Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkiNI BOSHQARISH DAVLAT qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamentining
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamentining
Qarori
BIRJA AʼZOLARI UCHUN JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA VA TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH BOʻYICHA ICHKI NAZORAT QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 171-modda), “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 451-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-son “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 18-son, 147-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 18-martdagi 01/27-26/11, 9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-2, 18.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 187-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
1. Birja aʼzolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining raisi D. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 13-oktabr,
01/19-18/24-son
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi Z. DOʻSANOV
Toshkent sh.,
2009-yil 13-oktabr,
43-son
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 01/19-18/24-sonli va 43-sonli qaroriga ILOVA
Birja aʼzolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat
QOIDALARI
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 171-modda), “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 451-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-son “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 18-son, 147-modda) muvofiq birja aʼzolari (fond birjalarining birja aʼzolari va boshqa birjalarning fond boʻlimlari bundan mustasno) tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilandi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllangan:
benefitsiar mulkdor — pirovard natijada mulk huquqiga ega boʻladigan yoki mijozni aniq nazorat qiladigan jismoniy shaxs, shu jumladan, uning manfaatlari yoʻlida pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyani amalga oshirayotgan yuridik shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
birja — oldindan tayinlangan joy va muayyan vaqtda, belgilangan qoidalar asosida ommaviy va oshkora birja savdolarini tashkil etish va oʻtkazish orqali birja tovarlari savdosi uchun shart-sharoit yaratadigan, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (bundan buyon matnda Davlat raqobat qoʻmitasi deb yuritiladi) tomonidan berilgan birja faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan, yuridik shaxslarga birja bitimlarida ishtirok etish huquqini taqdim etadigan va birja aʼzoligiga qabul qilish, aʼzolikni toʻxtatish, tugatish, birja aʼzolarining majburiyatlari va mulkiy javobgarligini belgilaydigan yuridik shaxs;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/27, 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-3, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2038-3/1510-son — 2018-yil 17-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
ichki nazorat — maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni aniqlash boʻyicha birja aʼzolarining faoliyati;
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining (FATF) rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tugʻdiruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 18-martdagi 01/27-26/11, 9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2038-2, 18.04.2014-y.) asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 187-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
identifikatsiyalash — mijozni lozim darajada tekshirish maqsadida, u topshirgan hujjatlar asosida birja aʼzolari tomonidan mijozlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlash;
mijoz — birja bozorida birja aʼzosi xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs;
nazoratchi — mazkur Qoidalar va qonun hujjatlariga muvofiq ichki nazoratni amalga oshirishga masʼul boʻlgan birja aʼzosining mansabdor shaxsi;
Keyingi tahrirga qarang.
mijozni lozim darajada tekshirish — mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish, taʼsis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilishini oʻrganish orqali benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash, shuningdek, mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganish;
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar — ichki nazoratni oʻtkazish davomida birja aʼzolari tomonidan shubhali deb topilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq sodir etilayotgan va tayyorlanayotgan operatsiyalar;
shubhali operatsiya — pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq, tayyorlash, sodir etish jarayonida boʻlgan yoki sodir etib boʻlingan, ichki nazorat qoidalarini amalga oshirishda birja aʼzosida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi toʻgʻrisida shubha paydo boʻlgan operatsiya;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
tavakkalchilik — mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 18-martdagi 01/27-26/11, 9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2038-2, 18.04.2014-y.) asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 187-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
(1-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/27, 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-3, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2038-3/1510-son — 2018-yil 17-oktabrdan kuchga kiradi)
birja aʼzosi — birja tomonidan belgilangan tartibda ushbu birjadan brokerlik joyini xarid qilgan yoki olgan yuridik shaxs.
Oldingi tahrirga qarang.
yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy yoki sud organida yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv funksiyalarni bajaradigan va yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni amalga oshirishga vakolat berilgan shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
operatsiyalarni toʻxtatib turish — mijozning topshiriqnomalari ijrosini toʻxtatib turish;
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoxud uni nazorat qilayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs;
ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishini oldini olishga qaratilgan BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalari hamda boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Roʻyxat — terrorizmga, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan maʼlumotlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan maʼlumotlar asosida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxati;
(1-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/27, 21-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2038-3, 14.07.2018-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2038-3/1510-son — 2018-yil 17-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilarda ichki nazorat amalga oshiriladi:
ushbu Qoidalarning 32-bandida sanab oʻtilgan shaxslar taraflardan biri boʻlgan birja operatsiyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
birja tovarlarini oldi-sotdisi boʻyicha va muddatli birja instrumentlari bilan bogʻliq birja operatsiyalari (“fyuchers”, “opsion” va boshqa derivativlar).
