatlarining, litsenziyalar va ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarning nusxalari talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining notarial harakatlarni amalga oshirish yuzasidan murojaatlari mavjud boʻlganda notariuslar davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlarni va axborotlarni oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va axborotlar mavjud boʻlgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan davlat notarial idoralari ushbu hujjatlar va axborotlarni (arxiv maʼlumotnomalari bundan mustasno) idoralararo soʻrov olingan vaqtdan boshlab bir ish kuni mobaynida taqdim etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va axborotlarning ushbu hujjatlar va axborotlar mavjud boʻlgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan idoralararo soʻrov boʻyicha taqdim etilmasligi yoki oʻz vaqtida taqdim etilmasligi tadbirkorlik subyektiga davlat xizmati koʻrsatishni, xususan, notarial harakatni amalga oshirishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius notarial harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan shaxslarni idoralararo soʻrov orqali olingan hujjatlar va axborotlarning mazmuni haqida xabardor qilishi va bu haqda tasdiqlovchi yozuvda koʻrsatishi zarur.
(151-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Notariuslar oʻz nomiga va oʻz nomidan, xotini (eri) nomiga hamda uning nomidan, xotinining (erining) va oʻzining qarindosh-urugʻlari (ota-onasi, bolalari, nabiralari, tugʻishgan aka-uka va opa-singillari), ular bilan vasiylik va homiylik tufayli bogʻlangan shaxslar nomiga hamda ularning nomidan, shuningdek mazkur davlat notarial idorasining xodimlari nomiga va ularning nomidan notarial harakatlarni amalga oshirishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday hollarda notarial harakatlar boshqa davlat notarial idorasida amalga oshiriladi. Qonun hujjatlariga muvofiq notarial harakatlar muayyan davlat notarial idorasida bajarilishi kerak boʻlgan hollarda notarial harakatni amalga oshirish joyi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan keyingi oʻrinlarda hududiy adliya boshqarmalari deb yuritiladi) tomonidan belgilanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun hujjatlar quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qirib oʻchirilgan yoki qoʻshimchalar kiritilgan, soʻzlari ustidan chizilgan va izoh berilmagan boshqa tuzatishlari boʻlgan, shuningdek qalamda yozilgan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir necha varaqlarda bayon etilib, varaqlari raqamlanmagan va ip oʻtkazib tikilmagan hujjatlar, hujjatni bergan tashkilot mansabdor shaxsining imzosi va muhri boʻlmagan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faksimile imzo muhri qoʻyilgan hujjatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Notarial tasdiqlanadigan bitim, ariza va boshqa hujjatlarning matni aniq va ravshan yozilgan boʻlishi lozim, bitim, ariza va hujjatning mazmuniga taalluqli sana va muddatlar hech boʻlmaganda bir marta soʻz bilan, bitim, ariza va boshqa hujjatning matnida baholar koʻrsatilsa, raqam hamda soʻz bilan yozilishi, yuridik shaxslarning nomlari esa — ularning organlari joylashgan yerlarini (pochta manzilini) koʻrsatgan holda qisqartirishlarsiz yozilishi, zarur hollarda esa bankdagi hisob raqam va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (bundan keyingi oʻrinlarda STIR deb yuritiladi) koʻrsatilishi lozim. Fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) manzili toʻliq koʻrsatilgan holda yozilishi, notarial harakatlarni amalga oshirishda chet el fuqarolari qatnashayotgan boʻlsa, ularning fuqaroligi ham koʻrsatib oʻtilishi kerak.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Hujjatdagi qoʻshimcha va tuzatishlar tegishli shaxslarning (bitim ishtirokchilarining hamda bitimni, arizani va boshqa hujjatlarni imzolagan boshqa shaxslarning) imzosidan oldin izohlanishi va tasdiqlovchi yozuvning oxirida notariusning imzosidan oldin takroran izohlanishi, notariusning imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Tasdiqlovchi yozuvdagi tuzatishlar notariusning imzosidan oldin izohlanishi va imzosi hamda muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Bunda, tuzatishlar shunday qilinishi kerakki, oʻchirilgan barcha soʻzlarni va raqamlarni boshlangʻich matnda oʻqish imkoni boʻlishi lozim.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius tomonidan hujjatning nusxasini shahodatlantirishda, hujjat notoʻgʻri yoki imlo xatolari bilan yozilgan boʻlsa yoxud unda izoh berilmagan tuzatishlar mavjud boʻlsa yoki hujjatning rekvizitlari toʻliq yozilmagan boʻlsa, notarius murojaat qilgan shaxsga hujjatdagi kamchiliklarni tuzatib kelishni yoki hujjatni takroran olishni tavsiya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius oʻz tashabbusi bilan yoki manfaatdor shaxslarning iltimosiga koʻra notarial tasdiqlab berilgan hujjatga uning mohiyatini oʻzgartirmaydigan qoʻshimchalarni kiritishi yoki uning aniq arifmetik xatolarinigina tuzatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Murojaat qiluvchining iltimosiga koʻra hujjat loyihasi notarius tomonidan yoki notariusning topshirigʻi asosida yordamchisi va (yoki) stajori tomonidan ham tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Notarial tasdiqlanayotgan yoki shahodatlantirilayotgan bitim, ariza va boshqa hujjatlar bir necha alohida varaqlarda bayon etilgan taqdirda, ular ip oʻtkazib tikiladi, varaqlari esa raqamlanadi hamda notarial idoraning muhri qoʻyilgan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Merosga boʻlgan huquq, mulk huquqi tasdiqlanganda, fuqaroning tirik ekanligi va muayyan joyda ekanligi faktlari, fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligi tasdiqlanganda, saqlash uchun hujjatlar qabul qilib olinganida, koʻchmas mulkni ochiq savdoda sotib olinganida tegishli guvohnomalar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza bergan shaxsning iltimosiga koʻra ham unga arizaning topshirilganligi haqida guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Bitimlarni tasdiqlashda, hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini, hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini, hujjatlarning bir tildan boshqa tilga qilingan tarjimasi toʻgʻriligini tasdiqlashda, hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlashda tegishli hujjatlarga tasdiqlovchi yozuvlar yoziladi hamda notarius tomonidan imzolanib, muhr bosiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tasdiqlovchi yozuvning matni texnik vositalarda (kompyuterda yoki yozuv mashinkasida) oʻchirilmasdan aniq yozilishi shart. Ochiq joylarga chiziq tortib qoʻyilishi, yozuvlar va boshqa tuzatishlar ushbu Yoʻriqnomaning 19-bandi asosida izohlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlovchi yozuvlarini amalga oshirish uchun tegishli yozuv matni boʻlgan shtamplar ishlatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlovchi yozuv tegishli hujjatga sigʻmagan taqdirda, u hujjatga biriktirib qoʻyilgan alohida qogʻoz varagʻida davom ettirilishi yoki toʻla bayon etilishi mumkin. Bunda hujjat matni bayon etilgan varaqlar va tasdiqlovchi yozuv varaqlari ip oʻtkazib tikiladi, raqamlanadi va notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, muhr bosiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar reyestrda roʻyxatga olinadi. Reyestrdagi yozuvlar qalam bilan yozilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir notarial harakat alohida tartib raqami bilan roʻyxatga olinadi. Reyestrda qayd etilgan notarial harakat raqami notarius tomonidan tasdiqlanadigan yoki beriladigan hujjatning tasdiqlovchi yozuvda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrdagi tartib raqamlarining raqamlanishida xatolikka yoʻl qoʻyilsa, alohida maʼlumotnoma tuzgan holda, u notariusning imzosi va muhri bilan reyestrga yelimlanib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrdagi yozuvlarda xatolikka yoʻl qoʻyilganda mazkur Yoʻriqnomaning 19-bandiga rioya qilgan holda tuzatishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar nusxalarining toʻgʻriligi shahodatlantirilganda, hujjatning har bir nusxasiga alohida reyestr raqami beriladi. Tasdiqlovchi yozuvda raqamlar shu tartibda koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrning tartib raqamlari har bir kalendar yil boshida birinchi tartib raqamidan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrlar ip oʻtkazib tikilishi va ularning varaqlari raqamlanishi lozim. Varaqlarning soni hududiy adliya boshqarmalarining boshliqlari yoki ularning oʻrinbosarlaridan biri tomonidan imzolanadi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tasdiqlanib berilayotgan hujjat tegishli davlat boji toʻlanib, taraflar (taraf) tomonidan imzolanganidan soʻng notarius tomonidan imzolanib, muhr qoʻyiladi va reyestrda qayd etiladi. Reyestrga yozuvlar davlat notarial idorasining vakolat berilgan boshqa xodimi tomonidan ham kiritilishi mumkin. Hujjatni olayotgan shaxs reyestrga familiyasi, ismi va otasining ismini toʻliq yozadi va imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahodatlantirilib berilayotgan hujjat tegishli davlat boji toʻlanib, hujjat muayyan shaxs tomonidan imzolanganidan yoki hujjatning toʻgʻriligi tekshirilganidan soʻng notarius tomonidan imzolanib, muhr qoʻyiladi hamda notarius (notarial idoraning boshqa xodimi) tomonidan reyestrga qayd etiladi. Hujjatni olayotgan shaxs reyestrga familiyasi, ismi va otasining ismini toʻliq yozadi va imzo qoʻyadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ikki yoki undan ortiq notarius faoliyat koʻrsatayotgan davlat notarial idoralarida har bir notarius uchun alohida reyestr tutilishi kerak. Bunday hollarda har bir reyestrga mustaqil indeks beriladi. Hujjatlardagi reyestr raqamlari quyidagicha qoʻyiladi: 1-1, 1-2, 2-1-sonli va hokazo. Bunda birinchi raqam indeks raqamini, ikkinchisi esa yozuvning tartib raqamini bildiradi. Har bir reyestrning indeks raqami yil davomida oʻzgartirilmay saqlanadi.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatlarning muayyan turlarini qayd etish uchun mustaqil reyestrlar yuritilgan taqdirda har bir reyestrning indeksiga tegishli notarial harakat nomiga muvofiq harf qoʻshiladi. Masalan, 1-N, 2-N, 3-I, 4-M-sonli. Bunda birinchi va ikkinchi reyestrlar hujjatlarning nusxalari toʻgʻriligini shahodatlantiruvchi yozuvlarni, uchinchisi — ijro yozuvlarini, toʻrtinchisi esa merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomalarni qayd etish uchun tutilganligini bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday reyestrlarga yozilgan hujjatlarning tartib raqamlari quyidagi tarzda belgilanadi: 1-N-1, 1-N-2-sonli va hokazo; 2-N-1, 2-N-2-sonli va hokazo; 3-I-1, 3-I-2-sonli va hokazo; 4-M-1, 4-M-2, 4-M-3-sonli va hokazo.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Notariuslar Qonunning 6-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan jismoniy yoki yuridik shaxslarga ularning yozma arizasiga muvofiq hamda sud, prokuratura, tergov organlarining qaror yoki ajrim shaklida yoxud protsessual qonunlarda belgilangan boshqa tartibda rasmiylashtirilgan talabnomalariga asosan reyestrlardan koʻchirmalar (sud, prokuratura, tergov organlariga reyestrdan koʻchirmaning kseronusxasi) beradi. Reyestrlarning asl nusxalarini berish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Notarius tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan, nusxalari notarial idoraning yigʻmajildlarida saqlanayotgan hujjatlar yoʻqolgan taqdirda, nomidan yoxud topshirigʻiga binoan notarial harakatlar bajarilgan jismoniy va yuridik shaxslarning yoki ular qonuniy vakillarining yozma arizasiga koʻra yoʻqolgan hujjatlarning dublikatlari beriladi. Notarius Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaxslar tomonidan davlat notarial idoralariga yuborilgan vasiyatnomalardan ham ular yoʻqolgan taqdirda dublikatlar beradi.
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalardagi imzolar notarial tartibda shahodatlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillariga berilgan ishonchnomalar matnida hujjatning dublikatini olish vakolati koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjat dublikatida tasdiqlangan va berilgan asl hujjatning toʻliq matni boʻlishi shart. Hujjatlarning kseronusxalari uning asl (nusxasi) va dublikati oʻrnini bosa olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjat dublikatiga belgilangan shakldagi tasdiqlovchi yozuv qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan hujjatlarning dublikatlari jismoniy va yuridik shaxslarning merosxoʻrlaridan (huquqiy vorislaridan) biriga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiyatnomaning dublikati vasiyat qiluvchiga, u vafot etganidan keyin esa vasiyatnomada koʻrsatilgan yoki qonun boʻyicha merosxoʻrlarga yoxud ularning vakillariga vasiyat qiluvchining oʻlim haqidagi guvohnomasi taqdim etilganidan keyin beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiyatnomada koʻrsatilgan merosxoʻrlar vafot etgan taqdirda, vasiyatnomaning dublikati vasiyat qiluvchining va oʻzlaridan oldingi merosxoʻrning (merosxoʻrlarning) oʻlim haqidagi guvohnomasini (notarial tartibda tasdiqlangan guvohnoma nusxasini) yoxud oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirmani, zarur hollarda merosxoʻrlarning merosni qoldiruvchi bilan qarindoshlik munosabatlarini (agar bu hujjatlar ilgari taqdim etilmagan boʻlsa) tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan merosxoʻrlarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Notarial harakatlarni amalga oshirishga asos boʻlgan hujjatlar bitimning notarial idorada qoldiriladigan nusxasiga, merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomaga va boshqa notarial harakatlarda esa hujjatning nusxasiga notarial idora yigʻmajildlarida saqlanishi uchun qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillarining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nomi, uning raqami, berilgan sanasi va shu hujjatni bergan organning nomi reyestrga yozib qoʻyilgach, qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Quyidagi hollarda mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari davlat notarial idorasida qoldirilmaydi:
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar mulkdor oʻziga qarashli uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini toʻla tasarruf etmagan taqdirda, shuningdek mulkdorlar uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini (umumiy hujjat asosida tegishli boʻlgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini ulardan biri oʻziga tegishli ulushini yoki ulushidan bir qismini) tasarruf etish toʻgʻrisidagi bitimlar tasdiqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy ulushli mulk qatnashchilari oʻrtasida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining aniq qismini belgilash, oʻzgartirish yoki ular oʻrtasida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidan foydalanish tartibini belgilash toʻgʻrisidagi shartnomalar tasdiqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara shartnomalari tasdiqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov (ipoteka) shartnomalari tasdiqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) arizasiga koʻra umumiy mol-mulkdagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnoma berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnomalar berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning ustav fondiga (kapitaliga) koʻchmas mulk va avtomototransport kiritilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositalarini tasarruf etish shartnomalari tasdiqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkiy munosabatlar bilan bogʻliq boʻlgan qonun hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatni amalga oshirish uchun notarius tomonidan talab qilib olingan yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlarning, ular vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning (aniq bitimni tuzish uchun berilgan ishonchnomalardan tashqari) asl nusxalari notarial idorada olib qolinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarning nusxalari ularga notariusning “asliga toʻgʻri” degan ustxati yozilib, olib qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida keltirilgan hujjatlardagi maʼlumotlar bilan “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining yer maydoni yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlari oʻrtasida farq mavjud boʻlsa, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga huquq belgilovchi hujjatlar notarial idorada qoldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Taqdim etilgan hujjatning aynanligiga shubha tugʻilsa, notarius bu hujjatni olib qolib, uni ekspertizaga yuborishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius hujjatni ekspertizaga yuborish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va unda qaror chiqarilgan sana, qaror chiqargan notariusning familiyasi, ismi va otasining ismi, notarial idoraning nomi, hujjatning nomi, u kimning nomiga berilganligi, notarial harakatni amalga oshirish uchun hujjat kim tomonidan taqdim etilganligi (familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi va shaxsini tasdiqlovchi hujjat, yuridik shaxs boʻlsa uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi), hujjatni ekspertizaga yuborish zaruratini keltirib chiqargan holatlar, hujjat ekspertiza qilinishi uchun qayerga (qaysi ekspertiza muassasasiga) yuborilayotganligi va ekspertiza hal etishi uchun qoʻyilayotgan savollar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Notarius quyidagi hollarda notarial harakatni amalga oshirishni rad etadi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday harakatni amalga oshirish qonunga zid boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bu harakat boshqa notarius tomonidan amalga oshirilishi kerak boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muomalaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari boʻlmagan vakil notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladigan bitim uning ustavida yoki nizomida koʻrsatilgan maqsadlarga zid boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim qonun talablariga muvofiq boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq boʻlmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlarning qalbakilashtirilganligi yaqqol koʻrinib turgan boʻlsa yoki bunga shubha tugʻdiruvchi yetarli asoslarning mavjudligi, shuningdek murojaat etuvchi shaxs tomonidan uni identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan hujjatlar taqdim etilmaslik holatlari ham notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq emas deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatni amalga oshirish rad etilgan taqdirda notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida notarius murojaat qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmasdan qaror chiqaradi hamda notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxsga beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rad etish toʻgʻrisidagi qarorda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror chiqarilgan sana, qaror chiqargan notariusning familiyasi, ismi va otasining ismi, notarial idoraning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, turar joyi, agar yuridik shaxs boʻlsa, uning toʻliq nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) va STIRi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat qiluvchi qanday notarial harakatni amalga oshirishni soʻraganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial harakatni amalga oshirishni rad etishga sabab boʻlgan holatlar (qonun hujjatlariga asoslangan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyat qilish muddati va tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Notarius notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan stavkalar boʻyicha davlat boji undiradi.
(34-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius notarial harakatni amalga oshirish uchun oʻz ish joyidan boshqa joyga borganida manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaxslar uning haqiqatda qilingan transport xarajatlarining oʻrnini qoplaydi.
(34-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariusga murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan notarius oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq undiriladi.
(34-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Notarius yoʻl qoʻygan xatosi natijasida oʻzi amalga oshirgan notarial harakatning notoʻgʻriligini bilib qolgan taqdirda, u ana shu notarial harakatni belgilangan tartibda bekor qilish choralarini koʻrish uchun bu haqda prokurorga xabar qilishga majbur. Notarius prokurorni xabardor qilganligi toʻgʻrisida tegishli hududiy adliya boshqarmalarini xabardor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
351. Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirishda audio, video va foto qurilmalardan foydalanishlari mumkin. Notarial harakatlarni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxslar bu haqda ogohlantiriladi.
(351-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
352. Notariuslar notarial harakatlarni rasmiylashtirish jarayonida “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan (keyingi oʻrinlarda Tizim deb yuritiladi) foydalanadilar.

