28.04.2000 yildagi 8-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.04.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish va oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasining valyuta yakka hukmronligiga putur yetkazadi, ular koʻpincha talon-toroj qilish, poraxoʻrlik, bojxona qonunchiligini buzish kabi jinoyatlar bilan bogʻliq boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud amaliyotini oʻrganish sudlar mazkur toifadagi ishlarni asosan toʻgʻri hal etilishini taʼminlayotganliklarini koʻrsatdi. Shuning bilan birgalikda, valyuta qimmatliklari tushunchalarini turlicha talqin qilish, jinoyatlarni notoʻgʻri tavsiflash kabi xatoliklarga ham yoʻl qoʻyilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazo tayinlashda alohida yondashuv qoidasiga rioya etish, valyuta qimmatliklarini musodara etish zarurligi haqidagi qonun talablari har doim ham bajarilmayapti, baʼzan esa jinoiy yoʻl bilan orttirilgan pul va boshqa qimmatliklar davlat tasarrufiga oʻtkazilmayapti, valyuta qimmatliklarining qonunga xilof qanday yoʻllar bilan va qaysi manbalardan qoʻlga kiritilayotganligini, jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash masalalariga lozim darajada eʼtibor qaratilmayapti.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan hamda valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyotida vujudga kelayotgan masalalarni tushuntirish zaruriyatidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar boʻyicha isbotlanishi lozim boʻlgan barcha holatlar sinchkovlik bilan, har tomonlama, toʻla va xolisona tekshirib chiqilishi, valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda qoʻlga kiritish manbalari, oʻtkazish yoʻllari, usullari, jinoyatlarning barcha ishtirokchilari aniqlanishi va javobgarlikka tortilishiga alohida eʼtibor qaratilishi, jinoyatlarning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish uchun barcha choralar koʻrilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Eʼtibor qaratilsinki, valyuta qimmatliklarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi 1993-yil 7-maydagi Qonunining 1-moddasi 2-bandida berilgan boʻlib u kengaytirilib talqin etilishi mumkin emas. Bunday qimmatliklarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) chet el valyutasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar — fond boyliklari (aksiyalar, obligatsiyalar va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) chet el valyutasidagi toʻlov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkreditivlar va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qimmatbaho metallar — har qanday koʻrinish va holatdagi oltin, kumush, platina hamda platina guruhiga kiruvchi (palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy va osmiy) metallar (shunday metallardan ishlangan zargarlik va boshqa roʻzgʻor buyumlari hamda ularning parchalari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tabiiy qimmatbaho toshlar — sayqal berilgan va sayqal berilmagan shakldagi olmos, laʼl, zumrad, yoqut hamda aleksandrit, shuningdek marvarid (shunday toshlardan ishlangan zargarlik va boshqa roʻzgʻor buyumlari hamda ularning parchalari bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilgan “a” va “g” bandlarga koʻra har qanday ishlab chiqarishlarda va laboratoriyada moʻljallangan ashyolar, yarim fabrikatlar va shunga oʻxshash qismlar, ishlab chiqarish chiqindilari (apilkalar, qirindilar, shlamlar va boshqalar), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalada boʻlgan qimmatli metallardan tanga shaklida ishlangan “soʻm” pul birligidan tashqari qimmatli metallardan tayyorlangan tangalar, valyuta qimmatliklariga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Purkalgan oltin va tish protezlarini yasashda ishlatiladigan qimmatli metallardan ishlangan qoliplar valyuta qimmatliliklariga kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tamgʻasi bor yoki yoʻqligidan qatʼi nazar, sanoat yoki hunarmandchilik uslubi bilan qimmatbaho metallardan va tabiiy qimmatbaho toshlardan tayyorlangan buyumlarni qimmatbaho metallardan va tabiiy toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa roʻzgʻor buyumlari qatoriga kiritish lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Qonunning 1-moddasi 3-bandiga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Chet