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 18-martdagi 01/27-26/11, 9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-2, 18.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 187-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 18-martdagi 01/27-26/11, 9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2038-2, 18.04.2014-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 187-modda)
3. Ichki nazoratning maqsadlari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/27, 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-3, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2038-3/1510-son — 2018-yil 17-oktabrdan kuchga kiradi)
birja aʼzolarining qasddan yoki qasddan boʻlmagan jinoiy faoliyatga jalb qilinishiga yoʻl qoʻymaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga oid tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, hujjatlashtirish va ularni kamaytirish;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/27, 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-3, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2038-3/1510-son — 2018-yil 17-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
birja aʼzolari tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga, shuningdek, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni tayyorlash va amalga oshirishda birjaning ichki hujjatlarga ogʻishmay rioya qilinishini taʼminlash.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Ichki nazoratning vazifalari quyidagilardan iborat:
qonun hujjatlari, mazkur Qoidalar va birjaning ichki hujjatlarga muvofiq mijozlarni lozim darajada tekshirish choralarini amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash, ularning shaxsini tekshirish va koʻchmas mulk oldi-sotdisi faoliyatini amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkning kelib chiqishini aniqlash boʻyicha mumkin boʻlgan chora-tadbirlar qoʻllash;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/27, 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-3, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2038-3/1510-son — 2018-yil 17-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur Qoidalarning 30-bandida va birjaning ichki hujjatlarida belgilangan mezonlar asosida shubhali operatsiyalarni aniqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotlarni (hujjatlarni) maxsus vakolatli davlat organiga oʻz vaqtida taqdim etish;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/27, 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-3, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2038-3/1510-son — 2018-yil 17-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Roʻyxatga kiritilgan shaxslar ishtirokidagi operatsiyalarni toʻxtatib turish va toʻxtatib turilgan kunning oʻzida bunday operatsiyalar haqida maxsus vakolatli davlat organini xabardor qilish;
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/27, 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-3, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2038-3/1510-son — 2018-yil 17-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek, identifikatsiyalash maʼlumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida saqlanishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
birja aʼzolari rahbariyatini tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan ishonchli axborot va materiallar bilan tezkor va muntazam ravishda taʼminlab borish;
shubhali operatsiyalarning amalga oshirilishi yoki amalga oshirishga urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar bilan bogʻliq shaxslar (rahbarlar, taʼsischilar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq bunday axborotni davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro ayirboshlash;
Keyingi tahrirga qarang.
soʻrovnomalar boʻyicha mijozlar bazasidan terrorchilik faoliyatini moliyalashtirish bilan bogʻliq boʻlgan shaxslarni aniqlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
birja aʼzolarining faoliyati doirasida tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, hujjatlashtirish va kamaytirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni koʻrish;
(4-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/27, 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-3, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2038-3/1510-son — 2018-yil 17-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
yuqori mansabdor shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari amalga oshirayotgan operatsiyalarini chuqur monitoring qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Roʻyxat bilan solishtirish orqali operatsiya ishtirokchilari orasida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/27, 21-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2038-3, 14.07.2018-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2038-3/1510-son — 2018-yil 17-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Ichki nazorat tizimini tashkil etish
5. Ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish qonun hujjatlari, mazkur Qoidalar va tegishli birjalar tomonidan belgilanadigan birja savdosi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish maqsadida birjalar tomonidan tasdiqlanadigan birja qoidalari quyidagilarni nazarda tutishi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
birja aʼzolari tomonidan ichki nazorat tizimining joriy etilishi va amalga oshirilishini;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlari va mazkur Qoidalar talablarini bajarishni;
Keyingi tahrirga qarang.
mijozlar va operatsiyaning boshqa ishtirokchilarini tekshirish va identifikatsiyalash boʻyicha choralarni;
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan shubhali operatsiyalar mezonlari va alomatlarini;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/27, 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-3, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2038-3/1510-son — 2018-yil 17-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
birja aʼzolarining faoliyati doirasida tavakkalchiliklarni, shuningdek ularni kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash va baholashni;
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 18-martdagi 01/27-26/11, 9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-2, 18.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 187-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
birja savdo qoidalarining, shuningdek ichki nazorat tizimini tashkil etish, mijozlarni identifikatsiyalash va mijozni lozim darajada tekshirish talablariga rioya etmaslik uchun javobgarlikni;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 18-martdagi 01/27-26/11, 9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2038-2, 18.04.2014-y.) asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 187-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiyalarni hujjatli aks ettirish va ular toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilishni;
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/27, 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-3, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2038-3/1510-son — 2018-yil 17-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
birja aʼzosi xodimlariga ichki nazorat jarayonlari va mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha choralarini oʻrgatishni;
ichki nazoratni amalga oshirishda olinadigan axborot va hujjatlarni saqlash boʻyicha talablarni;
Keyingi tahrirga qarang.
