Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2020 28.12.1998 yildagi 31-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2020
Hujjat 28.12.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FUQAROLARNING SUD IShLARIGA DOIR MUROJAATLARINI KOʻRIB ChIQISh AMALIYOTI HAQIDA
 LexUZ sharhi
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli va 2003-yil 19-dekabrdagi 20-sonli qarorlariga asosan kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasida belgilangan har bir shaxs bevosita oʻzi va boshqalar bilan birgalikda ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi amaldagi qonunlarda toʻliq yoritilgan. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashni muntazam takomillashtirib borish davlat organlarining, shu jumladan sudlarning bevosita muhim vazifalaridan biridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning sud ishlariga doir murojaatlarini koʻrib chiqish amaliyotini oʻrganish natijalari sudlarda murojaatlar bilan ishlash asosan toʻgʻri tashkil etilganligini, ayni vaqtda murojaatlarga qoʻyilgan talablar, ularni koʻrib chiqish tartibi va muddatlari, murojaat qiluvchining huquq va burchlari, uni koʻrib chiquvchi shaxslarning huquq, burch va vazifalari hamda boshqa masalalar yuzasidan rahbariy tushuntirishlar berishni talab qiluvchi holatlar mavjud ekanligini koʻrsatdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fuqarolarning sud ishlariga doir murojaatlari — ariza, taklif va shikoyatlari qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqilishi va ularning qonuniy, asosli va adolatli hal qilinishi shartligi konstitutsiyaviy talabdir. Shunga koʻra murojaatlarni hal etishda rasmiyatchilik, sansolarlikka yoʻl qoʻyish, murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, murojaatlarni koʻrib chiqilishini asossiz rad etish, ular boʻyicha asossiz, qonunga zid xulosalar qilish yoxud fuqarolarning shaxsiy hayotiga doir maʼlumotlarni oshkor etish, murojaat qilganlik yoki murojaatda bayon etilgan tanqid uchun taʼqib qilish, shuningdek, fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini fuqarolarning huquqlari yoki fuqarolar, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga jiddiy zarar yetkazadigan holda buzish maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarish koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Barcha sudlarda fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda kafolatlangan sud qarorlari ustidan shikoyat qilish huquqlarini amalga oshirishlari uchun zarur shart-sharoit yaratilgan boʻlishi lozim. Sud ishlari yuzasidan murojaat qilish tartibi va muddatlari haqidagi qoidalar oʻzbek va koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tillarda yozilib, sud binolarining fuqarolar uchun koʻrinarli joylariga ilib qoʻyilishi shartligi uqtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud qarorlarida ular yuzasidan shikoyat qilish tartib-qoidalari bayon qilinishi, shikoyat qilish huquqiga ega boʻlgan shaxslar doirasi koʻrsatilib, ular tegishli sud hujjatlarining nusxalari bilan taʼminlashlari lozimligi sudlarga tushuntirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sud ishlari boʻyicha murojaat qilish huquqiga ega shaxslar doirasi, murojaatlarga qoʻyiladigan talablar, ularni koʻrib chiqish tartiblari, muddatlari, murojaat qiluvchining huquq va burchlari, ularni koʻruvchi shaxslarning huquq, burch va vazifalari kabi masalalar maxsus qonunlar — jinoyat-protsessual, fuqarolik-protsessual, maʼmuriy qonunchilik meʼyorlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Amaldagi qonunlarda sud protsessi ishtirokchilarining doirasi qatʼiy qilib belgilangan (JPKning 2-boʻlimi, FPKning 5-bobi, MJtKning 22-bobi). Sud protsessi ishtirokchilarining har biri oʻziga xos protsessual huquq va majburiyatlarga egaligiga, jumladan, ularning sudya va sudning harakatlari va qarorlariga nisbatan munosabat bildirish huquqlari ham turlichaligiga, sudlarda faqat sud protsessi ishtirokchilarining sud ishlari boʻyicha murojaatlari koʻrilishiga alohida eʼtibor berilmogʻi lozim. Bu oʻrinda “sud protsessi