Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.06.2018 16.11.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2040
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining qarori, 16.11.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2040
Кучга кириш санаси
26.11.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.06.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FUQAROLARNI GIYOHVANDLIK VOSITALARI, PSIXOTROP MODDALAR VA PREKURSORLAR BILAN BOGʻLIQ BOʻLGAN IShLARGA JALB ETISh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 16-noyabrda 2040-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018-yil 30-maydagi 36, 30, 16-q/q-sonli “Fuqarolarni giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan bogʻliq boʻlgan ishlarga jalb etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2040-1, 13.06.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 315-sonli “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2003-y., 7-son, 63-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Narkotik moddalarni nazorat qilish Davlat komissiyasining 2007-yil 2-maydagi 8-07-sonli “Narkotik moddalarning suiisteʼmoli va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash boʻyicha 2007 — 2010-yillarga moʻljallangan kompleks choralar Dasturi toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fuqarolarni giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan bogʻliq boʻlgan ishlarga jalb etish toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 4-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 4-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 4-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 4-oktabrdagi 7, 10, 32-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarni giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan bogʻliq boʻlgan ishlarga jalb etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 210-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 315-sonli “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2003-y., 7-son, 63-modda) qaroriga muvofiq fuqarolarni giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq ishlarga jalb etish asoslari va tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar hamda Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalari xodimlariga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom qoidalari giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi sohasidagi quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga tatbiq etiladi (bundan keyingi oʻrinlarda yuridik shaxslar deb yuritiladi):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash, sotish (berish), tashish, ishlab chiqarish, yoʻq qilish, tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalardan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, tibbiyot va veterinariyada, ilmiy va oʻquv maqsadlarida foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prekursorlarni saqlash, sotish va tashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fuqarolar mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq ishlarga faqatgina yakka hamda umumiy tartibdagi ruxsatnomalar (bundan keyingi oʻrinlarda ruxsatnomalar deb yuritiladi) asosida qoʻyiladi, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, sotish va tashish masʼuliyati yuklatilishi koʻzda tutilayotgan fuqarolarga ichki ishlar idoralari tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq yakka tartibdagi ruxsatnomalar beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish, tayyorlash, ishlab chiqish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq ishlarni bajarish majburiyatlari umumiy tartibdagi ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi. Prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq ishlarga umumiy tartibdagi ruxsatnomalarning rasmiylashtirilishi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ruxsatnomalar fuqarolarni giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi bilan bogʻliq ishlarga jalb etish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ruxsatnomalarning amal qilish muddati yuridik shaxsning arizasiga binoan belgilanadi, lekin bu muddat uch yildan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ruxsatnomaning yoʻqotilishi bunday ruxsatnomani bergan ichki ishlar idorasi tomonidan uni qaytadan tiklashiga (kelishishiga) qadar xodimlarni giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi bilan bogʻliq ishlardan vaqtincha chetlashtirishga sabab boʻladi. Ruxsatnomalarni begona shaxslarga berish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi bilan bogʻliq ishlarga jalb etilayotgan fuqarolarning soni imkon qadar cheklanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yuridik shaxslarning rahbariyati ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish hamda toʻxtatish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni oʻz vaqtida ichki ishlar idoralariga taqdim etish uchun shaxsiy javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ruxsatnomalarni rasmiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ruxsatnomalar giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi bilan bogʻliq faoliyat amalga oshiriladigan joy boʻyicha ichki ishlar idoralari tomonidan mazkur Nizomda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yakka tartibdagi ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun yuridik shaxs tomonidan hududiy ichki ishlar idorasining nazorat-litsenziyalash boʻlinmasiga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq ariza beriladi va unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 3 x 4 sm hajmdagi 2 fotosurat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) pasport nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) doimiy yashash joyidan maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) yashash joyidagi narkologik va ruhiy kasalliklar dispansyerlarining maʼlumotnomalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ichki ishlar idorasining nazorat-litsenziyalash boʻlinmasi mazkur Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni olganidan keyin uch ish kuni mobaynida quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar idorasining hududiy axborot markaziga — fuqaroning qasddan sodir etilgan jinoyati uchun sud hukmini oʻtamaganligi yoki sudlanganligi olib tashlanmaganligi yuzasidan (fuqaro respublikaning boshqa viloyatidan kelgan taqdirda soʻrovnoma oʻsha viloyatning axborot markaziga ham yuboriladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnoma rasmiylashtirilayotgan fuqaroning doimiy yashash joyi boʻyicha ichki ishlar idorasining