OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
buyrugʻi
DEVORBOP MATERIALLAR, OHAK, GIPS ISHLAB CHIQARISH XODIMLARI UCHUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 16-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2043]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta koʻrib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish Dasturi” (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Devorbop materiallar, ohak, gips ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir v.b. A. XAITOV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-oktabr,
62-B-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 9-oktabrdagi 62-B-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Devorbop materiallar, ohak, gips ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar devorbop materiallar, ohak va gips ishlab chiqarish tashkilotlariga (bundan keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar devorbop materiallar, ohak va gips ishlab chiqarish tashkilotlari binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 29-iyuldagi 13-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3667, 13.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/3667/0734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat idoralari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
II. Xavfsizlikka qoʻyiladigan umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 29-iyuldagi 13-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3667, 13.08.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/3667/0734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 29-iyuldagi 13-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3667, 13.08.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/3667/0734-son)
7. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini oʻz ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maʼmuriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
ishchi va xizmatchilar bilan yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari boʻyicha mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalari.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 29-iyuldagi 13-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3667, 13.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/3667/0734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 29-iyuldagi 13-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3667, 13.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/3667/0734-son)
10. Mehnatni muhofaza qilish xizmati mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
2-§. Xodimlarga yoʻl-yoʻriq berish, oʻqitish va ularning bilimlarini sinash ishlarini tashkil etish
11. Tashkilotlarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, yoʻl-yoʻriqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan oʻtkazishlari hamda qayta attestatsiyadan oʻtishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 29-iyuldagi 13-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3667, 13.08.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/3667/0734-son)
13. Tashkilot maʼmuriyati barcha ishga kirayotganlar, shuningdek boshqa ishga oʻtkazilayotganlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz usullarini tashkil etishlari, mehnatni muhofaza qilish va baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarga yordam koʻrsatish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari ishlab chiqiladi va xodimlar hamda ish joylarini shu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 29-iyuldagi 13-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3667, 13.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/3667/0734-son)
15. Devorbop materiallar, ohak va gips ishlab chiqarish uchun quyidagi asosiy xavfli va zararli omillar xosdir:
a) ish joyi hududi havosining changlanishi (silikat tarkibli chang) va gazlanishi (uglerod oksidi, azot oksidi va boshqalar);
b) shovqin, tebranish, issiqlik nurlanishi va noqulay mikroiqlim (yuqori harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi).
16. Ish hududiga yoki atrof muhitga zararli moddalarni bugʻ, gaz, chang koʻrinishida ajratishi mumkin boʻlgan texnologiyalardan foydalanishda ularning kimyoviy va mikrobiologik tarkibi va GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablar” boʻyicha ruxsat etilgan eng koʻp miqdori koʻrsatilgan toʻliq roʻyxati tuzilishi lozim.
17. Ishlab chiqarish xonalarida ish joyi hududi havosining harorati, havoning harakatlanish tezligi, nisbiy namligi bajarilayotgan ishning ogʻirlik darajasiga koʻra toifasi va yil mavsumini hisobga olgan holda, ruxsat etilgan amaldagi meʼyorlarga muvofiq boʻlishi kerak. Xodimlar xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, ishchilarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
18. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining xavfli hamda zararli omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnatning ogʻirligi ish joylarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiya qilish orqali tasdiqlanishi lozim.
19. Har bitta tashkilot xavfli va zararli mehnat sharoitlariga ega boʻlgan kasblar, ish oʻrinlari va hududlarining Sanitariya qoidalari va meʼyorlariga muvofiq zararlilik va xavflilik sinfi koʻrsatilgan roʻyxatiga hamda ishlab chiqarish omillarining zararlilik va xavflilik koʻrsatkichlari, mehnat jarayonining ogʻirlik koʻrsatkichlari boʻyicha mehnat sharoitlarining amaldagi gigiyenik tasnifiga ega boʻlishi lozim.
20. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli omillar yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoxud yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda roʻyxatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar
21. Tashkilot oʻta xavfli sharoitda bajariladigan kasblar va ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim.
Roʻyxatda aniq texnologik jarayon, ishlab chiqarish uskunasi, ishlatiladigan xom ashyo va ishlarni amalga oshirish xususiyatlari bilan bogʻliq xavflar hisobga olinishi lozim.
Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar hamda amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
22. Oʻta xavfli ishlarga faqat maxsus oʻqitilgan, ushbu ishlarni bajarish huquqini beruvchi hujjatga ega boʻlgan xodimlar qoʻyiladi.
23. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishi va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini oʻzlashtirib olishi shart.
24. Oʻta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda masʼul xodim qoʻl qoʻyib rasmiylashtirilgan maxsus naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
25. Tashkilot (sex) rahbariyati oʻta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga toʻla javobgardirlar.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
26. Ishlovchilarni zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish tegishli standartlar va meʼyorlar talablariga mos jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
27. Jamoaviy himoya qilish vositalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlik oʻrinlari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqin, tebranma, elektr toki urishi, statik tok va uskunalar yuzasining yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
28. Jamoaviy himoya vositalari (ventilyatsiya, aspiratsiya, yerga ulash, mahalliy soʻrgʻichlar va boshqalar) zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillari xonadagi barcha ishlovchilarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
29. Jamoaviy himoya vositalari zararli va xavfli omillarni ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qoʻllanishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz kishilarning ishtiroki va ishlar amalga oshirilishi taqiqlanadi.
30. Mehnat sharoiti noqulay ishlarda band boʻlgan xodimlar belgilangan normalar boʻyicha:
sut (shunga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlari);
davolash-profilaktika oziq-ovqati;
gazli shoʻr suv (issiq sexlarda ishlovchilar uchun);
maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, boshqa shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan bepul taʼminlanishi lozim.
31. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda ishlovchilar, ularning qoʻllanishi, himoya xususiyatlari, amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi hamda ulardan foydalanishga oʻrgatilishi lozim.
32. Tashkilot maʼmuriyati yoki ish beruvchi quyidagilarni taʼminlashi shart:
amaldagi meʼyorlar boʻyicha mazkur ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan barcha shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasini;
himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishni;
qoʻllanilayotgan himoya vositalarining samaradorligi va sozligini tekshirishni;
shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilishni (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
6-§. Kasbiy tanlov
33. Oʻta xavfli ishlarga tegishli kasbiy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslarni qabul qilish man etiladi.
34. Oʻta xavfli ishlarga xizmat koʻrsatish ishlari bilan shugʻullanish faqat belgilangan tartibda tasdiqlangan, maxsus oʻqitilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarga ega boʻlgan shaxslarga ruxsat etilishi lozim.
35. Tashkilot mutaxassislari, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli maʼlumotga va ish tajribasiga, mehnatni muhofaza qilish talablariga mos darajada ishlarni tashkil etish qobiliyatiga ega boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 29-iyuldagi 13-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3667, 13.08.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/3667/0734-son)
37. Kasbiy tanlovdan soʻng ishga qabul qilingan xodimlarni kasbiy mahorati yuqori ekanligiga ishonch hosil qilish maqsadida nazorat oʻrnatish, zarur boʻlganda qayta yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
38. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
40. Tashkilot maʼmuriyati yoki ish beruvchi xavflilik darajasi yuqori boʻlgan ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va ularga nisbatan belgilangan talablarga muvofiq holda amalga oshirish uchun toʻliq javobgar hisoblanadi.
7-§. Xodimlarning sogʻligʻini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
41. Tashkilot maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qoʻmitasi va vakolatli sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning koʻrikka kelishini taʼminlashi lozim.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 29-iyuldagi 13-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3667, 13.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/3667/0734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
42. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 29-iyuldagi 13-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3667, 13.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/3667/0734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
43. Xodimlar majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishdan boʻyin tovlashga haqli emas.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 29-iyuldagi 13-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3667, 13.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/3667/0734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
44. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi. Majburiy tibbiy koʻriklar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 29-iyuldagi 13-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3667, 13.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/3667/0734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
45. Tashkilot maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qoʻmitasi majburiy tibbiy koʻrik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, ish beruvchi esa dalolatnomada koʻzda tutilgan barcha tadbirlar va koʻrsatmalarni bajarishi lozim.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 29-iyuldagi 13-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3667, 13.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/3667/0734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
46. Davriy majburiy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilotning maʼmuriyati zimmasiga yuklanadi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 29-iyuldagi 13-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3667, 13.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/3667/0734-son)
47. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
48. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 29-iyuldagi 13-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3667, 13.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/3667/0734-son)
8-§. Tashkilot maydonlariga boʻlgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
49. Tashkilot maydonlari va binolarni joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” talablariga mos boʻlishi kerak.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 29-iyuldagi 13-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3667, 13.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/3667/0734-son)
50. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish, hamda ish uchastkalari va sexlarning koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.
51. Tashkilotda avtoyoʻllar yoki piyoda yoʻlkalari bilan tutashgan ichki tashkilot temir yoʻllari uchrashgan joylarda avtoyoʻllar va piyodalar uchun oʻtish yoʻllari boʻlishi lozim.
52. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Tashkilot maydonida ishchilar uchun dam olish joylari boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Sutkaning qorongʻu vaqtlarida hududlarning yoritilishi SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” talablariga javob berishi kerak.
(52-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 29-iyuldagi 13-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3667, 13.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/3667/0734-son)
53. Tashkilot maydonidagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangani boʻlishi kerak.
54. Yilning yoz vaqtida yoʻlkalar va oʻtish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan boʻlishi kerak.
55. Tashkilotlarda harakatlanuvchi temir yoʻl sostavlarini intensiv harakatlanishiga oʻtish joylari avtomatik signal bilan taʼminlanishi lozim.
9-§. Tashkilotlarning ishlab chiqarish binolari va xonalariga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
56. Ishlab chiqarish binolari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 29-iyuldagi 13-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3667, 13.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/3667/0734-son)
57. Oʻtish, chiqish yoʻllari, koridor, tambur, narvonlar turli jismlar va asbob-uskunalar bilan toʻsib qoʻyilishiga ruxsat etilmaydi. Evakuatsiya chiqish yoʻllarining barcha eshiklari binodan chiqish yoʻnalishi boʻyicha ochilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
58. Pollar tekis, yoriqlarsiz, teshiklarsiz va shishib chiqqan joylari boʻlmasligi, SHNQ 2.03.13-24 “Pollar” talablariga muvofiq bajarilgan boʻlishi lozim.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 29-iyuldagi 13-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3667, 13.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/3667/0734-son)
59. Boshqarish pultlari-zararli va portlash xavfi boʻlgan bugʻ, gaz va changlar ajralib, shuningdek yuqori tebranishga ega boʻlgan texnologik asbob-uskunalar oʻrnatilgan ishlab chiqarish xonalarida joylashtirilishi mumkin emas.