ishtirokchilari” tushunchasi “sud majlisi ishtirokchilari” tushunchasidan kengroq ekanligi, sud majlisida qatnashmagan shaxslar ham, basharti, sud ishlari va hujjatlari ularning huquq va manfaatlariga biror-bir tarzda daxldor boʻlsa, ular yuzasidan murojaat qilish huquqiga ega ekanliklari tushuntirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sudyalar fuqarolar tomonidan beriladigan murojaatlarni qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish masalasini oʻsha vaqtning oʻzidayoq hal etishlari shart. Pochta aloqasi vositasida kelib tushgan yoki oʻzga idora va mansabdor shaxslar tomonidan yuborilgan murojaatlar, agarda ularni hal etish masalasi sudlarga taalluqli boʻlmagan holatlarda, 5 (besh) kun muddatdan kechiktirmay tegishli idora yoki mansabdor shaxslarga joʻnatilishi va bu haqda fuqaroga maʼlum qilinishi kerakligi taʼkidlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Murojaatlarni qabul qilishni rad etishga faqat qonunda belgilangan asoslarga koʻra yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun murojaat etuvchiga oʻz talablarini huquqiy jihatdan aniq ifodalab berish hamda ularni asoslovchi moddiy huquq normalarini koʻrsatib berish majburiyatini yuklamaydi. Shunga koʻra murojaatlarni bunday asoslarga binoan qabul qilishni rad etish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sudga qabul qilingan ishlar sudda koʻrilgunga qadar ular yuzasidan qilingan murojaatlar sud majlisida ishga qoʻshib koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sud majlisi jarayonida sud protsessi ishtirokchilari boʻlgan fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlarni alohida roʻyxatdan oʻtkazish talab etilmaydi. Bu haqda sud majlisi bayonnomasida qayd etilib, yozma murojaat ishga qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida qilingan murojaatlar boʻyicha sud (sudya) tomonlarning ular yuzasidan fikrini bilgach, darhol qaror qabul qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sud (sudya)larga protsess ishtirokchilarining murojaatlariga doir ajrimlar haqida ular yuzasidan taraflarga, shuningdek, protest keltirish vakolatiga ega boʻlgan prokurorlarga xabar berish va bunday ajrimlarning nusxalarini yuborish majburiyati yuklanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud (sudya)ning jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ajrimining nusxasini hamda qoʻzgʻatilgan jinoyat ishini uning tergov qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish lozim boʻlgan prokurorga yuborish haqidagi qoidalar (JPKning 331 va 336-moddalari) belgilangan tartibda qonuniy kuchga kirgan hamda ijroga qaratilishi lozim boʻlgan ajrimlarigagina taalluqliligi tushuntirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jinoyat-protsessual kodeksining 479, 498 va 510-moddalarida birinchi bosqich sudining qonuniy kuchga kirmagan hukmi, ajrimi, qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat berish, shuningdek, qonuniy kuchga kirgan sud qarorlarini nazorat tartibida qayta koʻrib chiqishni iltimos qilish huquqiga ega boʻlgan sud protsessi ishtirokchilari doirasi qatʼiy qilib koʻrsatilgan. Jumladan, sudning qonuniy kuchga kirmagan va kirgan hukmi ustidan sudlangan (mahkum), uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek, jabrlanuvchi, uning vakili, hukmning fuqaroviy daʼvoga daxldor qismi ustidan fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, hukmning oqlash sabablari va asoslariga doir qismi ustidan sudda oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili shikoyat berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik-protsessual kodeksining 310-moddasiga binoan fuqarolik ishlari boʻyicha sudning qarori qonuniy, asosli va adolatli ekanligini tekshirish haqida murojaat qilish huquqiga faqat ishda ishtirok etuvchi shaxslar — taraflar, uchinchi shaxslar, ularning vakillari va sud protsessi ishtirokchilarigina haqli (FPKning 33-moddasi).