OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
OTA-ONALAR TOMONIDAN BOLALARNING bolalar musiqa va sanʼat MAKTABLARIDA OʻQISHI UCHUN HAQ TOʻLASH VA UNDAN FOYDALANISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 5-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1898]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 8-iyuldagi PQ-910-sonli “Bolalar musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash boʻyicha 2009 — 2014-yillarga moʻljallangan Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 28-son, 267-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ota-onalar tomonidan bolalarning bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqishi uchun haq toʻlash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Xalq taʼlimi vaziri Gʻ. SHOUMAROV
Toshkent sh.,
2008-yil 31-dekabr,
46-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 31-dekabr,
121-son
Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 31-dekabrdagi 46, 121-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Oldingi tahrirga qarang.
Ota-onalar tomonidan bolalarning bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqishi uchun haq toʻlash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
nizom
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 8-iyuldagi PQ-910-sonli “Bolalar musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash boʻyicha 2009 — 2014-yillarga moʻljallangan Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 28-son, 267-modda) muvofiq bolalar (oʻquvchilar)ning (bundan keyingi oʻrinlarda bolalar deb yuritiladi) bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqishi uchun toʻlanadigan toʻlovning miqdori, uni toʻlash va undan foydalanish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom Davlat budjeti tomonidan moliyalashtiriladigan bolalar musiqa va sanʼat maktablariga taalluqlidir.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqish uchun toʻlanadigan toʻlovlar qonun hujjatlarida belgilanadigan miqdorlarda undiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
II. Oʻqish uchun toʻlovni amalga oshirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
3. Bolalar musiqa va sanʼat maktablarida bolalarning taʼlim olishlari uchun toʻlovlar ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (bundan keyingi oʻrinlarda ota-onalar deb yuritiladi) va maktab maʼmuriyati tomonidan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqish uchun toʻlanadigan toʻlov oʻquv yilining (sentabr — may) oylari uchun toʻlanadi. Toʻlovlar har oyda kelgusi oyning 5-sanasidan kechikmasdan toʻlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Bolaning kasalligi davrida (2 haftadan kam boʻlmaganda) bolalar musiqa va sanʼat maktabida oʻqish uchun toʻlov olinmaydi. Bunda, bolaning kasalligi toʻgʻrisida ota-onaning arizasi va davolash muassasasidan yoki hudud shifokoridan olingan maʼlumotnoma taqdim etilishi zarur.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqish uchun amalga oshiriladigan toʻlov bank muassasalariga toʻlanadi va toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat (kvitansiya) nusxasi bolalar musiqa va sanʼat maktabiga taqdim etiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Agar toʻlov naqd pulsiz shaklda amalga oshirilgan boʻlsa, bolalar musiqa va sanʼat maktabiga toʻlov topshiriqnomasining nusxasi (toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisidagi bank belgisi qoʻyilgan holda) taqdim etiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Toʻlov bolalar musiqa va sanʼat maktablariga xizmat koʻrsatuvchi tegishli gʻaznachilik boʻlinmalarining hududiy gʻaznachilik hisob raqamlariga oʻtkaziladi va tegishli bolalar musiqa va sanʼat maktabining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga undan keyinchalik foydalanish uchun hisobga olinadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
9. Agar toʻlov ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan muddatdan ikki hafta mobaynida uzrli sabablarsiz toʻlanmagan taqdirda, oʻquvchilar bolalar musiqa va sanʼat maktabi roʻyxatidan chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Bolalar musiqa va sanʼat maktabida oʻqiydigan bolaning taʼlim olishi uchun toʻlanmagan toʻlov bir oy ichida toʻlangan taqdirda, bola mazkur sinfning dasturiy talabini bajargandan soʻng oʻquvchilar safiga qayta tiklanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Mazkur Nizomga muvofiq, bolalar musiqa va sanʼat maktablarida taʼlim olish uchun ota-onalar tomonidan amalga oshirilgan toʻlovdan tushgan mablagʻlar maktabning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, oʻqituvchilar va konsertmeysterlarni moddiy ragʻbatlantirish uchun yoʻnaltiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
III. Oʻqish uchun toʻlovlardan ozod etish hamda oʻqituvchi va konsertmeysterlarga har oylik ustamalar belgilash boʻyicha Komissiyaning faoliyati
Oldingi tahrirga qarang.
