Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti boshligʻining
buyrugʻi
Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–331-sonli qaroriga muvofiq buyuraman:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Departament boshligʻi Z. DOʻSANOV
Toshkent sh.,
2009-yil 13-oktabr,
36-son
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2009-yil 13-oktabrdagi 36-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat
QOIDALARI
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 451-modda) Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ–331-sonli “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 18-son, 147-modda) muvofiq qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllangan:
benefitsiar mulkdor — pirovard natijada mulk huquqiga ega boʻladigan yoki mijozni aniq nazorat qiladigan jismoniy shaxs, shu jumladan, uning manfaatlari yoʻlida qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiya amalga oshirilayotgan yuridik shaxs;
ichki nazorat — maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni aniqlash boʻyicha qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar faoliyati;
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining (FATF) rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tugʻdiruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchining 2014-yil 11-sentabrdagi 20-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2034-2, 23.09.2014-y.) asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 39-son, 494-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
qimmatbaho metallar — oltin, kumush, platina va platina guruhiga kiruvchi (palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy va osmiy) metallar har qanday holat va koʻrinishdagi, shu jumladan, tabiiy quyma va afinlangan shaklda, shuningdek, xom ashyolar, eritmalar, yarim tayyor mahsulotlar, sanoat mahsulotlari, kimyoviy birikmalar, zargarlik va boshqa buyumlar, tangalar, lomlar va ishlab chiqarishdan qolgan chiqindi shaklida;
Keyingi tahrirga qarang.
qimmatbaho toshlar — tabiiy olmoslar, zumrad, yoqut, zangori-koʻkish yoqut va aleksandritlar, marvaridlar shu jumladan, xom (tabiiy) va ishlov shaklida, shuningdek, ishlab chiqarishdan qolgan chiqindi shaklida;
Keyingi tahrirga qarang.
mijozni identifikatsiyalash — mijozni lozim darajada tekshirish maqsadida, ular topshirgan hujjatlar asosida qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan mijozlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlash;
benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash — qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan qonun hujjatlari bilan belgilangan taʼsis hujjatlari (ustav va (yoki) taʼsis shartnomasi, nizom) asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini oʻrganish orqali yuridik shaxs boʻlgan mijozning mulkdori yoki uni nazorat qiluvchi shaxsni aniqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
mijoz — qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshirish toʻgʻrisida yozma yoki ogʻzaki topshiriq bilan murojaat qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs;
mijozni lozim darajada tekshirish — mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish, taʼsis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilishini oʻrganish orqali benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash, mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda oʻrganish;
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar — ichki nazoratni oʻtkazish davomida shubhali deb topilgan qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan sodir etilayotgan va tayyorlanayotgan operatsiyalar;
shubhali operatsiya — qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq, tayyorlash, sodir etish jarayonida boʻlgan yoki sodir etib boʻlingan, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlardan kelib chiqib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi toʻgʻrisida shubha paydo boʻlgan operatsiya;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
tavakkalchilik — mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchining 2014-yil 11-sentabrdagi 20-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2034-2, 23.09.2014-y.) asosan oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 39-son, 494-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti nomidan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda Departament deb yuritiladi).
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ichki nazorat maqsadlari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarning faoliyati sohasida tavakkalchiliklarni, shuningdek ularni kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash va baholash;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchining 2014-yil 11-sentabrdagi 20-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2034-2, 23.09.2014-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 39-son, 494-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;
Keyingi tahrirga qarang.
qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarni qasddan yoki qasddan boʻlmagan jinoiy faoliyatiga jalb qilishga yoʻl qoʻymaslik.
qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida qonun hujjatlari talablariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlash.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Ichki nazorat vazifalari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarning faoliyati doirasida tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash va kamaytirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni koʻrish;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchining 2014-yil 11-sentabrdagi 20-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2034-2, 23.09.2014-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 39-son, 494-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlariga va mazkur Qoidalarga muvofiq mijozlarni lozim darajada tekshirish choralarini amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
benefitsiar mulkdorlarni, shuningdek, qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk manbalarining kelib chiqish manbaini aniqlash va oʻrganish;
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar asosida shubhali boʻlgan operatsiyalarni aniqlash;
ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan va xabar qilinishi lozim boʻlgan shubhali operatsiyalar haqidagi axborotlar (hujjatlar)ni Departamentga oʻz vaqtida taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
alohida hollarda qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni, bu operatsiya bajarilishi lozim boʻlgan sanadan eʼtiboran uch ish kuniga toʻxtatib turish hamda bunday operatsiya haqida operatsiya toʻxtatib turilgan kunning oʻzida Departamentni xabardor etish;
Keyingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek, identifikatsiyalash maʼlumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida saqlanishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiyalarning amalga oshirilishi yoki amalga oshirishga urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar bilan bogʻliq shaxslar (rahbarlar, taʼsischilar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq bunday axborotni davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro ayirboshlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Ichki nazorat tizimini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
4. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun ichki nazoratni tashkil etish maqsadida qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarda rahbar buyrugʻi bilan ushbu Qoidalarga rioya etilishi uchun masʼul shaxs (keyingi oʻrinlarda masʼul shaxs deb yuritiladi) tayinlanadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchining 2014-yil 11-sentabrdagi 20-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-2, 23.09.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 39-son, 494-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Agar qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs faoliyatni individual tarzda (yuridik shaxs tashkil etmagan holda) amalga oshirsa, ushbu Qoidalarga rioya etilishi uchun javobgarlik mazkur shaxs zimmasiga yuklatiladi.
5. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarning ichki nazorat tizimi ularning faoliyat koʻrsatish xususiyatlari, faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, mijozlar va ularning operatsiyalari bilan bogʻliq mijozlar bazasi va tavakkalchilik darajasini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar tayinlangan masʼul shaxs haqidagi maʼlumotni Departamentga taqdim etishlari shart.
Masʼul shaxs oʻzgargan taqdirda, bu haqda qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs uch ish kuni mobaynida Departamentni xabardor qilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida masʼul shaxs quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur Qoidalarga muvofiq ichki nazoratni va mijozlarni lozim darajada tekshirishni joriy etishni va amalga oshirishni tashkillashtiradi;
qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxsning faoliyatiga xos jihatlaridan kelib chiqib, ichki nazoratni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va rahbariyatga tasdiqlashga kiritadi;
mijozlarning ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalari va xatti-harakatlari toʻgʻrisidagi xabarlarni Departamentga oʻz vaqtida yuborilishini, shuningdek, Departamentning qoʻshimcha axborot taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrovlarining bajarilishini taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur Qoidalar va ichki nazorat dasturlarini amalga oshirish jarayonining maxfiyligini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
ichki nazorat tizimini tashkil etish boʻyicha Departament tomonidan olib borilgan tekshiruvlar davomida qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxsning faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha monitoringni amalga oshiradi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchining 2014-yil 11-sentabrdagi 20-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2034-2, 23.09.2014-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 39-son, 494-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
8. Masʼul shaxs ichki nazoratni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
oʻz tashkilotining rahbarlari va xodimlaridan ichki nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tashkiliy-boshqaruv, buxgalteriya va boshqa hujjatlarni talab qilib olish;
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida olingan hujjatlardan nusxa koʻchirish, tashkilotning elektron maʼlumotlar bazalari, mahalliy hisoblash tarmoqlari va avtomatlashtirilgan kompyuter tizimlaridagi fayllar va boshqa yozuvlardan nusxalar olish;
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar boʻyicha rahbariyatga takliflar kiritish (shu jumladan, mijoz yoki operatsiya toʻgʻrisida qoʻshimcha axborot olish yoki mavjud axborotni tekshirish maqsadida oʻtkazilayotgan operatsiyani toʻxtatish boʻyicha).
9. Masʼul shaxs ichki nazoratni amalga oshirishda quyidagilarga majburdir:
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish boʻyicha oʻz tavakkalchiliklarini aniqlash va baholash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni koʻrish, ushbu tavakkalchiliklarni hujjatlashtirish va ularni kamaytirish choralarni koʻrish;
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchining 2014-yil 11-sentabrdagi 20-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2034-2, 23.09.2014-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 39-son, 494-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
ichki nazoratni amalga oshirish davomida olingan hujjatlarning saqlanishi va qaytarilishini taʼminlash;
mijozlarni lozim darajada tekshirishni amalga oshirish;
benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash chora-tadbirlarini koʻrish;
shubhali operatsiyalar aniqlanganda, belgilangan tartibda Departamentga maʼlumot berish;
Keyingi tahrirga qarang.
