OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
buyrugʻi
ISSIQLIK IZOLYATSIYA MATERIALLARI ISHLAB CHIQARISH XODIMLARI UCHUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 24-noyabrda 2047-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta koʻrib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish Dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Issiqlik izolyatsiya materiallari ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir v.b. A. XAITOV
Toshkent sh.,
2009-yil 7-oktabr,
61-B-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 7-oktabrdagi 61-B-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Issiqlik izolyatsiya materiallari ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar issiqlik izolyatsiya materiallari ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar issiqlik izolyatsiya materiallari ishlab chiqarish tashkilotlariga (bundan keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Ushbu Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
II. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
7. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari boʻyicha boʻlimni oʻz ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maʼmuriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat) ishchi va xizmatchilar bilan yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari boʻyicha mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalari.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
10. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
2-§. Xodimlarga yoʻl-yoʻriq berish, oʻqitish va ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish ishlarini tashkil etish
12. Tashkilotlarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, yoʻl-yoʻriqlar olishlari hamda bilimlari sinovdan oʻtkazilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari ishlab chiqiladi va xodimlar hamda ish joylarini shu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
15. Xodimlar xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, ishchilarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
16. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining xavfli hamda zararli omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnatning ogʻirligi ish joylarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiya qilish orqali tasdiqlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Har bitta tashkilot yoki alohida ishlab chiqarish xavfli va zararli mehnat sharoitlariga ega boʻlgan kasblar, ish oʻrinlari va hududlarining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq zararlilik va xavflilik sinfi koʻrsatilgan roʻyxatiga hamda ishlab chiqarish omillarining zararlilik va xavflilik koʻrsatkichlari, mehnat jarayonining ogʻirlik koʻrsatkichlari boʻyicha mehnat sharoitlarining amaldagi gigiyenik tasnifiga ega boʻlishi lozim.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
18. Tashkilot oʻta xavfli sharoitda bajariladigan kasblar va ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim. Roʻyxatda aniq texnologik jarayon, ishlab chiqarish uskunasi, ishlatiladigan xom ashyo va ishlarni amalga oshirish xususiyatlari bilan bogʻliq xavflar hisobga olinishi lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar hamda amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
19. Oʻta xavfli ishlarga faqat maxsus oʻqitilgan, ushbu ishlarni bajarish huquqini beruvchi hujjatga ega boʻlgan xodimlar qoʻyiladi.
20. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishi va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini oʻzlashtirib olishi shart.
21. Oʻta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda masʼul xodim qoʻl qoʻyib rasmiylashtirilgan maxsus naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
22. Tashkilot (sex) rahbariyati oʻta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga toʻla javobgardirlar.
23. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli omillar yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoxud yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda roʻyxatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
24. Ishlovchilarni zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish tegishli standartlar va meʼyorlar talablariga mos jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
25. Jamoaviy himoya qilish vositalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlik oʻrinlari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqin, tebranma, elektr toki urishi, statik tok va uskunalar yuzasining yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
26. Jamoaviy himoya vositalari (ventilyatsiya, aspiratsiya, yerga ulash, mahalliy soʻrgʻichlar va boshqalar) zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillari xonadagi barcha ishlovchilarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
27. Jamoaviy himoya vositalari zararli va xavfli omillarni ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qoʻllanishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz kishilarning ishtiroki va ishlar amalga oshirilishi taqiqlanadi.
28. Mehnat sharoiti noqulay ishlarda band boʻlgan xodimlar belgilangan normalar boʻyicha:
sut (shunga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlari);
davolash-profilaktika oziq-ovqati;
gazli shoʻr suv (issiq sexlarda ishlovchilar uchun);
maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, boshqa shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan bepul taʼminlanishi lozim.
29. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda ishlovchilar, ularning qoʻllanishi, himoya xususiyatlari, amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi hamda ulardan foydalanishga oʻrgatilishi lozim.
30. Tashkilot maʼmuriyati yoki ish beruvchi quyidagilarni taʼminlashi shart:
amaldagi meʼyorlar boʻyicha mazkur ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan barcha shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasini;
himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishni;
qoʻllanilayotgan himoya vositalarining samaradorligi va sozligini tekshirishni;
shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilishni (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
31. Tashkilot maʼmuriyati, ishchi va xizmatchilarni maxsus kiyim, poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan belgilangan meʼyorlarga muvofiq taʼminlashi shart.
6-§. Xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishiga ruxsat berish
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
7-§. Xodimlarning sogʻligʻini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
35. Tashkilot maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qoʻmitasi va vakolatli sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning koʻrikka kelishini taʼminlashi lozim.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
38. Sogʻligʻi holatiga koʻra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining taʼsiridan holi boʻlgan ishga oʻtkazishga muhtoj xodimlarni ish beruvchi, ularning roziligi bilan, tibbiy xulosaga muvofiq vaqtincha yoki muddatini cheklamay, ana shunday ishlarga oʻtkazishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
39. Majburiy tibbiy koʻriklar korxonalarga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa korxona joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi. Majburiy tibbiy koʻriklar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Oldingi tahrirga qarang.
40. Tashkilot maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qoʻmitasi majburiy tibbiy koʻrik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, ish beruvchi esa dalolatnomada koʻzda tutilgan barcha tadbirlar va koʻrsatmalarni bajarishi lozim.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41. Davriy majburiy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot maʼmuriyati zimmasiga yuklanadi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
42. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
8-§. Tashkilotlarning ishlab chiqarish binolari va xonalariga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
43. Ishlab chiqarish binolari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
44. Oʻtish, chiqish yoʻllari, koridor, tambur, narvonlar turli jismlar va asbob-uskunalar bilan toʻsib qoʻyilishiga ruxsat etilmaydi. Evakuatsiya chiqish yoʻllarining barcha eshiklari binodan chiqish yoʻnalishi boʻyicha ochilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
45. Pollar tekis, yoriqlarsiz, teshiklarsiz va shishib chiqqan joylari boʻlmasligi, SHNQ 2.03.13-24 “Pollar” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bajarilgan boʻlishi lozim.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
46. Boshqarish pultlari zararli va portlash xavfi boʻlgan bugʻ, gaz va changlar ajralib, shuningdek yuqori tebranishga ega boʻlgan texnologik asbob-uskunalar oʻrnatilgan ishlab chiqarish xonalarida joylashtirilishi mumkin emas.
9-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
47. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga muvofiq boʻlishi lozim.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Oldingi tahrirga qarang.
48. Bino va inshootlarning ishlab chiqarish xonalarida havodagi zararli moddalar miqdori SanQvaN 0294-11 “Ish joylari havosidagi zararli moddalar ruxsat etilgan miqdorining gigiyena normativlari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
49. Oʻtish joylarida (galereyalarda, zinalar maydonchalarida va shunga oʻxshash) joylashgan isitish jihozlari (quvurlar, registrlar va shunga oʻxshashlar), ruxsat etilgan oʻtish yoʻlkalarini enini kamaytirmasligi kerak.
50. Ish joylarida havo harorati yilning sovuq davrida yengil jismoniy ishlarda 21°C, oʻrta ogʻir ishlarda 17°C va ogʻir ishlarda 16°C dan past boʻlmasligi kerak.
51. Xodimlarni isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°C dan kam boʻlmasligi kerak.
52. Binolarda joylashgan ishchi joylaridan, xodimlarni isinish xonalarigacha boʻlgan masofa 75 m., tashkilot maydonidagi ishchi joylaridan 150 m dan koʻp boʻlmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
10-§. Suv taʼminoti va oqova suvlar tizimiga qoʻyiladigan talablar
(10-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Oldingi tahrirga qarang.
53. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlar tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Oldingi tahrirga qarang.
54. Tashkilotni ishlab chiqarish oqova suvlari, tashqi oqova suvlar tizimiga yetib kelguncha zararli moddalardan tozalanishi kerak.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
55. Tozalangan suvda zararli moddalar tarkibi sanitar normalariga asosan chegaralangan konsentratsiyasidan oshib ketishi kerak emas.
56. Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun beriladigan suvning sifati texnologik talablarga mos boʻlishi kerak.
57. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar boʻlishi kerak. Suv quvurlari yoʻq boʻlganda baklarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
58. Ish joyidan suv ichish qurilmasigacha boʻlgan masofa 75 m dan oshmasligi kerak.
59. Ichimlik suvining harorati 8oC dan 20°C gacha boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
60. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq va oqova suvlar tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
Oldingi tahrirga qarang.
61. Tashkilotda oqova suvlar tizimi yoʻq boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) boʻlimlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmaslikka va ishlab chiqarish oqova suvlariga dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralariga ruxsat etiladi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
11-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
62. Tashkilot maydonida, ishlab chiqarish va yordamchi binolar va xonalarda tabiiy va sunʼiy yoritishlar SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
(62-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
63. Yoritish uskunalarini oʻrnatishda qandillarning turlari, lampalarning quvvati va ularning joylashishi tasdiqlangan loyihaga mos boʻlishi kerak.
64. Ishlab chiqarish sexlaridagi, xom ashyo omborlari va yuk tushirish-ortish maydonlaridagi texnologik uskunalar umumiyga qoʻshimcha ravishda koʻchma yoritish moslamalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
65. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarini ulash taqiqlanadi. Avariya yoritishlarini sozligi kamida chorakda bir marta tekshirilishi lozim.
66. Yorugʻ tushuvchi oynalarni yilda ikki martadan kam boʻlmagan holda tozalash lozim.
67. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni begona predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) bilan toʻsib qoʻyilishiga ruxsat etilmaydi.
68. Yuqori xavfli xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Oʻta xavfli xonalarda, xonalardan tashqari, hamda uskunalar va inshootlar (bunkerlar, silososlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni yoritish uchun koʻchma elektr yoritqichlarni kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak. Barcha koʻchma yoritqichlarni metall himoyalanish toʻri hamda shisha qalpogʻi boʻlishi kerak.
12-§. Maishiy va qoʻshimcha xonalarga, ularning soni, holati va joylashuviga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
69. Har bir tashkilotda SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga va mazkur Qoidalarga muvofiq sanitariya-maishiy va qoʻshimcha xonalar boʻlishi lozim.
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
70. Maishiy va qoʻshimcha xonalarni (binolarni) loyihalash hamda qurish ularni ishlab chiqarish obyektlari bilan bir paytda ishga tushirish zarurligini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
71. Maishiy xonalar imkon qadar ish joylariga yaqin joylashtirilishi zarur.
72. Maxsus kiyim-kechak va badanning katta darajada ifloslanishini yuzaga keltiradigan muhitdagi ish uchastkalarida ishlovchi xodimlar uchun maxsus maishiy xonalar jihozlanishi lozim.
73. Uy va ish kiyimlari saqlanadigan garderoblar, hojatxonalar, yuvinish va choʻmilish xonalari erkaklar va ayollar uchun alohida boʻlishi lozim.
74. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning oʻlchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qoʻl yuvgichlari, isteʼmol suv taʼminoti qurilmalari, hojatxonalar va boshqa shu kabi qurilmalarning soni, koʻpchilikni tashkil etadigan smenada ishlovchilarning soni hisobga olingan holda belgilanishi lozim.
75. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim. Hojatxonalarning pollari quruq holda saqlanishi lozim.
76. Har bir yuvinish jihozi issiq va sovuq suv keladigan quvurlarga ulangan boʻlishi lozim.
77. Yuvinish xonalarida elektr quritgichlar, koʻzgu, kiyim ilgichlar, suyuq sovun uchun idishlar va qattiq sovun solgichlar koʻzda tutilishi lozim.
78. Maxsus kiyimni yuvish uchun tashkilotlarda kir yuvish xonalari boʻlishi lozim.
79. Ovqatlanish punktlari umumiy ovqatlanish tashkilotlari uchun belgilangan sanitariya qoidalari talablariga javob berishi lozim.
III. Ishlab chiqarish (texnologik) jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
1-§. Texnologik hujjatlarda hisobga olinishi lozim boʻlgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
80. Maydalash, saralash, foydali qazilmalarni boyitish jarayonlari Foydali qazilmalarni maydalash, saralash, boyitish hamda ruda va konsentratlarni boʻlaklashda ishlarning xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1575, 2006-yil 23-may) va GOST 12.3.002-2014 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
(80-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
81. Texnologik jarayonlar xavfsizligini taʼminlash uchun quyidagi choralar nazarda tutilishi lozim:
a) texnologik jarayonni tanlaganda, zararli ishlab chiqarish omillari eng kam ifodalangan texnologik jarayonlarni qoʻllash;
b) zararli ishlab chiqarish omillari boʻlganda kompleks mexanizatsiya, avtomatizatsiya, texnologik jarayonlarni va operatsiyalarni masofadan boshqarishni qoʻllash;
v) himoya vositalarini qoʻllash;
g) texnologik uskuna qayta jihozlanganda, tayyorlanganda, yigʻilganda va foydalanilganda xavfsizlik choralari nazarda tutilishi kerak, ish xonasi havosiga zararli chiqindilarni chiqishini kamaytirish yoki ularni oldini olish;
d) ish xonalari havosida zararli chiqindilarni toʻliq kamaytirishning iloji boʻlmasa, xonalar va uchastkalarning ish hududlarida mumkin qadar uning tarqalishini kamaytirish maqsadida, zararli moddalar ajralib chiqadigan joydan havoni soʻrish.
82. Texnologik jarayonlar tashkil qilinganida va olib borilganida quyidagilar talab qilinadi:
a) ishlab chiqarish xonalarining ish hududidagi meteorologik sharoitlar va havosidagi chang miqdori GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga mos kelishi;
Oldingi tahrirga qarang.
b) ish joylarida shovqin darajasi GOST 12.1.003-2014 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari”ga mos kelishi.
(82-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
2-§. Yongʻin va portlash xavfsizligi talablari
Oldingi tahrirga qarang.
83. Ishlab chiqarish jarayonlarining yongʻin va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirish, tashkillashtirish va olib borish GOST 12.1.033-81 talablariga va ushbu Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim.
(83-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
84. Har bir sex, uchastka, omborlarda mavjud meʼyorlar asosida mahalliy yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma hamda yongʻin sodir boʻlgan vaqtda xodimlarni evakuatsiya qilish chizmasi ishlab chiqilishi va koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
85. Yongʻin xavfsizligi yoʻriqnomasi talablarini oʻrganish ishlab chiqarishdagi oʻqitish tizimiga kiritilgan boʻlishi lozim.
86. Har bir tashkilotda maʼmuriyat buyrugʻi bilan barcha ishlab chiqarish, yordamchi va maishiy xonalarda yongʻin xavfsizligiga masʼul xodim tayinlanishi lozim. Yongʻin xavfsizligiga masʼul shaxs familiyasi, yongʻin xavfsizligi qutqaruv xizmati telefonlari yozilgan peshtaxtalar koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
87. Yongʻin xavfsizligiga masʼul shaxs majburiyatlari yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomada belgilangan boʻlishi lozim.
88. Har bir tashkilotda yongʻinga qarshi asboblar toʻplami, yongʻin oʻchirish vositalari, soni va joylashtirilishi mahalliy yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan boʻlishi lozim.
89. Barcha xodimlar ishlab chiqarishning oʻqitish tizimida yongʻin xavfsizligi qoidalarini oʻrganish maqsadida, tashkilot, sex, ishlab chiqarish uchastkasi, qurilma, bino yoki inshoot uchun yongʻin xavfsizligi boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtadilar. Xodimlarni yongʻinga qarshi tayyorgarligi yongʻinga qarshi yoʻriqnomadan oʻtkazish va yongʻin-texnik minimumi boʻyicha mashgʻulotlar tashkil etishdan iborat.
90. Yongʻin-texnik minimumi mashgʻulotlari natijasi boʻyicha xodimlarning olgan bilimlari sinovdan oʻtkazilishi lozim. Yongʻin-texnik minimumi boʻyicha oʻtkazilgan sinov natijalari hujjatlashtirilib, unda oʻtilgan mavzular boʻyicha baholar koʻrsatilishi lozim.
91. Yongʻinga qarshi tayyorgarlikdan oʻtmagan shaxslar ishga qoʻyilmaydi.
92. Ishlab chiqarish uchastkasida, laboratoriyada, omborda va maʼmuriy binolarda (egallagan lavozimidan qatʼi nazar) ishlayotgan har bir xodim yongʻin xavfsizligi qoidalarini aniq va qatʼiyan bajarishi, yongʻinga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarga yoʻl qoʻymasligi lozim.