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning bilan birgalikda, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 52-53-moddalarida belgilangan tartibda vakolati rasmiylashtirilgan vakillar va advokatlar esa FPKning 54-moddasi 2-qismi talabiga muvofiq sud qarorlariga nisbatan mustaqil shikoyat keltirish vakolati toʻgʻrisida maxsus ruxsat berilgan vakolatnomaga ega boʻlgan taqdirdagina apellatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlari bilan murojaat etish huquqiga ega boʻlishlari tushuntirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 314-moddasiga koʻra, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida faqat oʻziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, shuningdek, ularning qonuniy vakillari va vakillari (advokat va b.) shikoyat berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud protsessi ishtirokchisi boʻlmagan fuqarolarning muayyan sud ishlariga doir apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibidagi murojaatlari sudlarga qabul qilinmaydi va tekshirib chiqilmaydi. Yanglish qabul qilingan yoki pochta aloqasi orqali kelib tushgan yoxud oʻzga idora va mansabdor shaxslar tomonidan yuborilgan bunday murojaatlar yuzasidan faqat murojaat etuvchining oʻzigagina tegishli protsessual qonun talabi tushuntirilgan javob berilishi taqozo etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qoida deputatlar, ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, vakillik idoralari, davlat va nodavlat tuzilmalari, muassasalari, ularning mansabdor shaxslari va boshqalar orqali yuborilgan ana shunday murojaatlarga nisbatan ham tatbiq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasi talabiga muvofiq, fuqarolarning murojaatlari, agar ular qoʻyilgan masalalarni hal etish vakolati doirasiga kirmaydigan davlat organiga yuborilgan boʻlsa, uzogʻi bilan besh kunlik muddat ichida tegishli organlarga joʻnatiladi va bu haqda fuqaroga xabar qilinadi. Murojaatlarni koʻrib chiqish uchun boshqa davlat organlariga asossiz ravishda berish yoki qarori yoxud harakati ustidan shikoyat qilinayotgan davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning oʻziga joʻnatish man etiladi. Agar fuqarolarning murojaatlarida ularni tegishli organlarga joʻnatish uchun zarur maʼlumotlar boʻlmasa, bu murojaatlar xuddi shu muddat mobaynida asoslantirilgan tushuntirish bilan fuqaroning oʻziga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning murojaatlarini har taraflama mufassal va xolisona koʻrib chiqish uchun qoʻshimcha axborotlar, maʼlumotnomalar va materiallarga zarurat paydo boʻlsa, mazkur murojaatni koʻrib chiqayotgan davlat organining mansabdor shaxsi qoʻshimcha axborot toʻplashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning murojaatini koʻrib chiqayotgan davlat organi zarur hollarda murojaat joyning oʻzida koʻrib chiqilishini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda, murojaat etgan shaxsning oʻzi yoki boshqa shaxs yoʻqligida murojaatni koʻrib chiqishning imkoni boʻlmasa, ular davlat organining mansabdor shaxsi tomonidan chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Murojaatlarda sud protsessi ishtirokchisi boʻlgan fuqarolarning familiyasi, ismi, yashash yoki jazoni oʻtash joyi, qanday sud qarori yoki protsessual harakat yuzasidan murojaat qilinayotganligi, murojaatning mohiyati va uni asoslovchi vajlar, qoʻyilayotgan talab yoki qilinayotgan iltimos batafsil bayon etilgan, murojaatning yozilgan, berilgan vaqti va joyi aniq koʻrsatilgan boʻlishi va ular, albatta, murojaat etuvchining aynan oʻzi tomonidan imzolanishi shart. Bunday shartlarning bajarilmasligi oqibatida murojaat qiluvchining haqiqatan sud protsessi ishtirokchisi ekanligini aniqlash imkoni boʻlmasa, shuningdek, uni anonim hisoblash uchun yetarli asoslar mavjud boʻlgan boshqa hollarda, murojaatlar koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Nazorat tartibidagi murojaatlarga barcha sud qarorlari, muqaddam qilingan murojaatlar yuzasidan javoblar, boj toʻlanishi lozim boʻlgan hollarda esa tegishli toʻlov qogʻozi, murojaat vakil orqali qilingan boʻlsa, notarial yoki oʻzgacha qonuniy tarzda rasmiylashtirilgan vakolatnoma, advokatning muhrli orderi va boshqa zarur hujjatlarning, muayyan holatga qarab, asli yoki