O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASh VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING
Qarori
16 YoShGAChA BO‘LGAN BOLALARNI NOGIRON DEB TOPISh HAQIDA TIBBIY XULOSA BERISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 15-sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2005]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 21-sentabrdagi 36-son hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 7-sentabrdagi 72/2023q/q-sonli ““16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogiron deb topish haqida tibbiy xulosa berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2005-1, 09.10.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 277-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida qaror qilamiz:
1. 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogiron deb topish haqida tibbiy xulosa berish tartibi to‘g‘risidagi nizom (yangi tahrirda) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror kuchga kirishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklarining 2007-yil 12-iyundagi “16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nogironlikni tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 6, 29/1-son qarori (ro‘yxat raqami 1695, 2007-yil 27-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 25-26-son, 277-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi.
Sog‘liqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 13-avgust,
14-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b A. XAITOV
Toshkent sh.,
2009-yil 13-avgust,
51-QQ-son
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 13-avgustdagi 14, 51-QQ-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogiron deb topish haqida tibbiy xulosa berish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 277-modda) muvofiq 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogiron deb topish haqida (bundan keyingi o‘rinlarda bolalar deb yuritiladi) tibbiy xulosani berish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalar deganda jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor (sezgi) nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj shaxslar tushuniladi.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Bolalarning turmush faoliyati cheklanganligi ularning o‘z-o‘ziga xizmat qilish, yurish, yo‘lni topa olish, muloqot qilish, o‘z xatti-harakatini nazorat qilish, shuningdek ta’lim olish va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish qobiliyati yoki imkoniyatini to‘la yoxud qisman yo‘qotganligida ifodalanadi.
2. Bolalarni nogiron deb topish ularning qonuniy vakillari — ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning doimiy yashash joyidagi tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiy-maslahat komissiyasi (bundan keyingi o‘rinlarda TMK deb yuritiladi) tomonidan mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3. TMK davolash-profilaktika muassasaning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi va bevosita bosh shifokorga bo‘ysunadi.
4. TMKga tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasasi bosh shifokori o‘rinbosari raislik qiladi.
TMK tarkibi bosh shifokor o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i va davolovchi shifokorlar (pediatr, terapevt, psixiatr, ftiziatr va boshqa mutaxassislar)dan tarkibidan iborat bo‘lib, uning ish rejasi tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasasi bosh shifokori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida olib boriladi.
5. TMK tomonidan beriladigan bolalarni nogiron deb topish to‘g‘risida tibbiy xulosa (bundan keyingi o‘rinlarda tibbiy xulosa deb yuritiladi) bolalarga ijtimoiy nafaqa tayinlashga asos bo‘ladi.
II. Bolalarni nogiron deb topish tartibi
6. Bolalarni tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazish jarayonida shifokorlar (pediatr, terapevt, psixiatr, ftiziatr va boshqalar) tomonidan ularda ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan “16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalarga nafaqa olish huquqini beruvchi tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxati”da (bundan keyingi o‘rinlarda Tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxati deb yuritiladi) ko‘rsatilgan kasalliklar va nogironlik belgilarini aniqlagan hollarda, bolalarning tibbiy hujjatlari (kasallik tarixidan ko‘chirma, zaruriyat bo‘lgan hollarda rentgen, UTT, EEG, kompyuter tomografiyasi, laboratoriya-bioximik sinamalari va o‘tkazilgan boshqa tekshiruvlar) asosida ularning qonuniy vakillari — ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning doimiy yashash joyidagi TMK tomonidan tibbiy xulosa rasmiylashtiriladi.
Ayrim hollarda nogiron bolalarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar pasporti bo‘yicha ro‘yxatda turgan joylarda yashamasdan boshqa joylarda ham yashashlari mumkin. Mazkur holatda bolalarning tibbiy hujjatlari yashash joyidagi tibbiy muassasadagi TMKga taqdim etilib, tibbiy xulosa rasmiylashtiriladi va pasport bo‘yicha ro‘yxatda turgan joyidagi TMK tomonidan ham tasdiqlanadi.
7. Bolalarga TMK majlisi to‘liq tarkibda o‘tkazilgan holda tibbiy xulosa beriladi va bolalar nogiron deb topiladi.
8. TMK tibbiy xulosani berishda quyidagilarni e’tiborga olishi lozim:
bolalarning tibbiy hujjatlaridagi ma’lumotlar (kasallik tarixidan ko‘chirma, ayrim hollarda rentgen, UTT, EEG, kompyuter tomografiyasi, laboratoriya-bioximik sinamalari o‘tkazilgan tekshiruvlar);
nogironlikka sabab bo‘lgan holatlar (tug‘ma, nasldan-naslga o‘tadigan kasalliklar yoki jarohat va surunkali kasalliklar, orttirilgan patologik holatlar natijasida yuzaga kelgan turmush faoliyatining cheklanganligi);
kasallikning xususiyati, bolalarning yoshi, uning a’zolari funksiyasining buzilish darajasi, kompensator mexanizmlar holati, kasalliklarning kechishi, ijtimoiy moslashuv imkoniyatlari;
bolalarning tibbiy, ijtimoiy, psixologik, pedagogik, jismoniy, kasbga va mehnatga doir komplekslarini qamrab olgan reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturida belgilanadigan ijtimoiy himoyaga muhtojligi va boshqalar.
9. Tibbiy xulosa bolalarni belgilangan tartibda shifoxona sharoitida tibbiy tekshiruvidan o‘tkazilib, davolash hamda reabilitatsiya tadbirlari natijalariga ko‘ra beriladi. Bunda, tibbiy xulosa bolalarning shifoxonalarda (shu jumladan ixtisoslashtirilgan shifoxonalarda) hamda ambulatoriya-poliklinika sharoitida davolangandan keyin ham 6 oydan ortiq davom etayotgan patologik o‘zgarishlarni inobatga olgan holda TMK tomonidan beriladi.
Tug‘ma anomaliyalar hamda hayot davomida orttirilgan anatomik nuqsonlar va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklar (tuberkulyoz, onkologik kasalliklar (xavfli o‘smalar), moxov, ruhiy kasalliklar, OITS va jinsiy a’zolar orqali yuqadigan boshqa kasalliklar) aniqlanganda barcha davolash tadbirlari o‘tkazilgandan so‘ng 6 oy kuzatuvidan ilgariroq tibbiy hujjatlar to‘liq taqdim etilganda, tibbiy xulosa umumiy asoslarda berilishi mumkin.
10. Kasalliklar va ularning patologik holatlariga muvofiq tibbiy xulosalar 1 yil muddatga, 2 yil muddatga yoki bir yo‘la 16 yoshgacha bo‘lgan muddatga beriladi va bola 16 yoshga to‘lgan oyning oxirigacha nafaqa to‘lanadi.
11. Tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxatining I-bo‘limida ko‘rsatilgan patologik holatlar, ya’ni kasalliklar jarohat yoki amalga oshirilgan tibbiy amaliyotlar natijasida bolalarning tana a’zosi va a’zolar tizimlarining funksiyasi buzilishi sababli, garchi davolash natijasida ko‘rsatilgan holatlar tiklanishi mumkin bo‘lsada, bolalarning yashash faoliyatini cheklanishiga va ijtimoiy hayotga moslasha olmaslikka olib kelgan holatlarda tibbiy xulosalar 1 yil muddatga beriladi.
12. Tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxatining II-bo‘limida ko‘rsatilgan patologik holatlar, ya’ni bolalar organizmi funksiyalarining kuchli darajada buzilgan, ularning o‘zgalar yordamiga muhtojligi sezilgan va o‘z-o‘ziga xizmat qilishi chegaralangan, lekin bolalarda tuzalish ehtimoli bo‘lgan holatlarda tibbiy xulosa 2 yil muddatga beriladi. Bunda, bolalarning fiziologik, anatomik, tana a’zosi va a’zolar tizimlarining kompensator holatlari, ularning tez o‘suvchanligi va tiklanishi hisobga olinadi.
13. Tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxatining III-bo‘limida ko‘rsatilgan holatlar, ya’ni o‘z-o‘ziga xizmat qilishning to‘liq yo‘qolishiga olib keluvchi organizm faoliyatining keskin, turg‘un va orqaga qaytmas buzilishi natijasida bolalarning yashash faoliyatining kuchli darajada chegaralanishiga va ijtimoiy hayotga moslasha olmaslikka olib boradigan a’zo va uning tizimlarining patologik holatlarida tibbiy xulosa bolalarning 16 yoshga to‘lgungacha bo‘lgan muddatga beriladi. Bunda, bolalarning ahvolini dinamik kuzatish, ularni reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash va hayotga moslashuvchanligini belgilash maqsadida tibbiy xulosa dastlab 2 yil muddatga beriladi. Mazkur muddat tugagach TMK tomonidan tibbiy xulosa bolalarning 16 yoshga to‘lgungacha bo‘lgan muddatga beriladi.
14. Tibbiy xulosa berilishi bilan birga TMK tomonidan nogiron bolalarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga farzandlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishlar lozimligi, shu bilan birga, bolalarning muhtojligidan kelib chiqib, tibbiy ko‘rsatmalarga asosan protez-ortopediya mahsulotlari hamda reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlanishi tushuntiriladi va bu borada tibbiy xulosada qayd etiladi.
15. TMK kasallik tavsifiga ko‘ra nogiron bolaga reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturini tuzadi va uning ijrosini ta’minlaydi.
16. Nogironlik belgilangan bolalarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bolalarning o‘z vaqtida dispanser nazoratidan o‘tkazilishi va ularning o‘z vaqtida davolanishi, sog‘lomlashtirilishi uchun mas’ul ekanligi to‘g‘risida hududiy tibbiy muassasalar mutaxassislari tomonidan targ‘ibot ishlari olib boriladi.
III. Tibbiy xulosani rasmiylashtirish tartibi
17. Tibbiy xulosa TMK tomonidan ushbu Nizomning 2-ilovasida belgilangan shaklda rasmiylashtiriladi va hududiy TMK raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi hamda mazkur davolash-profilaktika muassasasining muhri bilan tasdiqlanadi.
Tibbiy xulosada bolaning kasallik tarixidan olingan ma’lumotlar, shuningdek uning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi, ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning pasportidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim.
18. Tibbiy xulosa 1 yoki 2 yillik muddatga berilgan holatlarda tibbiy xulosada 17-bandda ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashqari, shuningdek bolaning navbatdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tish sanasi ham ko‘rsatiladi.
Bolani qayta ko‘rikdan o‘tkazish muddatlari kasallikning og‘irlik darajasi, uning kechishi, funksional yetishmovchilikning turg‘unligi, o‘z-o‘ziga xizmat qila olish holati, harakatlanish, chamalash, muloqot, o‘qish, o‘z yurish-turishini nazorat qilish qobiliyatining bashorat qilinadigan dinamikasiga qarab belgilanadi.
19. Ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq tibbiy xulosada bolalarga berilishi lozim bo‘lgan mazkur bolalar uchun protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari ko‘rsatiladi.
20. TMK tomonidan ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq 16 yoshgacha nogironlikni qayd qilish daftari yuritiladi.
21. Bolalar TMK ko‘rigidan mazkur Nizomda belgilangan tartibda taqdim etilgan tibbiy hujjatlar qabul qilib olingan kundan boshlab 10 kun muddatda o‘tkaziladi.
Tibbiy xulosa bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tgan kuni ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga topshiriladi.
22. Nogironlikni belgilash uchun asos bo‘lgan anamnestik, obyektiv ma’lumotlar, reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi komissiya tomonidan bolaning ambulator kartasida (112-shakl) shu kuni qayd qilinadi va komissiya a’zolari tomonidan imzo bilan tasdiqlanadi.
23. Bolalarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tibbiy xulosalar berilgan kundan boshlab 3 kun muddat ichida tibbiy xulosani o‘zlarining pasport bo‘yicha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlariga topshirishlari lozim.
24. Tibbiy xulosani qayta berilishi oldingi tibbiy xulosada qayd etilgan muddatdan kechikmasligi va uning rasmiylashtirilishi tibbiy xulosada ko‘rsatilgan oydan oldingi oyining 1-sanasidan boshlanishi lozim.
25. 16 yoshga to‘lmasdan bir oy oldin nogiron bolalarni nogironlik guruhini belgilash maqsadida o‘rnatilgan tartibda tegishli tibbiy-mehnat ekspert komissiyasiga yuboriladi.
26. Tibbiy xulosani berish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha hujjatlar maxsus seyflarda saqlanib, uning hisob-kitobi tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalarining rahbarlari tomonidan maxsus buyruq asosida yuklatilgan mas’ul xodim tomonidan olib boriladi.
Hujjatlarning saqlanish muddati — 25 yil.
27. TMKning faoliyati ustidan nazorat qilish tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasasining bosh shifokorlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi va viloyatlar hokimiyatlari sog‘liqni saqlash boshqarmalarining bosh pediatrlari zimmasiga yuklatiladi.
IV. Tibbiy xulosani bekor qilish tartibi va asoslari
28. Tibbiy xulosa quyidagi hollarda bekor qilinadi:
— sog‘ayganligi tufayli;
— 16 yoshga to‘lganligi sababli;
— vafot etganligi sababli;
— bola oilasi bilan doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga yoki boshqa joyga ko‘chib ketganda.
