Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamentining
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamentining
Qarori
SUGʻURTALOVCHILAR VA SUGʻURTA VOSITACHILARI UCHUN JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA VA TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH BOʻYICHA ICHKI NAZORAT QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 3-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2036]
Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 43-son, 451-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-sonli “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 18-son, 147-modda) qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladilar:
1. Sugʻurtalovchilar va sugʻurta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 13-oktabr,
104-son
Departament boshligʻi Z. DOʻSANOV
Toshkent sh.,
2009-yil 13-oktabr,
41-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 104 va 41-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Sugʻurtalovchilar va sugʻurta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat
QOIDALARI
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 43-son, 451-modda) muvofiq sugʻurtalovchilar va sugʻurta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
benefitsiar mulkdor — yakuniy holatda mulk huquqiga egalik qiluvchi yoki mijozni haqiqatda nazorat qiluvchi jismoniy shaxs yoxud manfaati koʻzlangan holda pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya amalga oshirilayotgan yuridik shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
ichki nazorat — maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni aniqlash boʻyicha sugʻurtalovchi va sugʻurta vositachisining faoliyati;
Keyingi tahrirga qarang.
mijoz — sugʻurtalovchi yoki sugʻurta vositachisi bilan tuzilayotgan shartnomaning tomoni boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
mijozni identifikatsiyalash — mijozni lozim darajada tekshirishni amalga oshirish maqsadida ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida mijozlar haqidagi maʼlumotlarni sugʻurtalovchi yoki sugʻurta vositachisi tomonidan aniqlanishi;
mijozni lozim darajada tekshirish — mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish, taʼsis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilishini oʻrganish orqali benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash, shuningdek, mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda oʻrganish;
tashkilot — faoliyati litsenziyalanadigan sugʻurtalovchi yoki sugʻurta vositachisi — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti;
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar — ichki nazoratni oʻtkazish davomida tashkilot tomonidan shubhali deb topilgan sodir etilayotgan va tayyorlanayotgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar;
shubhali operatsiya — tayyorlash, sodir etish jarayonida boʻlgan yoki sodir etib boʻlingan, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar va belgilarga muvofiq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish maqsadida uning amalga oshirilganligi toʻgʻrisida shubha paydo boʻlgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya;
Keyingi tahrirga qarang.
maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti nomidan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boshqarmasi (bundan keyingi oʻrinlarda Departament deb yuritiladi).
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ichki nazoratning maqsadlari quyidagilardan iborat:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni samarali ravishda aniqlash va toʻxtatish;
Keyingi tahrirga qarang.
tashkilotning qasddan yoki qasddan boʻlmagan jinoiy faoliyatga jalb etilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Keyingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga yoki terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tashkilot tomonidan qonun hujjatlari talablariga, shuningdek, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni tayyorlash va amalga oshirishda tashkilotning ichki hujjatlariga ogʻishmay rioya qilinishini taʼminlash.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Ichki nazoratning vazifalari quyidagilardan iborat:
qonun hujjatlari, mazkur Qoidalar va tashkilotning ichki hujjatlariga muvofiq mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
benefitsiar mulkdorni, shuningdek, operatsiyani amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablagʻlarini va boshqa mol-mulkning kelib chiqish manbaalarini aniqlash va oʻrganish;
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur Qoidalarning 24-bandi va tashkilotning ichki hujjatlari bilan belgilangan mezonlar asosida shubhali operatsiyalarni aniqlash;
ichki nazoratni amalga oshirishda aniqlangan va xabar qilinishi lozim boʻlgan shubhali operatsiyalar haqidagi axborotlarni (hujjatlarni) Departamentga oʻz vaqtida taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
alohida hollarda xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni ushbu operatsiya amalga oshirilishi lozim boʻlgan sanadan boshlab uch ish kuniga toʻxtatib turish va bunday operatsiya haqida u toʻxtatilgan kunda Departamentni xabardor qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar haqidagi axborotni, shuningdek, mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha identifikatsiyalash maʼlumotlarini va materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlanishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
