Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga Qarshi kurashish departamentining
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga Qarshi kurashish departamentining
qarori
Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 19-oktabrda 2020-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 451-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-son “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 18-son, 147-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladilar:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Adliya vaziri R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2009-yil 13-oktabr,
10-son
Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi Z. DOʻSANOV
Toshkent sh.,
2009-yil 13-oktabr,
39-son
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 10, 39-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat
QOIDALARI
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 451-modda) muvofiq davlat notarial idoralari (bundan keyingi oʻrinlarda notarial idoralar deb yuritiladi) va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 24-sentabrdagi 15, 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-1, 04.10.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 40-41-son, 348-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllangan:
benefitsiar mulkdor — pirovard natijada mulk huquqiga ega boʻladigan yoki mijozni aniq nazorat qiladigan jismoniy shaxs, shu jumladan, uning manfaatlari yoʻlida pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya amalga oshirilayotgan yuridik shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinichi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 24-sentabrdagi 15, 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-1, 04.10.2010-y.) bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 40-41-son, 348-modda)
ichki nazorat — maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni aniqlash boʻyicha notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalarining faoliyati;
Keyingi tahrirga qarang.
identifikatsiyalash — mijozni lozim darajada tekshirish maqsadida, u topshirgan hujjatlar asosida notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari tomonidan mijozlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlash;
mijoz — notarial idora yoki advokatlik tuzilmasiga pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyani amalga oshirish toʻgʻrisida yozma yoki ogʻzaki topshiriq (ariza, iltimosnoma) bilan murojaat qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
mijozni lozim darajada tekshirish — mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish, taʼsis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilishini oʻrganish orqali benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash, shuningdek, mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda oʻrganish;
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar — ichki nazoratni oʻtkazish davomida notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari tomonidan shubhali deb topilgan sodir etilayotgan va tayyorlanayotgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar;
shubhali operatsiya — pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq, tayyorlash, sodir etish jarayonida boʻlgan yoki sodir etib boʻlingan, ichki nazorat qoidalarini amalga oshirishda notarial idorada yoki advokatlik tuzilmasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi toʻgʻrisida shubha paydo boʻlgan operatsiya;
Keyingi tahrirga qarang.
maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti nomidan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boshqarmasi (bundan keyingi oʻrinlarda Departament deb yuritiladi);
Keyingi tahrirga qarang.
hududiy adliya organlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari mijozlar uchun yoki ular nomidan operatsiyalar oʻtkazganda quyidagi sohalarda ichki nazoratni amalga oshiradi:
koʻchmas mulkni sotib olish yoki sotish;
mijozning pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlari yoki boshqa mol-mulkini boshqarish;
bank, jamgʻarma hisobvaraqlari yoki qimmatli qogʻozlar hisobvaraqlarini boshqarish;
yuridik shaxslarni tashkil etish, faoliyat koʻrsatish yoki boshqarish uchun mablagʻlar yigʻish;
yuridik shaxslarni tashkil etish, faoliyat koʻrsatish yoki boshqarish hamda korxonalarning oldi-sotdisi;
Keyingi tahrirga qarang.
3. Notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalarini ichki nazorat qilish maqsadlari quyidagilardan iborat:
Keyingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;
Keyingi tahrirga qarang.
notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalarining qasddan yoki qasddan boʻlmagan jinoiy faoliyatga jalb qilinishiga yoʻl qoʻymaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga, shuningdek, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni tayyorlash va amalga oshirishda mazkur Qoidalarga ogʻishmay rioya qilinishini taʼminlash.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 24-sentabrdagi 15, 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-1, 04.10.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 40-41-son, 348-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
4. Notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari ichki nazoratining vazifalari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlari va mazkur Qoidalarga muvofiq mijozlarni lozim darajada tekshirish choralarini amalga oshirish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 24-sentabrdagi 15, 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-1, 04.10.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 40-41-son, 348-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
benefitsiar mulkdorlarni, shuningdek operatsiyani amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk manbalarining kelib chiqishini aniqlash va oʻrganish;
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur Qoidalarning 24-bandida belgilangan mezonlar asosida shubhali operatsiyalarni aniqlash;
ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan va xabar qilinishi lozim shubhali operatsiyalar haqidagi axborotlarni (hujjatlar) Departamentga oʻz vaqtida taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
alohida hollarda xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni bu operatsiya bajarilishi lozim boʻlgan sanadan eʼtiboran uch ish kunga toʻxtatib turish hamda bunday operatsiya haqida toʻxtatib turilgan kunning oʻzida Departament xabardor etish;
Keyingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek, identifikatsiyalash maʼlumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida saqlanishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari rahbariyatini tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan ishonchli axborot va materiallar bilan tezkor va muntazam ravishda taʼminlab borish;
shubhali operatsiyalarning amalga oshirilishi yoki amalga oshirishga urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar bilan bogʻliq shaxslar (rahbarlar, taʼsischilar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq bunday axborotni davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro ayirboshlash;
Keyingi tahrirga qarang.