Tizim notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bogʻliq jarayonlarni avtomatlashtirish, koʻchmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanganligi yoki xatlanganligi boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan davlat xizmatlari koʻrsatishga moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
353. Tizim imkoniyatidan kelib chiqib, unga amalga oshirilgan notarial harakatlar, bitimlar bekor boʻlganligi yoki ularga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
354. Taqiq va xatlov bazasini yurituvchi davlat notarial idorasiga qonun hujjatlariga muvofiq mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash yoki xatlash hamda ularni olib tashlash huquqiga ega organlar va mansabdor shaxslar tomonidan mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash yoki xatlash yoxud uni bekor qilish haqida xabarlar belgilangan tartibda yuborilsa, ushbu xabarlarning davlat notarial idorasiga kelib tushgan aniq vaqti (soat, daqiqa) haqida Hujjatlarning kirim daftarida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning 31-moddasiga asosan manfaatdor shaxs tasdiqlashni soʻrayotgan huquq yoki fakt ustida daʼvolashish uchun sudga murojaat qilish istagidagi boshqa manfaatdor shaxsning arizasiga koʻra notarial harakatni amalga oshirish oʻn kun muddatga kechiktirilganda, ushbu muddat ichida mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash haqida notarius tomonidan Tizimga maʼlumot kiritiladi. Agar bu muddat ichida ariza tushganligi haqida suddan maʼlumot olinmasa, notarius tomonidan taqiq olib tashlanganligi haqida Tizimga maʼlumot kiritiladi va notarial harakat amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlangan yoki xatlangan mol-mulk haqidagi maʼlumotlar zudlik bilan Tizimga kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
355. Mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi haqidagi maʼlumot Tizim orqali tekshiriladi. Bunda, mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi haqidagi maʼlumotnoma chop etiladi va tegishli hujjatlar yigʻmajildi bilan birga tikiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxsning talabiga koʻra unga tegishli mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi haqida maʼlumotnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
356. Notarial tasdiqlangan ishonchnomaning bekor boʻlgan yoki boʻlmaganligi haqidagi maʼlumot Tizim orqali tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
357. Notariuslar tomonidan garov (ipoteka) shartnomalari rasmiylashtirilganda yoki taraflar oʻrtasida toʻlov majburiyatlarini kechiktirish sharti bilan mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni tasdiqlashda, ushbu shartnomalarni (bitimlarni) tasdiqlagan notarius tomonidan mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash haqidagi maʼlumotlar Tizimga kiritiladi.
(II bob Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 26-dekabrdagi 304-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-12, 26.12.2016-y.) asosan 352 — 357-bandlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 606-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III-bob. Notarial harakatlarning ayrim turlarini amalga oshirish qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Bitimni tasdiqlashning umumiy qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Notariuslar qonunga muvofiq notarial shaklda tasdiqlanishi majburiy qilib qoʻyilgan bitimlarni tasdiqlaydi. Tomonlarning xohishiga koʻra notarius boshqa bitimlarni ham tasdiqlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish va garovga (ipotekaga) qoʻyish toʻgʻrisidagi bitimlar boshqa shaxsga oʻtkazilayotgan yoki garovga (ipotekaga) qoʻyilayotgan mol-mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlar taqdim etilgan taqdirdagina tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimlarni tasdiqlashda hujjatlarning kseronusxasi uning asl nusxasi va dublikati oʻrnini bosa olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Notarius bitim ishtirokchisining muomala layoqatini aniqlash paytida shu bitim ishtirokchisining yoshini tasdiqlovchi hujjatni talab qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariusda bitim ishtirokchilaridan birining ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida oʻz xatti-harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydi yoki shu harakatlarni boshqara olmaydi deb yoxud spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik va psixotrop moddalarni isteʼmol qilishi oqibatida oʻz oilasini ogʻir moddiy ahvolga solib qoʻyadi deb hisoblash uchun asosi boʻlsada (shubha tugʻdirsada), ammo shu fuqaroning muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmasa, u bitimni tasdiqlashni kechiktiradi va sudning shu shaxsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topganligi toʻgʻrisidagi qarori bor-yoʻqligini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida qaror chiqaradi. Notarius ushbu qarordan norozi tomonning sudga murojaat qilish huquqini tushuntirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan boʻlsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishda muomala layoqati cheklangan shaxs homiysining roziligini talab etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar) uchun bitimlarni Fuqarolik kodeksi 29-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilganlardan tashqari, ularning nomidan faqat ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari tuzishi mumkin. Bunday bitimlarni tuzishda ota-onaning har ikkisining roziligi talab qilinadi.
(39-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan bitimlarni uning vasiysi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylikdagi shaxs nomidan hadya shartnomasi tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bu qoidalar ota-onalar (farzandlikka oluvchilar) tomonidan oʻzlarining voyaga yetmagan bolalariga vasiylik, homiylik qiluvchilar sifatida tuziladigan bitimlarga ham tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar, Fuqarolik kodeksi 27-moddasining ikkinchi qismida sanab oʻtilganlardan tashqari, bitimlarni oʻz ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan tuzadilar. Bunday bitimlarni tuzishda ota-onaning har ikkisining roziligi talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Homiylik sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqati cheklangan deb topilgan fuqaro bitimlarni homiyning roziligi bilangina amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiy va homiy, ularning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari vasiylik va homiylikdagi shaxs bilan bitimlar tuzishga, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs bilan vasiy yoki homiyning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari oʻrtasidagi sud ishlarini yuritishda vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning vakili boʻlishga haqli emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, homiylik va vasiylik qiluvchilar qandaydir sabablarga koʻra (xizmat safarida boʻlish, boshqa joyda yashashi va hokazo) bitimni tasdiqlashga rozilik bera olmasalar, bitim vasiylik va homiylik organi vakilining ishtirokida tasdiqlanishi mumkin. Bu holda Oʻzbekiston Respublikasi “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonunining 37-moddasi talablariga rioya etiladi.
(39-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimda voyaga yetmagan shaxs qatnashganda, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan ushbu voyaga yetmagan shaxsning rasmi yelimlab yopishtirilgan maʼlumotnoma talab etiladi. Ushbu maʼlumotnomadagi rasm ham fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Notarius bitimda ishtirok etayotgan yuridik shaxslarning huquq layoqatini tekshirish paytida yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari bilan tanishib chiqishi, shuningdek u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini hamda amalga oshirilayotgan notarial harakatlar ularning taʼsis hujjatlariga muvofiq yoki muvofiq emasligini tekshirishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 18-son, 201-modda) 19-moddasiga muvofiq tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlarida man etilmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga haqli. Yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari taʼsis hujjatlarida koʻrsatilmagan faoliyat turi bilan ham shugʻullanishi mumkin.
(40-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 21-maydagi 113-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-5, 21.05.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 239-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda, uning vakolati ham tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilning vakolati uning nomiga berilgan ishonchnoma va (yoki) vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo) bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimda yuridik shaxsning rahbari bevosita ishtirok etganda, bitimga yuridik shaxsning muhri ham qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius taʼsis hujjati boʻyicha bitimlar tuzish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxslarning rahbarlaridan bitimlar va boshqa harakatlarni bajarish uchun ishonchnoma talab qilmaydi. Bunday hollarda ularning mansab mavqeyini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakil tomonidan taqdim etilgan ishonchnoma shubha tugʻdirgan taqdirda, notarius uni tasdiqlagan tegishli mansabdor shaxs (tashkilot) orqali tegishli ravishda tekshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimni bekor qilish haqidagi bitim asosiy bitimga qoʻshib qoʻyiladigan alohida hujjat tuzish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bitim predmeti koʻchmas mulk boʻlib davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan taqdirda, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi toʻgʻrisidagi belgilangan namunadagi maʼlumotnomasi (bundan keyingi oʻrinlarda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining maʼlumotnomasi deb yuritiladi) talab qilinadi hamda Tizim orqali koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi tekshiriladi. Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, tegishli maʼlumotnoma notarius tomonidan idoralararo soʻrov orqali “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasidan olinadi.
(41-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 26-dekabrdagi 304-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-12, 26.12.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 606-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimni bekor qilish paytida, bu bitim tegishli “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasida qayd etilgan yoki qayd etilmaganligidan qatʼi nazar, notarius taraflarning oʻzaro xohish-irodasi (arizasi) asosida bitimni bekor qilish toʻgʻrisidagi alohida bitimni tasdiqlaydi. Arizalar reyestrda qayd etiladi. Agar bitimda bir taraf yoki ikkala taraf yuridik shaxs boʻlsa, bitimni bekor qilish vaqtida yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakliga qarab bitimni bekor qilish haqidagi qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyrugʻi va hokazo) va yozma xati olinadi. Bitimning barcha nusxalariga va reyestrga bitim bekor qilinganligi haqida yozib qoʻyiladi hamda unga notariusning imzosi va muhri qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mulk er-xotinning birgalikdagi mulki boʻlsa, notarius ulardan ikkinchisining (mulk oluvchining) bitimni bekor qilishga rozi ekanligi toʻgʻrisidagi (koʻchmas mulk boʻlgan holatda notarius yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan) arizasini talab qiladi.
(41-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius bitimni haqiqiy emas deb topganligi toʻgʻrisidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrimi (bundan keyingi oʻrinlarda sud hujjati deb yuritiladi)ni olgan taqdirda, bu haqda reyestrga va bitimning notarial idora yigʻmajildlarida saqlanadigan asl nusxasiga tegishli yozuv kiritadi, oʻz imzosi va muhrini qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius bitimni bekor qilish toʻgʻrisidagi alohida bitimni tasdiqlaganidan soʻng notarial idorada saqlanayotgan bitim predmetiga oid mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatning kseronusxasini qoldirib, asl nusxasini mulkdorga yoki uning merosxoʻrlariga yoxud vakillariga qaytarib beradi. Notarial idorada qolgan bitimning kseronusxasiga uning qaytarilganligi haqida hujjatni olgan shaxs imzo qoʻyadi. Bitimning asl nusxasi merosxoʻrlarga berilgan taqdirda, ularning merosxoʻr ekanligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar tekshiriladi va ularning kseronusxalari notarial idorada qoldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Bitimlar bekor qilingan vaqtda toʻlangan davlat boji qaytarilmaydi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Soliq kodeksi 342-moddasining birinchi qismi 1 va 2-bandlariga asosan davlat boji qonun hujjatlarida talab qilinganidan ortiqcha miqdorda toʻlanganida va notarial harakatlarni amalga oshirish rad etilgan vaqtda davlat boji qaytariladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlar, shuningdek ushbu bitimlarni bekor qilish toʻgʻrisidagi bitim shu mulk joylashgan joydagi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasiga yoki Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlariga (bundan keyingi oʻrinlarda DYHXX organlari deb yuritiladi) qayd etish uchun taqdim etilishi lozimligi haqida notarius tasdiqlovchi yozuvda taraflarga tushuntirganligi haqida koʻrsatib oʻtadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim qilingan bitimlarning loyihalari yoki notarial idorada tuziladigan bitim va arizalarning loyihalari qonun hujjatlariga zid boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimlarning matnida (tegishliligiga qarab):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u qanday bitim ekanligi (bitimning nomi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimni tasdiqlagan notarial idora joylashgan yerning (pochta manzilining) toʻliq nomi va notariusning ismi, familiyasi, otasining ismi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim imzolangan sana soʻzlar bilan qayd qilinishi, taraflarning familiyalari, ismlari va otalarining ismlari toʻliq yozilishi, doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) manzillari haqidagi, yuridik shaxslarning nomlari hech boʻlmaganda bir marotaba toʻliq yozilishi hamda ularning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi va joylashgan yerlari (pochta manzili), shuningdek STIRi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, taraflar qarindosh boʻlsa, ularning qarindoshlik darajasi;
(45-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim taraflaridan biri chet el fuqarosi boʻlsa, uning fuqaroligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim predmeti, uning tarkibi va tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim predmeti uni boshqa shaxsga oʻtkazuvchiga qaysi hujjatga asosan tegishli ekanligi va bu hujjatlarning kim tomonidan va qachon berilganligi yoki tasdiqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkka boʻlgan huquqni va u haqda tuziladigan bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat haqidagi maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim predmeti boshqa shaxsga oʻtkazilishi taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim predmetining inventar qiymati va taraflar tomonidan kelishilgan baho;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim predmeti uchun haq toʻlashning shakli va zarur hollarda muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim predmetiga nisbatan uni oluvchida mulk huquqining vujudga kelishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim predmetiga nisbatan majburiyatlarni oluvchiga oʻtishi yoki boshqa holatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflarning oʻzaro kelishuviga koʻra qonun hujjatlariga zid kelmaydigan huquq va majburiyatlarining oʻtishi haqidagi boshqa shartlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim predmeti uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boʻlganida, mazkur uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) shaxslarning roʻyxatini koʻrsatgan holda, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidan foydalanish yoki roʻyxatdan oʻchish muddati;
(45-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimda yuridik shaxsning rahbari ishtirok etsa, bitimga yuridik shaxsning muhri qoʻyilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er-xotinning mulkni nikohga qadar olganligini aniqlashda nikohning qachon va qaysi FHDY boʻlimida qayd etilganligi haqidagi yozuv;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim predmetiga nisbatan mulk huquqining oʻtishi munosabati bilan qonun hujjatlari talablari tushuntirilganligi, bitim necha nusxada tuzilib imzolanganligi va mulkka nisbatan mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozimligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimning mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan tushuntirilganligi va taraflarning asl maqsadiga muvofiq kelishi oʻz aksini topishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimning barcha nusxalarini taraflar (ularning qonuniy vakillari, vasiy yoki homiylari) familiyalari, ismlari va otalarining ismlarini toʻliq yozib shaxsan imzolaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimning barcha nusxalariga notarius tegishli tasdiqlovchi yozuvni yozib, reyestrga qayd qilingan tartib raqamini, undirilgan davlat boji miqdorini koʻrsatib imzolaydi va muhrini qoʻyadi.
(45-bandning yigirma ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial tartibda tasdiqlanadigan bitim mazmuni bayon etilgan hujjat nusxalarining soni notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxslar tomonidan belgilanadi, lekin u bitimda qatnashuvchi tomonlar miqdoridan oshib ketmasligi kerak, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Koʻchmas mulklarni boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Koʻchmas mulklarni boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlar yozma ravishda taraflar tomonidan imzolangan bitta hujjat tuzish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Fuqarolik kodeksining 110-moddasiga muvofiq koʻchmas mulklarni boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq quyidagi bitimlar notarial tasdiqlanishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonani sotish shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulkni hadya qilish shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
renta shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umrbod taʼminlash sharti bilan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga berish shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlarda nazarda tutilgan boshqa bitimlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Koʻchmas mulklarni boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitim matnida mazkur Yoʻriqnomaning 45-bandiga qoʻshimcha tarzda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk boshqa shaxsga oʻtkazilganda, u joylashgan yer uchastkasining foydalanish maydoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma boʻyicha sotib oluvchiga topshirilishi lozim boʻlgan koʻchmas mulkni aniq belgilash imkonini beradigan maʼlumotlar, shu jumladan koʻchmas mulk tegishli yer uchastkasida yoki boshqa koʻchmas mulkning tarkibida qanday joylashganligini belgilash imkonini beradigan maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa shaxsga oʻtkazilayotgan koʻchmas mulkning bahosi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
491. Diplomatik vakolatxonani va vakolatxona boshligʻi qarorgohini joylashtirish uchun koʻchmas mulkni sotib olish haqidagi bitimlarni tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 9-son, 47-modda) muvofiq diplomatik vakolatxona koʻchmas mulkni sotib olish niyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini oldindan xabardor qilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi.
(491-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 3-oktabrdagi 229-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-4, 3.10.2011-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 439-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Koʻchmas mulklarni boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimni tasdiqlashda mazkur Yoʻriqnomaning 21 — 7-paragraflarida koʻrsatilgan qoidalarga amal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Yoʻriqnomaning 532, 74, 78 va 80-bandlari talablari koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda tasdiqlashga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (roʻyxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-§. Koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
501. Koʻchmas mulklarni oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini tasdiqlash Toshkent shahrida — 2017-yil 1-iyuldan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — 2018-yil 1-iyuldan eʼtiboran Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda notarial tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom hamda mazkur paragrafda belgilangan qoidalar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
502. Koʻchmas mulklarni oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini tasdiqlash uchun ariza beruvchi davlat notarial idorasiga Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida shaxsiy kabinet orqali elektron arizani bevosita toʻldirish yoʻli bilan yoki elektron arizani toʻldirish uchun koʻchmas mulkning kadastr yigʻmajildi, pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat bilan notarial idoraga oʻzi kelib murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi davlat notarial idorasiga oʻzi kelib murojaat qilganda, elektron ariza uning nomidan notarial idoraning xodimi tomonidan toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
503. Elektron ariza toʻldirilgandan keyin soliqlar, kommunal xizmatlar (gaz taʼminoti, sovuq suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarish, issiqlik taʼminoti (markaziy isitish va issiq suv taʼminoti) boʻyicha xizmatlar) va elektr energiyasi boʻyicha qarzdorlik, koʻchmas mulkka nisbatan taqiq va xatlash mavjudligi Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yoki Tizimda idoralararo elektron hamkorlik orqali avtomatik tarzda tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar, kommunal xizmatlar va elektr energiyasi boʻyicha qarzdorlik yoki koʻchmas mulkka nisbatan taqiq va xatlash mavjudligi aniqlansa, ariza beruvchiga qarzdorlik bartaraf etilganidan yoki taqiq va xatlash olib tashlanganidan keyin bitimni notarial tasdiqlash uchun murojaat qilish huquqi borligi tushuntiriladi va uning talabiga koʻra yozma bildirishnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ariza beruvchiga soliqlar, kommunal xizmatlar yoki elektr energiyasi boʻyicha aniqlangan qarzdorlikni notarial idorada, shu jumladan elektron toʻlov tizimlari orqali toʻlashi mumkinligi tushuntiriladi. Ariza beruvchi tomonidan amalga oshirilgan toʻlovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tezkorlik bilan Tizimda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
504. Soliqlar, kommunal xizmatlar (gaz taʼminoti, sovuq suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarish, issiqlik taʼminoti (markaziy isitish va issiq suv taʼminoti) boʻyicha xizmatlar) va elektr energiyasi boʻyicha qarzdorlik yoki koʻchmas mulkka nisbatan taqiq va xatlash mavjud boʻlmasa elektron arizaga noyob raqam beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial idorada Tizim orqali toʻldirilgan elektron arizaga noyob raqam berilganda elektron ariza toʻldirilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlov undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron arizaga noyob raqam berilgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida taraflar ushbu Yoʻriqnomaning 508-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etgandan soʻng bitim notarial tartibda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
505. Elektron arizaga noyob raqam Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olingan kundan boshlab 10 kalendar kun ichida ariza beruvchi notarial idoraga kelishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
506. Ariza beruvchi bitimni notarial tasdiqlash uchun elektron arizaga noyob raqam berilgan vaqtdan boshlab 10 kalendar kun ichida notarial idoraga keladigan kun va qulay vaqtni belgilagan holda notarius qabuliga oldindan yozilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchining xohishiga koʻra elektron arizaning noyob raqamini, notarial idoraga kelinadigan kun va vaqtni, notarial idoraning notariusi familiyasi, ismi va otasining ismini koʻrsatgan holda notarius qabuliga oldindan yozilganligi haqida unga yozma shaklda bildirishnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin notarial idoraga murojaat etilsa, elektron arizani toʻldirish qayta amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
507. Notariusga noyob raqam berilgan elektron ariza qogʻoz yoki elektron shaklda taqdim etilgan taqdirda, undagi maʼlumotlarning aktualligi notarius tomonidan Tizim orqali avtomatik tarzda tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qogʻozda chop etilgan elektron ariza unda koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlagan holda ariza beruvchi tomonidan imzolanadi va bitim boʻyicha hujjatlar bilan birga qoʻshib tikiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
508. Bitimni notarial tasdiqlash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noyob raqam berilgan elektron arizaning qogʻoz yoki elektron shakldagi nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport yoki bitim taraflarining shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat bilan birgalikda koʻchmas mulkning kadastr yigʻmajildi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishda — koʻchmas mulkni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslarning notarial tasdiqlangan roziligi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy organlaridan (Toshkent shahrida — “Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va maʼlumotlar berish markazi” davlat unitar korxonasidan) olingan xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
(508-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-iyundagi 149-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-14, 22.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 566-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar koʻchmas mulk birgalikdagi nikoh davomida orttirilgan boʻlsa — erning (xotinning) notarial tasdiqlangan roziligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar koʻchmas mulkning qurilishi tugallanmagan boʻlsa — mahalliy davlat hokimiyati organining qarori va yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar koʻchmas mulk garovga qoʻyilgan boʻlsa — garovga oluvchining roziligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar vasiylikdagi (homiylikdagi) shaxs nomidan vasiy (homiy) shartnoma tuzsa — vasiylik va homiylik organining roziligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxs vakolatli organining qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuvchi kengashning qarori, buyruq va hokazolar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, shuningdek doimiy propiskaga ega shaxslar yoki vaqtinchalik hisobda turuvchi (vaqtincha propiska qilingan) shaxslarning pasportiga oid maʼlumotlarni notariuslar idoralararo elektron hamkorlik orqali mustaqil oladilar.
(21-paragraf Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (roʻyxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrugʻiga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-§. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
509. Toshkent shahrida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boʻyicha oldi-sotdi, ayirboshlash, renta, umrbod taʼminlash sharti bilan oʻzgaga berish va hadya shartnomalarini, shuningdek Toshkent shahridagi turar joy yoxud turar joy boʻlmagan bino shaklidagi koʻchmas mulkni garovga (ipotekaga) qoʻyish, koʻchmas mulkdan (koʻchmas mulkning bir qismidan) voz kechish va koʻchmas mulkni oʻzgaga berishning boshqa usullarini notarial tasdiqlash, agar sotib oluvchi tomon Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega boʻlgan jismoniy shaxs hisoblansa (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlsa) amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxsning pasportida “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan Roʻyxatning (keyingi oʻrinlarda Roʻyxat deb yuritiladi) 2, 5, 9 — 11-bandlari asosida yoki Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi 41-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish toʻgʻrisidagi nizomning ilovasidagi Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinish huquqiga ega boʻlgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari roʻyxatining (keyingi oʻrinlarda Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari roʻyxati deb yuritiladi) 2, 3 va 6-bandlari asosida qoʻyilgan doimiy propiska shtampi mavjud boʻlsa, notarius ichki ishlar organining doimiy propiska borligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini talab qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda notarius:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatning 2 va 5-bandlari yoki Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari roʻyxatining 2 va 3-bandlari asosida shaxsning pasportiga doimiy propiska shtampi qoʻyilganligiga uch yil toʻlganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatning 9 — 11-bandlari yoki Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari roʻyxatining 6-bandi asosida doimiy propiska qilingan shaxslar bitim rasmiylashtirilgan kunga qadar Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarorining 1-ilovasida koʻrsatilgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlarining maʼlumotnomalari asosida uch yil davomida lavozimda boʻlganligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5010. Toshkent viloyatida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boʻyicha oldi-sotdi, ayirboshlash, renta, umrbod taʼminlash sharti bilan oʻzgaga berish va hadya shartnomalarini, shuningdek Toshkent viloyatidagi turar joy yoxud turar joy boʻlmagan bino shaklidagi koʻchmas mulkni garovga (ipotekaga) qoʻyish, koʻchmas mulkdan (koʻchmas mulkning bir qismidan) voz kechish va koʻchmas mulkni oʻzgaga berishning boshqa usullarini notarial tasdiqlash, agar sotib oluvchi tomon Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlgan jismoniy shaxs hisoblansa (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlsa) amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxsning pasportida Roʻyxatning 2, 5, 9 — 11-bandlari asosida yoki chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari roʻyxatining 2, 3 va 6-bandlari asosida qoʻyilgan doimiy propiska shtampi mavjud boʻlsa, notarius ichki ishlar organining doimiy propiska borligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini talab qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda notarius:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatning 2 va 5-bandlari yoki Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari roʻyxatining 2 va 3-bandlari asosida shaxsning pasportiga doimiy propiska shtampi qoʻyilganligiga uch yil toʻlganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatning 9 — 11-bandlari yoki Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari roʻyxatining 6-bandi asosida doimiy propiska qilingan shaxslar bitim rasmiylashtirilgan kunga qadar Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarorining 1-ilovasida koʻrsatilgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlarining maʼlumotnomalari asosida uch yil davomida lavozimda boʻlganligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5011. Roʻyxatning 8-bandida nazarda tutilgan fuqarolar, yaʼni ilgari Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan — oʻqishni, ishni, uzoq muddatli xizmat safarini tugatganidan, shuningdek ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilganidan keyin doimiy yashash uchun tegishincha Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga qaytib kelgan fuqarolar uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotib olish maqsadida notariusga murojaat qilganda, notarius ichki ishlar organlarining doimiy propiska qilish huquqi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini talab qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu maʼlumotnoma notarial idoraga ichki ishlar organlarining rasmiy aloqa yoʻllari orqali kelib tushgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5012. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlmagan jismoniy shaxs tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan koʻchmas mulkni sotib olish bitimlarini notarial tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan qiymati eng kam oylik ish haqining 2500 baravaridan kam boʻlmagan yangi qurilgan koʻchmas mol-mulkni hisob-kitobni bank hisobvaraqlari orqali amalga oshirgan holda sotib olganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan shartnoma tuzilgan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha qiymati 150 ming AQSh dollaridan kam boʻlmagan yangi qurilgan koʻchmas mol-mulkni hisob-kitobni bank hisobvaraqlari orqali Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida sotib olganda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yangi qurilgan koʻchmas mol-mulk deganda mulk huquqi tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan binoni, inshootni, turar joyni foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori qabul qilingan paytdan eʼtiboran uch yil oʻtmagan mol-mulk tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5013. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlmagan jismoniy shaxs tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan yangi qurilgan koʻchmas mulkni sotib olish bitimlarini tasdiqlashda, quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan qiymati eng kam oylik ish haqining 2500 baravaridan kam boʻlmagan koʻchmas mulk uchun pul mablagʻlarini sotuvchining bank hisobvaragʻiga oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat, agar ushbu koʻchmas mulk bank krediti hisobiga sotib olinganda kredit shartnomasi, bundan koʻchmas mulk toʻlov majburiyati kechiktirilgan holda sotib olingan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan qiymati shartnoma tuzilgan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha 150 ming AQSh dollaridan kam boʻlmagan koʻchmas mulk uchun xorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli bankiga sotganligi haqidagi hamda ushbu xorijiy valyutani sotish orqali olingan milliy valyutadagi pul mablagʻlari sotuvchining bank hisobvaragʻiga oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5014. Mazkur Yoʻriqnomaning 5013-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan bitimlar taraflar oʻrtasida toʻlov majburiyatlarini kechiktirish sharti bilan tuzilgan taqdirda, ushbu bitimlarni tasdiqlagan notarius tomonidan mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash haqidagi maʼlumotlar Tizimga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishga qoʻyilgan taqiq koʻchmas mulk uchun shartnomada nazarda tutilgan pul mablagʻlari sotuvchining bank hisobvaragʻiga toʻliq oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda bekor qilinadi.
(22-paragraf Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-avgustdagi 250-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-15, 22.08.2017-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 900-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimlar mulk joylashgan hududdagi notarial idorada tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni notarial tasdiqlashda notariuslar bu mulklar mulkdorga tegishliligini tekshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boshqa shaxsga oʻtkazilayotganda, mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat boʻlib quyidagilardan biri boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umrbod taʼminlash sharti bilan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga berish, oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya toʻgʻrisidagi notarial tasdiqlangan shartnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial tasdiqlangan lizing shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga renta toʻlovi sharti bilan oʻtkazilishi nazarda tutilgan notarial tasdiqlangan renta shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushiga mulk huquqi toʻgʻrisida berilgan guvohnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud qarori (hal qiluv qarori, ajrim va boshqalar) yoki davlat ijrochisining qarori yoxud davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan undiruvchi va qarzdor oʻrtasida tuzilgan bino va inshootni berish dalolatnomasi;
(53-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-iyundagi 149-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-14, 22.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 566-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi auksionda sotib olinganligini tasdiqlovchi auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boʻlinganligi toʻgʻrisidagi bitim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organining qurilishi tugallangan binoni, inshootni, uyni foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilayotgan yuridik shaxsga tegishli boʻlgan mol-mulkni uning muassislari (ishtirokchilari) oʻrtasida taqsimlash (boʻlish) toʻgʻrisidagi notarial tasdiqlangan kelishuv;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini ochiq savdoda sotib olinganligi toʻgʻrisida guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa hujjatlar.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
531. Oʻzbekiston SSRning qonun hujjatlari amal qilgan davrda bunyod etilgan binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati organlarining kapital qurilish va keyinchalik foydalanish uchun yer uchastkalarini muddatsiz foydalanishga berish toʻgʻrisidagi qarorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlarning binolar va inshootlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatlari, qarorlari, farmoyishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial tasdiqlangan: oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, mulkni boʻlish, koʻchmas mulkni umrbod taʼminlash sharti bilan boshqaga oʻtkazish shartnomalari; imorat solish toʻgʻrisidagi, shaxsiy mulk huquqida uylarni qurish uchun yer uchastkalari berish toʻgʻrisidagi, yakka tartibdagi imorat soluvchilar uy-joy qurilishi jamoalariga uylarni qurish uchun yer uchastkalari berish toʻgʻrisidagi, er-xotin oʻrtasida uylarni boʻlish toʻgʻrisidagi shartnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar va tuman Xalq deputatlari kengashlari ijroiya qoʻmitalarining imoratlarga boʻlgan mulk huquqini tan olish (mavjud hujjatlar asosida) toʻgʻrisidagi qarorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy mulk boʻlgan imoratning tegishli ulushiga boʻlgan meros qilib olish huquqi toʻgʻrisidagi va mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomalar hamda uy kimoshdi savdosida xarid qilinganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari va ajrimlari yoki hakamlik sudining qarorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inventarizatsiya-texnik materiallar, agar ularning matnida toʻgʻri rasmiylashtirilgan, uyga mulk huquqini belgilovchi hujjatga aniq ishora boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomalarning dublikatlari, nusxalari yoki oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, renta, umrbod taʼminlash sharti bilan boshqaga oʻtkazish bitimlari amalga oshirilganligi toʻgʻrisida, shuningdek meros qilib olish toʻgʻrisida guvohnoma hamda binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqining boshqaga oʻtganligini belgilovchi boshqa notarial hujjatlar berilganligi haqidagi notarial idoralarning reyestrlaridan koʻchirmalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
532. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boshqa shaxsga oʻtkazilayotganda, mazkur Yoʻriqnomaning 53 va 531-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga quyidagi hujjatlar ham taqdim etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati aʼzolari tomonidan umumiy xarajatlarni qoplash uchun toʻlanadigan majburiy badallar, telefon aloqasi xizmati uchun toʻlovlar boʻyicha qarzi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar. Ushbu maʼlumotnomalar Toshkent shahrida — 2017-yil 1-iyuldan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — 2018-yil 1-iyuldan eʼtiboran talab etilmaydi;
(532-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (roʻyxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xizmatlar (gaz taʼminoti, sovuq suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarish, issiqlik taʼminoti (markaziy isitish va issiq suv taʼminoti) boʻyicha xizmatlar) va elektr energiyasi uchun toʻlanadigan majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (jismoniy shaxslarga tegishli uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi uchun);
(532-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (roʻyxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi oʻzgartirilganda, qayta qurilganda yoki buzilganda mahalliy davlat hokimiyati organining bu haqdagi qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar, inshootlar va koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining maʼlumotnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar boʻyicha budjet oldida qarzi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi davlat soliq xizmati organining maʼlumotnomasi (bundan keyingi oʻrinlarda davlat soliq xizmati organining maʼlumotnomasi deb yuritiladi);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy propiska qilingan shaxslar haqida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan berilgan maʼlumotnoma;.
(532-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (roʻyxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi garovga qoʻyilgan boʻlsa, garovga oluvchining roziligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi — toʻrtinchi va oltinchi — sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan maʼlumotnomalar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.
(531-532-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan yer uchastkasining yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining haqiqiy maydoni mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatda koʻrsatilganidan koʻp boʻlsa, shuningdek uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining mulkdori ustki qavat qurgan, qoʻshimcha imorat qurgan yoki yashash xonasi boʻlmagan qismini qayta taʼmirlab, yashash xonasiga oʻzgartirgan boʻlsa yoki boshqacha tarzda oʻzgartirgan boʻlsa, notarius tuman (shahar) hokimining bu oʻzgarishlar toʻgʻrisida qarori va uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi toʻgʻrisidagi qarorini taqdim etishni talab qiladi. Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, tuman (shahar) hokimining qarori notarius tomonidan tegishli tuman (shahar) hokimligidan idoralararo soʻrov orqali olinadi. Tuman (shahar) hokimining bunday qarori boʻlmaganda, yer uchastkasining maydoni yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining maydoni mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat boʻyicha koʻrsatiladi.
(54-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan yer uchastkasining yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining haqiqiy maydoni mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatda koʻrsatilganidan kam boʻlsa, boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimda ularning maydoni “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining maʼlumotnomasi boʻyicha koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Agar uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi taraflar oʻrtasidagi toʻlov majburiyatlarini keyinchalik, yaʼni bitimda koʻrsatilgan maʼlum muddatda amalga oshirish sharti bilan boshqa shaxsga oʻtkazilganda, notarius tomonidan taraflar oʻrtasidagi toʻlov va boshqa majburiyatlar amalga oshirilgunga qadar bitimda koʻrsatilgan muddatga uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazishga taqiq qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining maʼlumotnomasida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi koʻrsatilganligidan qatʼi nazar, bu haqdagi maʼlumot Tizim orqali tekshirilishi lozim.
