06.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1899
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasi huziridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlantirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining buyrugʻi, 06.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1899
Кучга кириш санаси
16.02.2009
Hujjat 27.11.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZI BOSH DIREKTORINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining ichki nazorati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 6-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1899]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-iyuldagi 160-sonli “Qimmatli qogʻozlar bozori infratuzilmasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 31-32-son, 298-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining ichki nazorati toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktori K. TOLIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 29-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-41-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2008-yil 29-noyabrdagi 2008-41-son buyrugʻi bilan TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining ichki nazorati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 29-30-son, 278-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-iyuldagi 160-sonli “Qimmatli qogʻozlar bozori infratuzilmasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 31-32-son, 298-modda) muvofiq qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining ichki nazoratini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom talablari qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarga tatbiq qilinadi, tijorat banklari va sugʻurtalovchilar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi (keyingi oʻrinlarda — professional ishtirokchi) — qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchining ichki nazorati (keyingi oʻrinlarda — ichki nazorat) — professional ishtirokchisi faoliyatining qonun hujjatlari talablariga, professional ishtirokchining qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyati bilan bogʻliq uning ichki hujjatlariga muvofiqligi ustidan nazorat (keyingi oʻrinlarda — ichki hujjatlar);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional ishtirokchining nazoratchisi (keyingi oʻrinlarda — nazoratchi) — professional ishtirokchining mazkur Nizomga muvofiq ichki nazoratni amalga oshirishga masʼul boʻlgan mansabdor shaxsi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ichki nazoratni tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ichki nazoratni amalga oshirish professional ishtirokchining vakolatli boshqaruv organi tomonidan tayinlanadigan nazoratchi zimmasiga yuklatiladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2011-yil 24-oktabrdagi 2011-18-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1899-5, 17.11.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 486-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya maslahatchisi sifatidagi professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotda ichki nazoratni amalga oshirish tashkilot rahbariga yuklatiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2010-yil 10-noyabrdagi 2010-21-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1899-3, 09.12.2010-y.) muvofiq ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 464-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2011-yil 24-oktabrdagi 2011-18-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1899-5, 17.11.2011-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 486-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nazoratchi oʻz faoliyati davomida professional ishtirokchining kuzatuvchi kengashiga hisobdor boʻladi. Kuzatuv kengashi mavjud boʻlmagan holda nazoratchining faoliyatini nazorat qilishni professional ishtirokchining ijroiya organi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Professional ishtirokchi tomonidan qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni birga qoʻshib olib borilgan holda, ichki nazoratni amalga oshirish bir nechta nazoratchilar zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Professional ishtirokchi ichki nazoratni amalga oshirish uchun nazoratchi rahbarligi ostida alohida tarkibiy boʻlinmani shakllantirishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Nazoratchi oʻz faoliyatida professional ishtirokchining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan mustaqildir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Nazoratchi lavozimi professional ishtirokchining xodimlar shtatiga kiritiladi. Nazoratchi lavozimidagi ish oʻrni nazoratchi uchun asosiy ish joyi boʻlishi kerak. Nazoratchi ishni bir vaqtning oʻzida ikki va undan ortiq professional ishtirokchilarda birga qoʻshib olib borishga haqli emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Professional ishtirokchi uning kuzatuvchi kengashi tomonidan tasdiqlangan ichki