93. 15 kishidan ortiq ishlovchi boʻlgan ish uchastkalarida koʻngilli yongʻin oʻchiruvchi drujina (KYOOʻD) va texnik-muhandis xodimlar boʻlganida esa, qoʻshimcha ravishda yongʻin-texnik komissiyasi (YOTK) tuziladi.
94. Koʻngilli yongʻin oʻchirish drujina aʼzosi, shuningdek jangovor hisobga kiritilgan shaxslar yongʻin xavfsizligi qoidalarini aniq bilishi, ularga rioya qilishi va buni boshqalardan talab qilishi, avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari va birlamchi yongʻin vositalarining sozligini nazorat qilishi, yongʻin chiqqanda esa, uni oʻchirish boʻyicha oʻz majburiyatlarini faol bajarishi lozim.
95. Tashkilotning barcha bino va inshootlariga kirish joylarining boʻsh boʻlishi taʼminlanishi lozim. Bino va yongʻinga qarshi suv manbai yoʻlaklariga olib boruvchi, hamda yongʻin oʻchirish vosita va uskunalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak. Binolar oraligʻidagi yongʻinga qarshi oraliqlar materiallar, uskunalar, boʻsh idishlarni taxlash va avtomobil toʻxtov joyi tashkil etishga ruxsat etilmaydi.
3-§. Yonilgʻini saqlash
Oldingi tahrirga qarang.
96. Suyuq yonilgʻini quyish boʻyicha maydonchalarning portlash xavfsizligini taʼminlash uchun SHNQ 2.09.19-22 “Neft va neft mahsulotlari omborxonalari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq yoritgich bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
(96-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
97. Yonilgʻi-moylash mahsulotlari qoldigʻini oʻlchashda, kuzatishda, tozalashda va rezervuarlarni taʼmirlash jarayonida yoritish uchun portlash xavfsizligini taʼminlash maqsadida akkumulyator fonari ishlatilishi kerak.
98. Rezervuarlarni mazutdan tozalaganda yogʻoch, rezina yoki boshqa uchqun chiqarmaydigan materiallardan foydalanish zarur.
99. Mazutni qabul qilish va saqlash bilan bogʻliq ishlarni bajarishda quyidagilar taqiqlanadi:
a) temir yoʻl sisternalari ichiga tushish;
b) temir yoʻl sisternalarini yoritish uchun ochiq olov yoki koʻchma elektr yoritgichlarni ishlatish;
v) mazut quyishda va rezervuar tozalashda metall qirgʻich va uchqun chiqaruvchi asbobni ishlatish.
4-§. Fenolospirtni saqlash
100. Fenolospirtlarni saqlash, qadoqlash va transportda tashish amaldagi normativ hujjatlar talabiga muvofiq bajarilishi lozim.
101. Sisternaning toʻldiruvchi lyukini asbestli yoki rezinali zichlagich bilan boltli qopqoqda yopish lozim. Bochkalarni asbestli yoki rezina zichlagichli buraluvchi qopqoqda yopish kerak.
102. Fenolospirtlarni yopiq sigʻimda saqlash harorati A markali fenolospirt uchun manfiy 5°C dan musbat 15 °C gacha va B va D markali fenolospirt manfiy 5°C dan musbat 20 °C gacha boʻlishi lozim.
103. Fenolospirtli sigʻimlar haroratini nazorat qilish uchun termometrlar oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
104. Fenolospirtlarni saqlash uchun sigʻimlar quyidagilar bilan jihozlanishi lozim:
a) fenolospirt quyishda sigʻimni toʻla boʻshatishni taʼminlash uchun kranli pastki shtutser;
b) sigʻimni tozalash uchun lyuk;
v) haroratni oʻlchash uchun ( termometr uchun gilza) moslama;
g) atmosfera bilan bogʻliq havo oʻtkazgich.
105. Fenolospirtlar bilan ishlovchi xodimlar yakka tartibdagi himoya vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
106. Fenolospirtni sisternadan sigʻimga va sigʻimdan ishlab chiqarishga haydash uchun transportlash tizimi zich yopilgan boʻlishi lozim. Shlanga, salnik, nasos va quvur ulov joylarida fenolospirtni chiqishiga yoʻl qoʻyilmasligi lozim.
107. Fenolospirtlar quvuri yuvish va siqilgan havo bilan puflash uchun moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
5-§. Mineralvata va undan boʻlgan mahsulotlarni omborda saqlash
108. Mineralvata mahsulotlari oʻralgan holda saqlanishi lozim. Oʻram ogʻirligi qoʻlda yuklashda 50 kg dan oshmasligi kerak.
109. Mineralvata mahsulotlarini qabul qilish, taxlash, saqlash va transportda tashish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalariga (roʻyxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
6-§. Materiallar omborlariga va yuk ortish-tushirish maydonchalariga talablar
Oldingi tahrirga qarang.
110. Tashkilot hududiga keladigan materiallar va uskunalar uchun shu maqsadga ajratilgan va tayyorlangan maxsus omborlar hamda yuk ortish-tushirish maydonchalari boʻlishi va ularning tuzilishi va joylashishi SHNQ 2.09.03-23 “Omborxonalar. Loyihalash meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
(110-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
111. Omborlarda materiallarni taxlash usullari yoritilgan mehnat muhofazasi va yongʻin profilaktikasi boʻyicha yoʻriqnoma koʻrinarli joyga osib qoʻyiladi. Bu yoʻriqnomada ushbu omborda qanday materiallar, qancha miqdorda, qanday idishda saqlanishi mumkinligi koʻrsatilishi kerak. Koʻrinarli joylarga yuklarni joylash va ortish sxemasi osib qoʻyilishi lozim.
112. Ombor yoki yuk saqlash uchun maydonchalar hududiga kirishda harakat yoʻnalishi, yuk ortish va tushirish joyi yoki transport vositalarini toʻxtab turish joyini koʻrsatuvchi chizma osilgan boʻlishi kerak.
113. Omborda ustma-ust taxlangan yoki stellajdagi idishli yuk yoʻlaklar oraliq eni 1,5 m dan kam boʻlmasligi lozim. Omborda transport vositalari ishlatilganda, yoʻlakka qoʻshimcha qoʻllaniladigan transport vositalari oʻlchamlari kengligidagi yoʻl boʻlishi lozim.
114. Tashkilotlardagi yuk ortish va tushirish estakadalari, maydonchalari, platformalarining pollari vagon poli yoki avtomobil kuzovi tekisligi bilan barobar boʻlishi kerak.
115. Yuk ortish maydonchasi perimetri boʻyicha (bundan yuk tashish transporti yoʻli mustasno) balandligi 30 sm.li mustahkam himoyalovchi toʻsiq bilan toʻsilishi lozim.
116. Yuk ortish va tushirish maydonchalari va estakadalari tekislangan va asfaltlangan boʻlishi kerak. Uning sathi suv toʻplanmaydigan, oʻydim-chuqursiz boʻlishi va qish vaqtida muntazam ravishda qor va muzdan tozalab turilishi kerak.
7-§. Yuklarni koʻtarish va tashishda xavfsizlik talablari
117. Yuk ortish va tushirish ishlari tashkilot buyrugʻi bilan tayinlagan masʼul shaxs nazorati ostida bajarilishi shart.
118. Yuk koʻtarish-tashish uskunalarining texnik holati va toʻgʻri ishlatilishi ustidan nazorat buyruq bilan tayinlangan, maxsus oʻqitilgan, attestatsiyadan oʻtgan muhandis-texnik xodimga topshirilishi lozim.
119. Yukni iluvchilar ishi, shu ishlarni xavfsiz bajarish yoʻriqnomasiga binoan bajarilishi kerak.
120. Yuklarni koʻtarish va tashish vaqtida tugun va sirtmoqlarni toʻgʻrilash va sirpanib ketgan arqonni toʻgʻrilash taqiqlanadi. Yukni odamlar ustidan koʻtarib oʻtish taqiqlanadi.
121. Yuk koʻtarish uskunasiga koʻtarishi mumkin boʻlgan yukning ogʻirlik chegarasi, oʻtkazilgan sinovning vaqti va kelgusi sinov vaqti yozib qoʻyilishi kerak.