birja aʼzosi faoliyatining xususiyatlarini inobatga oluvchi boshqa jarayonlarni.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Ichki nazorat tizimi birja aʼzolari faoliyatining xususiyatlari, asosiy yoʻnalishi, mijozlar bazasi va mijozlar hamda ularning operatsiyalari bilan bogʻliq tavakkalchilik xavflari darajasini hisobga olgan holda tashkillashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadlarida birja aʼzolari tomonidan mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun masʼul shaxs (keyingi oʻrinlarda masʼul shaxs deb yuritiladi) tayinlanadi. Masʼul shaxslar ishini muvofiqlashtirish uchun birjada birjaning vakolatli xodimi tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Masʼul shaxs birja aʼzosi ijro etuvchi organi rahbarining buyrugʻi bilan tayinlanadi. Tayinlangan masʼul shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar birjaning vakolatli xodimiga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Birjalar har yili 15-yanvargacha maxsus vakolatli davlat organiga va Davlat raqobat qoʻmitasiga masʼul shaxslar roʻyxatlarini taqdim etadilar va ushbu roʻyxatlarga kiritilgan oʻzgarishlar haqida bu haqda maʼlum boʻlgan paytdan boshlab besh ish kuni mobaynida xabar berishni taʼminlaydilar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/27, 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-3, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2038-3/1510-son — 2018-yil 17-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur Qoidalarga muvofiq ichki nazorat jarayonini va mijozlarni lozim darajada tekshirishni joriy etishni va amalga oshirishni tashkillashtiradi;
birja aʼzosi faoliyatining oʻziga xos jihatlaridan kelib chiqib, ichki nazoratni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqadi va rahbariyatga tasdiqlash uchun kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
mijozlarning ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalari va xatti-harakatlari toʻgʻrisidagi xabarlarni maxsus vakolatli davlat organiga oʻz vaqtida yuborilishini, shuningdek, maxsus vakolatli davlat organining qoʻshimcha axborot taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrovlarining bajarilishini taʼminlaydi;
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/27, 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-3, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2038-3/1510-son — 2018-yil 17-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
ichki nazorat tizimini tashkil etish boʻyicha va Davlat raqobat qoʻmitasi, maxsus vakolatli davlat organining vakolatli vakillari, shuningdek tashkilotning ichki audit xizmati xodimlari va tashqi auditorlar tomonidan olib borilgan tekshiruvlar davomida birja aʼzosi faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha monitoringni amalga oshiradi;
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/27, 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-3, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2038-3/1510-son — 2018-yil 17-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur Qoidalar va ichki nazorat dasturlarini amalga oshirish jarayonining maxfiyligini taʼminlaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Masʼul shaxs quyidagilarga haqli:
oʻz tashkilotining rahbarlari va xodimlaridan ichki nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tashkiliy-boshqaruv, buxgalteriya va boshqa hujjatlarni talab qilib olish;
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida olingan hujjatlardan nusxa koʻchirish, tashkilotning elektron maʼlumotlar bazalari, mahalliy hisoblash tarmoqlari va avtonom kompyuter tizimlarida saqlanayotgan fayllar va boshqa yozuvlardan nusxalar olish;
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar boʻyicha rahbariyatga takliflar kiritish (shu jumladan, mijoz yoki operatsiya toʻgʻrisida qoʻshimcha axborot olish yoki mavjud axborotni tekshirish maqsadida oʻtkazilayotgan operatsiyani toʻxtatish boʻyicha).
Masʼul shaxs qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Masʼul shaxs quyidagilarga majburdir:
mijozlarni lozim darajada tekshirishni amalga oshirish;
benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash chora-tadbirlarini koʻrish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
mijozlardan ish munosabatlarining maqsadi va koʻzlangan xususiyati, shuningdek zarur hollarda pul mablagʻlarining kelib chiqish manbai toʻgʻrisida soʻrash;
mijozni lozim darajada tekshirish materiallariga qoʻshib qoʻyiladigan yaqqol iqtisodiy mohiyatga ega boʻlmagan, mijozning taʼsis hujjatlarida yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomasida nazarda tutilgan maqsad va faoliyat turlariga toʻgʻri kelmaydigan barcha operatsiyalar boʻyicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma ravishda qayd etish;
identifikatsiyalashni yakunlash imkoni boʻlmaganda yoki mijozni tegishli tarzda tekshirish natijalariga koʻra, u bilan ish munosabatlarini oʻrnatish maqsadga muvofiq emas deb topilgan taqdirda mijoz bilan bitim tuzishni rad etish;
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 26-noyabrdagi 01/19-18/12, 33-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2038-1, 29.12.2010-y.) asosan toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 530-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish boʻyicha oʻz tavakkalchiliklarini aniqlash va baholash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni koʻrish, ushbu tavakkalchiliklarni hujjatlashtirish va ularni kamaytirish chora-tadbirlarini koʻrish;
(13-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 18-martdagi 01/27-26/11, 9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2038-2, 18.04.2014-y.) asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 187-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiyalar aniqlanganda, belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organiga axborot berish uchun birja aʼzosi rahbariyatini xabardor qilish;
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/27, 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-3, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2038-3/1510-son — 2018-yil 17-oktabrdan kuchga kiradi)
olingan axborotlarning maxfiyligiga rioya qilish;
ichki nazoratni amalga oshirish davomida olingan hujjatlarning saqlanishi va qaytarilishini taʼminlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Masʼul shaxs zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
131. Operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar zarurat tugʻilgan taqdirda operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.