tashkilot rahbariyatini tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan ishonchli axborot va materiallar bilan tezkor va muntazam ravishda taʼminlab borish;
Keyingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiyalarning amalga oshirilishi yoki amalga oshirishga urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar bilan bogʻliq boʻlgan shaxslar (rahbarlar, taʼsischilar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq bunday axborotni davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro ayirboshlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Ichki nazorat tizimini tashkil etish
4. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishni tashkil etish maqsadida tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan mazkur Qoidalarga rioya etilishiga masʼul boʻlgan shaxs (bundan keyingi oʻrinlarda masʼul shaxs deb yuritiladi) tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Ichki nazorat tizimi tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari, faoliyatning asosiy yoʻnalishlari, mijozlar bazasi hamda mijozlar va ularning operatsiyalari bilan bogʻliq tavakkalchilik xavfi darajasini hisobga olgan holda tashkil qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Tashkilot oʻz tashkiliy tuzilmasining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda masʼul shaxs boshchilik qiladigan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tarkibiy boʻlinmani tashkil qilishi yoki belgilashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuqorida koʻrsatilgan boʻlinma tashkilotning ichki hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan mazkur boʻlinma toʻgʻrisidagi nizom asosida harakat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Masʼul shaxsga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tarkibiy boʻlinma xodimlariga (boʻlinma mavjud boʻlgan holda) quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
a) masʼul shaxsga — tarkibiy boʻlinma boshligʻiga:
oliy maʼlumotlilik va sugʻurta sohasida rahbarlik lavozimlarida 2 yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga ega boʻlishlik, oliy maʼlumot mavjud boʻlmaganda esa — uch yildan kam boʻlmagan bunday ish tajribasiga ega boʻlishlik;
tashkilot ishining oʻziga xos xususiyatini bilishlik;
b) tarkibiy boʻlinma xodimlariga:
oliy maʼlumotlilik va tashkilotda 2 yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar lavozimlaridagi ish tajribasidan tashqari) ega boʻlishlik, oliy maʼlumot mavjud boʻlmaganda esa — tashkilotda uch yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar lavozimlaridagi ish tajribasidan tashqari) ega boʻlishlik;
tashkilot ishining oʻziga xos xususiyatini bilishlik.
8. Tashkilot har yili 10-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga (bundan keyingi oʻrinlarda Moliya vazirligi deb yuritiladi) tashkilotdagi masʼul shaxslarning roʻyxatini taqdim etadi va bu roʻyxatdagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor etilishini taʼminlaydi. Moliya vazirligi har yili 20-yanvarga qadar tashkilotlardan olingan roʻyxatlarni Departamentga beradi va bu roʻyxatlardagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor etilishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida masʼul shaxs quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur Qoidalarga muvofiq ichki nazorat jarayonini va mijozlarni lozim darajada tekshirishni joriy etish va amalga oshirilishini tashkil etadi;
tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ichki nazoratni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqadi va rahbariyatga tasdiqlash uchun kiritadi;
ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan mijozlarning shubhali operatsiyalari toʻgʻrisidagi xabarlarni Departamentga oʻz vaqtida yuborilishini, shuningdek, Departamentning qoʻshimcha axborot taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrovlarining bajarilishini taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
ichki nazorat qoidalarini va dasturlarini amalga oshirish jarayonining maxfiyligini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Masʼul shaxs quyidagi huquqlarga ega:
oʻz tashkilotining rahbarlari va xodimlaridan ichki nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tashkiliy-boshqaruv, buxgalterlik va boshqa hujjatlarni talab qilib olish;
olingan hujjatlardan nusxa koʻchirish, ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida tashkilotning elektron maʼlumotlar bazalarida, mahalliy hisoblash va avtomatlashtirilgan kompyuter tizimlarida saqlanayotgan fayl va boshqa yozuvlardan nusxalar olish;
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar boʻyicha kelgusidagi xatti-harakatlarga oid (shu jumladan, mijoz yoki operatsiya toʻgʻrisida qoʻshimcha axborot olish yoki mavjud axborotni tekshirish maqsadida oʻtkazilayotgan operatsiyani toʻxtatib turish boʻyicha) takliflarni rahbariyatga kiritish.
Masʼul shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Masʼul shaxs quyidagilarga majbur:
ichki nazoratni amalga oshirish jarayonida olingan hujjatlarning saqlanishi va qaytarilishini taʼminlash;
mijozlarni lozim darajada tekshirishni amalga oshirish;
benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash boʻyicha choralarni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiyalar aniqlanganda, belgilangan tartibda Departamentga xabar berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
olingan maʼlumotning maxfiyligiga rioya qilish.