29. Tibbiy xulosani bekor qilish ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq TMK xulosasi asosida amalga oshiriladi.
V. Yakuniy qoidalar
30. Tibbiy xulosa natijalaridan norozi bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq sog‘liqni saqlash muassasasining yuqori tashkilotiga yoki sudga murojaat qilishlari mumkin.
31. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxs qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
(30 va 31-bandlar O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogiron deb topish haqida tibbiy xulosa berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalarga nafaqa olish huquqini beruvchi tibbiy ko‘rsatmalar
RO‘YXATI
I. 1 yil muddatga nogironlik belgilanadigan kasalliklarning nomlari va ularning klinik ko‘rinishlari
|
Kasalliklarning nomlari va patologik holatlari |
Klinik ko‘rinishlar va funksional holatlarning tavsifi |
| 1. Bosh va orqa miya jarohatlari hamda tug‘ruq jarohatlari oqibati, bosh va orqa miya qon aylanishining og‘ir buzilishlari, periventrikulyar leykomalatsiya, markaziy nerv sistemasining virusli infeksiyalari, tug‘ma nuqsonlar oqibati, aqliy-nutqiy rivojlanishdan orqada qolishi, gidrotsefaliyani dekompensatsiya davri. | Harakat, ruhiy va nutq buzilishlarining aniq klinik ko‘rinishlarida harakatning (chuqur parez, plegiya, paraparez, paraplegiya, triparez, triplegiya, gemiplegiya, gemiparez, tetraparez, tetraplegiya, afaziya, dizartriya, porsial va generallashgan epileptik xuruji, xotirani) buzilishi. Spastik tetraparez, gemiparez, kontraktura, aqliy rivojlanishning orqada qolishi, tutqanoq xurujlari, g‘ilaylik, yutinishni buzilishi, nutqni kuchli buzilishi. Subdural, subaraxnoidal, parenximatoz, qorinchalar ichiga va boshqa qon quyilishlar, yelka pleksiti va boshqa pleksitlar, miyelit. Qo‘l va oyoqlarda parez, falajlik, mushak gipotrofiyasi, tutqanoq xuruji, aqliy va nutqiy rivojlanishda orqada qolish, g‘ilaylik, disfagiya, dizartriya, chanoq a’zolari funksiyasining buzilishi. Tez-tez (oyda 4 va undan ko‘proq) tutqanoq xuruji, giperkinez, gemiparezlar, parezlar, aqliy hamda harakat rivojlanishining orqada qolishi. Kuchli miya qutisi gipertenziyasi, tez-tez (2-3 xuruj bir hafta davomida) takrorlanuvchi talvasa xurujlari, ko‘z tubidagi asoratlar, parezlar, plegiyalar, aqliy, nutqiy va harakat rivojlanishida orqada qolishlar. |
| 2. Xirurgik amaliyotidan keyingi holatlar: ichki a’zolarida, suyak-mushak tizimida, miya qutisida, quloq-tomoq-burun a’zolarida va suyak-mushak tizimini tug‘ma anomaliyasi (rivojlanish nuqsonlari va deformatsiyalari) bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda uzoq nazoratni va korreksiyani talab qiladigan holatlari. | Operatsiyadan keyingi davrda uzoq qayta tiklash va reabilitatsion muolajalarni talab qiladig�n holatlar, deformatsiyani gips bog‘lami yordamida bosqichma-bosqich davolash holati. |
| 3. Siydik tanosil sistemasi kasalliklari. | Buyrak funksiyasi buzilishining yaqqol klinik ko‘rinishlari, buyrak to‘qimasida patologik jarayonning yuqori faollik darajasi (jarayon 6 oydan uzoq davom etsa). Har yili 2 oydan ko‘proq qaytalanadigan patologik holatlar (buyrak yetishmovchiligining II-III darajasi, bitta buyrak yo‘qligida ikkinchi buyrakning piyelonefrit bilan kasallanishi). |
| 4. Trombotsitopenik Purpura va boshqa gemorragik holatlar. | Koagulopatiya va trombotsitopatiya, trombotsitopenik purpura og‘ir asorat bilan 2 oy va ortiq har yili bitta yoki undan ortiq xurujlar bilan kechishi. Trombotsitlarning soni 50000 dan kam bo‘lishi, trombotsitlar funksiyasini keskin pasayishi hamda gemorragik toshmalar va qon ketish (burun, og‘iz bo‘shlig‘i, bachadon, oshqozon-ichak va boshqalar) holatlari. |
| 5. Oshqozon yara kasalligi. 12 barmoqli ichak yarasi. | Asoratli kechishi. Kasallik xurujining bir yilda ikki va undan ortiq qaytalanishi, qon ketishi. |
| 6. Bachadondan disfunksional qon ketish. | Kasallikning asoratli kechishi. Anemiya (NV 60 g/l dan past bo‘lishi), surunkali kechishi (6 oydan ortiq). |
| 7. Biriktiruvchi to‘qimaning sistem shikastlanishi (sistem qizil yuguruk, dermatopolimiozit), yoshlar revmatoid artriti va tugunchali periarteritning og‘ir turlari. | Har yili 3 oydan ko‘proq qaytalanadigan patologik holatlarning yuqori faollik darajasi, funksional yetishmovchilik yoki buzilishining II-III darajasi. |
| 8. Yurak va qon aylanish sistemasi tug‘ma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari: ochiq arterial yo‘li, bo‘lmachalararo tug‘ma nuqsoni, qorinchalararo tug‘ma nuqsoni) operatsiyadan keyingi holati. | O‘pka gipertenziyasi va gipoksemiya bilan asoratlangan holatlarda bo‘lishi. |
| 9. Uzoq vaqt davom etadigan kasalliklarda, 3 oydan ko‘proq kuchli ta’sir qiluvchi preparatlar qo‘llanilganda vujudga keladigan holatlar. | Terapevtik yondoshishni talab qiladigan modda almashuvi, immun tizimi, qon tomirlar devorining buzilishi, periferik qonda patologik o‘zgarishl�ri (umumiy oqsilni pasayishi, gemoglobinni 60 gr/ldan kamayishi, anizotsitoz). |
| 10. Gepatit V, S va Delta-Agentli turlari. | Periferik qonda giperfermentemiya (2-3 faollik darajasida — AST, ALT 1 mmol/l, TIMOL miqdorining 7 mmol/l, va bilirubinning 20,5 mmol/l dan yuqori bo‘lishi), gepatosplenomegaliya natijasida dispeptik va astenik buzilishlar. |
