Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
JAHON BANKI GURUHI ISHTIROKIDA “BUXORO VA SAMARQAND SHAHARLARINI SUV BILAN TAʼMINLASH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Resurslarni tejash chora-tadbirlarini amalga oshirish, aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash, Buxoro va Samarqand shaharlarining ichimlik suvi taʼminotini zamonaviylashtirish va takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi hamda Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklarining umumiy qiymati 62,33 mln. AQSH dollari boʻlgan “Buxoro va Samarqand shaharlarini suv bilan taʼminlash” loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-apreldagi 109-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 16-son, 202-modda)
2. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida besh yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 20 yil muddatga 20,0 mln AQSH dollari miqdorida Qarz bitimi imzolanganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi oʻrtasida oʻn yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 35 yil muddatga 20 mln AQSH dollariga teng boʻlgan qarz olishning maxsus huquqlari bilan 15,9 mln miqdorida Kredit bitimi imzolanganligi;
Shveysariya hukumati tomonidan 9,0 mln AQSH dollariga teng boʻlgan miqdorda grant berilishi nazarda tutilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan qarz toʻgʻrisidagi bitim va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan kredit bitimi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
4. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-apreldagi 109-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 16-son, 202-modda)
kredit va qarzni qaytarish jadvallari 2 va 2a-ilovalarga* muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-apreldagi 109-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 16-son, 202-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 30-son, 344-modda)
* Ilovalar berilmaydi.
5. Belgilansinki:
loyihaning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash, loyiha mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek zarur hujjatlar oʻz vaqtida ishlab chiqilishi hamda tegishli idoralarga kiritilishi uchun shaxsiy javobgarlik “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktoriga hamda Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimlariga yuklanadi;
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kreditining asosiy qarzi, foizlari va vositachilik haqi “Suvoqova” Buxoro viloyati ishlab chiqarish boshqarmasi va “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi mablagʻlari yetmaydigan qismi esa — respublika budjeti mablagʻlari hisobiga qaytariladi. Koʻrsatib oʻtilgan tashkilotlar hamda Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklarining rahbarlari jalb etilayotgan qarz va kredit boʻyicha majburiyatlar zarur darajada bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
(5-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-apreldagi 109-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 16-son, 202-modda)
6. “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-apreldagi 109-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 16-son, 202-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan berilayotgan qarz va kredit mablagʻlaridan foydalanish va ularni qaytarish tartibini, shuningdek Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan maʼqullangan Loyihani baholash hujjatiga muvofiq xorijiy va milliy valyutada loyihaning hisob raqamlarini ochish, ulardan foydalanish va ularni toʻldirish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
subqarz bitimlarini “Suvoqova” Buxoro viloyati ishlab chiqarish boshqarmasi hamda “Suvoqova” Samarqand shahar ishlab chiqarish davlat korxonasi bilan Qarz toʻgʻrisidagi bitimda va Kredit bitimida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq imzolasin;
(7-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-apreldagi 109-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 16-son, 202-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-apreldagi 109-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 16-son, 202-modda)
koʻrsatib oʻtilgan Loyiha boʻyicha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarz mablagʻlaridan, Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kreditidan va Shveysariya hukumati grantidan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda investitsiya dasturlarini shakllantirishda davlat budjeti kapital qoʻyilmalar limitlarini belgilangan tartibda nazarda tutsinlar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-apreldagi 109-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 16-son, 202-modda)
9. Belgilab qoʻyilsinki, texnik-iqtisodiy va muhandislik-loyiha hujjatlari loyiha mablagʻlari hisobiga, “Oʻzkommunloyiha” instituti ishtirokida ishlab chiqiladi hamda 2003-yilning I choragida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-apreldagi 109-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 16-son, 202-modda)
10. Ushbu loyihani amalga oshirish davrida loyiha doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinadigan asbob-uskunalar, tovarlar, ishlar (xizmatlar) bojxona toʻlovlari (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod qilinsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi buyurtmanomalariga koʻra, loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kelish vizalarining konsullik yigʻimlari undirmasdan rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ushbu loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish va roʻyxatdan oʻtkazish muddatini uzaytirish uchun davlat boji toʻlashdan ozod qilsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N.Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 11-dekabr,
435-son