Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
BUXORO VA SAMARQAND SHAHARLARINI SUV BILAN TAʼMINLASHNI YAXSHILASH LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISH UCHUN JALB QILINGAN XORIJIY KREDIT VA QARZ MABLAGʻLARIGA OʻZ VAQTIDA XIZMAT KOʻRSATILISHINI TAʼMINLASHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Korxonalar tomonidan koʻrsatilayotgan kommunal xizmatlar uchun tariflarning maqbul darajasini saqlab qolgan holda “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasining va “Suvoqova” Buxoro viloyat ishlab chiqarish boshqarmasining samarali faoliyat koʻrsatishini, shuningdek Samarqand shahri va Buxoro viloyati aholisini suv bilan taʼminlashni yaxshilashga yoʻnaltirilgan loyihalar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlari ostida jalb qilingan kreditlar va qarzlar boʻyicha majburiyatlarning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“Buxoro va Samarqand shaharlarini suv bilan taʼminlash” loyihasining 1, 1a va 1b-ilovalarga* muvofiq texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlariga ega boʻlgan tuzatish kiritilgan TIA;
“Buxoro viloyatini suv bilan taʼminlashni yaxshilash” loyihasining 2-ilovaga* muvofiq texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlariga ega boʻlgan tuzatish kiritilgan TIH;
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
“Samarqand shahrida ichimlik suv ishlab chiqarishni koʻpaytirish, modernizatsiyalash hamda taqsimlash” loyihasining 3-ilovaga* muvofiq texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlariga ega boʻlgan tuzatish kiritilgan TIH;
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
“Buxoro va Samarqand shaharlarini suv bilan taʼminlash” loyihasi boʻyicha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi subqarzlarini “Suvoqova” Buxoro viloyat ishlab chiqarish boshqarmasi va “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi tomonidan toʻlash jadvallari 4, 4a, 5, 5a-ilovalarga* muvofiq;
“Buxoro viloyatini suv bilan taʼminlashni yaxshilash” loyihasi boʻyicha “Asaka” bankining “Instituto de Credito Oficial” (ICO) Ispaniya davlat kredit agentligining imtiyozli kreditini qayta moliyalashtirish yoʻli bilan berilgan kreditlarini hamda “Sosyete Jeneral” banki mablagʻlarini “Suvoqova” Buxoro viloyat ishlab chiqarish boshqarmasi tomonidan toʻlash jadvallari 6 va 6a-ilovalarga* muvofiq;
* 6 va 6a-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
“Samarqand shahrida ichimlik suv ishlab chiqarishni koʻpaytirish, modernizatsiyalash hamda taqsimlash” loyihasi boʻyicha Fransiya Hukumatining “Nateksis” banki kreditini “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi tomonidan toʻlash jadvali 7-ilovaga* muvofiq;
* 7-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlari ostida jalb qilingan kreditlar va qarzlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni toʻlash ulushlarining taqsimlanishi 8-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 8-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi subqarzlari, Fransiya Respublikasi Hukumatining krediti boʻyicha “Suvoqova” Buxoro viloyat ishlab chiqarish boshqarmasi va “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasining toʻlov majburiyatlari 2009-yilgacha asosan Buxoro va Samarqand viloyatlari mahalliy budjetlariga prognozdan ortiqcha daromadlar va xarajatlarni tejash hisobiga asosan bajarilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
jalb qilingan xorijiy kreditlar va qarzlar boʻyicha 2009-yilda asosiy qarzni qoplash, vositachilik haqi va foizlarni toʻlash uchun, toʻlov ulushlarini 8-ilovaga muvofiq taqsimlagan holda tasdiqlangan Davlat budjeti parametrlari doirasida respublika budjeti hisobiga mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin;
2010-yildan boshlab kelgusi yil uchun Davlat budjeti loyihasini shakllantirishda jalb qilingan xorijiy kreditlar va qarzlar boʻyicha asosiy qarzni qoplash, vositachilik haqi va foizlarni toʻlashga “Suvoqova” Buxoro viloyat ishlab chiqarish boshqarmasi va “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasining ushbu maqsadlar uchun yoʻnaltiriladigan oʻz mablagʻlariga qoʻshimcha ravishda Buxoro va Samarqand viloyatlari mahalliy budjetlari parametrlarida toʻlov ulushlarini 8-ilovaga muvofiq taqsimlagan holda mablagʻlarni nazarda tutsin;
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasining subqarzlari boʻyicha “Suvoqova” Buxoro viloyat ishlab chiqarish boshqarmasi va “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasining 2009-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlarining tarkibini, toʻlovni 2015-yildan boshlab 7 yil mobaynida toʻlash sharti bilan, foizlar qoʻshmasdan, oʻzgartirsin.