jinoyat-qidiruv va terrorizmga qarshi kurash boʻlinmasiga — qoralovchi (salbiy) materiallarning mavjudligi yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnoma rasmiylashtirilayotgan fuqaroning doimiy yashash joyi boʻyicha ichki ishlar idorasining huquqbuzarliklarning oldini olish boʻlinmasiga — ichki ishlar idorasining profilaktik hisoblari boʻyicha tekshirish va qoralovchi (salbiy) materiallarning mavjudligi yuzasidan soʻrovnomalar yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan ichki ishlar idoralarining boʻlinmalari oʻn besh kundan koʻp boʻlmagan muddat ichida ichki ishlar idorasining nazorat-litsenziyalash boʻlinmasiga tegishli maʼlumotlarni yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Soʻrovnomalarga oid maʼlumotlar olingandan keyin ichki ishlar idorasining nazorat-litsenziyalash boʻlinmasi besh kundan koʻp boʻlmagan muddatda ariza bergan yuridik shaxsga rasmiylashtirilgan ruxsatnomani beradi yoki ruxsatnoma berish rad etilganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Fuqaroning nomiga rasmiylashtirilgan yakka tartibdagi ruxsatnoma olinganidan keyingina uni giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, sotish va tashish bilan bogʻliq boʻlgan ishga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq chiqarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar olingan kundan boshlab oʻttiz kundan oshmagan muddatda yakka tartibdagi ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish haqidagi qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Umumiy tartibdagi ruxsatnomalar xodimlarga yuridik shaxsning buyrugʻi asosida beriladi. Bunda, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq ishlarga umumiy tartibdagi ruxsatnomalar berilgan fuqarolarning roʻyxati dastlab mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq ichki ishlar idorasi boshligʻi hamda narkologik va ruhiy kasalliklar dispansyerlarining bosh shifokorlari bilan kelishilgan boʻlishi lozim. Kelishish yoki kelishishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishning muddati roʻyxat olingan kundan boshlab uch ish kunidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ruxsatnomalar giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi bilan bogʻliq faoliyat amalga oshirilayotgan joyda saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berilgan (kelishilgan) ruxsatnomalarning nusxalari ichki ishlar idorasining nazorat-litsenziyalash boʻlinmasida nazorat uchun saqlanadi hamda tegishli yuridik shaxs boʻyicha yuritiladigan yigʻma jildiga tikib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xodim giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi bilan bogʻliq boʻlgan ishdan boʻshatilgan taqdirda, yuridik shaxs tomonidan mazkur xodimni ishdan boʻshatish haqida chiqarilgan buyruq nusxasi uch kunlik muddat ichida ruxsatnomani bergan (kelishgan) ichki ishlar idorasining nazorat-litsenziyalash boʻlinmasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ruxsatnomalar berishni (kelishishni) rad etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ichki ishlar idoralari tomonidan ruxsatnomalar quyidagi shaxslarga berilmaydi (kelishilmaydi):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega boʻlmagan shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizmga duchor boʻlgan hamda dispanser hisobida turuvchi shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) qasddan sodir etilgan jinoyati uchun sud hukmi boʻyicha jazoni oʻtamagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ichki ishlar idoralarida unga nisbatan qoralovchi (salbiy) materiallar mavjud boʻlgan shaxslarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomda koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etmagan yoki taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlgan hollarda ham ruxsatnoma berilmaydi (kelishilmaydi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ruxsatnomalarning amal qilish muddatini uzaytirish va tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yakka tartibdagi ruxsatnomalarning amal qilish muddati tugashiga kamida bir oy qolganda yuridik shaxslar ruxsatnomalarni bergan ichki ishlar idorasiga ruxsatnomalarning amal qilish muddatini uzaytirish yuzasidan mazkur Nizomning 9-bandida keltirilgan hujjatlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amal qilish muddati tugagan umumiy tartibdagi ruxsatnomalar mazkur Nizomning 14-bandida belgilangan tartibda rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ichki ishlar idoralari tomonidan ruxsatnomalarning amal qilinishi quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) xodim tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi bilan bogʻliq ishlarni davom ettirish rad qilinsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) yuridik shaxs tugatilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ruxsatnomaning amal qilish vaqtida uning berilishi (kelishilishi)ni rad qilishga sabab boʻladigan holatlar aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ruxsatnomaning amal qilishini tugatish haqidagi qaror qabul qilingan kunidan boshlab keyingi bir ish kunidan kechiktirmay yuridik shaxsga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnomaning amal qilishini tugatish haqidagi qarorda mazkur Nizomning 20-bandida koʻzda tutilgan asoslar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ruxsatnomaga ega boʻlgan xodimlarga nisbatan ularning keyinchalik giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq boʻlgan ishlarda xizmat qilishiga toʻsqinlik qiluvchi maʼlumotlar yuridik shaxslarda mavjud boʻlgan taqdirda, bunday shaxslarni xizmat vazifalaridan ozod etish choralari koʻriladi hamda bu haqida ruxsatnomani bergan (kelishgan) ichki ishlar idorasiga xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yuridik shaxslarning xodimlari ruxsatnoma talab etiladigan ishlarni bajarish uchun xizmat safarlariga chiqqan taqdirda, ularning xizmat safari guvohnomalarida ruxsatnoma mavjudligi haqida tegishli belgi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish holatlarida yakka tartibdagi ruxsatnoma ularni tashish uchun masʼul boʻlgan shaxsda boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Yuridik shaxslar tomonidan mazkur Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazorat belgilangan tartibda ichki ishlar va sogʻliqni saqlash idoralari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarni giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan bogʻliq boʻlgan ishlarga jalb etish toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Ruxsatnomaning 1-beti)‎ ‎
(Rasm uchun joy)