soʻrovnomalar boʻyicha mijozlar bazasidan terrorchilik faoliyatini moliyalashtirish bilan bogʻliq boʻlgan shaxslarni aniqlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Ichki nazorat tizimini tashkil etish
5. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun ichki nazoratni tashkil etish maqsadida notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxs tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarining ichki nazorat tizimi ularning faoliyat koʻrsatish xususiyatlari, faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, mijozlar va ularning operatsiyalari bilan bogʻliq mijozlar bazasi va tavakkalchilik darajasini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Davlat notarial idorasida ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxs hududiy adliya organining buyrugʻi bilan tayinlanadi.
Ikki va undan ortiq davlat notariusidan tashkil topgan davlat notarial idorasida ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxs etib hududiy adliya organining buyrugʻida koʻrsatilgan mazkur notarial idoraning davlat notariusi tayinlanadi.
Agar davlat notarial idorasi bitta davlat notariusidan iborat boʻlsa, ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgarlik mazkur notarius zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 24-sentabrdagi 15, 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-1, 04.10.2010-y.) bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 40-41-son, 348-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
8. Advokatlik tuzilmasida ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxs advokatlik tuzilmasining advokati advokatlik tuzilmasining rahbarining buyrugʻi bilan tayinlanadi. Buyruqning nusxasi shaxsiy maʼlumotlar bilan birga buyruq chiqarilgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida hududiy adliya organiga yuboriladi.
Advokat advokatlik faoliyatini individual tarzda amalga oshirayotgan hollarda (advokatlik byurosi) ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgarlik mazkur advokat zimmasiga yuklatiladi.
9. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxslar quyidagi vazifalarni bajaradilar:
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur Qoidalarga muvofiq ichki nazorat jarayonini va mijozlarni lozim darajada tekshirishni joriy etishni va amalga oshirishni tashkillashtiradilar;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning uchinichi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 24-sentabrdagi 15, 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-1, 04.10.2010-y.) bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 40-41-son, 348-modda)
mijozlarning ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalari va xatti-harakatlari toʻgʻrisidagi xabarlarni Departamentga oʻz vaqtida yuborilishini, shuningdek, Departamentning qoʻshimcha axborot taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrovlarining bajarilishini taʼminlaydilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
mazkur Qoidalarni amalga oshirish jarayonining maxfiyligini taʼminlaydilar.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 24-sentabrdagi 15, 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-1, 04.10.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 40-41-son, 348-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
10. Ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxslar quyidagilarga haqli:
oʻz tashkilotining rahbarlari va xodimlaridan ichki nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan farmoyish beruvchi, buxgalteriya va boshqa hujjatlarni talab qilib olish;
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida olingan hujjatlardan nusxa koʻchirish, tashkilotning elektron maʼlumotlar bazalari, mahalliy hisoblash tarmoqlari va avtomatlashtirilgan kompyuter tizimlarida saqlanayotgan fayllar va boshqa yozuvlardan nusxalar olish;
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar boʻyicha rahbariyatga takliflar kiritish (shu jumladan, mijoz yoki operatsiya toʻgʻrisida qoʻshimcha axborot olish yoki mavjud axborotni tekshirish maqsadida oʻtkazilayotgan operatsiyani toʻxtatish boʻyicha).
Qonun hujjatlariga muvofiq ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxslar boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
11. Ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxslar quyidagilarga majburdirlar:
mijozlarni lozim darajada tekshirishni amalga oshirish;
benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash choralarini koʻrish;
shubhali operatsiyalar aniqlanganda, belgilangan tartibda Departamentga axborot berish;
Keyingi tahrirga qarang.