| 11. Irsiy modda almashinuvi kasalliklari (fenilketonuriya, galaktozemiya, tseliakiya va boshqalar). | Tashxis qo‘yilgan vaqtidan boshlab maxsus parxezni zarurlik davridan to maxsus parxezni tugatilish davriga qadar. |
| 12. Xavfli o‘smalar. | Xirurgik va boshqa davolash usullari hamda ximioterapiya va nur bilan davolashdan so‘ng hamda “II-III bosqichda”gi holatlar. |
| 13. Tug‘ma gidrotsefaliya. | Belgilari: kuchli miya qutisi gipertenziyasi, tez-tez takrorlanuvchi talvasa xurujlari, ko‘z tubidagi asoratlar, parezlar, plegiyalar, aqliy, nutqiy, motor rivojlanishida orqada qolishlar. |
| 14. Ko‘krak qafasi a’zolari sili: Ko‘krak ichi limfa tugunlar sili, birlamchi sil kompleksi, o‘pka sili, sil plevriti. | Yuqori darajali intoksikatsiya. O‘pka, yurak faoliyati yetishmovchiligining II darajasi. |
II. 2 yil muddatga nogironlik belgilanadigan kasalliklarning nomlari va ularning klinik ko‘rinishlari
A. Asab tizimi faoliyatining buzilishi
| 1. Tug‘ma va orttirilgan asab tizimi markaziy va periferik shikastlanishlarining oqibatlari (travmatik, perinatal, infeksion, intoksikatsion, orttirilgan tug‘ma-degenerativ va boshqa ko‘rinishlar). Epilepsiya. | Doimiy yaqqol ko‘rinishidagi o‘rtacha harakat buzilishlari: monoparez, monoplegiya, paraparez, paraplegiya, triparez, triplegiya, gemiparez, gemiplegiya, tetraparez, tetraplegiya, giperkinezlar, boshqaruvning buzilishi, nutq, ko‘rish, chanoq a’zolarining, orqa miya faoliyatining buzilishlari; Tez-tez qaytalanuvchi davolanishga rezistent tutqanoqlar shaxs o‘zgarishi bilan (oyda 4 va undan ortiq katta yoki kunda tez-tez kichik yoki talvasasiz tutqanoqlar); 6 oy va undan ko‘proq davom etadigan og‘ir ruhiy holatlar. |
| 2. Bolalar tserebral falaji, pereventrikular leykomalatsiya, ensefalit, ikki tomonlama konduktiv va neyrosensor karlik. | Turg‘un alaliya, afaziyaning umumlashmagan shakli, og‘ir darajadagi dizartriya. |
| 3. Aqliy zaiflik. | Aqliy zaiflikning o‘rta darajasi, ko‘rish, eshitish, nutq, xulq-atvorning buzilishlari, tayanch-harakat apparati, chanoq a’zolari faoliyatining buzilishlari bilan kechishi. Aqliy zaiflik (chuqur yoki og‘ir darajasiga mos keladigan holatlar). |
B. Ichki a’zolar va tizimlarning buzilishi
| 1. Hiqildoq va traxeyaning tug‘ma va orttirilgan kasalliklari. | Traxeostomiyasiz mustaqil nafas olmaslik. |
| 2. Qon va qon yaratuvchi organlar kasalliklari va immun mexanizmni jalb etuvchi ayrim buzilishlar. | Yilida 1-marta anemik krizlar, periferik qonda gemoglobin miqdorining 60 g/ldan pasayishi, eritrotsit, leykotsit, trombotsitlar sonining kamayishi (eritrotsitlar — 2,5 mln.dan, leykotsitlar — 3 mingdan, trombotsitlar — 100 mingdan pasayishi), anizotsitoz, poykilotsitoz, mikrotsitoz. |
| 3. Astma. | O‘rta va og‘ir kechishi (yilda 4 va undan ortiq qaytalanishi, gormonlarga moyilligi). Nafas yetishmovchiligining II-III darajasi. |
| 4. Oshqozon, 12 barmoqli ichak yara kasalligi. Ichakning boshqa kasalliklari. Seliakiya. Jigar (jigar fibrozi va tsirrozi, surunkali virusli gepatit), o‘t pufagi, o‘t yo‘llari va oshqozon osti bezi kasalliklari va tug‘ma rivojlanish nuqsonlari. | Ovqat hazm qilish va jigar funksiyasining yaqqol buzilishi darajasida (giperfermentemiya, ikkilamchi jigar belgilari). Ovqat hazm qilish jarayonining yaqqol buzilishi: surunkali diareya, oqsilsiz shishlar, steatoreya, glyukozatolerantlik sinamasida yassi qand egriligi, teridagi xloridlar sinamasida S1-60mmol/ldan yuqori bo‘lishi. Maxsus parxezning zarurligi, jismoniy rivojlanishdan ortda qolishi. |
| 5. Qon aylanish sistemasi tug‘ma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari, ma’lum bir yoshgacha operatsiya qilib bo‘lmaydigan holatlar, yurak va yirik qon tomirlarida o‘tkazilgan xirurgik amaliyotidan keyingi holatlar). | Turg‘un yurak va qon aylanishi yetishmovchiligining II-III darajasi, yaqqol surunkali gipoksemiya, sinkopal holat, yurak ritmining buzilishi, jumladan kardiostimulyator implantatsiyasidan so‘ngi holati. |
| 6. Teri va teri osti kletchatkasi, shilliq parda kasalliklari: | Teri va shilliq pardaning tarqoq shikastlanishi (yaralangan, eritrodermiya va boshqalar). |
| tug‘ma bullez epidermoliz; | Qo‘l va oyoqlarning yoziluvchi sohalarida, barmoqlarining ustki yuzalarida pufaklar, eroziyalar, ularni o‘rnida chandiqli atrofiya hosil bo‘lishi. Mutilatsiya va kontrakturalar bilan kechishi. Toshmalar doimo arzimagan shikastlar (mikrotravma) natijasida qaytalanib turishi. |
| po‘rsildoq (puzirchatka); | Badanda, og‘iz shilliq qavatlarida qobig‘i bo‘sh pufaklar, yuzalari namlanib turadigan og‘riqli eroziyalarni hosil bo‘lishi, kasallikni surunkali kechishi, sezilmas sabab natijasida qaytalanishi. |
| tug‘ma ixtioz; | Tug‘ilgandan boshlab bolaning teri qalinlashib, tangachalar hosil bo‘lishi (baliq tangachasi) hamda teri elastikligi kamayib, yorilish bilan kechishi. |
| sklerodermiya, qizil yuguruk (krasnaya volchanka); | Teri va shilliq pardaning tarqoq shikastlanishi (eritrodermiya, atrofiya va uning natijasida badanda assimetrik o‘zgarishlar). ko‘pincha yuzni yonoq sohasida burun terisida kapalak shaklidagi qizarish so‘ng qalinlashuv va atrofiya paydo bo‘lishi, sistemali klinik shaklida ichki a’zolarda o‘zgarishlar va kasallik belgilari doimo kuchayib borishi bilan kechishi. |
