24.09.1999 yildagi 16-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.06.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FUQAROLIK KODEKSINI TATBIQ QILISHDA SUD AMALIYOTIDA VUJUDGA KELADIGAN AYRIM MASALALAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining kuchga kiritilishi munosabati bilan, shuningdek sudlarda hal qilinishi lozim boʻlgan muammolar kelib chiqqanligini hisobga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fuqarolik kodeksini tatbiq qilish bilan bogʻliq ishlarni toʻgʻri hal qilish qonunchilikka qatʼiy rioya qilishni taʼminlashda, qonun bilan himoyalangan davlat manfaatlari va fuqarolar huquqlarini himoya qilishda muhim ahamiyatga ega.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sudlar fuqarolik ishlarini hal qilishda fuqarolik qonun hujjatlarining asosiy negizlaridan, yaʼni ular tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar ishtirokchilarining tengligini eʼtirof etishga, mulkning daxlsizligiga, shartnomaning erkinligiga, xususiy ishlarga biron-bir kishining oʻzboshimchalik bilan aralashishiga yoʻl qoʻyilmasligiga, fuqarolik huquqlari toʻsqinliksiz amalga oshirilishini, buzilgan huquqlar tiklanishini ularning sud orqali himoya qilinishini taʼminlash zarurligiga asoslanishidan kelib chiqishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. FKning 110-moddasi bitimlarni notarial tasdiqlash majburiy sanalgan holatlarni nazarda tutadi. Qonun talablariga yoxud boshqa huquqiy hujjatlarga muvofiq boʻlmagan bitimlar, shuningdek fuqarolar tomonidan amaldagi qoidalarga rioya qilinmay tuzilgan bitimlar oʻz-oʻzidan haqiqiy emas deb hisoblanadi va ularni sud orqali haqiqiy emas deb topishning zaruriyati yoʻq.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. FKning 112-moddasi 2-qismiga muvofiq esa shartnomaning notarial shakli sudlar inobatga olishi lozim boʻlgan qatʼiy belgilangan shartlar mavjud boʻlganda, jumladan, agar bir taraf notarial rasmiylashtirishdan bosh tortganda, sudning qarori bilan toʻldirilishi mumkin. Bunda amalga oshirilgan bitimning qonuniyligi asosiy shart boʻlib hisoblanadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday ishlar boʻyicha turar-joy organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, qonun bilan himoyalangan huquq va manfaatlariga taʼsir qiladigan yoki bunday huquqlari buzilayotgan shaxslar, bitimning biror ishtirokchisi vafot etgan hollarda esa uning merosxoʻrlari jalb qilinishlari lozim.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, taraflardan biri tomonidan bitimning toʻla yoki qisman bajarilishi yozma dalillar mavjud boʻlganda eʼtiborga olinishi mumkin. Oldi-sotdi bitimining haqiqiyligi sotuvchiga kvartira yoki uy qiymatini toʻla yoki qisman berish qismini amalga oshirilganligi guvohlar koʻrsatmasi bilan tasdiqlanishi mumkin emas. FPK 59-moddasiga binoan qonun boʻyicha ishning muayyan isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi lozim boʻlgan holatlarni boshqa hech qanday isbotlash vositalari bilan tasdiqlash mumkin emas.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud nizoni hal etishda bitimning haqiqiyligini tasdiqlash uchun manfaatdor tomonlar taqdim etgan yozma dalillar (tasdiqlanmagan shartnoma, tilxat)ning haqiqiyligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud zarur hollarda (masalan, sobiq mulkdorning vafot etganligi yoki uning manzilini aniqlash imkoni boʻlmagan hollarda) sud-xatshunoslik ekspertizasi tayinlash masalasining maqsadga muvofiqligini hal etishi lozim.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qisman bajarilgan bitimni haqiqiy deb topishda sud bitimning qolgan qismini bajarish va pul summasini, shuningdek, davlat foydasiga tegishli miqdordagi davlat bojini undirish masalasini hal qilishi zarur.