10-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
60. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” talabiga muvofiq boʻlishi lozim.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 29-iyuldagi 13-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3667, 13.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/3667/0734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
61. Bino va inshootlarning ishlab chiqarish xonalarida havodagi zararli moddalar miqdori SanQvaN 0294-11 “Ish joylari havosidagi zararli moddalar ruxsat etilgan miqdorining gigiyena normativlari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 29-iyuldagi 13-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3667, 13.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/3667/0734-son)
62. Oʻtish joylarida (galereyalarda, zinalar maydonchalarida va shunga oʻxshash) joylashgan isitish jihozlari (quvurlar, registrlar va shunga oʻxshashlar), ruxsat etilgan oʻtish yoʻlkalarining enini kamaytirmasligi kerak.
63. Ishchi joylarida havo harorati yilning sovuq davrida yengil jismoniy ishlarda 21 °C, ogʻirligi oʻrta jismoniy ishlarda 17 °C va ogʻir jismoniy ishlarda 16 °C dan past boʻlmasligi kerak.
64. Xodimlarni isinishi uchun xonalarda havo harorati 22 °C dan kam boʻlmasligi kerak.
65. Binolarda joylashgan ishchi joylaridan, xodimlarni isinish xonalarigacha boʻlgan masofa 75 m, tashkilot maydonidagi ishchi joylaridan 150 m dan koʻp boʻlmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
11-§. Suv taʼminoti va oqova suvlar tizimiga qoʻyiladigan talablar
(11-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 29-iyuldagi 13-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3667, 13.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/3667/0734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
66. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlar tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.
(66-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 29-iyuldagi 13-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3667, 13.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/3667/0734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
67. Tashkilotni ishlab chiqarish oqova suvlari tashqi oqova suvlariga yetib kelguncha zararli moddalardan tozalanishi kerak.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 29-iyuldagi 13-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3667, 13.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/3667/0734-son)
68. Tozalangan suvda zararli moddalar tarkibi sanitar normalariga asosan chegaralangan konsentratsiyasidan oshib ketishi kerak emas.
69. Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun beriladigan suvning sifati texnologik talablarga mos boʻlishi kerak.
70. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar boʻlishi kerak. Suv quvurlari yoʻq boʻlgan hollarda baklarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
71. Ish joyidan suv ichish qurilmasigacha boʻlgan masofa 75 m dan oshmasligi kerak.
72. Ichimlik suvining harorati 8°C dan 20°C gacha boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
73. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq va oqova suvlar tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
(73-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 29-iyuldagi 13-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3667, 13.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/3667/0734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
74. Tashkilotda oqova suvlar tizimi yoʻq boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) boʻlimlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmaslikka va ishlab chiqarish oqova suvlariga dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralariga ruxsat etiladi.
(74-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 29-iyuldagi 13-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3667, 13.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/3667/0734-son)
12-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
75. Tashkilot maydonida, ishlab chiqarish va yordamchi binolar va xonalarda tabiiy va sunʼiy yoritishlar SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
(75-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 29-iyuldagi 13-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3667, 13.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/3667/0734-son)
76. Yoritish uskunalarini oʻrnatishda qandillarning turlari, lampalarning quvvati va ularning joylashishi tasdiqlangan loyihaga mos boʻlishi kerak.
77. Ishlab chiqarish sexlaridagi, xom ashyo omborlari va yuk tushirish-ortish maydonlaridagi texnologik uskunalar umumiy yoritishga qoʻshimcha ravishda koʻchma yoritish moslamalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
78. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarini ulash taqiqlanadi. Avariya yoritishlarini sozligi kamida chorakda bir marta tekshirilishi lozim.
79. Yorugʻ tushuvchi oynalarni yilda ikki martadan kam boʻlmagan holda tozalash lozim.
80. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni begona predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) bilan toʻsib qoʻyilishiga ruxsat etilmaydi.
81. Yuqori xavfli xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Oʻta xavfli xonalarda, xonalardan tashqari, hamda uskunalar va inshootlar (bunkerlar, silososlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni yoritish uchun koʻchma elektr yoritqichlarni kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak. Barcha koʻchma yoritqichlarni metall himoyalanish toʻri hamda shisha qalpogʻi boʻlishi kerak.
13-§. Maishiy va qoʻshimcha xonalarga, ularning soni, holati va joylashuviga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
82. Har bir tashkilotda SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari va mazkur Qoidalarga muvofiq sanitariya-maishiy va qoʻshimcha xonalar boʻlishi lozim.
(82-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 29-iyuldagi 13-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3667, 13.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/3667/0734-son)
83. Maishiy va qoʻshimcha xonalarni (binolarni) loyihalash hamda qurish ularni ishlab chiqarish obyektlari bilan bir paytda ishga tushirish zarurligini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
84. Maishiy xonalar imkon qadar ish joylariga yaqin joylashtirilishi zarur.
85. Maxsus kiyim-kechak va badanning katta darajada ifloslanishini yuzaga keltiradigan muhitdagi ish uchastkalarida ishlovchi xodimlar uchun maxsus maishiy xonalar jihozlanishi lozim.
86. Uy va ish kiyimlari saqlanadigan garderoblar, hojatxonalar, yuvinish va choʻmilish xonalari erkaklar va ayollar uchun alohida boʻlishi lozim.
87. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning oʻlchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qoʻl yuvgichlari, isteʼmol suv taʼminoti qurilmalari, hojatxonalar va boshqa shu kabi qurilmalarning soni, koʻpchilikni tashkil etadigan smenada ishlovchilarning soni hisobga olingan holda belgilanishi lozim.
88. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim. Hojatxonalarning pollari quruq holda saqlanishi lozim.
89. Har bir yuvinish jihozi issiq va sovuq suv keladigan quvurlarga ulangan boʻlishi lozim.
90. Yuvinish xonalarida elektr quritgichlar, koʻzgu, kiyim ilgichlar, suyuq sovun uchun idishlar va qattiq sovun solgichlar koʻzda tutilishi lozim.
91. Maxsus kiyimni yuvish uchun tashkilotlarda kir yuvish xonalari boʻlishi lozim.
92. Ovqatlanish punktlari umumiy ovqatlanish tashkilotlari uchun belgilangan sanitariya qoidalari talablariga javob berishi lozim.
III. Ishlab chiqarish (texnologik) jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
1 §. Texnologik hujjatlarda hisobga olinishi lozim boʻlgan xavfsizlik talablari
93. Maydalash, saralash, foydali qazilmalarni boyitish jarayonlari “Foydali qazilmalarni maydalash, saralash, boyitish hamda ruda va konsentratlarni boʻlaklashda ishlarning xavfsizligi qoidalari” (roʻyxat raqami 1575, 2006-yil 23-may) va GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
94. Texnologik jarayonlar xavfsizligini taʼminlash uchun quyidagi choralar nazarda tutilishi lozim:
a) texnologik jarayonni tanlaganda, zararli ishlab chiqarish omillari eng kam ifodalangan texnologik jarayonlarni qoʻllash;
b) zararli ishlab chiqarish omillari boʻlganda kompleks mexanizatsiya, avtomatizatsiya, texnologik jarayonlarni va operatsiyalarni masofadan boshqarishni qoʻllash;
v) himoya vositalarini qoʻllash;
g) texnologik uskuna qayta jihozlanganda, tayyorlanganda, yigʻilganda va foydalanilganda xavfsizlik choralari nazarda tutilishi kerak, ish xonasi havosiga zararli chiqindilarni chiqishini kamaytirish yoki ularning oldini olish;
d) ish xonalari havosida zararli chiqindilarni toʻliq kamaytirishning iloji boʻlmasa, xonalar va uchastkalarning ish hududlarida mumkin qadar uning tarqalishini kamaytirish maqsadida, zararli moddalar ajralib chiqadigan joydan havoni soʻrish.
95.Texnologik jarayonlar tashkil qilinganida va olib borilganida quyidagilar talab qilinadi:
a) ishlab chiqarish xonalarining ish hududidagi meteorologik sharoitlar va havosidagi chang miqdori GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga mos kelishi;
b) ish joylarida shovqin darajasi GOST 12.1.003-83 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari”ga mos kelishi.
2-§. Xom ashyoni tayyorlash
96. Xom ashyoni tayyorlash normativ hujjatlar talablariga binoan olib borilishi lozim.
97. Changlanuvchi materiallarni qayta yuklash uzellari aspiratsiya tizimiga ulangan, yopingichlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
98. Ohak va silikat massasini soʻndirganda ishlovchilarning xavfsizlik himoyasini taʼminlovchi choralar nazarda tutilgan boʻlishi lozim.
3-§. Qoliplash-presslash
99. Press va bugʻlatish texnologik boʻlimlari oraligʻida issiq havoli toʻsiqlar boʻlishi lozim.
100. Gʻishtni kesadigan avtomat va press stolidan gʻishtni olish, vagonetkalarga taxlash va xom ashyo chiqindisini olish ishlari mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi lozim.
101. Gʻisht ustiga mineral ushoqni siqilgan havo bilan amalga oshirish havo tozalash uchun aspiratsiya tizimiga ulangan kamera ichida bajarilishi kerak.
102. Gips formalarni ajratish amallari mexanizatsiyalangan boʻlishi lozim.
103. Suyuq gips aralashmasi bilan formalar toʻldirib yuborilishi va suyuq aralashmalarning ish maydoniga sachrashiga yoʻl qoʻyilmasligi lozim.
4-§. Xom gʻishtni quritish
104. Quritish uskunalarining kamera va tunnellari pasaytirilgan bosim ostida ishlashi lozim.
105. Quritish uskunalarida issiq bilan taʼminlovchi oʻrnida quyidagilar qoʻllanishi lozim:
a) kaloriferda isitilgan havo;
b) oʻtxonalarda tabiiy gaz yonishidan hosil boʻlgan issiqlik bilan havo aralashmasi;
v) tunnel pechlarni sovutish hududidan olingan isitilgan havo;
g) tabiiy gazda ishlovchi tunnel pechlardan chiqib ketayotgan gazlar.
106. Kamerali quritishlarga faqat kaloriferlarda qizdirilgan issiq havo yoki tunnel pechlarni sovutish hududidan chiqqan isigan havo berish kerak.
107. Quritish boʻlimi va kuydirish boʻlimlarining texnologik oraligʻida issiq havoli toʻsiqlar boʻlishi lozim.
108. Tunnel qurituvchi yukni boʻshatish tomonida aspiratsiya tizimiga ulangan zont oʻrnatilishi lozim. Aspiratsiya tizimining yoqilishi va tunnel vagonetkalarini yukdan boʻshatish avtomatik tarzda amalga oshirilishi kerak.
5-§. Gʻisht, ohak va gips toshni kuydirish
109. Gips va ohak ishlab chiqarish tashkilotlarda aylanma ravishda amalga oshirilishi lozim.
110. Chiqib ketayotgan gaz tarkibini tekshirish tartibi tashkilot bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnomada belgilanadi.
111. Vagonetkalarni pechga va pechdan tayyor mahsulot omboriga olib borilishi mexanizatsiyalangan boʻlishi lozim.
112. Xom gʻishtning aylanma pechga berilishi va pechdan gʻishtni olib chiqishda tasma konveyer, vagonetka va akkumulyatorli yuklagichdan foydalanish lozim.
