Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2012 08.05.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1953
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2012
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbekiston respublikasi davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

INTELLEKTUAL MULK OBYEKTLARiNI BAHOLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 8-mayda 1953-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2012-yil 22-maydagi 01/19-18/10-sonli “Intellektual mulk obyektlarini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1953-1, 18.06.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-apreldagi PQ–847-sonli “Loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Intellektual mulk obyektlarini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2009-yil 22-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01/19-18/08-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2009-yil 22-apreldagi 01/19-18/08-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual mulk obyektlarini baholash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1999-yil., 9-son, 208-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-apreldagi PQ–847-sonli “Loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil., 4-son, 237-modda) qaroriga muvofiq intellektual mulk obyektlarini baholashda baholash tashkilotlariga, uning jarayonlari va hisoblash uslublariga boʻlgan yagona talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Intellektual mulk obyektini baholash Mol-mulkni baholash milliy standartlariga muvofiq baholovchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi va baholash hisoboti bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Intellektual mulk obyektining qiymati uch yondashuv bilan, yaʼni daromadli, xarajatli, qiyosiy yondashuvlar bilan aniqlanadi. Baholashning uch yondashuvidan birini qoʻllash mumkin boʻlmagan taqdirda baholovchi tashkilot u yoki bu yondashuvni qoʻllash rad etilishini zarur ravishda baholash hisobotida asoslashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Daromadli yondashuv
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Daromadli yondashuv — bu baholash obyektidan kutilayotgan daromadlarni aniqlashga asoslangan baholash obyektining qiymatini baholash uslublari majmuidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Daromadli yondashuv intellektual mulk obyektidan foydalanishdan daromad (foyda) olish ehtimollari mavjud boʻlgan hollarda qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Intellektual mulk obyektidan foydalanishdan tushgan daromadlar intellektual mulk obyektidan foydalanish huquqi topshirilgan huquq egasi tomonidan maʼlum davr uchun olinadigan pul tushumlari va pul toʻlovlari (kelgusida — pul oqimi deb yuritiladi) orasidagi farqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Intellektual mulk obyektidan foydalanish huquqi topshirilganligi uchun toʻlovlarning hajmi bitim taraflari barcha zarur maʼlumotlarga ega boʻlgan holda oqilona harakat qilgan paytda kelib chiqadigan eng koʻp ehtimoliy mazmun asosida hisoblab chiqiladi va toʻlovlarning hajmida qandaydir favqulodda holatlar aks etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Intellektual mulk obyektidan foydalanishdan olinadigan asosiy foydalar quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotishda va (yoki) asosiy va aylanma mablagʻlarga sarmoya kiritishdagi xarajatlardan tejash, shuningdek xarajatlarni amalda kamaytirish, intellektual mulk obyektidan foydalanish huquqini qoʻlga kiritishda xarajatlarning boʻlmasligi (masalan, litsenzion toʻlovlarning yoʻqligi, litsenziarga daromaddan eng koʻp ehtimoldagi ulushni ajratish zaruratining boʻlmasligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilayotgan dona mahsulotning (ish, xizmat) narxini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning (ish, xizmat) sotuv hajmini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar va (yoki) boshqa majburiy toʻlovlarni kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz evaziga xizmat koʻrsatish toʻlovlarini kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash obyektini ishlatishdagi pul oqimini olishdagi tavakkalchilikni kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash obyektidan foydalanishdagi pul oqimining vaqtinchalik tuzilishini yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalarning boshqa shakllari va koʻrsatilgan shakllarning turli kombinatsiyalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Baholanadigan intellektual mulk obyektidan foydalanishdan tushadigan daromadlar toʻgʻridan toʻgʻrihuquq egasi intellektual mulk obyektini ishlatmagan holda olgan pul oqimi hajmi, tavakkalchiligi va tushum vaqtini intellektual mulk obyektidan foydalanishdan tushadigan pul oqimining hajmi, tavakkalchiligi va tushum vaqti bilan solishtirish orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Qiyosiy yondashuv
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qiyosiy yondashuv — bu baholash obyektini unga nisbatan bitimlari qiymatlari toʻgʻrisida maʼlumotlariga ega boʻlgan boshqa shunga oʻxshash obyektlar bilan solishtirish orqali baholash obyektining qiymatini baholash uslublari majmuidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qiyosiy yondashuvni qoʻllash baholash obyektlarining (kelgusida — oʻxshash) oʻxshash narxlari haqidagi ishonchli va toʻliq maʼlumot hamda ular bilan amalga oshiriladigan bitimlarning haqiqiy shartlari mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi. Bunda bitimlar qiymatlari, taklif va talab haqidagi maʼlumotlardan foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Intellektual mulk obyektini qiyosiy yondashuvni qoʻllash yordamida baholash shunga oʻxshash obyektlar qiymatlarini baholanayotgan intellektual mulk obyektining farqlariga qarab tuzatish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qiyosiy yondashuvni qoʻllagan holda qiymatni aniqlash quyidagi asosiy jarayonlarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash obyektini shunga oʻxshash obyektlar bilan solishtirishdagi elementlarni aniqlash (kelgusida solishtirish elementlari deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholanayotgan intellektual mulk obyektining har bir solishtirish elementlari boʻyicha shunga oʻxshash har bir obyektdagi xususiyat va farqlari darajasini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholanayotgan intellektual mulk obyektining shunga oʻxshash har bir obyektdagi solishtirish elementlari boʻyicha