| entropatik akrodermatit; | Tabiiy teshiklar atrofidagi terining shikastlanishi (eritrodermiya, shilinishi, tangacha va qatqaloqlar bilan qoplanishi) va ich ketishi bilan kechishi. |
| tug‘ma porfiriya; | Quyosh nuri tushgan sohalarda teri qizarishi, pufakchalar, eroziya yaralar va pigmentatsiyalar hosil bo‘lishi hamda tirnoq va sochlarni atrofiyasi bilan kechishi. Siydik va qonda porfirinlar miqdori ko‘payishi. |
| Dyuringni uchiqsimon dermatiti. | Teri va shilliq pardaning tarqoq shikastlanishi (yaralangan, eritrodermiya, qichishi). |
| 7. Tug‘ma va irsiy kasalliklar va sindromlar, shu qatorda mitoxondrial kasalliklar hamda modda almashuvi buzilishlari kasalliklari. Miopatiyalar, nevral amiotrofiyalar, irsiy neyrodegenerativ kasalliklar — leykodistrofiya, gepatolentikulyar degeneratsiya va boshqalar. Irsiy raxitsimon kasalliklar, mukopolisaxaridozlar, tugallanmagan osteogenez, Marfan sindromi, Elers-Danlo sindromi va boshqalar. Xromosoma buzilishlari: Daun sindromi, Klaynfelter sindromi, Shershevskiy-Terner sindromi, Patau sindromi, Edvards sindromi va boshqalar. |
Doimiy yaqqol ko‘rinishidagi o‘rtacha harakat buzilishlari: paraparez, paraplegiya, triparez, triplegiya, gemiparez, gemiplegiya, tetraparez, tetraplegiya, giperkinezlar, boshqaruvning buzilishi, nutq, ko‘rish, chanoq a’zolarining, orqa miya faoliyatining buzilishlari. Hayotiy faoliyatining hamda tayanch-harakat tizimining kuchli buzilishi. Giperkinezlar, boshqaruvning hamda nutqning buzilishi. Tez-tez (4 xuruj bir oy davomida) qaytalanuvchi davolanishga rezistent tutqanoqlar. 6 oy va undan ko‘proq davom etadigan og‘ir ruhiy holatlar. Yaqqol aqliy zaiflik (aqliy zaiflikning chuqur va og‘ir darajasiga mos keladigan holatlar). Doimiy yaqqol ko‘rinishidagi o‘rtacha harakat (generallashgan gipo- va gipertoniyalar) buzilishlari: paraparez, paraplegiya, triparez, triplegiya, gemiparez, gemiplegiya, tetraparez, tetraplegiya, giperkinezlar, boshqaruvning buzilishi, nutq, ko‘rish, chanoq a’zolarining, orqa miya faoliyatining buzilishlari. Genetik tekshiruv har bir kasallikka xos tekshirish natijalari asos bo‘lib xizmat qiladi. |
V. Ortopedik va xirurgik kasalliklar
| 1. Suyak-mushak sistemasi va biriktiruvchi to‘qima kasalliklari, (etiologiyaga bog‘liq bo‘lmagan poliartritlar, kollagenozlar, osteomiyelitlarning og‘ir shakllari va ularning asoratlari, mutilatsiya, tug‘ma anatomik nuqsonlar, kontraktura, sindaktiliya, polidaktiliya, artropatiya. Suyak-bo‘g‘im tizimida og‘ir operatsiyalardan so‘nggi holatlar. Kuyishdan keyingi kelloid chandiqli kontrakturalar. | a) Suyak to‘qimasining yaqqol destruksiyasi (osteoporoz, tog‘ay bilan uzviyligi), mushaklardagi patologik o‘zgarishlar, mushak va suyaklarning nuqsoniga olib keladigan, ya’ni qaytalanuvchi patologik sinishlar, bo‘g‘imlar faoliyatining II-III darajali funksional yetishmovchiligi. b) Umurtqa pog‘onasi va ko‘krak qafasining III-IV darajali deformatsiyasi natijasida tayanch-harakat apparatining va nafas olish faoliyatining II-III darajali funksional yetishmovchiligi. Bir yoki bir nechta bo‘g‘imlarning kontrakturalari va ankilozlari, katta naysimon suyaklarning yolg‘on bo‘g‘imlari. v) bir oyoq-qo‘l yoki uning segmentida tug‘ma nuqsonlar bo‘lishi natijasida oyoq-qo‘llar funksiyasining III-IV darajali buzilishlari. g) bir yoki ikkala oyoq va qo‘llardagi deformatsiyaga olib kelgan holatlar. |
| 2. Lab va tanglay yorig‘i (quyon lab va bo‘ri tanglay), til, og‘iz va halqumning boshqa tug‘ma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari). | Qattiq va yumshoq tanglayning tug‘ma defekti, manqalanish, ovqatning nafas yo‘llariga o‘tishi va nutq defekti bilan kechishi. |
| 3. Qizilo‘ngach, ovqat hazm qilish va siydik-tanosil sistemasi kasalliklari (buyrakning bujmayishi, uretropiyeloplastika, tsistoplastika operatsiyalari va qayta plastik operatsiyalaridan keyingi holat), jarohatlanishi va nuqsonlari, oshqozon va yo‘g‘on ichakning total rezeksiyasi yoki ingichka ichakning 2/3 qismini kesilishi — kalta ichak sindromi, ichakning oqmalari (iliostoma, kolostoma) qorin oraliq proktoplastikasi, yarali chandiqli torayishlar tufayli me’daga gastrostoma qo‘yish, sun’iy qizilo‘ngach plastikasi. | Ovqat hazm qilish funksiyasining turg‘un buzilishi, siydik va axlat tutaolmaslik, ichak, siydik va siydik-tanosil oqmalari, xirurgik aralashuvga yoki vaqtiga qarab xirurgik davolash mumkin bo‘lmagan ichak, siydik va siydik-tanosil oqmalari. |
G. Ko‘z kasalliklari
| 1. Ko‘ruv a’zolarining ikki tomonlama tug‘ma va orttirilgan shikastlanishlari. | Ko‘rish o‘tkirligining yaxshi ko‘radigan ko‘zdan 0,2 (korreksiyadan so‘ng) aniq pasayishi yoki ko‘rish maydonining bog‘lanish nuqtasida hamma yo‘nalish bo‘yicha 25 gradusgacha torayishiga olib keladigan patologik holatlar. |
III. 16 yoshgacha bo‘lgan muddatga nogironlik belgilanadigan kasalliklarning nomi va ularning patologik holatlari
A. Asab tizimining kasalliklari va ruhiy buzilishlar
1. Serebral falaj va boshqa falajli sindromlar (qo‘l-oyoqlarning uzoq vaqt falajligi yoki chuqur parezlari, turg‘un ikkilamchi tarqoq atetoz tipidagi giperkinezlar, xoreoatetoz, koordinatsiyaning yaqqol buzilishi).