‎‎_______-sonli yakka tartibdagi ruxsatnoma

‎‎____________________________________________

‎‎(ichki ishlar idorasining nomi)

‎‎fuqaro: ___________________________________ ga

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

yashash manzili: _______________________________
____________________________________________
ish joyi: ___________________________________

‎‎(yuridik shaxsning nomi)

‎‎____________________________________________
‎‎20___ yil “___” _____________ da berildi ‎
‎‎__________________________________________________________________
(ruxsatnomaning 2-beti)‎‎ ‎
‎__________________________________________________________________

‎(giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni

‎‎__________________________________________________________________

saqlash, sotish va tashish bilan bogʻliq aniq ish turi (turlari) koʻrsatiladi)

‎___________________ bilan bogʻliq ishlarga jalb etilishi ruxsat beriladi.
‎‎Lavozim (ish, mutaxassislik) boʻyicha: __________________________________
‎__________________________________________________________________
‎‎Ruxsatnoma 20__ yil “___” _____________ gacha haqiqiydir.‎

‎Boshliq‎

‎‎‎____________________________________________
‎

‎‎(unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎

‎‎_______________________

M.Oʻ.‎

‎‎(imzo)

‎‎__________________________________________________________________
(ruxsatnomaning 3-beti)‎ ‎
‎‎___-sonli ruxsatnomaning amal qilish muddati ‎
‎‎20___ yil “___” ___________ gacha uzaytirildi. ‎

‎Boshliq‎
‎‎
‎____________________________________________
‎

‎‎(unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎

‎‎______________________

M.Oʻ.‎

‎‎(imzo)


‎‎‎___-sonli ruxsatnomaning amal qilish muddati
‎
‎‎20___ yil “___” ___________ gacha uzaytirildi. ‎

‎Boshliq‎

‎‎‎____________________________________________
‎

‎‎(unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎

‎‎_______________________

M.Oʻ.‎

‎‎(imzo)

‎‎__________________________________________________________________
(ruxsatnomaning 4-beti)‎‎ ‎
___-sonli ruxsatnomaning amal qilish muddati ‎
‎‎20___yil “___” ___________ gacha uzaytirildi. ‎

‎Boshliq‎

‎‎‎____________________________________________
‎

‎‎(unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎

‎‎______________________

M.Oʻ.‎

‎‎(imzo)