12. Har bir bolalar musiqa va sanʼat maktabida oʻqish uchun toʻlovlardan ozod etish va oʻqituvchi hamda konsertmeysterlarga har oylik ustamalar belgilash boʻyicha Komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Komissiya maktab direktori buyrugʻi asosida 5 — 7 kishidan iborat boʻlgan tarkibda tayinlanadi.
Komissiya raisi — bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori.
Komissiya aʼzolari — maʼnaviy-maʼrifiy va oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari (masʼul kotib), bolalar musiqa va sanʼat maktabining kasaba uyushmasi qoʻmitasining raisi, ikki yetakchi oʻqituvchi va ota-onalar qoʻmitasining ikki vakili.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
14. Komissiyaning asosiy vazifasi quyidagilar hisoblanadi:
a) moliya yilining boshlanishida, zarur hollarda oʻquv yili davomida ota-onalarni bolalarning oʻqishi uchun belgilangan toʻlovdan ozod etish masalasini koʻrib chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
b) oʻquv yilining boshlanishida, shuningdek, zarur hollarda oʻquv yili davomida oylik ustama belgilash boʻyicha oʻqituvchi va konsertmeysterlarning nomzodlarini koʻrib chiqish hamda har oylik ustama belgilash.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Komissiya:
a) taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi;
b) qaror bayonnomasini direktorga tasdiqlash uchun topshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Oʻqituvchi va konsertmeysterlarga ustama belgilash uchun nomzodlarni koʻrib chiqishda bolalar musiqa va sanʼat maktablarining boʻlim boshliqlari Komissiyaga oʻqituvchi va konsertmeysterlarning tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlari, kasbiy mahorati, oʻqitish sifati va yuksak koʻrsatkichlari, shuningdek oʻquv yili davomida bajarilgan uslubiy ishlari toʻgʻrisida tavsifnomalar taqdim etishlari kerak.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
17. Komissiya, zarur hollarda, oʻquv yili boshida belgilangan ustamalar miqdorining muddatidan oldin oʻzgarganligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
IV. Oʻqish uchun toʻlovlardan ozod qilish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi 490-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 22-24-son, 159-modda) asosan bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻquvchilar umumiy sonining (oʻquv yili boshlanishida) 25 foizi doirasida kam taʼminlangan oilalarning iqtidorli bolalari taʼlim olishlari uchun toʻlovdan ozod etiladilar.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
19. Kam taʼminlangan oilalarning farzandlarini toʻlovdan ozod etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
a) ota-onalarning arizasi;
Oldingi tahrirga qarang.
b) oilaning kam taʼminlanganligi toʻgʻrisida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan beriladigan maʼlumotnoma (oilaning kam taʼminlanganligi 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa tayinlashda qoʻllaniladigan mezonlar boʻyicha aniqlanadi);
(19-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
v) oʻquvchining bolalar musiqa va sanʼat maktabi boʻyicha oʻzlashtirish tabeli va fan oʻqituvchisi tomonidan taqdim etilgan tavsifnoma;
(19-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
g) oʻquvchining respublika, viloyat, tuman (shahar) koʻrik-tanlovlari, festivallar, koʻrgazmalardagi ishtirokini tasdiqlovchi hujjatlar (agar mavjud boʻlsa).
Keyingi tahrirga qarang.
