Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.10.2017 28.12.2009 yildagi 335-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.10.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQARO SANOAT YaRMARKASI VA KOOPERATSIYA BIRJASI DIREKSIYASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-oktabrdagi 787-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlar tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 31-iyuldagi PQ-3166-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi direksiyasi faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi direksiyasi (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi):
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi va davlat korxonasi shaklida tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida tuzilgan shartnomalar (kontraktlar)ni roʻyxatdan oʻtkazishda, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ular ishlab chiqargan mahsulotlarni yetkazib berish yuzasidan shartnomalar (kontraktlar) tuzishda koʻmaklashish xizmatlari uchun undiriladigan vositachilik haqi, xalqaro moliyaviy institutlar va donor tashkilotlarning grant mablagʻlari, homiylik yordami, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Direksiya “Oʻzekspomarkaz” MKK” ochiq aksiyadorlik jamiyatining Toshkent shahar, Amir Temur koʻchasi, 107-uydagi binosida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzekspomarkaz” MKK” ochiq aksiyadorlik jamiyati bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining Ijro etuvchi organi foydalanayotgan jihozlar va asbob-uskunalarni Direksiya balansiga bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan 2010-yil uchun tuzilgan shartnomalar (kontraktlar)ni roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun tushgan vositachilik haqini Direksiyaning hisob raqamiga oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining doimiy faoliyat koʻrsatuvchi tashkiliy qoʻmitasiga Direksiyaning samarali faoliyatini taʼminlovchi maʼlumotlarning axborot bazalarini shakllantirishda va doimiy ravishda yangilab borishda oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 11-apreldagi 67-son qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 11-apreldagi 67-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2009-yil 26-fevraldagi 55-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 28-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
335-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-dekabrdagi 335-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi direksiyasi faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi direksiyasi (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi, hududiy va tarmoq sanoat yarmarkalari hamda ular doirasida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan isteʼmol tovarlari yarmarkalari (keyingi oʻrinlarda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi deb ataladi) xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, shu jumladan xorijiy xaridorlarni respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar toʻgʻrisida keng xabardor qilish, sheriklarni izlab topishda hamda oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni yetkazib berish yuzasidan mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari oʻrtasida xoʻjalik shartnomalari, shuningdek mahsulotlarni eksportga yetkazib berish uchun shartnomalar tuzishda yordam koʻrsatish maqsadida har yili oʻtkaziladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-apreldagi 100-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 15-son, 201-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi direksiyasi faoliyatini tashkil etishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining oʻzaro hamkorligi bilan bogʻliq masalalarni muvofiqlashtirish Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining doimiy faoliyat koʻrsatuvchi tashkiliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Tashkiliy qoʻmita deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini tayyorlash va oʻtkazish Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlanadigan kompleks chora-tadbirlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Direksiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi va davlat korxonasi shaklida tashkil etiladi, banklarda hisob raqamlariga, belgilangan namunadagi muhrga va shtampga ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy qoʻmitaning ishchi organi funksiyalarini bajaradi hamda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida tuzilgan shartnomalar (kontraktlar)ni roʻyxatdan oʻtkazishda, oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni yetkazib berish yuzasidan shartnomalar (kontraktlar) tuzishda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga koʻmaklashish xizmatlari uchun undiriladigan vositachilik haqi, xalqaro moliyaviy institutlar va donor tashkilotlarning grant mablagʻlari, homiylik yordami, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Direksiyaning muassisi hisoblanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Direksiyaning vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Direksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining har yili oʻtkazilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili oʻtkaziladigan Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini, uning ishida qatnashadigan mamlakatimiz korxonalarini va ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarni, shu jumladan mahalliylashtiriladigan mahsulotlarni keng reklama qilishni, shu jumladan xorijiy foydalanuvchilar foydalanadigan axborot resurslari orqali reklama qilishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