olingan maʼlumotning maxfiyligiga rioya qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
mijozlardan ish munosabatlarining maqsadi va koʻzlangan xususiyati, shuningdek, zarur hollarda pul mablagʻlarining kelib chiqish manbai toʻgʻrisida soʻrash;
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2010-yil 6-oktabrdagi 24-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2034-1 06.11.2010-y.) muvofiq yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son, 395-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
mijozni lozim darajada tekshirish materiallariga qoʻshib qoʻyiladigan yaqqol iqtisodiy mohiyatga ega boʻlmagan, mijozning taʼsis hujjatlarida yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomasida nazarda tutilgan maqsad va faoliyat turlariga toʻgʻri kelmaydigan barcha operatsiyalar boʻyicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma ravishda qayd etish;
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2010-yil 6-oktabrdagi 24-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2034-1 06.11.2010-y.) muvofiq sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son, 395-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
identifikatsiyalashni yakunlash imkoni boʻlmaganda yoki lozim darajada tekshirish natijalariga koʻra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatib turadigan maʼlumotlar olinganda, mijoz bilan bitim tuzishni rad etish.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2010-yil 6-oktabrdagi 24-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2034-1 06.11.2010-y.) muvofiq toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son, 395-modda)
Masʼul shaxs zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
91. Operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar zarurat tugʻilgan taqdirda operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2010-yil 6-oktabrdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-1 06.11.2010-y.) bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son, 395-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Xodimlarning soʻnggi yangiliklarga, jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning va terrorizmni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yoʻnalishlari haqidagi axborotga ega boʻlishlarini taʼminlash hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonun hujjatlari va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar Departament bilan kelishilgan holda masʼul xodimlarni doimiy ravishda qayta tayyorgarlikdan oʻtkazishlari shart.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2010-yil 6-oktabrdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-1 06.11.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son, 395-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
III. Mijozlarning tegishli tekshiruvi
11. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar:
amaliy ish munosabatlari oʻrnatilganda;
qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar oldi-sotdi bitimlar boʻyicha xizmatlar koʻrsatilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqi miqdorining 300 baravari miqdoridan ortiq boʻlgan bir martalik operatsiyalar amalga oshirilganda;
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchining 2014-yil 11-sentabrdagi 20-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2034-2, 23.09.2014-y.) asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 39-son, 494-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
olib borilayotgan operatsiyalarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadlariga aloqador ekanligiga har qanday shubha yuzaga kelganida;
Keyingi tahrirga qarang.
identifikatsiyalash uchun avval olingan maʼlumotlarning asliyligi va ishonchliligiga shubha tugʻilganda mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar sotuvchisi va oluvchisiga, shu jumladan avvaldan mavjud boʻlgan mijozlarga nisbatan ham birdek amalga oshirilishi kerak.
(11-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchining 2014-yil 11-sentabrdagi 20-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-2, 23.09.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 39-son, 494-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Mijozlarni lozim darajada tekshirish, qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshirish paytidagi barcha bosqichlarida olib borilishi lozim.
Binefitsar mulkdorni aniqlash uchun qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar mijoz boshqa mijoz nomidan harakat qilayotganligini aniqlashi kerak va undan keyin mijoz kimning nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, uni identifikatsiyalash hamda shaxsini lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrishi shart.
Mijoz yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash bilan bir qatorda ularning qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etiladigan hujjatlaridan foydalangan holda ularning operatsiyalarni amalga oshirishga boʻlgan vakolatlari tekshirilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Mijoz — jismoniy shaxsni identifikatsiyalash uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjat) asosida amalga oshiriladi. Agar jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor boʻlsa, uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi ham oʻrganilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Mijoz — yuridik shaxsni identifikatsiyalashda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi tegishli hujjatni, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri, rahbarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek, taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan boshqa maʼlumotlarni tekshirishlari lozim.
Mijoz — yuridik shaxsni yanada batafsilroq oʻrganish uchun:
mijozning taʼsis hujjatlari (roʻyxatdan oʻtkazilgan barcha oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar bilan) va mijozning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarning rasmiylashtirilishiga;
mijozning boshqaruv organlarining tuzilishi va ularning vakolatlariga;
mijozning roʻyxatdan oʻtkazilgan ustav fondining (kapitalining) miqdoriga;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa kerakli maʼlumotlarga alohida eʼtibor berilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar mijoz tomonidan taqdim etilayotgan axborotni:
davlat organlari va boshqa tashkilotlardan mijoz haqida olingan maʼlumotlardan foydalanish;
mijozning ishchanlik obroʻsi toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash;
Oldingi tahrirga qarang.
boshqa erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot manbalari orqali tekshirishga majburdir.
