(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2063-2, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2063-2/2945-son)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 4-sentabrdagi 13/9-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3282, 16.09.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda) va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 43-son, 451-modda) qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonun hujjatlari talablarini buzganliklari uchun tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qo‘llaniladigan choralar va sanksiyalar to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2063-2, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2063-2/2945-son)
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/1-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
(nizom nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2063-2, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2063-2/2945-son)
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda) hamda “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 9-son, 160-modda) qonunlariga muvofiq tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan keyingi o‘rinlarda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan qo‘llaniladigan choralar va sanksiyalarni belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2063-2, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2063-2/2945-son)
1. Markaziy bank ushbu Nizomga muvofiq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzilishiga yo‘l qo‘ygan tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga nisbatan chora va sanksiyalarni qo‘llaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2063-2, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2063-2/2945-son)
(II bob nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2063-2, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2063-2/2945-son)
2. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablari bajarilmagan hollarda Markaziy bank:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2063-2, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2063-2/2945-son)
tijorat banki ustav kapitalining belgilangan eng kam miqdorining bir foizigacha bo‘lgan miqdorda jarima undirish huquqiga ega.
3. Kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi Markaziy bankning ko‘rsatmalarini bajarmagan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini qo‘pol ravishda yoki muntazam ravishda (bir yil mobaynida ikki va undan ortiq marotaba) buzgan tijorat bankiga nisbatan Markaziy bank:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2063-2, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2063-2/2945-son)
ushbu tijorat banki (filiali) rahbari, shuningdek, uning ichki nazorat xizmati rahbari va mas’ul xodimlarini almashtirishni talab qilish;
bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyada va xorijiy valyutadagi operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyada ko‘rsatilgan ayrim operatsiyalarni o‘tkazishni bir yilgacha bo‘lgan muddatga to‘xtatib qo‘yish;
bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani va xorijiy valyutadagi operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani chaqirib olishgacha bo‘lgan choralarni qo‘llashga haqlidir.
(III bob nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2063-2, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2063-2/2945-son)
4. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablari bajarilmagan hollarda Markaziy bank:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2063-2, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2063-2/2945-son)
mikrokredit tashkiloti va lombardlarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida tegishli ko‘rsatma yo‘llash;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2063-1, 20.02.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 8-son, 109-modda)
mikrokredit tashkilotidan mikrokredit tashkilotlari ustav fondining belgilangan eng kam miqdorining bir foizigacha bo‘lgan miqdorida jarima undirish;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2063-1, 20.02.2013-y.)tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 8-son, 109-modda)
lombarddan bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobarigacha bo‘lgan miqdorda jarima undirish huquqiga ega.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 24-avgustdagi 21/15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2063-3, 07.09.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.09.2019-y., 10/19/2063-3/3704-son)
5. Markaziy bankning kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini bajarmagan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini qo‘pol ravishda yoki muntazam ravishda (bir yil mobaynida ikki va undan ortiq marotaba) buzgan mikrokredit tashkiloti va lombardga nisbatan Markaziy bank:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2063-2, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2063-2/2945-son)
ushbu mikrokredit tashkiloti va lombard rahbari, shuningdek, ularning ichki nazorat xizmati rahbari va mas’ul xodimlarini almashtirishni talab qilish;
mikrokredit tashkiloti va lombard faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyada ko‘rsatilgan ayrim operatsiyalarni o‘tkazishni to‘xtatib qo‘yish;
mikrokredit tashkiloti va lombard faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani chaqirib olishgacha bo‘lgan choralarni qo‘llashga haqlidir.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2063-1, 20.02.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 8-son, 109-modda)
6. Ushbu Nizomda belgilangan jarima choralari tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga Markaziy bankning farmoyishi asosida qo‘llaniladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2063-1, 20.02.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 8-son, 109-modda)
7. Tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyani to‘xtatib qo‘yish va chaqirib olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Markaziy bank Boshqaruvining qaroriga asosan amalga oshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 16-fevraldagi 4/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2063-1, 20.02.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 8-son, 109-modda)
8. Undirilgan jarima summasi Markaziy bankning “Boshqa foizsiz daromadlari” balans hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.