122. Transport vositalari oʻlchamlari va konstruksiyasi, tashiladigan yukning oʻlchamiga mos boʻlishi kerak.
123. Tashkilot ichidagi va sexdagi transport vositalaridan xavfsiz foydalanish uchun masʼul shaxslar har kuni transport vositalarini texnik holatini tekshirib chiqishi va ishga ruxsat etilganligi toʻgʻrisida jurnalga qayd qilishlari kerak.
124. Transport vositalari harakati uchun moʻljallangan sexlarga kirish va chiqish joylarida va sexlar orasidagi texnologik oʻtish joylariga “Diqqat! Transport” ogohlantirish belgilari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
125. Tashkilot ichidagi va sexdagi yuklarni tashishga moʻljallangan transport vositalarda odam tashish taqiqlanadi.
126. Transport vositalariga yuklarni joylash sxemalari (elektr avto yuklagichlari, avtomobillari, temir yoʻl vagonlari, elektr aravachalari) tashkilot bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
127. Ogʻirligi 30 kg dan ortiq boʻlgan yuklarni ortish va tushirish mexanizm yordamida amalga oshiriladi.
128. Estakadada yuklarni ortish va tushirish ishlarini olib borishda, odamlarni vagonlarga kirishi uchun tirgaklar bilan toʻsilgan, oʻtish koʻprikchalari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
129. Yuk koʻtarish moslamalari yuk koʻtarish yoki tashish vaqtida ularni oʻz-oʻzidan agʻdarilishini yoki ochilib ketishini oldini oluvchi qurilma bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
130. Yuk koʻtarish mashinalarining yuk ilgaklaridan yukni oʻz-oʻzidan chiqib ketishini oldini olish uchun, ular saqlash qulflari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
IV. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Ishlab chiqarish uskunalariga qoʻyiladigan umumiy talablar
131. Barcha qoʻzgʻalmas uskunalar, agregat va dastgohlar ishlab chiqargan zavod koʻrsatmasiga binoan mustahkam asoslarga va poydevorlarga oʻrnatilishi lozim.
132. Barcha aylanuvchi va harakatlanuvchi qismlar (vallarning chiqib turgan uchlari, harakat uzatuvchi tasmalar va boshqalar) toʻsilgan boʻlishlari kerak.
133. Toʻsiqlar mustahkam, yengil, ishonchli ravishda mahkamlangan boʻlishi va qisib qoluvchi tirqishlari, kesib oluvchi va oʻtkir burchaklari boʻlmasligi kerak.
134. Ogʻirligi 5 kg dan ortiq boʻlgan toʻsiqlar ushlash uchun qulay dastaklarga ega boʻlishi kerak.
135. Oʻzidan changli havo chiqaruvchi ishlab chiqarish uskunalari zichlab berkitilishi va chang havoni soʻrish moslamalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
136. Yangi oʻrnatilgan yoki kapital sozlashdan chiqqan uskunalarni xavfsizlik texnikasi muhandisi ishtirokida dalolatnoma tuzilgandan keyin ishlatishga ruxsat berilishi lozim.
137. Mashinani sozlash, tozalash, moylash va kamchiliklarini bartaraf qilish bilan bogʻliq boʻlgan barcha ishlarni bajarish elektr taʼminotidan uzib qoʻyilgan, butunlay harakatdan toʻxtagan va ogohlantiruvchi belgi osib qoʻyilgan holatda bajarilishi lozim. Mashinani yurgazish belgini osib qoʻygan shaxs tomonidan amalga oshirilishi kerak.
138. Toʻsiqlarning va himoyalovchi moslamalarning hamda asboblarning sozligi sex (boʻlinma) rahbariyati tomonidan muntazam tekshirib turilishi kerak.
139. Montaj va demontaj vaqtida qoʻllanadigan tagliklar va koʻtarish mexanizmlari ish boshlashdan avval sinab koʻrilishi kerak.
140. Ishlab chiqarish uskunalaridan foydalanishda:
a) mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va masofadan boshqarishni qoʻllash;
v) ergonomik talablarni qoʻllash;
g) foydalanish, taʼmirlash, yigʻish, transportda tashish va saqlash boʻyicha xavfsizlik talablariga amal qilish lozim.
141. Ishlab chiqarish uskunasini tozalash ishlari maxsus asboblar yordamida (shyotka, qirgʻich, ilmoq va boshqalar) amalga oshirilishi lozim. Ishlab turgan uskunada tozalash va yigʻishtirish ishlarini bajarish taqiqlanadi.
142. Uskuna ishlab turgan vaqtda uning harakatlanuvchi qismlarini qoʻlda moylash taqiqlanadi.
2-§. Issiqlik chiqaruvchi qurilmalariga xavfsizlik talablari
143. Hamma issiqlik chiqaruvchi ishlab chiqarishlar (quritish qurilmalari, aylanuvchi tunnel, shaxta va boshqa issiqlik chiqaruvchi uskuna turlari) ishchi xonalardagi konveksion va nurlanish issiqlikni kamaytiruvchi qurilma va moslamalar bilan taʼminlanishi lozim.
144. Quritish qurilmalari gaz-chang tutuvchi qurilmalar va portlashga qarshi klapanlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Quritish qurilmalari kamera va tunnel doimiy nazorat asbobi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
145. Vertikal ochiluvchi kamera va tunnellar eshigi eshikni tepa holatida qotirish uchun qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Eshikni qoʻl kuchi bilan ochib-yopilishi uchun sarflanadigan kuchi 60 N (6 kgs) dan oshmasligi lozim.
146. Odamlarning quritish qurilmalari, kamera va tunnellarga kirishiga havoning harorati 40°C dan oshmaganida ruxsat etiladi.
147. Gaz oʻtxonalarining avtomatika tizimi amaldagi meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
148. Gaz yoqilgʻisida ishlayotgan oʻtxonalarni yondirish uchun, ular zapal qurilmasi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
149. Oʻtxonalar suyuq yoqilgʻida ishlaganida quyidagi talablarga rioya qilinishi lozim:
a) mazut saqlovchi omborlar rezervuarlardagi mazutning sathi va haroratini oʻlchab turuvchi asbob yoki moslama bilan taʼminlangan boʻlishi;
b) ishlab chiqarish binolarida oʻrnatilgan sarflash sigʻimlari mazutni avariyaviy toʻkilishini oldini olish uchun qurilma bilan jihozlangan boʻlishi;
v) mazut xoʻjaligidagi armatura va rezervuarlarni isitish uchun harorati 100 °C dan oshmagan bugʻ yoki issiq suv qoʻllanishi;
g) oʻtxonalarga olib boruvchi mazut quvurlari yopish tiqinlari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
150. Aylanma oʻtxonaning bosh yurituvchisi yordamchi uskuna va mexanizmlar bilan avtomatik blokirovka qilingan boʻlishi lozim.
151. Aylanma oʻtxonalar suyuq yoqilgʻida ishlaganida sex mazut xoʻjaligi alohida xonada joylashgan boʻlishi lozim. Mazut sarflash sigʻimlari avariyaviy toʻkishga ega boʻlishi lozim.
152. Oʻtxonaga xizmat koʻrsatish amalda meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
153. Tunnel oʻtxonaga vagonetkalar sostavini kiritish uchun itargich bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Oʻtxonaning yuklash va yuk boʻshatish tomonlari ikki tomonlama ovoz va yorugʻlik signalizatsiyasi bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Oʻtxonaning eshiklari faqat vagonetkalarni yuklash va boʻshatish vaqtida ochilishi lozim.
154. Shaxtali oʻtxona gaz-chang tutuvchi qurilmalar va portlashga qarshi himoyalovchi klapanlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Yoqilgʻi yetkazib berish quvurlaridagi yopuvchi va sozlash qurilmalarini oʻtxona tashqarisida joylashtirish kerak.
155. Chang oʻtkazish kameralaridan changning olinishi mexanizatsiyalashgan boʻlishi lozim. Chang oʻtkazish kameralaridagi kamerani koʻzdan kechirish va tozalash ishlarini, gumbaz qoʻporilishini, chang va shlam qatlami paydo boʻlishini, taxlama va qoplamani taʼmirlash naryad-ruxsatnoma boʻyicha amalga oshirilishi lozim.