olingan axborotlarning maxfiyligiga rioya qilish;
ichki nazoratni amalga oshirish davomida olingan hujjatlarning saqlanishi va qaytarilishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
mijozni lozim darajada tekshirish materiallariga qoʻshib qoʻyiladigan yaqqol iqtisodiy mohiyatga ega boʻlmagan, mijozning taʼsis hujjatlarida yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomasida nazarda tutilgan maqsad va faoliyat turlariga toʻgʻri kelmaydigan barcha operatsiyalar boʻyicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma ravishda qayd etish;
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 24-sentabrdagi 15, 19-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-1, 04.10.2010-y.) muvofiq yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan— OʻR QHT, 2010-y., 40-41-son, 348-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
identifikatsiyalashni yakunlash imkoni boʻlmaganda yoki lozim darajada tekshirish natijalariga koʻra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatib turadigan maʼlumotlar olinganda, mijoz bilan bitim tuzishni rad etish.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 24-sentabrdagi 15, 19-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-1, 04.10.2010-y.) muvofiq sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan— OʻR QHT, 2010-y., 40-41-son, 348-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
111. Operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar zarurat tugʻilgan taqdirda operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim
(II boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 24-sentabrdagi 15, 19-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-1, 04.10.2010-y.) muvofiq 111-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 40-41-son, 348-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
12. Ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxslar bir yilda kamida bir marta hududiy adliya organiga oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobot tayyorlaydilar va taqdim etadilar.
13. Hududiy adliya organida ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxslarning roʻyxatini yuritadigan, ularning oʻqishi va malaka oshirishini tashkil etadigan, shuningdek, ular tomonidan taqdim etilgan hisobotlarni umumlashtiradigan va tahlil etadigan xodim tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Hududiy adliya organi yarim yilda bir marta hisobot choragidan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay Adliya vazirligiga notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxslarning roʻyxatini taqdim etadi.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yarim yilda bir marta hisobot choragidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay Departamentga notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxslarning roʻyxatini taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Mijozlarni lozim darajada tekshirish
16. Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari:
amaliy ish munosabatlari oʻrnatilganda;
olib borilayotgan operatsiyalarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadlariga aloqador ekanligiga har qanday shubha mavjud boʻlganda;
identifikatsiyalash uchun avval olingan maʼlumotlarning asliyligi va ishonchliligiga shubhalar mavjud boʻlganda mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Mijozlarni lozim darajada tekshirish operatsiyalarni amalga oshirishning barcha bosqichlarida olib borilishi lozim.
Benefitsiar mulkdorni belgilash uchun notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari mijoz boshqa shaxsning nomidan ish koʻrayotganligini aniqlashga va undan keyin mijoz kimning nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, uni identifikatsiyalash hamda shaxsini lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrishi shart.
Mijoz yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash bilan bir qatorda ular tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etiladigan hujjatlardan foydalangan holda ularning operatsiyalarni amalga oshirishga boʻlgan vakolatlari tekshirilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Mijoz notarial idora yoki advokatlik tuzilmasiga operatsiyalarni amalga oshirish toʻgʻrisida topshiriq (ariza, iltimosnoma) bilan bir yoki bir necha marta murojaat qilganda, notarial idora yoki advokatlik tuzilmasi quyidagilarga majburdirlar:
mazkur Qoidalar va boshqa qonun hujjatlari talablariga muvofiq operatsiya boʻyicha mijoz yoki naf oluvchini identifikatsiyalash;
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu mijozning avvalgi hisobot davri (oy, chorak, yarim yil, yil) mobaynida amalga oshirgan operatsiyalarini, agar bunday operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlsa, oʻrganib chiqish;
operatsiya turini hamda uning mijoz — yuridik shaxsning taʼsis hujjatlarida belgilangan maqsad va faoliyat turiga muvofiqlik darajasini aniqlash;
operatsiya turini hamda uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan mijoz-jismoniy shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomasida belgilangan faoliyat turiga muvofiqlik darajasini aniqlash.
19. Mijoz — jismoniy shaxsni identifikatsiyalash uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjat) asosida amalga oshiriladi. Agar jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor boʻlsa, shuningdek uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi ham oʻrganilishi lozim.
20. Mijoz — yuridik shaxsni identifikatsiyalashda notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan manzili, rahbarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek, taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarni tekshirishlari lozim.
Mijoz — yuridik shaxsni yanada batafsilroq oʻrganish uchun:
mijozning taʼsis hujjatlari (roʻyxatdan oʻtkazilgan barcha oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar bilan) va mijozning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning rasmiylashtirilishiga;
mijozning boshqaruv organlarining tuzilishi va ularning vakolatlariga;
mijozning roʻyxatdan oʻtkazilgan ustav fondining (kapitalining) miqdoriga;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa kerakli maʼlumotlarga alohida eʼtibor berilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Notarial idora yoki advokatlik tuzilmasi mijoz tomonidan taqdim etilayotgan axborotni:
davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlardan mijoz haqida olingan maʼlumotlardan foydalanish;
mijozning avvalgi notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari bilan oʻzaro munosabatlarini oʻrganish;
mijozning ishchanlik obroʻsi toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash orqali tekshirishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Yuridik va jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash jarayonida notarial idora yoki advokatlik tuzilmasi benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash boʻyicha, shu jumladan, mijoz mol-mulkining tuzilishini oʻrganish yoʻli bilan, asoslangan va mumkin boʻlgan chora-tadbirlarni qoʻllashi lozim.