(56-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 26-dekabrdagi 304-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-12, 26.12.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 606-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqiq va xatlov mavjud boʻlgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitim taqiq va xatlov olib tashlangandan keyin tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqiq mavjud boʻlgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitim faqat kreditor bilan oluvchi shaxs qarzni oluvchining hisobiga oʻtkazishga rozi boʻlgan taqdirda tasdiqlanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini oluvchi taraf xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar boʻlganda, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni notarial tasdiqlash mazkur Yoʻriqnomaning 53, 531 va 532-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar bilan bir qatorda ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan yashash guvohnomasi taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
571. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan koʻchmas mulkni boshqa shaxslarga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni notarial tasdiqlashda mazkur Yoʻriqnomaning 3-bob 3-paragrafida koʻrsatilgan qoidalarga ham amal qilinadi.
(571-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-avgustdagi 250-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-15, 22.08.2017-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 900-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-avgustdagi 250-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-15, 22.08.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 900-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(581-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-avgustdagi 250-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-15, 22.08.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 900-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(582-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-avgustdagi 250-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-15, 22.08.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 900-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Er (xotin)ning umumiy birgalikdagi mulki boʻlgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitim tuzish uchun xotinning (erning) uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazishga notarius yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan yozma roziligi olinishi lozim.
(59-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazayotgan fuqaro eri yoki xotini yoʻqligi (beva ekanligi yoki boʻydoq) haqida yozma ariza taqdim etganda, notarius bitimning ikkinchi tarafini bu haqda tanishtiradi. U esa bu hol unga maʼlum ekanligini tasdiqlab, arizaga familiyasi, ismi, otasining ismini toʻliq yozib, imzo qoʻyadi. Ushbu holatni aniqlash uchun notariusga fuqaroning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlari, nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma yoki oʻlim haqidagi guvohnoma va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma yoxud bular haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan koʻchirmalar asos boʻladi. Ushbu ariza uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazayotgan fuqaroning shaxsan oʻzi tomonidan beriladi, bitim vakil orqali tuzilgan taqdirda esa u tomonidan ishonchnoma beruvchining eri yoki xotini yoʻqligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan holda vakildan bunday ariza olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Er (xotin)ni bedarak yoʻqolgan deb topish toʻgʻrisida sud hujjati mavjud boʻlgan hollarda notarius bitimni tasdiqlashi mumkin. Bu holda notarius Fuqarolik kodeksining 35-moddasi mazmunini bitim matnida koʻrsatib oʻtishi va taraflarga tushuntirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan, meros tariqasida yoki hadya shartnomasi boʻyicha olingan, shuningdek nikoh davomida sotib olingan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan boʻlsa yoki er-xotin oʻrtasidagi mulkni boʻlish toʻgʻrisidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud boʻlsa, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimni tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Fuqarolik kodeksining 224-moddasiga muvofiq agar umumiy ulushli mulk ishtirokchisi uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining oʻziga tegishli boʻlgan ulushini boshqa shaxsga sotayotgan boʻlsa, umumiy ulushli mulkning qolgan ishtirokchilarining hammasiga imtiyozli sotib olish huquqiga ega ekanliklarini yozma ravishda bildirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Agar umumiy ulushli mulk boʻlgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi ishtirokchilaridan biri oʻz ulushini boshqa shaxsga sotayotgan yoki boshqacha tarzda haq evaziga boshqa shaxsga berayotgan boʻlsa, notarius sotuvchining yoki boshqa shaxsga boshqacha tarzda haq evaziga beruvchi ushbu niyati haqida boshqa qolgan mulkdorlarni oʻz ulushini boshqa shaxsga haq evaziga oʻtkazayotganligi toʻgʻrisida, ulushning narxini va sotishning boshqa shartlari toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilganligiga ishonch hosil qilmogʻi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qolgan mulkdorlar imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechsalar yoki bu huquqni xabar qilingan kundan eʼtiboran bir oy davomida amalga oshirmasalar, sotuvchi oʻz ulushini har qanday shaxsga sotishga haqli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Umumiy ulushli mulk ishtirokchilarining uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining sotilayotgan ulushini (bu ulushni sotish bahosini va boshqa shartlarini koʻrsatilgan holda) imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechish toʻgʻrisidagi arizalari umumiy ulushli mulkning boshqa mulkdorlari xabardor qilinganining isboti boʻla oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy ulushli mulk ishtirokchilari imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechish toʻgʻrisidagi arizalaridagi imzolarining haqiqiyligi notariuslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantiriladi.
(64-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy ulushli mulk ishtirokchilarining umumiy ulushli mulkdagi sotilayotgan ulushni imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechish haqidagi arizasi mazmunida ulush sotilayotgani, ulushning narxi va boshqa shartlaridan xabardor ekanliklari koʻrsatilishi shart. Umumiy ulushli mulkning qolgan mulkdorlari umumiy ulushli mulkdagi ulushni oldi-sotdi shartnomasi tasdiqlanayotgan notarial idoraga shaxsan oʻzlari kelib voz kechish arizasini bergan hollarda ushbu arizadagi umumiy ulushli mulk ishtirokchilari imzosining haqiqiyligini shahodatlash talab etilmaydi. Ushbu holda notarius uning shaxsini aniqlaydi, imzosining haqiqiyligini tekshiradi, bu haqda arizaga belgi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomini, uning raqamini, qachon va kim tomonidan berilganligini hamda tugʻilgan yilini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sotuvchining arizasi uning iltimosiga koʻra Qonunning 73-moddasiga asosan bitimni tasdiqlaydigan notarius tomonidan umumiy ulushli mulk ishtirokchisiga topshirilgan boʻlsa, uning bir nusxasi uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi oldi-sotdi shartnomasining notariusda qoladigan nusxasiga tikib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy ulushli mulk ishtirokchisidan javob olingan taqdirda, bu javob ham shartnomaning notariusda saqlanadigan nusxasiga tikib qoʻyiladi. Umumiy ulushli mulk uning ishtirokchilaridan biriga sotilsa, umumiy ulushli mulkning qolgan ishtirokchilarini bu haqda xabardor qilish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Umumiy ulushli mulkning qolgan ishtirokchilari mulkni imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechgan yoki sotib olish niyati va shartlari toʻgʻrisida xabar qilingan kundan boshlab bir oy davomida bu huquqni amalga oshirmasalar, notarius uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining tegishli ulushini sotish boʻyicha oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidagi ulushni boshqa shaxsga oʻtkazishda oldi-sotdi shartnomasi umumiy ulushli mulkning boshqa ishtirokchilari doimiy propiskada boʻlmagan, yashamayotgan yoki ularning manzili nomaʼlum boʻlgan hollarda ham tasdiqlanadi. Mazkur hollarda sotuvchi ichki ishlar organlarining Manzil-maʼlumotlar byurosi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoxud xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan berilgan tegishli maʼlumotnomalarni notariusga taqdim etishi kerak.
(65-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar umumiy ulushli mulk boʻlgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining mulkdorlaridan biri vafot etgan boʻlsa, notarius sotuvchidan uning oʻlim haqidagi guvohnomasini talab qiladi. Notarius davlat notarial idorasidan umumiy ulushli mulk mulkdoriga nisbatan meros ishi ochilgan yoki ochilmaganligini tekshiradi. Meros ishi ochilib, merosxoʻrlar tarkibi aniqlangan taqdirda, ular notarial idoraga taklif qilinib, Fuqarolik kodeksining 224-moddasiga koʻra umumiy ulushli mulk mulkdori boʻlishligi va kelajakda imtiyozli huquqdan foydalanishligi toʻgʻrisida tushuntiriladi va ularning arizalari olinadi hamda arizadagi imzolarining haqiqiyligi notarial tartibda shahodatlantiriladi yoki notarius tomonidan sotuvchining arizasi uning iltimosiga koʻra Qonunning 73-moddasiga muvofiq imtiyozli sotib olish huquqiga ega boʻlgan merosxoʻrlarga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Voyaga yetmagan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqaroga qarashli uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini yoki shu mulkdagi ulushni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimni tasdiqlashda notarius ushbu Yoʻriqnomaning 39-bandiga rioya qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar voyaga yetmagan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslar nomiga uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi rasmiylashtirilgan boʻlsa, notarius bu haqda vasiylik va homiylik organlarini yozma ravishda xabardor qiladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonunining 37-moddasidagi talablarga rioya qilinadi.
(66-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan bir nechasi sotilayotgan ulushni sotib olish istagini bildirsalar, sotib oluvchini tanlash huquqi sotuvchiga beriladi. Sotilayotgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidagi ulush boshqa shaxsga oʻtkazilganligi toʻgʻrisida mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi asosiy hujjatga va Binolar, inshootlar va koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga tegishli belgi kiritilib, unga notariusning imzosi va muhri qoʻyiladi.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Umumiy ulushli mulkdagi mol-mulk ishtirokchilari oʻrtasida umumiy ulushli mulk taqsimlangan va undan ulush ajratilgan holatda uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidagi ulushni boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitim matnida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining aniq qismlari bilan bir qatorda uning arifmetik ulushlari ham koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi mulkdori tomonidan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimda uning aniq qismlaridan foydalanish tartibi koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan biri uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining oʻziga tegishli ulushini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitim matnida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining aniq qismlaridan foydalanish tartibini umumiy ulushli mulkning ishtirokchilari oʻrtasida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidan foydalanish tartibi haqida tegishli bitim mavjud boʻlgan taqdirda yoki sudning uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining aniq qismlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi qarori mavjud boʻlgan holdagina koʻrsatib oʻtishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy ulushli mulk ishtirokchilari oʻrtasida umumiy mulkdagi uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi kelishuv uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining aniq qismlaridan (kvartiralar, xonalar, qavatlar va shu kabilardan) foydalanish tartibi koʻrsatilgan holda, alohida bitim tuzish yoʻli bilan rasmiylashtirilishi mumkin. Bunday bitimlarni tasdiqlashda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining maʼlumotnomasi va umumiy ulushli mulk ishtirokchilari oʻrtasida umumiy mulkdagi uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi arizalari talab qilinadi. Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, ushbu maʼlumotnoma notarius tomonidan “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasidan idoralararo soʻrov orqali olinadi.
(69-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim taraflariga Fuqarolik kodeksining 221-moddasi tushuntirilib, bu haqda bitimning matnida yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat koʻzdan kechirish uchun talab qilinadi va uning nusxasiga notariusning “asliga toʻgʻri” degan ustxati yozilib, olib qolinadi, asl nusxasi qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga umumiy ulushli mulk huquqi mavjud boʻlgan holda undagi ulushni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimni tasdiqlash paytida shu uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga boʻlgan umumiy ulushli mulk ishtirokchilari oʻrtasida ishtirokchilar ulushlariga muvofiq uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining alohida binolaridan (qismlaridan) foydalanish toʻgʻrisidagi bitimi notarial tasdiqlangan va “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasida qayd etilgan boʻlsa, notarius bu bitim ana shu ulushni sotib olayotgan shaxs uchun ham majburiy ekanligini tushuntiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Ulushlarning miqdorini belgilash haqidagi yoki ulushlarning miqdorini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi kelishuv, agar uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatda ulushlarning miqdori koʻrsatilmagan yoki notoʻgʻri koʻrsatilgan boʻlsa, asosiy bitimga qoʻshimcha kelishuv tuzish yoʻli bilan rasmiylashtirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ulushlarning oʻzgartirilishi umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan biri tomonidan qoʻshimcha qurilish (yonma-yon imorat qurish, bino ustiga qavat qurish va shu kabilar) yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini buzish yoʻli bilan amalga oshirilgan boʻlsa, notarius tuman (shahar) hokimining bu oʻzgarishlar toʻgʻrisida qarori va uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarorini, shuningdek “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining maʼlumotnomasini talab qiladi. Mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat tekshirilib, umumiy ulushli mulk ishtirokchisiga qaytarib beriladi. Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur qaror va maʼlumotnoma notarius tomonidan tegishli tuman (shahar) hokimligi va “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasidan idoralararo soʻrov orqali olinadi.
(71-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining umumiy ulushli mulkka ega boʻlgan ishtirokchilaridan har birining ulushlari miqdorini belgilash yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitimni tasdiqlashda bu bitim tegishli tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozimligi toʻgʻrisida tasdiqlovchi yozuvda yoziladi. Bunda mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (hujjatlar) nusxasi notarial idorada qoldiriladi, asl nusxasi (nusxalari) esa umumiy ulushli mulk ishtirokchilariga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Fuqarolik kodeksining 218 va 224-moddalariga asosan, agar umumiy ulushli mulk ishtirokchisi oʻzining ulushini boshqa mulkka ayirboshlamoqchi yoki uni boshqacha tarzda haq evaziga oʻzga shaxsga berilganda, mazkur Yoʻriqnomaning 62—71-bandlarining qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy ulushli mulk boʻlgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidagi ulush kimoshdi savdosida sotilganda, shuningdek hadya qilinganda yoki vasiyat qilib qoldirilganda yoxud boshqacha tarzda tekinga oʻzga shaxsga berilganda, imtiyozli sotib olish huquqining qoidalari qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Qurib bitkazilmagan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitim mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqa shaxsga oʻtkazishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi qarori mavjud boʻlgan holda tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Qurib bitkazilmagan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimni tasdiqlashda, quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurib bitkazilmagan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi mahalliy davlat hokimiyati organining qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini oʻzgartirish, qayta qurish yoki buzishga mahalliy davlat hokimiyati organining qarori;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishi tugallangan, ammo davlat komissiyasi tomonidan foydalanishga qabul qilinmagan obyektlar roʻyxati;
(74-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining maʼlumotnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organining maʼlumotnomasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma.
(74-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi, uchinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.
(74-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Notarius uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini umrbod taʼminlash sharti bilan boshqa shaxsga berish shartnomasini tasdiqlashda, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni tasdiqlashning umumiy qoidalariga rioya qiladi. Ushbu shartnomani tasdiqlash paytida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga beruvchi shaxsning mehnatga layoqatsizligi (yoshi yoki sogʻligʻi boʻyicha) tekshirilib, bu haqda shartnoma matnida koʻrsatilishi lozim. Mazkur shartnomada uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga beruvchiga moddiy taʼminotning qanday turlari berilishi, ularni har oydagi pullik bahosi va uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining qiymati ham koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa shaxsga oʻtkazilayotgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi va moddiy taʼminotning qiymati taraflar kelishuviga binoan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs voyaga yetmagan boʻlsa, u uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini umrbod taʼminlash sharti bilan boshqa shaxsga beruvchi boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umrbod taʼminlash sharti bilan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga berish shartnomasi Fuqarolik kodeksining 530 va 534-moddalari talablari asosida amalga oshirilishi va ularning mazmuni tushuntirilganligi shartnomada koʻrsatib oʻtilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Mulk huquqi asosida fuqarolarga tegishli boʻlgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining davlat tashkilotlari tomonidan sotib olinishida, yuqori tashkilotlarining uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotib olishga ruxsati boʻlgan taqdirda, oldi-sotdi shartnomalari tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Davlat tashkilotlariga qarashli uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi fuqarolar tomonidan sotib olinishi bilan bogʻliq shartnomalarni tasdiqlashda notarius tomonidan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi davlat tashkilotiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining maʼlumotnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organining maʼlumotnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining kadastr hujjatlari yigʻmajildi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi yoki uning hududiy organlarining roziligi;
(77-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-iyundagi 149-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-14, 22.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 566-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(77-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchi tashkilotning hisoboti.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan maʼlumotnomalar Toshkent shahrida — 2017-yil 1-iyuldan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — 2018-yil 1-iyuldan eʼtiboran notarius tomonidan Tizim orqali avtomatik tarzda olinadi.
(77-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni tasdiqlash paytida notarius tomonidan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining maʼlumotnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organining maʼlumotnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining kadastr hujjatlari yigʻmajildi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining qoldiq balans qiymati haqida yuridik shaxs rahbari va bosh hisobchisining imzosi qoʻyilgan maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning sof aktivlari haqida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs vakolatli organining tegishli qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakilga berilgan va tegishli tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma;
(78-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (roʻyxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida roʻyxatda turuvchi shaxslar haqida maʼlumotnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflar oʻrtasida hisob-kitob boʻlganligini tasdiqlovchi hujjat (kvitansiya, toʻlov topshiriqnomasi, toʻlov majburiyati kechiktirilgan hollar bundan mustasno).
(78-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (roʻyxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar yuridik shaxsga tegishli boʻlgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi yuridik shaxs taʼsischilarining umumiy majlis bayonnomasi yoki yagona taʼsischining qarori taqdim etilgan taqdirda talab etilmaydi.
(78-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (roʻyxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(78-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning uchinchi, toʻrtinchi, oltinchi, yettinchi va oʻn ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.
(78-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimni tasdiqlashda taraflarga Fuqarolik kodeksining 185-moddasi mazmuni tushuntiriladi va bu haqda bitim matnida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqalarga oʻtkazish bitimlarini tasdiqlashda fuqarolar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga mulk huquqini beruvchi davlat dalolatnomasi yoxud mahalliy davlat hokimiyati organining qarori yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 1989-yil 21-iyundagi 203-son qaroriga muvofiq notarial tartibda tasdiqlangan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining oldi-sotdi shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga kadastr hujjatlari yigʻmajildi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaning birgalikda yashovchi barcha voyaga yetgan aʼzolarining roziligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining xususiylashtirilishiga rozilik bergan shaxslarning notarial tartibda tasdiqlangan yozma roziligi (agar xususiylashtirish “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning qabul qilinguniga qadar amalga oshirilgan boʻlsa, bunday rozilik talab etilmaydi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining maʼlumotnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy organlaridan (Toshkent shahrida — “Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va maʼlumotlar berish markazi” davlat unitar korxonasidan) olingan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
(80-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-iyundagi 149-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-14, 22.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 566-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(80-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (roʻyxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrugʻiga asosan chiqarilgan— OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy propiska qilingan shaxslar haqida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan berilgan maʼlumotnoma yoki uy daftari (nusxasi);
(80-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar mazkur uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi nikoh davomida orttirilgan boʻlsa eri (xotinining) notarius yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan roziligi;
(80-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini oluvchi taraf boʻlib xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar boʻlganda, ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan yashash guvohnomasi;
(80-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 21-maydagi 113-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-5, 21.05.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 239-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(80-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 21-maydagi 113-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-5, 21.05.2012-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 239-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(801-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-avgustdagi 250-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-15, 22.08.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 900-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(802-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-avgustdagi 250-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-15, 22.08.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 900-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(803-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-avgustdagi 250-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-15, 22.08.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 900-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlari amalga oshirilgandan soʻng, shuningdek mulk huquqi merosxoʻrlik tartibida oʻtgandan soʻng, boshqalarga berish yoki meros qilib qoldirish vaqtidan qatʼi nazar, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi xususiylashtirilgan uy-joy maqomini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Ayirboshlash shartnomasini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Ayirboshlash shartnomasiga ayirboshlash mohiyatiga zid kelmaydigan oldi-sotdi shartnomasi haqidagi tegishli qoidalar tatbiq etiladi. Bunda har qaysi taraf almashtirish yoʻli bilan topshirish majburiyatini olgan tovarni sotuvchi va qabul qilish majburiyatini olgan tovarni sotib oluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayirboshlash shartnomasi tasdiqlanayotganda, taraflarga Fuqarolik kodeksining 497 — 501-moddalari mazmuni tushuntirilib, bu haqda shartnoma matnida koʻrsatib oʻtiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Shartnomaning predmeti muomaladan olingan yoki muomalada boʻlishi cheklangan ashyolardan tashqari barcha koʻchar va koʻchmas mulk, har qanday ashyolar boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaning predmeti koʻchmas mulk boʻlganida, koʻchmas mulklarni boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlash qoidalari qoʻllaniladi, shartnoma predmeti avtomototransport vositalari boʻlsa, avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlarni tasdiqlash qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Agar ayirboshlash shartnomasidan boshqacha tartib kelib chiqmasa, ayirboshlanadigan tovarlar teng qiymatli deb taxmin qilinadi, ularni topshirish va qabul qilish xarajatlarini esa har bir holda tegishli majburiyatlarni bajaradigan taraf amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Ayirboshlanayotgan tovarlar teng qiymatli emas deb tan olingan taqdirda, shartnomada ayirboshlashga taqdim qilinayotgan tovar bahosidan past boʻlgan tovarni topshirishi lozim boʻlgan tarafga baholardagi farq uchun haq toʻlashning boshqacha tartibi belgilanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bilan ayirboshlash shartnomalarini, shuningdek Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasining boshqa mintaqalarida yashovchi fuqarolar bilan ayirboshlash shartnomalarini tasdiqlashda, ushbu Yoʻriqnomaning 509, 5010, 5011 va 57-bandlari qoidalariga rioya qilinadi.
(86-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-avgustdagi 250-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-15, 22.08.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 900-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Hadya shartnomasini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Hadya shartnomasiga muvofiq bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi)ga ashyoni tekinga mulk qilib beradi yoki berish majburiyatini oladi yoxud unga oʻziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk huquqi (talabi)ni beradi yoki berish majburiyatini oladi yoxud uni oʻzi yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladi yoinki ozod qilish majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biron-bir shaxsga ashyoni yoki mulk huquqini tekinga berishni yoki biron-bir shaxsni mulkiy majburiyatdan ozod etishni vaʼda qilish (hadya etishni vaʼda qilish), agar vaʼda tegishli shaklda berilgan boʻlsa va kelajakda aniq shaxsga ashyo yoki mulkiy huquqni tekinga berish yoki uni mulkiy majburiyatdan ozod qilish maqsadi aniq koʻrinib turgan boʻlsa, hadya shartnomasi deb tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hadyani hadya oluvchiga hadya qiluvchining vafotidan keyin topshirishni nazarda tutuvchi shartnoma oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Hadya shartnomasida hadya narsasi aniq koʻrsatib qoʻyilgan boʻlishi kerak. Ashyo, mulk huquqi yoki mulkiy majburiyatdan ozod qilish shaklida hadya narsasini aniq koʻrsatmasdan oʻzining mol-mulkini yoki mol-mulkning bir qismini hadya etishni vaʼda qilish oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Hadya oluvchi oʻziga hadya topshirilgunga qadar istagan vaqtida uni rad etishga haqli. Bunday holda hadya shartnomasi bekor qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Hadya shartnomasida hadya oluvchi hadya qiluvchidan oldin vafot etgan taqdirda, hadya qiluvchining hadyani bekor qilish huquqi shart qilib qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius taraflarga Fuqarolik kodeksining 502 — 510-moddalari mazmunini tushuntirib, bu haqda hadya shartnomasining matniga yozib qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaning predmeti koʻchmas mulk boʻlganida, koʻchmas mulklarni boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlash qoidalari qoʻllaniladi, shartnoma predmeti avtomototransport vositalari boʻlsa, avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlarni tasdiqlash qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Umumfoydali maqsadlarda qilingan hadya xayr-ehson hisoblanadi. Umumfoydali maqsad xayr-ehsonning farqli belgilaridan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xayr-ehsonni qabul qilishga biror kimsaning ruxsati yoki roziligi talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius taraflarga Fuqarolik kodeksining 511-moddasi mazmunini tushuntirib, bu haqda xayr-ehson shartnomasining matniga yozib qoʻyadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga hadya qilish boʻyicha hadya shartnomalarini, shuningdek Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida joylashgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasining boshqa mintaqalarida yashovchi fuqarolarga hadya qilish boʻyicha hadya shartnomalarini tasdiqlashda ushbu Yoʻriqnomaning 509, 5010, 5011 va 57-bandlari qoidalariga rioya qilinadi.
(92-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-avgustdagi 250-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-15, 22.08.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 900-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Korxonani sotish shartnomasini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Korxonani sotish shartnomasini tasdiqlashda, notarius Fuqarolik kodeksining 489—496-moddalari va ushbu shartnomaga taalluqli boshqa qonun hujjatlariga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonani sotish shartnomasiga muvofiq sotuvchi sotib oluvchiga butun korxonani mulkiy kompleks sifatida topshirish majburiyatini oladi, sotuvchi boshqa shaxslarga berishga haqli boʻlmagan huquq va majburiyatlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Firma nomi, tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va sotuvchini hamda uning mahsulotini, u bajaradigan ish yoki koʻrsatadigan xizmatlarni shaxsiylashtiradigan boshqa vositalardan foydalanish huquqlari, agar korxonani sotish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, sotib oluvchiga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotuvchining tegishli faoliyat bilan shugʻullanishi uchun berilgan maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida olgan huquqlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, korxonani sotib oluvchiga berilmaydi. Shartnoma boʻyicha topshiriladigan korxona tarkibiga maxsus ruxsatnoma (litsenziya)ga ega boʻlmagani tufayli sotib oluvchi bajara olmaydigan majburiyatlarni kiritish sotuvchini kreditorlar oldidagi tegishli majburiyatlardan ozod qilmaydi. Bunday majburiyatlarni bajarmaganlik uchun sotuvchi va sotib oluvchi kreditorlar oldida solidar javobgar boʻladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Korxonani sotish shartnomasi mazkur korxona joylashgan hududdagi davlat notarial idorasida tasdiqlanadi. Vakolatli davlat organining qaroriga binoan tanlov (tender) asosida tuziladigan korxonani sotish shartnomasi notarial tasdiqlanishi shart emas, taraflardan birining notarial tasdiqlash toʻgʻrisida talabi boʻlgan hollar bundan mustasno.
(94-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Korxonani sotish shartnomasini tasdiqlashda, notariusga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona sotuvchisining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona sotuvchisi va sotib oluvchisi vakolatli organlarining korxonani sotish yoki sotib olish toʻgʻrisidagi qarori (umumiy majlis bayonnomasi yoki kuzatuv kengashining qarori yoxud buyruq va hokazo);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflarning vakolatlarini va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(95-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (roʻyxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrugʻiga asosan chiqarilgan— OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdorning roziligi (agar mulk xoʻjalik yuritish yoki operativ boshqaruv huquqiga asoslangan yuridik shaxsga tegishli boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inventarizatsiya dalolatnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchi tashkilotning baholash toʻgʻrisidagi hisoboti va xulosasi (sotilayotgan korxonada davlat ulushi boʻlgan hollarda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan soʻnggi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (nusxasi qoldirilib, asli qaytarib beriladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona sotuvchisi — yuridik shaxsning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan oraliq balansning asl nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorning korxona tarkibi va uning qiymati toʻgʻrisidagi xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflar tomonidan tuzilgan, koʻrib chiqilgan va imzolangan kreditorlar, ular qoʻyayotgan talablar xususiyati, miqdori va muddatlari koʻrsatilgan holda korxona tarkibiga kiritiladigan barcha qarzlar (majburiyatlar) roʻyxati;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditorlarga yuborilgan xabarnoma va ularning korxona qarzlarini boshqa shaxsga oʻtkazishga roziligi haqidagi notarius yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan arizalari (kreditorlar yuridik shaxs boʻlgan hollarda, ularning roziligi rasmiylashtirilgan xatlari);
(95-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona tarkibidagi bino va inshootlar uchun “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining maʼlumotnomasi;
(95-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organining maʼlumotnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflar oʻrtasidagi toʻlov majburiyati bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sof aktivlar haqida maʼlumot;
Oldingi tahrirga qarang.
(95-bandning yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (roʻyxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrugʻiga asosan chiqarilgan— OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat (toʻlov topshiriqnomasi, kvitansiya).
(95-bandning yigirma birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar oʻrtasidagi toʻlov majburiyatini kechiktirish yoʻli bilan korxonani sotish shartnomasi rasmiylashtirilgan taqdirda, toʻlov toʻliq amalga oshirilgunga qadar korxonani boshqa shaxsga oʻtkazishga tegishli tartibda taqiq qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar shartnomada xaridorga topshirilayotgan korxona tarkibidan alohida elementlarni olib tashlash huquqiga egalar (alohida buyumlar, huquqlar va majburiyatlar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona tarkibida bino va inshootlar mavjud boʻlsa, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar bilan birga binolar va inshootlarga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnomasi ham boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning uchinchi, toʻqqizinchi, oʻn toʻrtinchi va oʻn oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.
(95-bandning yigirma uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (roʻyxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Korxonani sotish shartnomasi tasdiqlanayotganda, mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat boʻlib quyidagilardan biri boʻlishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan berilgan xususiylashtirilgan korxonaga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi;
(96-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-iyundagi 149-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-14, 22.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 566-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial tasdiqlangan korxonaning oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning ochiq savdoda sotib olinganligi toʻgʻrisidagi hujjat (oldi-sotdi shartnomasi yoki bayonnoma);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning ochiq savdoda sotib olinganligi haqidagi notariusning guvohnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning ajratib va boʻlib olinganligi shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaga mulk huquqini tasdiqlovchi sud hujjati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonani sotuvchi — yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyinchalik sotib olish huquqini beruvchi korxonaning ijara shartnomasi va mulk huquqining oʻtganligi haqidagi qoʻshimcha kelishuv;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulk huquqini tasdiqlovchi qonunga zid boʻlmagan boshqa bitimlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, korxonaga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi order mazkur xususiylashtirilgan korxonaning quyidagi koʻchmas mulklari uchun (qonunga muvofiq xususiylashtirilmaydigan obyektlar bundan mustasno) ham mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat boʻlib hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan korxonalardagi davlat mulkini xususiylashtirishda aniqlanmagan koʻchmas mulk;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirishda tasarruf etish huquqisiz foydalanishga berilgan, korxona hududida joylashgan koʻchmas mulk.
(96-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 12-dekabrdagi 284-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-11, 12.12.2016-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan —OʻR QHT, 2016-y., 50-son, 569-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat boʻlib quyidagilardan biri boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga doimiy egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erdan doimiy foydalanish huquqini beruvchi davlat hujjati;
Oldingi tahrirga qarang.
(97-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini beruvchi davlat orderi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi ijarasi shartnomasi yoki yer uchastkasidan muddatli foydalanish shartnomasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma va qonun hujjatlarida koʻrsatilgan boshqa hujjatlar.
(97-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Korxonani sotish shartnomasini tasdiqlashda notarius korxonani boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligini Tizim orqali tekshiradi.
(98-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (roʻyxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Sotiladigan korxona tarkibiga kiritilgan majburiyatlar boʻyicha kreditorlar korxona sotib oluvchiga topshirilgunga qadar korxona sotuvchisi tomonidan uning sotilishi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilinishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius tomonidan korxonani sotish shartnomasi barcha kreditorlarning qarzni oʻtkazishga yozma roziligi olingandan keyin, shuningdek boshqa kerakli hujjatlar taqdim etilgandan soʻng tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning qarzni oʻtkazishga roziligi haqidagi xatlari yuridik shaxs rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanib, unga yuridik shaxsning muhri bosilgan va chiqish raqami qayd etilgan holda taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Korxonani sotish shartnomasi matnida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaning nomi, shartnoma tasdiqlangan joyning toʻliq nomi (viloyat, tuman, shahar) va tuzilgan sanasi (yil, oy va kun soʻzlar bilan yoziladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflarning toʻliq nomi (STIR), joylashgan yeri (pochta manzili), yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organning nomi, roʻyxatdan oʻtkazilgan sana va guvohnoma raqami, vakillarning familiyasi, ismi, otasining ismi va ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotilayotgan korxonaning joylashgan yeri (pochta manzili);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona sotuvchisining bankdagi hisob raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchining korxonaga nisbatan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotilayotgan korxonaning tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona tarkibiga kiruvchi mulklarning tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotilayotgan korxonaning bahosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotib oluvchi tomonidan yer uchastkasidan foydalanish qoidalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona sotuvchisining debitorlik va kreditorlik qarzlari boʻyicha maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boji (taraf boʻyicha haq)ning kim tomonidan toʻlanganligi haqidagi maʼlumot;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflar oʻrtasida hisob-kitobni amalga oshirish tartibi va uni tasdiqlovchi hujjat toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonani sotish shartnomasidan paydo boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish zarurligi va uning tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga asosan korxonani topshirish tartibi va muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik kodeksi 482, 486, 489 — 496-moddalari talablari tushuntirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflarning shartnoma shartlarini buzishdagi javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomadan kelib chiqadigan nizolarni bartaraf etish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunga zid boʻlmagan boshqa shartlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Korxonani sotishda uning tarkibida avtomototransport vositalari mavjud boʻlgan hollarda, avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlarni tasdiqlash qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-§. Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlarni tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Notarius jismoniy shaxslar oʻrtasida, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar oʻrtasida hamda yuridik shaxslar oʻrtasida tuziladigan avtomototransport vositalarini va boshqa oʻziyurar mashina hamda mexanizmlarni, ularning nomerli agregat va tirkama, yarim tirkamalarini boshqa shaxsga oʻtkazish (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish, renta) va boshqa turdagi bitimlarni tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday bitimlarni tasdiqlashda har bir fuqaro yoki yuridik shaxs xohlagan notariusga murojaat qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-sonli qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 10-son, 77-modda) muvofiq Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish, renta, ijaraga berish, tekin foydalanish, garovga qoʻyish, lizing shartnomalarini notariuslar tomonidan notarial tartibda tasdiqlash faqat qatʼiy hisobda turadigan, himoya darajasiga, seriyaga, tartib raqamiga va hududiy kodga ega boʻlgan, “Davlat belgisi” DIChBda tayyorlanadigan gerbli (maxsus) blankalarda amalga oshiriladi. Bunda, boshqa shaxsga berish boʻyicha bitimning birinchi nusxasi gerbli (maxsus) blankada rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga avtotransport vositalari, 16 yoshga toʻlmagan shaxslarga mototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi, lotereya va boshqa ommaviy oʻyinlarning yutuqlari boʻlgan, qonunda belgilangan tartibda meros qilib olingan avtomototransport vositalari bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlash avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlamaganligi tekshirilgandan keyin amalga oshiriladi. Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlmagan bitimlarni tasdiqlash ularning xatlamaganligi tekshirilgandan keyin amalga oshiriladi.