2. 2 yil va undan ortiq doimiy ravishda davolashga qaramay davom etayotgan tez-tez qaytalanuvchi epilepsiyaning shaxs o‘zgarishi va aqliy pastligi bilan kechishi (oyiga 4 va undan ortiq katta yoki kunda tez-tez kichik yoki tutqanoqsiz kechuvchi).
3. Tashxisi tasdiqlangan nasl-genetik va degenerativ kasalliklar (stabil va zo‘rayuvchi turlari).
4. Kelib chiqishi har xil bo‘lgan aqliy zaiflikning chuqur va og‘ir turi.
5. 6 oy davom etadigan (surunkali) og‘ir shizofreniya va boshqa ruhiy buzilishlar va xulq-atvor buzilishlari.
6. Meningoensefalitning (ensefalitning) 2 yil va undan ortiq doimiy ravishda davolashga qaramay tiklanmagan (chuqur parez, plegiya, paraparez, paraplegiya, triparez, triplegiya, gemiplegiya, gemiparez, tetraparez, tetraplegiya, afaziya, dizartriya, parsial va generallashgan epileptik xuruji, ruhiy, aqliy zaiflikning o‘rta, chuqur va og‘ir holatlari) turg‘un asoratlari.
B. Ko‘z va uning qo‘shimcha apparati kasalliklari va jarohatlari
1. Ko‘rish o‘tkirligining yaxshi ko‘radigan ko‘zda 0,04 - 0,08 (korreksiya bilan)ga pasayishi yoki ko‘rish maydonining bog‘lanish nuqtasidan hamma yo‘nalish bo‘yicha 15 gradusgacha torayishiga olib keladigan ikki tomonlama orqaga qaytmaydigan turg‘un va davolab bo‘lmaydigan tug‘ma va orttirilgan ko‘rish a’zosi shikastlanishlari.
2. Ko‘rish o‘tkirligining yaxshi ko‘radigan ko‘zda 0,2 (korreksiya bilan)ga pasayishi yoki ko‘rish maydonining bog‘lanish nuqtasidan hamma yo‘nalish bo‘yicha 25 gradusgacha torayishiga olib keladigan ikki tomonlama orqaga qaytmaydigan turg‘un va davolab bo‘lmaydigan tug‘ma va orttirilgan ko‘rish a’zosi shikastlanishlari.
3. Bir tomonlama ko‘z soqqasini yo‘qligi (anoftalm) yoki bir tomonlama ko‘zni ko‘rligi (0 dan 0,02 gacha qamrab olingan).
V. Ichki a’zolar kasalliklari
1. Bronx-o‘pka tizimining tug‘ma va irsiy kasalliklari (aniqlanmagan kistozli fibroz-mukovissidoz, alveolit surunkali kechishi bilan va o‘pka tug‘ma anomaliyalari) nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligining II darajasi.
2. Tug‘ma va orttirilgan xarakterdagi bronx — o‘pka kasalliklarida II-III darajali turg‘un nafas yetishmovchiligi. Astmaning garmonga bog‘liq turi.
3. Lokal formasi bilan dispanser hisobida turadigan sil kasalliklari: o‘pkaning o‘choqli sili yallig‘lanish va yemirilish davri BK+, o‘pkaning infiltrativ sili yemirilish va tarqalish davri BK+, kavernali va fibrozli-kavernali shakli turg‘un nafas yetishmovchiligi II-III daraja, tsirrotik o‘pka sili. O‘pkadan tashqari organlar sili surunkali kechishi (suyak va bo‘g‘imlar sili, siydik-tanosil organlari sili, sil meningoensefalitlari asoratlari bilan va boshqalar).
4. Yurakning inoperabel fonida qon aylanishining turg‘un yetishmovchiligi.
5. Jigarning tug‘ma, irsiy, orttirilgan kasalliklarida kuchli turg‘un qayta tiklanmaydigan funksional buzilishlari.
6. Surunkali buyrak yetishmovchiligining III -bosqichi.
7. Birlamchi arterial gipertoniya (gipertoniya kasalligi), buyraklar shikastlanishi ustunligi bilan.
8. Diabetik nefroskleroz.
G. O‘sma kasalliklar
Inkurabel yomon sifatli o‘smalarning og‘ir shakli. A’zolar funksiyasining kuchli buzilishi kuzatilganda xirurgik muolajalar mumkin bo‘lmagan holatdagi xavfsiz sifatli o‘smalar.
D. Xirurgik kasalliklar va anatomik nuqsonlar hamda deformatsiyalar
1. Bir necha bor operativ rekonstruktiv amaliyotidan keyin tuzatib bo‘lmaydigan doimiy najas va siydikni tutaolmaslik, yo‘g‘on, to‘g‘ri ichak va orqa chiqaruv teshigining tug‘ma va orttirilgan oqmalari, siydik tanosil a’zolari oqmalari.
2. Muhim a’zolar: o‘pka, jigar, ichaklar va anorektal sohasining, o‘t yo‘llarining atreziyasi, buyrak, siydik pufagining yo‘qligi, yaqqol rivojlanmaganligi tufayli patologik asoratlarda muhim a’zolarning turg‘un funksional buzilishlari.
3. Suyak-mushak sistema va biriktiruvchi to‘qima kasalliklarida yaqqol qayta tiklanmaydigan funksional buzilishlari:
a) bir yoki ikkala oyoq va qo‘llarda tug‘ma va orttirilgan og‘ir darajadagi deformatsiyalar va amputatsion cho‘ltoqlar;
b) ankiloz, kontraktura, patologik sinish, skelet deformatsiyasiga olib keladigan umurtqa pog‘onasining tizimli zararlanishi;
v) tayanch-harakat apparatining rivojlanish nuqsonlari tufayli mustaqil harakat va o‘z-o‘ziga xizmat qilish imkoniyati yo‘qligi.
E. Endokrin tizimi kasalliklari
Ichki sekretsiya bezlari funksiyasining yetishmovchiligi:
qandli diabet (insulinga bog‘liq qandli diabet);
qandsiz diabet (pitiutrin-rezistent shakli), Itsengo-Kushinga sindromi, surunkali buyrak usti bezlarining boshqa buzilishlari (Adisson krizi), total adrenoektomiyadan keyingi holati, buyrak usti bezi po‘stlog‘ining og‘ir tug‘ma disfunksiyasi, og‘ir tug‘ma yod yetishmovchiligi sindromi, gipofizar nanizm, tug‘ma va orttirilgan gipotireozning og‘ir shakli, gipoparatireoz, tireotoksikoz.