20. Toʻlovdan ozod etilgan kam taʼminlangan oila farzandlari roʻyxati Komissiya tomonidan moliya yilining boshlanishida aniqlanadi va Komissiya qarori bayonnomasi asosida maktab direktori buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Oilaning bir aʼzosiga bir oyda toʻgʻri keladigan jami daromadi eng past darajada boʻlgan kam taʼminlangan oilalarning bolalarini roʻyxatga birinchi navbatda kiritish tamoyiliga rioya qilgan holda toʻldirib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Roʻyxatga kirmagan kam taʼminlangan oilalarning bolalaridan zaxira shakllantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqish uchun belgilangan toʻlovlardan yetim bolalar va ota-onalar qarovisiz qolgan bolalar ham ozod etiladilar.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Davlat qaramogʻida boʻlgan yetim bolalar va ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarning oʻqishi uchun toʻlovdan ozod etishga tuman (shahar) xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimlari tomonidan berilgan maʼlumotnomalar asos boʻladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Ota-onalarning toʻlovidan tushgan mablagʻlardan foydalanish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
24. Oʻqish uchun ota-onalar toʻlovidan tushgan mablagʻlar quyidagilarga yoʻnaltiriladi:
a) kamida 40 foizi — moddiy-texnik bazani mustahkamlashga (bino va inshootlarni, mebel, musiqa asboblari va jihozlarni kapital va joriy taʼmirlashga, shuningdek mebel, uskunalar, musiqa asboblari, oʻquv qoʻllanmalari, adabiyotlar va boshqa zarur jihozlar sotib olishga);
b) 40 foizgacha — maktab pedagog xodimlarining umumiy sonining koʻpi bilan 50 foizini qamrab olgan holda oʻqituvchi va konsertmeysterlarning bazaviy tarif stavkasining 40 foizigacha boʻlgan miqdorda har oylik ustamalar shaklida ragʻbatlantirishga, shuningdek oʻquvchilari xalqaro koʻrik-tanlov va festivallarda 1, 2, 3, 4-oʻrinlarni egallagan oʻqituvchi va konsertmeysterlarga tegishincha eng kam oylik ish haqining 10, 9, 8, 7 barobari miqdorida, respublika tanlovlarida 1, 2, 3-oʻrinlarni egallaganligi uchun esa tegishincha eng kam ish haqini 6, 5, 4 barobari miqdorida mukofotlashga;
v) 20 foizgacha — oʻquvchi, oʻqituvchi va konsertmeysterlarni tanlovlar, festivallar, ustoz saboqlari hamda ijodiy maktablardagi mashgʻulotlarga borishi, shuningdek oʻquvchilarning teatr, muzey, konsertlarga tashrifi bilan bogʻliq xarajatlarini toʻlashga, maktabda madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishga;
g) mavjud kreditorlik qarzlarini qoplashga.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
25. Ota-onalar toʻlovidan tushgan mablagʻlarning taqsimlanishi Komissiya qarori asosida maktab direktori buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Oʻqituvchi va konsertmeysterlarga belgilanadigan ustama miqdori ularning oʻquv-tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlari, oʻquv jarayoniga qoʻshgan shaxsiy hissasi uchun 100 ballik tizim asosida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq baholanadi. Ulardan:
80 va undan koʻp ballni toʻplagan oʻqituvchi va konsertmeysterlarga bazaviy tarif stavkasining 15 foizigacha ustama belgilanadi;
70 balldan 80 ballgacha toʻplagan oʻqituvchi va konsertmeysterlarga bazaviy tarif stavkasining 10 foizigacha ustama belgilanadi;
60 balldan 70 ballgacha toʻplagan oʻqituvchi va konsertmeysterlarga bazaviy tarif stavkasining 5 foizigacha ustama belgilanadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Oʻqituvchi va konsertmeysterlarga belgilanadigan ustama miqdori ularning kasbiy mahorati uchun 100 ballik tizim asosida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq baholanadi. Ulardan:
80 va undan koʻp ballni toʻplagan oʻqituvchi va konsertmeysterlarga bazaviy tarif stavkasining 25 foizigacha ustama belgilanadi;
70 balldan 80 ballgacha toʻplagan oʻqituvchi va konsertmeysterlarga bazaviy tarif stavkasining 15 foizigacha ustama belgilanadi;
60 balldan 70 ballgacha toʻplagan oʻqituvchi va konsertmeysterlarga bazaviy tarif stavkasining 10 foizigacha ustama belgilanadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
VI. Buxgalteriya hisobi va hisoboti
Oldingi tahrirga qarang.