(6 — 8-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 20-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
(9-10-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 14-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. FKning 187-moddasiga koʻra egalik huquqini olish haqidagi nizolarni hal etishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat oʻzganing mulkiga amalda asossiz egalik qilib kelish hollariga ham tatbiq etiladi. Egalik qiluvchida biron-bir egalik qilish huquqiy asosi mavjudligi, masalan, uzoq muddatli ijara shartnomasi borligi egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddatni amalda boʻlishini inkor qiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Amalda egalik qilish muddati asosida ashyoga egalik huquqini olish uchun u halol yoʻl bilan egallangan boʻlishi lozimligi (yaʼni amalda egalik qiluvchi oʻzganing mulkini mulkdorning erk-xohishiga zid ravishda qasddan egallab olgan oʻgʻirlagan va shu kabi shaxs boʻlmasligi kerak) sudlarga tushuntirilsin. Bunday egalik qilish boshqa shaxslar uchun oshkora va aniq koʻrinadigan boʻlishi, shuningdek egalik qiluvchi tegishli mulkka oʻziniki kabi munosabatda boʻlishi (faqatgina undan foydalanibgina qolmay, balki uni lozim darajada saqlash choralarini koʻrganini ham nazarda tutish) zarur. Egalik qilish qonunda belgilangan muddatlarda uzluksiz davom etgan boʻlishi ham zarur (FKning 187-moddasi 4-qismi talablariga asosan mulkka amalda egalik qilish muddatini vaj qilib keltirayotgan shaxsning oʻzi huquqiy vorisi boʻlgan shaxs tomonidan bu mulkka amalda egalik qilib kelgan barcha vaqtini qoʻshishi mumkin, masalan, meros qoldiruvchi yoki yuridik shaxs tarkibidan keyinchalik alohida ajralib chiqqan yuridik shaxs-mulkdor).
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faqatgina koʻrsatilgan uchchala shartlarga rioya qilingan taqdirda, egalik huquqini vujudga keltiruvchi muddat amalda egalik qiluvchining mulk huquqiga asos boʻlishi mumkin. (FKning 187-moddasi 1-qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. FK 259-moddasiga binoan majburiyatning bajarilishi neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, zakalat hamda qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan taʼminlanishi mumkinligini sudlar nazarda tutishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. FK 264-moddasiga koʻra garov asosiy bosh majburiyatga toʻligʻicha bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha majburiyatdir va asosiy majburiyat tugashi bilan u ham tugaydi. Lekin garov shartnomasini sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi asosiy majburiyatni tugatilishiga asos boʻlib hisoblanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Garov toʻgʻrisidagi shartnomaning muhim shartlari boʻlib garov narsasi va uning bahosi, mohiyati, miqdori va garov bilan taʼminlanadigan majburiyatning bajarilish muddati, shuningdek, garovga qoʻyilgan mulk taraflar (garovga qoʻyuvchi yoki garovga oluvchi)ning qaysi birida ekanligi ham koʻrsatilishi hisoblanadi (FK 271-moddasi 1-qism). Agar koʻrsatib oʻtilgan shartlardan hech boʻlmaganda bittasi boʻyicha taraflar oʻzaro kelisha olmagan boʻlsalar, yoxud tegishli shartlar shartnomada qayd etilmagan boʻlsa, garov toʻgʻrisidagi shartnoma tuzilgan deb hisoblanishi mumkin emas.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Koʻchar mol-mulkni yoki mol-mulkka boʻlgan huquqlarni garovga qoʻyish bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda, bunday shartnoma, garov bilan taʼminlanayotgan shartnoma FK 110-moddasining 2-qismiga binoan notarial shaklda tuzilishi shart boʻlgan hollarda, notarial tartibda tasdiqlanishi lozimligi inobatga olinishi zarur (FK 271-modda 3-qism).
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. FK 272-moddasining 4-qismiga binoan bino yoki inshoot ipotekasiga ayni bir vaqtning oʻzida oʻsha shartnoma boʻyicha shu bino yoki inshoot joylashgan yer uchastkasini yoxud bu uchastkaning garovga qoʻyilayotgan obyekt ishlashini taʼminlaydigan qismini yoki garovga qoʻyuvchiga qarashli boʻlgan ushbu uchastkani yoxud uning tegishli qismini ijaraga olish huquqini bir vaqtda ipotekaga qoʻygan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi. Bunda bino yoki inshootni garovga beruvchi shaxs tegishli yer uchastkasining egasi yoki ijaraga oluvchi boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday shaxs ipoteka shartnomasi boʻyicha faqat bino yoki inshootni garovga berayotgan boʻlsa, yer uchastkasi yoxud ijara huquqi garov predmeti boʻlib hisoblanmasa, bunday shartnoma oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitim hisoblanadi (FK 116-modda).