nazorat toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga (nizomga) (keyingi oʻrinlarda — Yoʻriqnoma) ega boʻlishi kerak. Kuzatuvchi kengashi mavjud boʻlmagan holda Yoʻriqnoma professional ishtirokchining ijroiya organi tomonidan tasdiqlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 24-apreldagi 2009-25-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1899-1, 12.05.2009-y.) tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 19-20-son, 243-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yoʻriqnomada quyidagilar aks ettirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazoratchini tayinlash va uni ishdan boʻshatish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazoratchining vazifalari, uning huquq va majburiyatlarining roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushgan shikoyatlar, murojaatlar va arizalarni koʻrib chiqish tartibi va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazoratchi tomonidan qonun hujjatlari va ichki hujjatlarining buzilishi aniqlangan holda uning harakatlari tartibi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazoratchi tomonidan hisobot hujjatlarini taqdim etish shakli va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional ishtirokchining filiallarida ichki nazoratni amalga oshirish tartibi (qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi filiallar mavjud boʻlgan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazoratchining hisobotlari kuzatuvchi kengashi va ijroiya organiga taqdim etilmagan yoki oʻz vaqtida taqdim etilmagan hollarda nazoratchining javobgarligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻriqnomada ichki nazoratni amalga oshirishni tartibga soluvchi boshqa qoidalar ham aks ettirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Professional ishtirokchining qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi filiali mavjud boʻlgan holda, filialning xodimlar shtatiga filial nazoratchisi kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni bevosita filial tomonidan amalga oshirilishi bilan bogʻliq vazifalarni bajarayotgan filialning shtatida xodimlar soni uch kishidan ortiq boʻlmasa, professional ishtirokchining bosh tashkiloti nazoratchisi yoki filial rahbari filial nazoratchisi vazifalarini bajarishi mumkin.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2011-yil 28-avgustdagi 2011-13-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1899-4, 26.09.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 39-son, 402-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2011-yil 28-avgustdagi 2011-13-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1899-4, 26.09.2011-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 39-son, 402-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Filial nazoratchisiga mazkur Nizomning meʼyorlari quyidagi xususiyatlarni hisobga olgan holda tatbiq etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
filial nazoratchisi oʻz faoliyatida filialning boshqa xodimlaridan mustaqil va filial rahbariga va bosh tashkilotning nazoratchisiga hisobdordir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
filial nazoratchisi aniqlangan barcha qonun hujjatlari va ichki hujjatlarining buzilishi toʻgʻrisida filial rahbari va bosh tashkilotning nazoratchisiga axborot beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
filial nazoratchisi filial faoliyatiga tegishli boʻlgan hisobot hujjatlarini mazkur Nizomda belgilangan tartibda bosh tashkilot nazoratchisi va filial rahbariga taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Filial nazoratchisi vazifalari filial rahbari tomonidan bajarilgan taqdirda filial rahbari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh tashkilotning nazoratchisi va rahbariga hisobdordir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan barcha qonun hujjatlari va ichki hujjatlarining buzilishi toʻgʻrisida bosh tashkilotning nazoratchisi va rahbariga axborot beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
filial faoliyatiga tegishli boʻlgan hisobot hujjatlarini mazkur Nizomda belgilangan tartibda bosh tashkilot nazoratchisi va rahbariga taqdim etadi.
(111-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2011-yil 28-avgustdagi 2011-13-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1899-4, 26.09.2011-y.) bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 39-son, 402-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Nazoratchiga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Nazoratchi lavozimiga tayinlanadigan shaxs qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Professional ishtirokchining nazoratchisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizom 2-bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyat bilan bogʻliq boʻlmagan majburiyatlardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazoratini tashkil etish va amalga oshirishga doir majburiyatlardan tashqari ichki nazorat vazifalarining bajarilishi bilan bogʻliq boʻlmagan lavozim majburiyatlarini bajarishga haqli emas.