Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.08.2023 29.04.2008 yildagi PQ-847-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.08.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LOYIHA-TADQIQOT TAShKILOTLARI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli “Ma’muriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va litseylar, sog‘liqni saqlash obyektlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish dasturlarini amalga oshirishga doir ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida loyiha-tadqiqot ishlari hajmi sezilarli ravishda oshganini qayd etish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, loyihalash ishlarini tashkil etish borasidagi jiddiy kamchiliklar amalga oshirilayotgan investitsiya jarayonlariga to‘sqinlik qilmoqda va ularning samaradorligini pasaytirmoqda. Aksariyat xususiylashtirilgan loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyati loyiha-smeta hujjatlarini sifatli ishlab chiqish bo‘yicha zamon talablariga javob bermaydi. Loyihalash ishlari sifati ham sezilarli ravishda pasaygani kuzatilmoqda. Buning natijasida ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari ko‘pincha vakolatli ekspertiza organlari tomonidan qayta ishlab chiqish uchun qaytarilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha-tadqiqot tashkilotlari amaliyotiga loyihalashtirishning zamonaviy uslublari, jumladan, loyihalash ishlarini avtomatlashtirish va amaliy dasturiy mahsulotlar sust joriy etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yosh va istiqbolli loyihachi kadrlarni ko‘paytirishga yetarli e’tibor qaratilmayotgani, respublikamizning ushbu yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlarida ularni tayyorlash sifatining talab darajasida emasligi natijasida aksariyat loyiha-tadqiqot tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislarining malakasi pastligicha qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning istiqbolli va iqtisodiy jihatdan samarali investitsiya yechimlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda faol ishtirokini ta’minlash, moddiy-texnika bazasi va kadrlar tarkibini mustahkamlash, shu asosda ishlab chiqiladigan loyihalar sifatini jiddiy oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nizom jamg‘armasida davlat ulushi kamida 51 foizni tashkil etadigan yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar qayd etilgan yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash, shuningdek, investitsiya loyihalarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda belgilangan tartibda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilg‘or xorijiy tajribadan foydalangan holda, loyihalashtirishning zamonaviy va ilmiy jihatdan asoslangan texnologik tartibini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarni avtomatlashtirilgan tarzda loyihalashtirishning, jumladan, qurilishning ilg‘or va yangi turdagi qurilish materiallarini qo‘llashni ko‘zda tutadigan zamonaviy texnologiyalarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mualliflar tomonidan loyihalashtirilgan obyektlar qurilishining barcha bosqichlarida sifatli mualliflik nazoratini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot institutlari va yetakchi oliy o‘quv yurtlarini jalb etgan holda, yuqori texnologik uslublar va uskunalarni xalqaro standartlar darajasida qo‘llashni ko‘zda tutadigan loyihalashtirish jarayonlariga zamonaviy me’yorlar va standartlarni tatbiq etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatayotgan oliy o‘quv yurtlari talabalarining o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashida, o‘qituvchilarining tajriba orttirishida, ularga avtomatlashtirilgan tarzda loyihalashtirishning zamonaviy texnologiyalari bo‘yicha materiallar hamda uslublarni taqdim etish borasida ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasida Loyihalash ishlarini takomillashtirishga oid kompleks tadbirlar 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha ishlarini muvofiqlashtirish, loyiha-tadqiqot tashkilotlari mintaqaviy tarmog‘ini kengaytirish va uning ishlari samaradorligini oshirish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari buyurtmachisi bo‘lish, bu mazkur ishlarni qurilish me’yorlari, qoidalari va standartlariga kiritishni, loyihalashtirish va qurilish sohasida yangi konsepsiyalarni yaratishni ham o‘z ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2008-yilning 1-mayidan yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari asosiy faoliyat turi bo‘yicha 3 yil muddatga foyda va mulk solig‘ini to‘lashdan, shuningdek, davlat ulushi bo‘yicha dividendlarni berishdan ozod etilsin, bo‘shagan mablag‘lar ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda mutaxassislar malakasini oshirishga maqsadli yo‘naltirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, soliq solishdan bo‘shagan mablag‘lar, shuningdek, davlat ulushi bo‘yicha dividendlar 1-ilovaga muvofiq belgilangan tartibda yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari nizom jamg‘armalariga davlatning qo‘shgan hissasi sifatida kapitallashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2008-yil 1-iyulgacha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya instituti rahbarlari hamda ixtisoslashgan kafedralari mudirlarini attestatsiyadan o‘tkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan birgalikda yuqorida nomlari qayd etilgan oliy o‘quv yurtlari, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarida texnika yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan boshqa oliy o‘quv yurtlarida o‘quv rejalari va dasturlarini qayta ko‘rib chiqsin, bunda sanoat, infratuzilma va fuqarolik obyektlarini loyihalashtirish sohasida loyihalash ishini rivojlantirishning xalqaro standartlari hamda yo‘nalishlariga muvofiq tarzda zamonaviy fikrlaydigan, malakali mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N. Xanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 29-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-847-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-apreldagi PQ-847-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom jamg‘armasida davlat ulushi kamida 51 foizni tashkil etadigan yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