Masʼul shaxslar zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Mazkur Qoidalarning 9, 10 va 11-bandlarining talablari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tarkibiy boʻlinma (u mavjud boʻlgan taqdirda) xodimlariga ham qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Masʼul shaxsni oʻqitish va malakasini oshirish Departament tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻqitish quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladi:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan tanishish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
ichki nazoratni amalga oshirish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar;
masʼul shaxs jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish muammolariga bagʻishlangan konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbir (shuningdek, xalqaro)larda ishtirok etish (imkoniyat darajasida).
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻqitish muntazam ravishda bir yilda kamida bir marta oʻtkaziladi.
14. Tashkilotning qolgan xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish masʼul shaxs tomonidan oʻtkaziladi.
Oʻqitish mansab vazifalaridan kelib chiqqan holda, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladi:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan xodimlarni tanishtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
ichki nazoratni amalga oshirish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar.
Tashkilot tomonidan ichki nazorat qoidalarini muvaffaqiyatli amalga oshirilishining asosiy sharti bu — mazkur jarayonda har bir xodim oʻz vakolati doirasida qatnashishi nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda oʻqitish oʻtkaziladi.
Oʻqitish muntazam ravishda bir yilda kamida bir marta oʻtkaziladi.
15. Tashkilot har yili 1-fevralga qadar Moliya vazirligiga oʻzining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Mijozlarni lozim darajada tekshirish
16. Tashkilot mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni quyidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlarni oʻrnatishda amalga oshiradi:
mol-mulkni sugʻurta qilish yoki birgalikda sugʻurta qilish shartnomasini tuzishda — mijozni, foyda oluvchini, mol-mulkning haqiqatdagi egasini, mijoz qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarni va yuridik shaxs — mijozni nazorat qiluvchi mulkdorni yoki shaxsni;
zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni sugʻurta qilish yoki birgalikda sugʻurta qilish shartnomasini tuzishda — mijozni, javobgarligi sugʻurta qilingan shaxsni, mijoz qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarni va yuridik shaxs — mijozni nazorat qiluvchi mulkdorni yoki shaxsni;
shartnoma boʻyicha javobgarlikni sugʻurta qilish yoki birgalikda sugʻurta qilish shartnomasini, shuningdek, tadbirkorlik xavfini sugʻurta qilish yoki birgalikda sugʻurta qilish shartnomasini tuzishda — mijozni, foyda oluvchini, mijozning kontragentlarini, mijoz qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarni va yuridik shaxs — mijozni nazorat qiluvchi mulkdorni yoki shaxsni;
Keyingi tahrirga qarang.
shaxsiy sugʻurta qilish yoki birgalikda sugʻurta qilish shartnomasini tuzishda — mijozni, sugʻurtalangan shaxsni, foyda oluvchini, mijoz qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarni va yuridik shaxs — mijozni nazorat qiluvchi mulkdorni yoki shaxsni;
Keyingi tahrirga qarang.
qayta sugʻurta qilish shartnomasini tuzishda — mijozni, mijoz qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarni va yuridik shaxs — mijozni nazorat qiluvchi mulkdorni yoki shaxsni;
sugʻurta qilish yoki qayta sugʻurta qilish boʻyicha hamkorlik qilish toʻgʻrisida kelishuv, agentlik kelishuvi, tashkilot faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan mablagʻlarni joylashtirish (qoʻyish) toʻgʻrisida shartnoma va boshqa xoʻjalik yoki fuqarolik-huquqiy shartnomalarni tuzishda — mijozni, mijoz qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarni va yuridik shaxs — mijozni nazorat qiluvchi mulkdorni yoki shaxsni.
Bunda, agar mijoz Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlmasa, unda mijoz hududida joylashgan (roʻyxatdan oʻtgan) davlatning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro hamkorlikda ishtirok etishi haqidagi maʼlumotni aniqlash lozim boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mijozlarni lozim darajada tekshirishni oʻtkazish uchun quyidagilar ham asos boʻlishi mumkin:
amalga oshirilayotgan operatsiyalarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish maqsadida ekanligiga har qanday shubhaning mavjudligi;
Keyingi tahrirga qarang.
identifikatsiyalash uchun avval olingan maʼlumotlarni haqiqiy va toʻgʻri ekanligiga shubhaning mavjudligi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar mijoz tomonidan taqdim etilgan maʼlumot va hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Mijozni tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga imkon beruvchi barcha hujjatlar ular taqdim etilgan sanaga haqiqiy boʻlishi lozim.