(131-band Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 26-noyabrdagi 01/19-18/12, 33-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2038-1, 29.12.2010-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 530-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Xodimlarning soʻnggi yangiliklarga, jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning va terrorizmni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yoʻnalishlari haqidagi axborotga ega boʻlishlarini taʼminlash hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonun hujjatlari va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida birja aʼzolarining masʼul shaxslarini oʻqitish va malakasini oshirish maxsus vakolatli davlat organi va Davlat raqobat qoʻmitasi bilan kelishilgan oʻquv dasturlari boʻyicha amalga oshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/27, 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-3, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2038-3/1510-son — 2018-yil 17-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
15. Masʼul shaxs birjaning vakolatli xodimiga kamida bir yilda bir marta oʻz faoliyati natijalari haqida hisobotlar tayyorlaydi va taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Birjalar masʼul shaxsning faoliyatlari haqidagi hisobotlarni kamida bir yilda bir marta maxsus vakolatli davlat organiga va Davlat raqobat qoʻmitasiga yuboradilar.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/27, 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-3, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2038-3/1510-son — 2018-yil 17-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Mijozlarni lozim darajada tekshirish
Oldingi tahrirga qarang.
16. Birja aʼzolari:
ish munosabatlarini oʻrnatishda;
eng kam oylik ish haqi miqdorining 500 baravari miqdoridan ortiq boʻlgan bir martalik operatsiyalar amalga oshirilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
olib borilayotgan operatsiyalarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadlariga aloqador ekanligiga har qanday shubha mavjud boʻlganda;
Keyingi tahrirga qarang.
identifikatsiyalash uchun avval olingan maʼlumotlarning asliyligi va ishonchliligiga shubhalar mavjud boʻlganda mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻradilar.
Agarda operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda yoxud offshor hududlarda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxs boʻlganda birja aʼzolari mijozlarni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarni koʻrishlari lozim.”;
(16-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 18-martdagi 01/27-26/11, 9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-2, 18.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 187-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
161. Mijozni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlariga quyidagilar kiradi:
mijoz haqida qoʻshimcha maʼlumotlar (faoliyat turi, aktivlar miqdori, ochiq maʼlumotlar bazasi orqali olishi mumkin boʻlgan maʼlumot va boshqalar) olish va foydalanuvchi yoki benefitsiar mulkdor boʻyicha maʼlumotlarni yanada tezroq yangilab borish;
mijozdan uning pul mablagʻlari yoki moliyaviy holatining manbasi haqida maʼlumot olish;
rejalashtirilgan yoki oʻtkazilgan operatsiyalarning sabablari toʻgʻrisida maʼlumotlar olish;
qoʻshimcha tekshirishni talab qiladigan operatsiyalar (bitimlar) xususiyatini aniqlash hamda tekshirishlarning soni va ketma-ketligini oshirish yoʻli bilan ish munosabatlarining kuchaytirilgan monitoringini amalga oshirish.
(161-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 18-martdagi 01/27-26/11, 9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2038-2, 18.04.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 187-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
162. Mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:
tegishli hujjatlar asosida mijozning va u qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash;
mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganish oʻtkazish.
Keyingi tahrirga qarang.
Mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha yuqorida koʻrsatib oʻtilgan choralarni koʻrish bilan birga, mijoz yoki benefitsiar mulkdor sifatida qatnashayotgan yuqori mansabdor shaxslarga nisbatan birja aʼzolarining xodimlari:
Keyingi tahrirga qarang.
yuqori mansabdor shaxsning mavqeyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirish va oʻtkazilayotgan operatsiyadagi pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni manbalarini aniqlash boʻyicha oqilona choralarni koʻrishi;
yuqori mansabdor shaxs bilan amaliy ish munosabatlariga faqatgina rieltorlik tashkilotlarining rahbariyati ruxsati bilan kirishishi;
Keyingi tahrirga qarang.
amaliy ish munosabatlarini monitoring qilib borishi lozim.
(162-band Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/27, 21-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2038-3, 14.07.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2038-3/1510-son — 2018-yil 17-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Mijozlarni lozim darajada tekshirish birja bozorida koʻrsatiladigan xizmatlarning barcha yoʻnalishlari va bosqichlarida, shu jumladan mavjud boʻlgan mijozlarga nisbatan ham olib borilishi lozim.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 18-martdagi 01/27-26/11, 9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-2, 18.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 187-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Mijoz yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash bilan bir qatorda ular tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etiladigan hujjatlardan foydalangan holda ularning operatsiyalarni amalga oshirishga boʻlgan vakolatlari tekshirilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Mijoz birja bozorida operatsiyalarni amalga oshirish toʻgʻrisida topshiriq bilan bir yoki bir necha marta murojaat qilganda, birja aʼzolari quyidagilarga majburdirlar:
qonun hujjatlari talablariga muvofiq operatsiya oʻtkazishda mijoz yoki manfaatdor shaxslarni identifikatsiyalash;
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu mijozning avvalgi hisobot davri (oy, chorak, yarim yil, yil) mobaynida amalga oshirgan operatsiyalarini, agar bunday operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlsa, oʻrganib chiqish;
operatsiya turini hamda uning mijoz — yuridik shaxsning taʼsis hujjatlarida belgilangan maqsad va faoliyat turiga muvofiqlik darajasini aniqlash;
operatsiya turini hamda uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan mijoz-jismoniy shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomasida koʻrsatilgan faoliyat turiga muvofiqlik darajasini aniqlash.