nusxalari albatta ilova qilinishi shart. Murojaatni toʻgʻri hal etish uchun muhim boʻlgan bunday hujjatlarning boʻlmasligi dastlab, muayyan holatdan va imkoniyatdan kelib chiqqan holda, kamchiliklarni bartaraf etish tartibi va muddati tushuntirilib murojaatni harakatsiz qoldirishga, talab bajarilmagan taqdirda esa uni koʻrmay qoldirishga yoki sababini koʻrsatib qaytarishga asos boʻla oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning bilan birgalikda, amaldagi qonunlarga koʻra, fuqarolar murojaatlari koʻrib chiqilayotgan vaqtda ham qoʻshimcha hujjatlar taqdim etish yoki murojaatlarni koʻrib chiqayotgan organga hujjatlarni tegishli shaxs yoki idoradan soʻrab olish haqida iltimos qilish huquqiga ega ekanliklari, shuningdek, murojaatni tekshiruvchi ham tegishli hujjatlarni talab qilib olishi mumkinligidan kelib chiqib, arzimas sabablarni roʻkach qilib murojaatlarni koʻrmaslik oqibatida sansolarlikka yoʻl qoʻyish mumkin emasligi uqtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Murojaatlar bilan xolisona ishlashning muhim shartlaridan biri — ularning qarorlari va xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilinayotgan shaxs (sudya, sud tarkibi, sud xodimi) ning aynan oʻziga koʻrib chiqish uchun bermaslikdir. Mazkur qoidaning buzilishi qayta va takroriy murojaatlarni keltirib chiqarishi oqibatida sudlarda ishlarning sunʼiy ravishda ortishiga va fuqarolarning haqli noroziliklariga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sudlar murojaatlarni xolisona, toʻla, har tomonlama va qonuniy muddatlarda koʻrib chiqishlari; murojaatga sabab boʻlgan sud ( sudya) qarorlari harakatlarining qonuniy, asosli va adolatliligini tekshirishlari, qoidabuzarliklarga olib kelgan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash bilan birgalikda ularga nisbatan tegishli munosabat bildirishlari; fuqaroning buzilgan huquqlarining tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning amalda ijro etilishini taʼminlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlari ishni apellatsiya va kassatsiya tartibida koʻrish uchun asos boʻlgan, shuningdek, murojaat kimning manfaatlariga taalluqli boʻlsa, ana shu sud protsessi ishtirokchilariga sud qarori nusxasining taqdim qilinishi yoki joʻnatilishining oʻzi yetarli boʻlib, bunday murojaatlarga alohida javob berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlar nazorat tartibida koʻrilganda murojaat etgan sud protsessi ishtirokchisiga uni tekshirish natijalari va qabul qilingan qarorning mohiyati toʻgʻrisida yozma tarzda maʼlum qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Nazorat tartibida keltirilgan murojaatdagi iltimos rad etilganda yoki qisman qanoatlantirilganda uning sabablari atroflicha asoslantirilgan, tegishli huquqiy meʼyorlarning talablari tushuntirilgan holda oddiy kishilar tushuncha oladigan soʻzlar, umum-eʼtirof etgan atama va nomlar bilan bayon qilinishi zarur. Javoblarda sud qarorlarini qabul qilishga asos boʻlgan holatlar (jumladan, ayblovning mazmuni, nizo predmeti va b.) ning koʻrsatilishi talab etilmaydi, chunki murojaatlar sud protsessi ishtirokchilarining oʻzlari tomonidan beriladi va bu holatlar ularga maʼlumdir. Murojaatlar yuzasidan qabul qilinadigan qaror va javob, albatta, ular yozilgan yoki muayyan sud ishi yuritilgan tilda boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sudlar murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha protsessual qonunlarda belgilangan muddatlarga qatʼiy rioya etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlarni murojaatlar asosida apellatsiya, kassatsiya instansiya sudlarida koʻrish uchun rasmiylashtirish muddatlari va tartiblariga rioya etilishi boʻyicha ishni birinchi bosqich sudida koʻrishda raislik etgan sudya shaxsan masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ishni murojaatlar asosida apellatsiya va kassatsiya yoki nazorat tartibida koʻrish chogʻida sud ishni koʻrishni keyinga qoldirish toʻgʻrisida toʻxtamga kelsa, bu haqda asoslantirilgan ajrim chiqaradi. Ishni yuqori sudda koʻrish muddati tegishli sud raisi tomonidan