(105-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 26-dekabrdagi 304-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-12, 26.12.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 606-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlar tasdiqlangunga qadar avtomototransport vositalari avtomototransport vositasi roʻyxatga olingan yoki bitim tasdiqlanayotgan joydagi (sotib oluvchining tanloviga koʻra) DYHXX organlarida agregatlar raqamlari roʻyxatdan oʻtkazish raqamlariga muvofiqligi yuzasidan koʻzdan kechirilishi kerak. Agregatlar raqamlarining roʻyxatdan oʻtkazish raqamlariga muvofiqligi koʻzdan kechirgan mansabdor shaxsning familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflari, koʻzdan kechirilgan sana koʻrsatilgan va mansabdor shaxs imzosi qoʻyilgan holda roʻyxatdan oʻtkazish hujjatidagi shtamp bilan tasdiqlanadi. Shtamp oʻn kun mobaynida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish, renta) bitim matnida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimning nomi, bitim tasdiqlangan joyning toʻliq nomi (viloyat, tuman, shahar) va tuzilgan sanasi (yil, oy va kun soʻzlar bilan yoziladi);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) manzili, pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatining raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi;
(107-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimda yuridik shaxs ishtirok etayotgan hollarda yuridik shaxsning toʻliq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami va sanasi, davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositasining rusumi, ishlab chiqarilgan yili, roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisi, agregat raqamlari, quvvati (ot kuchi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasini qayd etish guvohnomasining seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositasining taraflar tomonidan kelishilgan bahosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflar oʻrtasida hisob-kitob amalga oshirilgani yoki amalga oshirish muddati kechiktirilgan holatda esa mazkur Yoʻriqnomaning 55-bandini qoʻllash haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlamaganligi va xatlanmaganligi haqidagi maʼlumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boji qaysi taraf tomonidan toʻlanganligi haqidagi maʼlumot;
(107-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim necha nusxada tuzilganligi va qaysi raqamli gerbli (maxsus) blankada (blankalarda) rasmiylashtirganligi haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish shartnomalari va boshqa turdagi bitimlar notarial tartibda tasdiqlangan paytdan boshlab oʻn kun mobaynida DYHXX organlarida roʻyxatidan oʻtkazilishi kerakligi. Bunda shartnoma matnining yakuniy qismida va tasdiqlovchi yozuvda “Ushbu shartnoma IIVning tegishli DYHXX organlarida oʻn kun ichida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi shart. Mazkur talabni bajarmaslik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortishga olib keladi” deb yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimning tasdiqlovchi yozuvda gerbli (maxsus) blankaning (blankalarning) seriyasi, tartib raqami va hududiy kodi koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflarning ixtiyoriga koʻra shartnomada qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shartlar ham koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. Gerbli (maxsus) blankadagi avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni notarial tartibda tasdiqlanganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda gerb yigʻimi undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga boshqa davlatlardan olib kelingan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish ular bojxona organlarida rasmiylashtirilgandan va DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110. Notarius tomonidan transport vositasini qayd etish guvohnomasiga avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitim tuzilganligi haqida belgi qoʻyilishi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtmagan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlarni tasdiqlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112. Fuqarolar oʻrtasida avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlarni tasdiqlashda quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (transport vositalarini qayd qilish guvohnomasi, avtomototransport vositasining raqamli agregatlari uchun DYHXX organlari yoki traktorlar, oʻziyurar shassilar, traktor tirkamalari va oʻziyurar yoʻl qurilish mashinalari uchun “Oʻzdavtexnazorat” tomonidan berilgan belgilangan shakldagi maʼlumotnoma);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar avtomototransport vositasi erning yoki xotinning umumiy birgalikdagi mulki boʻlgan hollarda, erning va (yoki) xotinning avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazishga roziligi toʻgʻrisida notarius yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan yozma arizasi;
(112-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimlar davlat bojining imtiyozli toʻlanishiga huquq beruvchi qarindosh boʻlgan shaxslar oʻrtasida tuzilayotgan boʻlsa, ularning qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar;
(112-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl-transport hodisasi natijasida shikastlangan avtomototransport vositasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalarining mutaxassislari, bunday muassasalar boʻlmagan viloyatlarda esa — “Oʻzavtotexxizmat” aksiyadorlik jamiyati tizimiga kiruvchi tashkilotlarning xulosasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat (toʻlov topshiriqnomasi, kvitansiya);
(112-bandning oltini xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomaga asosan transport vositasini qayd etish guvohnomasi berilgan boʻlsa — merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar meros ikki yoki undan ortiq merosxoʻrlarga berilgan boʻlsa, avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimni tasdiqlashda barcha merosxoʻrlar ishtirok etib, shartnomani imzolaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113. Mazkur Yoʻriqnomaning 112-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan er yoki xotin imzosining haqiqiyligini shahodatlash er yoki xotinning notarial idoraga shaxsan oʻzi kelgan hollarda talab etilmaydi. Bunda, notarius er yoki xotinning shaxsini aniqlaydi, imzoning haqiqiyligini tekshiradi, bu haqda arizaga belgi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomini, uning raqamini, qachon va kim tomonidan berilganligini hamda tugʻilgan yilini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114. Avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazayotgan fuqaro eri yoki xotini yoʻqligi (beva ekanligi yoki boʻydoq) haqida yozma ariza taqdim etganda, notarius bitimning ikkinchi tarafini bu haqda tanishtiradi. U esa bu hol unga maʼlum ekanligini tasdiqlab, arizaga familiyasi, ismi, otasining ismini toʻliq yozib, imzo qoʻyadi. Ushbu holatni aniqlash uchun notariusga fuqaroning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlari, nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma yoki oʻlim haqidagi guvohnoma va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma yoxud bular haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan koʻchirmalar asos boʻladi. Ushbu ariza avtomotoransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazayotgan fuqaroning shaxsan oʻzi tomonidan beriladi, bitim vakil orqali tuzilgan taqdirda esa u tomonidan ishonchnoma beruvchining eri yoki xotini yoʻqligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan holda bunday ariza vakildan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115. Er (xotin)ni bedarak yoʻqolgan deb topish toʻgʻrisida sud hujjati mavjud boʻlgan hollarda notarius avtomotoransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimni tasdiqlashi mumkin. Bu holda notarius Fuqarolik kodeksining 35-moddasi mazmunini bitim matnida koʻrsatib oʻtishi va taraflarga tushuntirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116. Nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan, meros tariqasida yoki hadya shartnomasi boʻyicha olingan, shuningdek nikoh davomida sotib olingan avtomototransport vositasi nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan boʻlsa yoki er-xotin oʻrtasidagi mulkni boʻlish toʻgʻrisidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud boʻlsa, avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimni tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117. Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlarni tasdiqlashda taraflar yoki taraflardan biri yuridik shaxs boʻlgan hollarda quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (transport vositalarini qayd qilish guvohnomasi, avtomototransport vositasining raqamli agregatlari uchun DYHXX organlari yoki traktorlar, oʻziyurar shassilar, traktor tirkamalari va oʻziyurar yoʻl qurilish mashinalari uchun “Oʻzdavtexnazorat” tomonidan berilgan belgilangan shakldagi maʼlumotnoma);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs vakolatli organining avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi hujjati (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakilning vakolatini tasdiqlovchi hujjat (ishonchnoma);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoldiq balans qiymati toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning sof aktivlari haqida maʼlumotnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdorning roziligi (agar yuridik shaxsga avtomototransport vositasi operativ boshqaruv huquqi asosida tegishli boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat (toʻlov topshiriqnomasi, kvitansiya);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflar oʻrtasida hisob-kitob qilinganligini tasdiqlovchi hujjat (hisob-kitob kechiktirilgan hollar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning yettinchi va sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar yuridik shaxsga tegishli boʻlgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi yuridik shaxs taʼsischilarining umumiy majlis bayonnomasi yoki yagona taʼsischining qarori taqdim etilgan taqdirda talab etilmaydi.
(117-bandning toʻqqizinchi — oʻn uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (roʻyxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrugʻiga asosan toʻqqizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar hamda firmalar vakolatxonalariga hamda ularning xodimlariga, oila aʼzolariga tegishli “CMD”, “D”, “UN”, “T”, “X”, “M” seriyadagi davlat raqamlariga ega boʻlgan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlarni tasdiqlashda qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining roziligini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
(117-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 3-oktabrdagi 229-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-4, 3.10.2011-y.) asosan oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 439-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazgan tashkilotdan idoralararo soʻrov orqali olinadi.
(117-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118. Davlat tashkilotlariga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlarni tasdiqlashda mazkur Yoʻriqnomaning 117-bandida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda baholovchi tashkilotning hisoboti va yuqori turuvchi tashkilotining ruxsati (agar yuqori turuvchi tashkiloti mavjud boʻlsa) ham talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119. Davlat tashkilotlariga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalarini sotish bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-sonli qarori bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablagʻlarini taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 578-modda) talablarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120. Notarius avtomototransport vositalari bilan bogʻliq boʻlgan qonunga zid boʻlmagan boshqa bitimlarni ham tasdiqlashi mumkin.
(120-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-§. Koʻchmas mulklarni garovga (ipotekaga) qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnomalarni tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. Koʻchmas mulkni garovga (ipotekaga) qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnoma shu mulk joylashgan hududdagi notarius tomonidan tasdiqlanishi lozim. Bunday shartnomani notarial tasdiqlash paytida notarius ipotekaga qoʻyilayotgan mulk ipotekaga qoʻyuvchi shaxsga tegishli ekanligini, uni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligini, boshqa ipotekaga qoʻyilgan yoki qoʻyilmaganligini, qarzlari yoʻqligini, ipotekaga oluvchi va ipotekaga qoʻyuvchi yuridik shaxslarning huquq layoqatlarini, jismoniy shaxslarning shaxsini va vakillarning vakolatlarini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122. Koʻchmas mulk, shu jumladan, binolar, inshootlar, koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar, korxonalar, boshqa mulkiy majmualar, yuridik va jismoniy shaxslar mulki boʻlgan savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari, shuningdek uylar ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga, qonunda koʻchmas mulk jumlasiga kiritilgan va ularga boʻlgan huquqlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan boshqa mol-mulk ipoteka narsasi boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123. Ipoteka toʻgʻrisidagi qoidalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq yer uchastkasida barpo etilayotgan qurilishi tugallanmagan mol-mulk garoviga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi uy-joy qurish yoki dehqon xoʻjaligini yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqlari garoviga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ijaraga oluvchining koʻchmas mulk ijarasi toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha huquqlari (ijara huquqi) garoviga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, yer uchastkasi ijarasiga doir huquqlar garoviga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124. Agar tasarrufdan chiqarilishi uchun boshqa shaxsning yoki organning roziligi yoxud ruxsatini olish talab etiladigan mol-mulk ipoteka narsasi boʻlsa, bu mol-mulk ipotekasi uchun shunday rozilik yoki ruxsat olish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy birgalikdagi mulk (mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi ulushi belgilanmagan holda) boʻlgan mol-mulk faqat barcha mulkdorlarning yozma roziligi bilan ipotekaga qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy ulushli mulk ishtirokchisi umumiy mulk huquqidagi oʻz ulushini boshqa mulkdorlarning roziligisiz ipotekaga qoʻyishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125. Ipoteka shartnomasini tasdiqlash uchun notarius ipotekaga qoʻyuvchi va ipotekaga oluvchidan quyidagilarni talab qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka narsasiga nisbatan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat (xususiylashtirilgan ipoteka narsasi uchun mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi, mahalliy davlat hokimiyati organining qarori (farmoyishi), oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash toʻgʻrisidagi notarial tasdiqlangan shartnoma, mulk huquqi yoki merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomalar, qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa bitimlar);
(125-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining maʼlumotnomasi;
(125-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(125-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(125-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy propiska qilingan shaxslar toʻgʻrisida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan berilgan maʼlumotnoma;
(125-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(125-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (roʻyxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrugʻiga asosan chiqarilgan— OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy majburiyat haqidagi shartnoma (kredit yoki qarz shartnomasi, mahsulot yetkazib berish, kontraktatsiya, transport ekspeditsiyasi va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipotekaga qoʻyilgan koʻchmas mulkning ipotekaga oluvchi va ipotekaga qoʻyuvchi bilan birgalikdagi tuzilgan baholash dalolatnomasi yoki baholovchi tashkilotning xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipotekaga qoʻyilayotgan mol-mulk umumiy mol-mulkni (er-xotinning birgalikdagi mulki) tashkil etsa, barcha mulkdorlarning (er-xotinning) roziligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi ipotekaga qoʻyilganda, shu uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy propiska qilingan va xususiylashtirishda qatnashib rozilik bergan shaxslarning notarius yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan rozilik arizalari;
(125-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agarda ipotekaga qoʻyilayotgan turar joyda doimiy propiska qilingan shaxslar voyaga yetmagan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan boʻlsa, tegishlicha ularning qonuniy vakillari yoki vasiylik va homiylik organlarining yozma roziligi;
(125-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipotekaga oluvchi va ipotekaga qoʻyuvchi yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlari, shuningdek vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjati (ishonchnoma);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka narsasi ashyoviy huquq boʻlgan (xoʻjalik yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi, meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi, yer uchastkasiga doimiy egalik qilish va undan foydalanish huquqi, servitutlar va hokazo) holatda mulkdorning roziligi, qonunda va shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
(125-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatilgan hujjatlardan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
(125-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(125-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (roʻyxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrugʻiga asosan chiqarilgan— OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy majburiyat toʻgʻrisidagi shartnomaning nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipotekaga oluvchi va ipotekaga qoʻyuvchilarning taʼsis hujjatlarining nusxalari ularga notariusning “asliga toʻgʻri” degan ustxati yozilib, olib qolinadi, asl nusxalari qaytariladi, idoralararo soʻrov orqali olingan hujjatlar bundan mustasno;
(125-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlariga muvofiq notarius tomonidan boshqa hujjatlar ham soʻralishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan maʼlumotnomalar va yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlari notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.
(125-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (roʻyxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126. Ipoteka shartnomasini tasdiqlashda davlat boji shartnoma summasidan, yaʼni ipotekaga qoʻyilayotgan narsaning bahosidan olinadi.
(126-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
127. Ipoteka shartnomalarini tasdiqlashda notarius ipotekaga qoʻyilgan koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishga taqiq qoʻyadi.
(127-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
128. Ipoteka shartnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaning nomi, shartnoma tasdiqlangan joyning toʻliq nomi (viloyat, tuman, shahar) va tuzilgan sanasi (yil, oy va kun soʻzlar bilan yoziladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipotekaga oluvchi bilan ipotekaga qoʻyuvchi haqidagi toʻliq maʼlumot, jumladan, taraflar yoki ularning vakillarining familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili (ishonchnoma berilgan sana, uning raqami, kim tomonidan berilganligi va tasdiqlanganligi) hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjatdagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turgan joyi va identifikatsiya qilish uchun yetarlicha tavsifi koʻrsatilgan holda ipoteka narsasi, uning bahosi, mohiyati, miqdori, ipoteka bilan taʼminlanadigan majburiyatni bajarish muddati va ipotekaga qoʻyilgan mol-mulk taraflarning qaysi birida turganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka narsasi boʻlgan mol-mulk ipotekaga qoʻyuvchiga qaysi huquqqa koʻra tegishli ekanligi va ipotekaga qoʻyuvchining bu huquqini roʻyxatdan oʻtkazgan “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining nomi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar ipoteka narsasi ipotekaga qoʻyuvchiga ijara huquqi asosida tegishli boʻlsa, ijara muddati;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka narsasining baholanganligi haqidagi maʼlumot;
(128-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka bilan taʼminlanadigan majburiyat, uning summasi, vujudga kelish asoslari va bajarilish muddati. Bu majburiyat biron-bir boshqa shartnomaga asoslangan hollarda esa, mazkur shartnomaning taraflari, tuzilgan sanasi va joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar ipoteka bilan taʼminlanadigan majburiyat summasi kelgusida aniqlanishi lozim boʻlsa, ipoteka bilan taʼminlanadigan majburiyat summasini aniqlash tartibi va boshqa zarur shartlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar ipoteka bilan taʼminlanadigan majburiyat qismlarga boʻlib bajarilishi lozim boʻlsa, tegishli toʻlovlarning muddatlari (davriyligi) va ularning miqdorlari yoki bu miqdorlarni aniqlash imkoniyatini beradigan shartlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiyat koʻrsatilgan muddatda bajarilmasligining oqibatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
(128-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (roʻyxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrugʻiga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka narsasining navbatdagi ipotekaga qoʻyilgan yoki qoʻyilmaganligi, boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi, ipotekaga qoʻyuvchining soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha budjet oldida qarzi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka narsasi umumiy birgalikdagi mulk boʻlgan taqdirda (er-xotinning birgalikdagi mulki), barcha egalarining (er-xotinning) roziligi olinganligi haqida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomani notarial tasdiqlash uchun ipotekaga oluvchi yoki ipotekaga qoʻyuvchi zimmasiga qoʻyilgan xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipotekaga qoʻyuvchi bilan ipotekaga oluvchilarning huquq va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran tuzilgan deb hisoblanishi haqida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma nusxalarining soni, tomonlarga berilganligi, shuningdek notarial idorada nusxa qolganligi haqida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notariusning shartnomani tasdiqlaganligi haqida tasdiqlovchi yozuv;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflar kelishuvga erishgan boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunda nazarda tutilgan hollarda undiruvni ipotekaga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv asosida hal etilishi haqidagi maʼlumot ham ushbu shartnoma matnida koʻrsatib oʻtilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
129. Notarius tomonidan tasdiqlanadigan ipoteka shartnomasi maxsus reyestrda roʻyxatga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
130. Davlat notarial idorasida ipoteka shartnomalarini hisobga olish uchun alifbo kitobi yuritilishi lozim.
(130-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131. Ipoteka narsasini almashtirish zaruriyati tugʻilgan hollarda, ipoteka narsasi ipotekaga oluvchining roziligi bilan almashtiriladi. Notarius ipotekaga oluvchining ipoteka narsasini almashtirishga roziligi haqidagi yuridik shaxsning yozma shakldagi xabarnomasi (boshqa tegishli hujjatlar), jismoniy shaxsning notarius yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan arizasi asosida ipoteka narsasini almashtirish toʻgʻrisida bitimni tasdiqlaydi.
(131-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov bilan taʼminlanadigan majburiyatning bajarilish muddatini uzaytirish munosabati bilan ipoteka shartnomasiga oʻzgartirish kiritish haqida ham bitim tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipoteka shartnomasi boʻyicha ipoteka narsasini almashtirish yoki garov bilan taʼminlanadigan majburiyatning bajarilish muddatini uzaytirish munosabati bilan ipoteka shartnomasiga oʻzgartirish kiritish haqida bitim tuzish uchun asosiy majburiyat toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha ipoteka narsasini almashtirish yoki garov bilan taʼminlanadigan majburiyatning bajarilish muddatini uzaytirish haqida ipotekaga qoʻyuvchi va ipotekaga oluvchi oʻrtasida tuzilgan qoʻshimcha bitim talab etiladi. Ushbu hujjatlar ipoteka shartnomasiga qoʻshib tikiladi. Bu haqda reyestrga va alifbo kitobiga yozib qoʻyiladi.
(131-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-iyundagi 149-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-14, 22.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 566-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132. Muomaladan chiqarilgan va tasarrufdan chiqarilishi mumkin boʻlmagan koʻchmas mulk ipoteka narsasi boʻlishi mumkin emas. Qonun hujjatlarida majburiy xususiylashtirilishi nazarda tutilgan yoki xususiylashtirilishi taqiqlangan yoxud cheklangan korxonalar va mol-mulk turlari hamda guruhlari ham ipoteka narsasi boʻlishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1321. Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi turar joy yoxud turar joy boʻlmagan bino shaklidagi koʻchmas mulkni garovga (ipotekaga) qoʻyishda, ushbu Yoʻriqnomaning 509, 5010, 5011 va 57-bandlari qoidalariga rioya qilinadi.
(1321-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-avgustdagi 250-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-15, 22.08.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 900-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-§. Mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133. Mulk ijarasi shartnomasini tasdiqlashda notarius quyidagilarni talab qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (nusxasi qoldirilib, asli qaytarib beriladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara narsasi umumiy birgalikdagi mulk boʻlgan taqdirda (er-xotinning birgalikdagi mulki), barcha egalarining (er-xotinning) roziligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vasiylikdagi shaxsga qarashli boʻlgan mol-mulk ijaraga berilganda, vasiylik va homiylik organlarining roziligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijaraga olingan mulkni sotib olish sharti bilan shartnoma tuzilsa va ushbu mulk davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan mulk boʻlsa, notarius Tizim orqali mazkur mulkning boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligini tekshirishi lozim.
(133-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 26-dekabrdagi 304-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-12, 26.12.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 606-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik kodeksining 541-moddasiga asosan ijaraga berilayotgan mol-mulk topshirish va qabul qilish dalolatnomasi asosida topshirilishi lozimligi taraflarga tushuntiriladi va bu haqda shartnoma matnida koʻrsatiladi.
(133-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 22-dekabrdagi 376-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-10, 22.12.2015-y) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 51-son, 636-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134. Mulk ijarasi shartnomasi shartnomada belgilangan muddatga tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mulk ijarasining muddati shartnomada belgilanmagan boʻlsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bunda, taraflardan har biri boshqa tarafni bir oy oldin, koʻchmas mulk ijarasida esa — uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, istagan paytda shartnomadan voz kechishi mumkin. Qonun yoki shartnomada nomuayyan muddatga tuzilgan mulk ijarasi shartnomasini bekor qilish haqida oldindan ogohlantirishning boshqa muddatlari ham belgilab qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135. Qonunda mulk ijarasining ayrim turlari uchun, shuningdek mol-mulkning ayrim turlarini ijaraga olish uchun eng koʻp (oxirgi) muddatlar belgilab qoʻyilishi mumkin. Bunday hollarda, basharti ijara muddati shartnomada belgilangan boʻlmasa va qonunda belgilangan oxirgi muddat tugagunicha taraflardan hech qaysisi shartnomadan voz kechmasa, oxirgi muddat oʻtishi bilan shartnoma bekor boʻladi. Qonunda belgilangan oxirgi muddatdan ortiq muddatga tuzilgan bunday mulk ijarasi shartnomasi oxirgi muddatga teng muddatga tuzilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-§. Koʻchmas mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
136. Mulk huquqi asosida fuqarolarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk (uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi va boshqalar) ijaraga berilishida ijara shartnomasini notarial tartibda tasdiqlashda notarius quyidagilarni talab qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektining kadastr yigʻmajildi. Bunda mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat, Binolar, inshootlar va koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma hamda koʻchmas mulkning umumiy maydoni haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan tegishli hujjatlardan nusxa olinib, kadastr yigʻmajildining asli qaytarib beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilayotgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy propiska qilingan shaxslar haqida fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organi yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan berilgan maʼlumotnoma yoki uy daftaridan koʻchirma.
(136-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (roʻyxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdorning ijaraga berilayotgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy propiska qilingan voyaga yetgan oila aʼzolarining (eri (xotini) va ularning farzandlari) roziligi.
(136-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (roʻyxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrugʻiga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk umumiy birgalikdagi mulk boʻlgan taqdirda (er-xotinning birgalikdagi mulki), barcha egalarining (er-xotinning) roziligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vasiylikdagi shaxsga qarashli boʻlgan koʻchmas mulk ijaraga berilganda, vasiylik va homiylik organlarining roziligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi ijaraga berilganda, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari (Toshkent shahrida — “Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va maʼlumotlar berish markazi” davlat unitar korxonasi) tomonidan berilgan xususiylashtirishda rozilik bergan shaxslar haqidagi maʼlumotnoma va ularning roziligi;
(136-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-iyundagi 149-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-14, 22.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 566-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk garovga qoʻyilgan boʻlsa, garovga oluvchining roziligi ham talab etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning uchinchi va sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan maʼlumotnomalar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.
(136-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (roʻyxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137. Yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulkni (uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi va boshqalarni) ijaraga berish shartnomalarini notarial tasdiqlashda, qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar talab etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakilga berilgan ishonchnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs vakolatli organlarining koʻchmas mulkni ijaraga berish (olish) haqidagi hujjat (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
Oldingi tahrirga qarang.
(137-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (roʻyxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrugʻiga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazgan tashkilotdan idoralararo soʻrov orqali olinadi.
(137-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1371. Diplomatik vakolatxonani va vakolatxona boshligʻi qarorgohini joylashtirish uchun koʻchmas mulkni ijaraga olish toʻgʻrisidagi bitimni tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari toʻgʻrisida nizomga muvofiq diplomatik vakolatxona koʻchmas mulkni ijaraga olish niyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini oldindan xabardor qilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi.
(1371-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 3-oktabrdagi 229-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-4, 3.10.2011-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 439-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-§. Korxonani ijaraga berish shartnomasini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
138. Korxonani ijaraga berish shartnomasi boʻyicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun mulkiy kompleks sifatida butun korxonani yoki uning bir qismini haq evaziga berish majburiyatini oladi, ijaraga beruvchi boshqa shaxslarga oʻtkazishi mumkin boʻlmagan huquq va majburiyatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijaraga beruvchi oʻz qarzlarini ijaraga oluvchining zimmasiga oʻtkazishi haqida kreditorlarini yozma ravishda ogohlantirishi shart, kreditorlar bunga rozi boʻlmasalar, ogohlantirishni olgan vaqtdan boshlab uch oy davomida ijaraga beruvchidan tegishli majburiyatlarni bekor qilishni yoki muddatidan oldin bajarishni va shu tufayli yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli. Agar shu muddatda mazkur talablardan birortasi bildirilmasa, kreditor tegishli qarzning ijarachiga oʻtkazilishiga rozilik bergan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonani ijaraga berish shartnomasi taraflar imzolagan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi va u notarial tasdiqlanishi hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonani ijaraga berish shartnomasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
139. Korxonani ijaraga berish shartnomasini tasdiqlash paytida notarius ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchining shartnomani tuzishga vakolati bor yoki yoʻqligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius tomonidan Fuqarolik kodeksining 579—586-moddalari mazmuni, shuningdek korxonani ijaraga berish shartnomasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozimligi tushuntiriladi va bu haqda shartnoma matnida koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
140. Korxonani ijaraga berish shartnomasini tasdiqlashda quyidagilar talab qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga beruvchining (ijaraga oluvchining) taʼsis hujjatlari va davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakilning vakolatini va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditorlarga berilgan xabarnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilayotgan korxona yoki uning bir qismi garovga qoʻyilgan boʻlsa, garovga oluvchining roziligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vasiylikdagi shaxsga qarashli boʻlgan korxona ijaraga berilganda, vasiylik va homiylik organlarining roziligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.
(140-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (roʻyxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1401. Mazkur Yoʻriqnomaning 140-bandida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilganda, notarius ushbu korxonaning boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligini Tizim orqali tekshiradi.
(1401-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (roʻyxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141. Korxonani ijaraga berish shartnomasining shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy boʻlmasligiga olib keladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121-§. Mulkdan tekin foydalanish shartnomasini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1411. Mulkdan tekin foydalanish shartnomasini tasdiqlashda notarius quyidagilarni talab qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (nusxasi qoldirilib, asli qaytarib beriladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekin foydalanishga berilayotgan mulk umumiy birgalikdagi mulk boʻlgan taqdirda (er-xotinning birgalikdagi mulki), barcha egalarining (er-xotinning) roziligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vasiylikdagi shaxsga qarashli boʻlgan mol-mulk tekin foydalanishga berilganda, vasiylik va homiylik organlarining roziligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekin foydalanishga berilayotgan mulk davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan mulk boʻlsa, notarius Tizim orqali mazkur mulkning boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligini tekshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1412. Koʻchmas mulkdan tekin foydalanish shartnomasini tasdiqlashda mazkur Yoʻriqnomaning 136 — 1371-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1413. Mulkdan tekin foydalanish shartnomasi shartnomada belgilangan muddatga tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mulkdan tekin foydalanishning muddati shartnomada belgilanmagan boʻlsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bunda, taraflardan har biri boshqa tarafni bir oy oldin, koʻchmas mulkdan tekin foydalanishda esa — uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, istagan paytda shartnomadan voz kechishi mumkin. Qonun yoki shartnomada nomuayyan muddatga tuzilgan mulkdan tekin foydalanish shartnomasini bekor qilish haqida oldindan ogohlantirishning boshqa muddatlari ham belgilab qoʻyilishi mumkin.
(121-paragraf Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (roʻyxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrugʻiga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-§. Lizing shartnomasini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
142. Lizing — moliya ijarasining alohida turi boʻlib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirigʻiga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib sotib oladi va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga oʻn ikki oydan ortiq muddatga beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
143. Lizing shartnomasi shartnoma taraflaridan birining talabiga koʻra yoki mol-mulk lizing obyekti hisoblanib, u boʻyicha tuziladigan bitimlar qonunga muvofiq notarial tasdiqlanishi talab qilinadigan hollarda notarial tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
144. Lizing beruvchi lizing oluvchining oldindan roziligini olmay turib, lizing obyektidan garov sifatida foydalanish huquqiga ega emas. Lizing oluvchi lizing obyektini garov sifatida ishlatishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
145. Davlat organlarida roʻyxatdan oʻtkazilishi talab etiladigan lizing obyektlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taraflarning oʻzaro kelishuviga koʻra lizing beruvchining yoki lizing oluvchining nomiga rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
146. Lizing beruvchi va lizing oluvchi oʻrtasida ikki taraflama lizing shartnomasi tuzilganda, notarius tomonidan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing beruvchi va lizing oluvchining taʼsis hujjati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing oluvchi va lizing beruvchining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing oluvchi (lizing beruvchi)ning vakolatli organining lizing olish (lizing berish) toʻgʻrisidagi hujjati (qarori, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing obyektini sotib olinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqlovchi hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
(146-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (roʻyxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrugʻiga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakilning vakolatini tasdiqlovchi hujjat (ishonchnoma);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing obyektining tavsifi haqidagi hujjat (ikkala taraf tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing shartnomasi boʻyicha lizing toʻlovlarining bajarilish grafigi (ikkala taraf tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak).
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazgan tashkilotdan idoralararo soʻrov orqali olinadi.
(146-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
147. Lizing shartnomasi matnida quyidagilar koʻrsatilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaning nomi, shartnoma tasdiqlangan joyning toʻliq nomi (viloyat, tuman, shahar) va tuzilgan sanasi (yil, oy va kun soʻzlar bilan yoziladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing obyektining tavsifi (lizing obyektining miqdori, sifati, roʻyxati, qiymati va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing toʻlovlarining umumiy summasi, yaʼni shartnoma bahosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing beruvchi va lizing oluvchi haqidagi toʻliq maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchi haqida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflarning lizing obyektini olish va berish bilan bogʻliq majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing obyektini berish tartibi, shu jumladan, lizing obyektini yetkazib berish, montaj qilish va foydalanishga topshirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing toʻlovlarini toʻlash shartlari, miqdorlari, muddatlari va tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing obyektidan foydalanish, unga qarash, uni saqlab turish va taʼmirlash yuzasidan taraflarning majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaning amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchi va lizing obyektini tanlash uchun masʼul taraf.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lizing obyekti avtomototransport vositasi boʻlganda, shartnoma matnida va tasdiqlovchi yozuvda shartnoma notarial tartibda tasdiqlangan paytdan boshlab oʻn kun mobaynida DYHXX organlarida hisobga qoʻyilishi kerakligi koʻrsatilishi lozim. Bunda shartnoma matnining yakuniy qismida va tasdiqlovchi yozuvda “Ushbu shartnoma IIVning tegishli DYHXX organlarida oʻn kun ichida belgilangan tartibda hisobga qoʻyilishi shart. Mazkur talabni bajarmaslik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortishga olib keladi” deb yozib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflarning kelishuviga binoan lizing shartnomasiga quyidagi shartlar kiritilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing obyektini lizing oluvchining mulk huquqiga oʻtkazish yoki sotib olish tartibi va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing shartnomasini oʻzgartirish va bekor qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing obyektini sugʻurta qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fors-major holatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar qoʻshimcha xizmatlarsiz lizing obyektidan foydalanish imkoniyati boʻlmasa, lizing beruvchi tomonidan qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatilishi tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing subyektlari tomonidan lizing shartnomasi shartlariga rioya etilishini nazorat qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing obyektini lizing oluvchining roziligi bilan lizing beruvchi tomonidan keyinchalik garovga (ipotekaga) qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizolarni hal etish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lizing shartnomasiga qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