113. Aylanma pechdan gʻishtni qoʻlda boʻshatishda, uning harorati 40oS dan yuqori boʻlmasligi lozim.
114. Kuydirish boʻlimlarida ishlayotgan ishchilarni tuzlangan gazli suv bilan taʼminlash uchun saturatorlar oʻrnatilishi lozim.
115. Tashkilotlarda pech agregatlarini yoqish tartibi, xizmat koʻrsatish, ishlatish va tuzatish boʻyicha yoʻriqnomalar ishlab chiqilgan va tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
6-§. Avtoklavda ishlov berish
116. Avtoklav oʻrnatilgan xona orqali avtoklavga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa sex va ish joylariga oʻtish man etiladi. Avtoklav oʻrnatilgan ochiq maydonlar balandligi 1,5 m dan kam boʻlmagan toʻrli toʻsiqlar bilan toʻsilgan boʻlishi lozim.
117. Avtoklav uskunasi oʻrnatilgan xonalarga va maydonlarga kirishda “Begonalar kirishi taqiqlanadi” hamda GOST 12.4.026-76 “Signal ranglar va xavfsizlik belgilari” talablariga muvofiq xavfsizlik belgilari osib qoʻyilishi lozim.
118. Avtoklav xonasiga tashqaridan kirish joylari havo-issiqlik toʻsiqlari bilan jihozlangan yoki tambur-shlyuz orqali amalga oshirilishi lozim.
119. Avtoklav oʻrnatilgan xonalarda mahalliy soʻruvchi ventilyatsiya boʻlishi lozim.
120. Avtoklavlarga metallni elektrolit kondensati taʼsirida zanglashdan saqlash uchun katodli himoya oʻrnatish lozim.
7-§. Gips plita (bloklar) va gipsbeton toʻsish panellarini ishlab chiqarish
121. Gips plita (bloklar) va gipsbeton toʻsish panellar uchun gips betonni tayyorlashda komponentlarni miqdorlash mexanizatsiyalashgan boʻlishi lozim.
122. Miqdorlovchi aralashtirgichlar aspiratsiya tizimiga ulanishi lozim.
123. Qolip mashinadan gips plitalarni yechish, ularni quritish, vagonetkalarga taxlash va yechish, shuningdek quritish vagonetkalarini transportirovka qilish mexanizatsiyalashgan boʻlishi lozim.
8-§. Yongʻin va portlash xavfsizligi talablari
124. Ishlab chiqarish jarayonlarining yongʻin va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirish, tashkillashtirish va olib borish GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablari”ga, GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim.
125. Har bir sex, uchastka, omborlarda mavjud meʼyorlar asosida mahalliy yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma hamda yongʻin sodir boʻlgan vaqtda xodimlarni evakuatsiya qilish chizmasi ishlab chiqilishi va koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
126. Yongʻin xavfsizligi yoʻriqnomasi talablarini oʻrganish ishlab chiqarishdagi oʻqitish tizimiga kiritilgan boʻlishi lozim.
127. Har bir tashkilotda maʼmuriyat buyrugʻi bilan barcha ishlab chiqarish, yordamchi va maishiy xonalarda yongʻin xavfsizligiga masʼul xodim tayinlanishi lozim. Yongʻin xavfsizligiga masʼul shaxs familiyasi, yongʻin xavfsizligi qutqaruv xizmati telefonlari yozilgan peshtaxtalar koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
128. Yongʻin xavfsizligiga masʼul shaxs majburiyatlari yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomada belgilangan boʻlishi lozim.
129. Har bir tashkilotda yongʻinga qarshi asboblar toʻplami, yongʻin oʻchirish vositalari, soni va joylashtirilishi hududiy yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan boʻlishi lozim.
130. Barcha xodimlar ishlab chiqarishning oʻqitish tizimida yongʻin xavfsizligi qoidalarini oʻrganish maqsadida, tashkilot, sex, ishlab chiqarish uchastkasi, qurilma, bino yoki inshoot uchun yongʻin xavfsizligi boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtadilar. Xodimlarni yongʻinga qarshi tayyorgarligi yongʻinga qarshi yoʻriqnomadan oʻtkazish va yongʻin-texnik minimumi boʻyicha mashgʻulotlar tashkil etishdan iborat.
131. Yongʻin-texnik minimumi mashgʻulotlari natijasi boʻyicha xodimlarning olgan bilimlari sinovdan oʻtkazilishi lozim. Yongʻin-texnik minimumi boʻyicha oʻtkazilgan sinov natijalari hujjatlashtirilib, unda oʻtilgan mavzular boʻyicha baholar koʻrsatilishi lozim.
132. Yongʻinga qarshi tayyorgarlikdan oʻtmagan shaxslar ishga qoʻyilmaydi.
133. Ishlab chiqarish uchastkasida, laboratoriyada, omborda va maʼmuriy binolarda (egallagan lavozimidan qatʼi nazar) ishlayotgan har bir xodim yongʻin xavfsizligi qoidalarini aniq va qatʼiyan bajarishi, yongʻinga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarga yoʻl qoʻymasligi lozim.
134. 15 kishidan ortiq ishlovchi boʻlgan ish uchastkalarida koʻngilli yongʻin oʻchiruvchi drujina (KYOOʻD) va texnik-muhandis xodimlar boʻlganida esa, qoʻshimcha ravishda yongʻin-texnik komissiyasi (YOTK) tuziladi.
135. Koʻngilli yongʻin oʻchirish drujina aʼzosi, shuningdek jangovor hisobga kiritilgan shaxslar yongʻin xavfsizligi qoidalarini aniq bilishi, ularga rioya qilishi va buni boshqalardan talab qilishi, avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari va birlamchi yongʻin vositalarining sozligini nazorat qilishi, yongʻin chiqqanda esa, uni oʻchirish boʻyicha oʻz majburiyatlarini faol bajarishi lozim.
136. Tashkilotning barcha bino va inshootlariga kirish joylarining boʻsh boʻlishi taʼminlanishi lozim. Bino va yongʻinga qarshi suv manbai yoʻlaklariga olib boruvchi, hamda yongʻin oʻchirish vosita va uskunalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak. Binolar oraligʻidagi yongʻinga qarshi oraliqlar materiallar, uskunalar, boʻsh idishlarni taxlash va avtomobil toʻxtov joyi tashkil etishga ruxsat etilmaydi.
9-§. Boshlangʻich materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlar va ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transportda tashishga boʻlgan talablar
137. Boshlangʻich materiallar metall qoʻshilmalarsiz boʻlishi va zarur texnologik tayyorlovdan oʻtishi lozim, chunki bu maydalagich va mashinalarda mahsulotga ishlov berilayotganida tiqin paydo qilishi yoki asbobni sinishiga va ishlovchilarning baxtsiz hodisasiga olib kelishi mumkin.
138. Ishlov beriluvchi materiallar va yarim mahsulotlarning hajm oʻlchamlari ishlov beruvchi uskuna pasportining koʻrsatkichlariga muvofiq boʻlishi lozim.
139. Materiallarni maydalash va quritish uchun qoʻllaniladigan normativ-texnik hujjatda ular tarkibidagi xavfli va zararli xususiyatga ega moddalarning miqdori (foiz ifodasida), shuningdek ularning portlash va yongʻin xavfliligini tavsiflovchi maʼlumotlar, toksikologik tavsifi va u bilan ishlashda xavfsizlik talablari belgilangan boʻlishi lozim.
140. Omborlar va yuk saqlash uchun maydonchalar qurilma va uskunalari, ularning qurilishi, sanitariya va yongʻinga qarshi meʼyorlar va qoidalar belgilangan tartibda tasdiqlangan, texnologik loyiha meʼyorlari talablariga muvofiq boʻlishi lozim. Yuklash-tushirish ishlari va yuklarni joylashtirish “Yuklash-tushirish ishlarida yuklovchilar uchun mehnat xavfsizligi qoidalari” (roʻyxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
141. Omborxona va yuk saqlash maydonchalarida barcha yuklash, tushirish va ogʻir yuklarni tashish jarayonlari mexanizatsiyalashgan boʻlishi lozim.
142. Yuk saqlash uchun maydonchalar sathi tekis boʻlib, chuqurchalarsiz va 50S dan oshmaydigan nishabi boʻlishi kerak. Yuk saqlash uchun maydonchalar sathi unga keluvchi yoʻllar sathiga teng boʻlishi lozim. Yilning qish oylarida yuk saqlash uchun maydonchalar doimo qor va muzdan tozalanib, qum, kul yoki shlak sepilishi kerak.
143. Ombor va yuk saqlash uchun maydonchalarda avtotransport harakati, normativ hujjatlar talabiga muvofiq boshqarilishi lozim.
144. Ombor yoki yuk saqlash uchun maydonchalar hududiga kiraverishda harakat yoʻnalishi, yuklash-tushirish joyi yoki transport vositalarining toʻxtab turish joyini koʻrsatuvchi chizma osilgan boʻlishi kerak.
145. Yogʻoch idishlar va qoplardagi yuklar omborda agʻnamaydigan qilib ustma-ust taxlangan boʻlishi lozim. Qoʻlda bajarilgan ustma ust taxlanish balandligi 3 m dan oshmasligi, yuk koʻtarish mexanizmi yordamida taxlanganda 6 m dan oshmasligi lozim. Yirtilgan qop va nosoz idishdagi yukni ustma ust taxlash taqiqlanadi.
146. Omborda ustma ust taxlangan yoki yuk taralari stellajlar oraligʻidagi yoʻlakning eni 1,5 m dan kam boʻlmasligi lozim. Omborda transport vositalari ishlatilganda, yoʻlakka qoʻshimcha qoʻllaniladigan transport vositalari oʻlchamlari kengligidagi yoʻl boʻlishi lozim.
147. Changsimon va toʻkiluvchi materiallar uchun siloslar, bunkerlar va boshqa sigʻimlar ularni toʻldirish va boʻshatish vaqtida chang chiqishining oldini oluvchi moslamalar bilan jihozlanishi lozim.
148. Toʻkiluvchi materiallar uyumlarini olish ustidan boshlanishi kerak, ularni tagidan kovlab olish taqiqlanadi.
149. Ochiq maydonchalardagi materiallarni bostirma ostida saqlash va taxlash lozim.
150. Vagonlardan tushirib taxlanayotgan va vagonga yuklashga tayyorlanayotgan materiallar va uskunalar, yuk bilan temir yoʻl izining relsigacha boʻlgan masofa 2 m dan yaqin, yukni taxlangan bandligi 1,2 m dan ortiq boʻlganda 2,5 m dan kam boʻlmasligi kerak.
151. Temir yoʻl izi, oʻtish yoʻlakchalari, yoʻlaklar va ombor hududi hamda yuk saqlash uchun maydonchalarni ifloslantirish va unga narsa tashlash taqiqlanadi.
152. Boʻshagan idish va boshqa oʻrovchi materiallar doimo ombordan shu maqsadlar uchun ajratilgan joyga chiqarilishi lozim.
153. Har bir ombor uchun xavfsiz saqlash va omborda saqlanayotgan materiallar bilan ishlarni oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnoma tashkilot maʼmuriyati tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
10-§. Yonilgʻini saqlash
Oldingi tahrirga qarang.