3-§. Quritish barabanlari
156. Quritish barabanlari gaz-chang ushlovchi qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi va pasaytirilgan bosim ostida ishlashi lozim.
157. Quritish barabanlari blakirovka bilan taʼminlangan boʻlishi va u dastgohni ishga tushirishning quyidagi tartibini taʼminlashi lozim: aspiratsiya (soʻruv) tizimi, bosim pasaytirish qurilmasi, quritish barabani va toʻldirish moslamasi.
158. Quritish barabanlari yoki bosim pasaytirish qurilmasini kutilmaganda toʻxtash holati sodir boʻlganda, blokirovka dastgohni avtomatik ravishda oʻchishini taʼminlashi. Aspiratsiya (soʻrish) tizimi nosozligida quritish barabanlaridan foydalanish taqiqlanadi.
159. Quritish barabanlari korpusi, agar poldan korpus tagigacha masofasi 1.8 m dan koʻp boʻlmaganda toʻsilgan boʻlishi lozim.
160. Koʻtarib va tirab turuvchi roliklar butun metal toʻsiqlar bilan toʻsilishi lozim.
161. Quritish barabanlarini gaz quvurlari issiqqa izolyatsiyalangan boʻlishi lozim.
162. Quritish barabanlari namuna olishda materiallar toʻkilishi imkonini bermaydigan moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
163. Quritish barabanining avtomatik tizimi yonilgʻi berish bosimi belgilangan miqdordan kamayganda, oʻtxonaga yonilgʻi berishni toʻxtatilishini taʼminlashi lozim.
164. Quritish barabanidan yonilgʻi gazlarni xonaga chiqishini oldini olish maqsadida, ularning zichlatgichlari boʻlishi lozim.
165. Toʻldiruvchi va boʻshatuvchi moslamalardan gazlar chiqqanda quritish barabanidan foydalanish taqiqlanadi.
166. Baraban oʻtxonasidan kul va shlak chiqarish mexanizatsiyalangan boʻlishi lozim.
167. Quritish barabanini ishga tushirish ovoz va yorugʻlik signallari (elektr qoʻngʻiroq, oʻchib yonuvchi elektr yoritgich) berilgandan soʻng bajarilishi lozim.
168. Quritish barabaniga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq barcha ish joylariga ogohlantiruvchi signallar ishonchli eshitilishi va koʻrinishi lozim.
169. Quritish barabanlari oʻtxonasidan foydalanish gazsimon yonilgʻini qoʻllashda harakatdagi meʼyoriy hujjatlar talabiga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
170. Yonilgʻi alanga olmagan yoki alanga oldiruvchi moslama uzilib ketganda, zudlik bilan yonilgʻini uzatish toʻxtatilishi va oʻtxona shamollantirilishi lozim.
171. Quritish barabanlari ishlab turgan vaqtda oʻtxona eshiklarini ochish, ushlab turuvchi roliklar sirtini moylash va quritish barabanlari tagini tozalash taqiqlanadi.
4-§. Mineralvata korolkasini maydalash tarmogʻi
172. Mineralvata korolkalarini yigʻish va saqlash uchun sigʻimdagi fenolospirtlar bilan ifloslangan suv, mineralvata eritmasini sovitish uchun qabul qiluviga qayta tushishi lozim.
5-§. Taroz dozatorlari va tarelkasimon taʼminlovchi
173. Taroz dozatorlari va tarelkasimon taʼminlovchilardan foydalanish, uni ishlab chiqaruvchi zavodning foydalanish boʻyicha yoʻriqnomasi talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
174. Taroz dozatorlari va tarelkasimon taʼminlovchilar yopiq metall yopingʻichi havoni tozalash uchun aspiratsion (soʻruv) tizim apparatlariga ulanishi lozim.
175. 1,5 m balandlikdan yuqorida joylashtirilgan taroz dozatorlari va tarelkasimon taʼminlovchilarga xizmat koʻrsatish uchun maydoncha boʻlishi lozim.
176. Taʼminlovchi va dozatorlar ishlayotgan vaqtida tiqilgan materiallar, metall va boshqa jism boʻlaklarini turtib chiqarish va sugʻurib olish hamda ularning bunkeriga yopishgan materiallarni tozalash taqiqlanadi.
6-§. Pnevmokamerali va pnevmoburamali nasoslar
177. Pnevmokamerali va pnevmoburamali nasoslardan foydalanish, uni ishlab chiqaruvchi zavodining foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma va yuqori bosim ostida ishlovchi idishdan xavfsiz foydalanish Qoidalari talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
178. Kameradan siqib chiqariluvchi havo quvuri havoni tozalash uchun apparatlarga ulangan boʻlishi lozim.
179. Pnevmokameralar va pnevmoburamali nasoslar ishida quyidagilar taqiqlanadi:
a) bosim ostidagi quvurlar va rezervuarlarda taʼmirlash ishlarini bajarish;
b) koʻrish lyuklarini ochish;
v) biriktirish flyanets boltlarini tortish;
g) pnevmoburama nasos saqlanish klapani tirgagida joylashgan yukni oʻzgartirish;
d) salniklarni kiygizish va tortib qoʻyish;
e) nasoslarni tozalash;
j) shlanglarni bukish yoʻli bilan havo taʼminotini toʻxtatish.
7-§. Sintetik bogʻlovchi va uning komponentlarini tayyorlash uchun dastgoh
180. Bogʻlovchi va uning komponentlari birlashtiruvchi va harakatlanuvchi idishlar, bogʻlovchi va quyiluvchi quvurlar idishlari toshib ketishini oldini oluvchi sath nazorati uchun sath oʻlchagich bilan jihozlanishi lozim.
8-§. Bitum pishirish qozoni
181. Bitum pishirish qozoni qaynashi jarayonida ajraladigan gaz va bugʻni chiqarish uchun, u soʻruv tizimiga ulangan zontlar bilan jihozlanishi lozim.
182. Bitum uzatish quvuri isitish tizimi bilan jihozlanishi lozim.
183. Qozondagi bitum sathi olov chizigʻidan (qozondagi qaynoq gazlarni chiqish chizigʻi) pasayishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
184. Joʻmrak va bitum uzatish quvuridagi qotgan bitumni ochiq alanga va choʻgʻlangan temir simlar bilan qizdirib tozalash taqiqlanadi.
9-§. Vagrankalar
185. Vagrankalar amaldagi normativ hujjatlar talabiga muvofiq boʻlishi lozim.
186. Vagrankalar sovitish tizimida avariya baki boʻlishi lozim. Avariya bakining sigʻimi sovitish tizimiga suv kelishi toʻxtaganda vagrankani boʻshatish uchun kerakli vaqt davomida sovitishni taʼminlashi lozim.
187. Vagranka sovitish tizimi ikki nasos (ishchi va zaxiradagi) bilan taʼminlanishi lozim. Zaxira nasosi avtomatik ravishda yoqiladigan boʻlishi lozim.
188. Bir necha vagrankalar oʻrnatilganda, har biridan sovitish suvi chiqadigan alohida yoʻl boʻlishi lozim. Birlashgan yoʻl boʻyicha suvni chiqarish taqiqlanadi.
189. Vagranka suv sirtining suv bosimini nazorat qilish uchun boshqaruv pultida manometr boʻlishi lozim.
190. Suvli sovitish vagrankalari suv kelishi toʻxtaganda yoki suvli sirtdagi harorat 80°C dan oshganda avtomatik yoqiladigan ovoz va yorugʻlik signallari (yoritgichlar va sirena) bilan jihozlanishi lozim.
191. Vagranka suvli sirti tashqi qoplamasini pastki qismida, choʻkma va iflosdan davriy tozalash uchun lyuk boʻlishi lozim.
192. Vagrankaga havo berish tizimi ikki puflovchi ventilyator ( ishchi va zaxiradagi) bilan taʼminlanishi lozim.
193. Puflovchi ventilyatorlar alohida xonalarda joylashtirilishi lozim.
194. Magistral havo uzatgichlari puflovchi ventilyatorlarga yumshoq va shovqin tutuvchi materiallar orqali ulanishi lozim.
