05.02.2009 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ KODEKSI 208-MODDASI 35-BANDINING OʻZBEKChA MATNIGA OʻZGARTISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI LOYIHASINI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNChILIK PALATASIGA KIRITISh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi rais oʻrinbosari B. Mirboboyev, sudyalar U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimovadan iborat tarkibda, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga va “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga amal qilgan holda “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 208-moddasi 35-bandining oʻzbekcha matniga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish haqidagi ishni ochiq majlisda koʻrib chiqdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masala “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga muvofiq “Elxolding” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Kuzatuvchi kengashining raisi D. Shukurovning Konstitutsiyaviy sudga murojaati munosabati bilan sudyalar U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimovaning tashabbusi bilan kiritildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstitutsiyaviy sud mazkur masala yuzasidan maʼruzachi sudya S. Hakimovaning axborotini, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari M. Mirzayev, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari E. Gadoyev, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqarmasining boshligʻi I. Golisheva, “Soliq maslahatchilari palatasi” jamoat birlashmasi boshqaruvi aʼzosi I. Indinaning fikrlarini tinglab, ish boʻyicha mavjud hujjatlarni oʻrganib aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elxolding” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Kuzatuvchi kengashining raisi D. Shukurov Konstitutsiyaviy sudga yoʻllagan murojaatida soliq organlari tomonidan soliq qonun hujjatlari normalarining bir xilda talqin etilmayotganligi natijasida soliq solish masalalarida yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 208-moddasi 35-bandiga sharh berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 208-modda 35-bandining rus tilidagi matniga asosan qoʻshilgan qiymat soligʻidan “kitob mahsulotlari, maktab oʻquv qurollari va koʻrgazmali qoʻllanmalarning, dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ulgurji realizatsiya qilinishi” oboroti ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning oʻzbek tilidagi matnida rus tilidagi “optovaya realizatsiya” soʻzlari “ulgurji savdo” (optovaya torgovlya) deb belgilangan. Shunday qilib, qoʻshilgan qiymat soligʻidan oʻzbek tilidagi matnga asosan “ulgurji savdo” oboroti ozod etilsa, rus tilidagi matnga asosan esa “ulgurji realizatsiya qilish” oboroti ozod etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 22-moddasida “realizatsiya qilish” va “savdo faoliyati” tushunchalariga taʼrif berilgan. Unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
realizatsiya qilish — sotish, ayirboshlash, begʻaraz berish maqsadida tovarlarni joʻnatish (topshirish), ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish, shuningdek garovga qoʻyilgan tovarlarga boʻlgan mulk huquqini garovga quyuvchi tomonidan garovga oluvchiga topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo faoliyati — qayta sotish maqsadida olingan tovarlarni sotishga doir faoliyat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ulgurji realizatsiya qilish” tushunchasi “ulgurji savdo” tushunchasidan kengroq boʻlib, oʻz ichiga ulgurji savdo, shuningdek, oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni yetkazib berish, ayirboshlash, begʻaraz berish va boshqalarni qamrab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qarorni qabul qilishda Konstitutsiyaviy sud quyidagilarga asoslanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasiga muvofiq fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yigʻimlarni toʻlashga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qoʻyiladi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi soʻzsiz tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstitutsiyaviy sud Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 208-moddasi 35-bandining oʻzbek va rus tillari matnlaridagi mavjud nomuvofiqlik uning amalda qoʻllanilishida xatoliklarga olib kelayotganligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining yuqorida koʻrsatilgan normalariga rioya etilishi lozimligi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 208-moddasi 35-bandining oʻzbekcha matniga oʻzgartish kiritish zaruratini keltirib chiqaradi, deb hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 208-moddasi 35-bandining oʻzbekcha matnidagi “savdosi” soʻzi “realizatsiya qilinishi” soʻzlari bilan almashtirilishi lozim. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 2008-yil 1-yanvargacha amalda boʻlgan tahririda ham aynan shu holatni oʻzida aks etgan 71-modda 32-bandining oʻzbek tilidagi matnida “realizatsiya qilish” atamasi qoʻllanilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon qilinganlarga asoslanib va “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10, 25, 26, 27-moddalariga, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5, 26-moddalariga amal qilgan holda, Konstitutsiyaviy sud qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 208-moddasi 35-bandining oʻzbek va rus tillaridagi matnlarini oʻzaro muvofiqlashtirish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 208-moddasi 35-bandining oʻzbek tilidagi matniga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi qonunchilik tashabbusi tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritilsin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi S. Hakimova ushbu Qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilayotganida ishtirok etish uchun vakil etib tayinlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Axborotnomasi” jurnalida chop etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 5-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining 2009-yil 5-fevraldagi qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 208-moddasi 35-bandining oʻzbekcha matniga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan _________da qabul qilingan
Senat tomonidan ___________________da maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, 12-songa 1-ilova) 208-moddasi 35-bandining oʻzbekcha matnidagi “savdosi” degan soʻz “realizatsiya qilinishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 6-son, 54-modda)