30.07.2008 yildagi O‘RQ-164-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“IXTIROLAR, FOYDALI MODELLAR VA SANOAT NAMUNALARI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 17-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008-yil 27-iyunda ma’qullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi 1062-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustda qabul qilingan 397-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 9, 158-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 1-moddadagi “yaratish” degan so‘z chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 4-moddaning birinchi qismidagi “chiqarishda” degan so‘z “qabul qilishda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoat mulki obyektining patenti sanoat mulki obyekti ustuvorligini, unga mualliflikni va patent egasining sanoat mulki obyektiga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘qqizinchi — o‘n to‘rtinchi qismlari tegishincha oltinchi — o‘n birinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 6-moddaning sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Har qanday sohada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotga (xususan, qurilma, modda, mikroorganizm shtammi, o‘simliklar yoki hayvonlar hujayralarining turlariga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
usulga (moddiy vositalar yordamida moddiy obyekt ustida xatti-harakatlarni amalga oshirish jarayoniga) taalluqli bo‘lgan texnik yechim ixtiro sifatida e’tirof etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 13-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tegishli patentlangan sanoat mulki obyektini o‘z ichiga olgan mahsulot yoki buyumni ruxsatsiz tayyorlash, qo‘llash, import qilish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yo‘sinda kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qo‘llash yoxud ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulda bevosita tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish patent egasi mutlaq huquqining buzilishi deb e’tirof etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “ixtiro” degan so‘z “sanoat mulki obyekti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoat mulki obyekti ustuvorligi oldin topshirilgan bir nechta talabnoma yoki ularga doir qo‘shimcha materiallar asosida bu talabnomalar va qo‘shimcha materiallarga nisbatan ushbu moddada belgilangan shartlarga rioya qilingan holda belgilanishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi — beshinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi — oltinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 20-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Patent idorasi patent berish haqidagi talabnoma bo‘yicha rasmiy ekspertiza, foydali model haqidagi talabnoma ekspertizasi hamda ixtiro haqidagi talabnomaning yoki sanoat namunasi haqidagi talabnomaning mohiyati bo‘yicha ilmiy-texnika ekspertizasidan iborat bo‘lgan davlat ekspertizasini o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchi patent berish haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran ikki oy mobaynida talabnomada ko‘rsatilgan sanoat mulki obyektining mohiyatini o‘zgartirmagan holda unga tuzatishlar, aniqliklar yoki qo‘shimcha materiallar kiritish huquqiga ega. Patent berish haqidagi talabnoma bo‘yicha tuzatishlar, aniqliklar yoki qo‘shimcha materiallar patent boji to‘langan taqdirda, ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin, lekin Patent idorasi patent berish haqida qaror qabul qilguniga qadar taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan talablar buzilgan holda rasmiylashtirilgan patent berish haqidagi talabnoma yuzasidan talabnoma beruvchiga so‘rov yuborilib, unda shu so‘rov yo‘llangan sanadan e’tiboran uch oy ichida tuzatishlar kiritilgan yoki yetishmayotgan materiallarni taqdim etish taklif qilinadi. Agar talabnoma beruvchi so‘ralgan materiallarni yoki belgilangan muddatni uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rsatilgan muddatda taqdim etmasa, patent berish haqidagi talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi. Belgilangan muddat talabnoma beruvchining iltimosnomasiga ko‘ra shu muddat o‘tgan sanadan keyin ko‘pi bilan o‘n ikki oyga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyekti birligi talablari buzilgan holda topshirilgan patent berish haqidagi talabnoma yuzasidan talabnoma beruvchiga tegishli so‘rov unga yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy muddat ichida ushbu obyektlardan qaysi biri ko‘rib chiqilishi lozimligini xabar qilish hamda tegishincha talabnoma hujjatlariga aniqliklar kiritish taklif qilinadi. Dastlabki talabnoma materiallariga kiritilgan boshqa obyektlar alohida talabnomalarga ajratilishi mumkin. Agar talabnoma beruvchi ushbu obyektlardan qaysi birini ko‘rib chiqish zarurligini xabar qilmasa va aniqlik kiritilgan materiallarni taqdim etmasa, ixtiro, foydali model formulasida yoki sanoat namunasi tavsifida