el valyutasi” jumlasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli ajnabiy davlatda muomalada boʻlgan va qonuniy toʻlov vositasi hisoblangan banknot koʻrinishdagi chet el pul belgilari, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki chiqarilayotgan, ammo Oʻzbekiston Respublikasi pul belgilariga almashtirilishi lozim boʻlgan chet el pul birliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob raqamida va omonatlarda boʻlgan xorijiy davlatlarning pul birliklaridagi va xalqaro hisob-kitob birliklaridagi mablagʻlar kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish deb, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushbu harakatlar sodir etilgan vaqtda valyuta qimmatliklarini oʻrnatilgan tartiblarni buzgan holda sotib olish, sotish yoki almashtirish tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Valyuta qimmatliklarini saqlash va tashish holatlari oʻzicha valyuta qimmatliklarini noqonuniy olish yoki oʻtkazishni tashkil etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Valyuta qimmatliklariga nisbatan boʻlgan egalik huquqi boshqa shaxsga qonunga xilof ravishda oʻtgan vaqtdan boshlab jinoyat tamom boʻlgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tayyorlovchi yoki buyurtmachiga qonuniy ravishda qarashli boʻlgan, valyuta qimmatligi hisoblanuvchi, qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlarining, yasama tishlar va boshqa maishiy buyurtmalarning tayyorlanishi, shu jumladan bunday narsalarning qimmatbaho metallar va toshlardan, hamda ularning rezgilaridan iborat boshqa zargarlik va maishiy buyumlardan tayyorlanishi valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish sifatida baholanishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Chet el valyutasining ancha, koʻp va juda koʻp miqdorda ekanligini belgilash masalasini hal etish tergov va sud organlari vakolatiga kiradi. Ular bu masalani hal etishda bitimlar amalga oshirilgan kunda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan chet el valyutasining Oʻzbekiston Respublikasining pul birligiga nisbatan kursidan kelib chiqishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Birinchi marotaba sodir etilgan ancha miqdordan oshmaydigan miqdordagi valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 170-moddasida belgilangan maʼmuriy javobgarlikka asos boʻluvchi maʼmuriy huquqbuzarlik hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ancha miqdordagi valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish shunday harakatlari uchun ilgari maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida sodir etilgan boʻlsa, bunday harakatlar Jinoyat kodeksining 177-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shaxs koʻp miqdordagi valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish maqsadida harakat qilgan boʻlib, oʻzining bu maqsadini bir necha marotaba oz miqdordan valyuta qimmatliklarini olish yoki oʻtkazish orqali boʻlib-boʻlib amalga oshirsa, u Jinoyat kodeksining 177-moddasi bilan javobgarlikka tortilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qilmishni Jinoyat kodeksining 177-moddasi ikkinchi va uchinchi qismi bilan tavsiflashda jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qarorda, ayblov xulosasi va hukmda aybdorning qilmishi aynan qanday belgisiga koʻra javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holat sifatida qaralayotganligi albatta ifodalangan boʻlishi lozim. Bu oʻrinda shuni inobatga olish kerakki, valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishning takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan koʻp miqdorda, bir guruh shaxslar tomonidan, oldindan til biriktirib, juda koʻp miqdorda, uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilganligi jinoiy javobgarlikka, yaʼni qilmishni Jinoyat kodeksining 177-moddasi tegishli qismi bilan tavsiflashga asos boʻladi va shunday harakatlar uchun muqaddam maʼmuriy jazo qoʻllanilgan boʻlishi talab etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Valyuta qimmatliklarini bosqinchilik, tovlamachilik, talonchilik, oʻzlashtirish yoki rastrata qilish, firibgarlik, oʻgʻrilik yoʻli bilan talon-toroj qilish, shuningdek, valyuta qimmatliklarida pora olish, pora berish, pora olish-berishda vositachilik qilish, xizmatchini pora evaziga