19. Mijoz — jismoniy shaxsni identifikatsiyalash uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjat) asosida amalga oshiriladi. Agar jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor boʻlsa, shuningdek, uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi ham oʻrganilishi lozim.
20. Mijoz — yuridik shaxsni identifikatsiyalashda birja aʼzolari davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan manzili, rahbarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarni tekshirishlari lozim.
21. Mijoz — yuridik shaxsni yanada batafsilroq oʻrganish maqsadida:
mijozning taʼsis hujjatlari (roʻyxatdan oʻtkazilgan barcha oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar bilan) va mijozning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning rasmiylashtirilishiga;
mijozning boshqaruv organlarining tuzilishi va ularning vakolatlariga;
mijozning roʻyxatdan oʻtkazilgan ustav fondining (kapitalining) miqdoriga alohida eʼtibor berilishi lozim.
22. Birja aʼzosi mijoz tomonidan taqdim etilayotgan axborotni:
davlat organlari va boshqa tashkilotlardan mijoz toʻgʻrisida olingan maʼlumotlardan foydalanish;
mijozning birjaning boshqa aʼzolari bilan oʻzaro munosabatlarini oʻrganish;
Oldingi tahrirga qarang.
mijozning ishchanlik obroʻsi toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash orqali tekshirishga majburdir.
(22-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 26-noyabrdagi 01/19-18/12, 33-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-1, 29.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 530-modda)
23. Yuridik va jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash jarayonida benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash boʻyicha, shu jumladan, mijoz mol-mulkining tuzilishini oʻrganish yoʻli bilan, asoslangan va zarur chora-tadbirlarni qoʻllanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Mijozni lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijasida olingan maʼlumotlar har yili yangilanishi zarur.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 26-noyabrdagi 01/19-18/12, 33-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2038-1, 29.12.2010-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 530-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Birja aʼzosi mijozlar tomonidan identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, ularga operatsiyalarni amalga oshirishda rad etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
IV. Tavakkalchilik darajasini aniqlash va baholash
(IV-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 18-martdagi 01/27-26/11, 9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-2, 18.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 187-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Birja aʼzosi mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirishda tavakkalchilik darajasini (bundan buyon matnda tavakkalchilik darajasi deb yuritiladi) aniqlash, baholash va kamaytirish chora-tadbirlarini koʻrishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Tavakkalchilik darajasi mijoz taqdim etgan axborot asosida, amalga oshiradigan operatsiyalar turlari, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar, mijozni lozim tarzda tekshirish natijalari hamda boshqa kerakli maʼlumotlarni hisobga olgan holda masʼul xodim tomonidan har yili aniqlanadi va baholanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tavakkalchiliklarni baholash natijalari yozma ravishda rasmiylashtirilishi hamda maxsus vakolatli davlat organi yoki Davlat raqobat qoʻmitasiga taqdim etilishi lozim.
(25-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/27, 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-3, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2038-3/1510-son — 2018-yil 17-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Tavakkalchilikning yuqori darajasi toifasiga birja aʼzosi avvaldan quyidagi mezonlarga ega boʻlgan mijozlarni tegishli deb topishi va ularga nisbatan kuchaytirilgan eʼtiborni qaratishi lozim:
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 18-martdagi 01/27-26/11, 9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-2, 18.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 187-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Roʻyxatga kiritilgan shaxslar yoxud Roʻyxatga kiritilgan shaxsning nazoratidagi shaxslar yoki Roʻyxatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoxud bilvosita mulkdori yoki nazorat qiluvchi shaxslar;
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/27, 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-3, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2038-3/1510-son — 2018-yil 17-oktabrdan kuchga kiradi)
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda (hududda) yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
offshor zonada hisob raqamlariga ega boʻlgan rezidentlar va norezidentlar;
haqiqatda joylashgan joyi taʼsis yoki roʻyxatga olish hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq boʻlmagan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
faoliyat davri moliyaviy yilning bir choragidan oshmagan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
haqiqiy egasi ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxslar boʻlgan tashkilotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
muntazam ravishda (ketma-ket uch oy mobaynida ikki martadan ortiq) shubhali operatsiyalarni amalga oshirayotgan mijozlar.
Oldingi tahrirga qarang.
yuqori mansabdor shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/27, 21-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2038-3, 14.07.2018-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2038-3/1510-son — 2018-yil 17-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
27. Tavakkalchilik xavfining yuqori darajasini belgilashda birja aʼzosi mijozni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan choralarini koʻrishi va doimiy ravishda ular tomonidan sodir etilayotgan operatsiyalarning monitoringini amalga oshirishi shart.
28. Agar mijozlar bilan hamkorlik yuqori darajadagi tavakkalchilik xavfi bilan bogʻliq boʻlmasa, u holda bunday mijozlar past darajadagi tavakkalchilik xavfi toifasiga kiritiladi.
29. Mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning tavsifi oʻzgarishiga qarab, birja aʼzosi zarur hollarda u bilan ishlash boʻyicha tavakkalchilik xavfi darajasini qayta koʻrib borishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Birja aʼzolari barcha murakkab, gʻayrioddiy yirik operatsiyalarga, shuningdek aniq iqtisodiy yoki qonuniy maqsadga ega boʻlmagan operatsiyalarni amalga oshirishning gʻayrioddiy sxemalariga kuchaytirilgan eʼtibor qaratishlari kerak.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 18-martdagi 01/27-26/11, 9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2038-2, 18.04.2014-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 187-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
291. Birja aʼzolari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralarni koʻrishlari kerak. Bu maqsadlarda birja aʼzolari:
(291-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/27, 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-3, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2038-3/1510-son — 2018-yil 17-oktabrdan kuchga kiradi)
xizmatlarning yangi turlari va yangi ish amaliyoti ishlab chiqilishi;
yangi hamda amaldagi xizmat turlarida yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanish natijasida vujudga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchilik darajasini aniqlash va baholashlari lozim.
Bunday tavakkalchilikning baholanishi xizmatlarning yangi turlari, yangi ish amaliyotining ishga tushirilishi yoxud yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalarni foydalanishga tushirishdan avval oʻtkazilishi lozim.
Birja aʼzolari bunday tavakkalchiliklarni monitoring qilish va ularni kamaytirish uchun tegishli choralarni koʻrishlari zarur.
(291-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 18-martdagi 01/27-26/11, 9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2038-2, 18.04.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 187-modda)
V. Shubhali operatsiyalarni aniqlashning mezonlari va tartibi
30. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya quyidagi hollarda shubhali deb topilishi mumkin:
mijoz tomonidan zarurat tufayli soʻralayotgan, shu jumladan, ishonch bildiruvchi (agar mijoz ishonchli vakil sifatida ish yuritayotgan boʻlsa) haqidagi maʼlumotlarni taqdim etishni sababsiz rad etilishi;
mijozning xizmat koʻrsatishning foydaliroq shartlariga nisbatan eʼtiborsiz boʻlishi, shuningdek mijoz tomonidan ayni turdagi xizmatlar koʻrsatishdagi oddiy toʻlovdan farq qiladigan yuqori mukofotning taklif qilinishi;
birja operatsiyasi boʻyicha oddiy amaliyotdan farq qiladigan ushbu mijoz tomonidan qoʻllanadigan yoki oddiy birja amaliyotidagi hisob-kitoblarni olib borish tartibi boʻyicha nostandart yoki murakkab qoidalarning mavjud boʻlishi;
mijozning bekor qilingan birja bitimlari boʻyicha oʻz mablagʻlarini uchinchi shaxslarga yoki norezident-banklardagi hisob raqamlariga qaytarishni taklif qilishi;
mijoz tomonidan hujjatlar va axborotni taqdim etilishining uzrsiz kechiktirilishi yoki mijoz tomonidan tekshirib boʻlmaydigan axborotning taqdim etilishi, yoxud ushbu tekshiruv juda ham qimmat boʻlsa;
mijozning birjada sodir etilayotgan bitimning maxfiyligi masalalariga nisbatan ortiqcha tashvishlanishi;
birjada mijoz talab qilayotgan muayyan operatsiyani oʻtkazishdagi asossiz shoshma-shosharlik;
agarda mijoz tomonidan naqd shaklda qoʻyilgan summa bir yoki oʻttiz kun mobaynida eng kam oylik ish haqining 1000 barobariga teng miqdoridan oshib ketsa;
Keyingi tahrirga qarang.
mijozlar tomonidan eng kam oylik ish haqining 1000 barobari miqdoridan ortiq boʻlgan bir martalik oldi-sotdi boʻyicha operatsiyalarning naqd pul mablagʻlarida toʻlash orqali sodir etilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari oʻrtasida birjalarning hisob-kitob-kliring palatalaridagi Foydalanuvchilarning shaxsiy raqamlarida (bundan keyingi oʻrinlarda FSHR deb yuritiladi) jamlangan pul mablagʻlaridan boshqaning foydasiga voz kechish boʻyicha eng kam oylik ish haqining 1000 baravariga teng miqdoridagi summadan oshgan operatsiyalarning oʻtkazilishi, bir martalik oʻtkazilgan operatsiyalar kabi uch oy mobaynida oʻtkazilgan bir nechta operatsiyalar ham;
Keyingi tahrirga qarang.