148. Lizing obyektiga boʻlgan mulk huquqi lizing oluvchi tomonidan sotib olingunga qadar lizing beruvchiga tegishli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
149. Lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi lizing beruvchi va sotuvchi oʻrtasida tuzilib, unga koʻra lizing beruvchi lizing oluvchining topshirigʻiga binoan lizing obyektini keyinchalik lizing oluvchiga berish uchun oʻz mulki qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lizing obyekti oldi-sotdi shartnomasini tuzish paytida lizing beruvchi lizing obyekti qaysi maqsadda sotib olinayotganligidan sotuvchini oldindan xabardor qilishi, buni oldi-sotdi shartnomasida qayd etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
150. Avtomototransport vositalarining lizing shartnomasini rasmiylashtirishda notarius ushbu avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-sonli qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq avtomototransport vositalarining lizing shartnomasi qatʼiy hisobda turuvchi maxsus gerbli (maxsus) blankalarda tuzilib tasdiqlanishi lozim. Bunda lizing shartnomasining tasdiqlovchi yozuvda gerbli (maxsus) blankaning (blankalarning) seriyasi, tartib raqami va hududiy kodi koʻrsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gerbli (maxsus) blankadagi avtomototransport vositasining lizing shartnomasi notarial tartibda tasdiqlanganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda gerb yigʻimi undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-§. Renta shartnomasini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
152. Fuqarolik kodeksining 512-moddasiga asosan renta shartnomasiga muvofiq bir taraf (renta oluvchi) koʻchmas yoki koʻchar mol-mulkni boshqa tarafga (renta toʻlovchiga) beradi, renta toʻlovchi esa olingan mol-mulk oʻrniga renta oluvchiga vaqti-vaqti bilan belgilangan pul summasi yoki uni taʼminlash uchun boshqa shaklda mablagʻ berish tarzida renta toʻlash majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Renta shartnomasiga muvofiq rentani muddatsiz (doimiy renta) yoki renta oluvchi hayot boʻlgan muddat mobaynida toʻlash (umrbod renta) majburiyatini belgilashga yoʻl qoʻyiladi. Umrbod renta fuqaroni oʻz qaramogʻiga olgan holda umrbod taʼminlash sharti bilan belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
153. Renta shartnomasi notarial tasdiqlanishi, koʻchmas mol-mulkni renta toʻlash sharti bilan boshqa shaxsga berishni nazarda tutadigan shartnoma esa bundan tashqari davlat roʻyxatidan ham oʻtkazilishi lozim. Bunda ushbu koʻchmas mulkka nisbatan taqiq va xatlov bor yoki yoʻqligi tekshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Renta shartnomasi koʻchmas mulk joylashgan hududdagi davlat notarial idorasida tasdiqlanadi. Koʻchar mulk renta shartnomasini tasdiqlash joyi taraflarning xohishiga koʻra belgilanadi.
(153-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
154. Renta toʻlash sharti bilan boshqa shaxsga beriladigan mol-mulk renta oluvchi tomonidan renta toʻlovchiga haq evaziga yoki tekinga mulk qilib berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Renta shartnomasida mol-mulkni haq evaziga topshirish nazarda tutilgan taqdirda taraflarning mol-mulkni topshirish va uning haqini toʻlash boʻyicha munosabatlariga nisbatan oldi-sotdi shartnomasi toʻgʻrisidagi qoidalar, bunday mol-mulk tekinga berilgan hollarda esa hadya shartnomasi toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllaniladi, basharti Fuqarolik kodeksining 32-bobi qoidalarida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa va bu hol renta shartnomasining mohiyatiga zid kelmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
155. Renta toʻlash sharti bilan yer uchastkasi yoki boshqa koʻchmas mulk berilganida, renta oluvchi renta toʻlovchi oʻz majburiyatlarini bajarishini taʼminlash maqsadida bu mulkka garov huquqini oladi. Bu holda renta shartnomasi boʻyicha renta toʻlovchi tomonidan renta oluvchiga renta toʻlovini vaqti-vaqti bilan toʻlash majburiyati koʻrsatilgan boʻlsa, renta toʻlovchi tomonidan majburiyati toʻliq bajarilgunga qadar notarius ushbu koʻchmas mulkka taqiq qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Renta sifatida pul summasi yoki boshqa koʻchar mol-mulkni berishni nazarda tutadigan shartnomaning muhim sharti shuki, unda renta toʻlovchi oʻz majburiyatlarini bajarishning garovini taqdim etishga yoki ushbu majburiyatlarni bajarmaslik yoxud lozim darajada bajarmaslik xavfini renta oluvchi foydasiga sugʻurtalashga majbur boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
156. Renta toʻlashni kechiktirganlik uchun renta toʻlovchi renta oluvchiga, agar renta shartnomasida boshqacha foizlar miqdori nazarda tutilgan boʻlmasa, Fuqarolik kodeksining 327-moddasida nazarda tutilgan foizlarni toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
157. Doimiy rentani faqat fuqarolar va tijoratchi boʻlmagan tashkilotlar olishlari mumkin, basharti, bu hol qonun hujjatlariga zid kelmasa va ularning faoliyat maqsadiga mos boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, doimiy renta shartnomasi boʻyicha renta oluvchining huquqlari ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan shaxslarga talabdan voz kechish yoʻli bilan topshirilishi va vorislik boʻyicha yoki yuridik shaxslar qayta tashkil qilinganda, boshqa shaxslarga oʻtishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
158. Agar doimiy renta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, mol-mulkdan foydalanish haqining tegishli stavkasi yoki bank foizi stavkasi oʻzgarsa, toʻlanadigan renta miqdori ham mutanosib ravishda oʻzgaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shartnomada taraflar toʻlov vaqtlarini belgilamasalar (masalan, har oyda yoki har yilda bir marotaba), doimiy renta yilning har bir kalendar choragi tugashi bilan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy renta shartnomasini tasdiqlashda notarius tomonidan toʻlovchining doimiy rentani sotib olishga boʻlgan huquqi va renta oluvchining doimiy renta toʻlovini talab qilishga boʻlgan huquqi tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
159. Doimiy haq toʻlanadigan rentaning bahosini shartnomada taraflar belgilaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Renta toʻlash sharti bilan mol-mulk haq evaziga topshirilgan doimiy renta shartnomasida sotib olish bahosi toʻgʻrisida shart boʻlmasa, sotib olish yillik renta toʻlovlari summasiga mos bahoda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Renta toʻlash sharti bilan mol-mulk tekinga berilgan doimiy renta shartnomasida sotib olish bahosi toʻgʻrisida shart boʻlmaganda, sotib olish bahosiga yillik renta toʻlovlari summasi bilan bir qatorda topshirilgan mol-mulkning Fuqarolik kodeksi 356-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha aniqlanadigan bahosi ham kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy renta shartnomasini tasdiqlashda notarius doimiy renta toʻlash sharti bilan bepul topshirilgan mol-mulkning tasodifan nobud boʻlish yoki tasodifan buzilish xavfi renta toʻlovchi zimmasida boʻlishini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
160. Umrbod rentani oluvchilar boʻlib mulkni renta toʻlovi evaziga topshirayotgan fuqaro tomonidan shartnomada koʻrsatilgan bir yoki bir necha shaxs hisoblanishi mumkin. Agar renta oluvchilar bir nechta fuqaro boʻlsa, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, renta olish huquqida ularning ulushlari teng deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umrbod rentaning shartnomada belgilanadigan bir oylik miqdori qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqidan kam boʻlmasligi kerak, Fuqarolik kodeksining 247-moddasida nazarda tutilgan hollarda esa oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar umrbod renta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, umrbod renta har bir kalendar oy tugashi bilan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umrbod renta shartnomasini tasdiqlashda notarius taraflarga Fuqarolik kodeksining 525—529-moddalari talablarini tushuntiradi va bu haqda shartnoma matnida koʻrsatib oʻtiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulk huquqining kelgusida renta toʻlovchiga oʻtishini nazarda tutuvchi renta shartnomasini tasdiqlash paytida notarius bunday mulkni oldi-sotdi shartnomasi uchun talab qilinadigan zarur hujjatlarni talab qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-§. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi boʻyicha bir taraf (boshqaruvning muassisi) ikkinchi tarafga (ishonchli boshqaruvchiga) mol-mulkini muayyan muddatga ishonchli boshqaruvga topshiradi, ikkinchi taraf esa ushbu mol-mulkni boshqaruvning muassisi yoki u koʻrsatgan shaxs (foyda oluvchi) manfaatlarini koʻzlab boshqarish majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni ishonchli boshqarishga topshirish bu mol-mulkka mulk huquqining ishonchli boshqaruvchiga oʻtishiga olib kelmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi yozma shaklda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli boshqarish obyektlari korxonalar va boshqa mol-mulk komplekslari, koʻchmas mulkka mansub boʻlgan alohida obyektlar, qimmatli qogʻozlar, alohida huquqlar va boshqa mol-mulkdan iborat boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
162. Koʻchmas mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi koʻchmas mol-mulkni boshqa shaxsga berish haqidagi shartnoma uchun nazarda tutilgan shaklda va tartibda tuziladi. Koʻchmas mulkka mulk huquqining boshqa shaxsga oʻtishi qaysi tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilsa, bu mulkni ishonchli boshqarishga topshirish ham shu tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi shakliga yoki koʻchmas mulkni ishonchli boshqarishga topshirishni roʻyxatga olish talabiga rioya qilmaslik, uning haqiqiy boʻlmasligini keltirib chiqaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
163. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan koʻchmas mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini tasdiqlash shu mol-mulk joylashgan hududdagi davlat notarial idorasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda koʻchmas mulkning ushbu mulk boshqaruvning muassisiga tegishliligi, shu mulk taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi tekshiriladi.
(163-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
164. Taqiq va xatlov mavjud boʻlgan hollarda mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi faqat kreditor rozi boʻlgan taqdirdagina tasdiqlanadi. Taqiq hamda xatlov sud va tergov organlari tomonidan qoʻyilgan taqdirda, shartnoma taqiq va xatlov olib tashlangandan soʻng rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
165. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini tasdiqlashda Fuqarolik kodeksining 850—852-moddalari talablaridan kelib chiqqan holda hujjatlar talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
166. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasida quyidagilar nazarda tutilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaning nomi, shartnoma tasdiqlangan joyning toʻliq nomi (viloyat, tuman, shahar) va tuzilgan sanasi (yil, oy va kun soʻzlar bilan yoziladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma boʻyicha ishonchli boshqarishga beriladigan mol-mulk roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foyda oluvchi toʻgʻrisidagi koʻrsatma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchli boshqaruvchining hisobotlar taqdim etish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchli boshqarish bekor qilingan taqdirda mol-mulkni oladigan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar haq toʻlash shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, ishonchli boshqaruvchiga toʻlanadigan haqning miqdori va shakli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomada yuqorida nazarda tutilgan shartlar boʻlmagan taqdirda, shartnoma tuzilmagan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
167. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga tuziladi. Shartnomaning amal qilish muddati tamom boʻlganida taraflardan birining shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasi boʻlmasa, shartnoma unda nazarda tutilgan muddatga va shartlar asosida uzaytirilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli boshqarishga topshiriladigan ayrim turdagi mol-mulklar uchun qonunda shartnoma amal qilishining boshqa eng koʻp muddatlari belgilab qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli boshqarish shartnomasini tasdiqlashda notarius Fuqarolik kodeksining 849 — 861-moddalari talablarining mazmuni, shuningdek mol-mulkni ishonchli boshqarish obyektiga qarab shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazish zarurligini, roʻyxatdan oʻtkazmaslik natijasida kelib chiqadigan oqibatlarni tushuntiradi va bu haqda shartnomaning matnida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-§. Tugatilayotgan yuridik shaxsga tegishli boʻlgan mol-mulkni uning muassislari (ishtirokchilari) oʻrtasida taqsimlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
168. Fuqarolik kodeksining 55-moddasiga muvofiq yuridik shaxs tugatilayotganda (sud tartibida, ixtiyoriy ravishda), kreditorlarning talablari qanoatlantirilganidan keyin qolgan mol-mulk shu mol-mulkka ashyoviy huquqlarga yoki ushbu yuridik shaxsga nisbatan majburiy huquqlarga ega boʻlgan muassislarga (ishtirokchilarga), agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, topshiriladi va ular oʻrtasida taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
169. Tugatilayotgan yuridik shaxsga tegishli boʻlgan mol-mulkni uning muassislari (ishtirokchilari) oʻrtasida taqsimlash (boʻlish) toʻgʻrisidagi shartnomani tasdiqlashda notariusga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari)ning yoki muassisning yuridik shaxsni tugatish haqidagi qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yuborilgan yozma xabar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ tugatuvchini — tugatish komissiyasi yoki jismoniy shaxsning tayinlanganligi, tugatish tartibi va muddatlari belgilanganligi toʻgʻrisidagi yuridik shaxs muassislarining (ishtirokchilarining) umumiy majlis bayonnomasi yoki organning qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, tugatuvchi yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ bilan kelishilgan holda tayinlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatuvchining vakolatini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassislar (ishtirokchilar)ning ustav fondidagi (kapitalidagi) hissalari shakllanganligi haqidagi maʼlumotnoma (guvohnoma);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debitor va kreditorlar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatuvchining yuridik shaxsni tugatilishi haqida kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilinganligi toʻgʻrisidagi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilayotgan yuridik shaxsning moliya-xoʻjalik faoliyati tekshirilganligi haqidagi tegishli davlat soliq xizmati organining tekshiruv maʼlumotnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatuvchining yuridik shaxsning tugatilishi haqida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga berilgan eʼlon nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi moliyaviy hisobot yiliga boʻlgan buxgalteriya balansi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilayotgan yuridik shaxsning moliyaviy natijalari toʻgʻrisidagi hisobot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqsimlanayotgan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqsimlanayotgan mol-mulk koʻchmas mulk boʻlganda, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining maʼlumotnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(169-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (roʻyxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrugʻiga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkning inventarizatsiya dalolatnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilayotgan yuridik shaxsning oraliq tugatish balansi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilayotgan yuridik shaxsning tugatish balansi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilayotgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) oʻrtasida taqsimlangan mol-mulkning topshirish va qabul qilish dalolatnomasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi, oltinchi, oʻn birinchi va oʻn oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.
(169-bandning yigirma birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (roʻyxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma narsasi koʻchmas mulk yoki avtomototransport vositasi boʻlganda, mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanganligi va xatlanganligi haqidagi maʼlumotlar notarius tomonidan Tizim orqali avtomatik tarzda olinadi.
(169-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (roʻyxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrugʻiga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-§. Qarz shartnomasini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
170. Fuqarolik kodeksining 732-moddasiga muvofiq qarz shartnomasi boʻyicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki turga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib, oʻshancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
171. Qarz shartnomasi taraflardan birining talabi boʻyicha xohlagan notarial idorada tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarz shartnomasi tasdiqlanayotganda notarius taraflarning haqiqiy istaklarini aniqlashi lozim. Shartnomada qarzning qaytarilish muddati, joyi va majburiyat bajarilishini taʼminlash usullari haqida notarius tomonidan tushuntirilganligi koʻrsatilishi kerak. Lozim boʻlsa, notarius taraflarning xohish-istaklarini aniqlash maqsadida ariza olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
172. Qarz shartnomasi boʻyicha qarz olgan shaxs tomonidan toʻlov muddati oʻtkazib yuborilganda, Qonunning 73-moddasiga muvofiq qarz beruvchining iltimosiga koʻra notarius qarzdorga mulkni qaytarish yoki qarz summasini qaytarib berish toʻgʻrisidagi qarz beruvchining arizasini qarz olgan tarafga arizani topshirish notarial harakatini amalga oshirishi va bu haqda guvohnoma berishi mumkin. Shartnoma majburiyatlari bajarilmagan taqdirda esa notarius Qonunning 76—80-moddalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 18-yanvardagi 26-sonli qarori bilan tasdiqlangan Notariuslarning ijro xatlariga asosan qarzni undirish soʻzsiz amalga oshiriladigan hujjatlar roʻyxatiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 2-son, 19-modda) muvofiq ijro xatini yozadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarz shartnomasi boʻyicha foizlarni belgilash yuzasidan shartlar taraflar tomonidan Fuqarolik kodeksining 734-moddasida koʻrsatilgan tartibda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-§. Vasiyatnomalarni tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
173. Fuqaroning oʻziga tegishli mol-mulkni yoki bu mol-mulkka nisbatan huquqini vafot etgan taqdirda tasarruf etish xususidagi xohish-irodasi vasiyat deb eʼtirof qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiyatnoma shaxsan tuzilishi lozim. Vasiyatnomaning vakil orqali tuzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiyatnoma matni vasiyat qiluvchi tomonidan yozilib, notariusga shaxsan taqdim etilgan yoki uning soʻzlaridan notarius tomonidan yozib olingan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiyatnomani tasdiqlab berishda vasiyat qiluvchidan uning vasiyat qilinayotgan mol-mulkka boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiyatnoma yozilgan joyi va vaqti koʻrsatilgan holda yozma shaklda tuzilishi lozim. Yozma shakldagi vasiyatnoma vasiyat qiluvchining oʻz qoʻli bilan imzolanishi, familiyasi, ismi va otasining ismi toʻliq yozilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar vasiyat qiluvchi jismoniy nuqsonlari, kasalligi yoki savodsizligi tufayli vasiyatnomani oʻz qoʻli bilan imzolay olmasa, uning iltimosiga binoan notarius hozir boʻlganida vasiyat qiluvchi oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganligining sabablarini koʻrsatilgan holda, vasiyatnomaga boshqa shaxs imzo qoʻyishi mumkin. Bunday holatda, notarius Fuqarolik kodeksining 1128-moddasiga asosan vasiyat qiluvchining oʻrniga vasiyatnomani imzolagan fuqaroga meros ochilgunga qadar vasiyatnomaning mazmuni, uning tuzilishi, bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishiga daxldor maʼlumotlarni oshkor qilishga haqli emasligi tushuntiradi va bu haqda vasiyatnoma matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
174. Quyidagi shaxslar vasiyat qiluvchining oʻrniga vasiyatnomani imzolashi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarius yoki vasiyatnomani tasdiqlovchi boshqa shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vasiyatnoma kimning foydasiga tuzilgan yoki kimga nisbatan vasiyat majburiyati yuklatilgan boʻlsa, oʻsha shaxs, uning eri (xotini), bolalari, ota-onasi, nevaralari va chevaralari, shuningdek vasiyat qiluvchining qonun boʻyicha merosxoʻrlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq muomala layoqatiga ega boʻlmagan fuqarolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savodsiz boʻlgan shaxslar va vasiyatnomani oʻqiy olmaydigan boshqa shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolgʻon guvohlik berganlik uchun muqaddam sudlangan shaxslar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
175. Vasiyat qiluvchining iltimosiga binoan vasiyatnomani tasdiqlashda guvohlar ishtirok etishi mumkin. Bunday holda vasiyatnomaning har ikki nusxasiga bu haqda yozib qoʻyiladi, ushbu Yoʻriqnomaning 174-bandida koʻrsatilgan shaxslar guvoh boʻlishlari mumkin emas.
(175-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
176. Vasiyat qiluvchining xohishiga koʻra vasiyatnoma notarius tomonidan uning mazmuni bilan tanishib chiqilmasdan (maxfiy vasiyatnoma) tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxfiy vasiyatnomani vasiyat qiluvchi haqiqiy sanalmaslik xavfi ostida oʻz qoʻli bilan yozishi va imzolashi, familiyasi, ismi va otasining ismini toʻliq yozishi lozim. Bu haqda notarius vasiyat qiluvchidan ogʻzaki soʻraydi va tasdiqlovchi yozuvda koʻrsatadi. Vasiyatnoma ikki guvoh va notarius ishtirokida xatjildga solinib, xatjild yelimlanishi lozim, guvohlar oʻz familiyasi, ismi, otasining ismini va doimiy propiska qilingan manzilni koʻrsatgan holda xatjildga imzo qoʻyadilar. Guvohlar imzo qoʻygan xatjild guvohlar va notariusning ishtirokida boshqa xatjildga solinadi va bu xatjild ham yelimlanadi, unga notarius tasdiqlovchi yozuvni yozib qoʻyadi.
(176-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxfiy vasiyatnoma reyestrda qayd etilib, alifbo kitobiga kiritiladi va vasiyatnomalar turadigan yigʻmajildda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
177. Notarius tomonidan vasiyat qiluvchining vasiyatnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi arizasi notarial shahodatlantirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius vasiyatnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisida ariza olgan taqdirda vasiyatnomaning notariusda saqlanayotgan nusxasiga, reyestrga va alifbo kitobiga bu xususda yozuv kiritadi. Vasiyatnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisida ariza notarial idorada yuritiladigan bitimlarni bekor qilish toʻgʻrisidagi alohida yigʻmajildda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiyat qiluvchi oʻzida saqlanayotgan vasiyatnoma nusxasini taqdim etgan taqdirda, vasiyatnomaning oʻzgartirilganligi yoki bekor qilinganligi toʻgʻrisida bu nusxaga ham yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiyat qiluvchi istalgan vaqtda vasiyatnomani oʻzgartirish va bekor qilish haqida Qonunning 16-moddasiga muvofiq xohlagan notarial idoraga murojaat etishi mumkin. Bunday holda notarius vasiyatnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi arizani Qonunning 73-moddasiga amal qilgan holda vasiyatnoma tasdiqlangan yoki u saqlanayotgan notarial idoraga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
178. Qonunning 26-moddasida nazarda tutilgan mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomaning bittadan nusxasi vasiyat qiluvchi doimiy propiska qilingan joydagi davlat notarial idorasiga saqlash uchun kechiktirmay yuborilishi shart. Ushbu vasiyatnoma vasiyatnomalarni hisobga olish alifbo kitobiga kiritilishi lozim. Bu haqda shu kunning oʻzida Tizimga tegishli maʼlumot kiritiladi.
(178-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 26-dekabrdagi 304-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-12, 26.12.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 606-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius saqlash uchun kelib tushgan vasiyatnomani tekshirib koʻrishi va uning qonun hujjatlariga nomuvofiqligini aniqlagan taqdirda, bu xususda vasiyat qiluvchiga va vasiyatnomani tasdiqlagan mansabdor shaxsga maʼlum qilishi shart.
(178-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
179. Notarius vasiyatnomani tasdiqlashda vasiyat qiluvchiga Fuqarolik kodeksining 1127 va 1142-moddalari mazmunini tushuntirishi va bu haqda vasiyatnoma matnida koʻrsatib oʻtishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar tomonidan vasiyatnoma tasdiqlangandan keyin vasiyat qiluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, vasiyatnomani tasdiqlash sanasi va reyestr raqami hamda unga oʻzgartirish kiritilganligi yoki bekor qilinganligi haqidagi maʼlumotlar alifbo kitobiga va Tizimga kiritilishi lozim.
(179-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 26-dekabrdagi 304-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-12, 26.12.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 606-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(179-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 26-dekabrdagi 304-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-12, 26.12.2016-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 606-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-§. Ishonchnomalarni tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
180. Fuqarolik kodeksining 134-moddasiga asosan bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi. Ishonchli vakil oʻziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181. Fuqarolik kodeksining 129-moddasiga asosan oʻz xususiyatiga koʻra faqat shaxsan tuzilishi mumkin boʻlgan bitimni, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa bitimlarni vakil orqali tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
182. Yuridik shaxs nomidan, shuningdek yuridik shaxsga ham ishonchnoma faqat yuridik shaxsning ustavida (nizomida) koʻrsatilgan faoliyat maqsadlariga zid boʻlmagan bitimlarni tuzish uchungina berilishi mumkin. Bu holda, notarius yuridik shaxsning ustavini (nizomini) tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar bir yoki bir necha shaxs nomidan bir yoki bir necha shaxs nomiga yozilgan ishonchnomalarni tasdiqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
183. Notarial shaklni talab qiluvchi bitimlarni tuzish yoxud yuridik shaxslarga nisbatan harakatlarni amalga oshirish uchun berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak, Fuqarolik kodeksining 136, 137, 138-moddalarida nazarda tutilgan hollar va qonun hujjatlari bilan ishonchnomaning oʻzgacha shakli belgilab qoʻyilgan boshqa hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
184. Ishonchnomani tuzish va tasdiqlash uchun ishonchli vakilning ishtiroki talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli vakil haqidagi, shuningdek ishonchnoma obyekti haqidagi maʼlumotlar ishonchnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar yoki uning soʻzlariga asosan yozilishi mumkin. Ishonchli vakil haqidagi, shuningdek ishonchnoma obyekti haqidagi maʼlumotlar ishonchnoma beruvchining soʻzlariga asosan yozilgan hollarda berilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun ishonchnoma beruvchi masʼuldir. Bu haqda ishonchnoma matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etib qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
185. Ishonchnoma matnida uning tuzilgan (imzolangan) joyi va sanasi, ishonch bildiruvchi va ishonchli vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi (yuridik shaxsning toʻliq nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi), doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) manzili, ishonchli vakilga berilayotgan vakolatlar doirasi, Fuqarolik kodeksining 141 va 142-moddalari tushuntirilganligi koʻrsatilishi kerak.
(185-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
186. Fuqarolik kodeksining 505-moddasiga muvofiq hadya oluvchining nomi va hadya narsasi koʻrsatilmagan hadyani vakil tomonidan amalga oshirish ishonchnomasi oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius mulkni hadya qilish shartnomasini tasdiqlash bilan bogʻliq ishonchnomani tasdiqlashda ishonchnoma matnida hadya oluvchining nomi va hadya narsasini koʻrsatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
187. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-sonli qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish ishonchnomalarini notarial tasdiqlash faqat qatʼiy hisobda turadigan, himoya darajasiga, seriyaga, tartib raqamiga va hududiy kodga ega boʻlgan, “Davlat belgisi” DIChBda tayyorlangan gerbli (maxsus) blankalarda amalga oshiriladi. Bunda, bitimning birinchi nusxa gerbli (maxsus) blankada rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1871. Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar hamda firmalar vakolatxonalariga hamda ularning xodimlariga, oila aʼzolariga tegishli “CMD”, “D”, “UN”, “T”, “X”, “M” seriyadagi davlat raqamlariga ega boʻlgan avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish ishonchnomalarini notarial tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining roziligini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
(1871-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 3-oktabrdagi 229-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-4, 3.10.2011-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 439-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
188. 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga avtotransport vositalari, 16 yoshga toʻlmagan shaxslarga mototransport vositalari bilan bogʻliq ishonchnomalarni rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
189. Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini tasarruf etish huquqi bilan berilgan ishonchnomalarni tasdiqlash avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi tekshirilgandan keyin amalga oshiriladi.
(189-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 26-dekabrdagi 304-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-12, 26.12.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 606-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
190. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-sonli qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalari bilan bogʻliq ishonchnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda avtomototransport vositasi roʻyxatga olingan joydagi DYHXX organlarida hisobga qoʻyilishi kerak. Notarius tomonidan mazkur ishonchnoma matnining yakuniy qismida va tasdiqlovchi yozuvda “Ushbu ishonchnoma IIVning tegishli DYHXX organlarida oʻn kun ichida belgilangan tartibda hisobga qoʻyilishi shart. Mazkur talabni bajarmaslik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortishga olib keladi” deb yozib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
191. Ishonchnoma bittadan ortiq ishonchli shaxsga berilgan taqdirda, u ishonchli shaxslar soni boʻyicha gerbli (maxsus) blankada rasmiylashtiriladi. Qolgan nusxalarda gerbli (maxsus) blankaning seriyasi, tartib raqami va hududiy kodi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
192. Gerbli (maxsus) blankalardagi ishonchnomalar notarial tartibda tasdiqlanganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda gerb yigʻimi undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
193. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga boshqa davlatlardan olib kelingan avtomototransport vositalari bilan bogʻliq ishonchnomalar berish ular bojxona organlarida rasmiylashtirilgandan va DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
194. Notarius koʻchmas mulk va avtomototransport vositasini tasarruf etish huquqi bilan ishonchnomani tasdiqlash paytida ishonchnoma beruvchi eri yoki xotinining mulkni tasarruf etishga roziligi haqidagi arizasi olinib, imzosi shahodatlantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar er yoki xotin ishonchnoma tasdiqlanayotgan vaqtda notarial idoraga kelmagan hollarda ishonchnoma matnida Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining (bundan buyon matnda Oila kodeksi deb yuritiladi) 23 va 24-moddalari mazmuni tushuntirilganligi haqida va tasdiqlovchi yozuvda esa ishonchnoma beruvchining nikohdan oʻtganlik holatini koʻrsatib oʻtishi lozim.
(194-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
195. Agar koʻchmas mulk va avtomototransport vositasini tasarruf etish huquqi bilan ishonchnoma berayotgan fuqaroning eri yoki xotini yoʻq boʻlsa (beva boʻlsa yoki boʻydoq), bu haqda notariusga yozma ariza taqdim etadi. Bunda, fuqaroning eri (xotini) yoʻqligi (boʻydoq, beva ekanligi) notarius tomonidan aniqlanadi. Ushbu holatni aniqlash uchun notariusga fuqaroning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlari, nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma yoki oʻlim haqidagi guvohnoma va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma yoxud bular haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan koʻchirmalar asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
196. Er (xotin)ni bedarak yoʻqolgan deb topish toʻgʻrisida sud hujjati mavjud boʻlgan hollarda notarius koʻchmas mulk va avtomototransport vositasini tasarruf etish huquqi bilan ishonchnomani tasdiqlashi mumkin. Bu holda notarius Fuqarolik kodeksining 35-moddasi mazmunini ishonchnoma matnida koʻrsatib oʻtishi va taraflarga tushuntirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
197. Nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan, meros tariqasida yoki hadya shartnomasi boʻyicha olingan, shuningdek nikoh davomida sotib olingan mulk nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan boʻlsa yoki er-xotin oʻrtasidagi mulkni boʻlish toʻgʻrisidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud boʻlsa, ishonchnomani tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
198. Ishonchnoma koʻpi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. Agar ishonchnomada muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, u berilgan kundan boshlab bir yil mobaynida oʻz kuchini saqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
199. Berilgan kuni koʻrsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius tomonidan tasdiqlanib, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida harakatlarni amalga oshirishga moʻljallangan, amal qilish muddati koʻrsatilmagan ishonchnoma uni bergan shaxs tomonidan bekor qilingunicha oʻz kuchini saqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
200. Vakolatlarning boshqa shaxsga berilishiga asos boʻlgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak, Fuqarolik kodeksining 136, 137, 138-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
201. Fuqarolik kodeksining 140-moddasiga muvofiq ishonchnoma berilgan shaxs oʻz vakolatidagi harakatlarni shaxsan amalga oshirishi shart. Basharti, unga ishonchnoma bilan vakolat berilgan boʻlsa yoki uni ishonchnoma bergan shaxsning manfaatlarini himoya qilishga sharoit majbur qilsa, u harakatlarni amalga oshirishni boshqa shaxsga oʻtkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma shunday ishonib topshirish huquqi koʻrsatib qoʻyilgan asosiy ishonchnoma taqdim etilganidan keyin yoki asosiy ishonchnoma boʻyicha vakil ishonchnoma bergan shaxsning manfaatlarini himoya qilish uchun vaziyat taqozosi bilan shunday ish tutishga majbur boʻlganligi haqida dalillar taqdim etganidan keyin notarial tasdiqlanishi kerak. Oʻz vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma asosiy ishonchnoma boʻyicha berilganidan koʻproq huquqni qamrab olmasligi kerak. Oʻz vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnomaning amal qilish muddati bu ishonchnomani berishga asos boʻlgan asosiy ishonchnomaning amal qilish muddatidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
202. Oʻz vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma matnida asosiy ishonchnoma tasdiqlangan sana, joy va reyestr raqami, asosiy ishonchnoma olgan, bergan va vakolat ishonib topshirilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan) manzili, asosiy ishonchnoma bilan berilgan barcha yoki ayrim vakolatlarini (masalan, avtomototransport vositasini sotish, boshqarish, taʼmirlash, haydab olib borish va shu kabilar) berilayotganligi haqida aniq koʻrsatilishi kerak. Tasdiqlovchi yozuvda esa vakolat berilgan shaxs asosiy ishonchnomaga asosan harakat qilayotganligi koʻrsatib oʻtiladi. Notarial idorada qoldiriladigan asosiy ishonchnomaga esa mazkur ishonchnoma boʻyicha vakolatlar boshqa shaxsga berilganligi haqida yozib qoʻyiladi. Asosiy ishonchnomaning nusxasi notarial idorada qoldiriladigan oʻz vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnomaga qoʻshib tikib qoʻyiladi.
(202-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
203. Ishonchnoma beruvchi tomonidan ishonchnoma bekor qilingan taqdirda ishonchnoma bergan shaxsning bu haqdagi arizasidagi imzosining haqiqiyligi notarial tartibda shahodatlantiriladi. Bu haqda reyestrga hamda notarial idorada saqlanayotgan ishonchnoma nusxasiga belgi qoʻyiladi. Ushbu ariza ishonchnoma nusxasiga yoki alohida yigʻma jildga tikib qoʻyiladi. Arizaning ikkinchi nusxasi ishonchli vakilni xabardor qilish uchun ishonch bildiruvchiga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
204. Bekor qilingan ishonchnomalar haqidagi maʼlumot (bekor boʻlgan ishonchnoma kim tomonidan va kimga rasmiylashtirilganligi, sanasi va reyestr raqami, mulkni joylashgan joyi) notarius tomonidan Tizimga kiritilishi shart.
(204-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (roʻyxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-§. Meros mulkini qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻrish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
205. Qonunning 52-moddasiga muvofiq meros ochilgan joydagi notarius, basharti qonun boʻyicha merosxoʻrlarning yoki vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchilarning, kreditorlar yoki davlatning manfaatlari uchun zarur boʻlsa, jismoniy va yuridik shaxslarning xabariga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻradi.
(205-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qonun boʻyicha merosxoʻrlar boʻlmasa yoki nomaʼlum boʻlsa, mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi merosni boshqaruvchi tayinlanishini soʻrab notariusga murojaat etishi lozim.
(205-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
206. Agar meros qoldiruvchining mol-mulki yoki uning bir qismi meros ochilgan joydan tashqarida boʻlsa, meros ochilgan joydagi notarius bu haqda meros mol-mulk joylashgan yerdagi notariusga meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisida topshiriq yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻrgan notarius meros ochilgan joydagi davlat notarial idorasiga koʻrilgan chora-tadbirlar haqida xabar qiladi va meros mol-mulk roʻyxatining nusxasini yuboradi.
(206-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
207. Meros mol-mulkini qoʻriqlashga doir ishlarni amalga oshirish jarayonida notarius ushbu mol-mulkni qoʻriqlanishini taʼminlovchi quyidagi chora-tadbirlarni koʻradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meros ochilgan joyini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashash joyi maʼlum boʻlgan merosxoʻrlarni meros ochilganligi haqida va mol-mulkni roʻyxatga olinishi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻlim faktini tasdiqlash uchun oʻlim haqidagi guvohnomani yoki oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvidan koʻchirmani talab qiladi, guvohnomaning nusxasi meros ishida qoldiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meros mol-mulkni qoʻriqlashga dastlabki chora-tadbirlar koʻrilgan yoki koʻrilmaganligini, agar koʻrilgan boʻlsa, unda bu chora-tadbir kim tomonidan koʻrilganligini, meros qoldiruvchining mol-mulki turgan xona (xonalar) muhrlanganligini, bu xonaning (xonalarning) kaliti kimdaligini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meros boʻlib qolgan mol-mulkni roʻyxatga olish toʻgʻrisida merosxoʻrlar yoki boshqa manfaatdor shaxslarni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
208. Meros qoldiruvchi bilan birgalikda yashab kelayotgan merosxoʻrlar yoki boshqa shaxslar oʻz xohishlari bilan roʻyxatga olish uchun mol-mulkni taqdim etgan taqdirdagina, notarius ushbu mol-mulkni roʻyxatga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar meros qoldiruvchi bilan birgalikda yashab kelayotgan merosxoʻrlar yoki boshqa shaxslar mol-mulkni roʻyxatga olishga qarshilik qilishsa, notarius mol-mulkni xatlash uchun taqdim etishdan bosh tortganlik toʻgʻrisida dalolatnomani tuzadi va merosxoʻrlarni bu haqda xabardor qiladi, ularga bu masala yuzasidan daʼvo bilan sudga murojaat etish yoki daʼvoni taʼminlash maqsadida sud tartibida mol-mulkni roʻyxatdan oʻtkazish huquqlarini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar roʻyxatga olish uchun joyiga chiqilganda, roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan mol-mulk mavjud boʻlmasa va merosxoʻrlar yoki boshqa shaxslar tomonidan olib ketilgan boʻlsa, notarius mol-mulk mavjud emasligi toʻgʻrisida yoki mol-mulk olib ketilganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadi va bu haqda merosxoʻrlarga yoki boshqa manfaatdor shaxslarga xabar beradi, ularning buzilgan huquqlarini himoya qilish va mol-mulkni qaytarish talabi bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etish huquqini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
209. Roʻyxatga olish dalolatnomasida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meros mol-mulk toʻgʻrisidagi xabar yoki uni qoʻriqlashga doir chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisidagi topshiriqning kelib tushgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatga olish sanasi, roʻyxatga olishda ishtirok etuvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meros qoldiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, uning vafot etgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatga olinayotgan mol-mulkning joylashgan joyi, notarius kelishidan oldin xona (xonalar) muhrlanganligi va muhrlash kim tomonidan amalga oshirilganligi, plomba va muhrlar buzilmaganligi haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayd etilgan barcha predmetlarning batafsil tavsifi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
210. Roʻyxatga olishni amalga oshirishda ishtirok etgan merosxoʻrlar va boshqa manfaatdor shaxslarning kelishuviga koʻra roʻyxatga olinayotgan har bir meros mol-mulki alohida baholanishi kerak. Kelishuv boʻlmaganida esa meros mol-mulkiga yoki uning kelishuvga erishilmagan qismiga nisbatan baholash meros mol-mulkining baholanishini talab qilgan shaxsning hisobidan baholovchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar merosxoʻrlar tomonidan meros qabul qilinmasa, baholovchi tashkilotning xizmat haqi meros mol-mulki hisobidan undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi, bino va inshootlar ularni “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasi tomonidan, avtomototransport vositalari esa baholovchi tashkilotlar tomonidan baholanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
212. Roʻyxatga olish dalolatnomasining har bir betida buyumlar (predmetlar) miqdori va ularning bahosi natijalariga, roʻyxat tugaganida buyumlar (predmetlar) miqdori va ularning bahosi umumiy natijalariga yakun yasaladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatga olish dalolatnomasiga meros qoldiruvchining barcha mol-mulki kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshnilar va boshqa shaxslarning ayrim buyumlari ularga tegishli ekanligi toʻgʻrisidagi arizalari roʻyxatga olish dalolatnomasiga kiritiladi, manfaatdor shaxslarga sudga daʼvo bilan murojaat etib, ushbu mol-mulkni roʻyxatdan chiqarish tartibi tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatga olish dalolatnomasi kamida uch nusxada tuzilib, bitta nusxasi meros ishiga tikiladi, ikkinchisi tilxat bilan meros boshqaruvchilari va meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan shaxslarga, uchinchisi merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma bilan birgalikda merosxoʻrlarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