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2010-yil 6-oktabrdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-1 06.11.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son, 395-modda)
Mijozlarni lozim darajada tekshirish uchun kerak boʻlgan identifikatsiya va boshqa maʼlumotlar kamida bir yilda bir marta yangilanib turilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Yuridik va jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash jarayonida benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash boʻyicha, shu jumladan, mijoz mol-mulkining tuzilishini oʻrganish yoʻli bilan, asoslangan va zarur chora-tadbirlarni qoʻllanishi lozim.
17. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar mijozlar tomonidan identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, ularga operatsiyalarni amalga oshirishda rad javobini beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
171. Agarda operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda yoxud offshor hududlarda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan, shuningdek tavakkalchilikning yuqori darajasi toifasiga kiritilgan shaxs boʻlganda qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar mijozlarni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarni koʻrishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
172. Mijozni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlariga quyidagilar kiradi:
mijoz haqida qoʻshimcha maʼlumotlar (faoliyat turi, aktivlar miqdori, ochiq maʼlumotlar bazasi orqali olishi mumkin boʻlgan maʼlumot va boshqalar) olish va foydalanuvchi yoki benefitsiar mulkdor boʻyicha maʼlumotlarni yanada tezroq yangilab borish;
mijozdan uning pul mablagʻlari yoki moliyaviy holatining manbasi haqida maʼlumot olish;
rejalashtirilgan yoki oʻtkazilgan operatsiyalarning sabablari toʻgʻrisida maʼlumotlar olish;
qoʻshimcha tekshirishni talab qiladigan operatsiyalar (bitimlar) xususiyatini aniqlash hamda tekshirishlarning soni va ketma-ketligini oshirish yoʻli bilan ish munosabatlarining kuchaytirilgan monitoringini amalga oshirish.
(171 va 172-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchining 2014-yil 11-sentabrdagi 20-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2034-2, 23.09.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 39-son, 494-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
III1. Tavakkalchilik darajasini aniqlash va baholash
173. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirishda tavakkalchilik darajasini (keyingi oʻrinlarda tavakkalchilik darajasi deb yuritiladi) aniqlash, baholash va kamaytirish chora-tadbirlarini koʻrishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Tavakkalchilik darajasi mijoz taqdim etgan axborot asosida, amalga oshiradigan operatsiyalar turlari, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar, mijozni lozim tarzda tekshirish natijalari hamda boshqa kerakli maʼlumotlarni hisobga olgan holda masʼul shaxs tomonidan har yili aniqlanadi va baholanadi.
Tavakkalchiliklarni baholash natijalari yozma ravishda rasmiylashtirilishi hamda Departamentga taqdim etilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
174. Tavakkalchilikning yuqori darajasi toifasiga qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs avvaldan quyidagi mezonlarga javob beruvchi mijozlarni tegishli deb topish va ularga nisbatan kuchaytirilgan eʼtiborni qaratishi lozim:
terrorchilik faoliyatida ishtiroki yoxud terrorchilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslarning nazorat ostida ekanligi yoxud terrorchilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan yoki shugʻullanishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori yoxud uni nazorat qiluvchi ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot mavjud boʻlgan shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
norezidentlar;
haqiqatda joylashgan joyi taʼsis yoki roʻyxatga olish hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlardagi manzilga toʻgʻri kelmaydigan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
haqiqiy egasi ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxs boʻlgan tashkilotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
muntazam ravishda (ketma-ketligi uch oy mobaynida ikki martadan ortiq) shubhali operatsiyalarni amalga oshirayotgan mijozlar;
Keyingi tahrirga qarang.
masʼul shaxsda asosli shubha uygʻotadigan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi boshqa shaxslar.
175. Mijoz tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarning tavsifi oʻzgarishiga qarab, qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs zarur boʻlganda u bilan ishlash boʻyicha tavakkalchilik darajasini qayta koʻrib chiqishi lozim.
Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs barcha murakkab, gʻayrioddiy yirik operatsiyalarga, shuningdek aniq iqtisodiy yoki qonuniy maqsadga ega boʻlmagan operatsiyalarni amalga oshirishning gʻayrioddiy sxemalariga kuchaytirilgan eʼtibor qaratishi kerak.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxsining rahbariyatiga taqdim etilishi lozim.
176. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrishlari kerak. Bu maqsadlarda qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs:
Keyingi tahrirga qarang.
xizmatlarning yangi turlari va yangi ish amaliyoti ishlab chiqilishi;
yangi hamda amaldagi xizmat turlarida yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanish natijasida vujudga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchilik darajasini aniqlash va baholashlari lozim.