ogʻdirish, tovlamachilik yoʻli bilan haq berishni talab qilish Jinoyat kodeksining faqat ana shunday jinoyatlar uchun javobgarlikni koʻzda tutuvchi moddasi bilan tavsiflanishi lozim va Jinoyat kodeksining 177-moddasi bilan qoʻshimcha tavsiflash talab qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bojxona nazoratini chetlab yoki bojxonadan yashirib yoxud bojxona hujjatlari va vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, koʻp miqdorda, juda koʻp miqdorda xizmat lavozimidan foydalangan holda, chegarani buzib oʻtish yoʻli bilan, uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab valyuta qimmatliklarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan oʻtkazish, keyinchalik ular bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida bitimlar (sotish, almashtirish) amalga oshirilganda bojxona qonunlarini buzish va valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda oʻtkazish sifatida baholanishi va shu jinoyatlar majmui boʻyicha tavsiflanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agar qalbakiligi aybdorga ayon boʻlgan valyuta qimmatliklari koʻrinishidagi, pul muomalasida qoʻllanishini istisno qiladigan darajada haqiqiysiga roʻy-rost oʻxshamaydigan kupyuralar oʻtkazilgan boʻlsa, shuningdek, aybdorda jabrlanuvchini qoʻpol ravishda aldash niyati boʻlganligidan guvohlik beruvchi boshqa holatlar mavjud boʻlsa, bunday qilmish Jinoyat kodeksi 176-moddasining tegishli qismi boʻyicha tavsiflanib, Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan qoʻshimcha tavsiflash talab qilinmaydi. Qalbaki pul yoki qimmatli qogʻozlarni olgan shaxsning qilmishi esa valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olishga suiqasd sifatida tavsiflanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qalbakiligini bilmagani holda qalbaki valyuta qimmatliklarini olgan va keyinchalik ularni oʻtkazgan shaxsning qilmishi valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda oʻtkazish sifatida tavsiflanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga qarashli boʻlgan jinoyat narsalari deb topilgan valyuta qimmatliklarining davlat egaligiga oʻtkazilishi masalasi Jinoyat-protsessual kodeksining 211, 284, 285-moddalari tartibida hal qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 401, 471-moddalariga muvofiq hukm chiqarilganda va jinoyat ishini harakatdan tugatish haqida ajrim (qaror) qabul qilinganida ishga qoʻshilgan ashyoviy dalillar masalasi toʻgʻri hal etilishi kerak. Bundan shuni nazarda tutish kerakki, egasining yoki foydalanuvchining tasarrufidan gʻayriqonuniy ravishda begonalashtirilgan valyuta qimmatliklari, qonunda nazarda tutilgan holatlardan tashqari tegishliligi boʻyicha qaytarilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Egasining xohishi bilan jinoiy bitimning obyekti boʻlgan valyuta qimmatliklari, ularning egasi qaysidir asoslarga koʻra jinoiy javobgarlikka tortilmagan taqdirda ham davlat daromadlari hisobiga oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish orqali orttirilgan pul va boshqa qimmatliklar davlat daromadlari hisobiga oʻtkaziladi. Agar jinoiy yoʻl bilan orttirilgan pul yoki boshqa qimmatliklar topilmasa, olingan summa yoxud qimmatliklarning qiymati davlat foydasiga undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda sudlar jazoni individuallashtirish masalasiga alohida eʼtibor berishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish bilan muntazam, koʻp va juda koʻp miqdorda shugʻullanuvchi, boshqalarni ham jinoyatga jalb qiluvchi yoki shunday jinoyat uchun muqaddam sudlangan shaxslarga jazo tayinlashda sudlar javobgarlikning muqarrarligi prinsipini taʼminlash bilan bir qatorda asossiz yengil jazo chorasini tayinlash hollariga chek qoʻyishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning bilan birga, sudlar xotin-qizlarga, voyaga yetmaganlarga va jamiyatdan ajratmagan holda qayta tarbiyalash mumkin boʻlgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo choralarini qoʻllash haqidagi masalani muhokama qilishga majburdirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari va Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish bilan bogʻliq jinoyat ishlarining sudlarda toʻgʻri koʻrib chiqilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 28-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-son