18. Mijozlarni lozim darajada tekshirish operatsiyalarni amalga oshirishning barcha bosqichlarida olib borilishi lozim.
Benefitsiar mulkdorni aniqlash uchun tashkilot mijoz boshqa shaxs nomidan harakat qilayotganligini aniqlashga majbur va shundan keyin mijoz qaysi shaxs nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxsni identifikatsiyalash va lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim.
Mijoz yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash bilan bir qatorda ular tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etiladigan hujjatlardan foydalangan holda ularning operatsiyalarni amalga oshirishga boʻlgan vakolatlari tekshirilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Mijoz operatsiyalarni amalga oshirish toʻgʻrisida topshiriq (ariza, iltimosnoma) bilan bir yoki bir necha marta murojaat qilganida, tashkilot quyidagilarga majbur:
qonun hujjatlari va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq operatsiya boʻyicha mijozni yoki foyda oluvchini identifikatsiyalash;
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu mijozning avvalgi hisobot davri (oy, chorak, yarim yil, yil) mobaynida amalga oshirgan operatsiyalarini, agar bunday operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlsa, oʻrganib chiqish;
operatsiya turini hamda uning mijoz — yuridik shaxsning taʼsis hujjatlarida belgilangan faoliyat maqsadlariga muvofiqlilik darajasini aniqlash;
operatsiya turini hamda uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi mijoz — jismoniy shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasida koʻrsatilgan faoliyat maqsadi va turiga muvofiqlilik darajasini aniqlash.
20. Mijoz — jismoniy shaxsni identifikatsiyalash uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjat) asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar mijoz — jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor boʻlsa, uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi ham oʻrganilishi kerak.
21. Mijoz — yuridik shaxsni identifikatsiyalashda tashkilot uning tashkiliy-huquqiy shakli, nomi, rahbari, bank rekvizitlari, joylashgan yeri (pochta manzili), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami va faoliyat turi toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni tekshirishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Tashkilot mijoz tomonidan taqdim etilayotgan axborotni:
davlat organlari va boshqa tashkilotlardan mijoz toʻgʻrisida olingan maʼlumotlardan foydalanish;
mijozning avvalgi tashkilot bilan oʻzaro munosabatlarini oʻrganish;
mijozning ishchanlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish orqali tekshirish huquqiga ega.
Mijozni lozim darajada tekshirishni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan identifikatsiyalash va boshqa maʼlumotlar tashkilot tomonidan yilida kamida bir marta yangilanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Tashkilot identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etmagan mijozlarga operatsiyalarni amalga oshirishni rad etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Shubhali operatsiyalarni aniqlash mezonlari va tartibi
24. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya quyidagi holatlarda shubhali deb topilishi mumkin:
amaliyotga asosan soʻralayotgan maʼlumotlarni mijoz tomonidan taqdim etilishi asossiz ravishda rad etilsa, shu jumladan, oʻzining ishonch bildiruvchisi toʻgʻrisida (agar mijoz yuridik yoki jismoniy shaxsning vakili sifatida ish olib borsa), shuningdek amalga oshirilayotgan operatsiyaning maxfiyligi masalalari boʻyicha mijoz ortiqcha tashvishlansa;
mijozning xizmat koʻrsatishning foydaliroq shartlariga nisbatan eʼtiborsiz boʻlishi, shuningdek, mijoz tomonidan ayni turdagi xizmatlar koʻrsatishdagi oddiy toʻlovdan farq qiladigan yuqori mukofotning taklif etilishi;
agarda mijozning operatsiyalari yaqqol iqtisodiy mohiyatga ega boʻlmasa, mijoz faoliyatining xususiyatiga toʻgʻri kelmasa va tavakkalchilik xavfini sugʻurta qilish maqsadlariga ega boʻlmasa;
mijozning bekor qilingan bitim boʻyicha olishi lozim boʻlgan summalarni uchinchi shaxslarga, shuningdek, norezident bank hisobiga qaytarishni taklif etishi;