154. Suyuq yonilgʻini quyish boʻyicha maydonchalarning portlash xavfsizligini taʼminlash uchun SHNQ 2.09.19-22 “Neft va neft mahsulotlari omborxonalari” talablariga muvofiq yoritgich bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
(154-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 29-iyuldagi 13-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3667, 13.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/3667/0734-son)
155. Yonilgʻi-moylash mahsulotlari qoldigʻini oʻlchashda, kuzatishda, tozalashda va rezervuarlarni taʼmirlash jarayonida yoritish uchun portlash xavfsizligini taʼminlash maqsadida akkumulyator fonari ishlatilishi kerak.
156. Rezervuarlarni mazutdan tozalaganda yogʻoch, rezina yoki boshqa uchqun chiqarmaydigan materiallardan foydalanish zarur.
157. Mazutni qabul qilish va saqlash bilan bogʻliq ishlarni bajarishda quyidagilar taqiqlanadi:
a) temir yoʻl sisternalari ichiga tushish;
b) temir yoʻl sisternalarini yoritish uchun ochiq olov yoki koʻchma elektr yoritgichlarni ishlatish;
v) mazut quyishda va rezervuar tozalashda metall qirgʻich va uchqun chiqaruvchi asbobni ishlatish.
11-§. Gips va ohak saqlash sigʻimlariga boʻlgan talablar
158. Gips va ohak saqlash sigʻimlari (siloslar, bunkerlar va boshqalar) materiallarni yuklash va yuk boʻshatish paytida chang tutish moslamalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Chang tutish moslamalari ishga yaroqsiz boʻlganda siloslarni ishlatish man etiladi.
159. Sigʻimlarning tepasi perimetri boʻyicha toʻsilgan boʻlishi kerak. Toʻsiqlar GOST 12.4.059-87 “Qurilish. Inventar himoyalovchi toʻsiqlar. Texnik shartlar” talablari boʻyicha bajarilishi kerak.
160. Sigʻimlar galereyasidagi oynaning romlarini ochiq holatda ushlab turish uchun moslamalar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. Oyna romini ochish galereya polidan turib amalga oshirilishi kerak.
161. Sigʻimlar galereyasi truboprovodlaridan oʻtish uchun oʻtish koʻpriklarini oʻrnatilishi GOST 12.4.059-87 “Qurilish. Inventar himoyalovchi toʻsiqlar. Texnik shartlar” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
162. Sigʻim lyuklarining qopqogʻi zichlikka ega boʻlishi va qulf bilan berkitilishi lozim. Qulflarning kalitlari sex boshligʻida (smena ustasida) boʻlib, silos ichida ish bajarish uchun ruxsat-naryad rasmiylashtirilgan va tashkilot buyrugʻi bilan masʼul qilib tayinlangan texnik-muhandis xodimga beriladi.
163. Yuqori qismida joylashgan lyuk orqali silos ichini koʻzdan kechirish, devorini va toʻsinini tozalash faqat odamlarni koʻtarish va tushirish uchun moʻljallangan lebedkali kajavada bajariladi. Oʻzi koʻtariladigan kajavani qoʻllashga ruxsat berilmaydi.
164. Sigʻim ichiga tushish oldidan quyidagi xavfsizlik choralari koʻrilishi kerak:
a) sigʻimga ketayotgan hamma pnevmotrassalardagi tiqin joʻmraklari yopilishi va GOST 12.4.026-76 boʻyicha “Tiqin joʻmraklari ochilmasin — odamlar ishlayapti” yozuvli taqiqlovchi xavfsizlik belgisi osib qoʻyilishi lozim.
b) sigʻimga tushayotganlarda ish bajarish uchun asboblar, shaxsiy himoya vositalari, signalizatsiya yoki bogʻlovchi (signal, arqon, gaplashish manbai, radioaloqa) vositalari bilan taʼminlanishi lozim;
v) lebedka, kanat va kajavalar normativ hujjatlar talabiga muvofiq boʻlishi lozim.
165. Kajavalar oʻtirgich, oyoq uchun tirgovich, toʻsiq va asbob saqlash va qotirish anjomlari bilan jihozlangan (choʻntaklar, xomutlar va boshqalar) boʻlishi lozim.
166. Kajava toʻsigʻining balandligi 1,2 m dan kam boʻlmasligi, qoʻshimcha toʻsiq planka balandligi 0,6 m boʻlishi lozim, lyulkani osib qoʻyish vositalari uning toʻnkarilishini bartaraf qilishi lozim.
167. Kajavani silosga tushirishdan oldin quyidagilar tekshirilishi lozim:
a) lebyodka silosning toʻsiniga qotirilishining mustahkamligi;
b) poʻlat arqonning lebedka barabaniga qotirilishining mustahkamligi;
v) poʻlat arqon, bloklar, tormoz va lebyodka yurituvchi uskunaning sozligi;
g) lyulka toʻsigʻining mustahkamligi.
168. Oʻsimtalar, soda, dala shpati yoki sulfatni tozalash va soyaboni olib tashlanishida, oldin silos lyuk toʻsini atrofi tozalanib, keyin esa gorizontal pogʻonalar boʻyicha tepadan pastga qarab tozalash ishlari bajarilishi lozim.
169. Soyabon, oʻsimtalar olinayotganida, lyulka shunday holatda joylashtiriladiki, bunda u materiallar toʻkilishi hududida boʻlmasligi lozim.
170. Quyidagilar taqiqlanadi:
a) silosdagi material, soyabon va osma qavati 0,5 m dan yuqori boʻlsa, pastki va yon lyuk qopqogʻini ochish va sigʻimga kirish;
b) kuzatish va tozalash ishlari paytida lyulkadan material qavati ustiga tushish;
v) materialni pastdan kovlash hisobiga tushirib yuborish.
IV. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qoʻyiladigan talablar
1-§. Umumiy talablar
171. Barcha qoʻzgʻalmas uskunalar, agregat va dastgohlar ishlab chiqargan zavod koʻrsatmasiga binoan mustahkam asoslarga va poydevorlarga oʻrnatilishi lozim.
172. Uskuna va avtomatlashtirilgan liniyalar, ularning ishga tushganligi haqida ogohlantiruvchi yoritish va tovush signallar tizimi bilan taʼminlanadi. Signal elementlari (qoʻngʻiroq, sirena, lampa) mexanik shikastlanishdan himoyalangan boʻlishi va koʻrinadigan qilib joylashtirilishi lozim.
172. Uskuna va avtomatlashtirilgan liniyalar, ularning ishga tushganligi haqida ogohlantiruvchi yoritish va tovush signallar tizimi bilan taʼminlanadi. Signal elementlari (qoʻngʻiroq, sirena, lampa) mexanik shikastlanishdan himoyalangan boʻlishi va koʻrinadigan qilib joylashtirilishi lozim.
173. Barcha aylanuvchi va harakatlanuvchi qismlar (vallarning chiqib turgan uchlari, harakat uzatuvchi tasmalar va boshqalar) toʻsilgan boʻlishi kerak.
174. Yechiladigan himoya va toʻsiq moslamalari faqat konstruksiya yoki texnologik sabablar boʻyicha ularni statsionar oʻrnatish imkoni boʻlmaganidagina qoʻllaniladi.
175. Toʻsiqlar mustahkam, yengil, ishonchli ravishda mahkamlangan boʻlishi va qisib qoluvchi tirqishlari, kesib oluvchi va oʻtkir burchaklari boʻlmasligi kerak.
176. Ogʻirligi 5 kg dan ortiq boʻlgan toʻsiqlar ushlash uchun qulay dastaklarga ega boʻlishi kerak.
177. Elektr tokidan shikastlanishning oldini olish uchun ishlab chiqarish uskunasi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) xavf manbai boʻlgan ishlab chiqarish uskunasi tok uzatuvchi qismi mustahkam, izolyatsiyalangan, toʻsilgan yoki odamlar uchun oʻtib boʻlmas joyda oʻrnatilgan boʻlishi lozim;
b) elektr uskunaning ochiq boʻlgan tok uzatuvchi qismining eshigi yopiluvchi boʻlishi lozim;
v) ishlab chiqarish uskunasining metall qismi yerga sim orqali ulangan boʻlishi lozim;
g) ishlab chiqarish uskunasi elektr zanjiri sxemasida boʻlganda barcha elektr zanjirni taʼminlash tarmogʻidan markaziy oʻchirish moslamasi mavjud boʻlishi nazarda tutilishi lozim.
178. Oʻzidan changli havo chiqaruvchi ishlab chiqarish uskunalari zichlab berkitilishi va chang havoni soʻrish moslamalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
179. Yangi oʻrnatilgan yoki kapital sozlashdan chiqqan uskunalarni xavfsizlik texnikasi muhandisi ishtirokida dalolatnoma tuzilgandan keyin ishlatishga ruxsat berilishi lozim.
180. Mashinani sozlash, tozalash, moylash va kamchiliklarini bartaraf qilish bilan bogʻliq boʻlgan barcha ishlarni bajarish elektr taʼminotidan uzib qoʻyilgan, butunlay harakatdan toʻxtagan va ogohlantiruvchi belgi osib qoʻyilgan holatda bajarilishi lozim. Mashinani yurgizish belgini osib qoʻygan shaxs tomonidan amalga oshirilishi kerak.
181. Toʻsiqlarning va himoyalovchi moslamalarning hamda asboblarning sozligi sex (boʻlinma) rahbariyati tomonidan muntazam tekshirib turilishi kerak.
182. Montaj va demontaj vaqtida qoʻllanadigan tagliklar va koʻtarish mexanizmlari ish boshlashdan avval sinab koʻrilishi kerak.
183. Ishlab chiqarish uskunalaridan foydalanishda:
a) mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va masofadan boshqarishni qoʻllash;
b) ergonomik talablarni qoʻllash;
v) foydalanish, taʼmirlash, yigʻish, transportda tashish va saqlash boʻyicha xavfsizlik talablariga amal qilish lozim.
184. Ishlab chiqarish uskunasini tozalash ishlari maxsus asboblar yordamida (shyotka, qirgʻich, ilmoq va boshqalar) amalga oshirilishi lozim. Ishlab turgan uskunada tozalash va yigʻishtirish ishlarini bajarish taqiqlanadi.
185. Uskuna ishlab turgan vaqtda uning harakatlanuvchi qismlarini qoʻlda moylash taqiqlanadi.
2-§. Ishlab chiqarish asbob-uskunalarini joylashtirishda xavfsizlik talablari
186. Ishlab chiqarish xonalarida va ish joylarida ishlab chiqarish uskunalarini joylashtirilishi xizmat koʻrsatuvchi xodimlar uchun xavf tugʻdirmaydigan boʻlishi lozim.
187. Sexda oʻtish yoʻlaklari kengligi quyidagidan kam boʻlmasligi lozim:
a) magistral oʻtish yoʻlaklari — 1,5 m;
b) uskunalar oraligʻidagi oʻtish yoʻlakchalari — 1,2 m;
v) devorlar va uskunalar oraligʻidagi oʻtish yoʻlaklari — 1,0 m;
g) uskunaga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun moʻljallangan oʻtish yoʻlaklari — 0,7 m.