195. Skipli yuk koʻtaruvchini taʼmirlash ishlari, ruxsat berish naryadi boʻyicha amalga oshirilishi lozim.
196. Vagranka sovituvchi qoplamasi kuyishi yoki payvand chokidan suv sizishi boʻlganda, quyidagilarni amalga oshirish zarur:
a) vagrankani toʻldirishni toʻxtatish;
b) suv va havo berilishini eng kam miqdorgacha kamaytirish;
v) vagrankani boʻshatishni bajarish;
g) vagrankani sovitish va nosozlikni bartaraf etish.
197. Vagrankani tozalash va qoldigʻini qoqib olishda quyidagi xavfsizlik tadbirlariga rioya qilinishi lozim:
a) ishlar sex boshligʻi yoki ustasi rahbarligida bajarilishi;
b) barcha ishchilar vagrankaga xizmat koʻrsatish hududidan chiqarilishi;
v) vagranka osti maydonchasi sirti tozalangan va quritilgan boʻlishi;
g) maydonchalar GOST 12.4.059-89 boʻyicha himoya-qoʻriqlash toʻsiqlari qurilmalari bilan toʻsilgan boʻlishi;
d) vagranka, havo uzatish, skipli yuk koʻtarish uzatmasi elektr taʼminoti tarmogʻidan oʻchirilishi, ushbu elektr taqsimlash tuzilmasidan himoyalash uskunasi sugʻirilgan, uskunani ishga tushirish qurilmasi va gaz quvurini oʻchirish kraniga “Yoqilmasin — odamlar ishlamoqda” yozuvli taqiqlovchi xavfsizlik belgisi osib qoʻyilishi;
e) taglik tuynuklarini koʻtaruvchi moslama yoki 3 m dan kam boʻlmagan uzunlikdagi tros yordamida, vagranka yonida turib ochish (tuynuklarni lom bilan ochish taqiqlanadi);
j) qoldiqni yondirish darchasi orqali tozalash (unga pastdan yuqoriga urib qoqib olish yoki vagrankani toʻldirish darchasi orqali ogʻir jismlarni tashlash taqiqlanadi);
z) qoldiqlar osilib qolish holatini tekshirishni faqat vagrankani toʻldirish darchasi orqali bajarish;
i) vagranka ostini tozalash ishlarini qoldiqlar osilib qolinishi bartaraf etilgandan soʻng amalga oshirish;
k) vagrankadan qoqib olingan eritma qoldigʻini suv oqimi ostida sovitish (suvni quyish chetdan markazga qarab bajariladi).
198. Gazda vagrankani alanga oldirish amaldagi normativ hujjatlar talabiga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
199. Vagrankani alanga oldirishdan oldin ovoz signalini berish, sovitishga suv berishni toʻxtatish, sovitish sirti qoplamasini butligini, shuningdek sozlov va nazorat apparatlari sozligini tekshirish kerak.
200. Vagranka ichini kuzatish, tozalash va taʼmirlash ishlari quyidagi xavfsizlik tadbirlari bajarilganidan soʻng amalga oshirilishi kerak:
a) vagranka tagi ochiq boʻlishi, shlak qoldiqlari chiqarilishi, tiqinlari yopilishi;
b) vagranka tabiiy ventilyatsiya usulida sovitilishi va bunda shaxta ichi havosining harorati 40 °C dan oshmagan boʻlishi;
v) shaxta devoridagi chang vagranka toʻldirish darchasi orqali suv oqimi bilan yuvilgan boʻlishi;
g) vagranka, havo uzatish, skipli yuk koʻtarish uzatmasi elektr taʼminoti tarmogʻidan oʻchirilishi, ushbu elektr taqsimlash tuzilmasidan himoyalash uskunasi sugʻirilgan, uskunani ishga tushirish qurilmasi va gaz quvurini oʻchirish kraniga “Yoqilmasin — odamlar ishlamoqda” yozuvli taqiqlovchi xavfsizlik belgisi osib qoʻyilishi;
d) vagrankani toʻldirish darchasidan pastda shaxta ichida ishlash uchun himoya tom yopqichi oʻrnatilgan boʻlishi;
e) vagrankani toʻldiruvchi darcha tomonidan osilib qolgan gʻisht va shlak boʻlaklari chiqarilgan boʻlishi;
Oldingi tahrirga qarang.
j) taʼmirlash uchastkasidagi yorugʻlik SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi hamda vagranka ichini yoritish uchun 12 V dan oshmaydigan kuchlanishdagi elektr yoritgichlar qoʻllanishi.
(200-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
201. Vagranka futirovkasida taʼmirlash ishlarini bajaruvchi oʻtxona-futirovkachisi maxsus kiyim, kaska, himoya koʻzoynagi, himoyalovchi kamar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
202. Balandlikda vagrankani qurish, qismlarini buzish va taʼmirlash uchun zinapoyali yoʻlak yoki harakatlanuvchi maydonchalar oʻrnatilishi lozim.
203. Balandlikdagi vagranka shaxtasi ichini taʼmirlash ishlari odamlarni koʻtarish uchun tayyorlangan lebedka yordamida, tushiriluvchi osilgan lyulkada bajarilishi lozim.
204. Osilgan lyulka, lebedka va arqon amaldagi normativ hujjatlar talabiga muvofiq boʻlishi lozim.
205. Osilgan lyulka quyidagicha jihozlangan boʻlishi lozim:
a) qoplamadan toʻsiq balandligi 1.2 m dan kam boʻlmagan, qoʻshimcha toʻsiq plyonkasi balandligi 0,6 m va pastki butun qoplanish balandligi 0.15 m;
b) ish vaqtida lyulka oʻqi atrofida aylanganda va u gorizontal sathda harakatlanganida agʻdarilishini bartaraf etuvchi tirkama;
v) toʻldirish darchasi tomonidan futerovkachini toʻsuvchi zont;
g) asbobni saqlash va qotirish uchun moslamalar.
206. Vagranka shaxtasiga lyulkani tushirishdan oldin, qoplama, toʻsiq va lyulka zonti, lebedkani qotirilganligi va lebedka barabaning arqoni, temir kanat, lebedka bloki, toʻxtash moslamasi va harakat uzatmasining sozligi tekshirilishi lozim.
207. Nosoz futerovkani qoʻporish shaxtani butun uzunligi boʻyicha gorizontal qadamda tepadan pastga qarab bajarilishi lozim. Bunda, lyulkani joylashtirilishi materiallar toʻkilish hududida boʻlmasligi kerak.
10-§. Vannali pech
208. Tabiiy gazda ishlovchi vannali pechlardan foydalanish va taʼmirlashda amaldagi normativ hujjatlar talablariga rioya etish lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
209. Vannali pechlar joylashgan xonalar tabiiy havo almashinuvi (aeratsiya) SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(209-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
210. Vannali pech ventilyatsiya uskunalari alohida xonaga joylashtirilgan boʻlishi va xonaga kirishda “Begonalar kirishi taqiqlanadi” yozuvli taqiqlovchi xavfsizlik belgi osib qoʻyilishi lozim. Xona qulfga berkitilib, kalit sex boshligʻi (smena ustasi)da boʻlishi lozim.
211. Pastki etaj yoki yertoʻla avariyaviy yoritishga ega boʻlishi, asosiy sex xonalari zinapoyalarga ulanishi va binoni har xil tomonlarida ikkitadan kam boʻlmagan chiqish joyi boʻlishi lozim.
212. Vannali pech tagidagi xonaga kirishda “Begonalar kirishi taqiqlanadi” yozuvli taqiqlovchi xavfsizlik belgisi osib qoʻyilishi kerak.
213. Poldan oʻchoq bloklari tagigacha boʻlgan balandlik 2,5 m dan kam boʻlmasligi lozim.
214. Usti vannali oʻtxona asosi sathida joylashgan basseyn va regenerator oraligʻidagi yoʻlak balandligi 2,2 m va eni 2 m dan kam boʻlmasligi lozim.
215. Vannali pech boʻylab basseyn ustining (atrofi) issiqqa chidamli gʻisht termasi havo sovitish tizimi bilan jihozlanishi lozim.
216. Pech atrofini sovitish uchun ishlatiladigan ventilyatorlar vannali oʻtxona xonasidan tashqarida joylashgan boʻlishi lozim.
217. Vannali oʻchoq foydalanish rejimiga chiqqandan soʻng, xonaga issiqlik chiqishini kamaytirish maqsadida uning oʻzag choklari berkitilishi kerak.