mijoz tomonidan operatsiyaga (bitimga) tashkilot faoliyatining odatdagi amaliyotiga toʻgʻri kelmaydigan qoʻshimcha va oʻzgartishlarning kiritilishi;
mijoz tomonidan avval kelishilgan operatsiyaga (bitimga) bevosita uni amalga oshirilishidan oldin koʻproq, ayniqsa, pul mablagʻlari harakati yoʻnalishiga taalluqli oʻzgartirishlarning kiritilishi;
mijoz tomonidan operatsiyani vakil (vositachi) orqali amalga oshirish haqida topshiriq berilishi, agar vakil (vositachi) topshiriqni tashkilot bilan toʻgʻridan-toʻgʻri (shaxsiy) aloqa oʻrnatmasdan amalga oshirayotgan boʻlsa;
koʻrsatilgan bogʻlanish maʼlumotlari, xususan, pochta va elektron manzili, telefon raqamlari va elektron kanal maʼlumotlari boʻyicha mijoz bilan aloqa oʻrnatish imkoniyatining mavjud emasligi;
mijoz kontragentlarini aniqlashning imkoni yoʻqligi;
yuridik va jismoniy shaxs bilan tuzilgan amaldagi hayotni sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti miqdorini mos ravishda oshirish bilan birga sugʻurta puli miqdorini sezilarli darajada (2 barobardan ortiq) oshirish boʻyicha mijozning taklifi;
sugʻurta qildiruvchi, sugʻurtalangan shaxs, foyda oluvchining almashtirilishi munosabati bilan sugʻurta shartnomasiga tez-tez oʻzgartishlarning kiritilishi;
mijoz tomonidan uchinchi shaxs foydasiga besh yilgacha muddatga ikki va undan ortiq hayotni sugʻurta qilish shartnomalarining davriy tuzilishi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikda ishtirok etmaydigan davlatlar hududida roʻyxatdan oʻtgan xorijiy qayta sugʻurtalovchilar ishtirokidagi qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha yilning bir choragida eng kam oylik ish haqining 1000 barobariga teng yoki undan oshadigan summa miqdorida yoxud ushbu miqdorga teng yoki undan oshadigan ekvivalentdagi xorijiy valyutadagi sugʻurta mukofotini berish bilan bogʻliq qayta sugʻurta qilish operatsiyalari;
Keyingi tahrirga qarang.
yilning bir choragida eng kam oylik ish haqining 1000 barobariga teng yoki undan oshadigan summa miqdoridagi naqd pul mablagʻlarini bir marta yoki qismlarga boʻlib tashkilotning kassasiga mijoz tomonidan topshirilishi hisobidan umumiy summasi eng kam oylik ish haqining 1000 barobaridan kam boʻlmagan bir necha operatsiyalarning bajarilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
pul mablagʻlarining xorijga anonim (raqamli) hisobga (jamgʻarmaga) oʻtkazilishi va pul mablagʻlarining xorijdan anonim (raqamli) hisobdan (jamgʻarmadan) kelib tushishi;
mijoz tomonidan ixtiyoriy sugʻurta shartnomasini muddatidan oldin bekor qilinishida sugʻurta mukofotining qaytarilishi, agar pul mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlmagan kredit tashkiloti tomonidan oʻtkazilgan boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
bitta sugʻurta qildiruvchiga yilning bir choragida eng kam oylik ish haqining 1000 barobariga teng yoki undan oshadigan summa miqdorida yoxud ushbu miqdorga teng yoki undan oshadigan ekvivalentdagi xorijiy valyutadagi summada sugʻurta qoplamalari yoki sugʻurta pulining toʻlanishi;
bitta sugʻurta vositachisiga yilning bir choragida eng kam oylik ish haqining 1000 barobariga teng yoki undan oshadigan summa miqdorida yoxud ushbu miqdorga teng yoki undan oshadigan ekvivalentdagi xorijiy valyutadagi summada komission toʻlovlarning toʻlanishi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikda ishtirok etmaydigan davlatlar hududida roʻyxatdan oʻtgan xorijiy sugʻurtalovchilardan (qayta sugʻurtalovchilardan) qayta sugʻurta qilish boʻyicha komissiyalar va tantyemalarning olinishi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Operatsiyani shubhali deb tan olish har bir aniq holatda ushbu Qoidalar bilan oʻrnatilgan shubhalilik mezonlaridan foydalangan holda oʻtkaziladigan kompleks tahlil asosida, shuningdek, mijoz shaxsi, uning obroʻsi, amaliy ish munosabatlarining xususiyati, bitimning asoslari, maqsadlari, hajmi va turi, uni amalga oshirish usuli bilan hamda shubhali operatsiyani toʻgʻri aniqlash uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa holatlar asosida aniqlanadigan tavakkalchilik xavfiga bogʻliq ravishda amalga oshiriladi.
26. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq har qanday operatsiya, shu operatsiyalarning taraflaridan biri:
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoki amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs ekanligi haqida belgilangan tartibda olingan axborot mavjud boʻlsa, Departamentga xabar qilinishi va toʻxtatib turilishi kerak.
Bunday hollarda tashkilotlar pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni bu operatsiya bajarilishi lozim boʻlgan sanadan eʼtiboran uch ish kuniga toʻxtatib turishga va ushbu operatsiya haqida uni toʻxtatib qoʻyilgan kunning oʻzida Departamentni xabardor qilishga majbur. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyani toʻxtatish haqida Departamentning koʻrsatmasi boʻlmaganda, koʻrsatilgan muddat tugashi bilan tashkilot toʻxtatilgan operatsiyani tiklashga kirishadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Mijozning operatsiyasi shubhali deb topilgandan soʻng, masʼul shaxs mijozga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar haqida qaror qabul qiladi, jumladan:
shubhali operatsiya toʻgʻrisida Departamentga xabar berish haqida;
Keyingi tahrirga qarang.
mijoz bilan operatsiya oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi haqida;
qonun hujjatlari yoki u bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq mijoz bilan munosabatlarni toʻxtatish haqida.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Shubhali operatsiya toʻgʻrisidagi xabar operatsiya shubhali deb topilgan vaqtdan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq tashkilot tomonidan Departamentga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Har bir shubhali operatsiya toʻgʻrisidagi maʼlumot masʼul shaxs tomonidan qogʻoz va elektron koʻrinishda yuritiluvchi maxsus jurnalga kiritiladi.
30. Tashkilot tegishli operatsiyadan shubhani tasdiqlovchi yoki olib tashlovchi har qanday maʼlumotni Departamentga kechiktirmay topshirishlari zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Ichki nazoratni amalga oshirish natijasida olingan axborot va hujjatlarni rasmiylashtirish, saqlash, maxfiyligini taʼminlash
Keyingi tahrirga qarang.
31. Departamentga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar boʻyicha qonun hujjatlariga va mazkur Qoidalarga muvofiq quyidagilar rasmiylashtiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
operatsiya turi va uni amalga oshirish asoslari;
operatsiyani amalga oshirish sanasi va summasi;
operatsiyani amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxsni indentifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
operatsiyani topshirigʻi boʻyicha va nomidan amalga oshirilayotgan jismoniy yoki yuridik shaxsni indentifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
ushbu shaxs nomidan operatsiyani amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxsning vakilini (ishonchli vakilini) indentifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya boʻyicha foyda oluvchi va uning vakilini identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar.
32. Tashkilot pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek, mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha identifikatsiyalash maʼlumotlarini va materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan, lekin operatsiyalar amalga oshirilganidan yoki mijoz bilan munosabatlar toʻxtatilganidan keyin besh yildan kam boʻlmagan muddatlar mobaynida saqlashi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Tashkilot jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan axborotdan erkin foydalanishni cheklaydilar, uni tarqalib ketmasligini taʼminlaydilar hamda yuridik va jismoniy shaxslarga, ularning operatsiyalari haqida Departamentga maʼlumot berilganligi toʻgʻrisida axborot berishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Tashkilot oʻz xodimlari tomonidan ichki nazorat boʻyicha vazifalarni bajarish jarayonida olingan axborotning eʼlon qilinmasligini yoxud shaxsiy maqsadlarda yoki uchinchi shaxslar manfaatlarida foydalanmasligini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Yakuniy qoidalar
34. Tashkilot tomonidan mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat Moliya vazirligi tomonidan Departament bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlari buzilganligi hollarini yashirishda, shuningdek, mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 45-son, 494-modda; 2010-y., 22-son, 176-modda; 2015-y., 14-son, 172-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2036-3/0601-son, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)