Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Qarori
Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi xatoliklarni belgilashni tartibga soluvchi qonunchilikni sudlar tomonidan qoʻllanishi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va Fuqarolik protsessual kodekslarini amalga kiritilganligi, shuningdek, sudlarda tushuntirishlar berilishi lozim boʻlgan masalalar kelib chiqqanligi sababli Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Tushuntirilsinki, fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi notoʻgʻriliklarni belgilash toʻgʻrisidagi ariza, agar dastlabki yozuvlar saqlangan yoki tiklangan boʻlsa yoki ularga farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiyasi, ismi, otasining ismini oʻzgartirish, voyaga yetmagan bolaning familiyasini oʻzgartirish munosabati bilan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlsa yoxud fuqarolik holati dalolatnomasi yozuvlarida jiddiy tafovutlar boʻlsa, Fuqarolik kodeksining 38, Oila kodeksining 228, Fuqarolik protsessual kodeksining 274-moddalari hamda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-sonli qarori bilan tasdiqlangan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalariga binoan sudlar tomonidan koʻriladi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida tuzilgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlariga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritish uchun yetarli asoslar mavjud boʻlsa, manfaatdor shaxslar oʻrtasida nizo boʻlmaganida ushbu dalolatnoma yozuvlari saqlanayotgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi. Agar manfaatdor shaxslarni huquqi boʻyicha nizo boʻlsa, bunday arizalar daʼvo ishini yurgizish tartibida koʻriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tuzilgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlariga tuzatishlar kiritish haqidagi arizalar ariza beruvchining yashash joyidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida koʻrib chiqiladi.
Chet elda yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirishlar, tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi arizalari Oila kodeksining 203-moddasi va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalarining 5, 165-bandlarida belgilangan tartibda konsullik muassasalari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslarning tugʻilish haqidagi yozuv daftariga oʻzgartirishlar kiritish ularning ota-onasi arizasiga binoan amalga oshiriladi.
Oʻn olti yoshga toʻlgan shaxslarning tugʻilish, nikoh tuzish, nikohdan ajralishni qayd etish daftarlariga oʻzgartirishlar kiritish ularning arizalariga binoan amalga oshiriladi.
4. Agar fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi xatolarni tuzatish masalasi qonunda belgilangan tartibda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan koʻrib chiqilgan va yozuvlardagi xatolarni tuzatish yoki ularga oʻzgartish yoxud qoʻshimchalar kiritish rad etilgan taqdirdagina manfaatdor shaxslarning fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi xatolarni belgilash haqidagi arizalari ariza beruvchi yashab turgan joydagi sud ish yurgizishiga qabul qilinadi. Bunday ishlar sudlar tomonidan davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat va arizalar boʻyicha ish yuritish tartibida koʻriladi (FPK 274-moddasi).
Keyingi tahrirga qarang.
5. Bunday toifadagi ishlar boʻyicha manfaatdor shaxslar nafaqat hujjatlarida xato va noaniqliklari boʻlgan fuqarolar boʻlib qolmay, balki meros qoldiruvchini vafotidan keyin tegishli huquq va burchlarga ega boʻlgan ularning merosxoʻrlari ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Sudga berilayotgan arizada qaysi fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlariga va qanday oʻzgartirish yoki tuzatish yoxud qoʻshimchalar kiritish lozimligi, yozuvlardagi xatolar qanday dalillar bilan tasdiqlanishi koʻrsatilishi lozim. Arizaga tegishli guvohnoma nusxasi, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining hujjatlardagi xatolarni tuzatish yoki ularga oʻzgartirish yoxud qoʻshimchalar kiritishni rad etish haqidagi xulosasi va shu masalaga oid boshqa hujjatlar ilova etilishi kerak.
7. Fuqarolik ishini sudda koʻrishga tayyorlash vaqtida sud, agar ariza beruvchi taqdim qilish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, tegishli tashkilotlardan, shu jumladan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlaridan zarur boʻlgan yozma dalillarni talab qilib olishda yordam koʻrsatishi lozim.
Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi xatolarni tuzatish yoki ularga oʻzgartirish yoxud qoʻshimchalar kiritishni rad qilish yoki belgilash maqsadida sud majlisida koʻrsatish uchun tegishli hujjatlar talab qilib olinishi mumkin. Bir vaqtning oʻzida sud fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi, boshqa manfaatdor tashkilot va fuqarolarni ishda qatnashtirish masalasini hal etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Agar fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi xatolarni belgilash haqidagi arizani sud ish yurgizishiga qabul qilish yoki alohida tartibda sudda koʻrish vaqtida sudga taalluqli huquq boʻyicha (meros, mulk huquqi va hokazo) nizo aniqlansa, sudya arizani qabul qilishni rad etadi yoki sud arizani koʻrmasdan qoldiradi va manfaatdor shaxslarga umumiy asoslarda daʼvo qoʻzgʻatish mumkinligini tushuntiradi.
Bunday hollarda fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi xatoliklarni tuzatish va oʻzgartishlar yoki qoʻshimchalar kiritish masalasi sud tomonidan daʼvo ishini yurgizish tartibida daʼvo arizasi bilan birga hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Tugʻilganlik haqidagi tiklangan yozuvda tugʻilganlik sanasi xato koʻrsatilgan boʻlsa, xatoligini tasdiqlovchi yozma va boshqa dalillarga asosida sud tiklangan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini bekor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud, taqdim etilgan dalillar ariza chining tugʻilganlik haqidagi tiklangan yozuvning notoʻgʻriligini belgilash uchun yetarli emas, degan xulosaga kelsa, oʻz tashabbusi bilan yoki taraflarning talabi asosida tegishli ekspertizalar tayinlashi mumkin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 11-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
10. Sud, fuqarolik holati dalolatnomasidagi arizachining tugʻilganlik haqidagi yozuvda ota-onasining millati haqidagi maʼlumotlar yozilmay qolgan boʻlsa yoki ota-onasini millati haqida notoʻgʻri maʼlumot yozilgan boʻlsa, bu masalani ham koʻrishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Agar bedarak yoʻqolgan deb topilgan er yoki xotin topilsa, ularning nikohini bekor qilish haqidagi yozuvlardan tashqari, fuqarolik holati dalolatnomalaridagi dastlabki yozuvlarni bekor qilish masalasi sud tomonidan hal etiladi.
Tiklangan yoki qayta tuzilgan yozuvlar, birinchi yozuvlar aniqlangan taqdirda, sud yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan qonunda belgilangan tartibda bekor qilinadi. Agar yozuvlarni bekor etish huquqiy nizo bilan bogʻliq boʻlsa, ish daʼvo ishini yurgizish tartibida sud tomonidan koʻriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi xatolarni tuzatish va ularga oʻzgartirish hamda qoʻshimchalar kiritish fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan sud qaroriga asosan amalga oshirilishini hisobga olib, sud qarorini xulosa qismida qaysi yozuv xatoligi (qaysi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan qaysi shaxs nomiga tuzilganligi, yozuvning soni va vaqti), unga qanday tuzatish va oʻzgartirishlar yoki qoʻshimchalar kiritilishi lozimligi koʻrsatilishi shart.
1992-yil 13-noyabr,
5a-son