Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlaShtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining
buyrugʻi
Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari birlashmalari (uyushmalari) faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 17-aprelda 1942-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi PQ–475-sonli “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil 39-son, 387-modda) bilan tasdiqlangan 2006-2007-yillarda qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish Dasturining 2.9-bandiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2014-yil 12-fevraldagi 2014-08-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1942-1, 26.02.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 9-son, 94-modda)
1. Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari birlashmalari (uyushmalari) faoliyati toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktori K.TOLIPOV
Toshkent sh.,
2009-yil 18-mart,
2009-20-son
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2009-yil 18-martdagi 2009-20-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari birlashmalari (uyushmalari) faoliyati toʻgʻrisida
NIZOM
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda), boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari birlashmalari (uyushmalari) faoliyatini amalga oshirish tartibini oʻrnatadi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi (keyingi oʻrinlarda — professional ishtirokchi) — qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari birlashmasi (uyushmasi) (keyingi oʻrinlarda — Birlashma) — qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorida ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida tashkil etilgan yuridik shaxs (notijorat tashkilot);
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
2. Birlashmaning nomi uning aʼzolari asosiy faoliyat sohasini koʻrsatishi, unga “birlashma” yoki “uyushma” yoxud Birlashma turini koʻrsatuvchi soʻzlari kiritilgan boʻlishi kerak.
II. Birlashma faoliyatini amalga oshirishga doir talablar
Oldingi tahrirga qarang.
3. Birlashmani tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini, shuningdek, taʼsis hujjatlarining mazmuniga doir talablar qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
4. Birlashma professional ishtirokchilarning ixtiyoriy aʼzoligi asosida tashkil etiladi va oʻz faoliyatini nodavlat notijorat tashkiloti sifatida amalga oshiradi.
5. Birlashmaning barcha daromadlari faqatgina uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun qoʻllaniladi va uning ishtirokchilari (aʼzolari) orasida taqsimlanmaydi.
6. Birlashma qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirishga va ushbu faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxsning ishtirokchisi boʻlishga haqli emas.
III. Birlashmaning huquq va majburiyatlari
7. Birlashma:
Oldingi tahrirga qarang.
Birlashma aʼzolari faoliyatiga tegishli masalalar koʻrilayotganda vakolatli organ komissiya yigʻilishlarida ekspert sifatida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qatnashishga;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
vakolatli organdan Birlashma aʼzoligiga kirish istagini bildirgan professional ishtirokchi tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishi mavjudligi toʻgʻrisidagi axborotlarni soʻrashga haqli.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Birlashma qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
8. Birlashma:
oʻz aʼzolarini ularning faoliyatiga daxldor boʻlgan Birlashmaning taʼsis va ichki hujjatlari bilan tanishtirishi;
oʻzining taʼsis va ichki hujjatlarida mavjud talablarni bajarishi shart;
vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan birlashma aʼzolari faoliyati masalalari boʻyicha axborotlarni oʻz aʼzolariga yetkazishi.
Oldingi tahrirga qarang.
Birlashma qonunchilik hujjatlariga muvofiq, boshqa majburiyatlarga ham ega boʻladi.
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
IV. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
9. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
10. Mazkur Nizom talablarining bajarilishi ustidan nazorat vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
11. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Markaziy banki hamda Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 18-mart
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 18-mart
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 18-mart
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULASHOV
Toshkent sh.,
2009-yil 18-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 16-son, 207-modda; 2014-y., 9-son, 94-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/1942-2/2745-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)