Bunday tavakkalchilikning baholanishi xizmatlarning yangi turlari, yangi ish amaliyotining ishga tushirilishi yoxud yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalarni foydalanishga tushirishdan avval oʻtkazilishi lozim.
Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs bunday tavakkalchilikni monitoring qilish va ularni pasaytirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrishi lozim.
(III1 bob Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchining 2014-yil 11-sentabrdagi 20-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2034-2, 23.09.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 39-son, 494-modda)
IV. Xabar qilinishi lozim boʻlgan shubhali operatsiyalarni aniqlashning mezonlari va tartibi
18. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiya quyidagi alomatlar mavjud boʻlganda shubhali deb topilishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxs tomonidan qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlarni bir marta yoki 3 oy davomida bir necha marotaba xarid qilish, agar uning umumiy summasi xarid qilish kuniga eng kam ish haqining 300 baravariga teng yoki undan ortiq miqdorga toʻgʻri kelganda;
jismoniy shaxs tomonidan qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlarni bir marta yoki 3 oy davomida bir necha marotaba qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlarni qabul qilish punktiga sotish, agar uning umumiy summasi topshirish kuniga eng kam ish haqining 300 baravariga teng yoki undan ortiq miqdorga toʻgʻri kelganda;
jismoniy shaxs tomonidan qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlarni bir marta yoki 3 oy davomida bir necha marotaba tarkibida qimmatbaho metallar va affinlangan qimmatbaho metallar mavjud boʻlgan chiqindilarni hamda parchalarni qimmatbaho metalllar va qimmatbaho toshlarni qabul qilish punktiga sotish, agar uning umumiy summasi sotish kuniga eng kam ish haqining 300 baravariga teng yoki undan ortiq miqdorga toʻgʻri kelganda;
qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlarni qabul qilish punktidan jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlarni bir marta yoki 3 oy davomida bir necha marotaba xarid qilish, agar uning umumiy summasi xarid qilish kuniga eng kam ish haqining 300 baravariga teng yoki undan ortiq miqdorga toʻgʻri kelganda;
jismoniy shaxs tomonidan qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlarni bir marta yoki 3 oy davomida bir necha marotaba vositachilikka topshirish, agar uning umumiy summasi topshirish kuniga eng kam ish haqining 300 baravariga teng yoki undan ortiq miqdorga toʻgʻri kelganda;
qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarni ishlab chiqarish uchun bir marta yoki 3 oy davomida bir necha marotaba buyurtma berish, agar uning umumiy summasi buyurtma berish kuniga eng kam ish haqining 300 baravariga teng yoki undan ortiq miqdorga toʻgʻri kelganda;
(18-bandning ikkinchi — yettinchi xatboshlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchining 2014-yil 11-sentabrdagi 20-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-2, 23.09.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 39-son, 494-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
amalga oshirilayotgan operatsiyalarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga aloqadorligi haqida asoslangan shubhalar mavjud boʻlgan barcha holatlarda;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
identifikatsiyalashni yakunlashning imkoni boʻlmasligi yoki lozim darajada tekshirish natijalariga koʻra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatib turadigan maʼlumotlarning olinishi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2010-yil 6-oktabrdagi 24-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2034-1 06.11.2010-y.) muvofiq toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son, 395-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
19. Operatsiyani shubhali deb tan olish har bir aniq holatda ushbu Qoidalar bilan oʻrnatilgan shubhalilik mezonlaridan foydalangan holda oʻtkaziladigan kompleks tahlil asosida, shuningdek, mijoz shaxsi, uning obroʻsi, amaliy ish munosabatlarining xususiyati, bitimning asoslari, maqsadlari, hajmi va turi, uni amalga oshirish usuli bilan hamda shubhali operatsiyani toʻgʻri aniqlash uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa holatlar asosida aniqlanadigan tavakkalchilik xavfiga bogʻliq ravishda amalga oshiriladi.
20. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan har qanday operatsiya, shu operatsiyalarning taraflaridan biri:
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilikni amalga oshirayotgan yoki amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs ekanligi haqida belgilangan tartibda olingan axborot mavjud boʻlsa, Departamentga xabar qilinishi lozim.
Bunday hollarda qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni bu operatsiya bajarilishi lozim boʻlgan sanadan eʼtiboran uch ish kuniga toʻxtatib turishga va ushbu operatsiya haqida uni toʻxtatib qoʻyilgan kunning oʻzida Departamentni xabardor qilishga majburdirlar. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyani toʻxtatish haqida Departamentning koʻrsatmasi boʻlmaganda, koʻrsatilgan muddat tugashi bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar toʻxtatilgan operatsiyani amalga oshirishga kirishadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
201. Operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxs boʻlsa, bunday operatsiya ham Departamentga xabar qilinishi kerak.