tegishli xususiyatlar va farqlari darajasiga mos ravishda shunga oʻxshash obyektlar qiymatlaridagi tuzatishlarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir shunga oʻxshash obyekt qiymatining har bir solishtirish elementlari boʻyicha ularning baholanayotgan intellektual mulk obyektidan farqi boʻyicha tuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shunga oʻxshash obyektning tuzatilgan qiymatlarini asosli umumlashtirish yoʻli bilan intellektual mulk obyektining qiymatini hisoblash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Solishtirish elementlariga baholash obyekti qiymatidagi omillar (baholash obyekti qiymatiga taʼsir qiluvchi omillar) va intellektual mulk obyektlariga oid bitishuvlar bozorida vujudga keladigan tavsif va xususiyatlar taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Solishtirishning eng muhim elementlari, qoidaga koʻra, quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual mulk obyektining baholanayotgan mulkiy huquqlari hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual mulk obyektiga oid bitishuvlarni moliyalashtirish shartlari (shaxsiy va qarzga olingan mablagʻlar nisbati, qarz mablagʻlarini taqdim etish shartlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shunga oʻxshash obyekt boʻyicha bitishuv tuzish sanasidan boshlab baholashni oʻtkazish sanasiga qadar davrda intellektual mulk obyektlari narxlarining oʻzgarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual mulk obyekti ishlatilgan yoki ishlatiladigan soha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etiladigan huquqlar taʼsiri tarqaladigan hududlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash obyektiga nisbatan shunga oʻxshash obyektlarning jismoniy, funksional, texnologik, iqtisodiy tavsiflari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual mulk obyektidan foydalanish orqali ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulotga boʻlgan talab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatli takliflarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual mulk obyektidan foydalanish orqali ishlab chiqarilgan mahsulotlarni (ish, xizmat) sotishning nisbiy hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual mulk obyektini foydali ishlatish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual mulk obyektini oʻzlashtirishga qilingan xarajatlar darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual mulk obyektiga oid bitishuvlarni tuzishdagi toʻlov shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual mulk obyektiga oid bitishuvlarni tuzish holatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Xarajatli yondashuv
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xarajatli yondashuv — bu mulkning eskirganligini inobatga olgan holda baholash obyektini tiklash yoki almashtirish uchun zarur boʻlgan sarf-xarajatlar miqdorini belgilashga asoslangan baholash uslublar majmui.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xarajatli yondashuvni qoʻllash baholash obyektini tiklash yoki almashtirish imkoni mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarajatli yondashuvni qoʻllash orqali baholash quyidagi asosiy jarayonlarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash obyektiga shunga oʻxshash yangi baholash obyektini yaratish uchun sarflanadigan xarajatlar miqdorini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash obyektining shunga oʻxshash yangi obyektga nisbatan eskirganligi hajmini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash obyekti qiymatini unga nisbatan shunga oʻxshash yangi baholash obyektini yaratish uchun sarflanadigan xarajatlar miqdorini chegirib tashlash yoʻli bilan hisoblash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Baholash obyektiga nisbatan unga oʻxshash yangi obyektni yaratishga qilingan xarajatlar summasi bevosita va bilvosita intellektual mulk obyektini yaratish va uni foydalanishga yaroqli holga keltirish, shuningdek intellektual mulk obyektining yaratilishida kapital kiritganligi uchun beriladigan eng koʻp ehtimoliy mukofoti hajmi koʻrinishidagi sarmoyadorning daromadini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Baholash obyektiga nisbatan unga oʻxshash yangi intellektual mulk obyektini yaratishga qilingan xarajatlar summasi huquq egasi tomonidan ilgari baholanayotgan intellektual mulk obyektini yaratishga amalda sarflangan xarajatlarni indeksatsiyalash yoki baholash obyektiga nisbatan unga oʻxshash yangi intellektual mulk obyektini yaratish uchun zarur boʻlgan barcha manbalarni (elementlar, xarajatlarni) baholash kunidagi narxlar va tariflar boʻyicha kalkulatsiya qilish yoʻli bilan belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Indeksatsiyalashni oʻtkazishda xarajatlar elementlari boʻyicha narxlarning oʻzgarib borishi indekslaridan foydalanish shart. Xarajatlar elementlari boʻyicha narxlarning oʻzgarib borishi indekslari haqida hammabop ishonchli maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining tegishli sanoat tarmoqlari boʻyicha narxlar oʻzgarishi indekslari boʻyicha axborotlaridan foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Sarmoyadorning daromadi baholanayotgan intellektual mulk obyektini yaratish uchun zarur unga nisbatan sarmoya kiritish tavakkalchiligi darajasi va vaqt davri boʻyicha eng koʻp ehtimolli oʻxshash kapitalning samara berishiga kiritgan miqdorlardan kelib chiqqan holda koʻzda tutilgan boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Intellektual mulk obyektining eskirganligi umuman olganda baholash obyektiga nisbatan unga oʻxshash yangi obyektning foydali ishlatilishi muddatini va mavjud baholash obyektining foydali ishlatilishi qolgan muddatini baholash asosida belgilanishi mumkin. Bunda intellektual mulk obyektini foydali ishlatish muddati shartnoma asosida intellektual mulk obyekti foydalanishga berilgan huquq muddati yoki intellektual mulk obyekti huquq egasining shaxsiy ishlab chiqarishida (biznesida) ishlatishi mumkin boʻlgan davridagi muddat deb belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Davlat patent idorasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi N. XANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 27-yanvar,

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisi Sh. SALIXOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 27-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktori B. AMONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 27-yanvar,
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 19-20-son, 241-modda)