“O‘zInjiniring” RLI

2.

“O‘zshaharsozlikLITI” DUK

3.

“O‘zGAShKLITI” DUK

4.

“ToshkentboshplanLITI” DUK

5.

“Qishloq qurilish loyiha” MChJ

6.

“O‘zog‘irsanoatloyiha” AJ

7.

“Tashgiprogor” AJ

8.

“ToshuyjoyLITI” AJ

9.

“Boshtransloyiha” AJ

10.

“Yo‘l loyiha byurosi” MChJ

11.

“Toshtemiryo‘lloyiha” MChJ

12.

“O‘zGEORANGMETLITI” DUK

13.

“O‘zLITIneftgaz” AJ

14.

“O‘zyengilsanoatloyiha” MChJ

15.

“O‘zbek kommunal loyiha qurilish” MChJ

16.

“O‘zgazloyiha” MChJ

17.

“Qishloqenergoloyiha” AJ

18.

“Issiqlikelektrloyiha” AJ

19.

“O‘zkimyosanoatloyiha” AJ

20.

“Gidroproyekt” AJ

21.

“Aloqaloyiha” DUK

22.

“O‘zGIP” MChJ

23.

“O‘zsuvloyiha” AJ

24.

“Suvsanoatfuqaroli” MChJ

25.

“O‘zagrosanoatloyiha” MChJ

26.

“O‘ztibloyiha” MChJ

27.

“Harbiyloyiha” DK

28.

“Chegaraloyiha” MChJ

29.

“O‘rtaosiyoenergotarmoqloyiha” AJ

30.

“QurilishmaterialLITI” MChJ

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-apreldagi PQ-847-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida loyihalash ishlarini takomillashtirishga oid kompleks chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish shakli

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Loyihalash ishlari sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.1.

Loyiha-tadqiqot tashkilotlari tomonidan, shu jumladan loyihalashtirilayotgan obyektlarning ishonchliligi va foydalanish xavfsizligini ta’minlashga doir normativ talablarga rioya etilishi bo‘yicha qat’iy litsenziya shartlarini belgilashni inobatga olgan holda, ayrim turdagi obyektlarning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va ularni loyihalash bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2008-yil 1-iyun

Davarxitektqurilish, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari

1.2.

Investorlar tomonidan loyiha-tadqiqot tashkilotlarini xususiylashtirishda o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarish yuzasidan ularning mas’uliyatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Takliflar

2008-yil 1-iyun

Davlat mulki qo‘mitasi, Davarxitektqurilish, loyiha-tadqiqot tashkilotlari

1.3.

Loyiha-tadqiqot ishlarining qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Nizom

2008-yil 1-iyun

Davarxitektqurilish, Iqtisodiyot vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari

1.4.

Loyiha-tadqiqot tashkilotlari va ular xodimlarining loyiha va loyihaviy yechimlar sifati va samaradorligi uchun mas’uliyatini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Takliflar

2008-yil 1-sentabr

Davarxitektqurilish, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

1.5.