(201-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchining 2014-yil 11-sentabrdagi 20-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2034-2, 23.09.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 39-son, 494-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
21. Mijozning operatsiyasi shubhali deb topilgandan soʻng, masʼul shaxs mijozga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar haqida qaror qabul qiladi, jumladan:
shubhali operatsiya toʻgʻrisida Departamentga xabar berish haqida;
Keyingi tahrirga qarang.
mijoz bilan operatsiya oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratish haqida;
qonun hujjatlariga yoki u bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq mijoz bilan munosabatlarni toʻxtatish haqida.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Shubhali operatsiyalar haqidagi maʼlumotlar qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan Departamentga shubhali operatsiyalar deb topilgan paytdan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan shaklda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Shubhali operatsiyalarga taalluqli har bir maʼlumot haqida axborot masʼul shaxs tomonidan qogʻoz va (yoki) elektron koʻrinishda yuritiladigan maxsus jurnallarga kiritiladi.
23. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar tegishli operatsiyadan shubhani tasdiqlovchi yoki olib tashlovchi har qanday maʼlumotni Departamentga kechiktirmay topshirishlari zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Ichki nazoratni amalga oshirish natijasida olingan axborot va hujjatlarni rasmiylashtirish, saqlash, maxfiyligini taʼminlash
24. Departamentga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar boʻyicha qonun hujjatlariga va mazkur Qoidalarga muvofiq quyidagilar rasmiylashtiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
operatsiya turi va uni amalga oshirishning asoslari;
operatsiyani amalga oshirish sanasi va summasi;
operatsiyani amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxsni indentifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
operatsiyani topshirigʻi boʻyicha va nomidan amalga oshirilayotgan jismoniy yoki yuridik shaxsni indentifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
ushbu shaxs nomidan operatsiyani amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxsning vakilini (ishonchli vakilini) indentifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalar boʻyicha qabul qiluvchi va uning vakilini indentifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek, mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha identifikatsiyalash materiallarini va maʼlumotlarini shu jumladan, ish yozishmalarini qonun hujjatlarida belgilangan, lekin operatsiya amalga oshirilganidan yoki mijoz bilan munosabatlar toʻxtatilganidan keyin besh yildan kam boʻlmagan muddatlar mobaynida saqlashlari shart.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2010-yil 6-oktabrdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-1 06.11.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son, 395-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
26. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan axborotdan erkin foydalanishni cheklaydilar, uni tarqalib ketmasligini taʼminlaydilar hamda yuridik va jismoniy shaxslarga, ularning operatsiyalari haqida Departamentga maʼlumot berilganligi toʻgʻrisida axborot berishga haqli emaslar.
Keyingi tahrirga qarang.
Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar ichki nazorat funksiyalarini amalga oshirish jarayonida olingan axborotni oʻz xodimlari tomonidan oshkor qilmaslikni (shaxsiy maqsadlari yoxud uchinchi shaxslar manfaatlari uchun foydalanilmasligini) taʼminlaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
261. Masʼul shaxsning faoliyatida foydalanilgan barcha hujjatlar (Departament bilan yozishmalar, shu jumladan yuborilgan xabarlarning qogʻozdagi va elektron nusxalari, mijozlarning qogʻozdagi va elektron anketalari, jurnallar va h. k.)dan foydalanilishini cheklash maqsadida, bunday hujjatlar va ularning roʻyxati bevosita maxsus jihozlangan xonada yoki yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda ushbu shaxs tomonidan saqlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
262. Hujjatlarning elektron shakllari dasturiy usulda arxivlashtirilishi, elektron axborot tashuvchi uskunalarga yozib qoʻyilishi hamda masʼul shaxs tomonidan ularning roʻyxati bilan birgalikda yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi zarur.
(261 va 262-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchining 2014-yil 11-sentabrdagi 20-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2034-2, 23.09.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 39-son, 494-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Yakunlovchi qoidalar
27. Mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat Departament tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
271. Mazkur Qoidalar, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha boshqa hujjatlar qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarning barcha xodimlariga yetkazilishi lozim.
(271-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2010-yil 6-oktabrdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-1 06.11.2010-y.) bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son, 395-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlari buzilganligi hollarini yashirishda, shuningdek, mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.