uzaytirilganda esa ajrim chiqarish talab etilmaydi, lekin protsess ishtirokchilariga bu haqda xabar qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Har qanday murojaatlarni hal qilish muddati tegishli sudga kelib tushgan kundan hisobga olinishi uchun ularning tushgan vaqtini aniq qayd etilishi zarurligi, har bir murojaat sudlarning devonxonalarida roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyingina ijrochiga berilishi va ish hujjatlariga qoʻshilishi mumkinligi, mazkur qoida sud protsessi ishtirokchilari tomonidan bevosita taqdim etiladigan apellatsiya, kassatsiya shikoyatlariga ham taalluqli ekanligi, bu esa oʻz navbatida sud ishlariga doir murojaatlarning (ayniqsa, apellatsiya, kassatsiya shikoyatlarining) qonuniy muddatlarda berilganligini aniqlovchi vosita hisoblanishi sudlarga tushuntirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talab qilingan ishning uzrli sabablarsiz oʻz vaqtida kelmasligi murojaatlarni hal qilish muddatlarini kechiktirish uchun asos boʻlaolmasligi sababli iltimosnomalarning nusxalari, ularning tegishli sudlarda qayd qilingan vaqti koʻrsatilgan holda, ish bilan qoʻshib qaytarib yuborilishi lozimligi koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli kamchiliklarni bartaraf etish tartibi va muddatini koʻrsatib, murojaat qiluvchiga tushuntirish berilgan holda murojaatning harakatsiz qoldirilgan muddati uni hal etish muddatiga qoʻshilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Murojaatda muayyan ishni koʻrishda sud (sudya) tomonidan protsessual qonun meʼyorlari buzilganligi haqida vajlar keltirilgan boʻlib, sud (sudya) ning harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazish zaruriyati mavjud boʻlsa, ish shunday tekshiruvni oʻtkazish uchun tegishli sudyalar malaka hayʼatlariga yuboriladi va uning xulosasi olingandan keyingina kassatsiya tartibida koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat tekshiruvi oʻtkazishda qatnashgan va u yuzasidan tuzilgan xulosani imzolagan sudya kelajakda shu ishni birinchi bosqich sudida, apellatsiya, kassatsiya bosqichi sudida yoki sud nazorati tartibida koʻrishda ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davlat boji toʻlash lozim boʻlgan taqdirda tegishli toʻlov qogʻozi ilova qilinmagan murojaatlar dastlab harakatsiz qoldiriladi, kamchilikni bartaraf etish muddati koʻrsatilgan holda berilgan tushuntirishdan keyin shu muddat oʻtgach esa u berilmagan hisoblanib qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji toʻlashdan ozod etish haqida asoslantirilgan arizalar mavjud boʻlganda ular tegishli tartibda hal etilgach murojaatlar koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sud ishlariga nisbatan viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan tegishli munosabat bildirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmasligi ularni asosan Oliy sudda koʻrmaslikka sabab boʻlishi mumkin. Bunday murojaatlar munosabat bildirilmaganligini koʻrsatuvchi yetarli asoslar boʻlgan taqdirdagina shu sudlarga yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Nazorat tartibidagi murojaatlar ishni talab qilib olish yoʻli bilan koʻrib chiqilgan barcha hollarda, basharti protest keltirishga asos mavjud emas degan toʻxtamga kelinadigan boʻlsa, uni koʻrib chiqqan shaxs tomonidan uning imzosi bilan bu haqda asoslantirilgan xulosa tuziladi. Xulosa protest keltirish huquqiga ega boʻlgan shaxs tomonidan tasdiqlanadi. Xulosa tasdiqlangandan soʻng murojaatni koʻrib chiqqan shaxs oʻz imzosi bilan asoslantirilgan javob yoʻllashi mumkin boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli shaxs tomonidan ishni talab qilib olish yoki murojaatga javob berish masalasi qanday hal etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar mavjud boʻlmasdan turib murojaatni koʻrib chiqqan shaxsda u yuzasidan oʻz imzosi bilan javob qaytarish huquqi paydo boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud protsessi ishtirokchisining bevosita oʻzi hamda uning vakili hisoblangan sud protsessi ishtirokchisi (himoyachi va boshqalar) tomonidan bir xil vajlar bayon