4. “Asaka” banki “Asaka” bankining ICO Ispaniya davlat kredit agentligining imtiyozli kreditini va “Sosyete Jeneral” banki mablagʻlarini qayta moliyalashtirish yoʻli bilan berilgan kreditlar boʻyicha “Suvoqova” Buxoro viloyat ishlab chiqarish boshqarmasining 2009-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlarining tarkibini, toʻlovni 2015-yildan boshlab 2 yil mobaynida toʻlash sharti bilan, foizlar qoʻshmasdan, oʻzgartirsin.
5. Muddati oʻtkazib yuborilgan debitor va kreditor qarzdorlikni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha respublika komissiyasi “Suvoqova” Buxoro viloyat ishlab chiqarish boshqarmasi va “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasining 2009-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi subqarzlari, Fransiya Hukumatining “Nateksis” banki krediti va “Asaka” bankining ICO Ispaniya davlat kredit agentligining imtiyozli kreditini va “Sosyete Jeneral” banki mablagʻlarini qayta moliyalashtirish yoʻli bilan berilgan kreditlari boʻyicha toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan toʻlovlar yuzasidan qoʻshilgan penyani hisobdan chiqarish masalasini koʻrib chiqsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi va “Suvoqova” Buxoro viloyat ishlab chiqarish boshqarmasi bilan subqarz bitimlariga, shuningdek “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi bilan qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 9-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-iyuldagi 401-f-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M.Xanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 11-aprel,
109-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-apreldagi 109-son qaroriga
9-ILOVA
9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Fransiya Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi Moliyaviy Protokol doirasidagi qarz mablagʻlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 17-iyundagi 305-son qarorida:
a) 4-bandda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“qurilish tugallangandan keyin asosiy qarzni, olingan kreditlar boʻyicha foizlarni va boshqa moliyaviy xarajatlarni toʻlash qarz berish toʻgʻrisidagi Bitim shartlarida belgilangan muddatlarda “Suvoqova” Samarqand viloyati ishlab chiqarish boshqarmasi, “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi va “Tuyamoʻyin-Nukus” mintaqalararo suv quvuridan foydalanish boshqarmasining oʻz mablagʻlari, yetishmaydigan qismi — mahalliy budjet mablagʻlari hisobiga, “Janubiy (Mirzachoʻl) kanalni zamonaviylashtirish — II bosqich” loyihasi boʻyicha esa — davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi”;
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Buxoro viloyatini suv bilan taʼminlashni yaxshilash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 26-fevraldagi 67-son qarorida:
a) 4-bandda:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshidagi “1 va 2-ilovalarga muvofiq” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 1 va 2-ilovalar chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Jahon banki guruhi ishtirokida “Buxoro va Samarqand shaharlarini suv bilan taʼminlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 11-dekabrdagi 435-son qarorida:
a) butun matn boʻyicha “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish boshqarmasi” soʻzlari “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-banddagi “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 4-bandning ikkinchi va toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
g) 6-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
d) 7-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
e) 8-bandda:
“Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“va “Suvoqova” Buxoro viloyati ishlab chiqarish boshqarmasi hamda “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish boshqarmasining oʻz mablagʻlari” va “mablagʻ bilan taʼminlashning tasdiqlangan sxemasiga muvofiq” soʻzlari chiqarib tashlansin;
j) 9-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
z) 1, 3, 3a, 4 va 4a-ilovalar chiqarib tashlansin;
i) 2, 2a-ilovalar tegishli ravishda 1, 1a-ilovalar deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Buxoro viloyati va Samarqand shahri suv taʼminoti korxonalarining barqaror faoliyat koʻrsatishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 14-avgustdagi 172-son qarorida:
a) butun matn boʻyicha “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish boshqarmasi” soʻzlari “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-band chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 16-son, 202-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)