213. Meros mol-mulkini roʻyxatga olish dalolatnomasi asosida reyestrda meros mol-mulkining qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlarni koʻrish boʻyicha notarial harakatni roʻyxatga olish navbatdagi raqam bilan amalga oshiriladi va ushbu notarial harakat uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat boji undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
214. Vafot etgan shaxsdan qolgan pul mablagʻlari merosxoʻrlarga guvohnoma berilgunga qadar yoki meros olish huquqi boʻyicha meros mulkini davlat foydasiga oʻtish hollarida davlat notarial idorasining depozit hisobraqamiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
215. Oltin, kumush, platina va tangadagi, quymadagi va xom turdagi platina guruhdagi metallarga, chet el valyutasiga, chet el valyutasida berilgan toʻlov hujjatlariga, hujjatli shakldagi qimmatli qogʻozlarga, qimmatbaho metallardan, toshlardan ishlab chiqarilgan buyumlarga, shuningdek qimmatbaho toshlarga alohida roʻyxat tuziladi, ular konvertga yoki yumshoq idishga solinadi, muhrlanadi, plombalanadi va roʻyxatga olingan kunning keyingi kunidan kechiktirmay, merosxoʻrlarga berilgunicha yoki meros olish huquqi boʻyicha meros mol-mulki davlatga oʻtish holatida davlat foydasiga topshirilgunga qadar, tegishli bankka saqlash uchun topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatsiz shakldagi qimmatli qogʻozlar hisobga olish registrlaridagi yozuvlar tarzida tegishli investitsiya vositachisi yoki Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida saqlanadi.
(215-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 12-dekabrdagi 284-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-11, 12.12.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 50-son, 569-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eng kam ish haqining oʻn baravaridan kam boʻlgan narxdagi qimmatbaho ashyolar (buyumlar) meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan shaxslarda qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatga olingan qimmatbaho ashyolarni (buyumlarni) tegishli bankka saqlash uchun topshirishdan oldin notarius notarial idorada olib boriladigan qimmatbaho ashyolar (narsalar)ni roʻyxatga olish kitobida ularni qayd etishi lozim. Qimmatbaho ashyolar (buyumlar)ning roʻyxati uch nusxada tuziladi. Ulardan biri qimmatbaho ashyolar (buyumlar) bilan tegishli bankka beriladi, ikkinchisi meros ishiga tikiladi va uchinchisi merosxoʻrlarga merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma bilan birga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
216. Agar roʻyxatga olish vaqtida eskirishi sababli hech qanday qiymatga ega boʻlmagan narsalar yoki uy hayvonlari mavjud boʻlsa, merosxoʻrlarning roziligi bilan ularning biriga, merosxoʻrlar boʻlmaganida esa notarius tomonidan meros mulkini saqlash uchun tayinlangan boshqa shaxslarga dalolatnoma tuzish orqali topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
217. Oziq-ovqat mahsulotlarini notarius merosxoʻrlarga, ular boʻlmaganda tegishli tashkilotlarga topshiradi. Oziq-ovqat mahsulotlarini topshirish alohida dalolatnoma boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
218. Aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qogʻozlarni roʻyxatga olish dalolatnomasida har bir aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qogʻozlarni chiqargan tashkilot nomi, seriyasi va raqami ularning nominal qiymati va soni koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
219. Omonat daftarchalari va marhumga tegishli boʻlgan narsalarga lombard tomonidan berilgan garov pattalari roʻyxatga olinadi va merosxoʻrlarga saqlash uchun beriladi. Merosxoʻrlar boʻlmagan taqdirda, notarius tomonidan meros mulkini saqlash uchun tayinlangan boshqa shaxslarga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
220. Marhumning mol-mulki tarkibida boʻlgan barcha turdagi qurol, shu jumladan, ov miltigʻi va portlovchi moddalar maxsus roʻyxat boʻyicha ichki ishlar organlariga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
221. Meros qoldiruvchiga tegishli boʻlgan orden, medallar, faxriy unvonlar, koʻkrak nishonlari, shuningdek ularni taqdirlash toʻgʻrisidagi hujjatlar esdalik sifatida saqlash uchun meros qoldiruvchining oila aʼzolarida qoldiriladi yoki merosxoʻrlarning roziligi bilan ular muzeylarga topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
222. Mol-mulkni roʻyxatdan oʻtkazish vaqtida notarius qaysi mol-mulkni oddiy uy-roʻzgʻor buyumlariga, qaysilarini esa qimmatbaho ashyolar (buyumlar) tarkibiga kiritish masalasini hal etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni oddiy uy-roʻzgʻor buyumlari qatoriga kiritishning asosiy xususiyati, bu ularni nafaqat meros qoldiruvchi tomonidan, balki meros qoldiruvchi bilan birga yashagan merosxoʻrlar yoki boshqa shaxslarning kundalik maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun ulardan foydalanilganligi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho ashyolar (buyumlar) tarkibiga zeb-ziynatlar, qimmatbaho metallardan ishlangan buyumlar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar, noyob narsalar, noyob daraxt navlaridan yasalgan mebellar, asl rasmlar, qimmatbaho gilamlar, shuningdek qimmatbaho servislar, nodir kitoblarning maxsus toʻplamlari, qimmatbaho toʻplamlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
223. Merosxoʻrlar oʻrtasida meros mol-mulkini qimmatbaho ashyo (buyum) yoki oddiy uy-roʻzgʻor buyumlariga kiritilishi toʻgʻrisida kelib chiqqan nizo sud tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
224. Meros qoldiruvchining shaxsiy buyumlari, shuningdek kasbiy faoliyatiga oid predmetlari (masalan, yozuv mashinkasi, kompyuter, musiqa asboblari, tibbiy asboblari va hokazo) roʻyxatga olinishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
225. Agar mol-mulkning tarkibida qimmatbaho qoʻlyozmalar, adabiyot asarlari, tarixiy yozishmalar mavjud boʻlsa, ushbu hujjatlar alohida roʻyxatga olinib, merosxoʻrlarga yoki tegishli tashkilotlarga saqlash uchun topshiriladi, merosxoʻrlar mavjud boʻlmagan taqdirda, notarius ushbu hujjatlar va qimmatbaho ashyolar (buyumlar) saqlanadigan xonani (xonalarni) muhrlab qoʻyadi.
(225-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
226. Meros tarkibida boshqarishni talab qiladigan mol-mulk mavjud boʻlsa, shuningdek meros qoldiruvchining kreditorlari merosxoʻrlar tomonidan merosni qabul qilib olguniga qadar daʼvo qoʻzgʻatgan hollarda, notarius meros mol-mulkini boshqaruvchisini tayinlaydi va bu haqda qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius Fuqarolik kodeksiga koʻra mol-mulkni ishonchli boshqarish muassisi sifatida ishtirok etib, ishonchli boshqaruvchi bilan mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini tuzadi.
(226-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
227. Notarius meros mol-mulk saqlash uchun topshirilgan shaxslarni, vasiy va homiylarni hamda meros boshqaruvchilarini meros mol-mulkini talon-toroj qilganlik, boshqa shaxsga oʻtkazganlik yoki uni yashirganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishlari va zarar yetkazganliklari uchun moddiy javobgarlikka tortilishlari toʻgʻrisida ogohlantiradi. Qilingan ogohlantirish toʻgʻrisida koʻrsatilgan shaxslardan tilxat olinadi. Bu haqda saqlanishga topshirilayotgan meros mol-mulkini roʻyxatga olish dalolatnomasida yoki meros mol-mulkini saqlash uchun topshiriladigan shaxslarni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorida bayon etilishi mumkin.
(227-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meros boshqaruvchilari va saqlovchilar agar merosxoʻr boʻlmasalar, meros mol-mulkni saqlaganlik uchun merosxoʻrlardan haq olishga haqlidir. Koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning meros mol-mulkni saqlash va boshqarish uchun qilgan zarur xarajatlari ham qoplanadi, bunda mol-mulkdan foydalanish hisobiga amalda olingan foyda chegirib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
228. Notariuslar merosxoʻrlar tomonidan meros qabul qilib olinguniga qadar, agar meros qabul qilib olinmagan boʻlsa, merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma davlatga berilguniga qadar, meros mol-mulk hisobidan meros mol-mulk bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash toʻgʻrisida farmoyish beradi.
(228-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoyishning bir nusxasi meros ishiga tikiladi. Ushbu farmoyish notarial harakat deb hisoblanmaydi va buning uchun davlat boji olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunlarda meros mol-mulk hisobidan xarajatlarni qoplashning boshqa hollari ham belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
229. Agar shaxs davlat notarial idorasiga dafn etish boʻyicha qilingan xarajatlarni qoplash iltimosi bilan murojaat etsa, merosxoʻrlar esa merosni qabul qilishgan (merosni olish toʻgʻrisida ariza taqdim etishgan, ularni boshqarishga kirishgan) boʻlsa va ular xarajatlarni toʻlashdan ixtiyoriy ravishda bosh tortishsa, notarius ariza beruvchiga xarajatlarni qoplash toʻgʻrisida merosxoʻrlarga nisbatan daʼvo arizasi bilan sudga murojaat etish tartibini tushuntiradi.
(229-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qilingan sarf-xarajatlarni tasdiqlash uchun notarius dafn tashkil qilish boʻyicha xizmat idoralari komissiyasining dalolatnomalarini, davolash muassasalarining maʼlumotnomalarini, sud hujjatining nusxasini, merosxoʻrlarni chaqirish boʻyicha eʼlonlarning nashr etilganligi uchun toʻlov qogʻozini va boshqa hujjatlarni talab qiladi.
(229-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
230. Meros qoldiruvchining kreditorlari vasiyatnomani ijro etuvchiga (merosni boshqaruvchiga) yoki merosxoʻrlarga meros qoldiruvchining majburiyatlaridan kelib chiqadigan oʻz talablarini qoʻyishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meros ochilgan joy boʻyicha notarius meros qoldiruvchining kreditorlaridan arizalarni qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalar yozma ravishda bayon etilishi va qarz majburiyatlarining bajarilishi muddatidan qatʼi nazar, notarius tomonidan qabul qilinishi lozim. Kelib tushgan ariza toʻgʻrisida notarius vasiyatnomani ijro etuvchini (merosni boshqaruvchini) yoki merosxoʻrlarni xabardor qiladi.
(230-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-§. Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomalar berish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
231. Meros ochilgan joydagi notarius merosxoʻrlarning yozma arizalariga koʻra merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomalar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Merosni qabul qilish yoki undan voz kechish haqidagi arizalar notariuslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan tegishli tartibda shahodatlantirilgan boʻlishi lozim.
(231-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Merosxoʻr shaxsan oʻzi meros ochilgan joydagi davlat notarial idoraga kelib, arizani taqdim etgan holda, uning imzosining haqiqiyligini shahodatlash talab qilinmaydi. Bu holda, notarius merosxoʻrning shaxsini aniqlaydi va imzosi haqiqiyligini tekshiradi, bu haqda arizaga belgi qoʻyadi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomini, uning raqamini, qachon va kim tomondan berilganligini va tugʻilgan yilini koʻrsatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda ariza pochta orqali kelib tushgan boʻlsa, merosxoʻrning imzosi haqiqiyligi shahodatlanmagan boʻlsa ham ariza notarius tomonidan qabul qilinadi, merosxoʻrga esa arizani notarius yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan holda yuborish yoki davlat notarial idorasiga shaxsan kelishi haqida xabarnoma yuboriladi.
(231-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
(231-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
232. Merosxoʻr meros ochilgan kundan eʼtiboran istalgan vaqtda merosdan voz kechishga haqli.
(232-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Merosdan voz kechish merosxoʻr tomonidan meros ochilgan joydagi notariusga ariza berish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ishonchnomada vakil orqali merosdan voz kechish vakolati maxsus nazarda tutilgan boʻlsa, merosdan shu tarzda voz kechilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Merosdan voz kechish keyinchalik bekor qilinishi yoki qaytarib olinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
233. Agar merosxoʻr vasiyatnoma boʻyicha ham, qonun boʻyicha ham vorislikka chaqirilsa, u ana shu asoslarning biri yoki har ikkalasi boʻyicha oʻziga tegishli boʻlgan merosdan voz kechishga haqli.
(233-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Merosxoʻr ulushning ortishi huquqi boʻyicha oʻziga tegishli boʻlgan merosdan, merosning qolgan qismiga vorislikdan qatʼi nazar, voz kechishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Merosxoʻr merosdan voz kechganida vasiyatnoma boʻyicha yoki qonun boʻyicha merosxoʻrlar jumlasidan boʻlmish boshqa shaxslar foydasiga voz kechayotganini koʻrsatishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda nazarda tutilgan hollardan tashqari merosning muayyan qismidan voz kechilishiga, merosdan izohotlar bilan yoki shartlar qoʻyib voz kechilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(234-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
235. Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berishni soʻrab davlat notarial idorasiga ariza bilan murojaat etgan marhum erdan (xotindan) keyin beva qolgan xotiniga (eriga) Oila kodeksining 23-moddasi va Qonunning 63-moddasi (agar mulk meros qoldiruvchi bilan birgalikdagi nikoh davomida orttirilgan boʻlsa) mazmuni tushuntiriladi, bu haqda meros qabul qilish haqidagi arizaga belgi qoʻyiladi. Ariza pochta orqali kelganda, marhum erdan (xotindan) keyin beva qolgan xotinga (erga) yuqorida qayd etilgan moddalar mazmuni tushuntirilgan xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
236. Meros fuqaroning oʻlimi yoki uning sud tomonidan vafot etgan deb eʼlon qilinishi oqibatida ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meros qoldiruvchining vafot etgan kuni (zarurat boʻlganda payti ham), u vafot etgan deb eʼlon qilinganda esa, agar sudning qarorida boshqa muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi sudning qarori kuchga kiradigan kun meros ochilgan vaqt deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar biridan keyin boshqasi meros olishga haqli boʻlgan shaxslar bir kalendar sutka (yigirma toʻrt soat) ichida vafot etgan boʻlsalar, ular bir vaqtda vafot etgan deb hisoblanadilar, meros ularning har biridan keyin ochiladi va ulardan har birining merosxoʻrlari vorislikka chaqiriladilar. Bu holda ularning har biridan keyin alohida meros ishi ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
237. Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma meros ochilgan kundan eʼtiboran olti oy oʻtganidan keyin beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun boʻyicha meros olinganida ham, vasiyatnoma boʻyicha meros olinganida ham agar notarius tegishli mol-mulkka yoxud butun merosga nisbatan guvohnoma berishni soʻrab murojaat etgan shaxslardan boshqa merosxoʻrlar yoʻqligi toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlsa, guvohnoma yuqorida koʻrsatilgan muddat tugamasidan oldin berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
238. Fuqarolik kodeksining 1157-moddasiga muvofiq agar qonun boʻyicha ham, vasiyatnoma boʻyicha ham merosxoʻrlar boʻlmasa yoki merosxoʻrlardan hech qaysisi vorislik huquqiga ega boʻlmasa yoxud ularning hammasi merosdan voz kechgan boʻlsa, meros mol-mulk egasiz deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meros mol-mulk meros ochilgan joydagi mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining arizasi boʻyicha meros ochilgan kundan eʼtiboran uch yil oʻtganidan keyin sudning qarori asosida egasiz deb topiladi. Meros mol-mulk, agar uni qoʻriqlash va boshqarish bilan bogʻliq xarajatlar uning qiymatidan oshib ketsa, koʻrsatilgan muddat oʻtishidan oldin egasiz deb topilishi mumkin.
(238-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Egasiz mol-mulk u turgan joydagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mulkiga oʻtadi, bu organ mol-mulkdan voz kechgan taqdirda, davlat mulkiga oʻtadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
239. Notarius qonun boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berish paytida meros qoldiruvchining vafot etganligini, meros ochilgan joyi va vaqtini, meros mol-mulki tarkibi va uning joylashgan joyini, meros qoldiruvchi bilan merosxoʻrlarning qarindoshlik munosabatini hamda qonun boʻyicha merosxoʻrlar doirasini aniqlaydi.
(239-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
240. Meros qoldiruvchining vafot etganligi va meros ochilgan vaqt meros qoldiruvchining oʻlimi haqidagi guvohnoma yoki oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan koʻchirmalar bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
241. Merosning ochilish joyi deb meros qoldiruvchining oxirgi doimiy yashab turgan joyi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Merosning ochilish joyi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining maʼlumotnomalari asosida tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar meros qoldiruvchining oxirgi yashab turgan joyi nomaʼlum boʻlsa, meros qoldiruvchiga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk yoki uning asosiy qismi turgan joy, koʻchmas mulk boʻlmagan taqdirda esa, koʻchar mulkning asosiy qismi turgan joy meros ochilgan joy deb hisoblanadi. Merosxoʻrlarda ushbu hujjatlar mavjud boʻlmaganda, notarius merosning ochilish joyini aniqlash toʻgʻrisida sud hujjati nusxasini talab qiladi.
(241-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
242. Meros qoldiruvchining oxirgi yashagan joyi MDHga aʼzo davlatlar yoki boshqa chet el davlatlaridan birida boʻlgan taqdirda, fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha yordam hamda huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan notarius meros ochilgan joy boʻyicha davlat notarial idorasiga murojaat etgan merosxoʻrlar doirasini tekshirib, meros qilib qoldirilgan koʻchmas mulk yoki uning asosiy qismi joylashgan joyi boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma beradi.
(242-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meros qoldiruvchining oxirgi yashagan joyi MDHga aʼzo davlatlar yoki boshqa chet el davlatlaridan birida boʻlgan taqdirda, fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha yordam hamda huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan meros qilib qoldirilgan koʻchar mol-mulkka nisbatan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma meros qoldiruvchining oxirgi yashagan joyi boʻyicha beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
243. Meros tarkibi meros ochilgan paytda meros qoldiruvchiga tegishli boʻlgan, uning oʻlimidan keyin ham bekor boʻlmaydigan barcha huquq va majburiyatlarini tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
244. Meros qoldiruvchi bilan merosxoʻrlarning qarindoshlik munosabatlari tugʻilganlik haqidagi guvohnoma, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma, tugʻilganligi va nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan koʻchirmalar, qarindoshlik yoki boshqa munosabatlarning haqiqiyligini belgilovchi sud hujjati va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
245. Agar marhum erdan (xotindan) keyin xotini (eri) boshqa qayd etilgan nikohdan oʻtgan boʻlsa ham u meros olishga chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nikoh haqiqiy emas deb topilgan holatda, bunday nikohda boʻlgan shaxslar bir-birining vafotidan keyin merosxoʻr deb hisoblanmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik kodeksining 1134-moddasiga muvofiq qonun boʻyicha vorislikda farzandlikka olingan shaxs va uning avlodlari, bir tarafdan, farzandlikka oluvchi shaxs va uning qarindoshlari, ikkinchi tarafdan, tugʻishgan qarindoshlarga tenglashtiriladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farzandlikka olinganlar va ularning avlodlari farzandlikka olingan shaxsning ota-onasi hamda buva-buvilari, aka-ukalari, opa-singillari vafot etganidan keyin qonun boʻyicha meros olmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farzandlikka olingan shaxsning ota-onasi hamda buva-buvilari, aka-ukalari, opa-singillari farzandlikka olingan shaxs va uning avlodlari vafot etganidan keyin qonun boʻyicha meros olmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun boʻyicha vorislarning har bir navbati avvalgi navbatdagi merosxoʻrlar boʻlmagan, merosdan chetlashtirilgan, merosni qabul qilmagan yoxud undan voz kechgan taqdirda vorislik huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
246. Oʻzini meros qoldiruvchining qaramogʻida boʻlgan deb hisoblayotgan shaxs merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomani berilishini soʻrab murojaat etsa, notarius uni meros qoldiruvchining vafotiga qadar kamida bir yil meros qoldiruvchining qaramogʻida turganligi, shuningdek meros ochilgan kunda mehnatga layoqatsiz ekanligini tekshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meros qoldiruvchining qaramogʻida boʻlganlik fakti sud hujjati bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshi boʻyicha qaramoqda boʻlgan shaxsning mehnatga qobiliyatsizligi uning pasporti, tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi va pensiya guvohnomasi boʻyicha tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
247. Agar qonun boʻyicha bir yoki bir nechta merosxoʻrlar ularni meros olishga chaqirish uchun asos boʻladigan qarindoshlik yoki boshqa munosabatlar isbotini keltirish imkoniyatidan mahrum boʻlishsa, bunda ular meros qabul qilgan va tegishli isbotlarni taqdim etgan barcha merosxoʻrning (merosxoʻrlarning) yozma roziligi bilan merosxoʻrlar tarkibiga kiritilishlari mumkin. Bu rozilik yozma ariza koʻrinishida rasmiylashtiriladi. Merosxoʻrlar shaxsan oʻzlari meros ochilgan joydagi davlat notarial idoraga kelib, arizani taqdim etgan holda, ularning imzolarining haqiqiyligini shahodatlash talab qilinmaydi. Bu holda, notarius merosxoʻrlarning shaxsini aniqlaydi va imzolari haqiqiyligini tekshiradi, bu haqda arizaga belgi qoʻyadi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomini, uning raqamini, qachon va kim tomondan berilganligini va tugʻilgan yilini koʻrsatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu ariza notarius yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan holda taqdim etilishi mumkin.
(247-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
248. Notarius vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish paytida tegishli dalillarni talab qilib olish yoʻli bilan meros qoldiruvchining vafot etganligini, vasiyatnomaning mavjudligini, merosning ochilgan vaqti va joyini, meros mol-mulkining tarkibi va u joylashgan joyini, merosdan majburiy ulush olish huquqiga ega boʻlgan merosxoʻrlar doirasini aniqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berish vaqtida vasiyatnomaning mavjudligi, oʻzgartirilmaganligi yoki bekor qilinmaganligi Tizim orqali tekshiriladi.
(248-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 26-dekabrdagi 304-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-12, 26.12.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 606-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
249. Omonatni bank muassasalariga qoʻygan omonatchi oʻzining vafotidan keyin omonatlarini boshqa shaxslarga berish yoki davlatga oʻtkazish haqida vasiyat qoldirgan boʻlsa va bu omonat Fuqarolik kodeksining 18-bobida yoki Oila kodeksining 23-moddasida belgilangan umumiy birgalikdagi mulkni tashkil etsa, omonatchining vasiyati faqatgina oʻzining ulushiga nisbatan tatbiq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklarda saqlanayotgan omonatga vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berishda Fuqarolik kodeksining 1142-moddasi qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
250. Meros qoldiruvchining voyaga yetmagan yoki mehnatga qobiliyatsiz bolalari, shu jumladan farzandlikka olgan bolalari, shuningdek mehnatga qobiliyatsiz eri (xotini) va ota-onasi, shu jumladan uni farzandlikka olganlar, vasiyatnomaning mazmunidan qatʼi nazar, qonun boʻyicha voris boʻlganlarida ulardan har biriga tegishi lozim boʻlgan ulushning kamida yarmini (majburiy ulush) meros qilib oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
251. Merosdagi majburiy ulushdan voz kechish hech bir shartsiz boʻlishi lozim. Boshqa shaxslar foydasiga majburiy ulushdan voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bu holatda meros mol-mulki vasiyatnomada koʻrsatilgan merosxoʻrlarga vasiyatnoma boʻyicha oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
252. Agar vasiyatnoma boʻyicha merosxoʻrlar majburiy ulushga merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomani olishga qarshilik qilishsa, notarius ularning sudga murojaat etish huquqlarini tushuntiradi va majburiy ulushga guvohnomani berilishini oʻn kundan oshmagan muddatga kechiktiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomada meros qoldiruvchi bilan (merosxoʻrlarning xohishi boʻyicha) merosxoʻrlarni qarindoshlik yoki boshqa munosabatlarini koʻrsatib oʻtishi zarur boʻlsa, notarius ushbu munosabatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qiladi.
(252-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
253. Vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomani berishda merosxoʻrlar tomonidan taqdim etilgan vasiyatnomaning asl nusxasi yoki dublikati davlat notarial idorasida qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiyat qiluvchi uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi oʻtadigan merosxoʻrga bu uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini umrbod foydalanish uchun uchinchi shaxsga berish majburiyatini yuklashga haqli. Mazkur majburiyat notarius tomonidan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomada yozib qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
254. Agar meros mulki tarkibiga uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi, korxona yoki boshqa koʻchmas mol-mulk kirsa, meros qoldiruvchiga ushbu mol-mulk mulk huquqi asosida tegishliligini tasdiqlovchi hujjat, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining maʼlumotnomasi taqdim qilinadi. Bunda ushbu mulk taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi Tizim orqali tekshiriladi. Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, tegishli maʼlumotnoma notarius tomonidan idoralararo soʻrov orqali “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasidan olinadi.
(254-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 26-dekabrdagi 304-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-12, 26.12.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 606-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
255. Agar meros tarkibiga kiradigan korxonaning merosni qabul qilib olgan barcha merosxoʻrlari kelishuvida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, bunday meros natura holida taqsimlanmaydi va merosxoʻrlarga tegishli boʻlgan ulushlarga muvofiq ularning umumiy ulushli mulkiga aylanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
256. Meros mol-mulki tarkibida avtomototransport vositalari mavjud boʻlsa, notarius meros qoldiruvchiga ushbu avtomototransport vositasi mulk huquqi asosida tegishliligini tasdiqlovchi hujjatni tekshiradi va uning nusxasini meros ishiga tikib qoʻyadi. Ushbu avtomototransport vositasi taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligini tekshirish Avtomototransport vositalarini xatlash, boshqa shaxsga berishni taqiqlash va taqiqni olib tashlash, shuningdek avtomototransport vositalarini xatlash va boshqa shaxsga berishni taqiqlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning hujjatlashtirilgan bankini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1589, 2006-yil 4-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 27-son, 253-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
(256-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
257. Agar meros mulki tarkibiga ov miltigʻi kirsa, bunda notarius ichki ishlar organlari tomonidan meros qoldiruvchiga ushbu miltiqni saqlash uchun berilgan ruxsatnomani va ovchi biletini merosxoʻrdan talab qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
258. Aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlarining meros mol-mulki tarkibiga ularga tegishli boʻlgan aksiyalar kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatsiz shakldagi qimmatli qogʻozlarga mulk huquqi tegishli investitsiya vositachisi yoki Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysidan olingan depo hisobvaragʻining koʻchirmasiga asosan tasdiqlanadi.
(258-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 12-dekabrdagi 284-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-11, 12.12.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 50-son, 569-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meros olish tartibida nafaqat qimmatli qogʻozlar turi sifatida aksiyalar balki toʻliq shirkat, kommandit shirkat, qoʻshimcha masʼuliyatli yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat ishtirokchisining, ishlab chiqarish kooperativi aʼzosining (ishtirokchi, hissa qoʻshuvchi, kommanditchining) ulushi (hissasi) kirsa, bunda tegishli shirkat, kooperativ, jamiyatdagi ushbu ishtirokchining (aʼzoning) ustav fondidagi (kapitalidagi) ulushi (hissasi) ham kiradi. Ushbu huquqlarga meros qoldiruvchiga mulk huquqi asosida tegishliligining dalili sifatida notarius uchun tegishli tashkilotlarning taʼsis hujjatlari yoki bu haqda merosxoʻrlar tomonidan taqdim etilgan boshqa hujjatlar xizmat qiladi. Merosxoʻrlarda ushbu isbotlovchi hujjatlar mavjud boʻlmasa, notarius koʻrsatilgan tashkilotlarning mansabdor shaxslaridan tegishli hujjatlarni olishda koʻmak berishi lozim. Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari notarius tomonidan tegishli yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazgan tashkilotdan idoralararo soʻrov orqali olinadi. Merosxoʻrlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar tekshirilgandan keyin ularga merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma beriladi.
(258-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
259. Fermer xoʻjaligining mol-mulki qonun hujjatlariga muvofiq meros qilib qoldiriladi. Xoʻjalikda faoliyatni davom ettirayotgan merosxoʻrlar merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berilganligi uchun davlat boji toʻlashdan ozod etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaligi boshligʻi vafot etgan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddatiga meros boʻyicha oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin fermer xoʻjaligi ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish huquqiga ega. Fermer xoʻjaligining boshligʻi vafot qilgan taqdirda, ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish huquqiga uning merosxoʻri ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
260. Bankda (boshqa kredit tashkilotida) saqlanayotgan omonat, meros beruvchining nomidagi qimmatli qogʻozlar mavjudligini tasdiqlashda, notarius merosxoʻrlardan omonat daftarchasini (bank omonati shartnomasini yoki omonat mavjudligini isbotlovchi boshqa tegishli hujjatni), qimmatli qogʻozlarga nisbatan esa tegishli investitsiya vositachisi yoki Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining maʼlumotnomasini talab qiladi. Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, ushbu maʼlumotnoma tegishli investitsiya vositachisi yoki Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysidan idoralararo soʻrov orqali olinadi. Omonat daftarchalari nusxalari va maʼlumotnomalar meros ishiga biriktirilgan boʻlishi kerak.
(260-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 12-dekabrdagi 284-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-11, 12.12.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 50-son, 569-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
261. Agar meros mol-mulkka nisbatan taqiq va xatlov qoʻyilgan boʻlsa, taqiq va xatlov olib tashlanmagunga qadar merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomani berish toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
262. Koʻchmas mulk boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomada, u joylashgan manzil boʻyicha “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasida, avtomototransport vositalariga nisbatan esa DYHXX organlarida oʻn kun muddat ichida davlat roʻyxatidan oʻtishi lozimligi matnda koʻrsatiladi hamda notarius tomonidan tushuntiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
263. Merosxoʻrlarning xohishiga koʻra merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma ularning har biriga alohida yoki ularning hammasiga bitta beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
264. Voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz merosxoʻrlarga merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berilganligi haqida notarius ularning mulkiy manfaatlarini himoya qilish uchun merosxoʻrlarning doimiy propiska qilingan manzili boʻyicha vasiylik va homiylik organlariga xabar beradi.
(264-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
265. Maʼlum meros mulkiga yoki meros mulkining maʼlum bir qismi boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berilganda, kelgusida avvalgi guvohnomada koʻrsatilmagan boshqa meros mulklariga yoki meros mulkining maʼlum bir qismi boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi qoʻshimcha guvohnomalar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
266. Boshqa mulkka qoʻshimcha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomani berish holatida ilgari berilgan guvohnomaga kiritilmagan merosxoʻrlar kelganida, ular ham meros qabul qilgan merosxoʻrlarning yozma ravishdagi roziligi bilan qoʻshimcha mulk boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomaga kiritilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
267. Baʼzi bir merosxoʻrlarning ulushlari hal etilmaganda, guvohnomada hal etilmagan ulush miqdori koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
268. Meros tarkibi bir nechta mol-mulklardan iborat boʻlgan hollarda, merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish vaqtida Fuqarolik kodeksining 1150-moddasiga asosan merosxoʻrlarning talabiga va ularning kelishuviga koʻra oʻzlariga tegishli ulushlariga muvofiq notarius ular oʻrtasida meros mulkini taqsimlash shartnomasini rasmiylashtirishi mumkin. Kelishuvga erishilmagan taqdirda esa meros mulkini boʻlish sud tartibida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
269. Davlat notarial idorasida meros ishlarini hisobga olish kitobi yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
270. Meros ishlarini hisobga olish kitobida quyidagilar qayd etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
merosni qabul qilib olish toʻgʻrisidagi, merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomalarni berish hamda meros mulki hisobiga xarajatlarni toʻlash toʻgʻrisidagi farmoyishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
merosdan voz kechish haqidagi arizalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditorlarning daʼvolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meros mol-mulkini qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisidagi arizalar (shu mulkni saqlash uchun qabul qilingan choralar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilgan arizalar asosida vafot etgan shaxsning nomiga meros ishi ochiladi. Shundan keyingi barcha arizalar (qoʻshimcha arizalar, boshqa merosxoʻrlar va kreditorlardan olingan arizalar) ham meros ishlarini hisobga olish kitobida qayd etiladi. Barcha arizalarda ular olingan vaqt va meros ishining raqami koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meros ishiga merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma va unga taalluqli barcha hujjatlar tikib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-§. Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnomalar berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
271. Notarius er-xotinning yozma arizasiga muvofiq ulardan biriga yoki har ikkisiga nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkdagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnoma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joyga (uy-joyning bir qismiga), kvartiraga, dala hovliga, bogʻ hovliga, garajga, shuningdek boshqa binolar, inshootlar va imoratlarga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnoma shu mol-mulklar joylashgan yerdagi notarius tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
272. Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnoma er-xotinning mavjud umumiy mulki hisoblangan mulkigagina beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnomani berish paytida nikoh tuzilganligini tasdiqlovchi hujjatni talab qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
273. Ulushiga guvohnoma berilayotgan mulkning tarkibiga koʻchmas mulk, avtomototransport vositalari va maxsus hisobda turadigan (roʻyxatga olinishi kerak boʻlgan) boshqa mulk kirgan taqdirda, notarius ushbu mulk er-xotinning umumiy mulki ekanligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulkka va (yoki) avtomototransport vositalariga mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomani berish paytida “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining maʼlumotnomasi va (yoki) transport vositasining qayd etish guvohnomasi talab qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
274. Notarius er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma berganligi haqida mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatga yozib qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
275. Er-xotindan biri vafot etgan taqdirda er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) yozma arizasiga koʻra meros ochilgan joydagi notarius tomonidan berilib, merosni qabul qilib olgan merosxoʻrlar bu xususda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xabarnomada er-xotinning ulushiga mulk huquqi toʻgʻrisida guvohnoma berilishi soʻralayotgan umumiy mulk koʻrsatiladi, mazkur shaxsning mulk talab qilishi boshqa merosxoʻr tomonidan rad etilgan taqdirda, ushbu masala boʻyicha sudga murojaat qilish huquqi tushuntiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xabarnoma pochta orqali yuboriladi. Merosxoʻrlar notarial idoraga kelganlarida esa notarius ularni oʻz hissasini talab qilayotgan er yoki xotinning yozma arizasi bilan tanishtiradi. Boshqa merosxoʻrlar oʻz hissasini talab qilayotgan er yoki xotinning arizasiga rozi boʻlsalar, bu haqda shu arizaga imzo qoʻyadilar.
(275-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma marhum erdan (xotindan) keyin xotinga (erga) nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulkning yarmisi uchun berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Merosni qabul qilib olgan merosxoʻrlarning yozma arizasiga koʻra va marhum erdan (xotindan) keyin xotinning (erning) roziligi bilan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomada vafot etgan erning (xotinning) ham umumiy mol-mulkdagi ulushi belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
276. Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma matnida mol-mulkning toʻliq tavsifi koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
277. Merosni qabul qilib olgan merosxoʻrlar orasida voyaga yetmaganlar boʻlgan taqdirda, vafot etgan shaxsning eri yoki xotiniga umumiy mol-mulkdagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma voyaga yetmaganlarning doimiy propiska qilingan manzili boʻyicha vasiylik va homiylik organining yozma roziligi bilan beriladi.
(277-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
278. Er yoki xotinga ularning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomani berish paytida ulardan birining oʻlim haqidagi guvohnoma yoki oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan koʻchirma, uning vafot etgan shaxs bilan nikohda boʻlganligini tasdiqlovchi hujjat, er-xotin mulkni nikoh davomida orttirilganliklarini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
279. Notarius uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga, avtomototransport vositasiga nisbatan berilgan er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaga “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasida, DYHXX organlarida roʻyxatga olinishi haqida yozib qoʻyadi va tushuntiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-§. Koʻchmas mulk va avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
280. Qonun hujjatlarida koʻrsatilgan hollarda, shuningdek banklar (boshqa kredit tashkilotlari), tegishli tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi va boshqa koʻchmas mulk sotib olish yoki qayta taʼmirlash va boshqa maqsadlarda berilgan qarzlarning qaytarilishini taʼminlash uchun koʻchmas mulk garovga qoʻyilgan boʻlsa, garov shartnomalarini tasdiqlash vaqtida mazkur koʻchmas mulk joylashgan hududdagi notarius koʻchmas mulkka nisbatan taqiq qoʻyadi va bu haqda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasiga xabarnoma yuboradi. Koʻchmas mulkka nisbatan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatga notarius tomonidan taqiq qoʻyilganligi haqida belgi qoʻyiladi va Tizimga maʼlumot kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar garov shartnomasining predmeti avtomototransport vositalari boʻlsa, ularga notarius tomonidan garov shartnomasi boʻyicha majburiyatlar bajarilgunga qadar taqiq qoʻyiladi va Tizimga maʼlumot kiritiladi hamda bu haqda transport vositasini qayd etish guvohnomasiga yozib qoʻyilib, u roʻyxatda turgan tegishli DYHXX organiga (kuryer yoki buyurtma xatlar orqali) maʼlumot yuboriladi.
(280-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 26-dekabrdagi 304-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-12, 26.12.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 606-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
281. Taraflar oʻrtasida toʻlov majburiyatini kechiktirish sharti bilan koʻchmas mol-mulkni va avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni tasdiqlashda, toʻlov toʻliq amalga oshirilgunga qadar bitimlarda koʻrsatilgan mulkka tegishli tartibda taqiq qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(282-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
283. Davlat notarial idorasi ipoteka shartnomasi boʻyicha koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanganligi toʻgʻrisida koʻchmas mulk joylashgan yerdagi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasini xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
284. Sud, tergov, prokuratura organlari va davlat ijrochilari tomonidan koʻchmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanganligi yoki xatlanganligi toʻgʻrisidagi xabarlar mazkur Yoʻriqnomaning ilovasida koʻrsatilgan taqiq va xatlov bazasini yurituvchi notarius tomonidan taqiqlar va xatlovlarni roʻyxatga olish kitobida qayd etiladi va Tizimga kiritiladi. Ushbu xabarlar alifbo kitobiga ham yozib qoʻyiladi.
(284-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-iyundagi 149-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-14, 22.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 566-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
285. Notariuslar banklar (boshqa kredit tashkilotlari), tegishli tashkilotlarning qarz majburiyatlari bajarilganligi haqidagi yoxud garov (ipoteka) toʻgʻrisidagi shartnomaning bekor qilinganligi haqidagi xabarni olganlaridan soʻng koʻchmas mulk va avtomototransport vositasining boshqa shaxsga oʻtkazilishiga qoʻyilgan taqiqni olib tashlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqiq olib tashlanganligi haqida alifbo kitobiga yozib qoʻyiladi va Tizimga maʼlumot kiritiladi, tegishli idoralarga xabar qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqiq va xatlov bazasini yurituvchi notarius tomonidan sud, tergov, prokuratura organlari va davlat ijrochisining taqiq va xatlovni olib tashlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarni ilova qilgan holda yuborgan xabarnomalarini olgan kuni bu haqda taqiqlar va xatlovlarni roʻyxatga olish kitobiga, alifbo kitobiga yozib qoʻyadi hamda Tizimga maʼlumot kiritadi.
(285-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-iyundagi 149-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-14, 22.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 566-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-§. Hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
286. Notariuslar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini ushbu hujjatlar qonunga zid boʻlmagan, yuridik ahamiyatga ega boʻlgan hamda ularning nusxalari va ulardan olingan koʻchirmalarning toʻgʻriligini shahodatlash qonun bilan taqiqlanmagan hollardagina shahodatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
287. Fuqaroning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarining nusxasi shahodatlantirilmaydi, xalqaro shartnomalarda shahodatlantirilishi talab qilingan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