23. Notarial idora yoki advokatlik tuzilmasi mijozlar tomonidan identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, ularga operatsiyalarni amalga oshirishda rad javobini berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni aniqlashning mezonlari va tartibi
24. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya quyidagi hollarda shubhali deb topilishi mumkin:
mijoz tomonidan zarurat tufayli soʻralayotgan, shu jumladan, topshiriq beruvchi (agar mijoz ishonchli vakil sifatida ish yuritayotgan boʻlsa) haqidagi maʼlumotlarni taqdim etishni sababsiz rad etilishi;
mijozning amalga oshirilayotgan bitimga nisbatan maxfiylik masalalari bilan ortiqcha tashvishlanishi;
mijozning xizmat koʻrsatishning (yuridik yordam) foydaliroq shartlariga nisbatan eʼtiborsiz boʻlishi, shuningdek mijoz tomonidan ayni turdagi xizmatlar koʻrsatishdagi oddiy toʻlovdan farq qiladigan yuqori mukofotning taklif qilinishi;
mijozning operatsiyalari yaqqol iqtisodiy mohiyatga ega boʻlmaganligi, mijozning taʼsis hujjatlarida yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomasida nazarda tutilgan maqsad va faoliyati turlariga toʻgʻri kelmasligi;
bitimga mijoz faoliyatiga muvofiq kelmaydigan qoʻshimchalar va oʻzgarishlar kiritilishi;
operatsiyani amalga oshirishda mijoz talabi bilan qilayotgan asoslanmagan shoshma-shosharlik;
mijoz tomonidan avval kelishilgan operatsiyaga (bitimga) bevosita uni amalga oshirilishidan oldin koʻproq, ayniqsa, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk harakati yoʻnalishi taalluqli oʻzgartirishlar kiritilishi;
mijoz haqida maʼlumotning mavjud emasligi, shuningdek, koʻrsatilgan bogʻlanish maʼlumotlari, xususan, pochta va elektron manzili, telefon raqamlari va elektron kanal maʼlumotlari boʻyicha mijoz bilan aloqa oʻrnatish imkoniyatining yoʻqligi;
maʼlumotlar va hujjatlar taqdim etilishini mijoz tomonidan asossiz kechiktirilishi yoki mijoz tomonidan tekshirib boʻlmaydigan maʼlumotni taqdim etilishi;
mijoz tomonidan bitim ishtirokchilari haqida bila turib yolgʻon axborot va maʼlumotlarning taqdim etilishi;
agar mijoz yoki operatsiya ishtirokchilaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikda ishtirok etmaydigan davlatda doimiy yashaydigan, turgan yoki roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
amalga oshirish maqsadi qonun hujjatlari bilan oʻrnatilgan nazorat jarayonlaridan bosh tortish deyishga asos boʻladigan operatsiyalar yoki bitishuvlarning koʻp marotaba yuritilganligining aniqlanishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
identifikatsiyalashni yakunlashning imkoni boʻlmasligi yoki lozim darajada tekshirish natijalariga koʻra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatib turadigan maʼlumotlarning olinishi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 24-sentabrdagi 15, 19-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-1, 04.10.2010-y.) muvofiq oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan— OʻR QHT, 2010-y., 40-41-son, 348-modda)
25. Operatsiyani shubhali deb tan olish har bir aniq holatda ushbu Qoidalar bilan oʻrnatilgan shubhalilik mezonlaridan foydalangan holda oʻtkaziladigan kompleks tahlil asosida, shuningdek, mijoz shaxsi, uning obroʻsi, ishga oid munosabatlarning xususiyati, bitimning asoslari, maqsadlari, hajmi va turi, uni amalga oshirish usuli bilan hamda shubhali operatsiyani toʻgʻri aniqlash uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa holatlar asosida aniqlanadigan tavakkalchilik xavfiga bogʻliq ravishda amalga oshiriladi.
26. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar har qanday operatsiya, shu operatsiyalarning taraflaridan biri:
terrorchilik faoliyatda ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilik faoliyatni amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilikni amalga oshirayotgan yoki amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs ekanligi haqida belgilangan tartibda olingan axborot mavjud boʻlsa, Departamentga xabar qilinishi lozim.