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa holatlarda agar bino yoki inshootni garovga beruvchi yer uchastkasining egasi yoki ijarachisi hisoblanmasa, ipoteka shartnomasi FK 272-moddasining 4-qismiga asosan qonunchilikka muvofiq emas deb hisoblanmaydi. Garovga qoʻyuvchining huquqi, undiruv garovga qaratilgan bino yoki inshootga qaratilgan hollarda sotib oluvchining yer uchastkasiga nisbatan huquqi Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 22-moddasiga asosan belgilanadi, unga koʻra korxona, bino, inshoot yoki boshqa koʻchmas mol-mulkka nisbatan mulk huquqi, xoʻjalik yuritish huquqi yoki ularni operativ boshqarish huquqi boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda, ana shu obyektlar bilan birgalikda mazkur obyektlar joylashgan hamda ulardan foydalanish uchun zarur boʻlgan yer uchastkasiga egalik qilish va undan doimiy foydalanish huquqi ham oʻtadi.
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Bunday nizolarni hal qilishda qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatini bajarmagan hollarda garovga oluvchi boshqa kreditorlarga nisbatan garovga qoʻyilgan mol-mulk qiymatidan oʻz talabini qondirishda ustun huquqqa ega ekanligi hisobga olinishi lozim (FK 264, 280-moddalari).
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaldagi qonunlar garov narsasi hisoblangan mol-mulkni garovga oluvchining egaligiga berish mumkinligini nazarda tutmaydi. Bunday egalikka olib berishni nazarda tutgan har qanday kelishuv oʻz-oʻzidan haqiqiy hisoblanmaydi, garov bilan taʼminlangan majburiyatdan voz kechish haqi yoki majburiyatni yangilash munosabati bilan bekor boʻlishi bundan mustasnodir (FK 342, 347-moddalari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FKning 279-moddasiga koʻra garovga oluvchi (kreditor) garov bilan taʼminlangan majburiyatini qarzdor bajarmagan taqdirda undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishga haqli. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotish imkoniyati boʻlmagan taqdirdagina garovga oluvchi (kreditor) bu mol-mulkni FKning 281-moddasida belgilangan tartibda oʻz egaligiga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Garovga oluvchining talabi boʻyicha undiruvni garovga qoʻyilgan koʻchmas mulkka qaratish sudning qarori asosida amalga oshiriladi va notariusning ijro yozuviga asosan amalga oshirilishi mumkin emas (FK 280-moddasi 1-qism).
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga oluvchining talabini garovga qoʻyilgan koʻchmas mol-mulk hisobidan sudga murojaat qilmasdan qondirishga undiruvni garov narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin garovga oluvchining garovga qoʻyuvchi bilan notarial tasdiqlangan kelishuvi asosida yoʻl qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov shartnomasida garovga oluvchining undiruvni garovdagi mol-mulkka sudga daʼvo qoʻzgʻatmasdan qaratish huquqi koʻrsatilganligi haqiqiy emas deb topilishi lozim.
(19-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Garov shartnomasida garovga oluvchining undiruvni garovdagi mol-mulkka sudga daʼvo qoʻzgʻatmasdan qaratish huquqi koʻrsatilganligi haqiqiy emas deb topilishi lozim. Shu bilan birga bunday shartnomaning narsasi faqat koʻchar mol-mulk boʻlishi mumkinligini hisobga olgan holda, shartnoma garov narsasiga undiruvni qaratish tartibi haqidagi shartlar koʻrsatilmagan boʻlsa, bunday holda undiruv garovga olingan koʻchar mol-mulkka qaratilishi haqidagi qoida tatbiq qilinishidan kelib chiqish lozim (FK 280-modasi 3-qismi).
