30.09.2008 yildagi 551-I-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FUQAROLAR YIGʻINLARI RAISLARI (OQSOQOLLARI) VA ULARNING MASLAHATCHILARI SAYLOVI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasi, “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasi hamda “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq, shuningdek fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari vakolat muddati 2008-yil noyabr-dekabr oylarida tugashi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari 2008-yil noyabr-dekabr oylarida fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi tashkil etilishi hamda oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik koʻrish hamda saylovni oʻtkazish jarayoniga mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalash borasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishga, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishdagi, “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” prinsipini amalga oshirishdagi rolini kuchaytirishga qaratilgan eng muhim ijtimoiy-siyosiy tadbir sifatida qaralsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga doir tadbirlar rejasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi (bundan buyon matnda Senat Kengashi komissiyasi deb yuritiladi) tarkibi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Senat Kengashi komissiyasining asosiy vazifalari deb belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik koʻrish hamda saylovni oʻtkazishni amaldagi qonun hujjatlariga, ochiq va oshkoralik demokratik prinsiplariga toʻla muvofiq holda tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari tomonidan tuziladigan fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalar faoliyatini samarali tarzda muvofiqlashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyati, ularning sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarni chuqurlashtirish, fuqarolarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya etish ishidagi tobora ortib borayotgan roli bilan, shuningdek fuqarolar yigʻinlari raislarini (oqsoqollarini) va ularning maslahatchilarini tashkilotchilik layoqatiga, hayotiy tajribaga hamda aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan shaxslar orasidan saylashga yoʻnaltirilgan saylov oʻtkazilishi bilan bogʻliq masalalar yuzasidan aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish va oʻtkazish markazda hamda joylarda qanday borayotganligi ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini koʻproq tashvishlantirib turgan, saylovga tayyorgarlik koʻrish va saylovni oʻtkazish asnosida fuqarolar tomonidan koʻtarilgan ijtimoiy, uy-joy va maishiy hamda boshqa sohadagi masalalarni aniqlash, ularni hal etishga qaratilgan kompleks dasturlar ishlab chiqish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylov yakunlari toʻgʻrisida fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga koʻmaklashuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi komissiyasi, viloyat, tuman va shahar komissiyalari tomonidan taqdim etilgan axborotlarni umumlashtirish va koʻrib chiqish, bu axborotni keng jamoatchilik eʼtiboriga tezkorlik bilan yetkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari 2008-yilning 10-oktabriga qadar boʻlgan muddatda fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalar tuzsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalar tarkibiga “Mahalla” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hududiy boʻlinmalari vakillarini kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalarga fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish uchun tuzilgan ishchi guruhlari faoliyati muvofiqlashtirib borilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyat, tuman va shahar hokimlariga fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishda fuqarolar yigʻinlariga koʻmaklashish, zarur hollarda ularni binolar, transport va aloqa vositalari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlariga oʻz saylov okruglarida saylovoldi tadbirlarini tashkil qilishda faol ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalariga fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish jarayonini keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatorlari fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish yuzasidan komissiyalarga amaliy yordam koʻrsatishda faol ishtirok etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Senat Kengashi komissiyasi oʻtkazilgan fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisidagi axborotni umumlashtirsin hamda saylov yakunlari toʻgʻrisida 2009-yilning 15-yanvariga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashiga axborot bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 30-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
551-I-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 30-sentabrdagi 551-I-sonli Qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga doir
TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎

Tadbir nomi‎

Bajarish muddati‎

Masʼul ijrochilar‎

1.‎ “Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Qarorini matbuotda eʼlon qilish‎ 2008-yil 6-oktabrgacha ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Devoni‎
2.‎ Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlari, “Mahalla” jamgʻarmasi hududiy boʻlinmalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari vakillari ishtirokida davra suhbatlari oʻtkazish ‎ 2008-yil 10-oktabrgacha ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” jamgʻarmasi‎
3.‎ Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalarni tuzish‎ 2008-yil 10-oktabrgacha ‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, tumanlar va shaharlar Kengashlari‎
4.‎ Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlarni tuzish‎ 2008-yil 15-oktabrgacha ‎ Shaharcha, qishloq va ovul hamda shahardagi, shaharchadagi, qishloqdagi va ovuldagi mahalla fuqarolar yigʻinlari ‎
5.‎ Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining, “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi hamda “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari matnini broshyura shaklida oʻn ikki ming nusxada nashr etib, fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish uchun tuzilgan ishchi guruhlari va komissiyalarga joʻnatish‎ 2008-yil 15-oktabrgacha ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi‎
6.‎ Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil qilish masalalari boʻyicha saylovni tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalar va ishchi guruhlari aʼzolari, ommaviy axborot vositalari va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirokida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida amaliy seminarlar oʻtkazish‎ 2008-yil 30-oktabrgacha ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi ‎
7.‎ Saylovning borishini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish va “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni normalarini tushuntirish boʻyicha “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida maxsus ruknlar ochish‎ 2008-yil oktabr — dekabr ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari‎
8.‎ Tuman va shaharlardagi fuqarolar yigʻinlarida saylovni tashkil etish va oʻtkazish jadvallarini tayyorlash‎ 2008-yil 30-oktabrgacha ‎ Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, tuman va shahar komissiyalari‎
9.‎ Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlariga hovlilar, uylar, koʻchalar, mahallalar, mavzelar va dahalar vakillarining yigʻilishlarini oʻtkazishda koʻmaklashish ‎ 2008-yil 20-oktabrgacha ‎ Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, tuman va shahar komissiyalari‎
10.‎ Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovining borishi toʻgʻrisida maʼlumot tayyorlash va uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasiga taqdim etish ‎ 2008-yil 15-noyabr, 1, 15 va 25-dekabr ‎ Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, tuman va shahar komissiyalari‎
11.‎ Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlarini chiqarish hamda bu haqdagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasiga taqdim etish‎ 2009-yil 10-yanvargacha ‎ Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, tuman va shahar komissiyalari‎
12.‎ Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlarini umumlashtirib, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashiga koʻrib chiqishi uchun taqdim etish‎ 2009-yil 15-yanvargacha ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi‎
13.‎ Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish‎ 2009-yil 25-yanvargacha ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi‎
14.‎ Aholini koʻproq tashvishlantirib turgan masalalarni aniqlash, fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish asnosida fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar va mulohazalar haqidagi axborotlarni umumlashtirish‎ 2008-yil 1, 31-dekabr ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar komissiyalari bilan birgalikda‎
15.‎ Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi haqidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishning saylovni oʻtkazishda ochiq-oshkoralikni taʼmin etishga, fuqarolar yigʻinlari raislarining (oqsoqollarining) hisobotlari muhokamasi asnosida aniqlangan kamchiliklarni tahlil qilishga taalluqli masalalariga bagʻishlangan davra suhbatlari oʻtkazish‎ 2008-yil dekabr — 2009-yil yanvar ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar komissiyalari bilan birgalikda‎
16.‎ Saylov yakunlari boʻyicha fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlarning va fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalarning fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini ommaviy axborot vositalarida yoritish mexanizmini mukammallashtirishga qaratilgan faoliyatini takomillashtirishga doir uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish‎ 2009-yilning birinchi choragi‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 30-sentabrdagi 551-I-sonli Qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Komissiya raisi‎‎

Sobirov Ilgizar Matyoqubovich‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi‎

‎‎Komissiya raisining oʻrinbosarlari

Rajabova Mavjuda Abdullayevna ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi ‎
Azimov Rustam Sodiqovich ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari (kelishuvga muvofiq)‎
Akbarova Farida Shorahimovna‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi (kelishuvga muvofiq)‎

‎‎Komissiya aʼzolari

Boqiboyev Erkin Joʻrayevich ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi‎
Saidov Akmal Xolmatovich‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi (kelishuvga muvofiq)‎
Alimov Akrom Mahkamovich ‎ —‎ Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati raisi‎
Ahmedov Anvar Akmalovich‎ —‎ Respublika “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi raisi‎
Boboyev Abdurahmon Boboyevich ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Devonining Nazorat-axborot boʻlimi mudiri‎
Ziyoyev Gʻolibsher Meliboyevich ‎ —‎ Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari‎
Norboyeva Tanzila Kamolovna ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamentining yetakchi mutaxassisi‎
Rahmatov Oʻtkir ‎ —‎ “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari bosh muharriri ‎
Usmonov Maruf Shokirovich‎ —‎ Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti direktori‎
Xolboyev Sobir Baratovich‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosari‎
Xojimatov Minxojiddin Mirzajonovich‎ —‎ Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi rahbari‎
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 9-son, 528-modda)