188. Ishlab chiqarish binolari, galereya, tunnellar va estakadalarda konveyerlar tuzilmasi va joylashtirilishi GOST 12.2.022-80 “Konveyerlar. Xavfsizlik umumiy talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
189. Oʻtish yoʻllarining bir tomonida joylashgan ish joylaridan oʻtish yoʻlakchalarining kengligi 0,75 m dan va oʻtish yoʻlining ikki tomonida joylashgan ish joylaridagi oʻtish yoʻllarining kengligi esa 1,5 m dan kam boʻlmasligi lozim.
190. Konveyerlarga xizmat koʻrsatish uchun oʻtish yoʻlaklari kengligi quyidagilardan kam boʻlmasligi lozim:
a) bir tomondan xizmat koʻrsatiladigan konveyer uchun — 0,7 m;
b) parallel joylashgan konveyerlar oraligʻida — 1,0 m;
v) qattiq yoki toʻrsimon toʻsiqlar bilan butun trassa boʻyicha yopilgan parallel joylashtirilgan konveyerlar oraligʻi — 0,7 m;
g) konveyerlar oraligʻida joylashgan oʻtish yoʻlaklaridagi ustunlar boʻlganda ustun va konveyer oraligʻi — 0,6 m;
d) ikki tomondan xizmat koʻrsatiladigan parallel joylashtirilgan plastinasimon konveyer oraligʻi — 1,2 m;
e) yuk yuklovchi yoki tushiruvchi qurilmalar ustidan oʻtuvchi konveyer trassa uchastkalari ikki tomonida — 1 m.
191. Konveyer boʻylab oʻtish yoʻlagi balandligi quyidagidan kam boʻlmasligi lozim:
a) ishlab chiqarish xonalarida — 2,2 m;
b) galereya, tunnel va estakadalarda — 1,8 m.
192. Ishlaganda chang chiqaruvchi (maydalash, elash, transport va boshqa) uskuna zich yopilgan boʻlishi lozim. Chang chiqaruvchi uskunani zich yopish uchun moʻljallangan qoplamalar aspiratsiya (soʻrma) tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
193. Gaz-chang ushlovchi qurilmalardan foydalanishda normativ hujjatlar talabiga rioya etish lozim.
194. Bosim ostida ishlovchi qurilma, moslama hamda ularni taʼmirlash va foydalanish normativ hujjatlar talabiga muvofiq boʻlishi lozim.
195. Ishchi bosimi 0,07 MRa (0,7 kgs/sm2)dan yuqori boʻlgan bugʻ qozonlari, bugʻ isitgichlari, ekonomayzerlari va suv harorati 1150S dan yuqori boʻlgan suv isitish qozonlarining tuzilishi, joylashtirilishi va ulardan foydalanish, normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
196. Quvvati 14kW va yuqori boʻlgan statsionar va porshenli kompressorlar, shuningdek 0,2 dan 40 MRa gacha bosimli havo va inert gazlarda ishlovchi, havo uzatish va gaz uzatishlarni joylashtirish va foydalanish, normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
3-§. Soʻndiruvchi barabanlar
197. Soʻndiruvchi barabanlar konstruksiyasi, oʻrnatilishi, tuzilishi va ulardan foydalanish normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
198. Soʻndiruvchi barabanlarga bugʻ yetkazib beruvchi quvurlar normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
199. Parallel qoʻyilgan soʻndiruvchi barabanlar oraligʻidagi oʻtish kengligi 1,2 m dan kam boʻlmasligi lozim.
200. Agarda oʻtish yoʻlaklari boʻlmasa, barabanlar chetidan oʻtishni chegaralovchi, sariq rangga boʻyalgan, balandligi 1 m dan kam boʻlmagan koʻchma toʻsiqlar qoʻyilishi lozim.
201. Soʻndiruvchi barabanlar pol sathidan korpusning aylanuvchi qismigacha 1,8 m dan kam boʻlmagan balandlikda oʻrnatilgan boʻlsa, oʻtish yoʻlaklari tomonidan baraban boʻylab toʻsib qoʻyilgan boʻlishi lozim.
202. Soʻndiruvchi baraban lyukining qopqogʻi va bugʻ bilan suv teshigi zichlangan boʻlishi lozim.
203. Soʻndiruvchi barabandan ishchi bosimni 1,5 baravaridan kam boʻlmagan bosimda bugʻ chiqishining oldini oluvchi zichlatgichlar boʻlishi lozim.
204. Lyuk ochilib-yopilishi va odamlarni korpus ichini koʻzdan kechirish, tozalash yoki taʼmirlashi uchun, soʻndiruvchi barabanning lyuki tepaga qaratilgan boʻlishi lozim. Ushbu amallarni bajarish uchun doimiy yoki narvon bilan birga qoʻzgʻaluvchan temir maydoncha boʻlishi lozim.
205. Soʻndiruvchi barabandagi lyuk qopqogʻidagi boltlar yordamida burab ochish yoki yopish texnologik reglament asosida oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
206. Soʻndiruvchi barabanda bugʻ bosimi boʻlganida lyuk qopqogʻini ochish taqiqlanadi.
4-§. Begunlar
207. Begunlarning aylanuvchi qismi va katogi, maydalash hududini toʻsuvchi va begundan materiallar toʻkilib ketishini oldini oluvchi yaxlit temir qoplama bilan yopilgan boʻlishi lozim.
208. Qoplama qoʻyilmagan yoki notoʻgʻri qoʻyilgan boʻlsa, begun yurituvchi uskuna ishlamaydigan qilib, blokirovka oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
209. Changlanuvchi materiallar parchalangan yoki yuklanganda begun qoplamasidan chiqayotgan chang havo ishlab chiqarish xonasiga chiqmasligi uchun aspiratsiya tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
210. Taʼmirlash, tozalash yoki sozlash ishlarini bajarish uchun begun qoplamasiga temir qopqoqli lyuk qilinib, rezina yoki yung zichlagich bilan yopiluvchi bolt bilan mustahkamlanishiga ruxsat etiladi.
211. Lyuk qopqogʻi yurituvchi bilan shunday blokirovka qilingan boʻlishi kerakki, u ochilganida yurituvchi avtomatik tarzda toʻxtashi lozim.
212. Begunlar yurituvchisi tepada joylashgan paytida, uni kuzatish va xizmat koʻrsatish uchun doimiy temir maydonchali narvon boʻlishi lozim.
213. Material namlanib parchalanganida, suvi begundan ishlab chiqarish xonasiga xizmat koʻrsatish maydoniga yoki begunning ostiga oqib tushmasligi lozim.
214. Parchalanayotgan material namunasi begunning yuk tushiruvchi oqimidan olinishi lozim.
215. Begunlarga xizmat koʻrsatish maydonlari va loy ishqalovchilarini begunlardan yuk tushirish maydonlari, ovozli yoki chiroqli signalizatsiya (elektr qoʻngʻiroq, miltillovchi elektr lampa) bilan bogʻlangan boʻlishi kerak.
5-§. Valetslar
216. Valetslar valigi yaxlit temir qoplama bilan yopilgan boʻlishi lozim.
217. Qoplama yurituvchi bilan shunday blokirovka qilingan boʻlishi kerakki, u yoʻqligida yoki notoʻgʻri qoʻyilganida valetslar yurituvchisini yoqish mumkin boʻlmasin.
218. Valetslar blokirovka bilan shunday jihozlangan boʻlishi kerakki, u avtomatik tarzda valiklar toʻxtab qolganida va elektryurgizgich zoʻriqqanda, yurituvchini oʻchirib, toʻxtatish uchun ovoz signali berishi lozim.
219. Toshni ishlovchi valetslar sexini chiqindilardan tozalash uchun moslamalar va qurilmalar (lotoklar, sigʻimlar, lenta konveyerlari va boshqalar) bilan jihozlash lozim.
220. Boʻshatuvchi jihozlar toʻxtaganda avtomatik tizim ish jarayoni toʻxtashini taʼminlashi lozim.
221. Valetslar ishlab turganida valik va tortib turuvchi prujinalar orasidagi oraliqni sozlash, toʻldiruvchi va boʻshatuvchi voronkani tozalash qoplamasidan begona predmetlarni olish taqiqlanadi.
6-§. Loy ishqalovchilar
222. Loy ishqalovchilarga bugʻ yetkazib beruvchi quvurlar normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
223. Loy ishqalovchi korpusidan kelayotgan loyni yigʻuvchi aylanma disk, loyni xizmat koʻrsatayotgan maydonga toʻkilishini oldini oluvchi yaxlit temir qoplama bilan yopilgan boʻlishi lozim.
224. Loy ishqalagʻichning qoplamasi boʻlmaganda yoki notoʻgʻri oʻrnatilganda uning harakatga kelishini oldini olish uchun blokirovka qilinishi lozim.
7-§. Loy kovlovchi
225. Loy kovlovchi ishlaganida xizmat koʻrsatish maydoniga loyning toʻkilishi va otilishini oldini oluvchi qoplama boʻlishi lozim.
226. Loy kovlovchini taʼmirlash ishlari ruxsatnoma boʻyicha amalga oshirilishi lozim.
227. Qoʻzgʻaluvchi loy kovlovchi taʼmirlanganida tormoz boshmaklari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
8-§. Groxotlar
228. Groxotni harakatlanuvchi elak va ramasi changlanuvchi materiallarni (gips, qum) elaganida yaxlit temir qoplama bilan yopilgan, havo tozalash apparatlari esa aspiratsiya tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
229. Tekis groxotlar elagining yon bortlari, xizmat koʻrsatish maydonlariga materiallarni otilib ketmasligini taʼminlashi lozim.
230. Groxotni yurgizuvchi aylanma vallar, biriktiruvchi muftalar, maxoviklar, krivoshiplar, ekssentriklar va kamar klin uzatmalari yaxlit temir toʻsiq bilan toʻsilgan yoki groxot qoplamasi tagida joylashgan boʻlishi lozim.
231. Groxot qoplamasida elakni, oqim va yurituvchini koʻzdan kechirish, tozalash yoki taʼmirlash uchun, ochiladigan lyuklar boʻlishi lozim. Lyuk qopqoqlari groxot yurituvchisi bilan shunday bogʻlangan boʻlishi lozimki, u ochilganida groxot avtomatik tarzda toʻxtashi lozim.
232. Groxotlardan elangan chiqindilarni olish mexanizatsiyalashgan boʻlishi lozim.
233. Baraban va groxot qoplamasining oqimlar bunkerlari bilan bogʻlanish zichligi, ishlab chiqarish xonasiga changning chiqishini bartaraf etadigan darajada boʻlishi lozim.
9-§. Dezintegratorlar
234. Dezintegrator qoplamasi ishlab chiqarish xonasiga chang chiqishini bartaraf etish uchun aspiratsiya tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
235. Lyuk qopqoqlari dezintegrator yurituvchi bilan shunday blokirovka qilingan boʻlishi lozimki, ularni ochganda dezintegrator avtomatik ravishda oʻchishi lozim.