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2010-yil 10-noyabrdagi 2010-21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1899-3, 09.12.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 464-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Quyidagi shaxs nazoratchi boʻlishi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining amaldagi malaka guvohnomasiga ega boʻlmagan;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mutaxassisliklardan biri boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlmagan: moliyaviy-iqtisodiy, yuridik, matematik yoxud axborot texnologiyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 16-noyabrdagi 2009-44-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1899-2, 24.11.2009-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 48-son, 518-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu shaxsning aybi bilan yoʻl qoʻyilgan litsenziya talablari va shartlari buzilganligi uchun koʻrsatilgan tashkilotlarning muvofiq faoliyat turini amalga oshirishga berilgan litsenziyalarning amal qilishi toʻxtatilgan paytda yakka ijroiya organi vazifalarini bajargan, kollegial ijroiya organi tarkibiga kirgan yoki professional ishtirokchi, fond birjasi, kredit, sugʻurta yoki auditorlik tashkilotlarining taʼsischisi boʻlgan, agar bunday toʻxtatish paytidan boshlab uch yildan kam vaqt oʻtgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot sohasidagi jinoyat uchun yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat uchun olib tashlanmagan sudlanganlikka ega boʻlgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs bankrot deb eʼtirof etilgan paytda yakka ijroiya organi vazifalarini bajargan yoki uning kollegial ijroiya organi tarkibiga kirgan va eʼtirof etilgan paytdan boshlab ikki yil oʻtmagan boʻlsa.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Professional ishtirokchi qonun hujjatlariga muvofiq Yoʻriqnomada nazoratchiga qoʻshimcha talablarni oʻrnatishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Nazoratchining vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Nazoratchi oʻz faoliyatini amalga oshirayotganda quyidagi vazifalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Yoʻriqnoma talablariga rioya etishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) professional ishtirokchi tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga, professional ishtirokchining ichki qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) professional ishtirokchi tomonidan professional faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan professional ishtirokchiga kelib tushgan murojaat, ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) professional ishtirokchi tomonidan qonun hujjatlari va ichki hujjatlarining buzilganligi aniqlanganligi toʻgʻrisida professional ishtirokchining rahbarini darhol xabardor qiladi, qonunbuzilishning sodir boʻlishi sabablarini va unda aybdor boʻlgan shaxslarni belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) aniqlangan qonun hujjatlari va ichki hujjatlarning buzilishlari bartaraf etilishini va professional ishtirokchining kelgusi faoliyatidagi shunga oʻxshagan qonunbuzilishi yuzasidan ogohlantirishlar boʻyicha tadbirlarga rioya etilishini nazorat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) professional ishtirokchining kuzatuvchi kengashi va ijroiya organiga ularning rasmiy talabiga muvofiq maʼlumotlarni taqdim etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) professional ishtirokchi tomonidan qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
(16-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 16-noyabrdagi 2009-44-son (roʻyxat raqami 1899-2, 24.11.2009-y.) buyrugʻi tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 48-son, 518-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Nazoratchining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Nazoratchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional ishtirokchining ichki hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha ishlarda ishtirok qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional ishtirokchining hujjatlarini taqdim qilinishini talab qilish va qimmatli qogʻozlar bozorida faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlar bazasi va registrlar mazmuni bilan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiyatlari qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan professional ishtirokchining xodimlaridan nazoratchi vazifasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tegishli axborotlarni taqdim qilishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiyatlari qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan professional ishtirokchining xodimlaridan ularning oʻz majburiyatlarini bajarilishi jarayonida yuzaga keladigan masalalar boʻyicha yozma tushuntirishlar taqdim qilishni talab qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazoratchi Yoʻriqnomada belgilangan boshqa huquqlarga ham ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Nazoratchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazoratchining faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari talablariga rioya etishga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional ishtirokchining ichki nazorat toʻgʻrisidagi ichki hujjatlari talablariga rioya qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vazifalarini tegishli ravishda bajarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional ishtirokchi va uning xodimlaridan olingan hujjatlar va fayllarning aslini saqlanishi va ularga qaytarilishini taʼminlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nazoratni tashkil qilish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha professional ishtirokchining xodimlariga maslahat berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan axborotlarga nisbatan xizmat siriga rioya etishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazoratchi Yoʻriqnomada belgilangan boshqa majburiyatlarni ham oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Nazoratchi tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan holda, nazoratchi ish kunidan kechiktirmasdan aniqlangan qonunbuzilishi toʻgʻrisida professional ishtirokchisining rahbariga axborot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Professional ishtirokchining rahbari nazoratchi tomonidan aniqlangan qonunbuzilishlari toʻgʻrisida yozma ravishda ish kunidan kechiktirmasdan qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga axborot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Nazoratchining mazkur Nizom bilan unga berilgan huquqlar doirasidagi talablari professional ishtirokchining barcha xodimlari uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Nazoratchining hisobdorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Nazoratchi oʻz vazifalarini bajarish vaqtida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan qonun hujjatlari va ichki hujjatlarining buzilishini tekshirish toʻgʻrisidagi hisobotni (keyingi oʻrinlarda — qonunbuzilishini tekshirish toʻgʻrisida hisobot) — qonun hujjatlari va ichki hujjatlarining qonunbuzilishi aniqlangandan soʻng ikki ish kunidan kechiktirmasdan;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
choraklik hisobotni — har chorak yakuni boʻyicha har bir chorak tugaganidan soʻng oʻn besh kundan kech boʻlmagan muddatda tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobotlar ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan professional ishtirokchining tegishli boshqaruv organiga ular tuzilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qonunbuzilishini tekshirish toʻgʻrisidagi hisobotda quyidagi maʼlumotlar aks ettirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirish asoslari va uni oʻtkazish muddatlari toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirish jarayonida tasdiqlangan va boshqa aniqlangan qonun hujjatlari va ichki hujjatlarining buzilishi toʻgʻrisidagi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunbuzilishini sodir etilishining belgilangan sabablari va bunda aybdor shaxslar toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari va ichki hujjatlarining buzilishini bartaraf etish va shunga oʻxshash qonunbuzilishlaridan ogohlantirish boʻyicha takliflar va tavsiyalar toʻgʻrisidagi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazoratchi tomonidan ilgari aniqlangan, biroq bartaraf etilmagan qonunbuzilishini takroriy aniqlangan holda nazoratchi qonunbuzilishini tekshirish toʻgʻrisida yangi hisobotni tuzmaslikka haqli. Bunda, ilgari aniqlangan qonunbuzilishining bartaraf qilinmaganligi toʻgʻrisidagi axborot, nazoratchining choraklik hisobotiga kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir xildagi qonun hujjatlari va ichki hujjatlarining buzilishlari (bitta va shu kabi sabablar boʻyicha yoʻl qoʻyilgan qonun hujjatlari va ichki hujjatlarining shu kabi bir xil talablarining buzilishlari) toʻgʻrisidagi, shuningdek bitta tekshirishni oʻtkazish jarayonida aniqlangan oʻzaro bogʻlangan qonun hujjatlari va ichki hujjatlarning buzilishini (agarda bitta qonunbuzilishi boshqasi sababli kelib chiqsa) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qonunbuzilishini tekshirish toʻgʻrisidagi yagona hisobotda aks ettirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Choraklik hisobot quyidagi umumlashtirilgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilgan tekshirishlar soni koʻrsatilgan holda chorak mobaynida oʻtkazilgan tekshirishlar, tekshirish oʻtkazish vaqtida aniqlangan qonunbuzilishlari, tegishli qonunbuzilishlarga yoʻl qoʻyilish sabablari va ularni bartaraf etish hamda kelgusida yoʻl qoʻymaslik boʻyicha koʻrilgan choralar toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlar, arizalar va shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi (koʻrib chiqilgan murojaatlar, arizalar va shikoyatlar