24.11.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2048
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta ko‘rib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish Dasturi” ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) muvofiq matbaachilik ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
6. Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ichki nazoratning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:
8. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 5-son, 223-modda) 14-moddasiga muvofiq xodimlar soni 50 va undan ortiqni tashkil qiluvchi tashkilotlarda maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslar orasida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil qilinadi. Ishlovchilar soni 50 dan kam bo‘lgan tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish funksiyalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklatiladi. Mehnatni muhofaza qilish xizmati vazifalariga tashkilotda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha barcha ishlarni muvofiqlashtirish va ushbu ishlar o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish kiradi.
13. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) muvofiq ishlab chiqiladi va ishlovchilar hamda ish joylarini shu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
30. Tashkilot xodimlari ishni bajarishning xavfsiz usullariga o‘qitilib, olingan bilimlari Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq sinovdan o‘tkazilgandan so‘ng ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishga ruxsat etilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
116. Tashkilotlarda elektr qurilmalaridan foydalanish Iste’molchilarning elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) va Iste’molchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga (ro‘yxat raqami 1614, 2006-yil 18-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(197-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)