22.04.2009 yildagi O‘RQ-212-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.04.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA VA TERRORIZMNI MOLIYALAShTIRIShGA QARShI KURAShISh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 26-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009-yil 28-martda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi 660-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 160-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 167-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 3-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Terrorizmni moliyalashtirish — terrorchilik tashkilotining mavjud boʻlishi va ishlab turishini taʼminlashga, terrorchilik harakatlarini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga koʻmaklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablagʻ-vositalar, resurslar berishga yoxud yigʻishga, boshqa xizmatlar koʻrsatishga qaratilgan, jinoiy jazolanadigan ijtimoiy xavfli qilmish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 5-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5-modda. Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat — pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar taqdim etadigan axborotni tekshirish va ushbu Qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan qabul qilinadigan chora-tadbirlar majmui”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismidagi “qonun hujjatlariga muvofiq majburiy nazorat” degan soʻzlar “maxsus vakolatli davlat organiga xabar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismidagi “pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilot faoliyatining xususiyatlarini hisobga olgan holda majburiy nazorat” degan soʻzlar “maxsus vakolatli davlat organiga xabar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun ichki nazorat qoidalari tegishli nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda, bunday organlar boʻlmagan holda esa, maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat mazkur qoidalarni tasdiqlagan organlar, shuningdek maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 7-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7-modda. Mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nazorat qoidalarida belgilangan hollarda xoʻjalik, fuqaroviy huquqiy munosabatlar aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nazorat qoidalarida belgilangan hollarda pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq bir martalik operatsiyalar amalga oshirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shubhali operatsiyalar amalga oshirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning shaxsi toʻgʻrisida avval olingan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga nisbatan shubhalar mavjud boʻlganda, mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha mustaqil chora-tadbirlar koʻrishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hujjatlar asosida mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼsis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilishini oʻrganish orqali mulkdorni yoki yuridik shaxs boʻlgan mijozni nazorat qiluvchi shaxsni identifikatsiyalashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda oʻrganishni”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 9-moddaning toʻrtinchi—oltinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga aloqador pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar haqidagi materiallarni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi tegishli organlarga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni, agar bunday operatsiyalar toʻgʻrisidagi oʻzi olgan xabar tekshirish natijalariga koʻra asosli deb topilgan boʻlsa, ikki ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish haqida koʻrsatmalar yoʻllaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni, shu jumladan avtomatlashtirilgan axborot, maʼlumotnoma tizimlaridan hamda maʼlumotlar bazalaridan soʻraydi va bepul oladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 12—15-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“12-modda. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklar, kredit uyushmalari va boshqa kredit tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja aʼzolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalovchilar va sugʻurta vositachilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul oʻtkazmalari, toʻlovlar va hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lombardlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni oʻtkazuvchi tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mol-mulkning oldi-sotdisi bilan bogʻliq operatsiyalarda xizmatlar koʻrsatuvchi va ishtirok etuvchi shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlar nomidan bitimlar tayyorlash va ularni amalga oshirishda notarial idoralar (notariuslar), advokatlik tuzilmalari (advokatlar) hamda auditorlik tashkilotlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq, maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan ichki nazoratni oʻtkazish davomida shubhali deb topilgan sodir etilayotgan va tayyorlanayotgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq, tayyorlash, sodir etish jarayonida boʻlgan yoki sodir etib boʻlingan, ichki nazorat qoidalarida belgilangan mezonlar va belgilarga muvofiq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi toʻgʻrisida shubha paydo boʻlgan operatsiya shubhali operatsiya, deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxs boʻlsa, bunday operatsiyalar ham maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq, alohida hollarda maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar, shu operatsiyalarning taraflaridan biri:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoki amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs ekanligi haqida belgilangan tartibda olingan axborot mavjud boʻlsa, ushbu Qonunga muvofiq maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi va toʻxtatib turilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar quyidagilarni bajarishlari shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq, maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi kerak boʻlgan shubhali operatsiyalar aniqlangan taqdirda, maxsus vakolatli davlat organiga bu operatsiyalar boʻyicha ular aniqlangan kundan keyingi bir ish kunidan kechiktirmay belgilangan tartibda axborot taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq, ushbu Qonunning 14-moddasida nazarda tutilgan operatsiyalarni, yuridik yoki jismoniy shaxs hisobvaragʻiga tushgan pul mablagʻlarini hisobga kiritish boʻyicha operatsiyalarni istisno etganda, bu operatsiya bajarilishi lozim boʻlgan sanadan eʼtiboran uch ish kuniga toʻxtatib turish hamda bunday operatsiya haqida operatsiya toʻxtatib turilgan kunning oʻzida maxsus vakolatli davlat organini xabardor qilish. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyani toʻxtatib turish toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organining koʻrsatmasi boʻlmasa, koʻrsatilgan muddat oʻtgach, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyani amalga oshiruvchi tashkilot toʻxtatib turilgan operatsiyani bajarishga kirishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nazorat tartib-taomilini joriy etish va amalga oshirish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) 18-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalari toʻgʻrisidagi axborotni yoxud boshqa maʼlumotlarni maxsus vakolatli davlat organiga belgilangan tartibda taqdim etish tijorat, bank siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni buzish hisoblanmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) 19-moddaning ikkinchi qismidagi “majburiy” degan soʻz chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) 21-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“21-modda. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek identifikatsiyalash maʼlumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek identifikatsiyalash maʼlumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida, lekin bunday operatsiyalar amalga oshirilganidan yoki mijozlar bilan amaliy ish munosabatlari toʻxtatilganidan keyin kamida besh yil mobaynida saqlashlari shart”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) 22-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maxsus vakolatli davlat organi zarur axborot taqdim etish toʻgʻrisida chet davlatlarning vakolatli organlariga soʻrovlar yuborish va chet davlatlar vakolatli organlarining soʻrovlariga javob qaytarish huquqiga ega”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 27-aprelda qabul qilingan “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ayrim moddalarining amal qilishini vaqtincha toʻxtatib turish haqida”gi OʻRQ-94-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 167-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 22-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-212-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 17-son, 210-modda)