218. Pech oʻzagi va bogʻlanmalariga xizmat koʻrsatish uchun maydonchalar jihozlanishi lozim.
219. Vannali pech tuzilmasini tirgovichlari oʻtxona qurilmasi tagini kuzatish imkoniyatini taʼminlashi va uskuna (termopara, ostki elektrodlar va siqilgan havo quvurlari)ga xizmat koʻrsatish uchun maydonchalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
220. Vannali pechga xizmat koʻrsatish joylarida ekran toʻsiqlar boʻlishi lozim.
221. Yangidan loyihalanadigan va qayta taʼmirlanadigan pechlar hamda harakatdagi oʻtxonalarni kapital taʼmirlashda, ular kaolin tolali, fosfototsement yoki boshqa materiallar bilan issiqlik izolyatsiyasi qilinishi lozim.
222. Vannali pechlarni toʻldirish choʻntaklari ekran toʻsiqlari va soʻriluvchi havoni tozalovchi aspiratsion tizimga ulangan yopqichlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
223. Vannali pechni alanga oldirib yoqish tashkilot bosh muhandisi tasdiqlagan yoʻriqnomaga muvofiq, gaz xoʻjaligidan foydalanish xavfsizligi boʻyicha javobgar shaxs ishtirokida, sex boshligʻi rahbarligi ostida bajarilishi kerak.
224. Gazli yonilgʻida ishlovchi vannali pechni yoqish uchun, u oʻt chiqaruvchi moslama bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
225. Gaz chiqishi bartaraf etilganidan soʻng, gazni yuborish gaz xoʻjaligidan foydalanish boʻyicha javobgar shaxs ruxsati bilan bajarilishi kerak.
226. Eritish jarayonini kuzatish uchun yuzni saqlovchi (yorugʻlikni filtrlovchi) vositadan foydalanish lozim.
227. Erigan massadan belgilangan joyda qoʻl ushlovi temirdan boʻlgan 3 m dan kam boʻlmagan qoshiq bilan himoya vositalari ishlatilgan holda namuna olish kerak.
228. Regenerator va borovlarga amaldagi normativ hujjatlarga asosan portlash klapanlari oʻrnatilishi lozim.
229. Suyuq yonilgʻini berishda markaziy quvur oʻtxona kamerasidan 2 m dan kam boʻlmagan masofada joylashtirilishi va yopish moslamasi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
230. Yonilgʻi va havoni forsunkaga va oʻt yonuv moslamasi (yoki ularni boshqarish uchun uzatmalari)ga uzatishni boshqaruvchi yopish maslamasi forsunka teshigi yonidan 1 m dan kam boʻlmagan masofada joylashtirilishi lozim.
231. Gaz yonilgʻidan zaxiradagi suyuq yonilgʻiga oʻtkazilib forsunkalarni yoqish ishlari, gaz oʻtkazgichdagi jumraklar yopilganidan va gaz oʻtkazgichda shamollatish kranlari ochilganidan soʻng amalga oshirilishi lozim. Yopiq joʻmraklarga “Joʻmrak ochilmasin” yozuvli taqiqlovchi xavfsizlik belgisi osib qoʻyiladi.
232. Oʻtxona ichida bajariladigan ishlar undagi havo harorati 40°C dan oshmagan sharoitda, maxsus kiyim va maxsus poyabzalda amalga oshirilishi lozim. Ish joylari ventilyatorlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
233. Havo harorati 40 °C va issiqlik nurlanishi 4200 W/m2 va undan ortiq sharoitdagi doimiy ish vaqti 15 minutdan oshmasdan, keyingi 10 minutda maxsus ajratilgan xonalardagi joyda yotib dam olishi uchun tanaffus boʻlishi lozim.
234. Pechdan eritmani chiqarish ishlari ruxsat berish naryadi boʻyicha bajarilishi lozim.
235. Vannali pechni taʼmirlash ishlarini oʻtkazish hududi muhofaza-qoʻriqlash toʻsiq inventarlari bilan toʻsilishi va taqiqlovchi xavfsizlik belgilari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
236. Vannali pech majmuasi oyiga ikki martadan kam boʻlmagan vaqt davomida vakuum usuli bilan changdan tozalanishi lozim. Changni siqilgan havo bilan tozalash taqiqlanadi.
237. Pech majmuasi ustida odamlarni boʻlishiga bosh muhandis ruxsati bilan maxsus kiyimi boʻlganida yoʻl qoʻyiladi. Majmua ustida yurish uchun yonmaydigan materiallardan balandligi 1 m dan kam boʻlmagan toʻsiq qoʻshimcha 0,5 m balandlikdagi toʻsuvchi plyonkasi bilan oʻtish koʻprikchalari boʻlishi lozim. Ishlab turgan pech majmuasi boʻyicha yurish taqiqlanadi.
11-§. Koʻp valikli sentrifuga
238. Sentrifugani ish holatiga qoʻyish va uni chiqarish mexanizatsiyalangan boʻlishi lozim.
239. Sentrifuga uni ish holatidan chekinish imkoniyatiga yoʻl qoʻymaydigan qotirish moslamasiga ega boʻlishi lozim.
240. Sentrifuga xizmat koʻrsatish maydonchasiga erigan mineralvata korolkasi tashlanishiga yoʻl qoʻymaydigan butun metall toʻsiq bilan toʻsilishi lozim.
241. Mineralvata eritmasi chiqindisini chiqarish mexanizatsiyalangan boʻlishi lozim.
242. Koʻp valikli sentrifugani ishlatish quyidagi tartibda bajarilishi lozim:
a) chiqindini tozalovchi konveyerni yoqish;
b) suvni sovitish uzatilishini yoqish;
v) oldingi valik toʻliq aylanma harakatiga ega boʻlganidan soʻng motorlarni navbatma-navbat yoqish;
g) ventilyatorni yoqish;
243. Sentrifuga valiklarini sovitishga kirayotgan suv bosimini nazorati uchun manometr boʻlishi lozim.
244. Sentrifuga suv uzatishini toʻxtaganida yoki sentrifuga valigidagi sovitish suvi harorati 80°C dan oshganda ovoz va yorugʻlik signalizatsiyasi (lampa, sirena) hamda avtomatik oʻchishini taʼminlovchi jihoz bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
245. Tola chiqarish uskunasining operatori GOST EN 14052-2015, GOST 13087-1-2016 boʻyicha kaska va GOST 12.4.144-84 boʻyicha yuzni himoyalovchi vosita bilan taʼminlanishi lozim.
(245-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 15-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3668, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)
246. Yoqilgan sentrifuga valigi oldida va yonida turish taqiqlanadi.
247. Sentrifugaga xizmat koʻrsatish maydonchasi orqali umumiy foydalanishdagi oʻtish yoʻlagi boʻlmasligi lozim.
12-§. Tola yigʻish kamerasi
248. Tola yigʻish kamerasini transportyor setkani mexanizatsiyali tozalash uchun qurilmasi boʻlishi lozim.
249. Tola yigʻish kamerasi mahsulot alanga olganda suv berish uchun yoʻnaltiruvchi joʻmrakka ega boʻlishi shart.
250. Tola yigʻish qurilmasi operatori ish joyiga kameradagi mahsulotni yonishini oʻchirish boʻyicha bosh muhandis tasdiqlagan yoʻriqnoma osib qoʻyilishi lozim.
251. Kamera, undan soʻrilayotgan gazlar haroratini nazorat qilish uchun oʻlchov asbobi va mineralvata mahsuloti yongani haqida ogohlantiruvchi signalizatsiya (lampa, sirena) bilan jihozlanishi lozim.
252. Kameraga changsizlantiruvchi emulsiyani bermasdan mineralvata ishlab chiqarish taqiqlanadi.
13-§. Sovitish kamerasi
253. Mineralvata mahsulotining harorati sovitish kamerasidan tashqarida 40 °C dan oshmasligi lozim.
14-§. Mahsulotni kesish uchun dastgoh
254. Boʻyiga va eniga kesuvchi pichoqlar yopiq himoya qoplamalariga ega boʻlishi hamda havoni tozalash uchun aspiratsion tizim apparatlariga ulangan boʻlishi lozim.