288. Matni noaniq boʻlgan, oʻchirilgan, qoʻshimcha soʻzlar yozilgan, hujjatga doir maʼlumotlar toʻliq yozilmagan hamda nazarda tutilmagan boshqa oʻzgartirishlar qilingan, lekin tegishli tartibda izoh berilmagan hujjatlarning nusxalari shahodatlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
289. Koʻchirma olinayotgan hujjatda oʻzaro bogʻliq boʻlmagan bir nechta alohida masalalarga oid qarorlar boʻlgan taqdirdagina koʻchirmaning toʻgʻriligi shahodatlanishi mumkin. Koʻchirma hujjatning muayyan masalaga doir qismining toʻla matnini aks ettirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
290. Hujjat nusxasidan koʻchirilgan nusxaning toʻgʻriligini notariuslar, basharti avvalgi nusxaning toʻgʻriligi notarial tartibda shahodatlangan boʻlsa yoki hujjatning nusxasi uning asl nusxasi tayyorlangan tashkilot tomonidan berilgan boʻlsa, shahodatlaydi. Hujjatning nusxasi uning asl nusxasi tayyorlangan tashkilot tomonidan berilgan boʻlsa, hujjatning nusxasi mazkur yuridik shaxsning blankasida bayon etilgan, muhr bosib tasdiqlangan va unda shu hujjatning asli mazkur tashkilotda ekanligi yozib qoʻyilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
291. Hujjatning shahodatlanayotgan nusxasi yoki koʻchirmasi uning asli bilan solishtirilib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
292. Shahodatlantirilgan hujjatlarning nusxasi yoki koʻchirmasi notarial idorada qoldirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-§. Hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
293. Notarius mazmuni qonun hujjatlariga zid boʻlmagan hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini shahodatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
294. Notarius imzoning haqiqiyligini shahodatlar ekan, hujjatda bayon etilgan faktlarni emas, balki faqat imzoning muayyan shaxs tomonidan qoʻyilganligini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
295. Jismoniy nuqsoni, kasalligi, savodsizligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra oʻz qoʻli bilan imzo qoʻya olmaydigan shaxs uchun imzo qoʻygan shaxsning imzosini shahodatlash paytida notarius imzo qoʻygan shaxsning va imzo qoʻyishni iltimos qilgan shaxsning ham shaxsini aniqlaydi, ularning muomala layoqatini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
296. Tegishli davlat tashkilotlaridagina qayd etiladigan holatlar tasdiqlangan (masalan, tugʻilganlik haqidagi guvohnoma, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma, oʻlim haqidagi guvohnoma) hujjatdagi imzoning haqiqiyligi notarius tomonidan shahodatlantirilishi mumkin emas. Bunday hujjatdagi imzoning haqiqiyligi, agar bu hujjat chet el davlati sudiga yoki boshqa idoralariga taqdim etish uchun moʻljallangan holdagina shahodatlantirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
297. Yuridik shaxsning ustav fondiga (kapitaliga) hissa qoʻshgan yuridik shaxsning taʼsis hujjatidagi imzolarning haqiqiyligini shahodatlashda, ularning ustav fondiga (kapitaliga) hissa sifatida kiritilayotgan roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mulkning tegishliligini tasdiqlovchi hujjat yoki ustav fondiga (kapitaliga) hissa qoʻshgan yuridik shaxsning taʼsis hujjati, vakil orqali rasmiylashtirilgan hollarda esa uning vakolati tekshiriladi va bu haqda notariusning tasdiqlovchi yozuvga yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, rezident yuridik shaxsning taʼsis hujjati tegishli yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazgan tashkilotdan idoralararo soʻrov orqali olinadi.
(297-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
298. Banklarga taqdim qilinadigan imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchalardagi tijoratchi tashkilot boʻlmagan yuridik shaxs, ularning vakolatxona va filiallari mansabdor shaxslarining imzolari namunalarini shahodatlashda notariuslar ushbu shaxslarning imzosi haqiqiyligini va imzo qoʻyish huquqi vakolatini tekshiradi. Bunda imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchalar bankda ochiladigan har bir hisob raqami uchun alohida uch nusxada (bir nusxasi davlat notarial idorasida qoladi) bitta fotosurat bilan taqdim qilinadi. Qayd etib oʻtilgan shaxslarning imzo qoʻyish huquqi vakolatining tasdigʻi sifatida quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tijoratchi tashkilot boʻlmagan yuridik shaxslar uchun (vakolatxona va filiallar bundan mustasno):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs ijro organi rahbarining tayinlanganligi haqida hujjat (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs tayinlanganligi haqida hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tijoratchi tashkilot boʻlmagan yuridik shaxslarning, shuningdek norezident yuridik shaxslarning vakolatxona va filiallari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs — asosiy tashkilotning taʼsis hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs — asosiy tashkilotning vakolatxona ochish yoki filial tashkil etish toʻgʻrisidagi hujjati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona yoki filiallarning muassisi tomonidan tasdiqlangan nizom yoki ustav;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona yoki filial rahbarining tayinlanganligi haqida hujjat (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs tomonidan vakolatxona yoki filial rahbariga berilgan ishonchnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona yoki filial rahbarining akkreditatsiya kartochkasi, agar ushbu vakolatxonani ochish yoki filialni tashkil etish norezident yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchiga ushbu vazifalar yuklatilganligi haqida hujjat, agar ushbu vazifalar chet el fuqarosi tomonidan amalga oshirilsa, qoʻshimcha ravishda uning akkreditatsiya kartochkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona yoki filial davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma (yuridik shaxs maqomiga ega boʻlganlar uchun) yoki vakolatxona akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisida sertifikat (xorijiy tijorat tashkiloti tomonidan tashkil etilganlar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs — asosiy tashkilotning rasmiy roʻyxatdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat (davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma yoki savdo reyestridan koʻchirma);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Norezident yuridik shaxslarning vakolatxona va filiallariga taalluqli hujjatlar belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan boʻlishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organida doimiy muassasa sifatida hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisida hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga oshirayotgan norezident yuridik shaxsning shartnomasi yoki norezident yuridik shaxs nomidan Oʻzbekiston Respublikasida ish yuritish uchun berilgan ishonchnomasi, shuningdek majburiyatlarining bajarilishi doimiy muassasa tashkil topishiga olib keladigan shartnoma mavjud boʻlsa, shu shartnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxsning rahbari tayinlanganligi toʻgʻrisida hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs tayinlanganligi haqida hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) chet el davlatlarining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning hamda iqtisodiy va texnik hamkorlik, shuningdek muruvvat yordami koʻrsatish boʻyicha chet el davlatlar hukumati tashkilotlarining vakolatxonalari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el davlatlarining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning, iqtisodiy va texnik hamkorlik yoki muruvvat yordami koʻrsatish boʻyicha chet el davlatlar hukumati tashkilotlarining vakolatxonalari boshliqlarining akkreditatsiya kartochkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchiga ushbu vazifalar yuklatilganligi haqida hujjat, agar ushbu vazifalar chet el fuqarosi tomonidan amalga oshirilsa, qoʻshimcha ravishda uning akkreditatsiya kartochkasi.
(298-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-iyuldagi 156-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-6, 30.07.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 31-son, 360-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2981. Imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchalardagi imzolarning haqiqiyligini shahodatlashda bitta bankda bitta hisob raqami ochish uchun taqdim etiladigan imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchalari uchun bitta reyestr raqami beriladi.
(2981-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-oktabrdagi 227-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-3, 21.10.2010-y.) bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 42-43-son, 373-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2982-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-iyuldagi 156-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-6, 30.07.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 31-son, 360-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
299. Imzolar namunalari va muhr izi qoʻyilgan varaqchalardagi tijoratchi tashkilot boʻlmagan yuridik shaxs mansabdor shaxsining imzosi haqiqiyligini shahodatlashda reyestrga yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organning nomi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnomaning raqami va sanasi yozib qoʻyiladi.
(299-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-iyuldagi 156-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-6, 30.07.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 31-son, 360-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-§. Hujjatlarning bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
300. Notarius, basharti u tegishli tillarni bilsa, bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar notarius tegishli tillarni bilmasa, tarjima tarjimon tomonidan qilinishi mumkin, notarius uning imzosi haqiqiyligini shahodatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
301. Tarjima notariusga maʼlum boʻlgan va tegishli tilni bilgan tarjimon tomonidan qilinishi kerak. Tarjimonning tegishli tilni bilishi uning diplomi yoki maxsus maʼlumotga ega ekanligi haqidagi sertifikat yoxud tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
302. Notarial harakatni (bitimni tasdiqlash, nusxalarning va shu kabilarning toʻgʻriligini shahodatlash) amalga oshirish paytida notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan shaxslarning (ulardan birining) iltimosiga koʻra ayni vaqtda boshqa tilga tarjimasi ham qilinadigan boʻlsa, tarjima asl nusxa bilan bir varaqda, yaʼni ikkala matn tik chiziq bilan boʻlingan varaqda yonma-yon joylashishi, asl matn chap tomonda, tarjima matni esa oʻng tomonda boʻlishi kerak. Bunda hujjatning butun matni va muhr ham tarjima qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tarjima tarjimon tomonidan qilinsa, uning imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi hujjatning tarjima matni tagiga qoʻyiladi. Hujjatni imzolovchi shaxslar hujjatning asl matni va tarjima qilingan matni tagiga oʻzlarining familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilgan holda imzo qoʻyadilar. Bunda hujjatning tarjima matnidagi ularning imzolari tarjimon imzosidan keyin qoʻyiladi. Notariusning tasdiqlovchi yozuvi hujjatning asl matni va tarjima matni tagiga qayd etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
303. Notarial harakat bajarilayotganda ayni vaqtda hujjatning tarjimasi ham qilinadigan boʻlsa, u holda notariusning tasdiqlovchi yozuvida ikkita notarial harakat amalga oshirilayotganligi koʻrsatiladi. Bunda, davlat boji ikkita notarial harakat uchun undiriladi.
(303-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-§. Fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
304. Notarius fuqaroning tirik ekanligi faktini uning shaxsiy iltimosiga koʻra va uning ishtirokida tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday notarial harakatni amalga oshirish uchun fuqaroning yozma arizasi olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan shaxsning tirik ekanligi faktini tasdiqlash uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar), shuningdek uni oʻz homiyligiga olgan tashkilotning yozma iltimosiga koʻra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
305. Notarius murojaat qilgan shaxsga fuqaroning tirik ekanligi holatini tasdiqlovchi guvohnoma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-§. Fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
306. Notarius fuqaroning iltimosiga koʻra uning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday notarial harakatni amalga oshirish uchun fuqaroning yozma arizasi olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan shaxsning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar), shuningdek vasiylik va homiylik organlarining iltimosiga koʻra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
307. Notarius murojaat qilgan shaxslarga fuqaroning muayyan joyda ekanlik holatini tasdiqlovchi guvohnoma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-§. Fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
308. Notarius fuqaro taqdim etgan fotosuratdagi shaxs shu fuqaroning aynan oʻzi ekanligini tasdiqlaydi va uning tasdigʻi sifatida guvohnoma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday notarial harakatni amalga oshirish uchun fuqaroning yozma arizasi olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
309. Fotosurat guvohnomaning berilayotgan nusxasining yuqori chap burchagiga qoʻyilib, notariusning imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi. Bunda muhr qisman fotosurat ustiga, qisman esa guvohnoma ustiga qoʻyilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-§. Hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
310. Notarius oʻziga hujjat taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
311. Notarius hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlashda hujjat taqdim etgan jismoniy shaxsning shaxsini yoki vakolatini hamda yuridik shaxsning huquq layoqatini va vakilining vakolatini aniqlaydi. Bu notarial harakat manfaatdor shaxsning yozma arizasiga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
312. Notariusga hujjat kamida ikki nusxada taqdim etiladi. Hujjat bir varaqdan ortiq boʻlsa, varaqlari raqamlanib, ip oʻtkazib tikiladi. Tasdiqlovchi yozuv hujjatning taqdim etilgan ikkala nusxasiga ham yoziladi, ulardan biri notarial idorada qoldiriladi. Hujjatning ikkinchi nusxasi yoʻq boʻlsa, notarius hujjatdan nusxa olib, uni notarial idoraning yigʻmajildlariga tikib qoʻyadi hamda unga ham tasdiqlovchi yozuv yozadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
313. Bir shaxs tomonidan ayni bir vaqtda bir necha hujjat taqdim etilsa, ularning har biriga tasdiqlovchi yozuv yoziladi va taqdim etilgan har bir hujjat uchun davlat boji olinadi.
(313-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-§. Jismoniy va yuridik shaxslarning arizalarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
314. Notarius jismoniy va yuridik shaxslarning arizalarini olib boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi. Arizalar topshirilganligini maʼlum qilish sharti bilan pochta orqali yuboriladi yoki bevosita tegishli shaxslarga olganligi haqida imzosi qoʻyilib topshiriladi. Arizalar telefaks, kompyuter tarmoqlari va boshqa texnik vositalardan foydalanib ham uzatilishi mumkin. Arizalarni uzatish uchun texnik vositalardan foydalanishga ketgan xarajatlarni notarial harakatni amalga oshirishni soʻragan shaxs toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
315. Notarius notarial harakatlar bilan bogʻliq (ishonchnomani bekor qilish haqidagi ariza, qarz shartnomasi boʻyicha qarzdorga arizani topshirish, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini imtiyozli sotib olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga arizani topshirish va hokazo) boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning arizalarini olib boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ham topshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
316. Arizalar notarial idoraga kamida ikki nusxada taqdim etiladi. Ulardan biri topshirilganligini maʼlum qilish sharti bilan pochta orqali yuboriladi yoki bevosita tegishli shaxslarga imzo qoʻyilib topshiriladi. Ikkinchi nusxasi notarial idorada qoldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza pochta orqali yuborilgan taqdirda, u oluvchiga notariusning kuzatuv xati bilan yuboriladi. Kuzatuv xatining davlat notarial idorasida qoladigan nusxasiga shu arizaning berilganligi qayd etilgan reyestrning raqami koʻrsatiladi va davlat boji toʻlanganligi yozib qoʻyiladi.
(316-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
317. Ariza bergan shaxsning iltimosiga koʻra unga arizaning topshirilganligi haqida guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
318. Guvohnomada arizaning mazmuni koʻrsatilishi lozim. Arizalar va guvohnomalar berilganligi haqida reyestrga yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-§. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
319. Notarius Qonunning 74-moddasiga muvofiq qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda kreditorga topshirish uchun qarzdordan depozitga pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
320. Depozitga chet el valyutasidagi pul summasini ham topshirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
321. Fuqarolik kodeksining 249-moddasiga muvofiq qarzdor oʻzi toʻlashi lozim boʻlgan pul summalari va qimmatli qogʻozlarni notariusning depozitiga qoʻyishga haqli, basharti majburiyat qarzdor tomonidan quyidagilar tufayli bajarilishi mumkin boʻlmasa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiyat bajarilishi lozim boʻlgan joyda kreditor yoki ijroni qabul qilib olish uchun u vakil qilgan shaxs boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditor muomalaga layoqatsiz boʻlsa va uning vakili boʻlmasa yoki vakil rozi boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiyat boʻyicha kim kreditor ekanligi xususida aniqlik yoʻqligi koʻrinib turgan boʻlsa, xususan, bu haqda kreditor bilan boshqa shaxslar oʻrtasida nizo chiqqanligi munosabati bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditorning ijroni qabul qilishdan boʻyin tovlashi yoki u tomonidan boshqacha yoʻl bilan kechiktirilishi munosabati bilan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
322. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarni notariusning depozitiga qoʻyish majburiyatni bajarish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
323. Qonunning 74-moddasiga asosan pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilish majburiyat bajariladigan joydagi notarius tomonidan amalga oshiriladi. Fuqarolik kodeksining 246-moddasiga asosan majburiyatni bajarish joyi aniqlanadi. Agar majburiyatni bajarish joyi qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan belgilab qoʻyilgan boʻlmasa va majburiyatning mohiyatidan yoxud ish muomalasi odatlaridan yoinki odatda qoʻyiladigan boshqa talablardan anglashilmasa, ijro quyidagi joylarda amalga oshirilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulkni topshirish majburiyatlari boʻyicha — mol-mulk turgan joyda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashishni nazarda tutadigan tovar yoki boshqa mol-mulkni topshirish majburiyatlari boʻyicha — tovarni kreditorga yetkazib berish uchun uni birinchi tashuvchiga topshirish joyida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorning tovarni yoki boshqa mol-mulkni topshirish yuzasidan boshqa majburiyatlari boʻyicha — mol-mulkni tayyorlash va saqlash joyida, basharti majburiyatning kelib chiqish paytida bu joy kreditorga maʼlum boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul majburiyati boʻyicha — majburiyat vujudga kelgan paytda kreditor yashagan joyda, agar kreditor yuridik shaxs boʻlsa — uning majburiyat vujudga kelgan paytda joylashgan yerida, agar kreditor majburiyatni bajarish vaqtigacha oʻz yashash joyini yoki joylashgan yerini oʻzgartirgan boʻlsa va bu haqda qarzdorni xabardor qilgan boʻlsa, ijro etish joyi oʻzgartirilishi bilan bogʻliq hamma xarajatlarni kreditor hisobidan qilgan holda, uning yangi yashash joyida yoki joylashgan yerida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa barcha majburiyatlar boʻyicha — qarzdorning yashash joyida, agar qarzdor yuridik shaxs boʻlsa, uning joylashgan yerida.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
324. Notariuslar pul summalari va qimmatli qogʻozlarni hududiy adliya boshqarmasi tomonidan tegishli banklarda ochilgan depozitga qabul qiladi.
(324-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
325. Yuridik shaxslar tomonidan pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qilishda notarius quyidagi hujjatlarni talab qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilish haqida yozma ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs ijro organi rahbarining tayinlanganligi haqidagi hujjat (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli investitsiya vositachisi yoki Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan berilgan qimmatli qogʻozlar egalarining roʻyxati;
(325-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 12-dekabrdagi 284-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-11, 12.12.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 50-son, 569-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy majlisning oʻtkazilishi haqida hamma taʼsischilar yoki barcha aksiyadorlarga yuborilgan xabarnomalar reyestri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy majlisda qatnashmagan kreditorlarga (taʼsischi yoki aksiyadorga) umumiy majlis tomonidan qabul qilingan qarorlar boʻyicha yuborilgan xabarnomalar reyestri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditor joylashgan manzilni tasdiqlovchi hujjat.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning uchinchi, toʻrtinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.
(325-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2090-9, 11.03.2015-y) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 10-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
326. Jismoniy shaxslar tomonidan pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qilishda notarius quyidagi hujjatlarni talab qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qilish haqida yozma ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilish uchun asoslar (kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar, qarz shartnomasi, sud hujjatlari va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul summalari va qimmatli qogʻozlar topshiriladigan kreditorlarning roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha kreditorlarga pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qilish haqida yuborilgan xabarnomalar va (yoki) kreditorlar tomonidan qabul qilinmaganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditor joylashgan manzilni tasdiqlovchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
327. Notarius mazkur Yoʻriqnomaning 325 va 326-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa hujjatlarni ham talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
328. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qilish haqida yozma arizada quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorning familiyasi, ismi, otasining ismi (yuridik shaxsning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditorning familiyasi, ismi, otasining ismi (yuridik shaxsning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiyat qanday sabablarga koʻra bevosita bajarilmaganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
329. Arizalar ikki nusxada taqdim etiladi va bu haqda alohida yuritiladigan reyestr kitobiga har bir kreditor boʻyicha alohida yozuv kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
330. Pul summalari boʻyicha qabul qilingan arizaning orqa tomoniga notarius pul summalarining qabul qilinganligi haqida tasdiqlovchi yozuvni yozadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Depozitga qimmatli qogʻozlar qabul qilinganda arizaning orqa tomoniga qimmatli qogʻozlarning turi, soni, ularning raqami, seriyasi va nominal qiymati yozilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
331. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarni depozitga qabul qilishda qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
(331-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
332. Notarius pul summalari va qimmatli qogʻozlar olinganligi toʻgʻrisida kreditorni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdor kreditorning manzilini koʻrsatmasa va bu manzil notariusga maʼlum boʻlmasa, qarzdor tomonidan pul summalari va qimmatli qogʻozlar topshirilganligi haqida kreditorga xabar qilish majburiyati uning oʻziga yuklatilishi toʻgʻrisida notarius ogohlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
333. Notarius qarzdorga topshirilgan pul summalari va qimmatli qogʻozlar kreditorga yoki uning vakiliga topshirganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
334. Pul summalari va qimmatli qogʻozlar davlat notarial idorasiga pochta orqali yoki kredit tashkilotidan kelgan taqdirda, tushgan summadan tegishli davlat boji ushlab qolinganidan keyin qolgan summa depozitga qabul qilinadi.
(334-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
335. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarni qabul qilish haqida notariusning xabarnomasini olgan kreditor ushbu notariusga yozma ariza bilan murojaat etadi. Arizadagi imzoning haqiqiyligi notarial tartibda shahodatlantiriladi. Vakil orqali murojaat qilinganda esa vakilning vakolati tekshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
336. Notarius kreditor yoki uning vakilining yozma arizasiga asoslanib, hududiy adliya boshqarmasiga kreditorlarning roʻyxatini ilova qilgan holda pul summalari va qimmatli qogʻozlarni topshirish haqida xat yuboradi.
(336-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
337. Hududiy adliya boshqarmasi notariusning xati asosida pul summalari va qimmatli qogʻozlarni topshirish uchun depozit hisob raqami ochilgan tegishli bankka toʻlov topshiriqnomasini yuboradi. Toʻlov topshiriqnomasiga asosan kreditor yoki uning vakiliga tegishli bank tomonidan pul summalari va qimmatli qogʻozlar beriladi.
(337-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
338. Pul summalari va qimmatli qogʻozlarning ularni depozitga topshirgan shaxsga (qarzdorga) qaytarilishiga toʻlov kimning foydasiga amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha shaxsning yozma roziligi bilan yoki sud qaroriga binoan yoʻl qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
339. Depozitda saqlanayotgan pul summalari va qimmatli qogʻozlar hududiy adliya boshqarmalarining mulki hisoblanmaydi.
(339-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
340. Depozitdagi kreditorlarga berilishi lozim boʻlgan pul summalari va qimmatli qogʻozlar uch yil mobaynida saqlanadi. Ushbu muddatlar oʻtgandan keyin talab qilib olinmagan pul summalari va qimmatli qogʻozlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-§. Ijro xatlarini yozish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
341. Qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish uchun notarius qarzdorlikni belgilovchi hujjatlarga ijro xatlarini yozadi. Bunday notarial harakatni amalga oshirish uchun manfaatdor shaxsning yozma arizasi olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
342. Ijro xatlari quyidagi hollarda yoziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlar qarzdorning undirib oluvchidan qarzdor ekanligi yoki boshqa majburiyatini shubhasiz tasdiqlasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daʼvo qilish huquqi vujudga kelgan kundan boshlab oʻtgan vaqt uch yildan ortiq boʻlmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ijro xati berish haqidagi talab uchun qonun hujjatlarida boshqa muddat belgilangan boʻlsa, ijro xati shu muddat ichida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
343. Ijro xati olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 18-yanvardagi 26-sonli qarori bilan tasdiqlangan Notariuslarning ijro xatlariga asosan qarzni undirish soʻzsiz amalga oshiriladigan hujjatlar roʻyxatida nazarda tutilgan hujjatlar ikki nusxada taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
344. Ijro xati yozish mumkin boʻlgan muddat undiruvchida qarzni majburiy undirish huquqi paydo boʻlgan kundan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
345. Ijro xatida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro xatini yozayotgan notariusning familiyasi, ismi, otasining ismi bosh harflari, lavozimi, ijro xatining qaysi ish boʻyicha berilganligi;
(345-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
undirib oluvchining nomi va manzili (jismoniy shaxslar uchun tugʻilgan sanasi va joyi, ish joyi);
(345-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorning nomi va manzili (jismoniy shaxslar uchun tugʻilgan sanasi va joyi, ish joyi);
(345-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-7, 30.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 40-son, 533-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
undirib olish amalga oshiriladigan muddat;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning 80-moddasi talablari tushuntirilganligi;
(345-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosarining 2017-yil 5-apreldagi 71-mh-sonli (roʻyxat raqami 2090-13, 05.04.2017-y.) buyrugʻiga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 240-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
undirib olinishi kerak boʻlgan summalar yoki talab qilib olinishi kerak boʻlgan narsalar, shu jumladan, toʻlanishi kerak boʻlgan penya va foizlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
undirib oluvchi toʻlagan yoki qarzdordan undirilishi kerak boʻlgan davlat boji yoki tarif summalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro xati yozilgan sana (yil, oy, kun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro xatining reyestrda qayd etilgan tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro xatini yozgan notariusning imzosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notariusning muhri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
346. Ijro xati qarzdorlikni belgilovchi asl hujjatda qayd etiladi. Qarzdorlikni belgilovchi asl hujjatda ijro xati yozish uchun joy boʻlmagan hollarda u alohida varaqda amalga oshiriladi. Ushbu varaq qarzdorlikni belgilovchi asl hujjatga qoʻshib tikiladi, raqamlanadi va muhrlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
347. Bir xil shakldagi hujjatlar boʻyicha (masalan, bank qarzlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati aʼzolari tomonidan umumiy xarajatlarni qoplash uchun toʻlanadigan majburiy badallar va kommunal xizmatlar uchun toʻlanadigan majburiy toʻlovlar hamda shu kabilar) bir qancha ijro xatlari berishni amalga oshirish paytida davlat notarial idorasida qarzdorlarning roʻyxatlari olinadi. Bunda qarzdorlarning toʻliq nomi va manzili, toʻlov muddatlari, ijro yozuvi boʻyicha qarz undirish summasi, zarur hollarda esa boshqa maʼlumotlar ham koʻrsatiladi.
(347-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3471. Notarius ijro xati yozilgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida uning nusxasini ijro organiga yuborishi shart.
(3471-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-iyundagi 149-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-14, 22.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 566-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-§. Vekselni protest qilish. Chekni toʻlovga taqdim etish va chekning toʻlanmaganligini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
348. Taraflarning kelishuviga muvofiq qarz oluvchi veksel bergan boʻlib, bu veksel uni beruvchining (oddiy veksel) yoki vekselda koʻrsatilgan boshqa toʻlovchining (oʻtkazma veksel) vekselda nazarda tutilgan muddat kelgach, qarzga olingan pul summalarini toʻlash haqidagi hech qanday shart bilan bogʻlanmagan majburiyatini tasdiqlasa, taraflarning veksel boʻyicha munosabatlari qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
349. Notarius puli toʻlanmagan, aksept qilinmagan va aksept sanasi koʻrsatilmagan vekselni qonun hujjatlariga muvofiq protest qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
350. Toʻlanmaganlik uchun protest solinadigan veksellar notariusga veksel boʻyicha toʻlash vaqti oʻtgan kunning ertasiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
351. Veksellarga toʻlanmaganlik toʻgʻrisidagi protest notariuslar tomonidan toʻlovchining turar joyi boʻyicha yoki toʻlov joyi boʻyicha (domitsillashtirilgan veksellar, yaʼni toʻlash uchun uchinchi shaxsning qoʻlida boʻlgan veksellar) solinadi, noaksept va sanasi koʻrsatilmagan aksept veksellarga protest esa toʻlovchi joyi boʻyicha solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
352. Notarius vekselni protestga qabul qilib olgan kunda toʻlovchiga yoki domitsiliantga (domitsiyalashgan vekselni toʻlovchi shaxs) vekselni toʻlash yoki vekselni akseptlash toʻgʻrisidagi talabni qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar toʻlovchi (domitsiliant) vekselni toʻlagan taqdirda notarius unga protest qoʻymay, vekselni uni toʻlagan shaxsga qaytaradi, vekselning oʻziga toʻlov va belgilangan forma boʻyicha tegishli boshqa summalar olinganligi toʻgʻrisida yozib qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar toʻlovchi oʻtkaziladigan vekselga aksept toʻgʻrisida belgi qoʻydirgan boʻlsa, veksel protest solinmagan holda uning saqlovchisiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
353. Toʻlovchi (domitsiliant) vekselni toʻlash yoki akseptlashtirishdan bosh tortgan taqdirda yoxud u notarial idoraga kelmagan taqdirda, notarius belgilangan formaga veksel toʻlanmaganligi yoki akseptlanmaganligi uchun unga protest solish toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadi va reyestrda tegishli yozuvni amalga oshiradi, shuningdek vekselning oʻziga u toʻlanmaganligi yoki akseptlanmaganligi uchun taqiq solinganligi haqida belgi qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
354. Toʻlovchining qayerdaligi nomaʼlum boʻlgan taqdirda vekselga toʻlov yoki aksept toʻgʻrisidagi talab qoʻyilmagan holda protest solinadi, yaʼni protest toʻgʻrisidagi dalolatnomaga va reyestrga tegishli belgi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
355. Protestlangan veksel vekselni saqlovchiga yoki unga vakolatli shaxsga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
356. Toʻlovchining turar joyidagi notarius toʻlovga taqdim etilgan chekni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda qabul qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chek toʻlanmagan taqdirda notarius chekning toʻlanmaganligini unga yozib qoʻyish yoʻli bilan tasdiqlaydi va buni reyestrda qayd etadi. Chekka yozish bilan birga chek beruvchiga uning chekini bank toʻlamaganligi va bu xususda chekka yozib qoʻyilganligi haqida bildirish xati yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chek toʻlanmagan taqdirda notarius chek saqlovchining iltimosiga koʻra ijro xatini yozadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-§. Hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
357. Notarius hujjatlarni saqlash uchun roʻyxat boʻyicha qabul qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxat ikki nusxada tuzilib, hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxs va notarius tomonidan imzolanadi. Roʻyxatning bir nusxasi notariusda qoladi, boshqa nusxasi hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar hujjatlar lozim tarzda oʻrab joylashtirilgan boʻlsa, shaxsning iltimosiga koʻra notarius ularni roʻyxatsiz ham qabul qilib olishi mumkin. Hujjatlar oʻramiga notariusning muhri qoʻyiladi hamda u notarius va hujjatlarni topshirgan shaxs tomonidan imzolanadi. Bunday hollarda notarius hujjatlar oʻramining but saqlanishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
358. Qabul qilib olingan hujjatlar notarial idoraning muhri bilan muhrlangan temir javon yoki seyflarda alohida paketlarda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
359. Saqlash uchun qabul qilingan hujjatlar uni saqlash uchun topshirgan shaxsga yoki uning qonuniy vakiliga guvohnoma va (yoki) roʻyxatni taqdim etganidan keyin yoki sudning qaroriga koʻra qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-§. Dengiz protestlarini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
360. Notarius kema egasining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun dalil-isbotlarni taʼminlash maqsadida kema kapitanining kema suzib borayotganda yoki u toʻxtab turgan joyda sodir boʻlgan hamda kema egasining oldiga mulkiy talablar qoʻyish uchun asos boʻlishi mumkin boʻlgan hodisa toʻgʻrisidagi arizasini qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dengiz protesti haqidagi arizada yuz bergan hodisa tafsilotlari va kapitanning oʻziga ishonib topshirilgan mulkning but saqlanishini taʼminlash yuzasidan koʻrgan chora-tadbirlari bayon etilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dengiz protesti toʻgʻrisidagi arizada bayon etilgan holatlarning tasdigʻi sifatida kema kapitani ariza bilan bir vaqtda yoki kema portga kirgan kundan boshlab, agar hodisa portda yuz bergan boʻlsa, u yuz berganidan soʻng yetti kundan kechiktirmay notariusga koʻzdan kechirish uchun kema daftarini va kema daftaridan olinib kapitan tomonidan tasdiqlangan koʻchirmani taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
361. Dengiz protesti haqidagi ariza kema portga kirgan vaqtdan boshlab yigirma toʻrt soat ichida beriladi. Agar dengiz protesti haqida ariza berish zaruratini keltirib chiqargan hodisa portda yuz bergan boʻlsa, protest hodisa yuz bergan vaqtdan boshlab yigirma toʻrt soat ichida berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protestni belgilangan muddatda berishning imkoni boʻlmagan taqdirda, buning sabablari dengiz protesti haqidagi arizada koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
362. Notarius kapitanning arizasi, kema daftaridagi maʼlumotlar, shuningdek kapitanning oʻzi hamda kema qoʻmondonligi tarkibidan kamida ikki guvohni va kema komandasi tarkibidan ikki guvohni soʻroq qilish asosida dengiz protesti haqida dalolatnoma tuzadi va uni oʻz imzosi hamda muhri bilan tasdiqlaydi. Dengiz protesti haqidagi dalolatnomaning bir nusxasi kapitanga yoki vakil qilingan shaxsga beriladi, kapitanning arizasi va kema jurnalidan koʻchirma ilova qilingan dengiz protesti haqidagi dalolatnomaning boshqa nusxasi esa notarial idorada qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV-bob. Chet el huquqi normalarining qoʻllanilishi. Xalqaro shartnomalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
363. Notarius Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga muvofiq chet el huquqi normalarini qoʻllaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari talablariga muvofiq tuzilgan hujjatlarni qabul qilib oladi, shuningdek agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga zid kelmasa, ularga boshqa davlatlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shaklda tasdiqlovchi ustxatlar yozadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
364. Chet el fuqarosi vafotidan keyin uning Oʻzbekiston Respublikasi hududida qolgan mol-mulkini qoʻriqlash yoki Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi vafot etganidan keyin chet el fuqarosiga tegishli boʻlgan mol-mulkni qoʻriqlash, shuningdek bunday mol-mulk xususida merosga boʻlgan huquq haqida guvohnomalar berish bilan bogʻliq harakatlar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
365. Notarius Oʻzbekiston Respublikasi bilan xalqaro shartnomalar, shu jumladan, meros mulkini qoʻriqlash toʻgʻrisidagi qoidalarni oʻz ichiga olgan shartnoma tuzgan chet el davlatining fuqarosi vafot etganligi toʻgʻrisida xabar olgandan keyin (vafot etgan shaxsning mol-mulki Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan taqdirda) Oʻzbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomasiga amal qilgan holda ana shu meros mol-mulkni qoʻriqlash yuzasidan zarur choralarni koʻradi. Notarius meros mol-mulkning miqdori va qiymatini belgilaydi, merosxoʻrlar doirasini aniqlaydi, vasiyatnoma bor yoki yoʻqligini tekshiradi, vafot etgan fuqaro davlatining diplomatik yoki konsullik vakolatxonasiga bu haqda zudlik bilan xabar qiladi.
(365-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
366. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida mulk toʻgʻrisida ish yuritish vafot etgan shaxs fuqarosi boʻlgan chet el davlati muassasalarining vazifasiga kiritilgan boʻlsa, meros qilib qoldirilgan koʻchar mol-mulkni notariuslar ana shu davlatning diplomatik yoki konsullik vakolatxonalarining talablariga muvofiq ularga topshirishlari mumkin.
(366-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
367. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq chet el davlati qonunida koʻzda tutilgan shakl boʻyicha tuzilgan vasiyatnoma vasiyat qiluvchi vafot etgandan keyin uni ochish va eʼlon qilish uchun davlat notarial idorasiga taqdim etilgan taqdirda notarius vasiyatnomaning mazmunini eʼlon qiladi, vasiyatnomaning holati va mazmuni toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi. Bayonnomada vasiyatnoma tuzilgan kun, taqdim etayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning muhrlangan yoki ochiq holda taqdim etilganligi, unda oʻchirilgan joylar, tuzatishlar yoki boshqa kamchiliklar boʻlganligi yoki yoʻqligi koʻrsatib oʻtiladi. Bayonnoma notarius va vasiyatnomani taqdim etgan shaxs tomonidan imzolanadi. Ana shu shaxslar tomonidan vasiyatnomaning har bir varagʻiga imzo qoʻyiladi. Agar vasiyatnoma notariusda muhrlangan holda saqlanib kelgan boʻlsa, yuqorida koʻrsatilgan barcha harakatlarni notariusning bir oʻzi bajaradi.
(367-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
368. Chet elda boshqa davlatlar vakolatli organlarining mansabdor shaxslari ishtirokida tuzilgan yoki ulardan kelayotgan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi organi rasmiylashtirgan taqdirdagina notarius tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda rasmiylashtirilmagan holida notarius tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
369. Oʻzbekiston Respublikasi notariuslari ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish toʻgʻrisida chet el adliya organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan topshiriqlarni bajaradilar.
(369-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Topshiriq quyidagi hollarda bajarilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topshiriqni bajarish Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetiga zid boʻlsa yoki davlat xavfsizligiga tahdid solsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topshiriqni bajarish Oʻzbekiston Respublikasi notarial idoralarining vakolat doirasiga kirmasa.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
370. Chet el adliya organlarining ayrim notarial harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi topshiriqlarini bajarish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi notariuslari ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi topshiriqlar bilan chet el adliya organlariga murojaat qilishlari mumkin.
(370-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
371. Oʻzbekiston Respublikasi notarial idoralarining chet el adliya organlari bilan oʻzaro aloqalari tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial idoralarning chet el konsullik va diplomatik vakolatxonalari bilan oʻzaro munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
372. Notariuslar chet davlatlar organlarida ish yuritish uchun zarur dalillar bilan chet davlatlar organlarini taʼminlaydilar.
(372-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-maydagi 92-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-1, 20.05.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 160-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalillar bilan taʼminlash harakatlarini bajarish Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining normalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
373. Qonunning 93-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida notarial harakatlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, notarial harakatlarni amalga oshirish paytida xalqaro shartnomaning qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi notariusga Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan notarial harakatni amalga oshirish vakolatini bersa, notarius bu notarial harakatni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilagan tartibda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
374. Mazkur Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk va avtomototransport vositalari boʻyicha taqiq va xatlov bazasini yurituvchi davlat notarial idoralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar

Tuman (shahar) nomi

Davlat notarial idora nomi

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Nukus shahri

Nukus shahar 8-son DNI*

Nukus tumani

Nukus tuman DNI

Qoraoʻzak tumani

Qoraoʻzak tuman DNI

Chimboy tumani

Chimboy tuman DNI

Taxtakoʻpir tumani

Taxtakoʻpir tuman DNI

Kegeyli tumani

Kegeyli tuman DNI

Shumanay tumani

Shumanay tuman DNI

Qonlikoʻl tumani

Qonlikoʻl tuman DNI

Qoʻngʻirot tumani

Qoʻngʻirot tuman 1-son DNI

Moʻynoq tumani

Moʻynoq tuman DNI

Xoʻjayli tumani

Xoʻjayli tuman 1-son DNI

Amudaryo tumani

Amudaryo tuman 2-son DNI

Ellikqalʼa tumani

Ellikqalʼa tuman 1-son DNI

Beruniy tumani

Beruniy tuman 1-son DNI

Toʻrtkoʻl tumani

Toʻrtkoʻl tuman 1-son DNI

2.

Andijon viloyati

Andijon shahri

Andijon shahar 2-son DNI*

Andijon tumani

Andijon tuman 1-son DNI

Asaka tumani

Asaka tuman 3-son DNI

Boʻz tumani

Boʻz tuman DNI

Buloqboshi tumani

Buloqboshi tuman DNI

Baliqchi tumani

Baliqchi tuman 1-son DNI

Qoʻrgʻontepa tumani

Qoʻrgʻontepa tuman 1-son DNI

Ulugʻnor tumani

Ulugʻnor tuman DNI

Oltinkoʻl tumani

Oltinkoʻl tuman DNI

Marhamat tumani

Marhamat tuman 1-son DNI

Paxtaobod tumani

Paxtaobod tuman 1-son DNI

Shahrixon tumani

Shahrixon tuman 4-son DNI

Xoʻjaobod tumani

Xoʻjaobod tuman 1-son DNI

Jalaquduq tumani

Jalaquduq tuma� 1-son DNI

Xonabod shahri

Xonabod shahar DNI

Izboskan tumani

Izboskan tuman DNI

3.

Buxoro viloyati

Buxoro shahri

Buxoro shahar 1-son DNI*

Buxoro tumani

Buxoro tuman DNI

Vobkent tumani

Vobkent tuman DNI

Shofirkon tumani

Shofirkon tuman 1-son DNI

Gʻijduvon tumani

Gʻijduvon tuman 1-son DNI

Romitan tumani

Romitan tuman 1-son DNI

Peshku tumani

Peshku tuman DNI

Jondor tumani

Jondor tuman 1-son DNI

Qorakoʻl tumani

Qorakoʻl tuman 1-son DNI

Olot tumani

Olot tuman DNI

Kogon shahri

Kogon shahar 1-son DNI

Kogon tumani

Kogon tuman DNI

Qoravulbozor tumani

Qoravulbozor tuman DNI

4.

Jizzax viloyati

Jizzax shahri

Jizzax shahar 2-son DNI*

Arnasoy tumani

Arnasoy tuman DNI

Baxmal tumani

Baxmal tuman DNI

Gʻallaorol tumani

Gʻallaorol tuman 1-son DNI

Doʻstlik tumani

Doʻstlik tuman DNI

Sharof Rashidov tumani

Sharof Rashidov tuman 1-son DNI

Mirzachoʻl tumani

Mirzachoʻl tuman DNI

Paxtakor tumani

Paxtakor tuman DNI

Zomin tumani

Zomin tuman 1-son DNI

Zarbdor tumani

Zarbdor tuman DNI

Forish tumani

Forish tuman DNI

Yangiobod tumani

Yangiobod tuman DNI

Zafarobod tumani

Zafarobod tuman DNI

5.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahri

Qarshi shahar 1-son DNI*

Qarshi tumani

Qarshi tuman DNI

Gʻuzor tumani

Gʻuzor tuman 1-son DNI

Koson tumani

Koson tuman 1-son DNI

Kitob tumani

Kitob tuman DNI

Qamashi tumani

Qamashi tuman DNI

Kasbi tumani

Kasbi tuman DNI

Dehqonobod tumani

Dehqonobod tuman DNI

Nishon tumani

Nishon tuman 1-son DNI

Muborak tumani

Muborak tuman DNI

Mirishkor tumani

Mirishkor tuman DNI

Shahrisabz tumani

Shahrisabz tuman 1-son DNI

Shahrisabz shahri

Shahrisabz shahar 1-son DNI

Chiroqchi tumani

Chiroqchi tuman 1-son DNI

Yakkabogʻ tumani

Yakkabogʻ tuman 1-son DNI

6.

Navoiy viloyati

Navoiy shahri

Navoiy shahar 2-son DNI*

Karmana tumani

Karmana tuman 1-son DNI

Xatirchi tumani

Xatirchi tuman 1-son DNI

Qiziltepa tumani

Qiziltepa tuman 1-son DNI

Konimeh tumani

Konimeh tuman DNI

Navbahor tumani

Navbahor tuman DNI

Nurota tumani

Nurota tuman DNI

Zarafshon shahri

Zarafshon shahar 1-son DNI

Uchquduq tumani

Uchquduq tuman DNI

Tomdi tumani

Tomdi tuman DNI

7.

Namangan viloyati

Namangan shahri

Namangan shahar 3-son DNI*

Namangan tumani

Namangan tuman 1son DNI

Toʻraqoʻrgʻon tumani

Toʻraqoʻrgʻon tuman 1-son DNI

Chust tumani

Chust tuman 1-son DNI

Pop tumani

Pop tuman 1-son DNI

Mingbuloq tumani

Mingbuloq tuman DNI

Yangiqoʻrgʻon tumani

Yangiqoʻrgʻon tuman DNI

Chortoq tumani

Chortoq tuman DNI

Uychi tumani

Uychi tuman 1-son DNI

Kosonsoy tumani

Kosonsoy tuman 1-son DNI

Uchqoʻrgʻon tumani

Uchqoʻrgʻon tuman 1-son DNI

Norin tumani

Norin tuman DNI

8.

Samarqand viloyati

Samarqand shahri

Samarqand shahar 12-son DNI*

Samarqand tumani

Samarqand tuman 1-son DNI

Toyloq tumani

Toyloq tuman 1-son DNI

Bulungʻur tumani

Bulungʻur tuman 1-son DNI

Payariq tumani

Payariq tuman 1-son �NI

Oqdaryo tumani

Oqdaryo tuman 2-son DNI

Kattaqoʻrgʻon shahri

Kattaqoʻrgʻon shahar 1-son DNI

Kattaqoʻrgʻon tumani

Kattaqoʻrgʻon tuman 1-son DNI

Pastdargʻom tumani

Pastdargʻom tuman 1-son DNI

Paxtachi tumani

Paxtachi tuman DNI

Urgut tumani

Urgut tuman 2-son DNI

Narpay tumani

Narpay tuman DNI

Nurobod tumani

Nurobod tuman DNI

Qoʻshrabod tumani

Qoʻshrabod tuman DNI

Jomboy tumani

Jomboy tuman DNI

Ishtixon tumani

Ishtixon tuman 1-son DNI

9.

Sirdaryo viloyati

Guliston shahri

Guliston shahar 1-son DNI*

Shirin shahri

Shirin shahar DNI

Yangiyer shahri

Yangiyer shahar 1-son DNI

Boyovut tumani

Boyovut tuman DNI

Sayxunobod tumani

Sayxunobod tuman DNI

Guliston tumani

Guliston tuman DNI

Sardoba tumani

Sardoba tuman DNI

Mirzaobod tumani

Mirzaobod tuman DNI

Sirdaryo tumani

Sirdaryo tuman 4-son DNI

Xovos tumani

Xovos tuman DNI

Oqoltin tumani

Oqoltin tuman DNI

10.

Surxondaryo viloyati

Termiz shahri

Termiz shahar 1-son DNI*

Termiz tumani

Termiz tuman DNI

Angor tumani

Angor tuman 2-son DNI

Sherobod tumani

Sherobod tuman 1-son DNI

Sariosiyo tumani

Sariosiyo tuman DNI

Denov tumani

Denov tuman 1-son DNI

Muzrobod tumani

Muzrabod tuman DNI

Qiziriq tumani

Qiziriq tuman 1-son DNI

Boysun tumani

Boysun tuman DNI

Jarqoʻrgʻon tumani

Jarqoʻrgʻon tuman 1-son DNI

Qumqoʻrgʻon tumani

Qumqoʻrgʻon tuman DNI

Shoʻrchi tumani

Shoʻrchi tuman 1-son DNI

Oltinsoy tumani

Oltinsoy tuman DNI

Uzun tumani

Uzun tuman 1-son DNI

11.

Fargʻona viloyati

Fargʻona shahri

Fargʻona shahar 1-son DNI*

Qoʻqon shahri

Qoʻqon shahar 1-son DNI

Margʻilon shahri

Margʻilon shahar 1-son DNI

Quvasoy shahri

Quvasoy shahar 1-son DNI

Quva tumani

Quva tuman 1-son DNI

Yozyovon tumani

Yozyovon tuman DNI

Fargʻon tumani

Fargʻon tuman 1-son DNI

Oltiariq tumani

Oltiariq tuman 1-son DNI

Rishton tumani

Rishton tuman 1-son DNI

Bogʻdod tumani

Bogʻdod tuman DNI

Buvayda tumani

Buvayda tuman DNI

Dangʻara tumani

Dangʻara tuman DNI

Uchkoʻprik tumani

Uchkoʻprik tuman 2-son DNI

Oʻzbekiston tumani

Oʻzbekiston tuman DNI

Beshariq tumani

Beshariq tuman 1-son DNI

Soʻx tumani

Soʻx tuman DNI

Toshloq tumani

Toshloq tuman DNI

Qoʻshtepa tumani

Qoʻshtepa tuman DNI

Furqat tumani

Furqat tuman DNI

12.

Xorazm viloyati

Urganch shahri

Urganch shahar 4-son DNI*

Xazorasp tumani

Xazorasp tuman 1-son DNI

Bogʻot tumani

Bogʻot tuman 1-son DNI

Gurlan tumani

Gurlan tuman 1-son DNI

Qoʻshkoʻpir tumani

Qoʻshkoʻpir tuman 2-son DNI

Urganch tumani

Urganch tuman 1-son DNI

Xonqa tumani

Xonqa tuman 1-son DNI

Xiva tumani

Xiva tuman DNI

Xiva shahri

Xiva shahar 2-son DNI

Shovot tumani

Shovot tuman 1-son DNI

Yangiariq tumani

Yangiariq tuman DNI

Yangibozor tumani

Yangibozor tuman DNI

13.

Toshkent viloyati

Angren shahri

Angren shahar 1-son DNI

Olmaliq shahri

Olmaliq shahar 2-son DNI

Ohangaron tumani

Ohangaron tuman 2-son DNI

Bekobod shahri

Bekobod shahar 1-son DNI

Chirchiq shahri

Chirchiq shahar 3-son DNI

Boʻstonliq tumani

Boʻstonliq tuman 3-son DNI

Boʻka tumani

Boʻka tuman 2-son DNI

Bekobod tumani

Bekobod tuman DNI

Oqqoʻrgʻon tumani

Oqqoʻrgʻon tuman DNI

Qibray tumani

Qibray tuman 2-son DNI

Quyichirchiq tumani

Quyichirchiq tuman DNI

Zangiota tumani

Zangiota tuman 1-son DNI

Piskent tumani

Piskent tuman DNI

Parkent tumani

Parkent tuman DNI

Oʻrtachirchiq tumani

Oʻrtachirchiq tuman 2-son DNI*

Yuqorichirchiq tumani

Yuqorichirchiq tuman DNI

Chinoz tumani

Chinoz tuman 1-son DNI

Yangiyoʻl tumani

Yangiyoʻl tuman 6-son DNI

14.

Toshkent shahar

Bektemir tumani

Bektemir tuman 2-son DNI

Mirzo Ulugʻbek tumani

Mirzo Ulugʻbek tuman 7-son DNI*

Mirobod tumani

Mirobod tuman 1-son DNI

Olmazor tumani

Olmazor tuman 8-son DNI

Sergeli tumani

Sergeli tuman 3-son DNI

Uchtepa tumani

Uchtepa tuman 2-son DNI

Chilonzor tumani

Chilonzor tuman 8-son DNI

Shayxontohur tumani

Shayxontohur tuman 8-son DNI

Yunusobod tumani

Yunusobod tuman 6-son DNI

Yakkasaroy tumani

Yakkasaroy tuman 6-son DNI**

Yashnobod tumani

Yashnobod tuman 8-son DNI

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: *Hududiy adliya organlariga shaxsning barcha mol-mulklariga nisbatan taqiq qoʻyish haqida sud, tergov, prokuratura organlari va davlat ijrochilarining xabarnomalari kelib tushsa, ushbu xabarnomalar roʻyxatda koʻrsatilgan davlat notarial idoralariga “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
**Sud, tergov, prokuratura organlari va davlat ijrochilari tomonidan shaxsning barcha mol-mulklariga nisbatan taqiq qoʻyish haqida xabarnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kelib tushsa, ushbu xabarnomalar roʻyxatda koʻrsatilgan davlat notarial idorasiga “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish uchun yuboriladi. Boshqa hududiy adliya organlariga ushbu xabarnomalar maʼlumot uchun yuboriladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 22-avgustdagi 250-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090-15, 22.08.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 900-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 13-son, 99-modda, 20-son, 160-modda, 28-29-son, 245-modda, 42-43-son, 373-modda; 2011-y., 40-son, 439-modda; 2012-y., 21-son, 239-modda, 31-son, 360-modda; 2013-y., 40-son, 533-modda; 2014-y., 24-son, 294-modda; 2015-y., 10-son, 123-modda, 51-son, 636-modda; 2016-y., 50-son, 569-modda, 52-son, 606-modda; 2017-y., 14-son, 240-modda, 25-son, 566-modda, 34-son, 900-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2090-16/0564-son, 22.02.2018-y., 10/18/2090-17/0802-son)