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazarda tutmoq lozimki, garovga qoʻyuvchi tomonidan majburiyat bartaraf qilib boʻlmaydigan kuch taʼsiri bilan bogʻliq holda bajarilmagan boʻlsa, undiruvni garovga qoʻyilgan mulkka qaratish mumkin emas.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. FKning 733-moddasi 1-qismiga binoan qarz beruvchi yuridik shaxs boʻlganida yoki fuqarolar oʻrtasida tuzilgan qarz shartnomasining summasi eng kam ish haqining oʻn baravaridan ortiq boʻlgan hollarda qarz shartnomasini oddiy yozma shaklda tuzilishi talab qilinadi. Sudlar qarz shartnomasining oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmasligini nazarda tutishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FKning 109-moddasi 1 va 2-qismlariga muvofiq bunday hollarda taraflarni qarz shartnomasining tuzilganligini va uning shartlarini guvohlarning koʻrsatuvlari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum qiladi, lekin bu ularni yozma va boshqa dalillar keltirish imkoniyatidan mahrum qilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar pul yoki ashyo olganlik fakti inkor etilmasa, u holda uni yozma dalillar bilan tasdiqlash talab qilinmaydi, har bir taraf oʻz talablarini asoslash uchun keltirayotgan holatlarni isbotlashga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra bir taraf pul yoki ashyoni qarz uchun berganini tasdiqlab, ikkinchi taraf uni olganini inkor qilmasdan bu pul yoki ashyo qarzga emas, balki hadya tariqasida bergan deb tasdiqlasa, sud pul yoki ashyo olgan tarafdan qarz emas, balki hadya shartnomasi boʻlganligini tasdiqlovchi dalillarni talab qilib olishi va shu asosga koʻra nizoni hal qilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. FKning 734-moddasiga asosan qarz shartnomasi qarz boʻyicha olgan mulk (ashyo)ning qaytarilishini nazarda tutadi, qarz summasiga olinadigan foizlar miqdori shartnomada belgilanadi. FKning 734-moddasiga asosan qarz shartnomasi haq evaziga tuzilgan deb faraz qilinadi va foizlar miqdori shartnoma bilan belgilanadi. Qarz oluvchidan foizlar undirishda sud bir vaqtning oʻzida foiz summasidan davlat foydasiga soliq undirishi lozim. FKning 327-moddasida koʻrsatilgan pul majburiyatini, shuningdek qarz majburiyatini bajarmaganlik uchun foizlar, qarz shartnomasida belgilangan foizlardan ham ortiq hisoblanishi mumkin.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qarz shartnomasini tuzishda maʼlum summani qarzga olish haqidagi tilxatda bir vaqtning oʻzida qarzni qaytarishni taʼminlash uchun biron-bir koʻchar yoki koʻchmas mulkni garovga qoʻyish haqida koʻrsatilgan hollarda sudlar bunday bitim tuzuvchi taraflarning majburiyatlarni bajarishni taʼminlash masalasini tartibga soluvchi moddiy huquq mezonlariga rioya qilmaganligi nuqtai nazaridan baho berishlari lozim (FK 271-modda).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar garov toʻgʻrisidagi kelishuvni rasmiylashtirishda qonunda belgilangan tartibga rioya qilinmagan boʻlsa, majburiyat tuzilmagan hisoblanadi, shunga koʻra garovga oluvchi garov narsasini sotish hisobiga oʻz daʼvolarini qanoatlantirishni talab qilishga haqli emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Fuqarolik ishlarini koʻrishda sudlar sud xarajatlarini undirilganligining toʻgʻriligiga eʼtiborlarini qaratishlari va Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi “Davlat boji stavkalari haqida”gi 533-sonli qarori, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining 2009-yil 24-noyabrdagi 14-sonli “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi talablariga qatʼiy rioya qilishlari lozim.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Agar sud muhokamasi jarayonida taraflar yoki boshqa shaxslar xatti-harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlansa, sud bu haqda prokurorga xabar qiladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudlari va Toshkent shahar sudiga sudlar tomonidan Fuqarolik kodeksini toʻgʻri tatbiq qilinishi yuzasidan nazoratni kuchaytirishlari, vaqti-vaqti bilan fuqarolik ishlarining ayrim toifalarini koʻrish amaliyotini umumlashtirishlari va sud xatolarini tuzatish, shuningdek bunday nizolarni keltirib chiqaradigan omillarni bartaraf qilish choralarini koʻrishlari lozimligi tavsiya qilinsin.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 24-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-son