Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi soliq qonunchiligini takomillashtirish boʻyicha bir qator qonun hujjatlari qabul qilinishi munosabati bilan:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 27-fevral,
PQ-1062-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-fevraldagi PQ-1062-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati tomonidan beriladigan mablagʻlardan foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 23-maydagi PQ-82-son qarori 7-bandi ikkinchi xatboshidagi “daromad (foyda)” soʻzlari “foyda” soʻzi bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eron eksportini rivojlantirish banki ishtirokida “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ichimlik suv taʼminoti tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 4-iyuldagi PP-113-son qarori 8-bandining uchinchi xatboshidagi “daromad (foyda)” soʻzlari “foyda” soʻzi bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 11-yanvardagi PQ-255-son qarori 11-bandining “b” kichik bandida “daromad (foyda)” soʻzlari “foyda” soʻzi bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi umumtaʼlim maktablarini axborotlashtirish” loyihasini amalga oshirish uchun Koreya Respublikasi Hukumati tomonidan beriladigan imtiyozli kreditdan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 27-martdagi PQ-312-son qarori 11-bandining uchinchi xatboshidagi “daromad (foyda)” soʻzlari “foyda” soʻzi bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Belgiya Qirolligi Hukumatining foizsiz kreditidan foydalangan holda “Kichik biznes uchun kadrlar tayyorlashda kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 4-apreldagi PQ-318-son qarori 7-bandining uchinchi xatboshidagi “daromad (foyda)” soʻzlari “foyda” soʻzi bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-maydagi PQ-357-son qarori bilan tasdiqlangan tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyishning xabardor qilish tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 6-bandda:
birinchi xatboshidagi “yoki roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“inspeksiyalarda tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat boji undiriladi, uning stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Tushgan mablagʻlarning 60 foizi inspeksiyalarni moliyalashtirish manbai sifatida ularning tasarrufida qoladi va faqat moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda xodimlarni ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi, qolgan mablagʻlar mahalliy budjetga oʻtkaziladi”;
sakkizinchi xatboshidagi “roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi” soʻzlari “davlat boji” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi belgilangan stavkaning 20 foizi miqdorida olinadi” soʻzlari “davlat boji belgilangan stavkaning 20 foizi miqdorida undiriladi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 10-bandining uchinchi xatboshidagi, 33-bandining beshinchi xatboshidagi va 35-bandidagi “yoki roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimining” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 12-bandi toʻrtinchi xatboshidagi “roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi”soʻzlari “davlat boji” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 36-bandi birinchi xatboshidagi “yoki roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi”soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tuman va shahar markaziy kasalxonalarining shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlarini Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida tibbiy uskunalar bilan jihozlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 19-iyuldagi PQ-421-son qarori 7-bandining ikkinchi xatboshidagi “daromad (foyda)” soʻzlari “foyda” soʻzi bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 3-avgustdagi PQ-433-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshidagi “daromad (foyda)” soʻzlari “foyda” soʻzi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 7-noyabrdagi PQ-505-son qarori 1-bandining toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mahalliy ishlab chiqaruvchilarga alkogolli mahsulotni markirovka qilish uchun aksiz markalar berish faqat ular tomonidan aksiz markalar nominal qiymatining 50 foizi toʻlangach, importyorlarga esa aksiz soligʻining toʻliq summasi toʻlangandan keyin amalga oshiriladi.”.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 6-dekabrdagi PQ-525-son qarori 4-bandidagi “daromad (foyda)” soʻzlari “foyda” soʻzi bilan almashtirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzkimyosanoat” DAK korxonalarida Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasidagi loyiha oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 25-dekabrdagi PQ-540-son qarori 8-bandidagi “daromad (foyda)” soʻzlari “foyda” soʻzi bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi telekommunikatsiya tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish toʻgʻrisida” 2007-yil 23-yanvardagi PQ-572-son qarori 6-bandining ikkinchi xatboshidagi “daromad (foyda)” soʻzlari “foyda” soʻzi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalarini burgʻulash qurilmalari va 3D seysmik qidiruv komplekslari bilan jihozlash” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 6-apreldagi PQ-617-son qarori 8-bandidagi “daromad (foyda)” soʻzlari “foyda” soʻzi bilan almashtirilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Banklarning kapitallashuvini yanada oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi investitsiya jarayonlarida ularning ishtirokini faollashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 12-iyuldagi PQ-670-son qarorining 3 va 6-bandlaridagi “daromad (foyda)” soʻzlari “foyda” soʻzi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2007 — 2010-yillarda xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 20-iyuldagi PQ-672-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “daromad (foyda), ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish” soʻzlari “foyda, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi qurilishini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 17-dekabrdagi PQ-748-son qarori 8-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “daromad (foyda)” soʻzlari “foyda” soʻzi bilan almashtirilsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Markaziy Fargʻonaning haydaladigan yerlari meliorativ tarmoqlarini yaxshilash” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 14-fevraldagi PQ-794-son qarori 7-bandining ikkinchi xatboshidagi “daromad (foyda)” soʻzlari “foyda” soʻzi bilan almashtirilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Germaniya Federativ Respublikasi hukumatining imtiyozli kreditidan foydalangan holda” qurilish va uy-joy-kommunal xoʻjaligi sohasida kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 30-apreldagi PP-852-son qarori 7-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “daromad” soʻzi “foyda” soʻzi bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 10-11-son, 107-modda; 2017-y., 5-son, 60-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)