etilgan alohida-alohida murojaatlar berilgan holda, ularda keltirilgan barcha vajlarga asoslantirilgan yagona javob yozib, javob nusxalarini har biriga yuborish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Aynan bir sudning oʻziga nazorat tartibida qilingan takroriy murojaatlarga agarda ular oʻz mazmuni va mohiyatiga koʻra ilgarigisidan farq qilmasa va protest keltirish uchun asos boʻlmasa, muqaddam javob qaytarilganligini maʼlum qilish bilan kifoyalanish mumkin. Dastlabki javobni toʻldirish, yoxud murojaatni qaytadan har tomonlama va toʻla koʻrib chiqish, oʻzgartirish zarurati boʻlgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqaddam protest keltirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, uni rad etish toʻgʻrisida xulosa tuzgan shaxs takroriy murojaatlarni koʻrib chiqish mumkin emas, lekin oʻsha xulosani tasdiqlagan, protest keltirishga vakolati boʻlgan shaxsda takroriy xulosani tasdiqlash yoki protest keltirish huquqi saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Sud qarorlarining ijrosiga doir masalalar boʻyicha yuqori sudlarga kelib tushgan murojaatlar shu qarorni qabul qilgan sudga yoki ijro qilinadigan joydagi sudga yoki Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti hududiy boʻlimiga ijroni tashkil etish koʻrsatilib joʻnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonun va amaldagi protsessual qonunlarga koʻra, sudlarning rahbarlari tomonidan fuqarolar qabulining toʻgʻri tashkil etilishi, eng avvalo, ularning qonuniy majburiyati hisoblanadi. Shuning uchun bu masalaga doimiy eʼtibor berish, qonunga binoan qabulning qatʼiy kunlari, soatlari aniq belgilab qoʻyilishi, belgilangan kun, vaqt va joyni asossiz ravishda boshqa vaqtga qoldirish, sud rahbarining zaruriy xizmat safari, taʼtilda boʻlishi, betobligi kabi uzrli sabablar boʻlmagan taqdirda qabul jadvalini oʻzgartirish mumkin emasligi tushuntirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud rahbarlari har bir sudda murojaatlarni qabul qilishning markazlashtirilgan, qatʼiy va yagona roʻyxatga olinadigan tizimini tashkil etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Sud ishlari boʻyicha murojaatlarni koʻrib chiqish fuqarolar haq-huquqlarini roʻyobga chiqarish va muhofaza etish vositasi boʻlibgina qolmay, balki ular orqali odil sudlovning umumiy ahvolini, sudlar faoliyatidagi kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish imkoni ham vujudga keladi. Murojaatlarni hal etish amaliyotini umumlashtirish, tahlil qilish natijasida odil sudlovni amalga oshirish boʻyicha qayerda qanday kamchiliklar mavjud, nimalarga eʼtiborni kuchaytirish va qanday choralarni qoʻllash zarurligini aniqlash mumkin. Qaysi sud, sudya xususida asosli shikoyatlar koʻpaysa, shu sudda yoki sudya faoliyatida kamchiliklar mavjudligi, qonunlarga rioya qilish susayganligi, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga putur yetkazilayotganligi ehtimoli borligiga eʼtiborni qaratish kerak. Shuning uchun barcha sudlar sudlarga kelib tushayotgan ariza va shikoyatlarni muntazam tahlil qilib borishlari, yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarning sabablarini aniqlashlari va mavjud nuqsonlarni bartaraf qilish boʻyicha muayyan tadbirlarni belgilashlari lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Sudlarga fuqarolarning murojaatlarini hal etishda protsessual qonunlarga qatʼiy rioya qilish, birorta ham qonun buzilishi holatini eʼtibordan chetda qoldirmaslik, sud xatolarini tezlikda tuzatish choralarini koʻrish, sud ishlariga doir murojaatlarni hal etishda fuqarolar manfaatlari birlamchiligi tamoyiliga asosan ish yuritish, xolisona adolatni oʻrnatish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudlari, viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi ushbu masalani, oʻta muhimligidan kelib chiqib, muntazam ravishda umumlashtirib borsinlar va bir yilda kamida ikki marta kengaytirilgan Rayosat majlisida muhokama qilib Plenum qarorlarining bajarilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 28-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-son