‎‎‎___-sonli ruxsatnomaning amal qilish muddati
‎
‎‎20___ yil “___” ___________ gacha uzaytirildi. ‎
Boshliq‎ ‎‎____________________________________________
‎

‎‎(unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎

‎‎____________________

M.Oʻ.‎

‎‎(imzo)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarni giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan bogʻliq boʻlgan ishlarga jalb etish toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎ ________________________________‎
‎

(ichki ishlar idorasining nomi)‎

‎ _______________________ boshligʻiga‎


‎Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq ishlarga yakka tartibdagi ruxsatnoma berish haqida

‎‎ARIZA
‎

‎‎Sizdan fuqaro: _____________________________________________________

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

_________________________________________________________________ga‎‎

‎‎‎Tugʻilgan joyi va sanasi, fuqaroligi __________________________________
‎__________________________________________________________________
‎‎
‎Yashash manzili, telefoni ____________________________________________
‎__________________________________________________________________

‎‎‎Pasport seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilgan ______________
‎__________________________________________________________________
‎‎
‎Ayni paytda egallab turgan lavozimi _________________________________
‎__________________________________________________________________
‎‎
‎Quyidagi lavozim (ish, mutaxassislik) boʻyicha: __________________________
‎__________________________________________________________________
‎‎giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq quyidagi ishlarga jalb etilishiga yakka tartibdagi ruxsatnoma berishingizni soʻrayman:
‎‎__________________________________________________________________

‎‎(giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning

‎‎__________________________________________________________________

‎‎saqlash, sotish va tashish bilan bogʻliq aniq ish turi (turlari) koʻrsatiladi)

‎__________________________________________________________________

‎Ilova: ________ varaqda.‎
‎
Rahbar:‎ ________________________________‎
‎

(yuridik shaxsning nomi)‎

‎ ________________________________‎
‎

(familiyasi, ismi, otasining ismi)‎

‎

_______________‎

M.Oʻ.‎

(imzo)‎

20___ y. “___” _______________ ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarni giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan bogʻliq boʻlgan ishlarga jalb etish toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Kelishilgan”‎

“Kelishilgan”‎

“Kelishilgan”‎

Ichki ishlar idorasining boshligʻi

Narkologik dispanserining bosh shifokori

Ruhiy kasalliklar dispanserining bosh shifokori‎

_____________________‎

_____________________‎ _____________________‎

(ichki ishlar organining nomi)‎

(dispanserning nomi)‎

(dispanserning nomi)‎

_____________________‎

_____________________‎ _____________________‎

(rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi)‎

(rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi)‎

(r�hbarning familiyasi, ismi, otasining ismi)‎

_____________________‎

_____________________‎ _____________________‎

(imzo)‎

(imzo)‎

(imzo)‎

20___ yil “___” _______ 20___ yil “___” _______‎ 20___ yil “___” _______‎
M.Oʻ.‎ M.Oʻ.‎ M.Oʻ.‎
‎‎
‎Ruxsatnomaning amal qilish muddati 20___ yil “____” ____ gacha haqiqiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎_____________________________ da giyohvandlik vositalari va psixotrop

‎‎(yuridik shaxsning nomi)

‎ ‎ ‎

‎‎moddalarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq ishlarga jalb etilishi ruxsat etilgan fuqarolarning

‎‎ROʻYXATI

T/r‎

Familiyasi, ismi, otasining ismi‎

Tugʻilgan sanasi va joyi

Yashash manzili‎

Egallab turgan lavozimi‎

Ruxsatnoma berilgan ish turi (turlari)*

I‎

II‎

III‎

IV

V‎

V‎I

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

‎Rahbar:
‎ ‎ ‎‎
‎________________________________
‎ ‎ ‎

‎‎(yuridik shaxsning nomi)

‎ ‎ ‎ ‎‎________________________________
‎ ‎ ‎

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎ ‎ ‎

‎‎___________________

m.oʻ. ‎ ‎

‎‎(imzo)

‎20__ yil “___” _______________ ‎ ‎ ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Fuqarolarni giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan bogʻliq boʻlgan ishlarga jalb etish toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandida koʻrsatilgan aniq ish turi (turlari) koʻrsatiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 47-son, 507-modda)