O‘zbekiston Respublikasining qonuni
“JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA VA TERRORIZMNI MOLIYALAShTIRIShGA QARShI KURAShISh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI AYRIM MODDALARINING AMAL QILIShINI VAQTINChA TO‘XTATIB TURISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan
2007-yil 27-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 29-martda ma’qullangan
2007-yil 27-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 29-martda ma’qullangan
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-apreldagi O‘RQ-212-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 660-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 160-modda) 9, 13, 14, 15 va 16-moddalarining amal qilishi 2013-yil 1-yanvargacha to‘xtatib turilsin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 27-aprel,
O‘RQ-94-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 17-18-son, 172-modda)