offshor hududlarda va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikda ishtirok etmaydigan davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslar uchun FSHR ochishga topshiriqnoma berilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan chet el tashkilotlarining ishonchnomalari boʻyicha FSHR ochishga topshiriqnoma berilishi;
eng kam oylik ish haqining 1000 barobari miqdoridan yuqori boʻlgan summada xizmatlar koʻrsatish yoki ishlar bajarish boʻyicha birja bitimlarining tuzilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
identifikatsiyalashni yakunlashning imkoni boʻlmasligi yoki lozim darajada tekshirish natijalariga koʻra, foydalanuvchi bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatib turadigan maʼlumotlarning olinishi;
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk egalari oʻzgarmaydigan, biroq birja savdolarining mazkur ishtirokchilari faolligi toʻgʻrisida tasavvur hosil qiladigan bitimlarni tuzish;
birja savdolari qoidalarida belgilangan narxlar bilan birja savdolarida manipulyatsiya qilish hollarining mavjudligi;
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 26-noyabrdagi 01/19-18/12, 33-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2038-1, 29.12.2010-y.) asosan oʻn beshinchi — oʻn yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 530-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
30 kun davomida eng kam oylik ish haqining 5000 baravari miqdoridan ortiq boʻlgan summaga tovarlarni sotib olish boʻyicha birja bitimlarini tuzish;
Keyingi tahrirga qarang.
faoliyat davri moliyaviy yilning bir choragidan oshmaydigan mijoz tomonidan eng kam oylik ish haqining 2500 baravari miqdoridan ortiq boʻlgan summaga tovarlarni sotib olish boʻyicha birja bitimlarini tuzish;
Keyingi tahrirga qarang.
boshqa mintaqada joylashgan mijoz tomonidan birja operatsiyasini amalga oshirishga topshiriq berilishi;
operatsiya mijozning faoliyati xususiyatiga va turiga muvofiq kelmasligi;
(30-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 18-martdagi 01/27-26/11, 9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2038-2, 18.04.2014-y.) asosan oʻn sakkizinchi — yigirma birinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 187-modda)
amalga oshirilayotgan operatsiyalarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga aloqadorligi haqida asoslangan shubhalar mavjud boʻlgan barcha holatlarda.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Operatsiyani shubhali deb tan olish har bir aniq holatda ushbu Qoidalar bilan oʻrnatilgan shubhalilik mezonlaridan foydalangan holda oʻtkaziladigan kompleks tahlil asosida, shuningdek, mijoz shaxsi, uning obroʻsi, amaliy ish munosabatlarining xususiyati, bitimning asoslari, maqsadlari, hajmi va turi, uni amalga oshirish usuli bilan hamda shubhali operatsiyani toʻgʻri aniqlash uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa holatlar asosida aniqlanadigan tavakkalchilik xavfiga bogʻliq ravishda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Birja aʼzolari operatsiyalarni amalga oshirishda ularning ishtirokchilari identifikatsiya maʼlumotlarini Roʻyxat bilan solishtirishlari shart.
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar kechiktirilmasdan va oldindan xabar qilinmasdan toʻxtatilishi lozim, agarda:
Keyingi tahrirga qarang.
mijoz yoki operatsiya qatnashchilaridan birining barcha identifikatsiya maʼlumotlari Roʻyxatga kiritilgan shaxsning maʼlumotlari bilan toʻliq mos kelsa;
operatsiya qatnashchilaridan biri Roʻyxatga kiritilgan shaxs nomidan yoki uning topshirigʻiga binoan faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa;
operatsiyani amalga oshirishda foydalanayotgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk toʻliq yoki qisman Roʻyxatga kiritilgan shaxsga tegishli boʻlsa;
operatsiya qatnashchisi boʻlgan yuridik shaxs Roʻyxatga kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxsning mulkida yoki nazorat ostida boʻlsa.
Roʻyxatga kiritilgan shaxsning operatsiyasi toʻxtatib turilganda birja aʼzolari maxsus vakolatli davlat organiga bu haqida xabar yuborishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Birja aʼzolari toʻxtatilgan operatsiyani oʻtkazishni tiklashni va ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkdan foydalanishga ruxsat berishni Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 2833, 2016-yil 11-oktabr) belgilangan tartibda amalga oshiradi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/27, 21-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2038-3, 14.07.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2038-3/1510-son — 2018-yil 17-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
321. Operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxs boʻlsa, bunday operatsiya maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi kerak.
(321-band Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/27, 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-3, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2038-3/1510-son — 2018-yil 17-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
33. Mijozning operatsiyasi shubhali deb topilganda birja aʼzosi mijozga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar haqida qaror qabul qiladi, jumladan:
Oldingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiyalar toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berish haqida;
(33-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/27, 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-3, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2038-3/1510-son — 2018-yil 17-oktabrdan kuchga kiradi)
mijoz bilan operatsiya oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratish haqida;
qonun hujjatlari yoki u bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq mijoz bilan munosabatlarni toʻxtatish haqida.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Shubhali operatsiyalar haqidagi maʼlumotlar birja aʼzosi tomonidan maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiyalar deb topilgan paytdan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan shaklda beriladi.
(34-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/27, 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-3, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2038-3/1510-son — 2018-yil 17-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Shubhali operatsiyaga taalluqli har bir axborot haqida masʼul shaxs tomonidan qogʻoz va (yoki) elektron koʻrinishda yuritiladigan maxsus jurnalda qayd etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
35. Birja aʼzosi, shuningdek, tegishli operatsiyadan shubhani tasdiqlovchi yoki shubhani olib tashlovchi har qanday maʼlumot toʻgʻrisida darhol maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi zarur.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/27, 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-3, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2038-3/1510-son — 2018-yil 17-oktabrdan kuchga kiradi)
VI. Ichki nazoratni amalga oshirish natijasida olingan axborot va hujjatlarni rasmiylashtirish, saqlash, maxfiyligini taʼminlash
Oldingi tahrirga qarang.
36. Maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar boʻyicha qonun hujjatlariga va mazkur Qoidalarga muvofiq quyidagilar rasmiylashtiriladi:
(36-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/27, 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-3, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2038-3/1510-son — 2018-yil 17-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
operatsiyaning turi va uni amalga oshirish asosi;
operatsiyani amalga oshirish sanasi va summasi;
operatsiyani amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxsni identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
operatsiyaning topshirigʻi boʻyicha va nomidan amalga oshirilayotgan jismoniy yoki yuridik shaxsni identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
ushbu shaxs nomidan operatsiyani amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxsning vakilini (ishonchli vakili) identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha oluvchini va uning vakilini identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
361. Masʼul xodimning faoliyatida foydalanilgan barcha hujjatlar (Davlat raqobat qoʻmitasi va maxsus vakolatli davlat organi bilan yozishmalar, shu jumladan yuborilgan xabarlarning qogʻozdagi va elektron nusxalari, mijozlarning qogʻozdagi va elektron anketalari, jurnallar va h. k.)dan foydalanilishini cheklash maqsadida, bunday hujjatlar va ularning roʻyxati bevosita maxsus jihozlangan xonada yoki yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda ushbu xodim tomonidan saqlanishi lozim.
(361-band Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/27, 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-3, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2038-3/1510-son — 2018-yil 17-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
362. Hujjatlarning elektron shakllari dasturiy usulda arxivlashtirilishi, elektron axborot tashuvchi uskunalarga yozib qoʻyilishi hamda masʼul xodim tomonidan ularning roʻyxati bilan birgalikda yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi zarur.
(361-362-bandlar Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 18-martdagi 01/27-26/11, 9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2038-2, 18.04.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 187-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Birja aʼzolari pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar haqidagi axborotni, shuningdek, mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha identifikatsiyalash materiallarini va maʼlumotlarini shu jumladan ish yozishmalarini qonun hujjatlarida belgilangan, lekin operatsiyalar amalga oshirilganidan yoki mijoz bilan munosabatlar toʻxtatilganidan keyin besh yildan kam boʻlmagan muddatlar mobaynida saqlashlari shart.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 26-noyabrdagi 01/19-18/12, 33-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-1, 29.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 530-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
38. Birja aʼzolari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan axborotdan erkin foydalanishni cheklaydilar, uni tarqalib ketmasligini taʼminlaydilar hamda yuridik va jismoniy shaxslarga, ularning operatsiyalari haqida maxsus vakolatli davlat organiga maʼlumot berilganligi toʻgʻrisida axborot berishga haqli emaslar.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/27, 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-3, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2038-3/1510-son — 2018-yil 17-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Birja aʼzolari xodimlarining ichki nazorat funksiyalarini amalga oshirish jarayonida olingan axborotni oʻz xodimlari tomonidan oshkor qilmaslikni (shaxsiy maqsadlari yoxud uchinchi shaxslar manfaatlari uchun foydalanmasligini) taʼminlaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
391. Mazkur Qoidalar, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha boshqa hujjatlar birja aʼzolari va birjaning barcha xodimlariga yetkazilishi lozim.
(391-band Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 26-noyabrdagi 01/19-18/12, 33-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2038-1, 29.12.2010-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 530-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
VII. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
40. Birjalarning mazkur Qoidalar talablariga rioya etishlari ustidan monitoring va nazorat Davlat raqobat qoʻmitasi va maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
(40-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/27, 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-3, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2038-3/1510-son — 2018-yil 17-oktabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Birja aʼzolarining mazkur Qoidalar talablariga rioya etishlari ustidan monitoring va nazorat qilinishi birjalar va maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
(40-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/27, 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2038-3, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2038-3/1510-son — 2018-yil 17-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Birjalar, oʻz vakolatlari doirasida, mazkur Qoidalar talablarini buzgan birja aʼzolariga nisbatan choralarni belgilaydi va qoʻllaydi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 18-martdagi 01/27-26/11, 9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2038-2, 18.04.2014-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 187-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlari buzilganligi hollarini yashirishda, shuningdek, mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
42. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi tovar xom ashyo birjasi, Respublika universal agrosanoat birjasi, Respublika koʻchmas mulk birjasi, Toshkent shahar munitsipal birja markazi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi raisi T. TOXTABOYEV
2009-yil 10-oktabr
Respublika universal agrosanoat birjasi Bosh direktori T. VALITOV
2009-yil 10-oktabr
Respublika koʻchmas mulk birjasi boshqaruvi raisi Z. SHAMSHIYEV
2009-yil 10-oktabr
Toshkent shahar munitsipal birja markazi direktori R. FAYZIYEV
2009-yil 10-oktabr