13.11.1992 yildagi 5а-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.11.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi xatoliklarni belgilashni tartibga soluvchi qonunchilikni sudlar tomonidan qoʻllanishi haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va Fuqarolik protsessual kodekslarini amalga kiritilganligi, shuningdek, sudlarda tushuntirishlar berilishi lozim boʻlgan masalalar kelib chiqqanligi sababli Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tushuntirilsinki, Fuqarolik kodeksining 38, Oila kodeksining 228, Fuqarolik protsessual kodeksining 274-moddalari hamda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish” Qoidalariga binoan agar dastlabki yozuvlar saqlangan yoki tiklangan boʻlsa yoki ularga farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiyasi, ismi, otasining ismini oʻzgartirish, voyaga yetmagan bolaning familiyasini oʻzgartirish munosabati bilan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlsa yoxud fuqarolik holati dalolatnomasi yozuvlarida jiddiy tafovutlar boʻlsa, sudlar fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi notoʻgʻriliklarni belgilash toʻgʻrisidagi arizalarni koʻradilar.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manfaatdor shaxslar oʻrtasida huquq toʻgʻrisida nizo boʻlsa, ariza daʼvo ishini yuritish tartibida koʻriladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tuzilgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlariga tuzatishlar kiritish haqidagi arizalar ariza beruvchining yashash joyidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet elda yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirishlar, tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi arizalari Oila kodeksining 203-moddasi va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalarining 5, 165-bandlarida belgilangan tartibda konsullik muassasalari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslarning tugʻilish haqidagi yozuv daftariga oʻzgartirishlar kiritish ularning ota-onasi arizasiga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn olti yoshga toʻlgan shaxslarning tugʻilish, nikoh tuzish, nikohdan ajralishni qayd etish daftarlariga oʻzgartirishlar kiritish ularning arizalariga binoan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi notoʻgʻriliklarni tuzatish masalasi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan koʻrib chiqilgan va yozuvlardagi notoʻgʻriliklarni tuzatish yoki ularga oʻzgartish yoxud qoʻshimchalar kiritish rad etilgan taqdirdagina manfaatdor shaxslarning fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi notoʻgʻriliklarni belgilash haqidagi arizalari ariza beruvchi yashab turgan joydagi sud ish yurituviga qabul qilinadi. Bunday ishlar sudlar tomonidan davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat va arizalar boʻyicha ish yuritish tartibida koʻriladi (FPK 274-moddasi).
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bunday toifadagi ishlar boʻyicha nafaqat fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining xato va noaniqliklari boʻlgan hujjatlari oʻzlariga tegishli boʻlgan fuqarolar, balki meros qoldiruvchining vafoti munosabati bilan maʼlum huquq va majburiyatlari vujudga keladigan merosxoʻrlar ham manfaatdor shaxslar boʻlishlari mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sudga berilayotgan arizada qaysi fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlariga va qanday oʻzgartirish yoki tuzatish yoxud qoʻshimchalar kiritish lozimligi, yozuvlardagi xatolar qanday dalillar bilan tasdiqlanishi koʻrsatilishi lozim. Arizaga tegishli guvohnoma nusxasi, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining hujjatlardagi xatolarni tuzatish yoki ularga oʻzgartirish yoxud qoʻshimchalar kiritishni rad etish haqidagi xulosasi va shu masalaga oid boshqa hujjatlar ilova etilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Fuqarolik ishini sudda koʻrishga tayyorlash vaqtida sud, agar ariza beruvchi taqdim qilish imkoniyatiga ega boʻlmagan taqdirda, arizachiga zarur dalillarni, shu jumladan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlaridan, talab qilib olishda yordam koʻrsatishi lozim. Sud majlisida sharhlash uchun yozuvni tiklash yoki yozuvni oʻzgartirish yoki tuzatish yoxud toʻldirishni rad etishga asos boʻlgan hujjatlar talab qilinishi mumkin. Bir vaqtning oʻzida sud fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi, boshqa manfaatdor tashkilot va fuqarolarni ishga jalb qilish masalasini hal etadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Arizani sudning ish yurituviga qabul qilish yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishdagi notoʻgʻriliklarni belgilash haqidagi ishni alohida ish yuritish tartibida koʻrish vaqtida sudga taalluqli boʻlgan huquq toʻgʻrisida nizo mavjudligi aniqlanadigan boʻlsa (meros, mulk huquqi va boshqalar), sudya arizani qabul qilishni rad etadi yoki arizani koʻrmasdan qoldiradi va manfaatdor shaxslarga umumiy asoslarda daʼvo taqdim etishga haqli ekanliklarini tushuntiradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tugʻilganlik haqidagi tiklangan akt yozuvida koʻrsatilgan yosh haqidagi maʼlumotlarning notoʻgʻriligini aniq tasdiqlovchi yozma yoki boshqa dalillar mavjud boʻlganda, sud tiklangan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini bekor qiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sud, shuningdek arizachining tugʻilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga, agar unda ota-onasining millati haqidagi maʼlumotlar yozilmay qolgan yoki bu haqda notoʻgʻri maʼlumot yozilgan boʻlsa, tuzatishlar kiritish masalani ham koʻrishi mumkin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bedarak yoʻqolgan deb topilgan er yoki xotin qaytib kelgan holda nikohni bekor qilish haqidagi dalolatnoma yozuvini bekor qilishdan tashqari fuqarolik holati dalolatnomalarini bekor qilish masalasi sud tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tiklangan yoki qayta tuzilgan yozuvlar, birinchi yozuvlar aniqlangan taqdirda, sud yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amaldagi qonunda belgilangan tartibda bekor qilinadi. Agar yozuvlarni bekor etish huquq toʻgʻrisidagi nizo bilan bogʻliq boʻlsa, ish daʼvo ishini yuritish tartibida sud tomonidan koʻriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi xatolarni tuzatish va ularga oʻzgartirish hamda qoʻshimchalar kiritish fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan sud qaroriga asosan amalga oshirilishini hisobga olib, sud qarorini xulosa qismida qaysi yozuv xatoligi (qaysi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan qaysi shaxs nomiga tuzilganligi, yozuvning soni va vaqti), unga qanday tuzatish va oʻzgartirishlar yoki qoʻshimchalar kiritilishi lozimligi koʻrsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 13-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5a-son