Bunday xollarda notarial idoralar yoki advokatlik tashkilotlari pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni bu operatsiya bajarilishi lozim boʻlgan sanadan eʼtiboran uch ish kuniga toʻxtatib turishga va ushbu operatsiya haqida uni toʻxtatib qoʻyilgan kunning oʻzida Departamentni xabardor qilishga majburdirlar. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyani toʻxtatish haqida Departamentning koʻrsatmasi boʻlmaganda, koʻrsatilgan muddat tugashi bilan notarial idora yoki advokatlik tuzilmasi toʻxtatilgan operatsiyani tiklashga kirishadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Mijozning operatsiyasi shubhali deb topilgandan soʻng, ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxs mijozga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar haqida qaror qabul qiladi, jumladan:
shubhali operatsiya toʻgʻrisida Departamentga xabar berish haqida;
Keyingi tahrirga qarang.
mijoz bilan operatsiya oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratish haqida;
qonun hujjatlari yoki u bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq mijoz bilan munosabatlarni toʻxtatish haqida.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Shubhali operatsiyalar haqidagi maʼlumotlar notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari tomonidan Departamentga shubhali operatsiyalar deb topilgan paytdan eʼtiboran bir ish kundan kechiktirmay beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Shubhali operatsiyalarga taalluqli har bir maʼlumot haqida axborot notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalarining ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxs tomonidan qogʻoz va/yoki elektron koʻrinishda yuritiladigan maxsus jurnallarga kiritiladi.
29. Notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari ham tegishli operatsiyadan shubhani tasdiqlovchi yoki shubhani olib tashlovchi har qanday maʼlumotni Departamentga darhol xabar berishlari zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Ichki nazoratni amalga oshirish natijasida olingan axborot va hujjatlarni rasmiylashtirish, topshirish, saqlash, maxfiyligini taʼminlash tartibi
30. Departamentga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar boʻyicha qonun hujjatlariga va mazkur Qoidalarga muvofiq quyidagilar rasmiylashtiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
operatsiyaning turi va uni amalga oshirish asosi;
operatsiyani amalga oshirish sanasi va summasi;
operatsiyani amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxsni identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
topshirigʻiga koʻra yoki nomidan operatsiyani bajarayotgan jismoniy va yuridik shaxsni identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
operatsiyani amalga oshirayotgan jismoniy shaxs (ishonchli vakili) yoki yuridik shaxsning vakilini identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha oluvchini va uning vakilini identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar.
31. Departamentga axborot taqdim etish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq mazkur Qoidalarning ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar haqidagi maʼlumotni, shuningdek mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha identifikatsiyalangan materiallar va maʼlumotlarni shu jumladan ish yozishmalarini qonun hujjatlarida oʻrnatilgan, lekin operatsiyalar amalga oshirilgan yoki mijozlar bilan munosabatlar toʻxtatilgandan keyin besh yildan kam boʻlmagan muddatlar davomida saqlashlari zarur.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 24-sentabrdagi 15, 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-1, 04.10.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 40-41-son, 348-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
33. Notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan axborotga kirish imkoniyatini cheklaydilar, uning tarqalib ketmasligini taʼminlaydilar hamda yuridik va jismoniy shaxslarga ularning operatsiyalari haqida Departamentga maʼlumot berilganligi toʻgʻrisida axborot berish huquqiga ega emaslar.
Keyingi tahrirga qarang.
Notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari xodimlarining ichki nazorat boʻyicha vazifalarini bajarish jarayonida olgan axborotni oshkor etmasligini (yoki shaxsiy maqsadlarda, yo uchinchi shaxslar manfaatlari yoʻlida foydalanmasliklarini) taʼminlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Yakuniy qoidalar
34. Notarial idoralari va advokatlik tuzilmalari tomonidan mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat qilish Adliya vazirligi tomonidan Departament bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
341. Mazkur Qoidalar, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni tartibga soluvchi boshqa hujjatlar notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarining barcha xodimlariga yetkazilishi lozim.
(VI boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 24-sentabrdagi 15, 19-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-1, 04.10.2010-y.) muvofiq 341-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 40-41-son, 348-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlari buzilganligi hollarini yashirishda, shuningdek, mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.
Advokatlar palatasi raisi T. SAYIDOV
2009-yil 12-oktabr
Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga
ILOVA
ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Shubhali operatsiya haqidagi xabarning shakli
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 43-son, 461-modda; 2010-y., 40-41-son, 348-modda; 2014-y., 22-son, 262-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 10/18/2020-3/2061-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son; 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 16.01.2023-y., 10/23/2020-5/0029-son)