birinchi qilib ko‘rsatilgan obyekt davlat ekspertizasidan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ekspertizasi so‘rovi bo‘yicha materiallarni taqdim etishning talabnoma beruvchi tomonidan o‘tkazib yuborilgan muddatlari, belgilangan muddatlarni uzaytirish muqarrarligini taqozo etgan sabablar tasdiqlangan va patent boji to‘langan taqdirda, Patent idorasi tomonidan tiklanishi mumkin. O‘tkazib yuborilgan muddatlarni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma talabnoma beruvchi tomonidan o‘tkazib yuborilgan muddat tugagan kundan boshlab ko‘pi bilan o‘n ikki oy ichida topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchi sanoat mulki obyekti tegishli davlat reyestrida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgunga qadar davlat ekspertizasining istalgan bosqichida patent berish haqidagi talabnomani chaqirib olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent berish haqidagi talabnoma materiallaridagi ma’lumotlar Patent idorasi tomonidan sir saqlanishi kerak va ular haqidagi axborot talabnoma beruvchi yoki patent egasining roziligisiz berilmaydi. Talabnoma materiallaridagi axborotni ixtiro haqidagi talabnoma to‘g‘risidagi yoki foydali model va sanoat namunasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar rasmiy ravishda e’lon qilingunga qadar oshkor etganlik qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ixtiro haqidagi talabnoma yoki foydali model haqidagi talabnoma materiallarida davlat sirlarini tashkil qilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, bunday talabnoma bo‘yicha ish yuritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent idorasi tomonidan ko‘rib chiqish uchun qabul qilib olingan patent berish haqidagi talabnomalar talabnoma beruvchilarga qaytarilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) quyidagi mazmundagi 211-modda bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“211-modda. Ixtiro haqidagi talabnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiro haqidagi talabnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran o‘n sakkiz oy o‘tganidan keyin rasmiy axborotnomada e’lon qilinadi. E’lon qilinadigan ma’lumotlar tarkibi Patent idorasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchining iltimosnomasiga ko‘ra Patent idorasi ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan ixtiro haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran o‘n sakkiz oy o‘tguniga qadar ixtiro haqidagi talabnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiro haqidagi talabnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinganidan keyin har qanday shaxs ushbu talabnomaga doir hujjatlar bilan tanishib chiqishga haqli. Ixtiro haqidagi talabnomaga doir hujjatlar bilan tanishib chiqish tartibi Patent idorasi tomonidan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismidagi “patent berishni rad etish haqida qaror chiqarilib” degan so‘zlar “Patent idorasi patent berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi qismidagi “foydali modelga patent berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinib” degan so‘zlar “Patent idorasi foydali modelga patent berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) 23-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“23-modda. Ixtiro haqidagi talabnomaning yoki sanoat namunasi haqidagi talabnomaning mohiyati bo‘yicha ilmiy-texnika ekspertizasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent idorasi patent boji to‘langan taqdirda, talabnoma beruvchining yoki har qanday shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra ixtiro haqidagi talabnomaning mohiyati bo‘yicha ilmiy-texnika ekspertizasi o‘tkazadi. Iltimosnoma talabnoma topshirilayotganda yoki ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran uch yil ichida topshirilishi mumkin. Talabnoma beruvchi kelib tushgan iltimosnomalar haqida Patent idorasi tomonidan xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiro haqidagi talabnomaning mohiyati bo‘yicha ilmiy-texnika ekspertizasi o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnomani topshirish muddati bunday iltimosnoma bilan birgalikda patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda, talabnoma beruvchining talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran uch yil o‘tguniga qadar topshirilgan iltimosnomasiga ko‘ra Patent idorasi tomonidan ko‘pi bilan ikki oyga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiro haqidagi talabnomaning mohiyati bo‘yicha ilmiy-texnika ekspertizasi o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnoma uch yillik muddatda kelib tushmagan taqdirda, ixtiro haqidagi talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent idorasi patent boji to‘langan taqdirda, sanoat namunasi haqidagi talabnomaning mohiyati bo‘yicha ilmiy-texnika ekspertizasi o‘tkazadi. Patent boji rasmiy ekspertizaning patent berish haqidagi talabnoma ko‘rib chiqish uchun qabul qilinganligi to‘g‘risidagi qarori talabnoma