J. Qon va qon yaratuvchi organlar kasalliklari
1. Leykozlar, gemoblastozlar, Xodjkin kasalligi (limfogranulomatoz), xavfli gistiotsitoz.
2. Qon ishlab chiqarishning tug‘ma va orttirilgan aplastik anemiyalar.
3. Idiopatik trombotsitopenik purpura, koagulopatiya nasliy va surunkali shakllari.
4. Og‘ir gemorragik kriz bilan kechuvchi doimo qaytalanib turuvchi surunkali trombotsitopatiyalar, irsiy va orttirilgan shakllari, yilida 3 marotabadan ortiq gemorragik krizlar.
5. Gemolitik anemiya irsiy, orttirilgan shakllari, yilida 3 marotabadan ortiq gemolitik krizlar.
6. Gemofiliyaning hamma turlari.
Z. Immun mexanizmini jalb etuvchi ayrim buzilishlar
1. Tug‘ma immun tizim tanqislik holatlari:
a) og‘ir mujassamlashtirilgan antitelalar (antitanachalar) yetishmovchiligi ustun bo‘lgan immunodefitsit holatlar, polimorfyadroli neytrofillar funksional buzilishlari, septik granulamatoz — jigar, o‘pka, limfa tugunlari va boshqa a’zolarning qaytalanib turuvchi bakterial shikastlanishi bilan kechishi;
b) qon zardobida immunoglobulin “E” ning konsentratsiyasi 1000 KED/l.dan yuqori bo‘lishi bilan jigarda, o‘pkada, teri ostida “sovuq” abssesslarning qaytalanishi bilan kechuvchi giperimmunoglobulin “E” sindromi.
2. Orttirilgan immuntanqislik holatlari:
a) OIV infeksiyasining III-IV darajasi.
b) OITS — odam immuntanqisligi sindromi.
I. Quloq, tomoq va burun kasalliklari
1. Ikki tomonlama konduktiv va neyrosensor karlik III-IV daraja yoki eshitish qobiliyatining to‘la yo‘qotilishi. Nutq buzilishi.
2. Eshitishning buzilishiga olib keluvchi quloq tug‘ma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari). Ikki tomonlama quloqning tug‘ma rivojlanmasligi yoki tuzatib bo‘lmas anomaliyasi (quloq suprasi va tashqi eshituv yo‘lining bo‘lmasligi).
3. Hiqildoq tug‘ma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari) mustaqil nafas olish funksiyasi buzilishi bilan.
4. Hiqildoq va kekirdak yuqori qismining orttirilgan chandiqli torayishi, 2-3-darajali nafas yetishmovchiligi bilan.
5. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining granulyoma va granulamasimon shikastlanishlari.
16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogiron deb topish haqida tibbiy xulosa berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
|
16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaga beriladigan | |
|
TIBBIY XULOSA | |
|
____-son | |
| 20___ y. “__” __________ |
___________ tuman (shahar) |
| 1. Bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi_______________________________ _______________________________________________________________________. | |
| 2. Tug‘ilgan yili (oyi, sanasi) ____________________________________________ | |
| 3. Bolaning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning F.I.Sh. _______________________________________________________________________ _______________________________________________________________________. | |
| 4. Ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning doimiy yashash joyi _______________________________________________________________________ _______________________________________________________________________ _______________________________________________________________________ | |
| 5. Tashxis (kasallikning nomi, patologik holati): ____________________________ | |
| Asosiy ________________________________________________________________ _______________________________________________________________________ _______________________________________________________________________ | |
| Asorati _______________________________________________________________ | |
| Qo‘shimcha tashxis ________________________________________________________ | |
| 6. Xulosa: kasallik (patologik holat) _______________________________________ ___________ taalluqli bo‘lim _____________ bandga __________ band bo‘limiga ________________________ tegishliligi | |
| 7. Xulosaning haqiqiyligi ________________________gacha | |
| 8. Navbatdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tish sanasi _______________ gacha | |
| 9. Bolaning protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalarga muhtojligi: | |
| Ha (nomi) ______________________________________________________________ | |
| Yo‘q. | |
TMK raisi |
___________________________________ |
| |
(F.I.Sh., imzosi) |
| TMK a’zolari | ___________________________________ |
| |
(F.I.Sh., imzosi) |
|
M.O‘. |
|
| 20__ y. “__” ______________ | |
|
16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaga beriladigan | |
|
TIBBIY XULOSA-KOREShOGI | |
|
____-son | |
20___ y. “__” __________ |
|
| 1. Bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi_______________________________ _______________________________________________________________________. | |
| 2.Tug‘ilgan yili (oyi, sanasi) _____________________________________________ | |
| 3. Bolaning ota-onasi yoki ularning o‘rini bosuvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi (keraklisini chizing) _________________________________ _______________________________________________________________________. | |
| 4. Ota-onasining yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning doimiy yashash joyi _______________________________________________________________________ _______________________________________________________________________. | |
| 5. Kasallik (patologik holat) _____________________________________________ | |
| ___________________ taalluqli bo‘lim ________________ bandga_______________ | |
| band bo‘limiga _______________________ tegishliligi _______________________ _______________________________________________________________________ | |
| Tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxati | |
| 20___ y. “___” ________ gacha haqiqiy | |
| Bolaning protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalarga muhtojligi: | |
| Ha (nomi) ______________________________________________________________ | |
| Yo‘q. | |
Qayta ko‘rikdan o‘tish sanasi 20___ y. “___” ______________ | |
TMK raisi |
___________________________________ |
| |
(F.I.Sh., imzosi) |
| TMK a’zolari | ___________________________________ |
| |
(F.I.Sh., imzosi) |
| 20 ___ y. “___” __________ tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limiga yuborildi | |
| Manzili: _______________________________________________________________ | |
| Aloqa bo‘limining kvitansiyasi № _________________ dan | |
16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogiron deb topish haqida tibbiy xulosa berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
Nogiron bolalarga protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari berish uchun asos bo‘luvchi tibbiy ko‘rsatmalar
RO‘YXATI
I. Nogiron bolalarning protez-ortopediya mahsulotlariga muhtojligini aniqlash uchun tibbiy ko‘rsatmalar
TMKlar nogiron bolalarning protez-ortopediya mahsulotlariga muhtojligi to‘g‘risida tibbiy xulosa berishda quyidagi tibbiy ko‘rsatmalarga asoslanadi (qayd etilgan kasalliklar tufayli nogironlik belgilangan bo‘lsa):
1. Protez mahsulotlariga:
qo‘l cho‘ltoqligi;
bilak cho‘ltoqligi;
yelka cho‘ltoqligi;
son cho‘ltoqligi;
boldir cho‘ltoqligi;
oyoqning amputatsion cho‘ltoqligi.
