Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 10.06.2009 yildagi PQ-1128-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOShKENT ShAHRINING 2200 YILLIGIGA BAGʻIShLANGAN ASOSIY TANTANALARNI OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vatanimiz poytaxti azim Toshkent shahrining 2200 yillik qutlugʻ toʻyiga bagʻishlab mamlakatimizda keng koʻlamdagi tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro YUNESKO tashkiloti ishtirokida nishonlanayotgan bu sanaga xalqimiz va jahon jamoatchiligi oʻrtasida qiziqish va eʼtibor tobora ortib bormoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyini uning yurtimiz va mintaqamiz tarixidagi, ijtimoiy-siyosiy hayotimizdagi tutgan beqiyos oʻrni va mavqeyiga munosib tarzda yuqori saviyada nishonlash hamda bu tarixiy sanaga bagʻishlangan asosiy tantanalar va ommaviy sayillarni chuqur oʻylangan dastur asosida mazmunli oʻtkazish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 2-aprelda qabul qilingan Qaroriga qoʻshimcha ravishda 1-ilovaga* muvofiq chora-tadbirlar rejasi qabul qilinsin. Toshkent shahrining 2200 yilligiga bagʻishlangan tantanali majlis va bayram konsertini tayyorlash boʻyicha tashkiliy-ijodiy guruh tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyini nishonlash sanasiga bagʻishlangan tantanali majlis va konsert dasturini 2009-yil 1-sentabr kuni “Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida, ommaviy tadbirlar va xalq sayillarini esa 2-sentabr kuni poytaxt maydonlarida oʻtkazish haqidagi takliflar maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mustaqillik kuni va Toshkent shahrining 2200 yilligi bayrami munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida 2009-yil 29-avgust shanba dam olish kuni 2009-yil 31-avgust dushanba kuniga, 2009-yil 30-avgust yakshanba dam olish kuni 2009-yil 2-sentabr chorshanba kuniga koʻchirilsin. 29-avgust shanba va 30-avgust yakshanba kunlari ish kuni deb eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 10-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1128-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 6-son, 226-modda)