beruvchiga yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy muddat ichida to‘lanishi mumkin. Ko‘rsatilgan muddat buzilgan taqdirda, talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ixtiro haqidagi talabnomaning yoki sanoat namunasi haqidagi talabnomaning mohiyati bo‘yicha ilmiy-texnika ekspertizasi natijasida talabnoma beruvchi taklif qilgan formula bilan ifodalangan ixtiro sifatida talabnomada ko‘rsatilgan obyektning yoki muhim belgilari majmui bilan ifodalangan sanoat namunasi sifatida talabnomada ko‘rsatilgan obyektning belgilangan talablarga mosligi aniqlansa, Patent idorasi patent berish haqida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiro yoki sanoat namunasi sifatida talabnomada ko‘rsatilgan obyektning patentga layoqatlilik shartlariga mos emasligi aniqlangan taqdirda, Patent idorasi patent berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchi Patent idorasining qarori ustidan qaror yuborilgan sanadan e’tiboran uch oylik muddat ichida Apellatsiya kengashiga apellatsiya berishi mumkin. Apellatsiya kengashi apellatsiya kelib tushgan sanadan e’tiboran to‘rt oy ichida uni ko‘rib chiqishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya kengashining qarori ustidan qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran olti oy ichida sudga shikoyat qilinishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) quyidagi mazmundagi 231-modda bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“231-modda. Ixtironing vaqtinchalik huquqiy muhofazasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiroga ixtiro haqidagi talabnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilingan sanadan ixtiro davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi ma’lumotlar e’lon qilinadigan sanaga qadar vaqtinchalik huquqiy muhofaza beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ixtiro haqidagi talabnoma chaqirib olingan bo‘lsa yoki ushbu talabnoma bo‘yicha Patent idorasi tomonidan patent berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, bu qaror ustidan shikoyat berish imkoniyati tugagan bo‘lsa, vaqtinchalik huquqiy muhofaza yuz bermagan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtirodan uning vaqtinchalik huquqiy muhofazasi davrida foydalanayotgan shaxs ixtiroga patent olinganidan keyin patent egasining talabiga ko‘ra unga miqdori patent egasi bilan kelishuv asosida belgilanadigan pul tovoni to‘lashi shart”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) 26-moddaning birinchi qismidagi “uch oy” degan so‘zlar “o‘n kun” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoat mulki obyekti patentining to‘la hajmdagi huquqiy muhofazasi yoki bu muhofazaning faqat bir qismi haqiqiy emasligini isbotlash vazifasi patentni haqiqiy emas deb da’vo qilayotgan taraf zimmasida bo‘ladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi — to‘rtinchi qismlari tegishincha uchinchi — beshinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) quyidagi mazmundagi 281-modda bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“281-modda. Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishini tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patentni o‘z kuchida saqlab turganlik uchun patent boji belgilangan muddatda to‘lanmaganligi sababli amal qilishi tugatilgan sanoat mulki obyekti patentining amal qilishi patent egasining iltimosnomasiga ko‘ra tiklanishi mumkin. Bunday iltimosnoma patentning amal qilishi tugatilgan sanadan e’tiboran uch yil muddat ichida, biroq patentning ushbu Qonunda nazarda tutilgan amal qilish muddati tugaguniga qadar Patent idorasiga topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patent egasining iltimosnomasiga patentning amal qilishini tiklash uchun belgilangan miqdordagi patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishi tiklanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar rasmiy axborotnomada e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat mulki obyekti patentining amal qilish muddati tugatilgan sana bilan patentning amal qilishi tiklanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilingan sana oralig‘idagi davrda sanoat mulki obyektidan foydalanishni boshlagan yoki buning uchun zarur tayyorgarlik ko‘rgan shaxs ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirmagan holda sanoat mulki obyektidan bepul foydalanish huquqini saqlab qoladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) 36-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat sirlarini o‘z ichiga olmaydigan ixtirolar va foydali modellarni boshqa davlatlarda patentlash tegishli talabnoma Patent idorasiga topshirilgan kundan e’tiboran uch oy o‘tganidan keyin amalga oshirilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) 38-moddadagi “yaratish” degan so‘z chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 30-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘RQ-164-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 31-32-son, 294-modda)