2. Ortoped apparatlariga:
poliomiyelit (qoqshol) kasalligi asoratlari (shu jumladan, oyoq parezi);
son va boldir sohasidagi soxta bo‘g‘imlar;
tug‘ma yoki orttirilgan patologiyalar natijasida oyoqning 3 santimetr va undan ortiq kaltaligi;
bolalar tserebral falajligi.
3. Ko‘krak bezlari ekzoprotezlarga:
onkologik o‘smalar va boshqa sabablar tufayli ko‘krak bezining olib tashlanganligi.
4. Tutorlarga:
poliomiyelit asoratlari;
sekin bitadigan siniqlar va soxta bo‘g‘imlar.
5. Korsetlarga:
skolioz;
osteoxondroz asoratlari (disk churrasi, spondilolistez, orqa miya nerv tolasining ezilishi natijasida rivojlangan skolioz);
kifoz;
umurtqa kanali stenozi;
umurtqa pog‘onasi jarohati asoratlari (umurtqalar o‘ynoqiligi, orqa miya faoliyatining buzilishi, spondilolistez).
6. Bandajlarga:
qaytalanuvchi yoki jarrohlik amaliyotini qo‘llash imkoni bo‘lmagan churralar.
7. Reklinatorlarga:
skolioz.
8. Murakkab ortoped poyabzaliga:
orttirilgan yoki tizimli, irsiy, tug‘ma patologiyalar natijasida oyoqning 3 santimetrdan ortiq anatomik kaltaligi;
tovon yuzasining varus yoki valgusli deformatsiyasi natijasida oyoqni ichkariga yoki tashqariga qiyshayishi;
oyoq kafti amputatsiyasi yoki ekzoartikulatsiyasidan (Shopar, Lisfrank, Goranjo, Sharp usulida va boshqalar) keyingi cho‘ltoqlik;
oshiq-tovon bo‘g‘imini mustahkamlashni talab etadigan oyoqlar yarim falajligi (parezi) va falajligi (paralichi);
bolalar tserebral falajligi;
oyoq panjasining rivojlangan ekvinus-varus qiyshiqligi, oyoq panjasi falajligi (ot tuyog‘i);
oyoq kafti yassi valgusli falajlik deformatsiyasi;
oyoq panjasining kuyish, sovuq olishi, elektr jarohati yoki jarrohlik muolajasi natijasidagi deformatsiyalari;
oyoq panjasining rivojlangan va turg‘un limfostazi (fil oyoqlik) va u bilan bog‘liq bo‘lgan trofik o‘zgarishlar.
II. Nogiron bolalarni reabilitatsiya texnik vositalariga muhtojligini aniqlash uchun tibbiy ko‘rsatmalar
TMKlar nogiron bolalarning reabilitatsiya texnik vositalariga muhtojligi to‘g‘risida tibbiy xulosa berishda quyidagi tibbiy ko‘rsatmalarga asoslanadi (qayd etilgan kasalliklar tufayli nogironlik belgilangan bo‘lsa):
a) Nogironlar aravachasi (xonada foydalanish uchun):
surunkali qon aylanishi buzilishining III darajasi;
o‘pka yurak-yetishmovchiligining III darajasi;
gemiplegiya, rivojlangan gemiparez;
tananing pastki qismi rivojlangan paraparezi, paraplegiya;
rivojlangan triparez, triplegiya;
rivojlangan tetraparez, tetraplegiya;
giperkinetik amiostatik sindrom, kuchli rivojlangan ataksiya;
ikkala oyoqning boldir va undan yuqori qismi amputatsiyasi;
ikkala tizza bo‘g‘imlari va tirsak panja bo‘g‘imlarining deformatsiyalanuvchi IV darajali osteoartrozi.
b) Nogironlar aravachasi (sayr uchun):
gemiplegiya, rivojlangan gemiparez;
tananing pastki qismi rivojlangan paraparezi, paraplegiya;
rivojlangan triparez, triplegiya;
rivojlangan tetraparez, tetraplegiya;
ikkala oyoqning boldir va undan yuqori qismidan amputatsiyasi;
ikkala tizza bo‘g‘imlari va tirsak-panja bo‘g‘imlarining deformatsiyalanuvchi IV darajali osteoartrozi.
v) Eshitish moslamasiga:
tug‘ma, ottirilgan va aralash Koxlear nevrit;
eshitish qobiliyati pasayishining III-IV darajasi (surdologning ikkala quloqning eshitish qobiliyati pasayganligi to‘g‘risidagi xulosasi asosida).
g) Qo‘ltiq tayoq:
bitta oyoqning tayanch-harakat faoliyati to‘liq buzilgan holatlarda hamda anatomik defektlarda.
d) Hassa:
oyoqning tayanch-harakat faoliyati qisman buzilgan holatlarda, shuningdek murakkab protez va ortez bilan ta’minlangan holatlarda;
ko‘zi ojiz nogironlarga.
16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogiron deb topish haqida tibbiy xulosa berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
4-ILOVA
16 yoshgacha nogironlikni qayd qilish
DAFTARI
| T/r |
Bolaning F.I.Sh. |
Tug‘ilgan yili | Jinsi | Manzili | shahar | qishloq | O‘qish joyi | Tashxisi | Tug‘ma | Orttirilgan | Birlamchi | Qayta | Xulosa | |
| o‘g‘il | qiz | |||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | |
| | TMK raisi |
____________________________ |
| | | | | | ||||||
| | | |
(F.I.Sh., imzosi) |
| | | | | | |||||
| | TMK a’zolari | ____________________________ | | | | | | | ||||||
| | | |
(F.I.Sh., imzosi) |
| | | | | | |||||
| | | M.O‘. | | | | | | | | |||||
16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogiron deb topish haqida tibbiy xulosa berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
5-ILOVA
|
16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogiron deb topish haqidagi tibbiy xulosani bekor qilinganligi to‘g‘risida | |
|
TMK XULOSASI ___-son | |
| 20___ y. “__” __________ |
___________ tuman (shahar) |
| Ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi _________________________________________________________ _______________________________________________________________________. | |
| Nogiron bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi _________________________ _______________________________________________________________________. | |
| Tug‘ilgan yili (oyi, sanasi) _______________________________________________ | |
| Yashash manzili __________________________________________________________ _______________________________________________________________________. | |
| 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolani nogironlik hisobidan chiqarish sabablari: | |
| 1. Sog‘ayganligi sababli .................................................................................................... | |
| 2. 16 yoshga to‘lganligi sababli ........................................................................................... | |
| 3. Vafot etganligi sababli ............................................................................................... | |
| 4. Ko‘chib ketganligi sababli ............................................................................................. | |
TMK raisi _____________________________________________________________ | |
|
(F.I.Sh., imzosi) | |
| TMK a’zolari __________________________________________________________ | |
|
(F.I.Sh., imzosi) | |
|
M.O‘. |
|
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 38-son, 419-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)