potensial xorijiy xaridorlarni Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasiga jalb etish va ularning qatnashishini kengaytirish ishini tizimli asosda olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birjalar va yarmarkalarda xorijiy sheriklar bilan eksport-import bitishuvlarini kengaytirish, mahsulot eksporti boʻyicha ikki tomonlama hukumatlararo bitimlardan asta-sekin voz kechish, birja va yarmarka savdolari maydonchalarida tuziladigan eksport kontraktlarini rasmiylashtirishda mahalliy korxonalarga koʻmaklashish yoʻli bilan mahalliy tovarlar va xizmatlarni eksport qilishning bozor prinsiplari va mexanizmlarini kuchaytirish tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sheriklar izlab topishda va oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni yetkazib berish yuzasidan mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida xoʻjalik shartnomalari tuzishda hamda mahsulotni eksportga yetkazib berish uchun shartnomalar tuzishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida tuziladigan shartnomalar (kontraktlar)ni tahlil qilish va tegishli loyihalarni Mahalliylashtirish dasturiga kiritish boʻyicha takliflarni shakllantirish, ularni Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning, shu jumladan mahalliylashtiriladigan mahsulotning yagona axborot bazasini shakllantirish va doimiy ravishda yangilab borish, Oʻzbekiston sanoat korxonalari mahsulotlarining har yili yangilanadigan kataloglarini elektron va qogʻoz formatda nashr etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy qoʻmita qarorlarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Direksiya oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilayotgan, import qilinayotgan va mamlakatimiz korxonalari bazasida ishlab chiqarish mumkin boʻlgan oʻzlashtirilishi istiqbolli tovarlar, shuningdek oʻzlashtirilgan mahsulotning potensial isteʼmolchilari boʻlgan xorijiy korxonalar toʻgʻrisidagi doimiy ravishda yangilab boriladigan maʼlumotlarning axborot bazasini yuritish va Internet tarmogʻiga joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilarini ichki bozorda ehtiyoj mavjud boʻlgan tovarlar, butlovchi buyumlar va materiallar, shuningdek tovarlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishda beriladigan davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida aniq tarzda xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish aloqalarini yoʻlga qoʻyish uchun mamlakatimizdagi potensial mahsulot ishlab chiqaruvchilarning import qilinadigan mahsulotlarga oʻxshash mahsulot isteʼmolchilari bilan amaliy uchrashuvlari va muzokaralarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birgalikdagi ishlab chiqarish faoliyatini va kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyish maqsadida respublika ishlab chiqaruvchilarining boshqa mahalliy ishlab chiqaruvchilar, potensial xorijiy sheriklar bilan muzokaralari va taqdimotlarini tashkil etishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika xoʻjalik yurituvchi subyektlarini Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini oʻtkazish sanalari, tartibi va ularda qatnashish shartlari toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etilayotgan Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning — ishlab chiqaruvchilarning, birinchi navbatda respublika korxonalari tomonidan import qilinadigan mahsulotga oʻxshash mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning, shuningdek respublikada ishlab chiqarishni oʻzlashtirish maqsadga muvofiq boʻlgan tovarlarni import qiluvchi korxonalarning keng taqdim etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
potensial xorijiy xaridorlarni Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasiga keng jalb etish tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy ishlab chiqaruvchilarga sheriklar izlab topishda va Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni yetkazib berish, shu jumladan eksportga yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuzishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan tuzilgan shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning reyestrini yuritish, shuningdek bunday shartnomalar qatnashchilariga ushbu reyestrdan koʻchirmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi, hududiy va tarmoq sanoat yarmarkalari doirasida isteʼmol qilishga moʻljallangan mahsulotlarni yetkazib berish yuzasidan tuzilgan shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-apreldagi 100-sonli qaroriga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 15-son, 201-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida tuzilgan shartnomalar bajarilishi monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida tuzilgan shartnomalar (kontraktlar)ni oʻrganib chiqish yoʻli bilan tegishli loyihalarni Mahalliylashtirish dasturiga kiritishga doir takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq va mintaqaviy sanoat yarmarkalari tashkilotchilariga ularni oʻtkazishda metodik yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat kooperatsiyasi aloqalarini chuqurlashtirishga va sanoat kooperatsiyasi hamda zamonaviy texnologiyalarni oʻzlashtirish asosida mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni kengaytirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar boʻyicha axborotlarni tadbirkorlar va aholi oʻrtasida keng yoyishni taʼminlash uchun ommaviy axborot vositalarida materiallar va tahliliy sharhlar eʼlon qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shunga oʻxshash tadbirlarni oʻtkazishga oid xalqaro tajribani oʻrganish hamda ishlab chiqarish kooperatsiyasini kengaytirish, Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini tayyorlash va oʻtkazish masalalari boʻyicha Tashkiliy qoʻmitaga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda unga yuklangan boshqa funksiyalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Direksiya oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, korxonalar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Direksiyaning davlat va xoʻjalik organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Direksiyaning faoliyatini samarali tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xoʻjalik boshqaruvi organlari va korxonalar Direksiyaga zarur axborot materiallarini taqdim etadilar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Boshlangʻich axborotlarni toʻplash va tahlil qilishda, shuningdek keyinchalik maʼlumotlar bazasini Direksiyaga taqdim etishda vazirliklar, idoralar va korxonalarning oʻzaro hamkorlik qilish tartibi Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Direksiyaning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Direksiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish kooperatsiyasini kengaytirish, Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini tayyorlash va oʻtkazish masalalari boʻyicha takliflarni Tashkiliy qoʻmitaga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar va korxonalardan Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida tuzilgan shartnomalar (kontraktlar)ning bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Direksiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilayotgan, import qilinayotgan va oʻzlashtirilishi istiqbolli boʻlgan tovarlar, shuningdek buning uchun ishlab chiqarish va texnologik resurslarga ega boʻlgan mamlakatimiz korxonalari, bunday tovarlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishda beriladigan davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi doimiy ravishda yangilab boriladigan maʼlumotlarning axborot bazasi yuritilishi va Internet tarmogʻiga joylashtirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqlararo va tarmoq ichki ishlab chiqarish aloqalarini yoʻlga qoʻyish va mustahkamlashga koʻmaklashish chora-tadbirlari samarali amalga oshirilishi hamda ushbu Nizom bilan yuklangan vazifalar va funksiyalar doirasida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning buyurtmalar portfeli shakllantirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha kompleks tadbirlarning oʻz vaqtida kelishilishi va Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, korxonalar, shu jumladan xorijiy korxonalarning Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini oʻtkazish muddatlari toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan tuzilgan shartnomalarning oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazilishi va ularning reyestri yuritilishi, shuningdek bunday shartnomalarning qatnashchilariga ushbu reyestrdan koʻchirmalar berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq Direksiyaga yuklangan boshqa vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Direksiya faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Direksiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor boshchilik qiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Direktor:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va Direksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlimlar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi va Direksiya xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri bilan kelishgan holda shtatlar jadvalini tasdiqlaydi, Direksiya xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
(14-bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya nomidan xoʻjalik shartnomalari va boshqa shartnomalar tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirining topshiriqlariga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.
(14-bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Direksiya quyidagi uchta boʻlimdan iborat boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini oʻtkazishni tashkil etish boʻlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) axborot-tahliliy taʼminlash, reklama, maʼlumotlar bazasini yuritish va tuzilgan kontraktlar monitoringi boʻlimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan ishlash va xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan xorijiy xaridorlar va mahalliylashtiriladigan mahsulot buyurtmachilari oʻrtasidagi ishlab chiqarish-kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish boʻlimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tashqi savdo vaziri Direksiya tuzilmasiga va xodimlari soniga xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 574-modda; 2013-y., 15-son, 201-modda, 2017-y., 29-son, 693-modda)