soni toʻgʻrisidagi, murojaatlar, arizalar va shikoyatlarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha aniqlangan qonunbuzilishlari, tegishli qonunbuzilishlarga yoʻl qoʻyilish sabablari, professional ishtirokchining kelgusi faoliyatida shunga oʻxshash qonunbuzilishlarni bartaraf etish va ogohlantirish boʻyicha koʻrilgan choralar toʻgʻrisidagi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional ishtirokchining kelgusi faoliyatida qonun hujjatlari, professional ishtirokchining ichki qoidalari talablarining buzilishidan ogohlantirish boʻyicha tavsiyalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional ishtirokchi tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlarni bajarish toʻgʻrisidagi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat axborotlaridan noqonuniy foydalanish, narxlar borasida hiyla-nayrang ishlatish, manfaatlar toʻqnashuvini oldini olishga qaratilgan tadbirni amalga oshirish va qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyat bilan bogʻliq tavakkalchilikni kamaytirish boʻyicha tadbirlar toʻgʻrisidagi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Choraklik hisobotga professional ishtirokchi xodimlarining malakasini oshirish, ichki nazoratni tashkil qilishni yaxshilash boʻyicha tavsiyalar, shuningdek boshqa axborotlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Nazoratchi alohida yigʻmajildlar nomenklaturasini shakllantirish yoʻli bilan hisobotlar hisobining yuritilishini va ularning saqlanishini tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Nazoratchining hisobotlari va boshqa hujjatlari professional ishtirokchining qatʼiy hisobot hujjatlari hisoblanadi va agarda Yoʻriqnomada uzoqroq muddat belgilangan boʻlmasa, besh yildan kam boʻlmagan muddat davomida saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Murojaatlar, arizalar va shikoyatlarni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Professional ishtirokchiga kelib tushadigan murojaatlar, shu jumladan arizalar va shikoyatlar koʻrib chiqish uchun nazoratchiga yuboriladi va professional ishtirokchi tomonidan belgilangan kirim hujjatlarini roʻyxatga olish tartibiga muvofiq roʻyxatga olinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Murojaatlarni koʻrib chiqish mazkur Nizomda belgilangan alohida xususiyatlarni hisobga olgan holda qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Arizachiga murojaat, ariza yoki shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi yozma javob xatida arizachi tomonidan bayon etilgan har bir dalilga nisbatan asoslantirilgan javob aks ettirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Murojaat, ariza va shikoyat yuzasidan javob xatini professional ishtirokchining rahbari va nazoratchi imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Professional ishtirokchi arizachilarga uning tomonidan xabar berilayotgan maʼlumotlarning toʻliqligi va toʻgʻriligi uchun javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Professional ishtirokchining rahbari va xodimlarining majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Professional ishtirokchining rahbari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazoratchiga uning oʻz majburiyatlarini bajarilishida yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan qonun hujjatlari, ichki hujjatlarining buzilishlarini, shuningdek qonunbuzilishini sodir etilishiga imkon yaratuvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etilishini tashkil qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Professional ishtirokchining (professional ishtirokchi filialining) xodimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazoratchiga uning oʻz majburiyatlarini bajarilishida yordam koʻrsatadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional ishtirokchining boshqa xodimlari yoki boshqa shaxslar tomonidan sodir etilishi kutilayotgan qonun hujjatlarining, ichki qoidalarning buzilishlari toʻgʻrisida darhol nazoratchiga maʼlum qiladilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻy bergan manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq ular manfaatdor shaxslar deb topilishi mumkin boʻlgan bitimlar toʻgʻrisida nazoratchini xabardor qiladilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq ularning affillangan shaxslari deb topilishi mumkin boʻlgan mijozlar toʻgʻrisida nazoratchini xabardor qiladilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlar tomonidan koʻrsatilgan maʼlumotlar boʻyicha uzoq vaqt (bir haftadan ortiq) davomida aloqa oʻrnatish mumkin boʻlmagan mijozlar toʻgʻrisida nazoratchini xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 6-son, 66-modda, 19-20-son, 243-modda, 48-son, 518-modda; 2010-y., 49-son, 464-modda; 2011-y., 39-son, 402-modda; 45-46-son, 486-modda; 2013-y., 49-son, 642-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/1899-7/2749-son, 23.10.2019-y., 10/19/1899-8/3948-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son; 24.06.2025-y., 10/25/1899-9/0533-son)