10-§. Maydalagichlar (shekalli, valikli, konusli, bolgʻali)
236. Maydalagich mashinalarini boshqarish kuzatish va masofadan boshqarish kabinalarida joylashgan pultlar orqali amalga oshirilishi lozim.
237. Maydalagich mashinalar qabul qilish va transportyor qurilmalari boshqarish pultlari bilan bogʻlangan ovozli yoki chiroqli signalizatsiya (elektr qoʻngʻiroq, miltillovchi elektr lampa) bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
238. Maydalagichlar qabul qilish teshiklari va toʻldirish mexanizmlariga xizmat koʻrsatish uchun maydonlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
239. Maydalagichlarni toʻldirish va boʻshatish joylari bundan tashqari u bilan bogʻliq taʼminlovchi bunker oqimi havo tozalovchi aspiratsiya tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
240. Maydalagichlarni toʻldirish teshiklari material boʻlaklarini otilib ketishidan saqlash uchun temir toʻsiqlarga ega boʻlishi kerak.
241. Bolgʻali maydalagichlarni boshqarish tizimida maydalagich rotorining ishchi aylanish chastotasi ishchi holatga yetgandagina, toʻldirish qurilmasining yoqilishi nazarda tutilishi lozim, valikli maydalagichlarda valiklari temir qoplama bilan toʻsilgan va koʻrish oynalari zich yopilgan boʻlishi lozim.
242. Valikli maydalagichlarning valigi tiqilib qolganda, yurgizuvchini avtomatik ravishda oʻchirish qurilmasi boʻlishi lozim.
243. Taʼmirlash ishlarini bajarish uchun maydalagich xonasi yuk koʻtarish uskunalari (kran, tal) bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
244. Qoplama korpusining ogʻirligi 50 kg dan ortiq boʻlsa, uning ochilib, yopilishi mexanizatsiyalashgan boʻlishi lozim.
245. Maydalagich mashinasi ishlayotgan paytida quyidagilar taqiqlanadi:
a) xom ashyo boʻlaklarini itarish va olish, taʼminlovchi va oqimlardagi uyumlarni yoʻqotish;
b) maydalagich va oqimlarni yopishgan narsalardan tozalash;
v) ishlayotgan jihozning korpusida boʻlish;
g) sozlash ishlarini bajarish;
d) himoya toʻsigʻi va signalizatsiya tizimi yoʻqligida yoki ishlamayotganida ishlash;
e) valikli maydalagichning kuzatish oynasini ochish.
246. Maydalagichning qabul qilish joyiga oʻtish koʻpriklarini oʻrnatish man etiladi.
11-§. Gips qaynatuvchi qozonlar
247. Gips qaynatuvchi qozonlar, xom ashyo uni va tayyor gips bunkerlari havo tozalovchi apparat orqali aspiratsiya tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
248. Gips qaynatuvchi qozondan havo bugʻ aralashmasini soʻrib oluvchi quvurlar normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
249. Ishlab chiqarish xonasiga gips toʻkilishi va bugʻning chiqishiga yoʻl qoʻymaslik uchun gips qaynatuvchi qozonning qopqogʻi va oqimlar oraligʻi mustahkam boʻlishi kerak.
250. Gips qaynatuvchi qozon aralashtirgichi yurituvchisiga xizmat koʻrsatish uchun doimiy temir maydonchali narvon boʻlishi lozim.
251. Gips qaynatuvchi qozonga xizmat koʻrsatuvchi maydonlari, qizdirishga xizmat koʻrsatuvchi, shaxta tegirmonlari va chang tutish qurilma maydonlari ovozli yoki chiroqli signalizatsiya (elektr qoʻngʻiroq, miltillovchi elektr lampa) bilan bogʻlangan boʻlishi kerak.
252. Gips qaynatuvchi qozonni qizdirish, aspiratsiya tizimi, aralashtirgich, shnekni toʻldirish ketma-ketligida ishga tushirish lozim.
253. Gips qaynatuvchi qozonlar gips sathini bildiruvchi signal beruvchi jihozlar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. Qozondagi gips sathi maksimal yoʻl qoʻyilgan darajaga yetganida toʻldiruvchi shnek avtomatik ravishda oʻchishi lozim.
254. Gips qaynatuvchi qozonni boʻshatish oqimining ochilishi yoki yopilishi mexanizatsiyalashgan boʻlishi lozim.
255. Gips qaynatuvchi qozon oʻtxonasining ishlashi texnologik reglament bilan oʻrnatilgan tartibda ishlashi lozim.
256. Qozon oʻtxonasidagi texnologik reglament buzilganda yonilgʻini berish va puflovchi ventilyator avtomatik tarzda oʻchishi lozim.
257. Gips qaynatuvchi qozon oʻtxonasiga koʻmirni berish hamda koʻl va shlakni oʻtxonadan olish mexanizatsiyalashgan boʻlishi lozim.
258. Gips qaynatuvchi qozon, uning ichidagi gips haroratini oʻlchovchi asbob bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
259. Gips qaynatuvchi qozon va oʻtxonasining ichi koʻzdan kechirilganda, taʼmirlash va tozalash ishlari bajarilganda harorat 40 °C dan va isigan yuzalar harorati esa 45 °C dan oshmasligi lozim.
12-§. Tegirmonlar
260. Xom ashyoni quruq parchalaydigan tegirmonlar havo tozalash apparatlari orqali aspiratsiya tizimi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
261. Tegirmon oqimini taʼminlovchi patrubka yoki boʻshatish qoplamasi biriktirilgan joyi ishlab chiqarish xonasiga chang chiqib ketishining oldini olish maqsadida zichlangan boʻlishi lozim.
262. Tegirmonlar ishlayotganda shovqin darajasini kamaytirish uchun shovqindan himoya qiluvchi effektiv vositalarni qoʻllash lozim.
263. Tegirmon ishga tushayotgani va toʻxtayotgani haqida xizmat koʻrsatayotganlarni ogohlantirish uchun tovush va chiroqli signallar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
264. Tegirmon korpusi — yechiladigan metall seksiyali balandligi 1 m dan kam boʻlmagan toʻsiq tegirmon oʻqidan R+1 m (R — tegirmon radiusi) masofada joylashishi lozim. Toʻsiq rangi normativ hujjatlar talabiga muvofiq boʻlishi lozim.
265. Tegirmon qopqogʻi sapfa podshipnigi tomonidan yaxlit yoki setkali metall toʻsiq bilan toʻsilgan boʻlishi lozim. Toʻsiq radiusi tegirmon radiusidan 1 m dan kam boʻlmasligi lozim.
266. Tegirmonni separatorlarga, siklonlarga, filtrlarga, ventilyatorlarga, taʼminlovchi va sapfa podshipnigiga xizmat koʻrsatish maydonlari normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
267. Tegirmon xonasida lyuklarning qopqogʻini taʼmirlash ishlari olib borilganida ochish uchun yuk koʻtarish qurilmasi oʻrnatilgan boʻlishi lozim (kran, tal).
268. Tegirmon uskunalarini ishlatish quyidagi ketma-ketlikda blokirovka orqali amalga oshirilishi lozim: chang tutuvchi va aspiratsiya tizimi, tegirmon, boʻshatish qurilmasi, toʻldirish qurilmasi.
269. Tegirmon yoki boʻshatish qurilmasi birdaniga toʻxtab qolgan holatida, blokirovka tegirmonni ishlatishdan oldin ishlatiladigan uskunani avtomatik tarzda oʻchirishi lozim.
270. Tegirmonni chang tutish va aspiratsiya tizimi nosoz va oʻchirilganida ishlash taqiqlanadi.
271. Tegirmon ishlayotganida uni taʼmirlash, taʼminlovchidan, oqimlardan oʻlchami toʻgʻri kelmaydigan xom ashyoni va begona predmetlarni olish (metall va boshqalar), tegirmon toʻsiqlari orqasiga oʻtish yoki uni yechish taqiqlanadi.
272. Tegirmonni ishlatish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
a) blokirovka yoki signalizatsiya nosoz boʻlsa;
b) toʻsiqlar yechilgan yoki mustahkamlanmagan boʻlsa;
v) taglik va korpusda yorilgan joy boʻlsa;
g) bron plitani qotiruvchi boltlar boʻshaganida yoki yoʻq boʻlganida;
d) parchalanayotgan material lyuk zichligi orasidan va bolt teshigidan ajralib chiqqanida;
e) aspiratsiya tizimi nosoz boʻlsa yoki samarali ishlamayotganida.
273. Tegirmonni taʼmirlash koʻzdan kechirish yoki maydalanuvchi mahsulot bilan toʻldirilayotganida yurituvchi elektr tarmoqdan ajratilgan boʻlishi lozim.
274. Tegirmon lyuklarida tarmoqdan zichlagichlar va ilib qoʻyish uchun qurilmalar boʻlishi lozim.
275. Shar tegirmonlar qopqogʻi sapfa podshipnigi tomonidan metalli yaxlit yoki setkali toʻsiqlar bilan toʻsilgan boʻlishi lozim.
276. Shar tegirmonlarini maydalovchi jism bilan toʻldirish mexanizatsiyalashgan boʻlishi va ruxsat-naryad bilan amalga oshirilishi lozim.
277. Konteynerlar yopilish qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Yopish qurilmalari konstruksiyasi konteynerning oʻz-oʻzidan ochilib ketmasligini taʼminlash lozim.
278. Shar tegirmoniga maydalanuvchi jism elektromagnit yuklovchi orqali yuklaganida toʻldiruvchi voronkaning diametri elektromagnit yuklagichning diametridan 0,5 m dan kam boʻlmasligi lozim.
279. Aerobil, shaxta, tebranma-rolikli va purkovchi tegirmonlari korpusining qopqogʻi yurituvchi bilan shunday blokirovka qilingan boʻlishi kerakki, qopqoq ochilganida tegirmon yurituvchisi avtomatik tarzda toʻxtasin.
280. Aerobil, shaxta, tebranma-rolikli va purkovchi tegirmonlarining korpusi materialni quritishga ishlaydigan, tegirmonga issiqlik beruvchi havo oʻtkazgichlari issiqdan izolyatsiya qilingan boʻlishi lozim.
281. 450S dan oshmasligi lozim.
282. Maydalovchi jismlarni yuklovchi qurilmalardan (kran, tal) foydalangan holda yuklash kerak.
283. Maydalovchi jismlar tegirmonga yuklanayotganda yuklovchi mashinani harakat qilayotgan hududida, GOST 12.4.059-87 talabi boʻyicha inventar toʻsiqlar bilan toʻsilgan boʻlishi va GOST 12.4.026-76 talabi boʻyicha “Kirish mumkin emas” yozuvli taqiqlovchi xavfsizlik belgisi osib qoʻyilishi lozim.
13-§. Taʼminlovchi
284. Taʼminlovchidan foydalanish GOST 12.2.022-80 talablariga muvofiq va uni ishlab chiqargan zavodning foydalanish yoʻriqnomasi asosida amalga oshirilishi lozim.