28. Bolalar musiqa va sanʼat maktablarida bolalarning oʻqishi uchun amalga oshirilgan toʻlov tushumining buxgalteriya hisob-kitobi quyidagicha:
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan maktablarda — hududiy moliya organining xalq taʼlimi muassasalarini moliyalashtirish boʻlimi tomonidan;
yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan maktablarda — ularning buxgalteriyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Ota-onalar toʻlovining hisoblanishi, tushumi va uning ishlatilishi buxgalteriya hisob-kitobida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya qaydnomalari orqali rasmiylashtiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
VII. Yakuniy qoidalar
30. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va uning hududiy boshqarmalari ota-onalar tomonidan toʻlovni amalga oshirish va pedagog xodimlarga belgilanadigan ustamalarning monitoringini olib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan taʼlim muassasasining rahbari va bosh hisobchisi ota-onalar toʻlovi tushumini maqsadli sarflash boʻyicha javobgar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Moliya vazirligining nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqish uchun toʻlanadigan ota-onalar toʻlovidan tushgan mablagʻlarning oʻz vaqtida qabul qilinishi, shuningdek, maqsadli saflanishi hamda pedagog va konsertmeysterlarning ustamalari miqdorini hisoblashning toʻgʻri taqsimlanishi boʻyicha nazorat olib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Ushbu Nizom talablarini buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ota-onalar tomonidan bolalarning bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqishi uchun haq toʻlash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
(1-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
Oʻquv-tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlarning asosiy koʻrsatkichlari
| | | |
| T/r | Baholashning yuqori bali | |
| 1. | Ota-onalar bilan ishlashning pedagogik maqsadga muvofiq koʻrsatkichlari va oʻsib kelayotgan yosh avlodning maʼnaviy saviyasini koʻtarish va iqtidorini rivojlantirganlik boʻyicha | 20 ball |
| 2. | Maktab jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun | 10 ball |
| 3. | “Musiqa madaniyati va sanʼati” fani boʻyicha umumtaʼlim maktablariga uslubiy yordam berganlik va hamkorlik qilganligi uchun | 20 ball |
| 4. | Umumtaʼlim maktablari, mehribonlik uylari, mahallalar va boshqa taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning konsertlarini tashkil etish va oʻtkazish uchun | 20 ball |
| 5. | Oʻquvchilarning konsertlar, muzeylar, teatr va koʻrgazmalarga olib borishini tashkil etganligi uchun | 10 ball |
| 6. | Bolalar musiqa va sanʼat maktablarida taʼlim olish uchun oʻquvchilarni qabul qilish boʻyicha targʻibot ishlarini olib borganligi uchun | 20 ball |
Oldingi tahrirga qarang.
Ota-onalar tomonidan bolalarning bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqishi uchun haq toʻlash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
(2-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22, 29-sonli qarori (roʻyxat raqami 1898-1, 17.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 184-modda)
Oʻqituvchi va konsertmeysterlar mahoratining asosiy koʻrsatkichlari
| | | |
| T/r | Baholashning yuqori bali | |
| 1. | Yuksak mahorat va taʼlim jarayoniga qoʻshgan shaxsiy hissasi hamda oʻqitishning yuqori koʻrsatkichlari va sifati uchun | 15 ball |
| 2. | Ishda taʼlimning eng yangi metodlarini qoʻllash, oʻquv-tarbiyaviy ishlarning zamonaviy shakllarini joriy etish, oʻqitadigan faniga qiziqish uygʻota bilish uchun | 20 ball |
| 3. | Bolalar musiqa va sanʼat maktabining rivojiga qoʻshgan hissasi, taʼlim muassasasining jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun | 20 ball |
| 4. | Oʻz ustida doimiy ravishda ishlash, yuqori malaka va professional mahorat uchun | 10 ball |
| 5. | Bilim olishning barqaror darajasini, testlar asosida aniqlanuvchi (akademik konsertlar, imtihonlar) taʼlimning yuqori sifatini taʼminlovchi pedagogik ishning yuqori samarasi uchun | 10 ball |
| 6. | Iqtidorli oʻquvchilar bilan alohida ishlashni tashkil etish, xalqaro va respublika koʻrgazma-tanlovlarida yuqori natijalarga erishish uchun | 20 ball |
| 7. | Iqtidorli oʻquvchilarni ushbu yoʻnalishi boʻyicha akademik litsey va kollejlarga kirishga tayyorlash uchun | 5 ball |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 6-son, 65-modda; 2014-y., 16-son, 184-modda; 2015-y., 17-son, 212-modda; 2016-y., 13-son, 127-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)