Loyihalash bo‘yicha zamonaviy, ilmiy asoslangan texnologik reglamentlarni, shuningdek, loyihalash jarayonlariga xalqaro standartlar darajasidagi yuqori texnologiyali uslublar va jihozlarni qo‘llashni nazarda tutuvchi normativ va standartlarni joriy etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.

Loyihalash bo‘yicha texnologik reglamentlar, normativlar va standartlar

2008-yil 1-dekabr, keyinchalik — doimiy

Davarxitektqurilish, Fanlar akademiyasi, Ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari

1.6.

Intellektual mulkni, shu jumladan loyiha-tadqiqot tashkilotlarining intellektual mulkini aniqlash va baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Nizom

2008-yil 1-iyul

Davlat mulki qo‘mitasi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

1.7.

Loyiha-tadqiqot tashkilotlari uchun olib kiriladigan texnologik uskunalar turlarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlab, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasiga taqdim qilish.

Takl�flar

2008-yil 20-may

Davarxitektqurilish, yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari

O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar ro‘yxatiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish.

Ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar

2008-yil 1-iyun

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Adliya vazirligi

II. Loyiha-tadqiqot tashkilotlari boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar

2.1.

Davlat boshqaruvi organlari va iqtisodiyot tarmoqlarining rahbarlari va yuqori malakali mutaxassislari orasidan yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlarining ustav jamg‘armasidagi davlat ulushini boshqarish bo‘yicha davlatning ishonchli vakili etib tayinlash uchun nomzodlarni Aksi�dorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasiga taqdim qilish.

Takliflar

2008-yil 10-may

Davlat mulki qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi bilan kelishgan holda

Yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlarining ustav jamg‘armasidagi davlat ulushini boshqarish bo‘yicha davlatning ishonchli vakillarini tasdiqlash va ular bilan ishonchli boshqaruv bo‘yicha shartnomalar tuzish.

Komissiya qarori

2008-yil 20-may

Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi

2.2.

Yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlarining kuzatuv kengashlari tarkibiga davlatning ishonchli vakillari, shuningdek, ijro organlari rahbarlarini kiritgan holda, kuzatuv kengashlarining yangi tarkibini saylash uchun aksiyadorlar (ta’sischilar)ning umu�iy yig‘ilishlari o‘tkazilishini ta’minlash.

Aksiyadorlar (ta’sischilar)ning umumiy yig‘ilishlari

2008-yil 20-iyun

Davlat mulki qo‘mitasi, yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari

III. Loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish va ularning iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishdagi ishtirokini faollashtirish

3.1.

Obyektlarni avtomatik tarzda loyihalashtirish bo‘yicha, shu jumladan ilg‘or qurilish uslublarini va qurilish materiallarining yangi turlarini qo‘llashni nazarda tutuvchi unifikatsiyalashtirilgan zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish.

Tadbirlar

2008-yil 1-dekabr, keyinchalik — doimiy

Yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari, O‘zAAA, Davarxitektqurilish

3.2.

Iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik qayta jihozlash va yangi ishlab chiqarishlarni tashkil qilish bo‘yicha o‘rta va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga doir asoslantirilgan takliflarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Takliflar

2008-yil 1-oktabr, keyinchalik — har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning birinchi sanasiga qadar

Xo‘jalik birlashmalari, yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari, Iqtisodiyot vazirligi, Davarxitektqurilish

Kiritilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari yig‘ilishlarida ko‘rib chiqib, istiqbolli loyihalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga taqdim qilish.

Har chorakda Vazirlar Mahkamasi komplekslari va Rayosatining yig‘ilishlarida

Vazirlar Mahkamasi komplekslari

3.3.

Obyektlarni “tayyor holda topshirish” shartlari asosida topshirish bo‘yicha yaxlit boshqaruv tizimini takomillashtirish va to‘liq injini�ingni amaliyotga joriy etishga doir takliflar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilish.