285. Talinkasimon taʼminlovchilar havo tozalovchi apparatlari orqali aspiratsiya tizimiga ulangan metall bilan yopilgan boʻlishi lozim
286. Taʼminlovchi ishlayotgan paytida tiqilib qolgan material boʻlaklarini, metall va boshqa predmetlarni turtib chiqarish va olish, dozatorni, taʼminlovchini va ularning bunkerlariga yopishib qolgan materiallardan tozalash taqiqlanadi.
287. Vintli taʼminlovchilarning bunker bilan birikkan joyidan ishlab chiqarish xonasiga materiallarning toʻkilishi va chang chiqib ketishining oldini olish uchun ular zich birikkan boʻlishi lozim.
288. Taʼminlovchi yuklash joyini yopishga imkon beruvchi qurilma (klapan shiber) bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
289. Vintli taʼminlovchining qopqogʻini qoʻl bilan ochish va yopishda sarflanayotgan kuch 60 N (6 kgs) oshmasligi lozim.
290. Qoplama yechilganida yoki notoʻgʻri qoʻyilganida yurituvchi avtomatik tarzda oʻchishini taʼminlovchi blokirovka bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
291. Taʼminlovchining qabul qilish bunkerlari ishini nazorat qilish uchun doimiy temir maydonchali narvon bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Bunker maydoni tomonidan balandligi 1 m dan kam boʻlmagan setka toʻsiq boʻlishi lozim.
14-§. Presslar
292. Lentali pressning qabul qilish kamerasi va haydash valiklari yaxlit metall toʻsiq bilan toʻsilgan boʻlishi lozim.
293. Lentali pressning vakuum kamerasi kamera ichidagi loy sathini tekshirib turish uchun manom va qurilma bilan jihozlanishi lozim. Vakuum kamerasi toʻlib qolganida, yurituvchi avtomatik tarzda oʻchishi lozim.
294. Vakuum kamerani press korpusi va aralashtirgich bilan ulangan joyi, bundan tashqari vakuum kamerani qopqogʻi, loy massasini sathini nazorat qilib turish oynasi, aralashtirgich va press vali oʻtkazilgan joylari zichlangan boʻlishi lozim.
295. Lenta presslarining vakuum jihozlari soʻruvchi liniyalari soʻriluvchi havoni tozalash uchun filtrlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
296. Qabul qiluvchi va vakuum kameralari vintli valli va lenta press uchini tozalash ruxsat-naryad boʻyicha amalga oshirilishi kerak.
297. Lenta pressi mushtugini hoʻllab turish uchun berilayotgan suvni yigʻish va olib tashlash uchun qurilma bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
298. Yarim quruq presslash paytida press-formani toʻldirish darajasi sozlash qurilmasi bilan sozlangan boʻlishi lozim.
299. Yarim quruq presslaganda presslash hududi metall setka toʻsiq bilan toʻsilgan boʻlishi lozim. Press yurituvchisi ishlayotgan paytida toʻsiqlar stol va press-formani himoyalashi lozim. Presslash hududining toʻsigʻi yurituvchi bilan shunday blokirovka qilingan boʻlishi lozimki, toʻsiq yechilgan yoki notoʻgʻri oʻrnatilgan boʻlsa, yurituvchi avtomatik tarzda oʻchishi lozim.
300. Pressning aylanma stollari ishchi joylar tarafidan metall setka toʻsiq bilan toʻsilgan boʻlishi lozim. Press stollari va press-formani mexanik tozalash uchun qurilma boʻlishi lozim.
301. Presslar bunkerdan changlanuvchi aralashmalardan gʻishtni presslaganda havo tozalash apparatlari orqali aspiratsiya tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
302. Press bunkerlari xom ashyo aralashmasining bunkerda osilib qolishini va yopishib qolishining oldini olish maqsadida qurilma (meshalka, qirgʻich, elektr tebratkich) bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
303. Press chuqurlari temir toʻshama bilan yopilgan yoki toʻsilgan boʻlishi lozim. Chuqurlikka kirish press yurituvchisi bilan shunday bogʻlangan boʻlishi lozimki, pressni lyuki yoki yurituvchisining eshigi ochilganida avtomatik tarzda oʻchsin.
15-§. Issiqlik tarqatuvchi uskunalar
304. Hamma issiqlik chiqaruvchi (quritish qurilmalari, aylanuvchi tunnel, shaxta, oʻchoqlar) uskunalar ishchi xonalardagi konveksion va nurlanish issigʻining oldini oluvchi yoki keskin kamaytiruvchi qurilma va moslamalar bilan taʼminlanishi lozim.
305. Kanal toʻsiqlari, havo oʻtkazgichlarining flanets ulanishlarining, quritish qurilmasining kanali va havo oʻtkazgichlari lyuklari zichlangan boʻlishi lozim. Zichlatgichlar ishlab chiqarish xonasiga issiq chiqishini bartaraf qilishi lozim.
306. Quritish qurilmalari siyraklikda ishlashi lozim. Ular gaz-chang tutuvchi qurilmalar va portlashga qarshi klapanlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Quritish qurilmalari kamera va tunnelda siyraklik kattaligini doimo tekshiruvchi asbob bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
307. Ishlovchilarning quritish kamera va tunnellariga kirishi havoning harorati 40 °C dan oshganida ruxsat etilmaydi.
308. Gaz pechlarining avtomatika tizimi gazni yetkazib berilishini quyidagi hollarda toʻxtatish kerak:
a) gaz bosimining oʻrnatilgan bosimdan yoʻl qoʻyilmagan darajaga (0,01 MPa (0,1 kgs/ sm2) yetganida;
b) havo tortishning buzilishi (ventilyator toʻxtashi);
v) gorelkalarga havoni majburiy yetkazish tizimi toʻxtaganida.
309. Gaz yoqilgʻisida ishlayotgan pechlar yondirish uchun zapal qurilmasi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
310. Pechlar suyuq yoqilgʻida ishlaganida quyidagi talablarga rioya qilinishi lozim:
a) mazut saqlovchi omborlar rezervuarlardagi mazutning sathi va haroratini oʻlchab turuvchi asbob yoki moslama bilan taʼminlangan boʻlishi;
b) ishlab chiqarish binolarida oʻrnatilgan sarflash sigʻimlari mazutni avariyaviy toʻkish qurilmasi bilan jihozlangan boʻlishi;
v) mazut xoʻjaligidagi armatura va rezervuarlarni isitish uchun harorati 100 °C dan oshmagan bugʻ yoki issiq suv qoʻllanishi;
g) oʻtxonalarga olib boruvchi mazut quvurlari berkituvchi qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi.
311. Aylanma pechning bosh yurituvchisi yordamchi uskuna va mexanizmlar bilan avtomatik blokirovka qilingan boʻlishi lozim.
312. Aylanma pechlarning markazlashgan boshqarish tizimi boʻlmagan hollarda oʻchoqlar boshi, xom ashyo aralashmasini taʼminlovchi va yoqilgʻi tayyorlash boʻlimlari, elektrofiltr kichik stansiyasi oʻrtasida telefon aloqa oʻrnatilishi lozim.
313. Aylanma pechlar ishga tushishi va yoqilishi haqidagi ogohlantiruvchi ovoz va yorugʻlik signalizatsiyasi bilan taʼminlangan (lampa, sirena) boʻlishi lozim. Signalizatsiya signalini xizmat koʻrsatuvchi xodimlar ish zonasida yaxshi eshitilishi va koʻrinishi taʼminlanishi lozim.
314. Aylanma pechlar chang koʻmirli yoqilgʻida ishlaganida koʻmir taʼminlovchi kichik aylanishda ishga tushirilishi lozim. Aylanishlarni koʻpaytirish yoqilgʻi toʻliq yonishiga qarab asta-sekin amalga oshirilishi lozim.
315. Aylanma pechlar suyuq yoqilgʻida ishlaganda sex mazut xoʻjaligi alohida xonada joylashgan boʻlishi lozim. Mazut sarflash sigʻimlari avariyaviy toʻkish uskunasiga ega boʻlishi lozim.
316. Pech ichiga kirish uchun sovutgichning shaxtasi ustiga kengligi 1 m dan va balandligi 0,5 m dan kam boʻlmagan toʻsiqli qoʻshimcha plankaga ega trap oʻrnatilishi lozim.
317. Pechning qizigan uchida projektorli yoritgich oʻrnatilishi lozim. Pech ichida 12 V dan oshmaydigan kuchlanishdagi koʻchiriladigan elektr yoritgichlar bundan tashqari akkumulyator fonarlar qoʻllanishi lozim.
318. Tunnel pech vagonetkalar sostavini pechlarga kiritish uchun itargich bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Pechning yuklash va yuk boʻshatish tomonlari ikki tomonlama ovoz va yorugʻlik signalizatsiyasi bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Pechning eshiklari faqat vagonetkalarni yuklash va boʻshatish vaqtida ochilishi lozim.
319. Shaxtali pech gaz-chang tutuvchi qurilmalari va portlashga qarshi himoyalovchi klapanlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Yoqilgʻi yetkazib berish quvurlaridagi yopuvchi va sozlash qurilmalarini pechning tavaqasidan tashqarida joylashtirish kerak.
320. Chang oʻtkazish kameralaridan changning olinishi mexanizatsiyalashgan boʻlishi lozim. Chang oʻtkazish kameralarini koʻzdan kechirish va tozalash ishlari, taxlama va qoplamani taʼmirlash ruxsat-naryad asosida amalga oshirilishi lozim.
16-§. Separatorlar
321. Separatorlar, shuningdek ularning yuklash va yuk boʻshatish qurilmalari ishlab chiqarish xonalariga chang kirmasligi uchun zichlangan boʻlishi lozim.
322. Separatorlar vibroizolyatorlarda oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
323. Havoli markazga intiluvchi separatorlar metall maydonchali doimiy narvonlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
324. Havoli markazga intiluvchi separatorlar rotori balansirovka qilingan boʻlishi lozim.
325. Tebranuvchi havo separatorlarining yechiladigan qopqoqlari zichlangan, sinmaydigan oynadan yasalgan boʻlishi lozim.
326. Separator tebratgichlari yaxlit metall toʻsiqlar bilan toʻsilgan boʻlishi lozim.
17-§. Ish joylariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
327. Ish joylari koʻtarish mexanizmlar yordamida tashilayotgan yuklarning koʻchirish hududidan tashqarida boʻlishi, moslama va asboblarni saqlash uchun javon yoki shkaflar bilan jihozlanishi lozim.
328. Bir turdagi mayda buyumlar, yarim tayyor mahsulotlar va ishlab chiqarish chiqindilarini taralarga joylangan holatda ish joyiga taxlash va tashish transportda bajarilishi lozim.
329. Uskuna, dastgoh va mexanizmlarda begona narsalar boʻlmasligi lozim.
330. Buyumlarni tozalash, aspiratsion tizimi bilan jihozlangan maxsus ajratilgan uchastkalarda bajarilishi lozim.
331.Pult yoki boshqaruv shiti oldidagi doimiy ish joyida sozlanuvchi (burilish hisobiga, gorizontal va vertikal boʻyicha sozlanuvchi) oʻrindiq qoʻyilishi va normativ hujjatlar talabiga muvofiq boʻlishi lozim.
