13.11.1992 yildagi 5а-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi xatoliklarni belgilashni tartibga soluvchi qonunchilikni sudlar tomonidan qo‘llanishi haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining protsessual qonunlariga o‘zgartirishlar kiritilganligi, shuningdek, sudlarda tushuntirish berilishi lozim bo‘lgan masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 19-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tushuntirilsinki, sudlar fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi xatoliklarni belgilash to‘g‘risidagi arizalarni, agar dastlabki yozuvlar saqlangan yoki tiklangan bo‘lsa, shuningdek, ularga farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiyasi, ismi, otasining ismini o‘zgartirish, voyaga yetmagan bolaning familiyasini o‘zgartirish munosabati bilan ushbu yozuvlarga fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan o‘zgartirishlar kiritilgan yoxud fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarida jiddiy tafovutlar bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 38-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 228-moddasiga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga binoan ko‘radi.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manfaatdor shaxslar o‘rtasida huquq to‘g‘risida nizo bo‘lsa, ariza da’vo ishini yuritish tartibida ko‘riladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tuzilgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlariga tuzatishlar kiritish haqidagi arizalar ariza beruvchining yashash joyidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida ko‘rib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet elda yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi arizalari Oila kodeksining 203-moddasi va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalarining 7, 8, 164-bandlarida belgilangan tartibda konsullik muassasalari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslarning tug‘ilish haqidagi yozuv daftariga o‘zgartirishlar kiritish ularning ota-onasi arizasiga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘n olti yoshga to‘lgan shaxslarning tug‘ilish, nikoh tuzish, nikohdan ajralishni qayd etish daftarlariga o‘zgartirishlar kiritish ularning arizalariga binoan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 19-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bunday toifadagi ishlar bo‘yicha nafaqat fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining xato va noaniqliklari bo‘lgan hujjatlari o‘zlariga tegishli bo‘lgan fuqarolar, balki meros qoldiruvchining vafoti munosabati bilan ma’lum huquq va majburiyatlari vujudga keladigan merosxo‘rlar ham manfaatdor shaxslar bo‘lishlari mumkin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sudga berilayotgan arizada qaysi fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlariga va qanday o‘zgartirish yoki tuzatish yoxud qo‘shimchalar kiritish lozimligi, yozuvlardagi xatolar qanday dalillar bilan tasdiqlanishi ko‘rsatilishi lozim. Arizaga tegishli guvohnoma nusxasi, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining hujjatlardagi xatolarni tuzatish yoki ularga o‘zgartirish yoxud qo‘shimchalar kiritishni rad etish haqidagi xulosasi va shu masalaga oid boshqa hujjatlar ilova etilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Fuqarolik ishini sudda ko‘rishga tayyorlash vaqtida sud, agar ariza beruvchi taqdim qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan taqdirda, arizachiga zarur dalillarni, shu jumladan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlaridan, talab qilib olishda yordam ko‘rsatishi lozim. Sud majlisida sharhlash uchun yozuvni tiklash yoki yozuvni o‘zgartirish yoki tuzatish yoxud to‘ldirishni rad etishga asos bo‘lgan hujjatlar talab qilinishi mumkin. Bir vaqtning o‘zida sud fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi, boshqa manfaatdor tashkilot va fuqarolarni ishga jalb qilish masalasini hal etadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Arizani sudning ish yurituviga qabul qilish yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishdagi noto‘g‘riliklarni belgilash haqidagi ishni alohida ish yuritish tartibida ko‘rish vaqtida sudga taalluqli bo‘lgan huquq to‘g‘risida nizo mavjudligi aniqlanadigan bo‘lsa (meros, mulk huquqi va boshqalar), sudya arizani qabul qilishni rad etadi yoki arizani ko‘rmasdan qoldiradi va manfaatdor shaxslarga umumiy asoslarda da’vo taqdim etishga haqli ekanliklarini tushuntiradi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tug‘ilganlik haqidagi tiklangan akt yozuvida ko‘rsatilgan yosh haqidagi ma’lumotlarning noto‘g‘riligini aniq tasdiqlovchi yozma yoki boshqa dalillar mavjud bo‘lganda, sud tiklangan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini bekor qiladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sud, shuningdek arizachining tug‘ilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga, agar unda ota-onasining millati haqidagi ma’lumotlar yozilmay qolgan yoki bu haqda noto‘g‘ri ma’lumot yozilgan bo‘lsa, tuzatishlar kiritish masalani ham ko‘rishi mumkin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bedarak yo‘qolgan deb topilgan er yoki xotin qaytib kelgan holda nikohni bekor qilish haqidagi dalolatnoma yozuvini bekor qilishdan tashqari fuqarolik holati dalolatnomalarini bekor qilish masalasi sud tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tiklangan yoki qayta tuzilgan yozuvlar, birinchi yozuvlar aniqlangan taqdirda, sud yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amaldagi qonunda belgilangan tartibda bekor qilinadi. Agar yozuvlarni bekor etish huquq to‘g‘risidagi nizo bilan bog‘liq bo‘lsa, ish da’vo ishini yuritish tartibida sud tomonidan ko‘riladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi xatolarni tuzatish va ularga o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritish fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan sud qaroriga asosan amalga oshirilishini hisobga olib, sud qarorini xulosa qismida qaysi yozuv xatoligi (qaysi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan qaysi shaxs nomiga tuzilganligi, yozuvning soni va vaqti), unga qanday tuzatish va o‘zgartirishlar yoki qo‘shimchalar kiritilishi lozimligi ko‘rsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 13-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5a-son