Takliflar

2008-yil 1-iyul

Davarxitektqurilish, yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari

3.4.

Sanoatning bazaviy tarmoqlarida loyihalarni ishlab chiqishga metodik rahbarlik qilish va ularni muvofiqlashtirishni ta’minlash.

Tadbirlar

Doimiy

“O‘zog‘irneftgazkimyoloyiha” instituti, Davarxitektqurilish

3.5.

Loyiha-tadqiqot tashkilotlarini reyting baholash tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

Tadbirlar

2008-yil 1-sentabr

Davarxitektqurilish

3.6.

Amalga oshirilgan eng yaxshi loyihalar va arxitektura-loyiha yechimlari bo‘yicha ko‘rik-tanlovlar tashkil qilish.

Ko‘rik-tanlovlar

2008-yil 1-dekabr, keyinchalik — har yili dekabr oyida

Davarxitektqurilish, yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari

IV. Loyiha-tadqiqot tashkilotlarini professional tayyorlangan yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlash

4.1.

Loyiha-tadqiqot tashkilotlari rahbarlari, bosh muhandislari va bosh arxitektorlarining malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy normativ hujjat

2008-yil 1-iyun

Davarxitektqurilish, yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari

4.2.

Loyiha-tadqiqot tashkilotlarining rahbarlari, bosh muhandislari va bosh arxitektorlarini attestatsiyadan o‘tkazish.

Attestatsiyadan o‘tkazish

2008-yil 1-iyul

Davarxitektqurilish

4.3.

Loyiha-tadqiqot tashkilotlari rahbar xodimlari va mutaxassislarining kasbiy darajasini oshirish, loyihalash ishida izchillik va tajriba to‘plashni ta’minlash bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar ishlab chiqish.

Metodik ko‘rsatmalar

2008-yil 1-iyul

Davarxitektqurilish, yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari

4.4.

Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya institutining rahbarlari hamda sohaviy kafedralar mudirlarini attestatsiyadan o‘tkazish.

Attestatsiyadan o‘tkazish

2008-yil 1-iyul

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya instituti

4.5.

Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya instituti, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi boshqa oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejalari va talabalarni o‘qitish dasturlarini qayta ko‘rib chiqish, bunda sanoat, infratuzilma va fuqarolik obyektlarini xalqaro standartlar va loyihalash ishining rivojlanish tendensiyalariga muvofiq loyihalashtirish sohasida zamonaviy fikrlaydigan, malakali mutaxassislarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratish.

O‘quv rejalar va talabalarni o‘qitish dasturlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish

2008-yil 1-iyul

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari, Davarxitektqurilish

4.6.

Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya instituti, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi boshqa oliy ta’lim muassasalari talabalarining amaliyot va diplom loyihalari himoyasini bevosita loyiha-tadqiqot tashkilotlari bazasida o‘tkazishi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Nizom

2008-yil 1-iyul

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davarxitektqurilish

4.7.

Texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining davlat granti asosida tahsil olgan va o‘qish davomida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan bitiruvchilarini Davarxitektqurilishning har yilgi buyurtmanomalari asosida yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlariga ishga yuborish.

Tadbirlar

Har yili

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari, Davarxitektqurilish

4.8.

Toshkent arxitektura-qurilish institutining Qurilish sohasidagi menejerlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi qoshida turli ixtisoslik yo‘nalishlarida loyiha-tadqiqot tashkilotlari mutaxassislari malakasini oshirish bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi kurslar tashkil etish to‘g‘risida takliflar tayyorlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Takliflar

2008-yil 1-iyun

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Davarxitektqurilish

4.9.

Tizimli asosda mutaxassislar malakasini, shu jumladan yetakchi xorijiy ilmiy-loyiha markazlariga yuborish orqali oshirish.

Tadbirlar

Doimiy

Loyiha-tadqiqot tashkilotlari

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 18-son, 147-modda; 2009-y., 5-son, 36-modda; 2010-y., 20-son,151-modda; 2017-y., 21-son, 381-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)