332. Kamera yoki quduqdagi ishlar yuqori xavfli ishlarga tenglashtiriladi va ular ruxsat-naryad asosida amalga oshirilishi lozim. Bunda, quyidagi ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish lozim:
a) ishni ikki ishlovchidan kam boʻlmagan holda bajarish, shundan biri tepada turib quduqqa yoki kameraga tushgan xodimning xavfsizligini kuzatib turishi;
b) quduqqa yoki kameraga tushishidan oldin, unda gaz mavjudligi sinchiklab tekshirilishi;
v) quduq yoki kameraga tushish oldidan gazni toʻla chiqqaniga ishonch hosil qilishi;
g) ishchini quduqqa yoki kameraga tushishi faqat himoyalovchi kamar, xavfsizlikni taʼminlovchi uzunligi quduq chuqurligidan 2 m dan uzunroq boʻlgan arqon va quduqdan 2 m dan yoniga chiquvchi shlangli izolyatsiyalangan protivogaz boʻlishi lozim.
18-§. Zararli omillar taʼsir darajasini amaldagi belgilangan meʼyorlar miqdorigacha kamayishini taʼminlovchi uslublar va choralar
333. Ishlayotganlarga shovqin va tebranishning zararli taʼsirini bartaraf etish maqsadida, quyidagi chora-tadbirlarni koʻrish kerak:
a) shovqin va tebranishni hosil qiluvchi uskunani almashtirish imkonini beruvchi texnologik jarayonga oʻzgartirish yoki shovqin va tebranishni yutuvchi tuzilmalarni qoʻllash;
b) statsionar oʻrnatilgan mashinalar va mexanizmlar ostidagi fundamentga, izolyatsiyalovchi prokladkani joylashtirish;
v) agregatlar uchun shovqin tutuvchi yoki uni alohida qismlarini qoʻllash, tebranayotgan sirtni tebranishini tutuvchi, yuqori ichki ishqalanishli materiallar (bitum shimdirilgan ruberoid, maxsus plastmassa va mastikalar) bilan qoplash;
g) temir qismlarni, plastmassa detallarga oʻzgartirish, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar uchun shovqin tutuvchi kabinalarni jihozlash;
d) agregatlarni chiqaruvchi va soʻruvchi teshigiga, shovqin pasaytirgichlarni oʻrnatish, yuk koʻtaruvchi konstruksiyalar (balka, fermalar)ga turli shovqin yutuvchi materiallar bilan ishlov berish;
e) xonalar ichki sirtlarini shovqin yutuvchi materiallar bilan qoplash;
j) qoʻl pnevmatik asbobida ishlashda, oldini olish tadbirlari sifatida, himoya qoʻlqoplarini qoʻllash.
334. Ishlayotganlarga shovqin taʼsirini bartaraf etish maqsadida, shuningdek quyidagilar qoʻllaniladi:
a) mashinalarni shovqin manbaida, uni pasaytiruvchi texnik vositalar;
b) ish joylarida tovush bosimi darajasi meʼyorlardan oshmaydigan texnologik jarayonlar;
v) shovqin mashinalarni masofadan boshqarish;
g) shaxsiy himoya vositalari;
d) tashkiliy tadbirlar (ish va dam olish ratsional rejimini tanlash, shovqin sharoitida taʼsir vaqtini qisqartirish, davolab — oldini olish va boshqa tadbirlar).
335. Ishlovchi organizmiga taʼsir qiladigan tebranish hosil qiluvchi asbob, mexanizm va uskunalar bilan ishlashda, tebranishni hosil qiluvchi ishlab chiqarish uskunasi normativ hujjatlar talabiga muvofiq boʻlishi lozim.
19-§. Elektr uskunalarni ishlatish vaqtida elektr xavfsizligi talablari
Oldingi tahrirga qarang.
336. Elektr qurilmalarini va tarmoqlarini montaj qilish va ishlatish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilish kerak.
(336-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 29-iyuldagi 13-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3667, 13.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/3667/0734-son)
337. Har bir tashkilotda maʼmuriyat buyrugʻi bilan tegishli muhandis-texnik xodimlardan tashkilot elektr xoʻjaligining umumiy holati uchun javobgar shaxs tayinlanishi va undan mazkur Qoidalarni bajarilishini taʼminlash talab etilishi lozim.
338. Shaxsning bilimi tekshirilib, elektr xavfsizligi boʻyicha kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uskunalarga IV guruh, elektr xavfsizligi boʻyicha kuchlanishi 1000 V va undan yuqori boʻlgan uskunalar boʻyicha V guruh berilgandan keyin javobgar shaxsni tayinlash haqidagi buyruq chiqariladi. Tashkilotda bosh energetik lavozimi boʻlsa, elektr xoʻjaligi boʻyicha javobgarlik unga yuklanadi.
V. Taʼmirlash ishlarini bajarishda mehnat xavfsizligi talablari
1-§. Taʼmirlash ishlarini oʻtkazish tartibi va sharoiti
339. Tashkilot hududida ishlab chiqarishni (sex) yoki sexda qurilma, agregat, ayrim asbob-uskunalarni taʼmirlashga toʻxtatish uchun tashkilot (sex) boʻyicha buyruq (farmoyish) chiqarilishi lozim. Buyruqda pudratchilardan bevosita ish rahbari, shuningdek koʻrsatilgan ishlarga uskunalar va obyektni toʻliq tayyorlash, ishlarni xavfsiz amalga oshirish va pudratchilar yoki buyurtmachining taʼmirlash xizmati bilan tezkor aloqalar uchun javobgar shaxslar hamda tegishli chora-tadbirlar belgilanadi.
340. Barcha uskunalarda tashkilot bosh muhandisi tasdiqlagan jadval boʻyicha belgilangan muddatlarda rejali taʼmirlash ishlari oʻtkaziladi.
341. Taʼmirlash ishlarida band boʻlgan pudratchining barcha xodimlari taʼmirlash ishlari boshlanishidan oldin, ushbu sexda ishlarni xavfsiz olib borish uchun xodimlar xavfsizlik texnikasi boʻyicha kirish yoʻriqnomasidan oʻtkazilishi lozim. Yoʻriqnomadan oʻtkazish ishlari buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
342. Rejalashtirilgan ishlarni bajarishdan oldin mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomadan oʻtkazish ishlari pudratchi tashkilot tomonidan oʻtkazilishi lozim.
343. Pudratchi ishlayotgan hududda buyurtmachi tomonidan zararli va yonish xavfi boʻlgan moddalarni paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaydigan normativ sanitariya-gigiyenik sharoitlar yaratilishi kerak.
344. Asbob-uskuna va kommunikatsiyalarda taʼmirlash ishlarini amalga oshirishdan oldin, quyidagilar bajarilishi lozim:
a) elektr energiya taʼminotidan oʻchirish;
b) asbob-uskuna va kommunikatsiyalarni texnologik muhit qoldiqlaridan, asbob-uskunani zararli, zaharli va yonuvchi gaz va mahsulotlardan boʻshatish;
v) taʼmirlanadigan asbob-uskuna, kommunikatsiya, quduq va oʻralardagi inert, yonuvchi, zaharli gazlar va kislorod miqdorini tegishli tahlillarini oʻtkazish yoʻli bilan tekshirish.
345. Balandlikdagi ishlarda faqat tayanch yoki rezinali qoplamalar bilan taʼminlangan soz narvonlardan foydalanish lozim.
346. Tashkilot hududida qazish ishlarini bajarishda buyurtmachi pudratchiga naryad-ruxsatnoma bilan birga tegishli sex va xizmatlar bilan kelishilgan ruxsatnomani yozma tarzda topshirishi kerak.
347. Pudratchining ehtiyojlari uchun elektr energiyani ulash, shuningdek, ish tugaganidan keyin uzish, sex boshligʻining ruxsati boʻyicha buyurtmachining bosh energetik xizmati tomonidan bajariladi.
348. Taʼmirlash ishlari tugallanganidan soʻng asbob-uskuna va kommunikatsiyalarni qabul qilish dalolatnomasi ikki tomonlama imzolanib, ushbu asbob-uskuna va kommunikatsiyalarni ishga tushirish haqida farmoyish chiqqandan soʻng, foydalanishga qabul qilinishi lozim.
2-§. Uskuna va moslamani taʼmirlashga topshirish va uni foydalanishga qabul qilish tartibi
349. Ishchilar bajariladigan ish xususiyatiga muvofiq soz asbob va moslamalar jamlamasi bilan taʼminlanishi lozim.
350. Asbob va moslamalar holati oyiga kamida bir marta tekshirilishi lozim.
351. Texnik xizmat koʻrsatish, davriy va kapital taʼmirlash boʻyicha ishlarni bajarish tartibida, ishlab chiqaruvchi zavod tasdiqlagan taʼmirlash va foydalanish hujjatida belgilangan zarur ish hajmini koʻrsatish lozim.
352. Texnologik uskuna taʼmirlanganidan soʻng sinash va ishlatib koʻrish zarur. Qism va agregatlarni ishlatib koʻrish avvalo 2 soat davomida “salt” harakatda, soʻng 10 soat davomida ish yuklovi ostida bajariladi.
353. Ishlatib koʻrish uchun mexanizmlarni yoqishdan oldin, tarmoqlar toʻgʻri yigʻilgani, begona jismlar yoʻqligini koʻrishi va ishonch hosil qilishi, havo uzatish pnevmatik tizimning toʻgʻri ulanganligi, qotirish mustahkam va toʻgʻri qilinganligiga ishonch hosil qilish lozim.
354. Agregatning yurituvchi elektr yurgizgichlarini yoqishdan oldin, aylanma arralash va fugoval dastgoh ventilyatorlar patrubkalarini koʻzdan kechirish lozim.
355. Sinov va ishlatib koʻrish davrida taʼmirlangan tarmoq va agregatlarni barcha yigʻish defekti, elektrodvigatel va tarmoq podshipniklarining qizishi darajasi, moy oqishi bartaraf qilinishi lozim.
356. Uskuna yigʻilganidan yoki taʼmirlanganidan soʻng undan foydalanishdan oldin quyidagilarni bajarish zarur:
a) ishchilarni xavfsiz joyga oʻtkazish;
b) mashina tashqarisi va ichidan begona buyumlarni olib tashlash;
v) himoya toʻsiqlari mavjudligi va mustahkamligini tekshirish;
g) harakatlanuvchi qismlarni moylash va sozlash;
d) himoyalovchi va nazorat oʻlchov asboblarining sozligini tekshirish;
e) uskuna yigʻilishining toʻgʻriligini tekshirishda, oʻzaro bogʻliq harakatlanuvchi mexanizmlarning toʻliq siklida uni harakatlanuvchi qismini aylantirish;
j) uskunani salt harakatda va ish yuklovi ostida sinash.
357. Uskunani taʼmirlangandan soʻng foydalanishga yaroqliligi qabul qiluvchi komissiyaning dalolatnomasida qayd qilinadi.
VI. Mehnat muhofazasi qoidalarini buzganligi uchun javobgarlik
358. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
359. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(359-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 47-son, 510-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 14.08.2025-y., 10/25/3667/0734-son)