255. Mineralvata mahsuloti chiqindisini chiqarish mexanizatsiyalangan boʻlishi lozim.
15-§. Mineralvata plita oʻrash uchun dastgoh
256. Mineralvata plitalari paketlarini transport tagligiga taxlash mexanizatsiyalangan boʻlishi lozim.
16-§. Mineralvata toʻshaklarini tikuv va oʻrash uchun
257. Oʻrov qogʻozini kesish tarmogʻi avtomatini qogʻoz bilan toʻldirish vaqtida pichoqni tasodifiy ishchi harakatiga kelish ehtimolini bartaraf qilish uchun himoyalovchi moslamalari boʻlishi lozim.
258. Mineralvata toʻshagini oʻrash uchun eniga kesish dastgohini uzatish va kareta pichogʻi toʻrsimon toʻsiqlar bilan toʻsilishi lozim.
259. Mineralvata toʻshagini oʻrash uchun eniga kesuvchi pichogʻi toʻrli toʻsiqlari orqaga ochilishi va toʻsiqni ochiq holatida pichoqni ishlash harakatini bartaraf etuvchi blokirovka boʻlishi lozim.
260. Mineralvata toʻshaklarini tikish uchun dastgohni qabul qilish joyi uchun lyuk qopqogʻi, uning ochiq holatida ishlashini bartaraf etuvchi blokirovka moslamasiga ega boʻlishi lozim.
261. Mineralvata toʻshaklari oʻramlarini konteynerga taxlash mexanizatsiyalangan boʻlishi lozim.
V. Taʼmirlash ishlarini bajarishda xavfsizlik talablari
1-§. Taʼmirlash ishlarini oʻtkazish tartibi va sharoiti
262. Tashkilot hududida ishlab chiqarishni (sex) yoki sexda qurilma, agregat, ayrim asbob-uskunalarni taʼmirlashga toʻxtatish uchun tashkilot (sex) boʻyicha buyruq (farmoyish) chiqarilishi lozim. Buyruqda pudratchilardan bevosita ish rahbari, shuningdek koʻrsatilgan ishlarga uskunalar va obyektni toʻliq tayyorlash, ishlarni xavfsiz amalga oshirish va pudratchilar yoki buyurtmachining taʼmirlash xizmati bilan tezkor aloqalar uchun javobgar shaxslar hamda tegishli chora-tadbirlar belgilanadi.
263. Barcha uskunalarda tashkilot bosh muhandisi tasdiqlagan jadval boʻyicha belgilangan muddatlarda rejali taʼmirlash ishlari oʻtkaziladi.
264. Taʼmirlash ishlarida band boʻlgan pudratchining barcha xodimlari taʼmirlash ishlari boshlanishidan oldin, ushbu sexda ishlarni xavfsiz olib borish uchun xodimlar xavfsizlik texnikasi boʻyicha kirish yoʻriqnomasidan oʻtkazilishi lozim. Yoʻriqnomadan oʻtkazish ishlari buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
265. Rejalashtirilgan ishlarni bajarishdan oldin mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomadan oʻtkazish ishlari pudratchi tashkilot tomonidan oʻtkazilishi lozim.
266. Pudratchi ishlayotgan hududda buyurtmachi tomonidan zararli va yonish xavfi boʻlgan moddalarni paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaydigan meʼyoriy sanitariya-gigiyenik sharoitlar yaratilishi kerak.
267. Asbob-uskuna va kommunikatsiyalarda taʼmirlash ishlarini amalga oshirishdan oldin, quyidagilar bajarilishi lozim:
a) elektr energiya taʼminotidan oʻchirish;
b) asbob-uskuna va kommunikatsiyalarni texnologik muhit qoldiqlaridan, asbob-uskunani zararli, zaharli va yonuvchi gaz va mahsulotlardan boʻshatish;
v) taʼmirlanadigan asbob-uskuna, kommunikatsiya, quduq va oʻralardagi inert, yonuvchi, zaharli gazlar va kislorod miqdorini tegishli tahlillarini oʻtkazish yoʻli bilan tekshirish.
268. Balandlikdagi ishlarda faqat tayanch yoki rezinali qoplamalar bilan taʼminlangan soz narvonlardan foydalanish lozim.
269. Tashkilot hududida qazish ishlarini bajarishda buyurtmachi pudratchiga naryad-ruxsatnoma bilan birga tegishli sex va xizmatlar bilan kelishilgan ruxsatnomani yozma tarzda topshirishi kerak.
270. Pudratchining ehtiyojlari uchun elektr energiyani ulash, shuningdek ish tugaganidan keyin uzish, sex boshligʻining ruxsati boʻyicha buyurtmachining bosh energetik xizmati tomonidan bajariladi.
271. Taʼmirlash ishlari tugallanganidan soʻng asbob-uskuna va kommunikatsiyalarni qabul qilish dalolatnomasi ikki tomonlama imzolanib, ushbu asbob-uskuna va kommunikatsiyalarni ishga tushirish haqida farmoyish chiqqandan soʻng, foydalanishga qabul qilinishi lozim.
2-§.Uskuna va moslamani taʼmirlashga topshirish va uni foydalanishga qabul qilish tartibi
272. Ishchilar bajariladigan ish xususiyatiga muvofiq soz asbob va moslamalar jamlamasi bilan taʼminlanishi lozim.
273. Asbob va moslamalar holati oyiga kamida bir marta tekshirilishi lozim.
274. Texnik xizmat koʻrsatish, davriy va kapital taʼmirlash boʻyicha ishlarni bajarish tartibida, ishlab chiqaruvchi zavod tasdiqlagan taʼmirlash va foydalanish hujjatida belgilangan zarur ish hajmini koʻrsatish lozim.
275. Texnologik uskuna taʼmirlanganidan soʻng sinash va ishlatib koʻrish zarur. Qism va agregatlarni ishlatib koʻrish avvalo 2 soat davomida “salt” harakatda, soʻng 10 soat davomida ish yuklovi ostida bajariladi.
276. Ishlatib koʻrish uchun mexanizmlarni yoqishdan oldin, tarmoqlar toʻgʻri yigʻilgani, begona jismlar yoʻqligini koʻrishi va ishonch hosil qilishi, havo uzatish pnevmatik tizimning toʻgʻri ulanganligi, qotirish mustahkam va toʻgʻri qilinganligiga ishonch hosil qilish lozim.
277. Agregatning yurituvchi elektr yurgizgichlarini yoqishdan oldin, aylanma arralash va fugoval dastgoh ventilyatorlar patrubkalarini koʻzdan kechirish lozim.
278. Sinov va ishlatib koʻrish davrida taʼmirlangan tarmoq va agregatlarni barcha yigʻish defekti, elektrodvigatel va tarmoq podshipniklarining qizishi darajasi, moy oqishi bartaraf qilinishi lozim.
279. Uskuna yigʻilganidan yoki taʼmirlanganidan soʻng uni foydalanishdan oldin quyidagilarni bajarish zarur:
a) ishchilarni xavfsiz joyga oʻtkazish;
b) mashina tashqarisi va ichidan begona buyumlarni olib tashlash;
v) himoya toʻsiqlari mavjudligi va mustahkamligini tekshirish;
g) harakatlanuvchi qismlarni moylash va sozlash;
d) himoyalovchi va nazorat oʻlchov asboblarining sozligini tekshirish;
e) uskuna yigʻilishining toʻgʻriligini tekshirishda, oʻzaro bogʻliq harakatlanuvchi mexanizmlarning toʻliq siklida uni harakatlanuvchi qismini aylantirish;
j) uskunani salt harakatda va ish yuklovi ostida sinash.
280. Uskuna taʼmirlanganidan soʻng foydalanishga yaroqliligi qabul qiluvchi komissiyaning dalolatnomasida qayd qilinadi.
VI. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
281. Tashkilotlarni (sexlarni) loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
282. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(282-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
VII. Yakuniy qoida
283. Mazkur Issiqlik izolyatsiya materiallari ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi, “Oʻzqurilishmateriallari” aksionerlik kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi D. JAHONGIROVA
2009-yil 24-sentabr
“Oʻzqurilishmateriallari” AK Boshqaruv raisi E. AKRAMOV
2009-yil 24-sentabr
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV
2009-yil 24-sentabr
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2009-yil 24-sentabr
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2009-yil 24-sentabr
Davlat inspeksiyasi boshligʻi I. XOLMATOV
2009-yil 24-sentabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 48-son, 516-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 19.08.2025-y., 10/25/3668/0748-son)